Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.02.2026
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli “Bojxona sohasidagi ayrim tartib-taomillarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2026-yil 8-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan bojxona xizmatlarining sifati va samaradorligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi PQ-3447-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) 2-bandi birinchi xatboshisidagi “3926” raqamlari “4037” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-fevral,
101-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/101/0684-son)