|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.06.2015
|
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruviNING
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN JISMONIY ShAXSLAR — REZIDENTLARGA NAQD XORIJIY VALYUTANI MAMLAKAT HUDUDIDAN TAShQARIGA OLIB ChIQIShGA RUXSATNOMALAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNING YANGI TAHRIRINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDAGI” QARORGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 9-sentabrda 1253-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-maydagi 12/6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2678, 03.06.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” Qonunining 7-bandi, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” Qonunining 40-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 353-sonli “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000-yil 3-iyuldagi 12/1-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani mamlakat hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisida Nizomning yangi tahririni tasdiqlash toʻgʻrisidagi” Boshqaruv qarori (2003-yil 3-iyuldagi roʻyxat raqami 1253)ga oʻzgartirishlar ilovaga* muvofiq kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng, 10 kundan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 23-avgust,
20/1-son
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son)