OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Bojxona sohasidagi ayrim tartib-taomillarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona sohasidagi tartib-taomillarni yanada takomillashtirish, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hamda amalga oshirish mexanizmlari bilan taʼminlanmagan normalar va huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Bojxona nazorati shakllarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Bojxona auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
raqamli markirovkalanadigan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirishda, markirovkalash sharti bilan shartli chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirishga ruxsat berish;
tovarlarni vaqtincha olib kirishda bojxona bojlari va soliqlarni toʻlashdan shartli ozod etishning aniq muddatlarini belgilash;
jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali dori vositalari, tibbiy buyumlar va biologik faol qoʻshimchalarni olib oʻtish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish;
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari oʻrtasida vujudga kelgan nomuvofiqliklarni hamda noaniq normalarni bartaraf etish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 6-noyabr,
700-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-son qaroriga
1-ILOVA
Bojxona nazorati shakllarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom bojxona organi xodimlari tomonidan tovarlar va transport vositalari, pochta va kuryerlik joʻnatmalari hamda jismoniy shaxslar va ularning qoʻl yuklariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (keyingi oʻrinlarda — Kodeks) talablariga asosan bojxona nazorati shakllarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bojxona koʻzdan kechiruvi — bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositalarining boʻlimlarini, tovarlarning oʻrov-idishini ochmagan, koʻzdan kechirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratmagan va boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzmagan holda tovarlarning va (yoki) transport vositalarining, xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining hamda jismoniy shaxslar bagajining, shuningdek, yuk ortilgan idishlarni, konteynerlarni, bojxona identifikatsiyasi vositalarining tashqi koʻrinishini koʻzdan kechirish orqali amalga oshiriladigan bojxona nazoratining turi;
bojxona koʻrigi — bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan qoʻyilgan plombalarni, muhrlarni yoki bojxona identifikatsiyasining boshqa vositalarini, shu jumladan tovarning qadogʻini buzgan holda, tekshirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzib, tovarlarning oʻramini yoki transport vositasining yuk joylanadigan boʻlimini yoxud idishlarini, konteynerlarni va tovarlar boʻlgan yoki boʻlishi ehtimoli boʻlgan boshqa joylarni ochish orqali amalga oshiriladigan bojxona nazoratining shakli;
bojxona organining mansabdor shaxsi — bojxona nazorati shakllarini qoʻllash vazifasi yuklangan va bojxona maqsadlari uchun qaror qabul qilish huquqiga ega boʻlgan bojxona organi xodimi;
bojxona organi qarori — bojxona organi xodimi tomonidan bojxona nazorati shakllarini qoʻllash davomida va (yoki) bojxona maqsadlari uchun qabul qilingan qaror;
bojxona rejimi — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning va transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui;
bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi oʻrinlarda — BYD)deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga taqdim etiladigan va muayyan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar haqidagi toʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatdir. BYD qogʻoz shaklida yoki deklaratsiyalovchi shaxsning elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan holda “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — TEDAAT) orqali elektron shaklda taqdim etiladi;
vakolatli shaxs — tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatlarga ega boʻlgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi shaxs;
deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs;
joʻnatuvchi — tovarlarni oʻz nomidan tashish uchun tashuvchiga taqdim etadigan va oʻzi haqidagi maʼlumotlar transport hujjatlarida koʻrsatilgan shaxs;
joʻnatuvchi bojxona posti — tovarlarning barcha turkumi yoki uning bir qismi uchun bojxona nazorati boshlanadigan bojxona posti;
manzildagi bojxona posti — tovarlarning barcha turkumi yoki uning bir qismi uchun bojxona nazorati tugaydigan bojxona posti;
soddalashtirilgan bojxona koʻrigi — bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan transport vositasining yuk boʻlimlarini ochgan holda yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan tovarlarning umumiy nomlariga mosligini koʻrish;
tashuvchi — bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni tashuvchi yoki transport vositasidan foydalanuvchi masʼul shaxs;
tovarlar — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qogʻozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari, transport vositasi, mazkur bandning oʻn oltinchi xatboshisi koʻrsatilgan transport vositasi bundan mustasno;
transport vositasi — yoʻlovchilarni va tovarlarni tashish uchun foydalaniladigan barcha vositalar, shu jumladan, konteynerlar va boshqa transport jihozlari;
xavf — bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasligi ehtimolining darajasi;
xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — Xavfni boshqarish tizimi) — xavfning oldini olish yoki uni imkon qadar kamaytirish maqsadida tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qiluvchi, ularning aniqliligiga baho beruvchi hamda ushbu maʼlumotlarni qayta ishlovchi elektron axborot tizimi.
3. Bojxona organlari tovarlar, transport vositalari va fuqarolarni (fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni) bojxona nazoratidan oʻtkazishda tanlab olish prinsipiga asoslangan holda, bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlaydigan bir yoki bir nechta bojxona nazorati shakllarini qoʻllaydi.
Bunda taqdim etilgan bojxona deklaratsiyasi boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq bojxona nazoratining hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish shakli yakuniga yetguniga qadar tovarlar bojxona deklaratsiyasida maʼlum qilingan joyda (tovar turgan joyda) boʻlishi lozim.
4. Bojxona nazorati amalga oshirilayotganda bojxona organlari bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining oldini olish maqsadida tekshirilishi kerak boʻlgan tovarlarni va transport vositalarini, yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlarini aniqlash, bojxona nazorati shakllarining turlari va qoʻllanish hajmini tanlash uchun xavfni boshqarish tizimini qoʻllaydi.
Bojxona nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish;
ogʻzaki soʻrov;
axborot olish;
bojxona koʻzdan kechiruvi;
tovarlarning tamgʻalanganligini tekshirish;
bojxona koʻrigi;
shaxsiy koʻrik;
bojxona identifikatsiyasi;
bojxona kuzatuvi;
binolar va hududlarni tekshirish;
tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini xatlovdan oʻtkazish;
tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati.
5. Bojxona nazoratining muayyan shakllaridan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq ozod etiladi.
Bojxona nazoratining ayrim shakllarini qoʻllamaslik yoki ulardan ozod qilish yuridik va jismoniy shaxslar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etish majburiyatidan ozod qilinganligini anglatmaydi.
2-bob. Hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish
1-§. Hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirishning umumiy qoidalari
6. Bojxona nazoratining hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish shakli bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlariga taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun ahamiyatga molik hujjatlarni va maʼlumotlarni tekshirishdan iborat.
7. Taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish:
hujjatlarning asosiy rekvizitlari toʻliq va toʻgʻri toʻldirilganligi, shu jumladan, tovar va transport vositasiga oid maʼlumotlarning barcha hujjatlarda bir xil, toʻgʻri va tafovutlarsiz koʻrsatilganligini;
zarur imzolar va muhrlarning (elektron raqamli imzoning) mavjudligi va haqiqiyligini;
tuzatishlarning tasdiqlanganligini aniqlashni oʻz ichiga oladi.
8. Bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi ularni quyidagilardan olingan maʼlumotlar bilan solishtirish orqali tekshiriladi:
taqdim etilgan boshqa hujjatlar va maʼlumotlardan olingan axborotlar;
uchinchi shaxslardan, boshqa davlat organlari, xorijiy va xalqaro tashkilotlardan hamda boshqa manbalardan olingan maʼlumotlar, shu jumladan, Internet tarmogʻidan foydalangan holda, tovar ishlab chiqaruvchilarning rasmiy Internet sahifalaridan olingan axborotlar;
bojxona nazoratining boshqa shakllarini oʻtkazish, bojxona statistikasi maʼlumotlarini tahlil etish, maʼlumotlarni axborot tizimlaridan foydalangan holda qayta ishlash, shu jumladan, bojxona nazoratining texnik vositalarini qoʻllash natijasida olingan maʼlumotlar.
9. Bojxona organi qoʻshimcha maʼlumotlarni faqat taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarni tekshirish maqsadida sababini koʻrsatgan holda talab qilib olishga haqli.
Taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish va (yoki) qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib olish tovarlarni chiqarib yuborishga toʻsqinlik qilmaydi, bundan ushbu hujjatlarning:
haqiqiy emasligi;
boshqa tovarlarga taalluqliligi;
tovarlarni chiqarib yuborish, ularni soʻralayotgan bojxona rejimiga joylashtirish mumkinligi toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga va (yoki) bojxona toʻlovlari toʻlanishiga taʼsir koʻrsatadigan notoʻgʻri maʼlumotlarni oʻz ichiga olganligi, Kodeksda belgilangan muddatlarda bojxona organi tomonidan aniqlangan hollar bundan mustasno.
10. Tovar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratining hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish shaklini qoʻllash natijasida hujjatlar va maʼlumotlar oʻrtasida tafovutlar va nomuvofiqliklar aniqlanganda, bojxona organlari bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlagan holda tafovutlar va nomuvofiqliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
11. Hujjatlar va maʼlumotlar oʻrtasida aniqlangan tafovutlar va nomuvofiqliklar boʻyicha choralar koʻrishda mazkur tafovutlar va nomuvofiqliklarning bojxona toʻlovlariga taʼsiri, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklariga daxl qilishi, insonning hayoti va sogʻligʻi, atrof-muhit, hayvonlar va oʻsimliklar uchun xavfliligi hamda intellektual mulk huquqining buzilishi kabi huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishiga qarab, qonunchilik hujjatlariga asosan huquqiy baho beriladi.
12. Bojxona organlari tomonidan olingan axborotlarning uchinchi shaxslarga berilishi va tarqatilishi taqiqlanadi.
2-§. Bojxona postlarida hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish
13. Chegara bojxona postlarida bojxona nazoratining hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish shakli quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish;
bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovar va transport vositalariga rasmiylashtirilgan BYD va (yoki) tovarning kuzatuv hujjatlari, shuningdek, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni tekshirish;
yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasidagi maʼlumotlarni tekshirish;
transport vositasini boshqarish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini beruvchi hujjatlarni tekshirish;
xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarga olib chiqib ketilayotgan va (yoki) olib kirilayotgan tovarlar boʻyicha olib oʻtishga asos sifatida taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish.
14. Chegara bojxona postlarida tovar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratining hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish shakli tashuvchi tomonidan taqdim etilgan BYD va tovarning kuzatuv hujjatlari, Kodeksning 18-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar va tovarga tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni hamda bojxona organlarining axborot tizimiga taqdim etilgan elektron shakldagi hujjatlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi.
15. Tashqi iqtisodiy faoliyat (keyingi oʻrinlarda — TIF) hamda bojxona rasmiylashtiruvi markazi bojxona postlarida tovar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratining hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish shakli BYDga ilova qilingan hujjatlar va maʼlumotlarni hamda bojxona organlarining axborot tizimiga taqdim etilgan elektron shakldagi hujjatlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi.
3-bob. Ogʻzaki soʻrov
16. Bojxona nazoratining ogʻzaki soʻrov shakli bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxslardan va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boshqa shaxslardan zarur axborotni ogʻzaki shaklda, bunday soʻrov natijalarini yozma shaklda rasmiylashtirmagan holda olishni nazarda tutadi.
17. Ogʻzaki soʻrov quyidagi mazmundagi maʼlumotlarni soʻrab olish koʻrinishida boʻlishi mumkin:
bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaxslardan bojxona nazoratining boshqa shakllarini qoʻllashdan oldin bojxona chegarasidan olib oʻtilishi taqiqlangan yoki cheklangan tovarlarning mavjudligi, qonunchilikda belgilangan bojxona chegarasi orqali olib oʻtish normalardan ortiq tovar moddiy boyliklarining mavjudligi;
TIF va chegara bojxona postlarida vakolatli shaxslardan bojxona koʻrigini oʻtkazishdan oldin bojxona nazoratidan oʻtkazilayotgan tovarlarning haqiqiy holati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega yoki ega emasligi, tovarlarning miqdori taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan miqdordan ortiq yoki toʻgʻri ekanligi, yuk boʻlinmalarida taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilmagan boshqa tovarlar yoki Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi (chiqilishi) taqiqlangan yoki cheklangan tovarlarning mavjudligi;
bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida deklarant yoki bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisdan BYD va unga ilova qilingan hujjatlarga oid maʼlumotlarning toʻgʻriligi;
bojxona organlari tomonidan amalga oshirilayotgan bojxona nazorati va rasmiylashtiruvining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, vujudga kelgan nomuvofiqlik yoki tushunmovchilik yuzasidan.
18. Ogʻzaki soʻrov amalga oshirilganidan soʻng bojxona nazoratining boshqa shakllarini qoʻllash natijasida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holati aniqlanganda, dastlab ogʻzaki soʻrov oʻtkazilgani toʻgʻrisida tegishli protsessual hujjatlarda qayd etiladi.
4-bob. Axborot olish
19. Bojxona nazoratining axborot olish shakli bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxslardan va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boshqa shaxslardan zarur axborot olishni nazarda tutadi.
20. Axborot olish bojxona organlari bilan boshqa davlat tashkilotlari oʻrtasida elektron hamkorlik qilish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan axborot tizimlari orqali axborot olishni ham oʻz ichiga oladi.
21. Axborot olish uchun vakolatli shaxsni va boshqa shaxsni chaqirish zarur boʻlgan taqdirda, bojxona organi yozma shaklda xabar yuboradi.
Bojxona organlari bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish davomida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash maqsadida tovarga vakolatli shaxs yoki tovarga aloqador boshqa shaxslardan yozma yoki elektron shaklda axborotlarni talab qilib oladi.
22. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi amalga oshirilmayotgan tovarlarga hamda ushbu tovarlarga bogʻliqligi boʻlmagan shaxslarga oid axborotlarni olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bojxona organlari tomonidan olingan axborotlarning uchinchi shaxslarga berilishi va tarqatilishi taqiqlanadi.
5-bob. Bojxona koʻzdan kechiruvi
1-§. Bojxona koʻzdan kechiruvining umumiy qoidalari
23. Bojxona koʻzdan kechiruvi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, yuk ortilgan idishlarda, transport vositalarida va transport vositalarining boʻlimlarida plombalar, muhrlar va boshqa bojxona identifikatsiyasi vositalari mavjudligini tasdiqlash maqsadida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
24. Tovar va transport vositasining bojxona koʻzdan kechiruvi taqdim etilgan hujjatlarda (shu jumladan, axborot tizimlarida) koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini, shuningdek, mavjud identifikatsiya vositalarini tekshirish maqsadida oʻtkaziladi.
25. Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻzdan kechiruvini oʻtkazishda unda ishtirok etuvchi shaxslarning tovar va transport vositalariga nisbatan vakolatliligini tekshiradi.
2-§. Chegara bojxona postlarida tovar va transport vositalarini bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkazish
26. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovar va transport vositalari bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkaziladi.
27. Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻzdan kechiruvi davomida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
tovar va transport vositasi hamda ularga tegishli yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzaro mosligini tekshiradi;
identifikatsiya vositalariga shikast yetkazilmaganligini, transport vositasining yuk boʻlimiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati istisno etilganligini tekshiradi;
transport vositasining haydovchi boʻlinmasida noqonuniy tovarlar mavjud emasligini tekshiradi;
tovar va transport vositasini bojxona nazoratining texnik va maxsus vositalari orqali tekshiradi, rentgen qurilmasi yordamida bojxona nazoratidan oʻtkazilgan transport vositalariga nisbatan mazkur harakatlar amalga oshirilmaydi.
Bojxona koʻzdan kechiruvining qoʻllanilish hajmini tanlash Xavfni boshqarish tizimi tomonidan belgilanadi.
Tashuvchi bojxona koʻzdan kechiruvi jarayonida toʻliq ishtirok etadi hamda bojxona organining mansabdor shaxsiga zarur koʻmak koʻrsatadi.
28. Tashuvchi tovar va transport vositasini koʻzdan kechirishda ishtirok etishdan hamda koʻmak berishdan bosh tortsa, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
29. Tovar va transport vositalarining bojxona koʻzdan kechiruvi natijalariga koʻra quyidagi hollarda bojxona koʻrigi amalga oshiriladi:
bojxona nazoratining texnik vositalarini qoʻllash jarayonida bojxona organiga taqdim etilgan maʼlumotlarda oʻzaro nomuvofiqliklar aniqlanganda;
identifikatsiya vositasi mavjud transport vositasining yuk boʻlimiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati boʻlganligi yoki identifikatsiya vositasiga shikast yetkazilganligi aniqlanganda;
bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi taqiqlangan yoki cheklangan ashyolar yashirilayotgani va bojxona nazoratiga taqdim etilmayotganligi toʻgʻrisida gumon qilinishiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita ishora qiluvchi alomatlarning bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan aniqlanganda.
3-§. TIF bojxona postlarida tovar va transport vositalarini bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkazish
30. TIF bojxona postlarida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan tovar va transport vositalarini bojxona koʻzdan kechiruvi ularning yetkazib berilganligini tekshirish maqsadida oʻtkaziladi.
31. TIF bojxona postlarida bojxona koʻzdan kechiruvi bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositalarining boʻlimlarini hamda tovarlarning oʻrov-idishini ochmasdan, koʻzdan kechirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratmagan va boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzmagan holda, tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona identifikatsiyasi vositalarining tashqi koʻrinishini koʻzdan kechirish orqali oʻtkaziladi.
32. TIF bojxona postiga bojxona nazorati ostida yetkazilgan tovar va transport vositasi Xavfni boshqarish tizimining mavjud mezon talablariga asosan:
yuk tushirishga ruxsat berilganda bojxona ombori mudiri tomonidan koʻzdan kechiriladi;
yuk tushirish nazoratga olinganda bojxona organlari tomonidan bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkaziladi.
Bojxona ombori mudiri tomonidan oʻtkazilgan koʻzdan kechiruv natijasida mavjud maʼlumotlar oʻrtasida oʻzaro nomuvofiqliklar aniqlanganda yoki transport vositasining yuk boʻlimiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati mavjud boʻlganda (erkin kirish imkoniyati mavjud konstruksiyali transport vositasi bundan mustasno) yoxud identifikatsiya vositalariga shikast yetkazilgani aniqlanganda bu toʻgʻrisida zudlik bilan bojxona organlari xabardor qilinadi.
33. Bojxona organi tomonidan tovar va transport vositalarining bojxona koʻzdan kechiruvi jarayonida taqdim etilgan maʼlumotlarda oʻzaro nomuvofiqliklar aniqlanganda yoki transport vositasining yuk boʻlimiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati mavjud boʻlganda (erkin kirish imkoniyati mavjud konstruksiyali transport vositasi bundan mustasno) yoxud identifikatsiya vositalariga shikast yetkazilgani aniqlanganda, mazkur Nizomning 7-bobiga muvofiq bojxona koʻrigi oʻtkaziladi.
4-§. Jismoniy shaxslarning qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarini bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkazish
34. Chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslarning qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlari quyidagi hollarda bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkaziladi:
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan topshiriq berilganda;
bojxona organlarida davlat organlari, shuningdek, xorijiy davlatlar bojxona, boshqa davlat organlari va xalqaro tashkilotlardan maʼlumotlar olinganda;
bojxona organlariga fuqarolarning bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishiga oid tezkor xabarlar kelib tushganda;
bojxona nazoratining tegishli shakllarini qoʻllash natijasida jismoniy shaxsning oʻzini tutish harakatlarida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining alomatlari aniqlanganda;
fuqarolar qizil yoʻlak orqali harakatlanganda.
35. Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan jismoniy shaxslarning qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlari bojxona koʻzdan kechiruvidan ularning tashqi koʻrinishini koʻzdan kechirish yoki bojxona nazorat-texnik vositalarini qoʻllash orqali oʻtkaziladi.
36. Chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslarning qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarining bojxona koʻzdan kechiruvi bojxona nazorati zonasidagi bojxona koʻrigi maydonida, bojxona postining fuqarolar oʻtish zallarida yoki alohida ajratilgan maxsus xonalarda yoxud yoʻlovchi tashish poyezdlarida oʻtkaziladi.
Koʻzdan kechiruv jarayoniga jismoniy shaxslarning qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarining xususiyatidan kelib chiqib, boshqa davlat idoralari va vakolatli tashkilotlarning mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
37. Bojxona koʻzdan kechiruv jarayonida jismoniy shaxslar toʻliq ishtirok etadi (xalqaro aeroportlar orqali harakatlanayotgan fuqarolarning bagajlarini bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkazish bundan mustasno) hamda bojxona organining mansabdor shaxsiga zarur koʻmak koʻrsatadi.
38. Jismoniy shaxs qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarini koʻzdan kechirishda ishtirok etishdan hamda koʻmak berishdan bosh tortsa, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi.
6-bob. Tovarlarning tamgʻalanganligini tekshirish
39. Tovarlarning tamgʻalanishini tekshirish tovarlarda yoki ularning qadoqlarida maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarni belgilashning boshqa vositalari mavjudligini tekshirishni nazarda tutadi.
Tamgʻalangan holda tovarlar ortilgan transport vositalarining yuk boʻlinmalari, temir yoʻl vagonlari, konteynerlar hamda pochta va kuryerlik joʻnatmalariga nisbatan ham bojxona nazoratining tovarlarning tamgʻalanishini tekshirish shakli qoʻllanilishi mumkin.
40. Bojxona hududiga olib kiriladigan alohida tovarlar boʻyicha bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda ularni maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari bilan tamgʻalash talabi qoʻyilishi mumkin.
41. Tovarlarda maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari, shtrix kodi, aksiz markasi va alohida talablar boʻyicha markirovkalanganligiga yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari mavjud emasligiga, shunday tovarlar mavjudligi aniqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs buning aksini isbotlamasa, tovarlarni bojxona hududiga bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirganlik yoki chiqarib yuborganlik holatining tasdiqlanishi deb qaraladi.
7-bob. Bojxona koʻrigi
1-§. Bojxona koʻrigining umumiy qoidalari
42. Kodeksning 195-moddasiga muvofiq bojxona koʻrigi qoida tariqasida tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilingandan keyin deklarant ishtirokida oʻtkaziladi. Bunda tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar bojxona koʻrigi:
bojxona maqsadlarida tovarni identifikatsiyalash;
bayon etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini aniqlash;
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi mavjud axborotni tekshirish;
tanlab tekshirish prinsipiga rioya etgan holda xavfni boshqarish tizimi asosida bojxona nazoratini oʻtkazish;
Kodeksning 275-moddasiga asosan deklarantning huquqlarini amalga oshirish zarur boʻlgan taqdirda oʻtkazilishi mumkin.
43. Bojxona koʻrigi amalda bojxona koʻrigidan oʻtkazilayotgan tovar bilan bojxona deklaratsiyasi va/yoki yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatib oʻtilgan tovar maʼlumotlari bilan mosligini tekshirish maqsadida oʻtkaziladi.
44. Tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, insonparvarlik yordami yoki xayriya maqsadlari, shu jumladan, texnik koʻmak uchun olib oʻtiladigan tovarlar birinchi navbatda bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi.
45. Bojxona koʻrigi, qoida tariqasida, Xavfni boshqarish tizimi tomonidan berilgan topshiriq hamda vakolatli shaxsning elektron murojaati asosida oʻtkaziladi. Xavf darajasi Xavfni boshqarish tizimi tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini toifalarga ajratish, xavf profillari yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlanadi.
Bunda Xavfni boshqarish tizimi topshirigʻi asosida tovarlarning umumiy miqdori boʻyicha ularning 10, 25, 50 yoki 100 foizi bojxona koʻrigidan oʻtkazilishi mumkin.
Bojxona koʻrigidan oʻtkazilishi belgilangan foiz miqdori — tovarning soni, ogʻirligi yoki boshqa oʻlchov birligidan kelib chiqib, partiyadagi tovarlar orasidan tasodifiy tanlov yoʻli bilan aniqlanadi.
46. Bojxona koʻrigi jarayonida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan tovarlar BYDda koʻrsatib oʻtilgan joyda aslida boʻlmaganligi va/yoki bojxona koʻrigi jarayonida BYDda taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarga javobgar ekanligi belgilangan shaxs (ishonch bildirgan shaxs) ishtiroki taʼminlanmagan holatlari aniqlanganda, bojxona koʻrigi holatlarga aniqlik kiritilguniga qadar vaqtincha toʻxtatib turiladi.
47. Vakolatli shaxslar bojxona organining mansabdor shaxsining talabiga koʻra tovar va transport vositalari bojxona koʻrigidan oʻtkazilayotganda hozir boʻlishi va ularga zarur koʻmak koʻrsatishi shart. Vakolatli shaxslar boʻlmaganda, koʻrikdan oʻtkazilayotgan transport vositasi tashuvchisi vakolatli shaxs hisoblanadi.
48. Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻrigini Kodeksning 195-moddasi beshinchi qismida koʻrsatilgan hollarda deklarant yoki vakolatli shaxslar ishtirokisiz, ikki nafar xolis ishtirokida oʻtkazishga haqli.
49. Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻrigini oʻtkazishda ishtirok etuvchi shaxslarning tovar va transport vositalariga nisbatan vakolatliligini tekshiradi.
Bojxona koʻrigi BYD asosida oʻtkazilgan hollarda, bojxona koʻrigi jarayonida BYDda taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarga javobgar ekanligi belgilangan shaxs (ishonch bildirgan shaxs) ishtirok etadi.
50. Bojxona koʻrigi bojxona organi boshligʻining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning roziligi asosida oʻtkaziladi, mazkur Nizomning 53-bandi ikkinchi va beshinchi xatboshilarida qayd etilgan hollar bundan mustasno.
51. Bojxona koʻrigi jarayonida tovarlarning yuzasiga boʻyoq, metall yoki boshqa materiallar qoplash yoʻli bilan yashirish yoki maxsus tayyorlangan yashirin joylarni aniqlash maqsadida tovarlarning kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlaridan kelib chiqib, qirqish, kesish, oʻyish va boshqa usullar qoʻllanilishi mumkin.
52. Maxsus tashish usullari qoʻllaniladigan, suyuq va uyulgan holatda tashiladigan tovarlarga nisbatan koʻrik darajalari belgilanmaydi hamda ularni bojxona koʻrigidan oʻtkazishda tovarlar tushirilmagan holda nazorat texnik vositalarni qoʻllash orqali bevosita transport vositasida amalga oshirilishi mumkin.
53. Bojxona koʻrigi quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
bojxona koʻrigini oʻtkazish Xavfni boshqarish tizimi tomonidan buyurilganda;
vakolatli shaxs yoki tashuvchi soʻroviga asosan;
bojxona organlariga boshqa huquqni muhofaza qilish organlari yoki davlat organlaridan tushgan materiallar, shuningdek, xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa davlat organlari hamda xalqaro tashkilotlardan, shuningdek, bojxona organlarining tegishli tarkibiy tuzilmalaridan olingan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan Kodeksning 188-moddasida koʻrsatilgan bojxona nazoratining boshqa shakllarini qoʻllash natijasida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzilganlik alomatlari mavjudligi maʼlum boʻlganda;
mazkur Nizomning 28 va 33-bandlarida koʻrsatilgan hollarda;
tovarlar bir transport vositasidan boshqa transport vositasiga yoki ushbu transport vositasiga qayta yuklanganda, transport vositasining uning yuk boʻlimlari ochilmagan yoki bojxona plombasi buzilmagan hollar yoxud tranzit tartibda harakatlanayotgan avtotransport vositalari bundan mustasno.
Tovarlar bir transport vositasidan boshqa transport vositasiga yoki ushbu transport vositasiga TIF bojxona postlarida yoki bojxona omborlarida qayta yuklanadi hamda ushbu jarayonlar boshlanishidan oldin deklarant tomonidan bojxona organlariga murojaat qilinadi.
54. Bojxona rejimining oʻzgarishi jarayonida bitta tovar va transport vositasi yuzasidan Xavfni boshqarish tizimi tomonidan qayta bojxona koʻrigini oʻtkazish boʻyicha topshiriq berilganda, avval oʻtkazilgan bojxona koʻrigida xavflarni kamaytirish boʻyicha barcha talablar qamrab olingan boʻlsa, mazkur tovar va transport vositalari yuzasidan qayta bojxona koʻrigi oʻtkazilmaydi.
55. Bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlarni bojxona koʻrigini bevosita konteyner yoki transport vositasining maxsus yuk boʻlimida oʻtkazishi mumkin, agar:
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan tovarlarni konteyner yoki transport vositasining maxsus yuk boʻlimidan toʻliq tushirish orqali bojxona koʻrigidan oʻtkazish belgilanmagan boʻlsa;
tovarlar transport vositasida usti ochiq yoki temir yoʻl vagonlarida olib kelinganda, bunda bojxona koʻrigini oʻtkazishning imkoni mavjud boʻlganda;
bojxona koʻrigi jarayonida konteyner yoki yuk boʻlinmasida yoʻlak ochgan holda tovarlar boʻyicha toʻliq maʼlumotga ega boʻlish imkoniyati mavjud boʻlsa, shuningdek, tovarlar yoʻqolishi yoki ularning holati oʻzgarishiga olib kelmasa.
56. Bojxona koʻrigi jarayoni asosli sabablarga koʻra toʻxtatilganda (tanaffus, ish vaqtining tugashi va boshqa holatlarda), bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlarning oʻzgartirilmagan holda saqlanishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shu jumladan, yuk joylariga, transport vositalariga yoki tovarlar turgan binoga identifikatsiya vositalarini qoʻyadi.
Bojxona koʻrigi jarayoni quyidagi hollarda post boshligʻi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ruxsati bilan vaqtincha toʻxtatib turilishi mumkin:
vakolatli shaxsning bojxona koʻrigini toʻxtatib turish boʻyicha asoslantirilgan murojaatiga asosan;
tovar va transport vositasini bojxona koʻrigini oʻtkazish imkoni cheklanganda;
bojxona koʻrigini oʻtkazishni davom ettirish inson salomatligi va atrof-muhitga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan holatlarda ushbu holat bartaraf etilguniga qadar;
tovar xususiyatlari haqidagi maʼlumotlar yetarli boʻlmaganda, ekspert va mutaxassislar jalb etilib, ularning tegishli xulosalari olinguniga qadar;
bojxona koʻrigi natijasi bojxona ekspertizasining xulosasiga bogʻliq boʻlganda;
mazkur Nizomning 46-bandida nazarda tutilgan hollarda.
57. Xavfni boshqarish tizimi topshirigʻida bojxona koʻrigini oʻtkazish nazarda tutilmagan hollarda bojxona koʻrigi oʻtkazilishi lozim boʻlsa, bojxona koʻrigi bojxona posti boshligʻi yoki uning vazifasini bajaruvchi xodimning roziligi asosida oʻtkaziladi. Bunda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona koʻrigi bojxona organlarining tegishli elektron tizimlarida “yashil” va “sariq” yoʻlakda ushbu yoʻlakni oʻzgartirish, “qizil” yoʻlakda bojxona koʻrigini oʻtkazish yuzasidan qaror qabul qilingani boʻyicha belgi qoʻyish orqali oʻtkaziladi.
58. Tovar xususiyatlari haqidagi maʼlumotlar yetarli boʻlmagan va tovarni identifikatsiyalash imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda yoki Xavfni boshqarish tizimi topshirigʻiga asosan bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona ekspertizasini tayinlab, tovarlardan namuna va (yoki) nusxalar oladi.
Bunda tovarlardan namuna va (yoki) nusxalar normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq olinadi.
59. Bojxona organi yoki vakolatli shaxs tomonidan zarur hollarda bojxona koʻrigi jarayoniga tovar va transport vositasiga aloqador boʻlmagan ekspert va mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. Bunda vakolatli shaxs jalb qilgan ekspert va mutaxassislar bilan bogʻliq xarajatlar ushbu vakolatli shaxs tomonidan qoplanadi.
60. Bitta bojxona postida yoki bitta omborda yonma-yon turgan bir nechta turkumdagi tovar va transport vositalari bir vaqtning oʻzida bir nafar bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona koʻrigidan oʻtkazilishi mumkin. Bunda bojxona koʻrigi bojxona deklaratsiyasi asosida oʻtkazilayotgan hollarda har bir bojxona deklaratsiyasi uchun mazkur Nizomning 61 va 62-bandlarida belgilangan tartib boʻyicha alohida bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
61. Bojxona koʻrigi davomida tovarlarning amaldagi soni, xususiyati va (yoki) tovarlar haqidagi maʼlumotlar, bojxona deklaratsiyasi hamda yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelmasa, ushbu maʼlumotlar bojxona koʻrigi dalolatnomasida aks ettiriladi.
62. Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona koʻrigi yakunlanganidan soʻng bojxona organlarining axborot tizimida, jumladan, mobil ilovalardan foydalanilgan holda elektron shaklda bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
63. Oʻtkazilgan bojxona koʻrigi boʻyicha tuziladigan dalolatnoma shakli Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) tomonidan tasdiqlanadi.
64. Bojxona koʻrigi natijalariga koʻra tafovut aniqlanganda, taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar uchun javobgar hisoblangan shaxs (deklarant, vakolatli shaxs, tashuvchi)ga nisbatan qonunchilikka muvofiq tegishli choralar koʻriladi. Vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlar asosida avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida tovar va transport vositasiga shikast yetganligi (tovarning miqdoriy oʻzgarishi, oʻz xususiyatini yoʻqotganligi) holatlari bundan mustasno.
65. Quyidagi hollar tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazmaslik uchun asos boʻladi:
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan bojxona koʻrigini oʻtkazish yuzasidan topshiriq berilmaganda, mazkur Nizomning 53-bandi yettinchi xatboshisida keltirib oʻtilgan holatlar bundan mustasno;
bojxona nazorati ostida saqlanayotgan tovarlar bojxona organining ruxsatisiz ishlatib yuborilib, ushbu tovarlarga nisbatan bojxona qonun buzilishi holati yuritilganda;
tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining topshirigʻi asosida ishlatib yuborilganda;
tovar boʻyicha avval oʻtkazilgan bojxona koʻrigi tan olingan holatlarda;
“bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” hamda “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimidan soʻng tovarlar “eksport” bojxona rejimida rasmiylashtirilganda.
66. Tovarlarning bojxona koʻrigi Bojxona qoʻmitasi markaziy apparati va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi ulanishini taʼminlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylardagina oʻtkaziladi hamda ushbu videoyozuvlar uch oy davomida saqlanadi.
Oʻziga xos xususiyatlarga ega, tashqi oʻlchamlari, fizik koʻrsatkichlari yoki kimyoviy xossalariga koʻra yoxud saqlanishiga doir alohida shartlar qoʻyilishi tufayli bojxona omboriga joylashtirilishi mumkin boʻlmagan tovarlar, shuningdek, tovar yetkazib beriladigan joyda bojxona ombori mavjud boʻlmagan hollarda, bojxona koʻrigi tovarlar yetkazib berilgan joyda bojxona xizmati organlari tomonidan koʻchma videoyozuv uskunalari yordamida tasvirga olingan holda oʻtkaziladi va videotasvirlar bojxona postida koʻrik oʻtkazilgan kundan boshlab uch oy davomida saqlanishi taʼminlanadi.
67. Bojxona nazorati ostida tashilayotgan yuk ortilgan transport vositalaridan yoʻl-transport hodisasi, yengib boʻlmas kuch yoki boshqa sabablarga koʻra boshqa transport vositasiga yuklash lozim boʻlgan taqdirda, tovarlar toʻliqligi yoki but holda ekanligiga aniqlik kiritish maqsadida bojxona koʻrigi oʻtkaziladi.
2-§. Chegara bojxona postlarida tovar va transport vositalarining bojxona koʻrigi
68. Bojxona koʻrigi tovar va transport vositalariga tegishli hujjatlar taqdim qilingandan soʻng bevosita chegara bojxona postida va (yoki) bojxona nazorati zonasida oʻtkaziladi.
Tovar va transport vositalarini bojxona koʻrigidan oʻtkazish uchun yetarli sharoit boʻlmagan hollarda, bojxona posti boshligʻi yoki uning vazifasini bajaruvchi xodimning topshirigʻi asosida bojxona koʻrigi tovarlarni tushirish, ortish, joylashtirish, sanash, oʻlchash, taqdim qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarga mos kelishini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlgan boshqa joylarda yoki manzil bojxona postida oʻtkazilishi mumkin.
69. Quyidagi hollarda bojxona koʻrigi chegara bojxona postida oʻtkaziladi:
Xavfni boshqarish tizimining topshirigʻi boʻlganda;
bojxona koʻzdan kechiruvi natijasida bojxona koʻrigini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda;
rentgen, radiologik nazorat, tarozi kabi barcha turdagi texnik vositalarni qoʻllash natijasida aniqlangan nomuvofiqliklarga aniqlik kiritish maqsadida bojxona koʻrigini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda;
yuk joʻnatuvchi davlatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, tegishli davlat nazorat organlarining talablari mavjud boʻlganda.
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlarida koʻrsatib oʻtilgan boshqa hollar bundan mustasno.
70. Bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda bojxona organining mansabdor shaxsi quyidagilarni amalga oshiradi:
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan berilgan topshiriqlarni toʻliq bajarish;
yangi xavf yoki shubha va gumon paydo boʻlgan hollarda bojxona koʻrigining hajmini oshirish;
tovarlarning soni, asosiy va (yoki) qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdorini yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan taqqoslash;
olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan transport vositalarida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, olib chiqilishi va tranzit olib oʻtilishi taqiqlangan yoki cheklangan tovarlarning mavjudligini tekshirish;
barcha jarayonlar yakuni boʻyicha bojxona koʻrigi dalolatnomasini rasmiylashtirish.
71. Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan yukli transport vositasining yuk boʻlinmasini ochgan holda, unga yuklangan tovarning amaldagi xususiyatlari boʻyicha dastlabki maʼlumotlarni olish maqsadida vizual tekshirish natijalari boʻyicha soddalashtirilgan bojxona koʻrigi oʻtkaziladi hamda bu toʻgʻrisida bojxona organlari axborot tizimi orqali tegishli belgi qoʻyish orqali tasdiqlaydi.
72. Bojxona deklaratsiyasida bir nomdagi tovar sifatida koʻrsatilgan tovar turkumining bir qismi bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan boʻlsa, bunday koʻrikdan oʻtkazish natijalari shu tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin. Agar vakolatli shaxs koʻrikdan oʻtkazish natijalari tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin emas deb hisoblasa, tovar turkumining qolgan qismi uchun qoʻshimcha bojxona koʻrigi oʻtkazilishini talab qilishga haqli.
3-§. TIF bojxona postlarida tovar va transport vositalarining bojxona koʻrigi
73. TIF bojxona postlarida bojxona koʻrigi tovarlarga nisbatan bojxona deklaratsiyasi bojxona organlari axborot tizimida roʻyxatga olingandan soʻng Xavfni boshqarish tizimi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan oʻtkaziladi.
74. TIF bojxona postlarida bojxona koʻriklari uchun taqdim etilgan elektron murojaatlar xodimlar oʻrtasida bojxona organlarining axborot tizimi orqali avtomatik ravishda taqsimlanadi. Quyidagi hollarda koʻriklar post boshligʻi tomonidan taqsimlanishi mumkin:
avtomatlashtirilgan tizimda nosozlik yoki texnik muammolar yuzaga kelganda;
bojxona koʻrigi yakunlanmasdan xodimni oʻzgartirish talab etilgan holatlarda;
koʻrik oʻtkazish uchun xodimdan maxsus malaka yoki tajriba talab qilinganda;
qoʻshimcha tekshiruv yoki qayta koʻrik zarur boʻlgan holatlarda;
xavfi yuqori boʻlgan tovar va transport vositalari boʻyicha alohida koʻrsatmalar boʻlganda;
favqulodda vaziyatlarda, xodimlarning ish yuklamasini muvofiqlashtirish talab etilganda;
ish vaqtidan tashqari bojxona koʻrigini oʻtkazish taqozo etgan vaziyatlarda.
75. Bojxona rasmiylashtiruvi markazi xodimi tomonidan tovar va transport vositalari boʻyicha aniqlik kiritilishi lozim boʻlgan savol hamda masalalar TIF bojxona posti xodimlari tomonidan bajariladi.
Bunda xodimlar oʻrtasida xabarlar almashinuvi ularga taqsimlangan BYD va bojxona koʻrigi doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri elektron shaklda YAAAT dasturlarida olib boriladi.
76. Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻrigi oʻtkazilishi vaqtini belgilaydi hamda vakolatli shaxsga bojxona koʻrigini oʻtkazish vaqtini maʼlum qiladi.
77. Bojxona koʻrigi oʻtkaziladigan joyga yetib kelgan bojxona xodimining dastlabki harakatlari:
tovarlarning bojxona koʻrigidan oʻtkazilishi uchun tayyorligini va belgilangan talablar asosida koʻrikka taqdim etilayotganligini oʻrganadi. Agar bunday tayyorgarlik amalga oshirilmagan boʻlsa, vakolatli shaxsga bojxona koʻrigiga tayyorlanish boʻyicha tavsiya va koʻrsatmalar beradi;
tovarlar bojxona koʻrigi uchun tayyorlanmagan boʻlsa, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bu haqida koʻrik dalolatnomasining elektron shaklida tegishli munosabat belgisi qoʻyiladi va bunday tayyorgarlik yakunlanguniga qadar bojxona koʻrigini oʻtkazishni boshlamaydi.
78. Bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
a) bojxona koʻrigidan oʻtkazilayotgan tovar va transport vositalariga nisbatan Xavfni boshqarish tizimi tomonidan bojxona koʻrigining hajmi va (yoki) darajasi belgilanmagan boʻlsa:
tovarlarni vaznini oʻlchaydi;
yuk oʻrinlarini ochib koʻradi va tovarlar sonini sanab chiqadi;
tovarlarning oʻlchov birligiga mos kelishini oʻrganadi;
tovarlarning sonini BYDda koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan taqqoslaydi;
tovarlarning TIF TN kodini BYDda koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan mos kelishini tekshiradi. Maxsus bilim va koʻnikmaga ega mutaxassislar tomonidan aniqlanishi lozim boʻlgan tovarlar bundan mustasno.
tovarlarning avvalgi bojxona rejimida rasmiylashtirilgan tovarlar bilan mos kelishini tekshiradi (agar avvalgi bojxona rejimi mavjud boʻlsa);
zarur hollarda tovarlarning transport vositasiga toʻliq yuklanishini yoki transport vositasidan tushirilishini taʼminlaydi;
eksport bojxona rejimida tovarlar boshqa bojxona postiga yoʻnaltirilishi nazarda tutilgan hollarda, tovarlar uchun taqdim etilgan BYD rasmiylashtirilguniga va transport vositasi manzil bojxona postiga nazoratga qoʻyilguniga qadar tovarlar ortilgan transport vositasining bojxona nazorati zonasidan chiqib ketmaslik choralarini koʻradi;
tovarlar ortilgan transport vositasini bojxona hamrohligida kuzatib borish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, bojxona hamrohligidagi kuzatuvni amalga oshiruvchi xodimga bojxona hamrohligida kuzatiladigan tovarlar va transport vositalarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish orqali topshiradi;
tovarlar ortilgan transport vositasi bojxona hamrohligida kuzatib borishdan ozod etilgan hollarda, tovar va transport vositasining manzil bojxona postiga belgilangan muddatda yetib borishini dastur orqali nazorat qiladi, muddat buzilganida darhol tegishli choralarni koʻradi;
b) Xavfni boshqarish tizimi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish;
v) tovarning birkasi, markirovkasi, yorliqlari orqali ishlab chiqarilgan davlati toʻgʻrisida maʼlumot olish;
g) tovarning TIF TNga muvofiq toʻgʻriligini tekshirish maqsadida alohida xususiyatlarini oʻrganish hamda shubhali holatlarda ekspertiza tayinlash;
d) tovar boʻyicha rasmiylashtiruvchi xodim tomonidan soʻralgan qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish;
e) tijorat hujjatlarida tovarlar yagona oʻlchovda (dona, juft va boshqa oʻlchovda) koʻrsatilgan va ularning umumiy ogʻirligi bojxona toʻlovi summasiga taʼsir etmagan hollarda hamda Xavfni boshqarish tizimi topshirigʻida boshqa hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, bojxona koʻrigi davomida tovarlar oʻlchanmaydi;
j) bojxona koʻrigi natijasi boʻyicha Nizomning 62-bandiga asosan bojxona koʻrigi dalolatnomasini rasmiylashtirish.
79. Bojxona koʻrigi natijalariga koʻra tafovut aniqlangan taqdirda, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan mazkur Nizomning 64-bandida koʻrsatilgan choralar koʻriladi.
4-§. Jismoniy shaxslarning qoʻl-yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarini bojxona koʻrigidan oʻtkazish
80. Chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslarning qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlari bojxona organlari tomonidan bojxona koʻrigidan oʻtkazilishi mumkin.
81. Chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslarning qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarining bojxona koʻrigi Xavfni boshqarish tizimi tomonidan berilgan topshiriqqa, shuningdek, bojxona organining mansabdor shaxsining texnik vositalarni koʻllash natijasida paydo boʻlgan shubhasiga koʻra yoki tanlab olish prinsipiga asosan oʻtkaziladi.
82. Chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslarning qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarining bojxona koʻrigi bojxona nazorati zonasidagi bojxona koʻrigi maydonida yoki alohida ajratilgan maxsus xonalarda yoxud yoʻlovchi tashish poyezdlarida oʻtkaziladi.
Bunda yoʻlovchi tashish poyezdlaridagi bojxona koʻrigi ularning toʻxtab turish vaqtida amalga oshiriladi.
83. Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan jismoniy shaxslarning qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarining bojxona koʻrigi bevosita ularning qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarini ochgan holda, tekshirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yoʻllar bilan butligini buzib, tovarlarga aniqlik kiritish orqali oʻtkazilishi mumkin.
84. Jismoniy shaxslarning qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarini bojxona koʻrigidan oʻtkazish natijasi boʻyicha quyidagi hollarda bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi:
tekshirilayotgan obyekt egasi hozir boʻlmaganda;
jismoniy shaxs bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtirilishini talab qilganda.
5-§. Tovarlarni qayta, qoʻshimcha hamda tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona koʻrigidan oʻtkazish
85. Qayta va qoʻshimcha bojxona koʻrigi bojxona organi boshligʻi yoki uning vazifasini bajaruvchi xodimning roziligi asosida oʻtkaziladi.
86. Qayta bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun quyidagilardan biri asos boʻladi:
bojxona nazorati ostida boʻlganda tovarlarga vakolatli shaxsning asoslantirilgan yozma talabiga asosan;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, bojxona organlari yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tezkor tarkibiy tuzilmalaridan, shuningdek, xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlardan olingan tezkor-qidiruv natijalari va maʼlumotlari.
Qayta bojxona koʻrigi mazkur Nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
87. Qoʻshimcha bojxona koʻrigi vakolatli shaxs koʻrikdan oʻtkazish natijalari tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin emas deb hisoblasa, tovar turkumining qolgan qismi uchun uning yozma talabi asosida oʻtkazilishi mumkin.
88. Bojxona organlari tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin, basharti bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilgan deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar va tasdiqlangan maʼlumotlar mavjud boʻlsa, tovarlar bojxona koʻrigidan, shu jumladan, qayta bojxona koʻrigidan oʻtkazilishi mumkin.
Bunda tasdiqlangan maʼlumotlar va asoslar bojxona organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv faoliyati va (yoki) bojxona auditi natijasida bojxona maqsadlari uchun statistika maʼlumotlaridan, BYD va boshqa hujjatlar tahlili, shaxslarning xabarnoma va arizalari, chet el davlatlari, xalqaro tashkilotlarning tegishli organlari hamda ommaviy axborot vositalaridan olinishi mumkin.
89. Tovarlar qayta, qoʻshimcha hamda tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
6-§. Bojxona koʻrigi dalolatnomasini rasmiylashtirish
90. Bojxona koʻrigi dalolatnomasi bojxona organlarining axborot tizimida, shu jumladan, mobil ilovalar orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Bojxona koʻrigi dalolatnomasi koʻrik ishtirokchilari tomonidan qoʻl barmoq izlari qoʻyilgan holda, bojxona organining mansabdor shaxsining ERIsi bilan tasdiqlanadi.
91. Bojxona koʻrigini oʻtkazish jarayonida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganlik holatlari aniqlanganda, elektron shaklda rasmiylashtirilgan bojxona koʻrigi dalolatnomasi A4 formatli qogʻozga chop etilgan holda protsessual hujjatlarga ilova qilinadi.
92. Bojxona koʻrigining boshlanish vaqti bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlar oʻramini, transport vositalari yoki konteynerlarni, yuk joylari va yuk sigʻimlarini, tovarlar joylashtirilgan yoki joylashtiriladigan boshqa joylarga nisbatan bojxona nazorati shakllarini qoʻllashni boshlagan vaqtidan boshlab hisoblanadi.
93. Bojxona koʻrigi bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan soʻng yakunlangan deb hisoblanadi. Bunda bojxona koʻrigi jarayoni bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan toʻxtatib qoʻyilganda, toʻxtatib qoʻyilgan vaqtdan boshlab bojxona koʻrigi boshlangunga qadar boʻlgan vaqt bojxona koʻrigiga sarflangan vaqtga qoʻshilmaydi.
94. Bojxona koʻrigi dalolatnomasi quyidagi hollarda qogʻozda yozma shaklda rasmiylashtiriladi:
davlat sirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona koʻrigi oʻtkazilgan hollarda;
bojxona organlari axborot tizimining dasturlarida bojxona rasmiylashtiruviga belgilangan muddat ichida tuzatib boʻlmas texnik nosozliklar va (yoki) Internet tarmogʻida uzilishlar vujudga kelganda;
xalqaro shartnomalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Bunda bojxona koʻrigi dalolatnomasi koʻrik ishtirokchilari tomonidan imzolanib, bojxona organining mansabdor shaxsining shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.
95. Rasmiylashtirilgan qogʻoz shaklidagi bojxona koʻrigi dalolatnomalarining hisobi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan “qogʻoz shaklidagi bojxona koʻrigini roʻyxatga olish kitobi” yordamida yuritiladi.
96. Qogʻoz va (yoki) elektron shakldagi bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran uch yil mobaynida saqlanadi.
8-bob. Shaxsiy koʻrik
97. Shaxsiy koʻrik bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan va bojxona nazorati zonasida yoki aeroportning xalqaro yoʻnalishlar uchun ochiq boʻlgan tranzit zonasida boʻlgan jismoniy shaxsga nisbatan oʻtkaziladi.
98. Shaxsiy koʻrik bojxona hududiga olib kirish yoki ushbu hududdan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni yoxud qonunchilikda belgilangan tartibni buzgan holda olib oʻtilayotgan tovarlarni jismoniy shaxs yonida yashirmoqda va ularni oʻz ixtiyori bilan taqdim etmoqchi emas, deb taxmin qilishga asoslar boʻlgan taqdirda, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan oʻtkaziladi.
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan berilgan topshiriq yoki masofaviy bojxona nazorati natijasi boʻyicha kelib tushgan topshiriqqa yoki davlat organlari va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan maʼlumotlarga asosan shaxsiy koʻrik oʻtkazilishi mumkin.
99. Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish haqidagi qaror bojxona organining boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan qabul qilinadi.
Qabul qilingan qarorning nusxasi shaxsiy koʻrikdan oʻtkaziladigan jismoniy shaxsning talabiga koʻra taqdim etiladi.
100. Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni boshlashdan avval bojxona organining mansabdor shaxsi:
shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni jismoniy shaxsga eʼlon qilishi;
shaxsiy koʻrik oʻtkazilayotganda jismoniy shaxsni uning huquqlari bilan tanishtirishi;
jismoniy shaxsga yonida berkitilgan tovarlarni oʻz ixtiyori bilan berishni taklif qilishi shart.
101. Jismoniy shaxs shaxsiy koʻrikni rad etgan taqdirda, shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorga shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish haqidagi qarorni eʼlon qilgan bojxona organining mansabdor shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan belgi qoʻyiladi.
102. Agar koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs bojxona organining mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarmasa yoki bajarishga qarshilik koʻrsatsa, ushbu harakatlar maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxsni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish uchun asos boʻladi.
103. Shaxsiy koʻrik sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan, boshqa shaxslar tomonidan shaxsiy koʻrik jarayonini kuzatishni istisno etadigan alohida xonada bojxona organining koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi mansabdor shaxsi tomonidan aynan shu jinsdagi ikki xolis ishtirokida oʻtkaziladi. Boshqa jismoniy shaxslarning bu xonaga kirish va shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni kuzatish imkoniyatiga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxsning tanasi faqat tibbiyot xodimlari tomonidan, zarur boʻlganda maxsus tibbiyot texnikasidan foydalangan holda tekshiriladi. Zarur boʻlganda shaxsiy koʻrik oʻtkazilayotganda tarjimon jalb qilinadi. Shaxsiy koʻrikni oʻtkazishda insonning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan texnik va boshqa vositalar qoʻllanilishi mumkin.
Voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz shaxs shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilayotganda uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, homiylar, vasiylar) yoki uni kuzatib boruvchi shaxslar hozir boʻlishga haqli.
104. Shaxsiy koʻrik koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs tomonidan oʻzida yashirib qoʻyilgan tovarlarni topish uchun zarur boʻlgan doirada hamda inson shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishini, uning sogʻligʻi va mol-mulkiga ziyon yetkazilishini istisno etadigan shaklda oʻtkaziladi.
105. Shaxsiy koʻrik soddalashtirilgan tarzda quyidagi shaklda oʻtkazilishi ham mumkin:
bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxslarga nisbatan inson tanasini skaner qiluvchi qurilmalarni qoʻllash orqali;
bojxona xodimlari tomonidan bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxslarni ust kiyim boshlarini yechintirmagan holda, ust kiyim boshi va tanasini paypaslab tekshirish yoʻli bilan.
Bojxona organlari tomonidan soddalashtirilgan tarzda shaxsiy koʻrikni oʻtkazish uchun bojxona organining boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning qarori hamda bayonnoma tuzish talab etilmaydi.
Soddalashtirilgan tarzda shaxsiy koʻrikni oʻtkazish natijasida qonun buzilishi holati aniqlangan taqdirda, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan toʻliq shaxsiy koʻrik oʻtkaziladi va natijasi boʻyicha bayonnoma tuziladi.
106. Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa shaxsning shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilinishini talab qilish, soddalashtirilgan tarzda shaxsiy koʻrik oʻtkaziladigan hollar bundan mustasno;
ona tilidan foydalanish, shuningdek, tarjimon xizmatlaridan foydalanish;
oʻz huquqlari va majburiyatlari bilan tanishish;
tushuntirishlar, iltimosnomalar berish;
shaxsiy koʻrik bayonnomasini tuzish tugallanganidan soʻng u bilan tanishib chiqish va mazkur bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni bayon etish;
bojxona organining qarori, uning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
107. Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs shaxsiy koʻrik davomida bojxona organining mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarishi shart.
108. Shaxsiy koʻrik natijalari boʻyicha shaxsiy koʻrikni oʻtkazgan bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bayonnoma tuziladi. Bayonnoma quyidagilar tomonidan elektron shaklda ERI yoki qoʻl barmoq izini qoʻyish orqali tasdiqlanadi:
bojxona organining shaxsiy koʻrikni oʻtkazgan mansabdor shaxsi;
xolislar;
shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilgan jismoniy shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs;
tibbiyot xodimi — koʻrikdan oʻtkazilgan shaxsning tanasi u tomonidan tekshirilganda;
shaxsiy koʻrikda ishtirok etgan boshqa shaxslar.
Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilgan jismoniy shaxsga shaxsiy koʻrik oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi bayonnomaning chop etilgan nusxasi taqdim etiladi va bayonnoma bojxona organlarida 3 (uch) yil davomida saqlanadi.
Oʻtkazilgan shaxsiy koʻrik boʻyicha tuzilgan bayonnoma shakli Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Bojxona identifikatsiyalashi
109. Bojxona identifikatsiyalashi tovarlar, transport vositalari va hujjatlar, shuningdek, bojxona nazorati ostida boʻlishi lozim boʻlgan tovarlar turgan yoki turishi mumkin boʻlgan xonalar va boshqa joylarning bojxona identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
110. Bojxona identifikatsiyalash vositalari quyidagilardan iborat:
qoʻyilgan plombalar, muhrlar;
yozilgan raqamli, harfli tamgʻalar va boshqa xildagi tamgʻalar, identifikatsiya belgilari;
bosilgan shtamplar;
olingan namunalar va nusxalar;
tuzilgan tavsiflar, chizmalar;
tayyorlangan katta tasvirlar, rasmlar, fotosuratlar va videotasvirlar;
tovarning kuzatuv hujjatlari va boshqa hujjatlar;
yopishtirilgan maxsus nakleykalar va himoya moslamalari;
tovarning joʻnatuvchi bojxona posti tomonidan plombalar va muhrlar qoʻyilgan, transport vositalarining yuk boʻlimlariga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur tovarning kuzatuv hujjatlari;
seyf-paketlarga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar;
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari.
111. Bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona organlari tomonidan oʻzgartirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishi mumkin, tovarlarning va transport vositalarining yoʻq qilinishi, qayta tiklab boʻlmaydigan tarzda yoʻqotilishi yoki jiddiy tarzda buzilishi haqiqiy xavfi boʻlgan hollar bundan mustasno. Bojxona organlariga bojxona identifikatsiyasi vositalari oʻzgartirilgani, olib tashlangani yoki yoʻq qilingani toʻgʻrisida darhol xabar beriladi va haqiqiy xavf mavjudligining dalillari taqdim etiladi.
Tovar joʻnatuvchilar va tashuvchilar, shuningdek, chet davlatlarning bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻyilgan plombalar, muhrlar yoki boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona identifikatsiyalash vositalari sifatida eʼtirof etilishi mumkin.
Yuk operatsiyalari bojxona nazorati zonasida yoki bojxona ombori hududida oʻtkazilganda, qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarini olib tashlash yoki yoʻq qilish bojxona organining ruxsati asosida bojxona nazorati zonasiga javobgar shaxs yoki bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
112. Bojxona identifikatsiyalash vositalarining qoʻllanish va tayyorlanish tartibi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
10-bob. Bojxona kuzatuvi
113. Bojxona organlarining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalarini vizual kuzatish, shu jumladan, texnik vositalar qoʻllanilgan holda kuzatish bojxona kuzatuvi hisoblanadi.
114. Bojxona organlari bojxona omborlari va bojxona postlariga oʻrnatilgan videokuzatuv tizimi yoki yuzni tanib oluvchi kameralari orqali vizual bojxona kuzatuvini amalga oshiradi.
Bojxona kuzatuvi natijasida bojxona nazorati ostidagi tovar va transport vositalari yoki bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaxslarda qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holati boʻyicha shubha vujudga kelganda, bojxona organlari tomonidan bojxona nazoratining boshqa shakllari qoʻllanadi.
115. Bojxona organlarining videokuzatuv tizimidagi maʼlumotlar tasvirga olingan kundan boshlab uch oy davomida Bojxona qoʻmitasida saqlanadi.
11-bob. Binolar va hududlarni tekshirish
116. Binolar va hududlarni tekshirish bojxona nazorati ostida boʻlgan, shu jumladan, shartli ravishda chiqarib yuborilgan tovarlarning va transport vositalarining bojxona omborlarida, boj olinmaydigan savdo doʻkonlari binolarida, shuningdek, bojxona tartib-taomillari va rejimlari shartlariga muvofiq tovarlar va transport vositalari turishi lozim boʻlgan shaxslarda tovarlar va transport vositalari borligini tasdiqlash maqsadida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladigan harakatdir.
117. Bojxona organlari bojxona nazorati ostidagi tovar va transport vositalari saqlanayotgan bino va hududlarni har uch oyda bir marotaba bino va hudud egasini oldindan xabardor qilgan holda tekshiradi, mazkur tovar va transport vositalarining ishlatib yuborilganligi va (yoki) noqonuniy foydalanilgani toʻgʻrisida asosli maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.
Bojxona nazorati ostidagi tovar va transport vositalari saqlanayotgan bino va hudud egasining murojaatiga asosan bojxona organlari tomonidan tekshiruv oʻtkazilishi mumkin.
Binolarida va hududlarida bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va (yoki) transport vositalari, bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar turgan yoki turishi ehtimoli boʻlgan yoxud nazorat qilinishi bojxona organlariga yuklangan faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar shu binolarga va hududlarga bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular xizmat guvohnomasini koʻrsatgan taqdirda kirish imkonini beradi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida davlat organlari mansabdor shaxslarining alohida obyektlarga kirishi uchun boshqacha tartib belgilangan boʻlsa, bojxona organlarining mansabdor shaxslari bu obyektlarga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda kirishga haqli.
118. Bojxona organlari binolar va hududlarni tekshirishda quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
bojxona nazorati ostida turgan tovarlarning toʻliq saqlanayotganligini, unga shikast yoki boshqacha tarzda zarar yetkazilmaganligini tekshirish;
bino va hududlarga begona shaxslarning kirish imkoniyatlari cheklanganligini oʻrganish (binoga kirish uchun yashirin yoʻllar, tirqishlarning mavjud emasligi, hudud toʻsiq bilan oʻralganligi va boshqalar).
12-bob. Tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish
1-§. Tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, hisobga olish tizimini tekshirishning umumiy qoidalari
119. Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida boʻlgan barcha tovarlar va transport vositalari bojxona organlari tomonidan hisobga olinishi kerak.
120. Tegishli bojxona rejimlari shartlariga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlarning va transport vositalarining hisobini yuritishi hamda har chorakda bojxona organlariga Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda hamda elektron tarzda hisobot taqdim etishi shart.
121. Tovarlarning va transport vositalarining hisobi bojxona organlarida joriy etilgan axborot tizimlari orqali yuritiladi.
122. Tegishli bojxona rejimlari shartlariga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish tizimini tekshirish bojxona organlari tomonidan quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:
shaxs bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartib-taomillarini qoʻllash toʻgʻrisida ariza berganda;
hisobga olinishi lozim boʻlgan tovarlar shartli ravishda chiqarib yuborilganda;
bojxona brokerlarining, bojxona tashuvchilarining, shuningdek, ayrim bojxona rejimlari doirasida faoliyat yuritayotgan va (yoki) tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatayotgan shaxslarning faoliyati nazorat qilinayotganda;
bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatli shaxs tekshirilayotganda.
2-§. Tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiyadan oʻtkazishning umumiy qoidalari
123. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalari bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda qabul qilingan qaroriga koʻra bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan inventarizatsiyadan oʻtkaziladi (keyingi oʻrinlarda — inventarizatsiyadan oʻtkazish).
Inventarizatsiyadan bojxona ombori, vaqtincha saqlash, vaqtincha olib kirish, boj olinmaydigan savdo, erkin bojxona zonasi, erkin ombor bojxona rejimlariga joylashtirilgan, shuningdek, shartli chiqarib yuborilgan bojxona nazorati ostidagi tovarlarni ular dastlab bojxona rejimiga joylashtirilgan vaqtdagi holatida (but, yaroqli, oʻzgarishsiz va boshqalar) saqlanayotganligiga aniqlik kiritish, bojxona rejimlari talablari va shartlariga rioya qilinganligini joylashgan manzilga borgan holda oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Inventarizatsiyadan oʻtkazishda bojxona organi xodimlari tomonidan bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni bevosita saqlash joyiga borgan holda mavjudligi tekshiriladi, miqdorini aniqlash maqsadida sanaladi yoki oʻlchanadi, foydalanishdagi yaroqlilik holati oʻrganiladi.
124. Tovarlarni vakolatli shaxs ishtirokida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan inventarizatsiya oʻtkaziladi.
125. Inventarizatsiya quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
bojxona nazorati ostidagi tovarlar belgilangan talab va shartlar asosida saqlanayotgani yoki foydalanilayotgani oʻrganilayotganda;
tovarlar saqlanayotgan joyda tabiiy ofatlar, yongʻinlar, baxtsiz hodisalar yoki ekstremal sharoitlar yuz berganda;
bojxona nazorati ostidagi tovarlar qonunga xilof tarzda tasarruf etilayotgani toʻgʻrisida maʼlumot boʻlganda;
bojxona organlariga boshqa huquqni muhofaza qilish organlari yoki davlat organlaridan kelib tushgan materiallar, shuningdek, xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa davlat organlari va xalqaro tashkilotlardan olingan maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
126. Inventarizatsiyadan oʻtkazishda zaruratga koʻra maxsus bilim va malakaga ega, xolis, tekshiruv natijalaridan manfaatdor boʻlmagan mutaxassis va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
127. Bojxona organlari tegishli bojxona rejimlari shartlariga rioya etilishi uchun javobgar boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻtkazilgan tovarlar va transport vositalari inventarizatsiyasi natijalaridan foydalanishi mumkin.
3-§. Tovarlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishni belgilash va oʻtkazish boʻyicha qoidalar
128. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning qaroriga koʻra bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
129. Bojxona organlari inventarizatsiyadan oʻtkazish boshlanishi haqida kamida 5 ish kuni oldin vakolatli shaxsni xabardor qiladi.
Bojxona organlariga bojxona nazorati ostidagi tovarlar bilan gʻayriqonuniy operatsiyalar oʻtkazilayotgani toʻgʻrisida murojaat kelib tushganda yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarining bergan xabari asosida vakolatli shaxsni ikki ish kuni oldin xabardor qilgan holda inventarizatsiyadan oʻtkaziladi, tezkor qidiruv tadbirlari bundan mustasno.
130. Bojxona organining mansabdor shaxsi oʻzining xizmat guvohnomasini inventarizatsiyadan oʻtkazish boshlanishidan avval vakolatli shaxsga koʻrsatishi hamda inventarizatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bojxona organi qarori nusxasini taqdim etishi lozim.
131. Vakolatli shaxs bojxona organining mansabdor shaxsiga tovarlar saqlanayotgan bino yoki hududga kirishini taʼminlaydi.
Vakolatli shaxs bojxona organining mansabdor shaxslarini tovarlar joylashgan bino va hududlarga kirishiga toʻsqinlik qilsa yoki tovarlarni koʻrsatishdan bosh tortsa, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi va tezkor boʻlinmalarni xabardor qilgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kuch va maxsus vositalarni qoʻllash orqali ushbu hududga kirishi mumkin.
132. Inventarizatsiyadan oʻtkazish davomida vakolatli shaxs tovarlar boʻyicha vujudga kelgan nomuvofiqliklar va tafovutlar yuzasidan zarur hujjatlar yoki boshqa maʼlumotlarni taqdim etishi lozim.
133. Inventarizatsiyadan oʻtkazish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.
134. Oʻtkazilgan inventarizatsiya yakunlari boʻyicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq inventarizatsiyadan oʻtkazish dalolatnomasi elektron shaklda tuziladi hamda inventarizatsiya ishtirokchilari tomonidan qoʻl barmoq izlari qoʻyilgan holda, bojxona organining mansabdor shaxsining ERIsi bilan tasdiqlanadi, yozma shaklda deklaratsiyalanadigan tovarlar bundan mustasno.
Yozma shaklda deklaratsiyalanadigan tovarlar boʻyicha oʻtkazilgan inventarizatsiya yakunlari yuzasidan inventarizatsiyadan oʻtkazish dalolatnomasi yozma shaklda tuziladi va bojxona yuk deklaratsiyasi bilan birga saqlanadi.
Inventarizatsiyadan oʻtkazish dalolatnomasi tovarlar bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomini yoʻqotgunga qadar inventarizatsiyani oʻtkazgan bojxona organida saqlanadi.
Inventarizatsiyadan oʻtkazish jarayonida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganlik holatlari aniqlanganda, elektron shaklda tuzilgan inventarizatsiyadan oʻtkazish dalolatnomasi qogʻozda chop etiladi. Vakolatli shaxsning murojaatiga asosan ushbu dalolatnoma nusxasi taqdim etiladi.
4-§. Tovarlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishda bojxona organlari mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
135. Bojxona organining mansabdor shaxslari quyidagi huquqlarga ega:
inventarizatsiyadan oʻtkazish uchun bojxona nazorati ostida turgan tovarlar joylashgan bino va hududga kirish;
vakolatli shaxsdan inventarizatsiyadan oʻtkazilayotgan tovarga tegishli bojxona organlari axborot tizimida mavjud boʻlmagan hujjatlarni talab qilib olish;
vakolatli shaxsdan inventarizatsiyadan oʻtkazish uchun tovarlarni taqdim etishni talab qilish;
zarur boʻlganda, maxsus bilim va malakaga ega, xolis, tekshiruv natijalaridan manfaatdor boʻlmagan mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish;
tovarlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish uchun vakolatli shaxslardan nazorat texnik vositalar va qurilmalar bilan taʼminlab berishni talab qilish.
136. Bojxona organining mansabdor shaxslarining majburiyatlari:
vakolatli shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish, ularga nisbatan noqonuniy qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) bilan zarar yetkazilishining oldini olish;
inventarizatsiyadan oʻtkazish tartiblariga rioya qilish;
vakolatli shaxsga inventarizatsiyadan oʻtkazish haqidagi qaror nusxasini berish va unga xizmat guvohnomasini koʻrsatish;
inventarizatsiyadan oʻtkazish davomida vakolatli shaxsning belgilangan ish rejimini buzmaslik;
inventarizatsiyadan oʻtkazishda olingan har qanday maʼlumotdan faqat bojxona maqsadlarida foydalanish;
oʻz xizmat vazifasini bajarish chogʻida oʻziga maʼlum boʻlgan maxfiy maʼlumotlarni va qonunchilik hujjatlari bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik;
vakolatli shaxsning murojaatiga binoan inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibiga oid qoidalari toʻgʻrisida zarur maʼlumotlarni taqdim etish;
inventarizatsiyadan oʻtkazishda olingan va tuzilgan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash;
inventarizatsiya natijasida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari aniqlanganda, qonunchilikda belgilangan tartibda choralarni koʻrish;
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
5-§. Tovarlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishda vakolatli shaxsning huquq va majburiyatlari
137. Vakolatli shaxs quyidagi huquqlarga ega:
bojxona organining mansabdor shaxsidan inventarizatsiyadan oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar bilan tanishish, ulardan nusxa olish va uni amalga oshirish tartibiga oid qonunchilik hujjatlari va qoidalari toʻgʻrisida tushuntirish olish;
bojxona organlarining qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish;
oʻz obyektiga bojxona organining mansabdor shaxslarining kirishini quyidagi hollarda rad etish:
bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan inventarizatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida vakolatli shaxs belgilangan tartibda xabardor etilmaganda;
bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan inventarizatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida bojxona organining qarorini taqdim etmaganda hamda xizmat guvohnomasini koʻrsatmagan taqdirda;
bojxona organi qarorida belgilangan inventarizatsiya oʻtkazish muddatidan tashqari davrda;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.
138. Vakolatli shaxslarning majburiyatlari:
inventarizatsiyadan oʻtkazishda hozir boʻlish va bojxona organining mansabdor shaxslariga inventarizatsiya jarayoni bilan bogʻliq zarur koʻmak koʻrsatish;
inventarizatsiyadan oʻtkazish uchun soʻralgan tovarlarni taqdim etish;
bojxona organining mansabdor shaxsining talabiga binoan, tovarlarga tegishli bojxona organlari axborot tizimida mavjud boʻlmagan hujjatlarni taqdim etish;
inventarizatsiyadan oʻtkazish uchun bojxona nazorati ostida turgan tovarlar joylashgan bino va hududlarga bojxona organining mansabdor shaxslarining toʻsiqsiz kirishini taʼminlash.
6-§. Inventarizatsiyadan oʻtkazishni boshlash, oʻtkazish va yakunlash tartibi
139. Inventarizatsiyadan oʻtkazish boshlanishidan avval:
bojxona organining mansabdor shaxsi Bojxona qoʻmitasining axborot tizimlaridan inventarizatsiyadan oʻtkaziladigan tovarlar toʻgʻrisidagi eng soʻnggi maʼlumotlarni olishi;
vakolatli shaxs tovarlarni sanash, oʻlchash va boshqa bojxona nazorati tartib-taomillarini amalga oshirish uchun qulay boʻlgan holda, tovarlar turi, xususiyati va oʻlchamlariga asosan joylashtirish choralarini koʻrishi shart.
140. Inventarizatsiyadan oʻtkazish jarayonida tovarlarning mavjudligi, ularning belgilangan talablar va shartlar asosida saqlanayotgani tovarlarni bevosita koʻrish orqali aniqlanadi. Bunda tovarlarning miqdoriga aniqlik kiritilishi mumkin.
141. Maxsus jihozlangan joylarda saqlanayotgan oʻyiluvchan, toʻkiluvchan yoki quyiluvchan tovarlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish matematik hisob-kitob usullariga asoslanadi.
142. Inventarizatsiyadan oʻtkazish natijasida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilganlik holati aniqlanganda, qonunchilikda belgilangan choralar koʻriladi.
13-bob. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati
143. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona organlari, agar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari mavjud deb taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud boʻlsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga, shu jumladan bojxona auditi usullari asosida amalga oshirishga haqli.
144. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati amalga oshirilayotganda bojxona organlari tovarlarning borligini tekshirishga, ularni qayta bojxona koʻrigidan oʻtkazishga, bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni qayta tekshirishga, hujjatlarni hamda ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy operatsiyalarga va undan keyingi tijorat operatsiyalariga taalluqli axborotni tekshirishga haqli. Tekshiruv mazkur operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqador yoxud zarur hujjatlarga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar joylashgan joylarda oʻtkazilishi mumkin.
145. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati quyidagi usullarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi;
bojxona auditini oʻtkazish;
tovarning TIF TN kodi boʻyicha toʻgʻri tasniflanganligini nazorat qilish;
bojxona qiymati toʻgʻri belgilanganligini hamda bojxona toʻlovlari toʻgʻri undirilishini monitoring qilish.
146. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazoratini oʻtkazish uchun bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning tekshiruv maqsadi, uni oʻtkazish muddatlari, tekshiruvchi bojxona organining mansabdor shaxslarining tarkibi va tekshirilayotgan davr koʻrsatilgan qarori asos boʻladi.
147. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) boʻyicha koʻpi bilan bir marotaba oʻtkazilishi mumkin.
148. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati hamda bojxona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishi tugagan paytdan eʼtiboran uch yil ichida amalga oshirilishi mumkin.
149. Bojxona organlari bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilganligini vakolatli shaxs tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq hujjatlarda aks ettirilgan maʼlumotlar bilan solishtirgan holda oʻrganish va tekshirish orqali belgilangan tartibda bojxona auditini oʻtkazadi.
14-bob. Tovar va transport vositalarining bojxona nazorati shakllarini qoʻllash jarayonida texnik xodimlar, xizmat itlari va texnik vositalardan foydalanish
150. Tovar va transport vositalari yoki uning hujjatlariga nisbatan bojxona nazorati shakllarini qoʻllashda bojxona organlari bojxona nazorati toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida turli ekspert va mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
Bojxona nazorati amalga oshirilishida yukni tushirish va ortish hamda bojxona nazorati shakllarini qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa vazifalarni amalga oshiruvchi texnik xodimlar ishtirok etishi mumkin.
151. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, olib chiqilishi yoki tranzit olib oʻtilishi taqiqlangan tovarlarni aniqlash maqsadida bojxona koʻzdan kechiruvi va (yoki) bojxona koʻrigi zarur hollarda xizmat itlaridan foydalangan holda oʻtkazilishi mumkin.
152. Bojxona nazorati shakllarini qoʻllash samaradorligini oshirish hamda tovarlar haqidagi maʼlumotlarni (ularning soni, tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari, aslliligi, maxfiy joylarning borligi) aniqlash maqsadida texnik vositalaridan foydalaniladi.
Ish samaradorligini oshirish maqsadida bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organi xodimlari tomonidan quyidagi texnik vositalardan foydalanilishi mumkin:
planshetlar (bojxona koʻrigini amalga oshirish uchun);
radioaloqa vositasi (ratsiya);
videokuzatuv tizimi;
GPS monitoring tizimi va GPS treker qurilmasi;
transport vositalarining davlat raqamini hamda vagonlar raqamini avtomatik aniqlash tizimi;
qoʻl yuklarini koʻrikdan oʻtkazuvchi skaner (rentgen) qurilmalari;
inson tanasini skaner qiluvchi qurilma;
transport vositalarini skaner qiluvchi zamonaviy inspeksion koʻrik majmualari;
elektron avtotarozilar;
hajm oʻlchovlarini avtomatik aniqlovchi qurilmalar;
bojxona nazoratining boshqa texnik vositalari.
Bojxona organlari tomonidan bojxona postlarida bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida inson yuzini tanib olish tizimdan foydalanilishi mumkin, bunda inson yuzini tanib olish tizimi Xavfni boshqarish tizimi bilan integratsiya qilingan holda foydalaniladi.
153. Bojxona nazorati shakllarini (shaxsiy koʻrik bundan mustasno) amalga oshirish davomida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan jarayon foto va video tasvirga olinishi mumkin, bunda bojxona nazoratini amalga oshirish foto va video tasvirga olishning quyidagi mezonlari va talablariga rioya qilinishi lozim:
bojxona nazoratini amalga oshirishda ishtirok etgan barcha shaxslar;
transport vositasiga oʻrganilgan identifikatsiya vositalarining butligi hamda transport vositasining yuk boʻlimida bevosita (erkin) kirish imkoniyati mavjud yoki mavjud emasligi;
bojxona nazoratidan oʻtkazilayotgan tovar va transport vositasining toʻliq miqdori, oʻlchamlari, alohida xususiyatlari, markasi, rusumi, qadoqlari hamda tovarning TIF TN kodi va bojxona qiymatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa xususiyatlarini yaqqol koʻrinadigan darajada tasvirga olish.
Bojxona nazoratini amalga oshirishda namuna va sinamalarni olish jarayoni tasvirga olinishi mumkin.
Bojxona nazoratini amalga oshirish davomida qonunchilik talablarining buzilganligi aniqlangan taqdirda, aniqlangan holat tafsilotlari tasvirga olinib, protsessual hujjatlarga ilova qilinadi.
154. Bojxona nazorati shakllarini amalga oshirish davomida bojxona organining mansabdor shaxsi texnik vositalarni qoʻllash jarayonida shaxsiy xavfsizlikka, insonlar hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhit hamda tovar va transport vositalariga zarar yetkazmaslik hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish choralarini koʻrishi lozim.
15-bob. Deklarant tomonidan tovarlarni koʻzdan kechirish
155. Deklarant bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida koʻzdan kechirish, oʻlchash, ularning namunalari va nusxalarini olish huquqiga ega.
Tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish uchun murojaatnoma bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga taqdim etilguniga qadar beriladi.
Bojxona organi tomonidan tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish belgilanib, bu jarayon yakuniga yetmagan hollarda yoki tovarlar transport vositasidan tushirilib boʻlganda, deklarant tomonidan tovarlarni koʻzdan kechirish boʻyicha murojaat qabul qilinmaydi.
156. Deklarant tomonidan tovarlar faqat TIF bojxona postlarida bojxona ombori bojxona rejimida, bojxona organi tomonidan belgilangan bojxona ombori hududida koʻzdan kechiriladi.
Tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish Xavfni boshqarish tizimi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan tovarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasiga muvofiqligini tasniflash toʻgʻrisidagi dastlabki qaror olinadi.
157. Deklarantning murojaatnomasi bojxona organining axborot tizimida roʻyxatga olinadi. Murojaatnomaning elektron shakli Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
158. Tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi Xavfni boshqarish tizimi tomonidan baholanadi.
Bunda Xavfni boshqarish tizimi tomonidan bojxona koʻrigi oʻtkazilishi yuzasidan topshiriq berilganda, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona koʻrigi oʻtkaziladi.
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan bojxona koʻrigi belgilanmaganda bojxona organining mansabdor shaxsi:
koʻzdan kechirishni amalga oshirayotgan shaxsning tovarlarga nisbatan vakolatliligini aniqlaydi;
transport vositalarini tashqi tarafdan koʻzdan kechiradi;
bojxona identifikatsiyasi vositalari mavjudligi hamda ularga shikast yetkazilmaganligini aniqlaydi, bojxona identifikatsiyasi vositalari buzilganligi aniqlangan hollarda, tovarlarni yoʻqolish ehtimollari mavjudligini aniqlaydi;
bojxona identifikatsiyasi vositalarining olib tashlanishi va transport vositasi yukxonasining ochilishida ishtirok etadi.
Identifikatsiyalash vositalari hamda ular oʻrnatilgan jihozlarga zarar yetkazilgani aniqlanganda, tegishli tartibda bojxona qonun buzilishi yuzasidan ish materiallari yuritilib, tovarlar bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi, bunda deklarant tomonidan tovarlarni koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
159. Tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish bilan bogʻliq barcha jarayonlar bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi.
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan bojxona koʻrigi belgilanmagan hollarda deklarant tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish yakuni boʻyicha mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq “tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish dalolatnomasi”ni elektron tarzda ushbu jarayonda ishtirok etgan bojxona organining mansabdor shaxsiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
“Tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish dalolatnomasi”ga uni bojxona organining mansabdor shaxsi tasdiqlagandan soʻng rasmiylashtirilgan maqomi beriladi.
Bunda deklarant tomonidan tovarlarni koʻzdan kechirish natijasida yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan tovarlar boʻyicha tafovut aniqlangangani toʻgʻrisida “tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish dalolatnomasi”da koʻrsatilgan hollarda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona koʻrigi oʻtkaziladi.
Bojxona koʻrigi natijasida “tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish dalolatnomasi”da koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar boʻyicha tafovut aniqlangan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda deklarantga nisbatan tegishli choralar koʻriladi.
160. Deklarant tomonidan koʻzdan kechirish jarayonida bojxona organi yoki deklarantning talabiga koʻra ekspert va/yoki mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
161. Deklarant tomonidan koʻzdan kechirish natijasida yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan tovarlar boʻyicha tafovut aniqlangan taqdirda, tovarlarga mos shaklda tegishli hujjatlar qayta taqdim etiladi.
162. Aniqlangan tafovut boʻyicha vakolatli shaxsga nisbatan bojxona qonunchilik buzilishi holati rasmiylashtirilmaydi. Ushbu Nizomning 159-bandida koʻrsatib oʻtilgan holatlar bundan mustasno.
163. Deklarant tomonidan koʻzdan kechirish jarayonlari tegishli murojaatnoma bojxona organlari axborot tizimlarida roʻyxatga olingan vaqtdan boshlanadi hamda mazkur “tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish dalolatnomasi” rasmiylashtirilgan maqomi berilgandan soʻng yakunlanadi.
16-bob. Tovarlarni qayta yuklash jarayonlarida bojxona nazoratini amalga oshirish
164. Maxsus bojxona plombasi buzilmagan yoxud transport vositasining yuk boʻlimlari ochilmagan holda qayta yuklash jarayonlari bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokisiz, shuningdek, tranzit tartibda harakatlanayotgan transport vositasiga yuklangan tovarlarni bir transport vositasidan boshqa transport vositasiga qayta yuklash faqat bojxona nazorati zonalarida bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi.
Bunda qayta yuklash jarayoni boshlanishidan oldin deklarant tomonidan bojxona organlariga murojaat qilinadi.
165. Bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida qayta yuklash jarayonlarida bojxona organining mansabdor shaxsi quyidagi xatti-harakatlarni bajaradi:
taqdim etilgan yuk kuzatuv hujjatlarini oʻrganadi;
bojxona identifikatsiyasi vositalari mavjudligi, ularga shikast yetkazilmagani, oʻzgartirilmagani yoki buzilmaganligini tekshiradi;
transport vositasida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, olib chiqilishi va tranzit olib oʻtilishi taqiqlangan yoki cheklangan tovarlarning mavjudligini tekshiradi;
qayta yuklash jarayonlari tugallanganidan soʻng transport vositasiga bojxona plombasini qoʻyadi (normativ-huquqiy hujjatlar talablarida bojxona plombalarini qoʻyish nazarda tutilgan boʻlsa).
Qayta yuklash bojxona omborida amalga oshirilganda, bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona nazoratini ombor mudiri javobgarligi ostida videokuzatuv tizimlari orqali amalga oshirishi mumkin.
Qayta yuklash jarayonlari yakuni boʻyicha mazkur Nizomga 5-ilovada koʻrsatib oʻtilgan shaklda qayta yuklash dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
166. Qayta yuklash dalolatnomasi deklarantning yoki vakolatli shaxsning talabiga asosan A4 formatli oq qogʻozga chop etilgan holda taqdim etilishi mumkin.
17-bob. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida tovarning kuzatuv hujjatlarini almashtirish tartibi
167. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida tovar kuzatuv hujjatlari bojxona qonunchiligi talablariga rioya qilingan holda almashtiriladi. Bunda bojxona nazoratining quyidagi bosqichlarida tovar kuzatuv hujjatlarini almashtirishga ruxsat beriladi:
deklarant tomonidan tovarlarni koʻzdan kechiruvi natijasi boʻyicha tafovut aniqlanganda;
tovar va transport vositasi manzil bojxona postiga yetib kelgandan soʻng keyingi bojxona rejimiga joylashtirishdan oldin;
BYD rasmiylashtirilmasdan (sariq va yashil yoʻlakda) oldin.
168. Tovarlarga nisbatan bojxona koʻrigini oʻtkazish belgilanganda yoki bojxona nazoratining boshqa shaklini qoʻllash natijasida bojxona organlari tomonidan tovarlar va kuzatuv hujjatlari oʻrtasida tafovut aniqlanganda, kuzatuv hujjatlarini almashtirish tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng surishtiruv, tergov yoki sud organlarining qarori asosida amalga oshiriladi.
169. Tovarning kuzatuv hujjatlari quyidagi asoslarga koʻra almashtirilishi mumkin:
tovarning deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq kelmasligi;
tovarning nomi yoki uning TIF TN kodi oʻzgartirilganida;
tashish jarayonida tovarning shikastlanishi;
tovarga egalik qilish huquqi oʻzgartirilayotganda;
tovar nuqsonga ega ekanligi yoki shartnomadagi tavsifiga mos kelmasligi aniqlanganda;
shartnoma shartlariga oʻzgartirish (vazni, shu jumladan qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori, narxi, TIF TN kodi, yetkazib berish shartlari va boshqalar) kiritish lozim boʻlganda;
hujjatlarning yoʻqolishi yoki yaroqsiz holga kelishi (transport hujjatlari, sertifikatlar va boshqalar) oqibatida;
hujjatlardagi maʼlumotlarning notoʻgʻri yoki noaniq boʻlishida (imlo xatolari, narxidagi noaniqliklar va boshqalar);
respublikaga olib kiriladigan tovar toʻgʻrisida hisobvaraq-faktura (invoys)da koʻrsatiladigan minimal maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmaganda.
170. Mazkur Nizomning 169-bandida keltirilgan holatlar mavjudligi aniqlanganda, deklarant tomonidan tovarning kuzatuv hujjatlarini almashtirish boʻyicha quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda bojxona organlariga yozma yoki elektron tarzda xabarnoma yuboriladi:
bojxona deklaratsiyasining (tranzit va boshqa) raqami va sanasi;
tovar kuzatuv hujjatlarini almashtirish sababi hamda oʻzgartiriladigan har bir maʼlumotlar;
tovar haqidagi har bir yangi maʼlumotlar (nomi, miqdori, qiymati va boshqalar).
Xabarnomaga tovarning eski va yangi kuzatuv hujjatlari (invoys, transport hujjatlari, sertifikatlar va hokazo) ilova qilinadi.
171. Bojxona organlari xabarnoma kelib tushgandan soʻng quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda tekshiriladi va zarur boʻlganida tovarlar koʻzdan kechiriladi;
tovarning TIF TN kodi va nomi oʻzgartirilayotganda bojxona organi tomonidan tovarga nisbatan bojxona koʻrigini amalga oshiradi va bojxona ekspertizasini tayinlaydi.
Tovar narxi pasayishi koʻzda tutilgan yuk-kuzatuv hujjatlari, shu jumladan, invoysni almashtirishga yuk joʻnatuvchi mamlakatning bojxona xizmati tomonidan eksport deklaratsiyasi oʻzgartirilib, bu toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlariga yozma maʼlumot taqdim etilganda ruxsat etiladi va bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilinadi.
Tovar narxi pasayishi koʻzda tutilgan yuk-kuzatuv hujjatlarini bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilgan mansabdor shaxs majburiy tarzda yuk joʻnatuvchi mamlakatning bojxona xizmatiga xalqaro soʻrovnoma yuborish choralarini koʻradi.
172. Bojxona organlari tomonidan xabarnomada keltirilgan holatlar va taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqilgandan soʻng tovar kuzatuv hujjatlarni almashtirishga ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Bunda:
ruxsat berilgan taqdirda, bojxona deklaratsiyasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi;
rad etilgan taqdirda, xabarnomaga rad etish asoslari koʻrsatilgan holda yozma yoki elektron javob xati beriladi.
18-bob. Tovar va transport vositalariga nisbatan chegara bojxona postlarida kuchaytirilgan bojxona nazoratini amalga oshirish
173. Bojxona organlari tomonidan chegara bojxona postlarida ionlashtiruvchi nurlanish manbalari yoki radioaktiv materiallar hamda boshqa ommaviy qirgʻin qurollari, insonlar, hayvonot olami va oʻsimliklar uchun yuqumli kasalliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, kuchaytirilgan bojxona nazorati amalga oshiriladi.
174. Bojxona organlari chegara bojxona postlarida radioaktiv materiallarni respublika hududiga olib kirish, hududidan olib chiqish va hududi orqali tranzit qilish boʻyicha radiatsiyaviy nazoratni amalga oshiradi.
Tovar va transport vositalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish davomida ionlashtiruvchi nurlanish manbalari yoki radioaktiv materiallar mavjudligi aniqlanganda, bojxona organlari radiatsiya xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻradi.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari yoki radioaktiv materiallar aniqlangan transport vositasini alohida joyga ajratgan holda boshqa shaxslarning unga yaqinlashishini cheklab qoʻyib, aniqlangan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari yoki radioaktiv materiallar toʻgʻrisida Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti va vakolatli davlat idoralari xabardor qilinadi.
Aniqlangan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari yoki radioaktiv materiallarga nisbatan bojxona organlarining keyingi harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda mazkur yoʻnalishda vakolatli boʻlgan davlat idoralari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
175. Chegara bojxona postlarida bojxona nazoratini amalga oshirish davomida tovarlarda (hayvonot yoki oʻsimlik dunyosi) yuqumli kasalliklar yoki zararkunandalar mavjudligi aniqlanganda, bojxona organlari veterinariya nazorati organlari va sanitariya-karantin boʻlinmalari xodimlari bilan hamkorlikda qonunchilikda belgilangan tartibda mazkur tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi hamda yuqumli kasalliklar yoki zararkunandalar tarqalishining oldini olish choralarini koʻradi.
176. Oʻzbekiston Respublikasida karantin holati eʼlon qilinganda yoki dunyo mamlakatlarida, jumladan, chegaradosh mamlakatlarda yuqumli va epidemiologik kasalliklar tarqalgan vaqtda chegara bojxona postlarida kuchaytirilgan bojxona nazorati amalga oshiriladi.
19-bob. Yakunlovchi qoidalar
177. Tovar va transport vositalarini bojxona nazorati shakllarini amalga oshirayotgan shaxslar uchun maʼlum boʻlgan maʼlumotlar tijorat siri hisoblanib, ushbu maʼlumotlar faqat vakolatli shaxslargagina oshkor etilishi lozim, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
178. Bojxona organlari mansabdor shaxslari hamda bojxona nazorati shakllarini qoʻllash davomida ishtirok etgan boshqa shaxslar ushbu Nizom talablarini buzganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Bojxona nazorati shakllarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Tovarlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida bojxona organining

QARORI

20___ yil “____” _____________

____ (kun) _____ (oy)

_________________________________________________________________________________________

(bojxona organi nomi)

_________________________________________________________________________________________

(inventarizatsiya qilish uchun asos)

_________________________________________________________________________________________

(vakolatli shaxsning nomi (F.I.O.), joylashgan joyi va (yoki) haqiqatda faoliyat yuritadigan joyi)

_________________________________________________________________________________________

(inventarizatsiyadan oʻtkazishga jalb qilingan boshqa shaxslarning F.I.O. va lavozimi)

QAROR QILAMAN:

_________________________________________________________________________________________

(inventarizatsiyadan oʻtkazuvchi bojxona organi mansabdor shaxslarining F.I.O. va lavozimi)

Inventarizatsiyadan oʻtkazish muddati ________ yil _______________ dan boshlab

___________________________________ (yil) ___________ (kun/oy)

__________ yil ___________________ gacha etib belgilansin.

___ (yil) ____________ (kun/oy)

Bojxona nazorati ostidagi tovarlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishda ularning belgilangan joyda haqiqatda mavjudligi hamda qonunchilik hujjatlaridagi talab va shartlar asosida saqlanayotganligi oʻrganilsin.

________________________________

(mansabdor shaxsning lavozimi)

____________

(imzo)

____________________________________

F.I.O.

Bojxona nazorati shakllarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Inventarizatsiyani oʻtkazuvchi bojxona organi mansabdor shaxslarni vakolatli shaxsning obyektlariga (hududlarga yoki binolarga) kirishiga toʻsqinlik qilinganlik va (yoki) vakolatli shaxs oʻz majburiyatini toʻliq bajarmaganligi toʻgʻrisidagi
DALOLATNOMA

20___ yil “___” ______________

__________________________

(dalolatnoma tuzilgan joy)

Men, _____________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

(dalolatnoma tuzgan mansabdor shaxsning F.I.O., lavozimi)

________________________________________________________________________________________

(bojxona organi qarori raqami, sanasi)

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

(inventarizatsiya oʻtkazilishi lozim boʻlgan vakolatli shaxsning nomi va joylashgan manzili)

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

(vakolatli shaxsning obyektlar (hududlar yoki binolar)ning joylashgan joyi, ushbu obyektlarga kirishga toʻsqinlik qilinganlik va (yoki) vakolatli shaxs oʻz majburiyatini toʻliq bajarmaganligi holati tafsilotlari

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

Holat yuzasidan sodir etgan vakolatli shaxsning tushuntirishi yoki bayonnomani imzolashdan bosh tortganligi:

Bayonnomaga qoʻshimchalar va ilovalar:

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

(video va fotosuratlar, xolislar (F.I.O.) va boshqalar)

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

vakolatli shaxsga uning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.

_____________________________

__________________

(vakolatli shaxs F.I.O.)

(Imzo)

_____________________________

__________________

(xolis sifatida qatnashgan shaxs F.I.O.)

(Imzo)

_____________________________

__________________

(xolis sifatida qatnashgan shaxs F.I.O.)

(Imzo)

Dalolatnomani tuzdim:

_____________________________

__________________

(bojxona organi mansabdor shaxsi F.I.O.)

(Imzo)

Bojxona nazorati shakllarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Inventarizatsiyadan oʻtkazish

DALOLATNOMASI

20___ yil “__” ________

(Tuzilgan joy) (shahar/viloyat)

Bojxona organi:

_____________________________

Inventarizatsiya boshlangan sana:

_____________________________

Yakunlangan sana:

__________________________

Tovar saqlanayotgan joy nomi:

_____________________________

Inventarizatsiya natijasi:

Tafovut aniqlandi/aniqlanmadi

Mavjud tovarlar toʻgʻrisida maʼlumot:

T/r

Bojxona deklaratsiyasi raqami

Bojxona rejimi kodi

STIR

Tashkilot nomi

Tovar nomi

Qoldiq brutto vazni,

kg

Ruxsatsiz foydalanilgan tovarlar toʻgʻrisida maʼlumot:

T/r

Bojxona deklaratsiyasi raqami

Bojxona rejimi kodi

STIR

Tashkilot nomi

Tovar nomi

Qoldiq brutto vazni,

kg

Dalolatnoma barcha ishtirokchilarga baland ovozda oʻqib eshittirildi, ishtirokchilardan hech qanday qoʻshimcha va eʼtirozlar boʻldi/boʻlmadi.

Ushbu dalolatnomani toʻgʻri deb imzo chekuvchilar:

Ishtirokchilar:

________________________

________________________

________________________

(vakolatli shaxs F.I.O.)

(imzo)

(M.Oʻ)

________________________

________________________

(mutaxassis/ekspert F.I.O.)

(imzo)

________________________

________________________

________________________

(bojxona xodimi F.I.O.)

(imzo)

(M.Oʻ)

Bojxona auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

BOJXONA QOʻMITASI

____________________________________

____________________________________

1. Hududiy bojxona boshqarmasi nomi

1.1. Bojxona posti nomi

Tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish

DALOLATNOMASI

____________________________________

____________________________________

2. Sana (kun,oy, yil)

2.1. Dalolatnoma raqami

____________________________________

____________________________________

3. Eksport qiluvchi/import qiluvchi tashkilot nomi

3.1. STIR / PINFL raqami

Koʻzdan kechiruv:

____:____

____:____

____________________________________

4. Boshlandi

4.1. Tugadi

_________________________

_________________________

_________________________

5. Transport turi

5.1. Transport raqami

5.2. Identifikatsiya vositasi

Tovarlarning umumiy:

__________________

__________________

__________________

6. Brutto vazni (kg.)

6.1. Netto vazni (kg.)

6.2. Soni

Ilova qilgan qoʻshimcha hujjatlar:

__________________

__________________

7. Raqami

7.1. Sanasi

Tovarlar koʻzdan kechirish natijasida tafovut:

□ aniqlandi / □ aniqlanmadi

Tovarlarni koʻzdan kechirish natijasiga koʻra quyidagilar aniqlandi:

Koʻzdan kechirilgan tovarlar deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlarga:

□ mos keladi / □ mos kelmaydi

qoʻshimcha varaqlar soni: __________________

Dalolatnomaga ilova qilingan №___ qoʻshimcha varaq

Koʻzdan kechirilgan tovarlar boʻyicha quyidagi tafovutlar aniqlandi:

8. Yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan

8.1. Yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganidan ortiqcha

8.2. Yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganidan kam

1. _________________________________________

___________________

_________________

Tovar nomi

TIF TN kodi

miqdori

2. _________________________________________

___________________

_________________

Tovar nomi

TIF TN kodi

miqdori

3. _________________________________________

___________________

_________________

Tovar nomi

TIF TN kodi

miqdori

4. _________________________________________

___________________

_________________

Tovar nomi

TIF TN kodi

miqdori

5. _________________________________________

___________________

_________________

Tovar nomi

TIF TN kodi

miqdori

Deklarant

(yoki vakolatli shaxs):

_________________________

F.I.O.

Koʻzdan kechirishda ishtirok etgan bojxona organi xodimi:

_________________________

F.I.O.

Tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish dalolatnomasini toʻldirish tartibi
1-grafada (Hududiy bojxona boshqarmasi nomi) koʻzdan kechirilgan hududiy bojxona boshqarmasi nomi yoziladi.
1.1-grafa (Bojxona posti nomi) Deklarant tomonidan murojaat etilgan bojxona posti nomi koʻrsatiladi.
2-grafada (Sana) koʻzdan kechirish yakunlangandan soʻng dasturda roʻyxatga olinadi hamda sana dastur tomonidan avtomatik toʻldiriladi.
2.1-grafada (Dalolatnoma raqami) koʻzdan kechirish yakunlangandan soʻng dasturda roʻyxatga olinadi hamda dalolatnoma tartib raqami dastur tomonidan avtomatik toʻldiriladi.
3-grafada (Eksport qiluvchi/import qiluvchi tashkilot nomi) eksport qiluvchi yoki import qiluvchi nomi koʻrsatiladi.
3.1-grafada (STIR/PINFL raqami) Eksport qiluvchi/import qiluvchi tashkilotning STIR raqami yoki tovarga vakolatli shaxs PINFL raqami koʻrsatiladi.
4-grafada (Koʻzdan kechiruv vaqti) bunda deklarant tomonidan tovarlarni koʻzdan kechirish boshlangan vaqt koʻrsatiladi.
4.1-grafada (Koʻzdan kechiruv vaqti) bunda deklarant tomonidan tovarlarni koʻzdan kechirish tugallangan vaqt koʻrsatiladi.
4.2-grafada (Koʻzdan kechiruv joyi) koʻzdan kechirilgan bojxona ombori nomi koʻrsatiladi.
5-grafada (Transport turi) transport turi koʻrsatiladi.
Masalan: avto, temir yoʻl, avia.
5.1-grafada (Transport dav. raqami) transport vositasining davlat raqami yoki temir yoʻl vagoni raqami koʻrsatiladi.
5.2-grafada (Identifikatsiya vositasi) transport vositasiga ilingan identifikatsiya raqami koʻrsatiladi.
6-grafada (Tovarlarning umumiy) ushbu bandda koʻzdan kechirilgan tovarning umumiy brutto vazni (kg.da) koʻrsatiladi.
6.1-grafada (Tovarlarning umumiy) ushbu bandda koʻzdan kechirilgan tovarning umumiy netto vazni (kg.da) koʻrsatiladi.
6.2-grafada (Tovarlarning umumiy) ushbu bandda koʻzdan kechirilgan tovarning umumiy soni koʻrsatiladi.
7-grafada (Ilova qilinadigan hujjatlar) tovar va transportga ilova qilingan hujjat tartib raqami koʻrsatiladi.
7.1-grafada (Ilova qilinadigan hujjatlar) tovar va transportga ilova qilingan hujjat sanasi koʻrsatiladi.
Masalan: Ivs№ 11254 — 01.01.2024-yil, SMR№ 332144565 — 01.01.2024-yil, 22017/01.01.2024/0000159 — 01.01.2024-yil
“Tovarlarni koʻzdan kechirish natijasida tafovut” bandida deklarant tomonidan tovarlarni koʻzdan kechirish natijasida tafovut aniqlangani yoki aniqlanmagani koʻrsatiladi.
“Koʻzdan kechirilgan tovarlar deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlarga” bandida deklarant tomonidan tovarlarni koʻzdan kechirish natijasida deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlarni mos kelishi yoki mos kelmasligi koʻrsatiladi.
Masalan: agar koʻzdan kechirish natijasida tafovut aniqlanmasa hamda tovarlar deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlarga mos kelsa — “mos keladi”, agarda aksincha boʻlsa — “mos kelmaydi” belgilanadi.
“Koʻzdan kechirilgan tovarlar boʻyicha quyidagi tafovutlar aniqlandi” bandida tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish natijasida aniqlangan tafovut aniq koʻrsatilishi lozim. Bunda:
8-grafada: hujjatlarda koʻrsatilmagan boʻlsa — “koʻrsatilmagan” bandida munosabat belgisi qoʻyiladi;
8.1-grafada: hujjatlarda koʻrsatilganidan ortiqcha tovarlar aniqlansa — “ortiqcha” bandida munosabat belgisi qoʻyiladi;
8.2-grafada: hujjatlarda koʻrsatilganidan kam boʻlsa — “kam” bandida munosabat belgisi qoʻyiladi.
* Deklarant tomonidan tovarlarni koʻzdan kechirish davomida tafovut aniqlanganda, aniqlangan tafovutlar aniq koʻrsatilishi lozim. Bunda tafovut aniqlangan har bir tovarning nomi, TIF TN kodi va miqdori koʻrsatilishi shart.
** Tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish jarayonlarida tovarlarni bevosita koʻzdan kechirishdan oʻtkazgan deklarant yoki vakolatli shaxsning F.I.O. koʻrsatiladi, elektron shaklda imzolanadi va bojxona organlariga elektron shaklda taqdim etiladi.
*** Taqdim etilgan elektron dalolatnoma — tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechirish jarayonlarida ishtirok etgan bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
Bojxona nazorati shakllarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
BOJXONA QOʻMITASI

________________________________________

____________________________

Hududiy bojxona boshqarmasi nomi

Bojxona posti nomi

QAYTA YUKLASH DALOLATNOMASI

________________________________________

____________________________

Qayta yuklash sanasi

Dalolatnoma raqami

________________________________________

____________________________

Eksport qiluvchi / Import qiluvchi tashkilot nomi

STIR / JSHSHIR

________________________________________

Qayta yuklash joyi

Qayta yuklash:

_________________

_________________

boshlandi

tugadi

Transport vositasi:

oldin

keyin

Identifikatsiya vositalari:

_________________

_________________

oldin

keyin

□ shikastlangan □ shikastlanmagan

Qayta yuklash jarayonlarida BQB holati rasmiylashtirildi: □ XA □ YOʻQ

Bojxona organi xodimi:

F.I.O.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-son qaroriga
2-ILOVA
Bojxona auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom bojxona auditini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
bojxona auditi — tovarlarni chiqarishga ruxsat berilgandan soʻng bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilganligini vakolatli shaxslar tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq hujjatlarda aks ettirilgan maʼlumotlar bilan solishtirgan holda oʻrganish va tekshirishga asoslangan bojxona nazorati shakli;
bojxona auditi dasturi — vakolatli shaxs faoliyatida oʻtkaziladigan bojxona auditining nazorat savolnomasi;
bojxona organi qarori — bojxona organi (bojxona posti bundan mustasno) tomonidan oʻz vakolatlari doirasida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma shaklda qabul qilingan huquqiy hujjat;
bojxona organi mansabdor shaxsi — vakolatli shaxsga nisbatan bojxona auditini oʻtkazish vazifasi yuklangan bojxona organi xodimi;
vakolatli shaxs — tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatlarga ega boʻlgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi shaxs;
vakolatli organ — qonunchilik bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni muvofiqlashtirish hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilishining qonuniyligini nazorat qilish uchun vakolat berilgan tashkilot;
kameral bojxona auditi — bojxona auditini vakolatli shaxsning ish joyi va (yoki) oʻz faoliyatini amalga oshiradigan hududga bormagan holda amalga oshirish;
sayyor bojxona auditi — bojxona auditini vakolatli shaxsning ish joyi va (yoki) oʻz faoliyatini amalga oshiradigan hududda yoxud tovarlar joylashgan joyda amalga oshirish;
“Yagona davlat nazorati” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) — tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bogʻliq maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni (xabardor etish yoki tekshiruv boshlangandan soʻng xabardor etish orqali) va ular natijalarini roʻyxatga olishni taʼminlovchi elektron axborot tizimi.
3. Bojxona auditi vakolatli shaxsga nisbatan quyidagilarni oʻrganish va tekshirish bilan bogʻliq vazifalarni hal etishga qaratiladi:
tovarlarni muayyan bojxona rejimiga joylashtirishning qonuniyligi;
bojxona deklaratsiyasida qayd etilgan maʼlumotlarning tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga mosligi;
bojxona yuk deklaratsiyasida rasmiylashtirilgan tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodiga muvofiq toʻgʻri tasniflangani;
maʼlum qilingan bojxona qiymatining haqqoniyligi;
bojxona toʻlovlarining toʻgʻri hisoblangani va undirilgani;
valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilgani;
tovarlarga nisbatan tarif preferensiyalarining toʻgʻri qoʻllanilgani;
bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar toʻgʻri qoʻllanilgani, tovarlardan foydalanish boʻyicha cheklovlarga rioya etilgani yoki ulardan belgilangan maqsadda foydalanilgani;
shartli chiqarib yuborilgan tovarlar boʻyicha belgilangan cheklovlarga rioya etilgani;
tovar va transport vositalari saqlanadigan joylarga chiqqan holda, ular boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi;
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va majburiyatlarga rioya etilgani.
4. Bojxona auditida vakolatli shaxslar Bojxona qoʻmitasining “Bojxona auditi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Bojxona auditi” tizimi) orqali tanlanadi.
“Bojxona auditi” tizimi orqali bojxona auditini oʻtkazish vazifasi yuklangan bojxona organi mansabdor shaxslari avtomatik tarzda taqsimlanadi.
5. Bojxona auditini oʻtkazish vazifasi yuklangan bojxona organi mansabdor shaxslari haqidagi maʼlumotlar bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisida bojxona organi qarori bilan tasdiqlanadi.
6. Bojxona organining bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda tuziladi.
Bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bojxona organi qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:
qarorning sanasi va raqami;
bojxona auditini oʻtkazuvchi bojxona organining nomi;
bojxona auditi qamrab oladigan davr;
bojxona auditini oʻtkazish muddati;
bojxona auditini oʻtkazish uchun asos boʻlgan holatlar;
tadbirkorlik subyektining nomi (filiali yoki shoxobchasi);
vakolatli shaxsning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi);
vakolatli shaxs joylashgan va (yoki) haqiqatda faoliyat yuritadigan joy (joylar), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
bojxona auditini oʻtkazuvchi bojxona organi mansabdor shaxs(lar)ining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
bojxona auditini oʻtkazishga jalb qilingan boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
mazkur Nizomning 3-bandiga koʻra bojxona auditining oldiga qoʻyilgan vazifalar;
tekshiruv axborot tizimida roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi maxsus kod hamda tekshiruv dasturi.
7. Bojxona organining bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorining ushbu Nizomning 6-bandi oltinchi — oʻn uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlariga quyidagi hollarda oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritilishi mumkin:
tayinlangan bojxona auditining muddati uzaytirilganda va (yoki) toʻxtatib turilganda;
bojxona auditi oldiga qoʻyilgan vazifalar oʻzgarganda va (yoki) bojxona auditi davomida bojxona auditining boshqa vazifalarini oʻrganish zarurati vujudga kelganda.
8. Bojxona auditi mustaqillik, xolislik, professional malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida oʻtkaziladi.
9. Bojxona auditi quyidagi vakolatli shaxslarga nisbatan oʻtkaziladi:
deklarant;
tashuvchi;
bojxona ombori boʻlmagan joylarda tovarlarni bojxona nazoratida saqlayotgan shaxs;
bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor egalari;
import qiluvchi, yukni qabul qiluvchi, tovarlarga nisbatan moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxslar;
tovarlar chiqarib yuborilgandan keyin ularni sotib oluvchilar;
vakolatli iqtisodiy operator;
vakolatli shaxsning barcha moliyaviy va huquqiy majburiyatlarini oʻz zimmasiga olgan shaxslar.
10. Bojxona auditini oʻtkazish jarayoniga zaruratga koʻra maxsus bilim va koʻnikmalarga ega, xolis, audit natijalaridan manfaatdor boʻlmagan mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
11. Bojxona auditi tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlish muddati tugagan paytdan eʼtiboran uch yil davomida oʻtkazilishi mumkin.
Vakolatli shaxsning aynan bir tovariga nisbatan takroriy bojxona auditi oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Bojxona auditi kameral va (yoki) sayyor shaklda oʻtkaziladi.
13. Bojxona auditi mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
14. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan oʻtkaziladigan bojxona auditi boʻyicha tuziladigan hujjatlar “Bojxona auditi” tizimida qayd etib boriladi.
2-bob. Bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisida vakolatli organni xabardor qilish
15. Bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisida vakolatli organ Axborot tizimida roʻyxatga olish orqali xabardor qilinadi.
Axborot tizimi texnik sabablarga koʻra ishlamagan taqdirda, bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisida xabardor qilish keyinchalik Axborot tizimiga kiritish sharti bilan qogʻoz shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda texnik nosozlik vakolatli organ tomonidan rasman tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Bojxona organi va vakolatli organ oʻrtasidagi davlat siri bilan bogʻliq boʻlgan bojxona auditini oʻtkazishga oid axborot almashinuvi davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, bunda bojxona auditi Axborot tizimida roʻyxatga olinmaydi.
16. Bojxona organi tomonidan bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisida xabardor qilish uchun Axborot tizimiga quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda tasdiqlangan xabarnoma kiritiladi:
bojxona organi nomi;
vakolatli shaxs nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki shaxsiy identifikatsiya raqami, vakolatli shaxs yuridik manzili, bojxona auditini oʻtkazish manzili;
bojxona auditini oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjat yoki maʼlumot;
bojxona auditini oʻtkazish muddati;
bojxona auditida qamrab olinadigan faoliyat davri.
17. Ushbu Nizomning 19 va 35-bandlarida koʻrsatilgan asos boʻyicha batafsil maʼlumotlar va tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari hamda bojxona auditi dasturi xabarnomaga ilova sifatida Axborot tizimiga kiritiladi.
Bojxona auditi dasturi ushbu Nizomning 19 va 35-bandlarida koʻrsatilgan asos doirasida tuzilishi va tasdiqlanishi shart.
18. Bojxona organi bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisida vakolatli organni xabardor qilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda bir ish kunida Axborot tizimiga kiritadi.
3-bob. Kameral bojxona auditini oʻtkazish tartibi
19. Kameral bojxona auditini oʻtkazish uchun “Bojxona auditi” tizimidagi quyidagilar asos boʻladi:
bojxona organlari axborot dasturlarining maʼlumotlari tahlili natijasida kameral bojxona auditini oʻtkazish boʻyicha aniqlangan xavf darajalari;
xorijiy davlatlarning tegishli organlaridan olingan maʼlumotlarning bojxona organlaridagi maʼlumotlarga mos kelmasligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 188-moddasida nazarda tutilgan bojxona nazorati shakllari oʻtkazilishi natijalari boʻyicha bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilgan deb hisoblanganda;
vakolatli vazirlik va idoralarga soʻrovnomalar yuborish natijasi boʻyicha olingan maʼlumotlarning bojxona organlaridagi maʼlumotlarga muvofiq emasligi.
20. Kameral bojxona auditini oʻtkazish muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.
Kameral bojxona auditini oʻtkazish muddati bojxona organi qarori asosida vakolatli organni xabardor qilgan holda quyidagi muddatlargacha toʻxtatib turilishi mumkin:
bojxona organi mansabdor shaxsining tashabbusi bilan tayinlangan ekspertizalar, soʻrovnomalar yuzasidan javoblar, shuningdek, mutaxassis xulosasi olingunga qadar;
vakolatli shaxs oʻz yuridik manzilida boʻlmaganda va (yoki) topilmaganda, uning manzili topilguncha va (yoki) aniqlanguncha;
vakolatli shaxs ogʻir kasalligi sababli bojxona auditini oʻtkazish jarayonida ishtirok eta olmasa, uning nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnomaga asosan ish koʻruvchi shaxs belgilanguniga qadar;
vakolatli shaxs chet elga chiqib ketganda, chet eldan qaytgunga qadar;
vakolatli shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar.
Toʻxtatib turilgan muddat kameral bojxona auditini oʻtkazishning umumiy muddatiga kiritilmaydi.
Kameral bojxona auditi muddatini toʻxtatib turish toʻgʻrisida vakolatli shaxsga bir ish kuni ichida toʻxtatib turish asoslari koʻrsatilgan holda xabar yuboriladi.
21. Tayinlangan kameral bojxona auditini oʻtkazish muddati bir marta hamda oʻn ish kunidan oshmagan muddatga bojxona organi qarori asosida vakolatli organni xabardor qilgan holda quyidagi asoslarga koʻra uzaytirilishi mumkin:
kameral bojxona auditi jarayonida oʻrganilishi lozim boʻlgan hujjatlar hajmining koʻpligi sababli bojxona auditini oʻtkazish uchun belgilangan muddatning yetarli emasligi;
yaroqsiz holga kelgan hujjatlarning, tovarlar harakati hisobini yuritishda foydalanilayotgan va buxgalterlik hisobotlari aks etgan dasturiy taʼminotlardagi elektron axborot tashuvchilarning qayta tiklanishi;
xorijiy tilda taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilish (hujjatlar davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxalari shaklida yoki notarial tarzda tasdiqlangan shaklda boʻlishi mumkin).
Boshqa asoslarga koʻra kameral bojxona auditini oʻtkazish muddatini uzaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bojxona auditi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida vakolatli shaxsga bir ish kuni ichida uzaytirish muddati va asoslari koʻrsatilgan holda xabar yuboriladi.
22. Kameral bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan tuziladi.
Kameral bojxona auditi tayinlangani toʻgʻrisidagi xabarnomada vakolatli shaxs nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, kameral bojxona auditini oʻtkazishi belgilangan bojxona organi mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, bojxona auditining vazifasi, oʻtkazish muddati va davri koʻrsatiladi.
23. Bojxona organi xabarnomada quyidagilarni soʻrab oladi:
tovar va transport vositalariga tegishli boʻlgan hujjatlar (tovarlarni buyurtma qilish, sotib olish, qayta sotish, ishlab chiqarish, yuklash, tashish hamda joʻnatish bilan bogʻliq hujjatlar);
olib kiriladigan va (yoki) olib chiqiladigan tovarlar va transport vositalarining buxgalterlik hisobi va hisoboti hujjatlari;
tovarlarga nisbatan tarif preferensiyalarini qoʻllash uchun asos boʻlgan tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikati;
tashqi savdo faoliyatida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq hujjatlar;
vakolatli shaxsning bank operatsiyalariga oid hujjatlar.
24. Bojxona organi kameral bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomani vakolatli shaxsga kameral bojxona auditini oʻtkazish belgilangan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni oldin vakolatli shaxsning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi. Yuborilgan xabarnoma vakolatli shaxs tomonidan oʻqib chiqilganidan keyin, lekin ushbu xabarnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar vakolatli shaxsning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, xabarnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u joʻnatilganidan soʻng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Shuningdek, xabarnoma vakolatli shaxsga shaxsan topshirilishi mumkin.
25. Xabarnomada nazarda tutilgan hujjatlar va tushuntirishlar bojxona organiga xabarnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida tasdiqlangan holda taqdim etiladi yoki vakolatli shaxs xabarnomada talab etilgan hujjatlarga ega emasligi haqida xabarnoma yuborgan bojxona organini xabardor qiladi.
Agar talab etiladigan hujjatlarni va tushuntirishlarni uch ish kuni ichida taqdim etishning imkoni boʻlmasa, vakolatli shaxs xabarnomani olgan kundan eʼtiboran uch ish kunida bojxona organiga iltimosnoma bilan murojaat qilganda, hujjatlarni taqdim etish muddati yana uch ish kuniga uzaytirilishi mumkin.
Vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxasi kameral bojxona auditi yakunlangandan soʻng vakolatli shaxsga qaytariladi, bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi aniqlangan holatlar bundan mustasno.
26. Tayinlangan kameral bojxona auditi doirasida vakolatli shaxs tomonidan bojxona organi xabarnomasida belgilangan muddatda hujjatlar va (yoki) maʼlumotlarning taqdim etilmasligi vakolatli shaxsning barcha tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq operatsiyalariga nisbatan kelgusida bojxona nazorati shakllarini xavf darajasi yuqori koʻrsatkichga oʻtkazish va unga nisbatan bojxona nazoratining barcha shakllarini qoʻllashga, bojxona organlaridagi mavjud hujjatlar va maʼlumotlar boʻyicha bojxona toʻlovlari hisoblanishiga yoki sayyor bojxona auditi belgilanishiga asos boʻladi.
27. Kameral bojxona auditi jarayonida bojxona organi mansabdor shaxslari tomonidan tovarlarning bojxona yuk deklaratsiyalarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi quyidagi holatlarda joylarga chiqqan holda oʻrganiladi:
tovarlar hamda boshqa buyumlardan namuna (sinama)lar va nusxalar olish, ular yuzasidan ekspertizalar tayinlashda;
bojxona maqsadlarida tovarlarni identifikatsiyalashda.
28. Vakolatli shaxs kameral bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgandan soʻng mustaqil ravishda ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvini belgilashga haqli. Mazkur tekshiruv natijalari bojxona organi tomonidan kameral bojxona auditini oʻtkazish davrida inobatga olinadi.
29. Kameral bojxona auditini oʻtkazish jarayonida vakolatli shaxsga tegishli hujjatlarga tuzatish kiritishga ruxsat berilmaydi.
30. Kameral bojxona auditini oʻtkazishni yakunlash vaqti kameral bojxona auditi natijalarini rasmiylashtirish vaqtida tuzilgan kameral bojxona auditi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani tuzish sanasi hisoblanadi.
4-bob. Kameral bojxona auditi natijalarini rasmiylashtirish
31. Kameral bojxona auditi natijalari boʻyicha dalolatnoma “Bojxona auditi” tizimi orqali ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
32. Kameral bojxona auditi natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomada quyidagilar aks ettiriladi:
dalolatnoma tuzilgan vaqt, joy va roʻyxatga olish raqami;
kameral bojxona auditini oʻtkazgan bojxona organi nomi;
kameral bojxona auditini oʻtkazgan bojxona organi mansabdor shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
vakolatli shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan joyi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
vakolatli shaxsning bank rekvizitlari;
kameral bojxona auditini oʻtkazishda ishtirok etish uchun jalb qilingan mutaxassislarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
kameral bojxona auditini oʻtkazish boshlangan sana va uni tugatish sanasi (kameral bojxona auditini oʻtkazish muddati uzaytirilganda va (yoki) toʻxtatilganda, mazkur uzaytirish va (yoki) toʻxtatilgan muddatlar ham koʻrsatiladi);
oʻrganilgan hujjatlar va maʼlumotlar turi;
vakolatli shaxsning buxgalterlik hisobi va hisoboti hujjatlarini yuritish holati;
kameral bojxona auditi natijalari boʻyicha xulosa;
kameral bojxona auditiga oid boshqa maʼlumotlar.
33. Kameral bojxona auditi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning nusxasi bojxona auditi tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan vakolatli shaxsning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. Yuborilgan xabarnoma vakolatli shaxs tomonidan oʻqib chiqilganidan keyin, lekin ushbu xabarnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar vakolatli shaxsning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, xabarnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u joʻnatilganidan soʻng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Shuningdek, xabarnoma vakolatli shaxsga shaxsan topshirilishi mumkin.
34. Kameral bojxona auditi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada keltirilgan tafovut va (yoki) xatoliklar bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikka sabab boʻlganda, dalolatnoma rasmiylashtirilgan kunning ertasidan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxs tomonidan ushbu talabnoma olinganligini va olish sanasini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday usulda vakolatli shaxsga yuborilishi kerak.
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi talabnoma mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda tuziladi.
5-bob. Sayyor bojxona auditini oʻtkazish tartibi
35. “Bojxona auditi” tizimida sayyor bojxona auditi toʻgʻrisida qaror chiqarish uchun quyidagilar asos boʻladi:
bojxona organlari axborot dasturlarining maʼlumotlari tahlili natijasida sayyor bojxona auditini oʻtkazish boʻyicha aniqlangan xavf darajalari;
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi mumkinligini koʻrsatuvchi kameral bojxona auditi natijalariga koʻra sayyor bojxona auditi oʻtkazish zarurati vujudga kelganda;
bojxona organlari talabiga asosan belgilangan muddatda xabarnomada koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar va (yoki) maʼlumotlarning taqdim etilmasligi;
kameral bojxona auditi natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma yuzasidan vakolatli shaxsning eʼtirozi boʻlgan savollarga aniqlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 188-moddasida nazarda tutilgan bojxona nazorati shakllarining oʻtkazilishi natijalari boʻyicha bojxona qonunchilik hujjatlari buzilishi mumkinligi holatiga aniqlik kiritish uchun tovar va transport vositalari saqlanadigan joylarga chiqib, ular boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligini oʻrganish va tekshirish zarurati yuzaga kelganda.
36. Sayyor bojxona auditini oʻtkazish muddati oʻttiz ish kunidan oshmasligi kerak.
Sayyor bojxona auditini oʻtkazish muddati bojxona organi qarori asosida vakolatli organni xabardor qilgan holda quyidagi muddatlargacha toʻxtatib turilishi mumkin:
bojxona organi mansabdor shaxsining tashabbusi bilan tayinlangan ekspertizalar, soʻrovnomalar yuzasidan javoblar, shuningdek, mutaxassis xulosasi olingunga qadar;
vakolatli shaxs oʻz yuridik manzilida boʻlmaganda va (yoki) topilmaganda, uning manzili topilguncha va (yoki) aniqlanguncha;
vakolatli shaxs ogʻir kasalligi sababli bojxona auditini oʻtkazish jarayonida ishtirok eta olmasa, uning nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnomaga asosan ish koʻruvchi shaxs belgilangunga qadar;
vakolatli shaxs chet elga chiqib ketganda, chet eldan kelgunga qadar;
vakolatli shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar.
Toʻxtatib turilgan muddat sayyor bojxona auditini oʻtkazishning umumiy muddatiga kiritilmaydi.
Sayyor bojxona auditi muddatini toʻxtatib turish toʻgʻrisida vakolatli shaxsga bir ish kuni ichida toʻxtatib turish asoslari koʻrsatilgan holda xabar yuboriladi.
37. Sayyor bojxona auditini oʻtkazish muddati bir marta oʻttiz ish kunidan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Bojxona auditini oʻtkazish muddati bojxona organi qarori asosida vakolatli organni xabardor qilgan holda quyidagi asoslarga koʻra uzaytiriladi:
sayyor bojxona auditi jarayonida oʻrganilishi lozim boʻlgan hujjatlar hajmining koʻpligi sababli bojxona auditini oʻtkazish uchun belgilangan muddatning yetarli emasligi;
yaroqsiz holga kelgan hujjatlarning, tovarlar harakati hisobini yuritishda foydalanayotgan va buxgalterlik hisobotlari aks etgan dasturiy taʼminotlardagi elektron axborot tashuvchilarning qayta tiklanishi;
chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilish (hujjatlar davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxalari shaklida yoki notarial tarzda tasdiqlangan shaklda boʻlishi mumkin).
Boshqa asoslarga koʻra sayyor bojxona auditini oʻtkazish muddatini uzaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sayyor bojxona auditi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida vakolatli shaxsga bir ish kunida uzaytirish muddati va sabablarini koʻrsatgan holda xabar yuboriladi.
38. Bojxona organi xabarnomani vakolatli shaxsga sayyor bojxona auditini oʻtkazish muddatidan oʻn besh ish kuni oldin vakolatli shaxsning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi. Yuborilgan xabarnoma vakolatli shaxs tomonidan oʻqib chiqilganidan keyin, lekin ushbu xabarnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar vakolatli shaxsning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, soʻrovnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u joʻnatilganidan soʻng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Shuningdek, xabarnoma vakolatli shaxsga shaxsan topshirilishi mumkin.
Sayyor bojxona auditi oʻtkazish kameral bojxona auditida hujjatlar va (yoki) maʼlumotlarning taqdim etilmasligi, shuningdek, kameral bojxona auditi natijalariga koʻra belgilangan holatlarda xabarnoma sayyor bojxona auditini oʻtkazish muddatidan besh ish kuni oldin yuboriladi.
Ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda sayyor bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnoma tuziladi.
39. Bojxona organi tomonidan xabarnomada vakolatli shaxsdan sayyor bojxona auditini oʻtkazish vaqtida quyidagilarni taqdim etish va tayyorlash soʻraladi:
tovar va transport vositalariga tegishli boʻlgan hujjatlar (tovarlarni buyurtma, sotib olish, qayta sotish, ishlab chiqarish, yuklash, tashish va joʻnatish bilan bogʻliq hujjatlar);
olib kirilgan va (yoki) olib chiqilgan tovarlar va transport vositalarining buxgalteriya hisobi va hisoboti hujjatlari;
tovarlarga nisbatan tarif preferensiyalarini qoʻllash uchun asos boʻlgan tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikati;
tashqi savdo faoliyatida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq hujjatlar;
vakolatli shaxsning bank operatsiyalariga oid hujjatlari;
muayyan bojxona rejimi asosida bojxona nazoratida turgan va (yoki) bojxona nazoratidan chiqarilgan hamda saqlanayotgan boshqa tovarlarni xatlovdan oʻtkazish uchun tayyorlash;
bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarga ega boʻlgan tovarlardan maqsadli foydalanilganlik holatini aniqlash, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotni qiyoslash uchun tayyorlash.
40. Vakolatli shaxs sayyor bojxona auditini oʻtkazish haqida xabarnomani olgandan soʻng bojxona auditining maqsadidan kelib chiqib, mustaqil ravishda ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvini belgilashga haqli.
41. Vakolatli shaxsning mustaqil ravishda oʻtkazgan ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvi natijalari sayyor bojxona auditi boshlanguniga qadar elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim qilinishi mumkin.
Mustaqil ravishda oʻtkazilgan ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvi natijalari bojxona organi tomonidan sayyor bojxona auditini oʻtkazish davrida inobatga olinadi.
42. Bojxona organi mansabdor shaxsi oʻzining xizmat guvohnomasi va tekshiruv oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomani sayyor bojxona auditi oʻtkazilishi boshlanishidan avval vakolatli shaxsga koʻrsatishi hamda sayyor bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bojxona organi qarori va bojxona auditi dasturining bir nusxasini taqdim etishi, shuningdek, Axborot tizimiga maxsus kodni kiritish orqali bojxona auditiga doir maʼlumotlarni olish huquqi mavjudligini tushuntirishi kerak.
43. Sayyor bojxona auditini oʻtkazish jarayonida vakolatli shaxsga tegishli hujjatlarga tuzatish kiritishga ruxsat berilmaydi.
44. Sayyor bojxona auditini oʻtkazish davomida bojxona organi mansabdor shaxsi vakolatli shaxsni sayyor bojxona auditining dastlabki natijalari bilan tanishtirishi lozim.
45. Sayyor bojxona auditini oʻtkazishni yakunlash vaqti sayyor bojxona auditi natijalarini rasmiylashtirish vaqtida tuzilgan sayyor bojxona auditi natijalari toʻgʻrisida dalolatnomani tuzish sanasi hisoblanadi.
6-bob. Sayyor bojxona auditini oʻtkazish uchun bojxona organi mansabdor shaxslarining vakolatli shaxs obyektiga kirishi
46. Vakolatli shaxs quyidagi hollarda oʻz obyektiga bojxona organi mansabdor shaxslarining kirishini rad etish huquqiga ega:
sayyor bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisida vakolatli shaxs va vakolatli organ belgilangan tartibda xabardor etilmaganda;
bojxona organi mansabdor shaxsi sayyor bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisida bojxona organining qarorini taqdim etmaganda hamda xizmat guvohnomasi va tekshiruv oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomani koʻrsatmagan hamda bojxona auditi dasturining bir nusxasini taqdim etmagan va Axborot tizimiga maxsus kodni kiritish orqali bojxona auditiga doir maʼlumotlarni olish huquqi mavjudligini tushuntirmagan taqdirda;
bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobiga maʼlumotlarni kiritishdan bosh tortilgan hollarda;
bojxona organi mansabdor shaxsi haqidagi maʼlumot sayyor bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bojxona organi qarorida koʻrsatilmaganda;
bojxona organi qarorida belgilangan bojxona auditini oʻtkazish muddatidan tashqari davrda.
47. Vakolatli shaxs oʻz obyektiga bojxona organi mansabdor shaxsining kirishini asossiz rad etganda, shuningdek, vakolatli shaxs oʻz majburiyatini toʻliq bajarmaganda, bu haqida ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq tegishli bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma bojxona organi mansabdor shaxsi va vakolatli shaxs tomonidan imzolanadi. Bunda bayonnomaning bir nusxasi vakolatli shaxsga topshiriladi.
48. Vakolatli shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqida tegishli yozuv kiritiladi. Vakolatli shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortganligi sabablarini yozma ravishda tushuntirishga haqli.
49. Vakolatli shaxs oʻz obyektiga bojxona organi mansabdor shaxsining kirishini asossiz rad etishi yoki oʻz majburiyatini toʻliq bajarmasligi vakolatli shaxsning tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq operatsiyalariga nisbatan kelgusida bojxona nazorati shakllarini xavf darajasi yuqori koʻrsatkichga oʻtkazish va unga nisbatan bojxona nazoratining barcha shakllarini qoʻllashga, bojxona organlaridagi mavjud hujjatlar va maʼlumotlar boʻyicha bojxona toʻlovlari hisoblanishiga asos boʻlishi mumkin. Bu haqida vakolatli organ xabardor qilinadi.
7-bob. Sayyor bojxona auditi vaqtida hujjatlar va tovarlarni vaqtincha saqlovga olish hamda ularni olib qoʻyish tartibi
50. Sayyor bojxona auditi davomida hujjatlar boʻyicha tafovutlar va nomuvofiqliklar mavjud boʻlganda, bojxona organi tomonidan tovarlar vaqtincha saqlovga olinishi mumkin. Vakolatli shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganda, tovarlar va transport vositalari vakolatli shaxs ixtiyoriga qoldiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.
Mazkur tovarlar va transport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etishni cheklagan holda, ular oʻz egasiga yoki vakolatga ega boʻlgan boshqa shaxsga vaqtincha saqlovga topshiriladi. Vaqtincha saqlovga olingan tovarlar va transport vositalarini boshqa shaxslarga topshirishga, ularni olib qoʻyishga yoki boshqa usul bilan tasarruf etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
51. Tovarlarni va transport vositalarini vaqtincha saqlovga olish uchun quyidagilar asos boʻladi:
vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan tovar uni rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan hujjatlardagi maʼlumotlarga mos kelmaganda;
shartli ravishda chiqarilgan va (yoki) bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha taqdim etilgan imtiyozlardan maqsadsiz foydalanayotgan hamda foydalanishi cheklangan tovarlarni ishlatayotgani yoki tasarruf etilganligidan dalolat beruvchi maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
tovarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 300-moddasiga asosan tarif preferensiyalari notoʻgʻri qoʻllanilganligini koʻrsatuvchi belgilar aniqlanganda;
vakolatli shaxsning tijorat hujjatlarida deklaratsiya va (yoki) tovarlarni erkin muomalaga chiqarilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar boʻlmasligi, shuningdek, bunday maʼlumotlar ishonchsizligini yoxud bunday maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim boʻlgan tijorat hujjatlarining yoʻqligi aniqlanganda;
tovarlar va transport vositalari bojxona rejimining shartlari hamda talablarini buzgan holda ishlatilayotganligini tasdiqlaydigan belgilar aniqlanganda;
tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan soʻng ularda aks ettirilishi talab etiladigan identifikatsiyalash imkonini beruvchi maʼlumotlar (ishlab chiqaruvchining seriya raqami, ishlab chiqarilgan yili, texnik xususiyatlari) bilan bojxona yuk deklaratsiyasidagi maʼlumotlar oʻrtasida tafovut aniqlanganda.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar aniqlanganda.
52. Vaqtincha saqlovga olib qoʻyilgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomiga oʻtadi va tovarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar vakolatli shaxs tomonidan qoplanadi.
53. Hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish talab etilganda, vakolatli shaxs asl hujjat nusxalarini taqdim etishdan bosh tortganda, hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa (ulardan koʻchirmalar taqdim etish) olishning imkoni boʻlmaganda, shuningdek, agar hujjatlar aslini yoʻq qilish, yashirish, tuzatish yoki oʻzgartirish xavfi mavjud boʻlganda, bojxona organi mansabdor shaxsi mazkur hujjatlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq olib qoʻyishga haqli.
8-bob. Sayyor bojxona auditi oʻtkazilayotgan binolarni, omborlarni, arxivlarni, tovarlar va hujjatlar saqlanadigan boshqa joylarni muhrlash
54. Bojxona organi mansabdor shaxslari tovarlarning but saqlanishini taʼminlash maqsadida sayyor bojxona auditini oʻtkazishga taalluqli boʻlgan binolar, omborlar, arxivlar, hujjatlar, tovarlar va transport vositalari joylashgan (saqlanadigan) boshqa joylarni muhrlashi mumkin.
55. Binolar, omborlar, arxivlar, tovarlar va hujjatlar saqlanadigan boshqa joylar vakolatli shaxs yoki uning vakili ishtirokida muhrlanib, bu haqida ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.
56. Binolar, omborlar, arxivlar, tovarlar va hujjatlar saqlanadigan boshqa joylarni muhrlash toʻgʻrisidagi dalolatnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
muhrlagan bojxona organi mansabdor shaxsining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
vakolatli shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
muhrlash amalga oshirilgan vakolatli shaxsning obyekt manzili;
muhrlash usulining tavsifi;
vakolatli shaxsning muhrlangan binoni qoʻriqlashga olish va muhrlangan joyni ochish uchun javobgarlikka tortish choralari bilan tanishishganligi toʻgʻrisida ogohlantirish (vakolatli shaxs ishtirok etmagan hollar bundan mustasno).
57. Dalolatnoma barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanadi. Vakolatli shaxs dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
9-bob. Sayyor bojxona auditi natijalarini rasmiylashtirish
58. Sayyor bojxona auditi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma “Bojxona auditi” tizimi orqali mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
59. Sayyor bojxona auditi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
dalolatnoma tuzilgan vaqti, joyi va roʻyxatga olish raqami;
sayyor bojxona auditini oʻtkazgan bojxona organi nomi;
sayyor bojxona auditini oʻtkazgan bojxona organi mansabdor shaxs(lar)ining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
sayyor bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bojxona organi qarori raqami va sanasi;
vakolatli shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning joylashgan joyi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
vakolatli shaxsning bank rekvizitlari;
sayyor bojxona auditini oʻtkazishda ishtirok etish uchun jalb qilingan mutaxassislarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
sayyor bojxona auditini oʻtkazish boshlangan sana va uni tugatish sanasi (sayyor bojxona auditini oʻtkazish muddati uzaytirilganda va (yoki) toʻxtatilganda mazkur uzaytirish va (yoki) toʻxtatilgan muddatlar ham koʻrsatiladi);
oʻrganilgan hujjatlar va maʼlumotlarning turi;
vakolatli shaxsning buxgalterlik hisobi va hisoboti hujjatlarini yuritish holati;
sayyor bojxona auditi natijalari boʻyicha xulosa;
sayyor bojxona auditiga oid boshqa maʼlumotlar.
60. Sayyor bojxona auditi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning nusxasi bojxona auditi tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan vakolatli shaxs va vakolatli organga yuboriladi.
61. Sayyor bojxona auditi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada keltirilgan tafovut va (yoki) xatoliklar bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikka sabab boʻlganda, dalolatnoma rasmiylashtirilgan kunning ertasidan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay, toʻlovchi tomonidan ushbu talabnoma olinganligini va olish sanasini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday usulda toʻlovchiga yuborilishi kerak.
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi talabnoma mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda tuziladi.
10-bob. Bojxona organi mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
62. Bojxona organining mansabdor shaxslari bojxona auditini oʻtkazishda quyidagi huquqlarga ega:
tovar va transport vositalari saqlanadigan joylarga hamda vakolatli shaxsning ish joyi va (yoki) oʻz faoliyatini amalga oshiradigan hududga chiqqan holda, sayyor bojxona auditini oʻtkazish;
tovarlar chiqarib yuborilgandan keyin ularni sotib oluvchi shaxslardan tovarlarni sotib olishga oid shartnomalar, hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilib olish;
vakolatli shaxsning hisob-kitob boʻyicha hujjatlari va buxgalterlik hisobotining asl nusxalarini oʻrganish va (yoki) olish;
bojxona auditini oʻtkazish uchun, shu jumladan, qonunchilik hujjatlariga asosan bank sirini saqlashni taʼminlagan holda vakolatli shaxslardan bank operatsiyalarining ayrim turlarini amalga oshiruvchi va ulardan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlarining mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar va maʼlumotlarni olish, shuningdek, vakolatli shaxsning hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning harakatlanishi bilan bogʻliq hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilib olish;
bojxona auditini oʻtkazish bilan bogʻliq soʻrovnomalarni xorijiy davlatlarning davlat va boshqa organlariga (tashkilotlariga) yuborish;
tovarlar hamda boshqa buyumlardan namunalar va nusxalar olish, ular yuzasidan ekspertiza tayinlash;
vakolatli shaxsning tovarlar harakati hisobini yuritishda foydalanayotgan va buxgalterlik hisobotlari aks etgan dasturiy taʼminotlaridan foydalanish, ulardagi maʼlumotlar bilan tanishish va elektron nusxalar olish;
bojxona nazorati ostida boʻlgan yoki chiqarishga ruxsat berilgan tovarlar joylashgan vakolatli shaxsning hududini, ishlab chiqarish, omborxona va savdo binolarini koʻzdan kechirish, xatlovdan oʻtkazish, qiyoslash, ularni foto va video tasvirga olish;
ishlab chiqarilayotgan hamda realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar)ning haqiqiy hajmlarini aniqlash;
mutaxassis, tarjimon va xolislarni jalb etish hamda ulardan tegishli xulosalar, tarjimalar va koʻrsatmalar olish;
tovarlar va transport vositalari, ularga tegishli hujjatlarning asl nusxalarini vaqtincha saqlovga olish;
bojxona auditi vazifasiga aloqador boʻlgan tovarlar va transport vositalarining ishlatib yuborilishi yoxud bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan ularni bojxona auditi maqsadlarida oʻrganishni cheklashga qaratilgan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tovar va transport vositalaridan foydalanishni cheklash;
sayyor bojxona auditi oʻtkaziladigan binolarga, omborlarga, arxivlarga, hujjatlar va tovarlar joylashgan (saqlanadigan) boshqa joylarga muhr qoʻyish;
bojxona auditini oʻtkazishda vakolatli shaxsni amalga oshirilgan yuk va bojxona operatsiyalari yuzasidan tushuntirish berish uchun yozma bildirish asosida chaqirish;
vakolatli shaxsga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish.
Bojxona organi mansabdor shaxslari qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega.
63. Bojxona organi mansabdor shaxsining majburiyatlari:
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
vakolatli shaxsni bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bojxona organi qarori bilan tanishtirish hamda xizmat guvohnomasi va tekshiruv oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomani koʻrsatish;
vakolatli shaxsni uning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirish;
bojxona auditini oʻtkazish jarayonida olingan va shakllantirilgan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash, oʻz xizmat vazifalarini bajarishi chogʻida oʻziga maʼlum boʻlgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan tijorat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmaslik;
bojxona organlari xodimlari odob-axloq qoidalarini buzmaslik, korrupsiya va boshqa jinoyatlarni sodir etmaslik;
vakolatli shaxsning talabiga koʻra oʻtkazilayotgan bojxona auditi toʻgʻrisida zarur maʼlumotlar bilan tanishtirish;
davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini saqlashi, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlash;
oʻz vakolatlari doirasidan chetga chiqmaslik;
sayyor bojxona auditi natijalari toʻgʻrisida vakolatli shaxsni tanishtirish;
bojxona auditi natijalarini Axborot tizimiga kiritish.
Bojxona organi mansabdor shaxslarining zimmasida qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
11-bob. Vakolatli shaxsning huquq va majburiyatlari
64. Vakolatli shaxs quyidagi huquqlarga ega:
sayyor bojxona auditi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi bojxona organi qaroridan xabardor boʻlish, u toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishish va nusxa olish, bojxona organi mansabdor shaxslarining xizmat guvohnomasini va tekshiruv oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomani koʻrsatishlarini talab qilish;
oʻtkazilgan bojxona auditi natijalari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish;
bojxona auditi dalolatnomasini olgandan keyin oʻtkazilgan bojxona auditi boʻyicha, davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni bojxona auditi materiallari, shuningdek, uchinchi shaxslarning qonun bilan qoʻriqlanadigan tijorat va bank sirlarini oʻz ichiga olmagan maʼlumotlar bilan tanishish;
bojxona organiga dalolatnoma boʻyicha yozma ravishda eʼtiroz qilish;
bojxona auditi oʻtkazish boshlanguniga qadar mustaqil ravishda ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvini oʻtkazish.
Vakolatli shaxs qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
65. Bojxona auditi jarayonida vakolatli shaxsning majburiyatlari:
bojxona auditi davomida bojxona organi mansabdor shaxslariga tovarlarni koʻrsatish;
bojxona organi mansabdor shaxslariga amalga oshirgan tashqi savdo operatsiyalarining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tasdiqlovchi barcha axborot va maʼlumotlar hamda hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish;
bojxona auditi jarayonida ishtirok etish va oʻrganilayotgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
oʻz obyektiga (inshoot, ombor, ishlab chiqarish, savdo binolariga) bojxona organi mansabdor shaxslarini kiritish, ularni hamda tovar va transport vositalarini koʻrsatish;
bojxona auditini oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni (maʼlumotlarni) axborot tizimlarining maʼlumotlar bazalari bilan taqqoslashga sharoit yaratish, shuningdek, qogʻoz va elektron axborot tashuvchilardagi zarur hujjatlardan (maʼlumotlardan) nusxalar berish;
tovarlar harakati hisobini yuritishda foydalanilayotgan va buxgalterlik hisobotlari aks etgan vakolatli shaxsning dasturiy taʼminotlaridan, videokuzatuv moslamalaridan bojxona organi mansabdor shaxsining foydalanishiga, ulardagi maʼlumotlar bilan tanishishi va elektron nusxalar olishiga ruxsat berish;
bojxona auditi uchun zarur boʻlgan hujjatlarning davlat tilidagi tarjimasini bojxona organi mansabdor shaxsiga taqdim etish;
zarur hollarda, hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishga masʼul boʻlgan shaxslarni belgilash;
tovar va transport vositalarini zaruratga koʻra oʻz obyektini (inshoot, ombor, ishlab chiqarish, savdo binolarini) xatlovdan oʻtkazishga, qiyoslashga, ularning foto va video tasvirlarini olishni taʼminlash;
ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan holatlarda, tovarlardan namunalar va (yoki) nusxalar olinishiga imkoniyat yaratish;
mazkur Nizomning 23 va 39-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni, shuningdek, bojxona deklaratsiyasi hamda bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarning asl nusxalarini tovarlar bojxona nazorati ostida boʻlish muddati tugagan yildan keyingi uch yil davomida saqlanishini taʼminlash;
bojxona organi xabarnomasida koʻrsatilgan hujjatlar va tushuntirishlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida maʼlumotlarni taqdim etish.
66. Vakolatli shaxs mehnat layoqatini yoʻqotgan taqdirda, mazkur Nizomning 65-bandida koʻrsatilgan majburiyatlarni uning ishonchli vakili bajaradi.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
67. Bojxona auditi natijasi boʻyicha aniqlangan tafovut va (yoki) xatoliklar, shu jumladan, qoʻshimcha yoki qayta hisoblangan bojxona toʻlovlari vakolatli shaxs tomonidan bojxona organining talabnomasi olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatish shaklini rasmiylashtirish orqali bartaraf etiladi (bojxona toʻlovlaridan qarzdorlikni kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan hollar bundan mustasno).
Bojxona auditi natijasi boʻyicha aniqlangan tafovut va (yoki) xatoliklar belgilangan muddatlarda bartaraf etilmagan taqdirda, bojxona toʻlovlari sudning bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida undiriladi.
Vakolatli shaxs bojxona auditi natijalariga rozi boʻlmagan taqdirda, dalolatnoma va (yoki) talabnoma olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida dalolatnomaning barcha yoki ayrim qoidalari yuzasidan yozma eʼtirozlarini yuqori turuvchi bojxona organiga yoki sudga taqdim etishi mumkin.
Bojxona organlariga taqdim qilingan vakolatli shaxsning mustaqil oʻtkazgan ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvining hamda bojxona organlari tomonidan oʻtkazilgan kameral va sayyor bojxona auditining har qanday natijalari bojxona organlari tomonidan baholanib, ushbu maʼlumotlar bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimi doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini toifalashda inobatga olinadi.
Bojxona auditi tizimining qoʻllanilish strategiyasi va taktikasini, axborot yigʻish va uni qayta ishlash, xavf darajalarini tahlil qilish va baholash, bojxona auditini oʻtkazishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tartibini Bojxona qoʻmitasi belgilaydi.
Vakolatli shaxsning tugatilayotgani, bankrot deb topilayotgani haqida vakolatli tashkilot yoki organ tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona organlari xabardor qilinadi.
Tugatilayotgan yoki bankrot deb topilayotgan vakolatli shaxs “Bojxona auditi” tizimi orqali bojxona auditidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlsa, unga nisbatan birinchi navbatda bojxona auditi tayinlanadi.
Bojxona auditi oʻtkazilgunga qadar vakolatli shaxsning bankrot deb topilgani, tugatilgani yoki jismoniy shaxsning vafot etganligi (huquqiy vorisi mavjudligi bundan mustasno) hamda xalqaro soʻrovnomalar yuzasidan javoblar xalqaro shartnoma doirasida belgilangan muddatda kelmaganligi bojxona auditini tugatish uchun asos boʻladi.
68. Bojxona auditi davomida vakolatli shaxs tomonidan muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlarni tayyorlashi yoki qalbakilashtirish bilan bogʻliq holatlar aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻriladi.
69. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Bojxona auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisida bojxona organi

QARORI

____-son

20___ yil “_____” ___________________

(kun) _________ (oy)

_______________________________________________________________________________________

(bojxona organi nomi)

_______________________________________________________________________________________

(bojxona auditi qamrab oladigan davr)

_______________________________________________________________________________________

(bojxona auditini oʻtkazish uchun asos boʻlgan holatlar)

_______________________________________________________________________________________

(vakolatli shaxsning nomi (F.I.O.), joylashgan joyi va (yoki) haqiqatda faoliyat yuritadigan joyi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami)

_______________________________________________________________________________________

(bojxona auditini oʻtkazishga jalb qilingan boshqa shaxslarning F.I.O. va lavozimi)

QAROR QILAMAN:

_______________________________________________________________________________________

(bojxona auditini oʻtkazuvchi bojxona organi mansabdor shaxslarning F.I.O. va lavozimi)

Bojxona auditini oʻtkazish muddati ________ yil “____” ___________ dan boshlab

__________________________________ (yil) _______ (kun) _____ (oy)

________ yil “____” _______________ gacha etib belgilansin.

__ (yil) _______ (kun) _______ (oy)

Bojxona auditi quyidagi vazifalarni oʻrganish va tekshirish yuzasidan oʻtkazilsin:

tovarlarni muayyan bojxona rejimiga joylashtirishning qonuniyligi;

bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga mosligi;

bojxona yuk deklaratsiyasida rasmiylashtirilgan tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN kodiga muvofiq toʻgʻri tasniflangani;

maʼlum qilingan bojxona qiymatining haqqoniyligi;

bojxona toʻlovlarining toʻgʻri hisoblangani va undirilgani;

tovarlarga nisbatan tarif preferensiyalarining toʻgʻri qoʻllanilgani;

bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar toʻgʻri qoʻllanilganligi, tovarlardan foydalanish boʻyicha cheklovlarga rioya etilgani yoki ulardan belgilangan maqsadda foydalangani;

shartli chiqarib yuborilgan tovarlar boʻyicha belgilangan cheklovlarga rioya etilgani;

tovar va transport vositalari saqlanadigan joylarga chiqqan holda, ular boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi;

valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilgani;

Oʻzbekiston Respublikasining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va majburiyatlarga rioya etilgani.

________________________________

(mansabdor shaxsning lavozimi)

____________

(imzo)

___________________________________________

F.I.O.

Bojxona auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Bojxona auditini oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Bojxona organi

“Bojxona auditi” tizimi orqali maʼlumotlar tahlilidan kelib chiqib, quyidagi asoslarga koʻra vakolatli shaxslarga nisbatan oʻtkaziladigan bojxona auditi shakllaridan (kameral yoki sayyor) birini tanlaydi:

a) kameral bojxona auditi:

bojxona organlari axborot dasturlari maʼlumotlari tahlili natijasida kameral bojxona auditini oʻtkazish boʻyicha aniqlangan xavf darajalari;

xorijiy davlatlarning tegishli organlaridan olingan maʼlumotlarning bojxona organlaridagi maʼlumotlarga mos kelmasligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 188-moddasida belgilangan bojxona nazorati shakllari oʻtkazilishi natijalari boʻyicha bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi mumkin deb hisoblanganda;

vakolatli vazirlik va idoralarga soʻrovnomalar yuborish natijasi boʻyicha olingan maʼlumotlarning bojxona organlaridagi maʼlumotlarga muvofiq emasligi;

b) sayyor bojxona auditi:

bojxona organlari axborot dasturlari maʼlumotlari tahlili natijasida sayyor bojxona auditini oʻtkazish boʻyicha aniqlangan xavf darajalari;

bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi mumkinligini koʻrsatuvchi kameral bojxona auditi natijalariga koʻra sayyor bojxona auditi oʻtkazish zarurati vujudga kelganda;

bojxona organlari talabiga asosan belgilangan muddatda xabarnomada koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar va (yoki) maʼlumotlarning taqdim etilmasligi;

kameral bojxona auditi natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma yuzasidan vakolatli shaxsning eʼtirozi boʻlgan savollarga aniqlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 188-moddasida belgilangan bojxona nazorati shakllarining oʻtkazilishi natijalari boʻyicha bojxona qonunchilik hujjatlari buzilishi mumkinligi holatiga aniqlik kiritish uchun tovar va transport vositalari saqlanadigan joylarga chiqib, ular boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligini oʻrganish va tekshirish zaruriyati yuzaga kelganda.

Doimiy

2-bosqich

Bojxona organi

Bojxona auditiga tayyorgarlik koʻradi, shu jumladan maʼlumotlarni tahlil qiladi, vakolatli shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplaydi, bojxona auditi vazifalarini aniqlaydi hamda bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

Doimiy

3-bosqich

Bojxona organi

Bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma va qarorni vakolatli shaxs hamda vakolatli organga elektron shaklda yuboradi.

a) Kameral bojxona auditi belgilangan kundan oʻn ish kuni oldin

b) Sayyor bojxona auditi belgilangan kundan oʻn besh ish kuni oldin

4-bosqich

Vakolatli shaxs

1. Bojxona auditini (kameral yoki sayyor) oʻtkazish haqida xabarnoma olgandan soʻng bojxona auditi vazifalaridan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvini belgilaydi.

Doimiy

2. Ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvi natijalarini elektron yoki qogʻoz shaklida bojxona organiga taqdim qilinadi.

Sayyor bojxona auditi boshlanishidan oldin

5-bosqich

Bojxona organi

“Bojxona auditi” tizimi orqali tanlangan vakolatli shaxslarga nisbatan kameral bojxona auditini oʻtkazadi.

Oʻn ish kuni ichida

6-bosqich

Bojxona organi

“Bojxona auditi” tizimi orqali tanlangan vakolatli shaxslarga nisbatan sayyor bojxona auditini oʻtkazadi.

Oʻttiz ish kuni ichida

7-bosqich

Bojxona organi

1. Bojxona auditi natijalari boʻyicha “Bojxona auditi” tizimi orqali belgilangan shakldagi dalolatnomani rasmiylashtiradi.

Bojxona auditi yakuni boʻyicha

2. Bojxona auditi natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomaning nusxasini vakolatli shaxs va vakolatli organga yuboradi.

Bojxona auditi tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan

8-bosqich

Bojxona organi

Bojxona auditi natijalari boʻyicha dalolatnomada keltirilgan tafovut va (yoki) xatoliklar bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikka sabab boʻlganda, vakolatli shaxsga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha talabnoma yuboradi.

Oʻn ish kuni ichida

Bojxona auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

_____________________________

_____________________________

(vakolatli shaxs nomi, STIR, manzili)

Sayyor (kameral) bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnoma

__________________________

(sana)

________________________________________________________________________________________

(bojxona organi nomi)

shuni maʼlum qiladiki, ___________________________________________________________________

(vakolatli shaxs nomi)

bojxona auditi vakolatli shaxsi sifatida tavsiflandi.

Bojxona auditi mazkur vakolatli shaxsning ________yildan ________ yilga qadar boʻlgan davri boʻyicha va quyidagi vazifalar yuzasidan oʻtkaziladi:

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

(Nizomning 3-bandi boʻyicha)

Sizdan xabarnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida (sayyor bojxona auditini oʻtkazish vaqtida) quyidagilarni xabarnoma yuborgan bojxona organiga taqdim etishingiz (va tayyorlashingiz) soʻraladi:

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

(Nizomning 15 yoki 33-bandi boʻyicha)

Bojxona auditi ____ __________ 20___ yilda boshlanadi.

_______________________

(mansabdor shaxsning lavozimi)

____________________

(imzo)

_____________________________

(F.I.O.)

Ijrochi: ______________________________________________

_____________________ (lavozimi, F.I.O. va telefon raqami)

Bojxona auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Kameral bojxona auditi natijalari toʻgʻrisida

DALOLATNOMA

_________-son

20____ yil “____” _____________________

________________________________________

(dalolatnoma tuzilgan joy)

I. Kirish qismi

1) ______________________________________________________________________________________

(bojxona organi nomi)

2) ______________________________________________________________________________________

(kameral bojxona auditini oʻtkazgan bojxona organi mansabdor shaxsining F.I.O. va lavozimi)

3) ______________________________________________________________________________________

(vakolatli shaxsning nomi (F.I.O.) uning joylashgan joyi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami)

4) ______________________________________________________________________________________

(vakolatli shaxsning bank rekvizitlari)

5) ______________________________________________________________________________________

(kameral bojxona auditini oʻtkazishda ishtirok etish uchun jalb qilingan mutaxassislarning F.I.O. va lavozimi)

6) ______________________________________________________________________________________

(kameral bojxona auditini oʻtkazish boshlangan va tugatilgan sana)

7) ______________________________________________________________________________________

(kameral bojxona auditini oʻtkazish muddati uzaytirilganda va (yoki) toʻxtatilganda, mazkur uzaytirish va (yoki) toʻxtatish muddatlari)

II. Asosiy qismi

8) ______________________________________________________________________________________

(oʻrganilgan hujjatlar va maʼlumotlar turi)

9) ______________________________________________________________________________________

(vakolatli shaxsning buxgalterlik hisobi va hisoboti hujjatlarini yuritish holati)

III. Dalolatnomaning yakuniy qismi

10) _____________________________________________________________________________________

(kameral bojxona auditi natijalari boʻyicha xulosa)

11) _____________________________________________________________________________________

(kameral bojxona auditiga oid boshqa maʼlumotlar)

____________________________________________

_______________

___________________

(bojxona organi mansabdor shaxsining lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Bojxona auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

NAMUNA

BOJXONA QOʻMITASINING

TOSHKENT SHAHRI BOʻYICHA BOSHQARMASI

100185 Toshkent shahri

Bunyodkor shoh koʻchasi 35.

Tel.: 78-120-76-76, Faks.: 78-120-76-76

________________________rahbariga

(vakolatli shaxs)

________________________________

(soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami)

20__ yil “_____” _________________-son

________________________________

(joylashgan manzili (pochta manzili))

BOJXONA TOʻLOVLARINI TOʻLASH BOʻYICHA QARZDORLIKNI UNDIRISH TOʻGʻRISIDAGI

TALABNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining___-moddasiga muvofiq hamda ___________________ning

_______________________________________________________________                      (bojxona organi nomi)

20___ yil _____ ___________dagi ___________-son dalolatnomasiga asosan (kameral, sayyor) bojxona auditi natijalariga koʻra bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik hisoblandi:

Jami:

______________________ soʻm

(qarzdorlik summasi)

Bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati talabnoma toʻlovchiga topshirilgan yoki toʻlovchi tomonidan olingan kunning ertasidan eʼtiboran oʻn ish kunini tashkil etadi.

Ogohlantirish: Talabnomada koʻrsatilgan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik summasi toʻlanmagan taqdirda, bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik sud tartibida undiriladi.

_________________________________

________________

_________________________________

(mansabdor shaxsning lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Bojxona auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

Sayyor bojxona auditini oʻtkazuvchi mansabdor shaxslarning vakolatli shaxs obyektlariga (hududlarga yoki binolarga) kirishiga toʻsqinlik qilinganlik va (yoki) vakolatli shaxs oʻz majburiyatini toʻliq bajarmagani toʻgʻrisidagi

BAYONNOMA

20___ yil “____” ___________________

_________________________

(kun) ___GʻGʻ_____ (oy)

(bayonnoma tuzilgan joy)

Men, _____________________________________________________________________________

(bayonnoma tuzgan mansabdor shaxsning F.I.O., lavozimi)

_________________________________________________________________________________________

(sayyor bojxona auditi oʻtkazilishi lozim boʻlgan vakolatli shaxsning nomi, STIR, joylashgan manzili)

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

(vakolatli shaxsning obyektlar (hududlar yoki binolar)ning joylashgan joyi, ushbu obyektlarga kirishga toʻsqinlik qilinganlik va (yoki) vakolatli shaxs oʻz majburiyatini toʻliq bajarmaganligi holati mazmuni va vaqti

Mazkur bayonnoma vakolatli shaxsga nisbatan kelgusida bojxona nazorati shakllarini xavf darajasi yuqori koʻrsatkichga oʻtkazish, shuningdek, bojxona organlaridagi mavjud hujjatlar va maʼlumotlar boʻyicha bojxona toʻlovlarini hisoblash uchun asos boʻladi.

Holat yuzasidan sodir etgan vakolatli shaxsning tushuntirishi yoki bayonnomani imzolashdan bosh tortganligi:

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

(obyektlarga kirishga toʻsqinlik qilinganlik holati tafsilotlari toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot)

Bayonnomaga qoʻshimchalar va ilovalar:

________________________________________________________________________________________

(video va fotosuratlar, xolislar (F.I.O.) va boshqalar)

________________________________________________________________________________________

vakolatli shaxsga uning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.

______________________________________________

(vakolatli shaxsning F.I.O.)

__________________

(imzo)

Bayonnomani tuzdim:

______________________________________________

(lavozimi va F.I.O.)

__________________

(imzo)

Bayonnomaning bir nusxasini 20___ yil “____” __________ kuni oldim:

______________________________________________

(vakolatli shaxsning F.I.O.)

__________________

(imzo)

Bojxona auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

Binolar, omborlar, arxivlar, tovarlar va hujjatlar saqlanadigan boshqa joylarni muhrlash toʻgʻrisidagi

DALOLATNOMA

20__ yil “____” ___________________

__________________________________

(kun) __________ (oy)

(dalolatnoma tuzilgan joy)

________________________________________________________________________________________

(dalolatnoma tuzgan bojxona organi mansabdor shaxsning F.I.O., lavozimi)

________________________________________________________________________________________

(vakolatli shaxsning nomi (F.I.O.))

________________________________________________________________________________________

(muhrlagan vakolatli shaxsning obyekt manzili)

________________________________________________________________________________________

(muhrlash usulining tavsifi)

Vakolatli shaxsning binolar, omborlar, arxivlar, tovarlar va hujjatlar saqlanadigan boshqa joylarni qoʻriqlashga olish va muhrlangan joyni ochish uchun javobgarlikka tortish choralari bilan tanishganligi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Dalolatnomaga qoʻshimchalar:

_______________________________________________________________________________________

(vakolatli shaxsning dalolatnomani imzolashdan bosh tortgani, vakolatli shaxs ishtirok etmasdan uning vakilining ishtirok etgani)

_______________________________________________

_______________________

(vakolatli shaxsning F.I.O.)

(imzo)

Dalolatnomani tuzdim:

________________________________________________

________________________

(bojxona organi mansabdor shaxsining lavozimi va F.I.O.)

(imzo)

Bojxona auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

Sayyor bojxona auditi natijalari toʻgʻrisida

DALOLATNOMA

_________-son

20____ yil “____” _____________________

________________________________________

(dalolatnoma tuzilgan joy)

I. Kirish qismi

1) ______________________________________________________________________________________

(bojxona organi nomi)

2) ______________________________________________________________________________________

(sayyor bojxona auditini oʻtkazgan bojxona organi mansabdor shaxs(lar)ining F.I.O. va lavozimi)

3) ______________________________________________________________________________________

(sayyor bojxona auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bojxona organi qarori raqami va sanasi)

4) ______________________________________________________________________________________

(vakolatli shaxsning nomi (F.I.O.), uning joylashgan joyi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami)

5) ______________________________________________________________________________________

(vakolatli shaxsning bank rekvizitlari)

6) ______________________________________________________________________________________

(sayyor bojxona auditini oʻtkazishda ishtirok etish uchun jalb qilingan mutaxassislarning F.I.O. va lavozimi)

7) ______________________________________________________________________________________

(sayyor bojxona auditi oʻtkazish boshlangan va tugash sanasi)

8) ______________________________________________________________________________________

(sayyor bojxona auditini oʻtkazish muddati uzaytirilganda va (yoki) toʻxtatilganda mazkur uzaytirish va toʻxtatish muddatlari)

II. Asosiy qismi

9) ______________________________________________________________________________________

(oʻrganilgan hujjatlarning va maʼlumotlarning turi)

10) _____________________________________________________________________________________

(vakolatli shaxsning buxgalterlik hisobi va hisoboti hujjatlarini yuritish holati)

III. Dalolatnomaning yakuniy qismi

11) _____________________________________________________________________________________

(sayyor bojxona auditi natijalari boʻyicha xulosa)

12) _____________________________________________________________________________________

(sayyor bojxona auditiga oid boshqa maʼlumotlar)

______________________________________________

_______________

_______________

(bojxona organi mansabdor shaxsining lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-son qaroriga
3-ILOVA
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranzit tarzida olib oʻtiladigan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomning qoidalari yozma xat-xabarlar (mayda paketlardan tashqari), diplomatik va konsullik pochta qoplariga nisbatan tatbiq etilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
vakolatli shaxs — qabul qiluvchi, pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchi yoxud pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchi nomidan mehnat shartnomasi asosida ish koʻruvchi shaxs;
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga joʻnatmalar deklaratsiyasini taqdim etayotgan pochta aloqasi operatori, ekspress tashuvchi yoki joʻnatmalar deklaratsiyasini toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis;
joʻnatmalar deklaratsiyasi — bojxona nazorati maqsadlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatilgan hamda xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmasi orqali jismoniy shaxslar nomiga notijorat maqsadlarda, shuningdek, yuridik shaxslarning manziliga qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan miqdordagi olib oʻtilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona organiga taqdim etiladigan elektron hujjat;
joʻnatuvchi — tovar egasidan tovarlarni qabul qilib, joʻnatma sifatida shakllantirgan holda tashish uchun tashuvchiga taqdim etuvchi va u haqidagi maʼlumotlar transport hujjatida koʻrsatilgan shaxs;
kuryer — ekspress tashuvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan va ushbu yuridik shaxs nomidan ishlarni bajaradigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro kuryerlik joʻnatmasini bevosita qabul qiluvchiga yetkazib beruvchi jismoniy shaxs;
maxsus belgilangan joylar — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) tomonidan belgilanadigan hamda ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan talablar asosida jihozlangan xalqaro kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirishga moʻljallangan bojxona nazorati zonasi;
pochta aloqasi operatori — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmogʻiga egalik qiluvchi va faoliyatning asosiy turi sifatida pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
pochta operatori kuryeri — pochta aloqasi operatorining xodimi yoxud roʻyxatga olinadigan pochtani bevosita joʻnatuvchidan pochta aloqasi obyektlaridan tashqarida qabul qiladigan va (yoki) bunday pochtani adresatga topshiradigan, pochta aloqasi operatori bilan shartnomaga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
“sariq” yoʻlak — xavf darajasi oʻrta belgilanadi va bojxona nazoratining bir yoki bir nechta shakllari qoʻllanadi (bojxona va shaxsiy koʻrik bundan mustasno);
tovar egasi — oʻz nomidan qabul qiluvchiga yetkazib berish uchun joʻnatuvchiga tovarlarni taqdim etadigan shaxs;
xalqaro pochta joʻnatmasi (keyingi oʻrinlarda — pochta joʻnatmasi) — pochta joʻnatmasida koʻrsatilgan manzil boʻyicha adresatga joʻnatish uchun pochta aloqasi operatori tomonidan qabul qilingan va bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan yozma xat-xabar joʻnatmalari, posilkalar, pullarning pochta oʻtkazmalari;
xalqaro kuryerlik joʻnatmasi (keyingi oʻrinlarda — kuryerlik joʻnatmasi) — ekspress tashuvchi tomonidan bitta tovar egasidan bitta qabul qiluvchiga yetkaziladigan hujjatlar va (yoki) tovarlar joylanmasi, xalqaro pochta joʻnatmasi orqali yuborilgan tovarlar bundan mustasno;
ekspress tashuvchi — xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha faoliyatni boshlaganlik toʻgʻrisida vakolatli organni xabardor qilgan, faoliyat turi sifatida xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
“yashil” yoʻlak — xavf darajasi past belgilanadi va bojxona nazorati shakllari qoʻllanilmaydi (tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati bundan mustasno). Bunda “yashil” yoʻlakka yoʻnaltirilgan tovarlar avtomatik tarzda rasmiylashtirilishi mumkin;
qabul qiluvchi — tovar egasi tomonidan yuborilgan tovarlarni ekspress tashuvchi yoki pochta aloqasi operatoridan joʻnatma koʻrinishida qabul qilib oluvchi shaxs;
“qizil” yoʻlak — xavf darajasi yuqori belgilanadi va bojxona nazoratining bir yoki bir nechta shakllari qoʻllanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom asosida belgilangan tartiblar, taqiqlar va cheklovlar barcha pochta va kuryerlik joʻnatmalariga nisbatan qoʻllanadi.
5. Pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan hamda bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojxona nazoratidan oʻtkazilishi kerak.
Pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi yakunlanmasdan hamda bojxona organlari tomonidan chiqarib yuborilguniga qadar bojxona nazorat zonasidan olib chiqilishi, qabul qiluvchilarga berib yuborilishi yoki bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi taqiqlanadi.
6. Pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchi tomonidan pochta va kuryerlik joʻnatmalari bojxona koʻzdan kechiruvini hamda bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun bojxona organlariga taqdim etiladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan va undan olib chiqilayotgan barcha pochta va kuryerlik joʻnatmalari majburiy tartibda bojxona nazoratining texnik vositalaridan foydalangan holda bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkaziladi.
8. Pochta va kuryerlik joʻnatmalarini ochish orqali ular bojxona koʻrigidan bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxs ishtirokida oʻtkaziladi.
Oʻtkazilgan bojxona koʻrigi natijasi boʻyicha belgilangan tartibda shakllantirilgan va toʻldirilgan bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
9. Bojxona organlariga bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigi uchun xatlar, pochta kartochkalari va sekogrammalar taqdim etilmaydi, pochta va kuryerlik joʻnatmalarida tegishlicha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar mavjud deb hisoblash uchun bojxona organlarida yetarli asoslar mavjudligi hollari bundan mustasno.
10. Xorijiy davlatlardan bojxona hududiga olib kirilayotgan pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati bojxona chegarasini kesib oʻtishi bilan boshlanadi va bojxona organlari tomonidan chiqarishga ruxsat berilgan vaqtda yakunlanadi.
Bojxona hududidan xorijiy davlatlarga yuboriladigan pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati bojxona organlari tomonidan bojxona deklaratsiyasi (keyingi oʻrinlarda — joʻnatmalar deklaratsiyasi) qabul qilingan vaqtdan boshlanadi va amalda bojxona chegarasini kesib oʻtish vaqtida yakunlanadi.
Bojxona hududi orqali tranzit harakatlanayotgan pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati joʻnatma bojxona hududiga olib kirilgan vaqtdan boshlanadi va amalda bojxona hududidan olib chiqilishi bilan tugallanadi.
11. Pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali olib kiriladigan va yuboriladigan tovarlar bojxona nazoratida tashish shartlariga rioya etgan holda manzil bojxona postiga yetkaziladi.
12. Pochta operatori kuryeri yoki kuryer tomonidan pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashuvchiga topshirish va undan qabul qilish, bojxona nazorati ostidagi joʻnatmalarni hujjatli solishtirish, ochish, tortish va qadoqlash hamda yuborilayotgan tovarlarni sanash, oʻlchash va tortish, shuningdek, boshqa operatsiyalarni bajarish bojxona organi xodimi ishtirokida amalga oshiriladi.
13. Bojxona organlari tomonidan pochta yoki kuryerlik joʻnatmalariga nisbatan bojxona nazorati shakllarini qoʻllash jarayonida tegishliligi boʻyicha pochta operatori kuryeri yoki kuryer ishtirok etadi va joʻnatmani bojxona nazoratidan oʻtkazish uchun taqdim qiladi.
14. Tarkibida boshqa davlat nazorati organlarining (veterinar, karantin va boshqalar) tekshiruvidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar mavjud boʻlgan pochta va kuryerlik joʻnatmalari ushbu idoralarning ruxsat etuvchi hujjati taqdim etilgandan soʻng bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi.
15. Muqaddam olib chiqilgan (olib kirilgan) pochta va kuryerlik joʻnatmalari maʼlum sabablarga koʻra ortga qaytarilganda olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) pochta va kuryerlik joʻnatmalari kabi qayta bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi.
Bunda ushbu joʻnatmalarga nisbatan avval undirilgan bojxona toʻlovlari qaytarilmaydi hamda bojsiz olib kirish normasi qayta tiklanmaydi.
16. Bojxona hududiga olib kelinadigan hamda undan olib chiqiladigan pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda keltirilgan sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Pochta yoki kuryerlik joʻnatmalarini tashish, yuklash (qayta yuklash), tushirish, saqlash va boshqa shu kabi yuk operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlar tegishliligiga koʻra pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi hisobidan qoplanadi.
18. Quyidagi hollarda tovarlar joʻnatmalar deklaratsiyasi asosida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi:
pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga notijorat maqsadlarda olib kelinadigan tovarlar;
yuridik shaxslar nomiga pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan tovarlar, tovarlar tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari, kelishuvlari) boʻyicha majburiyatlarni bajarish doirasida olib oʻtilayotgan va qonunchilikda belgilangan boshqa hollar bundan mustasno;
pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy va yuridik shaxslar nomidan xorijiy mamlakatlarga yuborilayotgan qiymati besh ming AQSH dollarigacha boʻlgan tovarlar, qonunchilik hujjatlarida eksport boji undirilishi belgilangan tovarlar bundan mustasno.
19. Pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organlariga axborot tizimi orqali taqdim etilgan joʻnatmalar deklaratsiyasi va ularga tegishli kuzatuv hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda bir partiyadagi joʻnatmalar uchun ikki va undan ortiq deklaratsiyalar taqdim etilishi mumkin.
Ushbu pochta va kuryerlik joʻnatmasi qadogʻida uni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi belgi biriktirilgan holda taqdim etiladi.
20. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan joʻnatmalar deklaratsiyasi Bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — YAAAT) roʻyxatga olingan vaqtdan eʼtiboran yuridik ahamiyatga ega molik hujjatlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.
21. Joʻnatmalar deklaratsiyasining shakli, unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar roʻyxati, uni toʻldirish, bojxona organlariga taqdim etish, rasmiylashtirish, oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni bekor qilish va qaytarib olish tartibi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
22. Pochta va kuryerlik joʻnatmasi bojxona organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qoʻllagan holda “qizil”, “sariq” va “yashil” yoʻlaklar orqali roʻyxatga olingan joʻnatmalar deklaratsiyasi asosida bojxona nazoratidan oʻtkaziladi.
23. Xavfni boshqarish tizimini qoʻllash mexanizmlari, tasodifiy tanlov tamoyili, xavf profillari, mezonlari va uslubiyoti, shuningdek, tovarlarga nisbatan bojxona koʻrigini oʻtkazishning hajmi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
2-bob. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi
1-§. Bojxona hududiga olib kelinadigan xalqaro pochta joʻnatmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi
24. Bojxona nazorati yakuniga koʻra pochta joʻnatmasi bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi.
Bunda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organlari xodimi qonunchilik hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etish bilan birga “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Xavfni boshqarish tizimi) qoʻllash natijasiga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi.
25. Bojxona organi tomonidan joʻnatmalar deklaratsiyasi rasmiylashtirilgandan soʻng pochta joʻnatmalari yetkazib berish uchun pochta aloqasi operatoriga yoki qabul qiluvchi jismoniy shaxsga topshiriladi.
26. Bojxona nazorati yakuniga koʻra pochta joʻnatmasi quyidagi sabablarga koʻra vaqtincha saqlovga olinishi mumkin:
bojxona toʻlovi toʻlanishi lozim boʻlgan tovarlar aniqlanganda (bojxona toʻlovlari undirilguniga qadar);
tovarlarning maqsadini aniqlashda nizoli holat yuzaga kelganda (tovarning maqsadi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilinguniga qadar);
tovarlar yuzasidan namuna va sinamalar olinib, bu boʻyicha oʻrganish yakuniga yetmaganda;
Xavfni boshqarish tizimi topshirigʻi asosida;
pochta aloqasi operatori yoki qabul qiluvchi shaxsdan pochta joʻnatmasidagi tovarlar yuzasidan hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar talab qilinib, bu boʻyicha tekshiruv yakuniga yetmagan boʻlsa;
pochta joʻnatmasidagi tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish belgilanib, bu jarayon yakuniga yetmagan boʻlsa;
pochta joʻnatmasidagi tovarlarni bojxona ekspertizasidan oʻtkazish tayinlanib, bu jarayon yakuniga yetkazilmagan boʻlsa.
27. Pochta joʻnatmasi orqali yuborilgan tovarlarga nisbatan hisoblangan bojxona toʻlovlari qabul qiluvchi yoki vakolatli shaxs tomonidan toʻlanadi.
Hisoblangan bojxona toʻlovlari qabul qiluvchi shaxsdan boshqa vakolatli shaxs tomonidan toʻlanganda, tegishli hujjatlarda qabul qiluvchi bilan birgalikda toʻlovni toʻlagan vakolatli shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham aks ettirilishi lozim.
28. Tovarning qiymati bojsiz olib kirish normasini va bojxona toʻlovlarini hisoblash uchun asos boʻlib, ushbu qiymatga bojxona qiymati deb qaraladi.
Tovarning qiymati pasaytirib koʻrsatilgan deb hisoblanganda yoki koʻrsatilgan tovar qiymatini asoslovchi hujjatlar taqdim etilmaganda, tovarning qiymati bojxona organi tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga asosan, shuningdek, YAAAT yordamida aniqlanadi.
29. Qabul qiluvchi joʻnatmani olishdan voz kechganda, koʻrsatilgan manzilda boʻlmaganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan saqlash muddati tugaganda, manzili notoʻgʻri koʻrsatilganda, pochta aloqasi operatori tomonidan ushbu joʻnatmalar ortga qaytariladi.
2-§. Bojxona hududidan xorijiy davlatlarga yuboriladigan xalqaro pochta joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish
30. Har bir tovar egasi pochta joʻnatmasini pochta aloqasi operatoriga topshirishdan oldin amaldagi qoidalar bilan tanishib chiqadi va yuk kuzatuv hujjatlarini belgilangan shaklda toʻldiradi.
31. Pochta aloqasi operatori tomonidan joʻnatmalarning kuzatuv hujjatlari oldindan tekshirib chiqiladi va joʻnatish taqiqlangan buyumlar egasiga qaytarish uchun ajratiladi. Ushbu joʻnatmalarning kuzatuv hujjatlarida qaytarish sabablari koʻrsatilgan holda tegishli xizmatlar tomonidan belgi qoʻyiladi.
32. Bojxona nazorati yakuniga koʻra pochta joʻnatmasi bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi.
Bunda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organlari xodimi qonunchilik hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etish bilan birga Xavfni boshqarish tizimini qoʻllash natijasiga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi.
33. Bojxona rasmiylashtiruvi yakunlangandan soʻng pochta joʻnatmasi xorijiy davlatlarga yuborish uchun pochta aloqasi operatoriga topshiriladi va pochta aloqasi operatori tomonidan belgilangan manzil bojxona posti orqali xorijiy mamlakatga olib chiqib ketiladi.
3-§. Bojxona hududiga olib kelinadigan xalqaro kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi
34. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organlariga joʻnatmalar deklaratsiyasi va kuzatuv hujjatlari bilan birgalikda ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan yuk manifesti taqdim etiladi.
35. Joʻnatmalar deklaratsiyasi tizimda roʻyxatga olinganidan soʻng har bir kuryerlik joʻnatmasi boʻyicha xabarnoma qabul qiluvchi jismoniy shaxsga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki bojxona operatsiyalarini amalga oshirishga moʻljallangan mobil ilova orqali avtomatik tarzda yuboriladi.
36. Qabul qiluvchi jismoniy shaxs tomonidan ixtiyoriy ravishda YIDXP yoki mobil ilova orqali yoxud oʻziga eng yaqin boʻlgan bojxona organiga murojaat qilgan holda nomiga kelgan kuryerlik joʻnatmasi toʻgʻrisidagi xabarnoma tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Bunda tasdiqlash yoki rad etish xavf darajasi past yoki oʻrta boʻlgan joʻnatmalar uchun ixtiyoriy, xavf darajasi yuqori boʻlgan joʻnatmalar uchun majburiy hisoblanadi.
Tasdiqlash yoki rad etish amaliyotlari bajarilgan vaqtdan eʼtiboran yuridik ahamiyatga ega harakatdan dalolat beruvchi harakat hisoblanadi.
Ekspress tashuvchilar barcha kiberxavfsizlik talablariga javob beradigan, qabul qiluvchilarning biometrik belgilarini identifikatsiya qilish, joʻnatmalarni tasdiqlash yoki rad etish amaliyotini bajarish imkoniyatiga ega mobil ilova ishlab chiqishlari va ushbu mobil ilovada amalga oshiriladigan amaliyot natijalarini bojxona organlariga taqdim etishlari mumkin.
37. Tasdiqlash amaliyotini bajarish orqali jismoniy shaxs kuryerlik joʻnatmasi haqiqatda oʻzining nomiga yuborilganini va bundan xabardor ekanligini, mazkur kuryerlik joʻnatmasi boʻyicha bojsiz olib kirish normasining qoʻllanishiga roziligini bildiradi.
38. Rad etish amaliyotini bajarish orqali jismoniy shaxs kuryerlik joʻnatmasi uning nomiga yuborilmaganini hamda mazkur joʻnatmaga nisbatan bojsiz olib kirish normasi qoʻllanishiga norozi ekanligini bildiradi.
39. Xavf darajasi yuqori boʻlgan joʻnatmalar boʻyicha qabul qiluvchi jismoniy shaxs tasdiqlash yoki rad etish amaliyotlaridan birini xabarnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kalendar kun davomida bajarishi lozim.
Ushbu muddat yakunlanganidan soʻng aynan shu xabarnoma asosidagi kuryerlik joʻnatmasi uchun jismoniy shaxsning tasdiqlash yoki rad etish amaliyotini bajarish imkoniyati tugatiladi va ushbu kuryerlik joʻnatmasi rad etilgan deb hisoblanadi.
40. Bojxona nazorati yakuniga koʻra kuryerlik joʻnatmasi bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi.
Bunda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organlari xodimi qonunchilik hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etish bilan birga Xavfni boshqarish tizimini qoʻllash natijasiga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi.
41. Bojxona organi tomonidan joʻnatmalar deklaratsiyasi rasmiylashtirilganidan soʻng kuryerlik joʻnatmasi yetkazib berish uchun ekspress tashuvchiga yoki qabul qiluvchi jismoniy shaxsga topshiriladi.
42. Bojxona nazorati yakuniga koʻra kuryerlik joʻnatmasi quyidagi sabablarga koʻra vaqtincha saqlovga olinishi mumkin:
bojxona toʻlovi toʻlanishi lozim boʻlgan tovarlar aniqlanganda (bojxona toʻlovlari undirilguniga qadar);
tovarlarning maqsadini aniqlashda nizoli holat yuzaga kelganda (tovarning maqsadi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilinguniga qadar);
tovarlar yuzasidan namuna va sinamalar olinib, bu boʻyicha oʻrganish yakuniga yetmaganda;
Xavfni boshqarish tizimi topshirigʻi asosida;
ekspress tashuvchi yoki qabul qiluvchi shaxsdan kuryerlik joʻnatmasidagi tovarlar yuzasidan hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar talab qilinib, bu boʻyicha tekshiruv yakuniga yetmagan boʻlsa;
kuryerlik joʻnatmasidagi tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish belgilanib, bu jarayon yakuniga yetmagan boʻlsa;
kuryerlik joʻnatmasidagi tovarlarni bojxona ekspertizasidan oʻtkazish tayinlanib, bu jarayon yakuniga yetkazilmagan boʻlsa.
43. Kuryerlik joʻnatmasi orqali yuborilgan tovarlarga nisbatan hisoblangan bojxona toʻlovlari qabul qiluvchi yoki vakolatli shaxs tomonidan toʻlanadi.
Hisoblangan bojxona toʻlovlari qabul qiluvchi shaxsdan boshqa vakolatli shaxs tomonidan toʻlanganda, tegishli hujjatlarda qabul qiluvchi bilan birgalikda toʻlovni toʻlagan vakolatli shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham aks ettirilishi lozim.
44. Tovarning qiymati bojsiz olib kirish normasini va bojxona toʻlovlarini hisoblash uchun asos boʻlib, ushbu qiymatga bojxona qiymati deb qaraladi.
Tovarning qiymati pasaytirib koʻrsatilgan deb hisoblanganda yoki koʻrsatilgan tovar qiymatini asoslovchi hujjatlar taqdim etilmaganda, tovarning qiymati bojxona organi tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga asosan, shuningdek, YAAAT yordamida aniqlanadi.
45. Bojxona nazorati yakunlanguniga qadar qabul qiluvchi kuryerlik joʻnatmasini olishdan voz kechganda, koʻrsatilgan manzilda boʻlmaganda yoki rad etish amaliyoti bajarilganida ushbu kuryerlik joʻnatmalariga nisbatan bojsiz olib kirish normasi qoʻllanmaydi hamda kuryerlik joʻnatmasi bojxona hududiga kirib kelgan kundan boshlab koʻpi bilan oʻttiz kalendar kun mobaynida ekspress tashuvchi tomonidan umumbelgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi yoki ortga qaytarib yuboriladi.
46. Bojxona organlari ekspress tashuvchi tomonidan ushbu Nizomning 45-bandida belgilangan muddatlarda umumbelgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazmagan yoki ortga qaytarib yubormagan kuryerlik joʻnatmalari boʻyicha 15 ish kunida mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qiladi.
4-§. Bojxona hududidan xorijiy davlatlarga yuboriladigan xalqaro kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi
47. Har bir tovar egasi kuryerlik joʻnatmasini ekspress tashuvchiga topshirishdan oldin amaldagi qoidalar bilan tanishib chiqadi va yuk kuzatuv hujjatlarini belgilangan shaklda toʻldiradi.
48. Ekspress tashuvchi tomonidan kuryerlik joʻnatmalarining kuzatuv hujjatlari oldindan tekshirib chiqiladi va joʻnatish taqiqlangan buyumlar egasiga qaytarish uchun ajratiladi. Ushbu kuryerlik joʻnatmalarining kuzatuv hujjatlarida qaytarish sabablari koʻrsatilgan holda tegishli xizmatlar tomonidan belgi qoʻyiladi.
49. Bojxona nazorati yakuniga koʻra kuryerlik joʻnatmasi bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi.
Bunda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organlari xodimi qonunchilik hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etish bilan birga Xavfni boshqarish tizimini qoʻllash natijasiga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi.
50. Bojxona rasmiylashtiruvi yakunlangandan soʻng kuryerlik joʻnatmasi xorijiy davlatlarga yuborish uchun ekspress tashuvchiga topshiriladi va ekspress tashuvchi tomonidan belgilangan manzil bojxona posti orqali xorijiy mamlakatga olib chiqib ketiladi.
5-§. Bojxona hududi orqali tranzit tarzida olib oʻtiladigan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish
51. Bojxona hududi orqali tranzit olib oʻtilayotgan pochta va kuryerlik joʻnatmasi boʻyicha bojxona organlariga qonunchilikda belgilangan tartibga asosan tranzit deklaratsiyasi va tovarning kuzatuv hujjatlari taqdim etiladi.
52. Taqdim etilgan tranzit deklaratsiyasi bojxona organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va mazkur deklaratsiya asosidagi pochta va kuryerlik joʻnatmasi Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 31-bobida belgilangan talablar va shartlarga muvofiq manzil bojxona postiga yetkaziladi.
3-bob. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazishga moʻljallangan joylarni tashkil etish
53. Pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazishga moʻljallangan joylar quyidagi jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi va belgilangan talablarga javob berishi lozim:
isitish va sovitish tizimi bilan jihozlangan, kamida 2 000 (ikki ming) kvadrat metrdan iborat bino;
pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun moʻljallangan va ularning butun bojxona nazorati zonasi boʻylab belgilangan tartibda harakatlanishini taʼminlaydigan konveyer lentalar;
pochta va kuryerlik joʻnatmalarini nazoratdan oʻtkazish uchun zamonaviy rentgen qurilmalari;
pochta va kuryerlik joʻnatmalarining “trek kod”larini oʻquvchi zamonaviy skaner uskunalari;
pochta va kuryerlik joʻnatmalarining ogʻirligini oʻlchash qurilmalari (tarozi konveyer lenta tarkibiga joylashtirilgan holda);
radiatsiya nazorati qurilmasi (pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati zonasiga kirish joyida);
pochta va kuryerlik joʻnatmalarini ortish-tushirish uchun maxsus transport vositalari;
vaqtincha saqlovga olingan va (yoki) tarkibida alohida xususiyatga ega boʻlgan tovarlar mavjud pochta va kuryerlik joʻnatmalarini saqlash uchun joylar;
butun hududni toʻliq nazorat qilish hamda tasvirlarni bojxona organlariga real vaqt rejimida uzatish, shuningdek, ushbu tasvirlarni uch oy davomida saqlash imkoniyati boʻlgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi;
hududda mavjud boʻlgan barcha texnik vositalarni hamda videokuzatuv va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining muntazam ishlashini taʼminlaydigan muqobil elektr manbaiga (qurilmalari) ega boʻlishi;
bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun maxsus joy (bojxona xodimi va vakolatli shaxs uchun qulay boʻlgan hamda bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan barcha jihozlar bilan jihozlangan holda);
bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun quyidagi jihozlar bilan jihozlangan maxsus xonalar:
a) shtat birligidagi har bir xodim uchun bittadan kompyuter (internet tarmogʻiga ulangan) va chop etish qurilmasi;
b) “trek kod”larni oʻquvchi skaner uskunalari;
v) telefon;
g) mebel jihozlari;
d) isitish va sovitish tizimi;
e) bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan boshqa jihozlar;
smenali tartibda ishlaydigan yoki navbatchilikni oʻtaydigan bojxona xodimlari uchun dam olish va yuvinish xonalari;
mazkur joylarda amalga oshiriladigan operatsiyalar va yuk hajmidan kelib chiqib, qoʻshimcha talablar va shartlar qoʻyilishi mumkin.
4-bob. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirishda tomonlarning huquq va majburiyatlari
1-§. Bojxona organi xodimining huquqlari
54. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organi xodimi quyidagi huquqlarga ega:
taqdim etilgan joʻnatmalar deklaratsiyasida nomuvofiqliklar aniqlanganida, bojxona xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlardan olingan maʼlumotlar hamda tezkor-qidiruv natijalari asosida belgilangan xavfni kamaytirish choralarini oʻzgartirish va qoʻshimcha tadbirlarni amalga oshirish;
aniqlangan xatolik yoki nomuvofiqliklar (tafovutlar) holatlari sabablarini oʻrganish maqsadida taqdim etilayotgan elektron hujjatlarning aslini talab qilish;
agar oʻrganish davomida qonunchilikda nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlansa, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish;
pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qonunchilik hujjatlari asosida koʻzdan kechirish;
vakolatli shaxslardan koʻzdan kechirish uchun pochta va kuryerlik joʻnatmalarini, shuningdek, zarur hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;
bojxona nazoratidan oʻtkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namuna va nusxalar olish;
bojxona haqidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishiga doir materiallarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish hamda vakolatli shaxslarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish.
55. Bojxona organi xodimi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
2-§. Bojxona organi xodimining majburiyatlari
56. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organi xodimi:
deklaratsiyalash va rasmiylashtiruv davomida Xavfni boshqarish tizimining topshirigʻidagi bojxona operatsiyalarini bajarishi;
xavfni kamaytirish choralarini oʻzgartirish natijasida bojxona koʻrigini oʻtkazish zarurati mavjud boʻlganda, bu toʻgʻrisida vakolatli shaxsni xabardor etish;
vakolatli shaxsning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi boʻyicha taqdim etgan yozma murojaatlarini koʻrib chiqish;
oʻz xizmat vazifalarini bajarish natijasida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan tijorat siri hisoblangan axborotni hamda shaxsga doir konfidensial maʼlumotlarni oshkor etmaslikka majbur, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
57. Bojxona organi xodimiga qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
3-§. Pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchilarning huquqlari
58. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirishda pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
bojxona organlarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonidagi noqonuniy xatti-harakati yuzasidan shikoyat qilishga;
pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlari yuzasidan qonuniy tushuntirishlar olishga;
joʻnatmalar deklaratsiyasini shakllantirish va bojxona organlariga taqdim etish imkoniyati mavjud boʻlgan, bojxona organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan dasturlardan foydalanishga hamda ushbu dastur orqali joʻnatmalarning holati va belgilangan xavf darajasi haqida maʼlumot olishga;
pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi hamda ushbu jarayonda qoʻllanadigan axborot dasturlari boʻyicha takliflar berishga;
YAAAT orqali ular tomonidan taqdim etilgan joʻnatmalar deklaratsiyasi va joʻnatmalar manifestini joʻnatmalar deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab bir oy muddatda yuklab olish hamda qogʻozda yozma shaklini chop etish;
bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida va undan soʻng bojxona organlari tomonidan joʻnatmalar deklaratsiyasida qoidabuzarliklar aniqlangunga qadar bojxona toʻlovlarini hisoblashga yoki taqiq, cheklovlar qoʻllanishiga taʼsir etmaydigan qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bojxona organi ruxsati bilan tuzatish, qonunchilikda vakolatli yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan joʻnatmalar deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish taqiqlangan holatlar bundan mustasno.
Ushbu holatlarda deklarant va deklaratsiyalovchi shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid protsessual hujjatlar rasmiylashtirilmaydi.
59. Pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchilar uchun qonunchilik hujjatlari bilan boshqa huquqlar ham belgilanishi mumkin.
3-§. Pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchilarning majburiyatlari
60. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida quyidagilar pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchilar majburiyati hisoblanadi:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etilgan joʻnatmalar deklaratsiyasi va boshqa kuzatuv hujjatlaridagi maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini taʼminlash;
bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi davomida bojxona organlari tomonidan soʻralgan hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish;
faoliyatini xorijiy hamkori bilan oʻzaro tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirish va ushbu shartnomani tegishli axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazish;
xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali yuborilishi taqiqlangan buyumlar va moddalar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash;
shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishini va maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash.
61. Pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchilar yoxud ular nomidan mehnat shartnomasi asosida ish koʻruvchi shaxslarga qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
62. Bojxona organlariga oldindan tezkor maʼlumot kelib tushganda, taqdim etilgan hujjatlarda turli nomuvofiqliklar aniqlanganda yoki bojxona qonunchiligi buzilishi bilan bogʻliq alomatlar mavjud boʻlgan taqdirda, pochta va kuryerlik joʻnatmalariga nisbatan bojxona nazoratining boshqa shakllari qoʻllanadi.
63. Vaqtincha saqlovga olingan pochta va kuryerlik joʻnatmalarining toʻliq va but saqlanishi hamda ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda, vakolatli shaxsga topshirilishiga ularni vaqtincha saqlash uchun qabul qilgan ombor vakili javobgar hisoblanadi.
Vaqtincha saqlashga qabul qilingan pochta va kuryerlik joʻnatmalarining tabiiy eskirishi yoki tashish va (yoki) saqlashning normal sharoitlarida kamayishi oqibatida roʻy bergan oʻzgarishlar (shuningdek, yaroqlilik muddati jihatidan) hamda yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida saqlash majburiyatlarini bajara olmaslik holatlari bundan mustasno.
64. Deklaratsiyalovchi shaxs joʻnatmalar deklaratsiyasidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va unga ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi, deklaratsiyani toʻldirish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning notoʻgʻriligi bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
65. Vakolatli shaxs oʻzi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi (joʻnatmalar deklaratsiyasi bundan mustasno) maʼlumotlarning toʻgʻriligi va amalda olib oʻtilayotgan pochta va kuryerlik joʻnatmalariga oʻzaro muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi.
66. Bojxona xizmati organlari tomonidan boshqa shaxslar uchun joʻnatmalar deklaratsiyasi va unga tegishli hujjatlarning qogʻozdagi yozma shakli chop etilmaydi va imzo hamda muhr bilan tasdiqlanmaydi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno.
67. Joʻnatmalar deklaratsiyasidagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli maʼlumotlar konfidensial hisoblanadi va ushbu maʼlumotlarni boshqa shaxslarga taqdim etish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
68. Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan joʻnatmalar deklaratsiyasini taqdim etish soʻralganda, joʻnatmalar deklaratsiyasi asosida shakllangan maʼlumot qogʻozda yozma shaklda yoki elektron koʻrinishda yoxud oʻzaro kelishuvga asosan axborot almashinuvi tizimlari orqali taqdim etiladi, ushbu Nizomning 67-bandida taqiqlangan holatlar bundan mustasno.
69. Bojxona organlariga taqdim etilgan joʻnatmalar deklaratsiyasi va ularga tegishli kuzatuv hujjatlarining elektron nusxalari bojxona organlarida joʻnatmalar deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan yildan keyingi yildan eʼtiboran uch yil davomida saqlanadi.
70. Joʻnatmalar deklaratsiyasini toʻldirishda asos boʻlgan qogʻozda yozma shakldagi hujjatlarning saqlanishi boʻyicha javobgarlik pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi zimmasiga yuklanadi.
Bunda pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi tegishliligiga koʻra joʻnatmalar deklaratsiyasini toʻldirishda asos boʻlgan qogʻozda yozma shakldagi hujjatlarning xavfsiz saqlanishi sharoitlarini taʼminlashi va ularga oʻzgartirish kiritishdan himoyalashi shart.
71. Ushbu Nizom talablarining bajarilishida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
72. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasidan xorijiy davlatlarga yuboriladigan xalqaro kuryerlik joʻnatmasini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyekt

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Kuryer

1. Bojxona nazorati zonasiga xalqaro kuryerlik joʻnatmasini yetkazish va joʻnatmalar deklaratsiyasini taqdim etish.

Xalqaro kuryerlik joʻnatmasini qabul qilganidan soʻng

2-bosqich

Bojxona organi xodimi

2. Amaldagi qonunchilik talablari asosida xalqaro kuryerlik joʻnatmasida yuborilayotgan tovarlarni Xavfni boshqarish tizimi va tegishli bojxona nazorati shakllarini qoʻllagan holda bojxona nazoratidan oʻtkazish.

Xalqaro kuryerlik joʻnatmasini toʻliq hujjatlar bilan bojxona nazoratiga taqdim etilganidan soʻng har bir xalqaro kuryerlik joʻnatmasi uchun 20 daqiqa

3. Bojxona nazorati yakuniga koʻra xalqaro kuryerlik joʻnatmasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilgan taqdirda taqdim etilgan joʻnatmalar deklaratsiyasini rasmiylashtirish.

4. Bojxona rasmiylashtiruvi yakuniga koʻra xalqaro kuryerlik joʻnatmasini keyingi manzilga yetkazish uchun kuryerga topshirish.

Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi yakuniga yetganidan soʻng

Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan olib kelinadigan xalqaro kuryerlik joʻnatmasini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyekt

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Kuryer

1. Bojxona nazorati zonasiga xalqaro kuryerlik joʻnatmasini yetkazish va joʻnatmalar deklaratsiyasini taqdim etish.

Xalqaro kuryerlik joʻnatmasi bojxona hududiga yetib kelgandan soʻng

2-bosqich

Xalqaro kuryerlik joʻnatmasini qabul qiluvchi jismoniy shaxs

2. Mobil ilova yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga xalqaro kuryerlik joʻnatmasi toʻgʻrisida kelib tushgan axborot bilan tanishib chiqish va “Tasdiqlash” yoki “Bekor qilish” amaliyotlaridan birini bajarish.

Xalqaro kuryerlik joʻnatmasi toʻgʻrisidagi axborot kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kungacha

3-bosqich

Bojxona organi xodimi

3. Amaldagi qonunchilik talablari asosida xalqaro kuryerlik joʻnatmasida yuborilayotgan tovarlarni Xavfni boshqarish tizimi va tegishli bojxona nazorati shakllarini qoʻllagan holda bojxona nazoratidan oʻtkazish.

Xalqaro kuryerlik joʻnatmasini toʻliq hujjatlar bilan bojxona nazoratiga taqdim etilganidan soʻng har bir xalqaro kuryerlik joʻnatmasi uchun 20 daqiqa

4. Bojxona nazorati yakuniga koʻra xalqaro kuryerlik joʻnatmasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilgan taqdirda taqdim etilgan joʻnatmalar deklaratsiyasini rasmiylashtirish.

5. Bojxona rasmiylashtiruvi yakuniga koʻra xalqaro kuryerlik joʻnatmasini keyingi manzilga yetkazish uchun kuryerga topshirish.

Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi yakuniga yetganidan soʻng

4-bosqich

Bojxona organi xodimi

6. Qabul qiluvchi jismoniy shaxslar tomonidan “Bekor qilingan” yoki munosabat bildirilmagan xalqaro kuryerlik joʻnatmasini kuryer vakolatida bojxona nazorati ostida saqlash.

Kuryerlik joʻnatmasi olib kelingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kungacha

5-bosqich

Kuryer

7. Qabul qiluvchi jismoniy shaxslar tomonidan “Bekor qilingan” yoki munosabat bildirilmagan xalqaro kuryerlik joʻnatmasini umumbelgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish yoki respublika hududidan qaytarib olib chiqib ketish.

Kuryerlik joʻnatmasi olib kelingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kungacha

6-bosqich

Bojxona organi xodimi

8. Belgilangan muddat yakuniga qadar rasmiylashtirilmagan yoki olib chiqib ketilmagan xalqaro kuryerlik joʻnatmasi yuzasidan kuryerga ogohlantirish xati yuborish.

Oʻttiz kunlik muddat yakunlanganidan soʻng uch ish kunida

9. Ogohlantirish xati yuborilgan kuryer oʻz vakolatidagi tovarlar yuzasidan yakuniy qaror qabul qilmagan taqdirda mazkur tovarlarni egasiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilish.

Kuryerga ogohlantirish xati yuborilganidan soʻng besh ish kuni yakunida

Xalqaro pochta joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga xorijiy davlatlardan olib kelinadigan va Oʻzbekiston Respublikasidan xorijiy davlatlarga yuboriladigan xalqaro pochta joʻnatmasini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyekt

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Pochta aloqasi operatori

1. Bojxona nazorati zonasiga xalqaro pochta joʻnatmasini yetkazish va joʻnatmalar deklaratsiyasini taqdim etish.

Xalqaro pochta joʻnatmasini qabul qilganidan soʻng

2-bosqich

Bojxona organi xodimi

2. Amaldagi qonunchilik talablari asosida xalqaro pochta joʻnatmasida yuborilayotgan tovarlarni tegishli bojxona nazorati shakllarini qoʻllagan holda bojxona nazoratidan oʻtkazish.

Bojxona nazoratiga toʻliq hujjatlar bilan taqdim etilganidan soʻng har bir xalqaro pochta joʻnatmasi uchun 20 daqiqa

3. Bojxona nazorati yakuniga koʻra xalqaro pochta joʻnatmasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilsa taqdim etilgan joʻnatmalar deklaratsiyasini rasmiylashtirish.

4. Bojxona rasmiylashtiruvi yakuniga koʻra xalqaro pochta joʻnatmasini keyingi manzilga yetkazish uchun pochta aloqasi operatoriga topshirish.

Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi yakuniga yetganidan soʻng

Xalqaro pochta joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari boʻyicha
MANIFEST

Joʻnatuvchi tashkilot nomi:

Manzili:

Telefon raqami:

Qabul qiluvchi tashkilot nomi:

Manzili:

Telefon raqami:

STIR:

T/r

1. Tijorat hujjatining raqami

2. Xalqaro kuryerlik joʻnatmasining joʻnatuvchisi

3. Xalqaro kuryerlik joʻnatmasining qabul qiluvchisi va uning manzili

4. Xalqaro kuryerlik joʻnatmasidagi tovarlarning qisqacha nomi

5. Xalqaro kuryerlik joʻnatmasining brutto vazni

(kg)

6. Xalqaro kuryerlik joʻnatmasining faktura qiymati

7. Valyuta nomi

Jami:

Joʻnatuvchi tashkilot nomi, imzosi va muhri:

Qabul qiluvchi tashkilot nomi, imzosi va muhri:

Izoh. Manifestda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzgartirmagan holda jadvalga qoʻshimcha kiritishga yoʻl quyiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
a) 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirdagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarning belgilangan tartibda undirilishi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi”.
“Bunda belgilangan yigʻimlarni undirish mezonlari va talablari Transport vazirligi tomonidan bojxona organlari axborot tizimlariga kiritilgan maʼlumotlarga asosan belgilanadi”;
b) 7-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika hududiga kirib kelayotgan avtotransport vositalarining texnik holati, yoʻl qoʻyiladigan ogʻirlik va gabarit parametrlari ustidan davlat nazorati bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining bojxona organlari axborot tizimlariga kiritilgan mezonlari va talablariga asosan amalga oshiriladi”;
v) 4-ilovaning 3-bandi “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) tovarlarni tashish Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga asosan amalga oshirilganda XYT daftarchasi (TIR karneti)”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-band quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda mazkur bandda keltirilgan dori vositalarini olib oʻtishda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan dori vositalarining qanday maqsadga moʻljallanganligini aniqlash, yaʼni ularning miqdori, olib oʻtishning takroriyligi, safarning maqsadi va uning davomiyligi hisobga olinadi”;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Jismoniy shaxslar tomonidan dori vositalari ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan meʼyordan ortiq miqdorda bojxona chegarasi orqali olib kirishda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi bilan birga bojxona organlariga dori vositalari uchun boʻlish yoki yashash mamlakatining tibbiyot muassasasidan bemor uchun moʻljallangan dori vositasining nomini, uning dorivor shaklini va davolash kursiga tavsiya qilingan miqdori koʻrsatilgan holdagi hujjatini hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq ruxsatnoma olmasdan olib kirishga ruxsat berilgan meʼyordan ortgan biologik faol qoʻshimchalar uchun Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli ruxsatnomasini taqdim etishi shart”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona bojlari va soliqlarni toʻlashdan shartli ozod qilish tatbiq etiladigan vaqtincha olib kiriladigan tovarlar roʻyxati, ozod qilish shartlari, shuningdek, imtiyozlarning amal qilish muddatlarining rus tilidagi matnida:
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
в) товаров, в отношении которых законодательством Республики Узбекистан прямо предусмотрено освобождение от таможенных пошлин и налогов при помещении под таможенный режим временного ввоза”;
ц” kichik bandidanспециальной” va “не производимых в Республике Узбекистан” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Освобождение от уплаты таможенных пошлин и налогов при временном ввозе товаров и транспортных средств предоставляется на следующие сроки:
для товаров и транспортных средств, указанных в подпунктах «а» и «б» пункта 1 Перечня — на срок аккредитации лиц, указанных в этих подпунктах;
для товаров, указанных в подпункте «в» пункта 1 Перечня — на срок, предусмотренный законодательством Республики Узбекистан для освобождения от уплаты таможенных пошлин и налогов;
для товаров, указанных в подпунктах «г» — «х» пункта 1 Перечня — на срок до одного года;
для товаров, указанных в подпункте «ц» пункта 1 Перечня — на срок реализации проектов с участием международных финансовых институтов и иностранных правительственных финансовых организаций;
для товаров, указанных в подпункте «ш» пункта 1 Перечня — на срок действия договора аренды (лизинга).
По истечении сроков, указанных в первой части данного пункта, к указанным товарам и транспортным средствам применяются периодические таможенные платежи на дальнейший срок временного ввоза»;
v) 3-banddagiГосударственным таможенным комитетом Республики Узбекистан” soʻzlari “Таможенным комитетом при Министерстве экономики и финансов” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyasini oʻz nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki deklarantning yoxud deklarant bilan shartnoma tuzgan bojxona brokerining shtat birligida boʻlgan bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis;
TIF ishtirokchilari roʻyxati — deklarant tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “TIF ishtirokchilari roʻyxati” interaktiv xizmatiga qoʻshish va chiqarish yoʻli bilan shakllantiriladigan TIF ishtirokchilari roʻyxati”;
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat bojxona qoʻmitasi)” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tovarlar manzil bojxona postiga yetkazilgandan soʻng tovarlarning yetib kelganligini tasdiqlash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda tovarlar “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan nazoratdan oʻtkazilib, bojxona organlarining axborot tizimi orqali tovar va transport vositasini manzilga yetib kelganligini tasdiqlash va nazoratdan yechish boʻyicha bojxona organlarining qarori maʼlum qilinadi”;
v) 12-bandagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Bojxona qoʻmitasi tovarlarni TEDni elektron shaklini tasdiqlaydi va oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi”;
d) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha toʻrt bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda — vakolatli organlari majburiy tartibda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga oʻzlarining ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarini kiritilishini taʼminlaydi.
“Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga vakolatli organlar tomonidan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar hamda maʼlumotlar kiritilmagan boʻlsa, tizim tomonidan TED qabul qilinmaydi.
Ikkinchi bosqichda — deklarant TIF ishtirokchisi kabineti orqali roʻyxatdan oʻtgan holda TIF ishtirokchilari roʻyxatiga ishonch bildirgan shaxs, bojxona brokeri yoki oʻz shtat birligida boʻlgan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda TIF ishtirokchilari tomonidan bojxona xizmati organlariga TEDni taqdim etish vakolat muddatlarini kiritadi, bundan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari mustasno.
Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari nomidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan TED taqdim etilganda, bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisidagi maʼlumotlar TIF ishtirokchilari roʻyxatiga kiritilmaydi.
Deklarant tomonidan TIF ishtirokchilari roʻyxatiga kiritilgan bojxona brokeri TIF ishtirokchisi kabineti orqali roʻyxatdan oʻtgan holda oʻzining shtat birligida boʻlgan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib, bojxona xizmati organlariga tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashni taqdim etish vakolat muddatini koʻrsatadi.
Deklarant yoki u ishonch bildirilgan shaxs TIF ishtirokchisi kabinetidagi “E-arxiv” interaktiv xizmatidan foydalangan holda elektron arxivni shakllantirib, unga oʻzining ERIsi bilan tasdiqlagan bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarning elektron shakllarini joylashtiradi yoki deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan ERI bilan tasdiqlangan holda taqdim etiladigan hujjatlarni bojxona yuk deklaratsiyasiga belgilangan tartibda biriktirgan holda yuboradi.
Elektron arxivga joylashtirilgan hujjatlarga avtomatik tarzda maxsus raqam beriladi va bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Elektron arxivga joylashtirilgan hujjatlar deklarant tomonidan oʻzgartirilishi va uchirilishi mumkin, bunda deklaratsiyalash jarayonida hamda bojxona rasmiylashtiruvi davomida foydalanilgan hujjatlar mustasno.
Taqdim etiladigan hujjatlarning roʻyxati va formati, ularning taqdim etish tartibi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi va bu haqda “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali maʼlum qilinadi.
Deklarant maʼlum qilingan maxsus raqamni TIF ishtirokchilari roʻyxatida maʼlumoti kiritilgan bojxona brokeri yoki bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisga taqdim etadi hamda ularga TIF ishtirokchisi kabinetida faqat ushbu maxsus raqam berilgan hujjatlarni koʻrish, zarur hollarda koʻchirib olish imkoniyatini taʼminlaydi, bundan TED deklarant tomonidan taqdim etiladigan hollar mustasno.
Deklaratsiyalovchi shaxs TIF ishtirokchisi kabinetida roʻyxatdan oʻtgan holda “E-arxiv” interaktiv xizmatining elektron arxividagi maxsus raqami boʻlgan hujjatlar yoki deklarant yoxud u ishonch bildirgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida TEDni shakllantiradi, oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, BQ YAAAT orqali bojxona xizmati organlariga yuboradi. Bunda TEDni toʻldirishga asos boʻlib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlar deklaratsiyalovchi shaxsga deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs tomonidan taqdim etilgan boʻlsa, TED bilan birga taqdim etiladigan hujjatlarni ham ERIsi bilan tasdiqlagan holda BQ YAAAT orqali bojxona organiga yuboradi.
TEDni shakllantirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan asos boʻlgan elektron hujjatlar maxsus raqami koʻrsatiladi va ushbu elektron hujjatlarni bojxona xizmati organlariga taqdim etish talab etilmaydi, bunda “E-arxiv” interaktiv xizmatida mavjud boʻlmagan hujjatlar mustasno.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bojxona organiga TED kelib tushganida, bu haqda TIF ishtirokchisi kabineti orqali deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Uchinchi bosqichda — bojxona xizmati organlariga kelib tushgan TED bojxona axborot tizimining dastlabki format-mantiqiy nazoratidan oʻtkaziladi va tekshiruvlarning ijobiy natijasida, tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashga avtomatlashtirilgan tarzda tartib raqami berilib, roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Format-mantiqiy nazoratda TEDda xato va kamchiliklar yoki nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash qaytariladi va bu haqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
TED roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga ega hujjatga aylanadi.
Roʻyxatdan oʻtgan TED bojxona axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda tovarlar bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona xizmati organi xodimlari oʻrtasida taqsimlanadi yoki bojxona xizmati organi xodimi ishtirokisiz, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda ushbu Nizomning 3-bobida koʻrsatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Toʻrtinchi bosqichda — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlangan TED bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan qabul qilinadi va bu haqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga TIF ishtirokchisi kabineti orqali tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
TED ushbu xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab qabul qilingan hisoblanadi.
TEDni rasmiylashtirishda bojxona axborot tizimi tomonidan xavf darajasi past deb topilgan deklaratsiyalar ustuvor deb hisoblanadi.
Bojxona xizmati organlari xodimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etish bilan birga “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini qoʻllash natijasiga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi.
TEDning bojxona rasmiylashtiruvi u qabul qilingan vaqtdan boshlab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
a) xavf darajasi past boʻlganda va bojxona yuk deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda, uch soat davomida (bojxona xizmati organlarining ish vaqtidan tashqari paytda bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);
b) xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega boʻlganda va bojxona yuk deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda, sakkiz soat davomida (bojxona xizmati organlarining ish vaqtidan tashqari paytda bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);
v) xavf darajasi yuqori koʻrsatkichga ega boʻlganda yoki ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida muddati keltirilmagan hollarda qonunchilikda belgilangan umumiy muddatda rasmiylashtiriladi.
Bojxona xizmati organlari xodimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimining natijalariga asoslangan holda, xavf darajasiga koʻra quyidagi harakatlarni amalga oshirmaydi:
xavf darajasi past boʻlganda, elektron hujjatlarning aslini talab etish yoki bojxona koʻrigi oʻtkazish yoxud bojxona ekspertizasini tayinlash;
xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega boʻlganda, bojxona koʻrigini oʻtkazish.
Ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan muddatlari oʻtkazib yuborilganda, bojxona xizmati organlari xodimi muddatlarning oʻtib ketganligining asoslantirilgan sabablari deklaratsiyalovchi shaxsga tasdiqlangan elektron xabarnoma orqali maʼlum qilinadi”;
e) 20-banddagi, 29-banddagi, 31-bandning oltinchi xatboshisidagi va 38-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
j) 26-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi — elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazi” soʻzlari “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuklarning bojxona rasmiylashtiruvida elektron shaklida deklaratsiyalash jarayonidan foydalanayotgan deklarantlar yoki bojxona brokerlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq TIF ishtirokchilari roʻyxatiga kiritilayotgan maʼlumotlarni toʻgʻriligini taʼminlaydilar”;
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Deklaratsiyalovchi shaxs TEDdagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va uni toʻldirish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi, TEDni toʻldirish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning notoʻgʻriligi bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
Deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs taqdim etilgan hujjatlardagi (TED bundan mustasno) maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgar hisoblanadi”;
i) 33-banddagi “deklaratsiyalovchi shaxslar” soʻzlari “TIF ishtirokchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) quyidagi mazmundagi 361-band bilan toʻldirilsin:
“361. “E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali eksport bojxona rejimi uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida unda koʻrsatilgan tovarlar nazoratga qoʻyilgan bojxona organiga taqdim etilmagan boʻlsa, bojxona yuk deklaratsiyasi berilmagan deb hisoblanadi va bojxona organi tomonidan bekor qilinadi.
Bunda bojxona yuk deklaratsiyasi bekor qilinganligi toʻgʻrisida deklaratsiyalovchi shaxsga TIF ishtirokchisi kabineti orqali tegishli xabarnoma yuboriladi”;
l) 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona qoʻmitasi deklaratsiyalovchi shaxslarga tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash va Bojxona qoʻmitasi tomonidan koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar orqali ular tomonidan taqdim etilgan tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlarning va elektron hujjatlarning deklaratsiya rasmiylashtirilgan sanadan boshlab oʻn besh kunlik muddatga qadar yuklab olish, qogʻozda yozma shaklini chop etish huquqi va imkoniyatini taʼminlaydi.
Bojxona qoʻmitasi pulli xizmat asosida deklarantlarga oʻzlariga tegishli tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlarning bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch yil ichida oʻz serverida saqlab berish, ularni qogʻozda yozma shaklini chop etish va tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashga oid boshqa maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlaydi.
Pulli xizmatdan tushgan yigʻimlar Bojxona qoʻmitasining rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Mazkur pulli xizmatlarning turlari, shakllari, maqomlari va xizmatga pul toʻlashning tariflari Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi va oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.”;
m) 43-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“TEDni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazayotgan bojxona organi xodimi quyidagi holatlarda javobgar hisoblanmaydi:
rasmiylashtirilgan TED boʻyicha berilgan imtiyozlardan maqsadsiz foydalanganligi aniqlanganda;
tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati natijasida rasmiylashtirilgan TEDdan qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblanganda yoki qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
boshqa davlatlarning bojxona organlari hamda xalqaro tashkilotlarga yuborilgan soʻrovnoma boʻyicha olingan javobga asosan rasmiylashtirilgan TEDda qonunchilik talablarining buzilganligi aniqlanganda”;
n) quyidagi mazmundagi 61-bob bilan toʻldirilsin:
61-bob. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga egalik qilish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish
331. Bojxona ombori, erkin ombor, vaqtincha olib kirish va vaqtincha olib chiqish bojxona rejimlaridan biriga rasmiylashtirilib, bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga egalik qilish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin.
332. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni bojxona ombori va erkin ombor bojxona rejimlaridan biriga joylashtirmasdan ularga egalik qilish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, erkin muomalaga chiqarish va eksport bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar bundan mustasno.
Erkin muomalaga chiqarish va eksport bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlarga egalik qilish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish Bojxona qoʻmitasi tomonidan Kodeksning 266-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Vaqtincha olib kirish va vaqtincha olib chiqish bojxona rejimlaridan biriga joylashtirilgan tovarlarning boshqa shaxsga faqat foydalanish yoki tasarruf etish huquqini oʻtkazish mumkin.
333. Tovarga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish uchun tovarga vakolatli shaxs bojxona organlarini bojxona organlarining axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor etadi.
334. Tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs quyidagilarni amalga oshiradi:
joʻnatuvchining yoki shartnoma tuzuvchi xorijiy hamkorning tovarga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish uchun rozilik xatini olishi;
ushbu tovarlar boʻyicha shartnoma tuzuvchi xorijiy hamkor tomonidan tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs nomiga invoys (hisob, hisob-faktura) olishi, tovarga tuzilgan kontrakt (shartnoma, kelishuv) boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun javobgar etib tovarga vakolatli shaxs belgilangan hollar bundan mustasno;
tovarga tuzilgan kontrakt (shartnoma, kelishuv) boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun javobgar etib tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs belgilangan boʻlsa, bu boʻyicha kontrakt (shartnoma, kelishuv) tuzishi va uni tegishli axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazishi;
bojxona organlariga tovarga vakolatli shaxs nomiga xorijiy hamkor tomonidan taqdim etilgan invoys va mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida olinishi nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga tanlangan bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda BYDni taqdim etishi.
335. Tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxsning tovarga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqi BYD bojxona organiga berilgan paytdan eʼtiboran boshqa shaxsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. BYD berilgan paytda tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxsda bojxona rejimiga rioya etilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar yuzaga keladi.
336. Belgilangan talablar va shartlar asosida tovarga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazilganligi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni saqlash muddatini toʻxtatib turmaydi va uzaytirmaydi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-dekabrdagi 1029-son qarorida:
a) nomidagi, muqaddimadagi va 1-bandning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi xatboshilaridagi, 1, 2 va 3-ilovalarning nomidagi tegishli kelishikdagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Bojxona qoʻmitasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4, 5, 6, 8, 11, 14-bandlardagi, 9-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi hamda 4-ilovaning Izohidagi tegishli kelishikdagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Milliy kinologiya markazi xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlarini qoplash hamda Markazda tashkil etiladigan xalqaro va milliy koʻrgazmalar, musobaqalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, xorijiy mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlarning delegatsiyalarini kutib olish bilan bogʻliq xarajatlar Markazning rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Bojxona qoʻmitasining koʻrsatmasiga asosan Markazning rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Bojxona qoʻmitasining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va Bojxona qoʻmitasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda sarflanadi”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi “roʻyxatda boʻlishi mumkin boʻlgan muddat” soʻzlaridan keyin “bir kalendar yil davomida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 14-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ariza beruvchi va jismoniy shaxslar mazkur bandda keltirilgan roʻyxatga olinmaydigan hamda roʻyxatdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydigan holatlarni va hujjatlardagi maʼlumotlar oʻrtasidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etilgandan soʻng oʻn kun muddatda mobil qurilmalarni roʻyxatga olish boʻyicha qayta murojaat qilishlari mumkin”;
v) 492-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“492. Ushbu Nizomda ariza beruvchiga yoki taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarga belgilangan talablarning buzilishi aniqlanganda yoki shunday holatlar toʻgʻrisida shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga asosan avval roʻyxatdan oʻtkazilgan IMEI-kodlar sudning tegishli qaroriga asosan Tizim operatori tomonidan bekor qilinadi va amalga oshirilgan xizmatlar uchun qabul qilingan toʻlovlar qaytarilmaydi”;
g) quyidagi mazmundagi 493-band bilan toʻldirilsin;
“493. Ariza beruvchi va jismoniy shaxslar mazkur Nizom talablari buzilishi oqibatida tizim operatori, tizim roʻyxatga oluvchisi va boshqa vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining qabul qilgan qarorlari yoki sodir qilgan harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning 15 va 16-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Xalqaro yoʻnalishlar uchun ochilgan avtomobil yoʻllari, temir yoʻllar va aviatsiya oʻtkazish punktlarida yoʻlovchilar va ularning yuklari hamda bagajlari bojxona nazorati va tekshiruvidan, qoidaga koʻra, ikki yoʻlakli tizim va masofaviy bojxona nazorati tizimini belgilangan tartibda qoʻllash orqali oʻtkaziladi.
Oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun ikki yoʻlakli xavflarni boshqarish tamoyillariga asoslangan davlat nazorat tartiboti quyidagi tartibda qoʻllaniladi:
“yashil yoʻlak”da — xavf darajasi past boʻlgan avtotransport vositalari va unga yuklangan tovarlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishida davlat nazoratining barcha shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi, avtotransport vositasi va uning haydovchisiga nisbatan amalga oshiriladigan hujjatli nazorat bundan mustasno;
“qizil yoʻlak”da — davlat nazorati xavf darajasi yuqori va tasodifiy tanlovda aniqlangan avtotransport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
“qizil” yoki “yashil” yoʻlaklar bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda belgilab beriladi;
oʻtkazish punktidagi davlat nazorat organlari xodimlari tomonidan “profayling” tanlov asosida avtotransport vositalari bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimida “yashil yoʻlak”dan “qizil yoʻlak”ka yoʻnaltirilib, tegishli nazorat shakllari qoʻllanadi;
mazkur tartibot Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan avtotransport vositalariga nisbatan faqatgina inspeksion koʻrik majmuasi orqali nazoratdan oʻtkazilgandan soʻng qoʻllanadi.
Oʻtkazish punktining pasport nazorati zonasi aeroportlar va avtomobil yoʻllari oʻtkazish punktlari ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini rasmiylashtirish uchun moʻljallangan sektorlar va chet el fuqarolarini rasmiylashtirish uchun moʻljallangan sektorlarga ajratilishi mumkin va bu oʻtkazish punktining texnologik sxemasida koʻrsatiladi.
16. Oʻtkazish punktlarida qoʻshma naryad tomonidan “qizil yoʻlak”dagi transport vositalari va tovarlar, shuningdek “profayling” tanlov asosida avtotransport vositalari bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimida “yashil yoʻlak”dan “qizil yoʻlak”ka yoʻnaltirilib koʻzdan kechiriladi (bojxona organlari boʻlmagan oʻtkazish punktlari bundan mustasno).
Koʻzdan kechirish natijalariga koʻra identifikatsiya vositalari (plombalar, muhrlar va boshqalar) buzilganligi va (yoki) ularga shikast yetganligi yoki Davlat chegarasini buzib oʻtuvchi shaxs kontrabanda predmetlarini yoxud noqonuniy olib ketilayotgan tovarlarni yashirgan boʻlishi mumkinligini koʻrsatuvchi belgilar aniqlanganda, shuningdek, haydovchiga nisbatan shubha boʻlganda chegara va bojxona organlari boshliqlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxsning qarori asosida transport vositasi va (yoki) tovar koʻrikdan oʻtkaziladi.
Oʻtkazish punktlari hududida avtotransport vositalari va tovarlarni (chegara va bojxona boʻlinmasi) alohida-alohida koʻzdan kechirish yoki koʻrikdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
9. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalarining 45-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“boshqa davlatlardan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan oʻtmasdan, boshqa davlatlarning hududida yoki bojxona ombori hududida yoxud shartli chiqarib yuborilgan tovarlar import qiluvchi tomonidan belgilangan omborda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgunga qadar amalga oshiriladi”.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 18-yanvardagi 21-son qarorida:
a) nomidagi, muqaddimadagi va 1-bandning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi hamda 3, 4-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi va 1-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandining oltinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Bojxona qoʻmitasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi va 14-banddagi tegishli kelishikdagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1 — 37-pozitsiyalarining “Masʼullar ijrochilar” ustunidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi va 1-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovaning ilova belgisi va nomidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2, 3 va 4-ilovalarning ilova belgisi va matnidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 5-ilovaning ilova belgisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi va 1-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“It sotuvga qoʻyilgandan soʻng nobud boʻlganda yoki kasal boʻlib qolganda yoxud tan jarohati olganda sotib oluvchi bilan shartnoma tuzish rad etiladi”;
Nizomga 1-ilovaning ilova belgisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovaning ilova belgisi va matnidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 3-ilovada:
ilova belgisi va matnidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
matnidagi “Gosudarstvennogo tamojennogo komiteta Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Tamojennogo komiteta pri Ministerstva ekonomiki i finansov Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi va 2-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Bojxona qoʻmitasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1 va 2-ilovalarning ilova belgisi hamda nomidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 6-ilovaning nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 790-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi toʻgʻrisidagi ustavda:
a) 11-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona qoʻmitasining soʻroviga asosan MBLning Jamgʻarma mablagʻlari Bojxona qoʻmitasining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va Bojxona qoʻmitasi tomonidan qonunchilikda koʻzda tutilgan hollar bilan bir qatorda xodimlarga ustamalar toʻlash, bojxona obyektlarini kapital qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga sarflanadi”;
b) 15-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy va yuridik shaxslarga hamda xorijiy davlatlarning bojxona xizmati organlariga pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda Markaziy bojxona laboratoriyasini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
MBLning pulli xizmatlari boʻyicha mavjud debitorlik qarzdorligi yuzasidan mablagʻlarni qaytarib berish toʻgʻrisida murojaat uch yil muddat ichida taqdim etilmaganda, ushbu pul mablagʻlari bojxona organlari tomonidan oʻn besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 626-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “2025-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari “2025-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarma)” soʻzlari “bojxona organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 5-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi” soʻzlari “bojxona organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga tranzit deklaratsiyasini oʻz nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki deklarantning yoxud deklarant bilan shartnoma tuzgan bojxona brokerining shtat birligida boʻlgan tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
joʻnatuvchi bojxona organi — qaysi bojxona organi faoliyat koʻrsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish boshlanadigan boʻlsa, oʻsha bojxona organi”;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
tovar kelib tushadigan bojxona organi — qaysi bojxona organi faoliyat koʻrsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish tugallanadigan boʻlsa, oʻsha bojxona organi”;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tovar va transport vositalari respublika hududidan olib chiqilayotganda, bundan reeksport bojxona rejimidagi tovarlar olib chiqilishi mustasno”;
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Tranzit deklaratsiyasi joʻnatuvchi bojxona organiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda “E-Tranzit” AAT orqali deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etiladi.
Tranzit deklaratsiyasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etilganda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan tranzit deklaratsiyasi jamiyatning masʼul xodimi tomonidan umumlashtiriladi va bitta temir yoʻl transporti tarkibi doirasida bojxona organiga oʻziga biriktirilgan elektron raqamli imzosi orqali taqdim etiladi.
Bunda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining masʼul xodimiga tranzit deklaratsiyasi tovarga vakolatli shaxs yoki u bilan shartnoma tuzgan bojxona brokeri nomidan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis tomonidan oʻziga biriktirilgan elektron raqamli imzosi orqali taqdim etilishi mumkin.
Tranzit deklaratsiyasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati masʼul xodimiga deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilganda mazkur Nizomning 11-bandida qayd etilgan talablar boʻyicha tranzit deklaratsiyasidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va unga ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi uchun javobgarlik tranzit deklaratsiyasini toʻldirgan va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati masʼul xodimiga taqdim etgan deklaratsiyalovchi shaxsda qoladi”;
g) 13-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) havo transportida xalqaro tashish chogʻida:
yuk qaydnomasi;
avia yuk xati;
tijorat hujjatlari;
tovarlarning bojxona chegarasi orqali harakatlanishida taqiqlar va cheklovlarga rioya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar, agar bunday harakatlanish ushbu hujjatlar mavjudligida ruxsat berilgan taqdirda”;
d) 22 va 23-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Axborot tizimida tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi fakti tasdiqlangandan soʻng bojxona tranziti bojxona rejimi yakunlanadi.
23. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tovarning kuzatuv hujjatlariga bojxona organlari tomonidan belgi qoʻyilishi koʻzda tutilgan hollarda mazkur Nizomning 21-bandi talablari bajarilgandan soʻng tashuvchi kuzatuv hujjatlarini tovarlar kelib tushadigan bojxona organiga belgi qoʻyish uchun taqdim etadi.
Kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan soʻng tovar kelib tushadigan bojxona organi tegishli belgini qoʻyadi va tashuvchiga qaytarib beradi”;
e) 24-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vaqtincha saqlash” maqomida turgan tovarlarni belgilangan muddatda boshqa bojxona rejimiga joylashtirishga masʼul shaxsning maʼlumotlari deklarant yoki uning nomidan ish koʻruvchi vakolatli shaxs tomonidan Bojxona qoʻmitasining “Bojxona va yuk operatsiyalari” axborot tizimida tasdiqlanadi”;
j) ilovaning “2-bosqich” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2-bosqich

Bojxona organi axborot tizimi

Tashuvchi tomonidan tovar va transport vositasi belgilangan manzilga yetkazib berilgandan hamda chegara bojxona postida hisoblangan yigʻimlar toʻlangandan soʻng bojxona organi axborot tizimida tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi hamda yigʻimlar toʻlanganligi tasdiqlanadi hamda bojxona tranziti bojxona rejimi yakunlanadi.

Real vaqt rejimida

Tashuvchi

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tovarning kuzatuv hujjatlariga bojxona organlari tomonidan belgi qoʻyilishi koʻzda tutilgan hollarda mazkur Nizomning 21-bandi talablari bajarilgandan soʻng tashuvchi tovarlar kelib tushadigan bojxona organiga belgi qoʻyish uchun taqdim etadi.

Ish vaqtida uch soat ichida

Tovarlar kelib tushadigan bojxona organi

Kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan soʻng tovar kelib tushadigan bojxona organi tegishli belgini qoʻyadi va tashuvchiga qaytarib beradi.

30 daqiqa ichida

.

Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-martdagi 114-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2026-y., 09/26/114/0272-son)
15. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yigʻimlari stavkalarida:
a) 1-bandda:
“g” kichik banddagi “bojxona kirim orderini qoʻllash orqali (bir dona order uchun)” soʻzlari “umumiy shakldagi bojxona kirim orderini qoʻllash orqali (bir dona bojxona kirim orderi uchun)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik banddagi “xalqaro kuryerlik joʻnatmalari (1 kg (brutto) xalqaro kuryerlik joʻnatmasi uchun)” soʻzlari “xalqaro kuryerlik tashkilotining murojaatiga asosan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari (1 kg brutto uchun)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Izoh” qismida:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qaroriga ilovaning 4 va 12-bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga 2-ilovaning 11-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼmol tovarlari olib kelish va sotish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qaroriga 1-ilovaning 1 va 4-bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 9-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 9-martdagi PQ-302-son qarori)” 2006-yil 1-avgustdagi 154-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 4, 6 va 15-bandlari.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 3-yanvardagi 4-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 2-ilovaning 6 va 16-bandlari.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 5, 12 va 44-bandlari.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” 2014-yil 14-iyuldagi PQ-2208-son qarori)” 2014-yil 29-avgustdagi 242-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 3, 17, 21, 27, 37, 62, 73, 101, 107, 122, 128 va 137-bandlari.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-son Qonuni)” 2017-yil 1-dekabrdagi 960-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 9-fevraldagi 101-son qarori.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 8, 11, 24, 29, 51, 52 va 63-bandlari.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori)” 2018-yil 18-iyuldagi 553-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2018-yil 17-avgustdagi 672-son qarori.
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida” 2019-yil 10-dekabrdagi OʻRQ-591-son Qonuni)” 2020-yil 16-apreldagi 234-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
20. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 5-avgustdagi 463-son qarorining 7-bandi hamda qarorga 2-ilova.
21. Vazirlar Mahkamasining ““Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
22. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 25-fevraldagi 101-son qarori.
23. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 21-dekabrdagi 767-son qarori.
24. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona sohasidagi tartib-taomillar takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 5-sentabrdagi 487-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
25. Vazirlar Mahkamasining “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 11-sentabrdagi 562-son qaroriga 5-ilovaning 42-bandi.
26. Vazirlar Mahkamasining “Rasmiy statistika faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 6-oktabrdagi 627-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 26.03.2026-y., 09/26/114/0272-son)