1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
2.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
buyrugʻi
Sugʻurta xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3571]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Sugʻurta xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Direktor D. LI
Toshkent sh.,
2024-yil 12-sentabr,
9-son
Kelishildi:
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2024-yil 23-avgust
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
2024-yil 29-avgust
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2024-yil 13-avgust
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2024-yil 16-avgust
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2024-yil 20-avgust
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
2024-yil 16-avgust
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2024-yil 16-avgust
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri v.b. Sh. XIDOYATOV
2024-yil 12-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 12-sentabrdagi 9-son buyrugʻiga ILOVA
Sugʻurta xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatishtartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom sugʻurta xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
axborot almashinuvi ishtirokchilari — sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari, Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi va Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiyalashgan vazirlik va idoralar;
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
sugʻurta daʼvosi — sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan muayyan voqea (sugʻurta hodisasi) yuz berganda, sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash uchun berilgan ariza;
Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda Yagona tizim deb yuritiladi) — manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari va markaziy maʼlumotlar bazalari, jismoniy va yuridik shaxslar markaziy maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan sugʻurta bozori maʼlumotlarini hisobga olish va isteʼmolchilarga elektron sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatini taʼminlovchi yagona tizim.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
2. Sugʻurta shartnomalari Yagona tizim, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (bundan buyon matnda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali deb yuritiladi), sugʻurtalovchi yoki sugʻurta agentining dasturiy taʼminoti (axborot tizimlari) orqali elektron shaklda tuzilishi mumkin.
3. Sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta shartnomalari Yagona tizim orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi va sugʻurta polislari ushbu tizim orqali mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. Qonunchilikda sugʻurta polisining shakli tasdiqlangan boʻlsa, sugʻurta polisi qonunchilikda belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
4. Sugʻurta shartnomalarini elektron tarzda tuzish hamda roʻyxatdan oʻtkazishni taʼminlash maqsadida axborot almashinuvi ishtirokchilarining dasturiy taʼminotlari (axborot tizimlari) Yagona tizim bilan integratsiya qilinadi hamda sugʻurta shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uzatiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
5. Sugʻurta xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatuvchi sugʻurta agenti oʻzining dasturiy taʼminotida (axborot tizimlarida) sugʻurta qildiruvchilar uchun sugʻurtalovchini erkin tanlash imkoniyatini yaratishi hamda sugʻurtalovchilarning vakolatli davlat organi tomonidan eʼlon qilingan reyting koʻrsatkichlarini aks ettirishi shart.
2-bob. Sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini tuzish va Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
6. Ish beruvchining va tashuvchining fuqarolik javobgarligini elektron shaklda majburiy sugʻurta qilishda:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
a) sugʻurta shartnomasi Yagona tizim orqali tuzilganda:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining “my.soliq.uz” elektron tizimida soliq hisobotlarini taqdim etishda fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha amaldagi sugʻurta polisiga ega boʻlmagan ish beruvchilar va tashuvchilar axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda aniqlab boriladi;
(6-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3571-1, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3571-1/0264-son)
fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha amaldagi sugʻurta polisiga ega boʻlmagan ish beruvchilar yoki tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining “my.soliq.uz” elektron tizimidagi shaxsiy kabinetiga majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish zarurligi toʻgʻrisidagi axborot avtomatik ravishda Yagona tizimga elektron havola qilingan holda yuboriladi;
(6-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3571-1, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3571-1/0264-son)
ushbu elektron havola orqali Yagona tizimga kirilganda, ish beruvchilar yoki tashuvchilar tomonidan Yagona tizimdagi sugʻurtalovchilardan biri tanlangan holda sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha ommaviy oferta shaklidagi elektron ariza sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotiga (axborot tizimlariga) yuboriladi. Bunda, sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotida (axborot tizimlarida) avtomatik ravishda elektron ariza asosida sugʻurta shartnomasi tuziladi;
b) ish beruvchilar yoki tashuvchilar tomonidan sugʻurtalovchining dasturiy taʼminoti (axborot tizimlari) orqali sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha ommaviy oferta shaklidagi elektron ariza kiritilganda, sugʻurta shartnomasi sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotida (axborot tizimlarida) elektron ariza asosida avtomatik tarzda tuziladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
v) ish beruvchilar yoki tashuvchilar tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki sugʻurta agentining dasturiy taʼminoti (axborot tizimlari) orqali sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha ommaviy oferta shaklidagi elektron ariza kiritilganda, sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotida elektron ariza asosida sugʻurta shartnomasi avtomatik tarzda tuziladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
7. Davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanayotgan qurilish obyektlari boʻyicha tavakkalchiliklarni elektron shaklda sugʻurta qilishda:
a) sugʻurta shartnomasi Yagona tizim orqali tuzilganda:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida mazkur turdagi amaldagi sugʻurta polisiga (toʻliq qurilish davri uchun) ega boʻlmagan yuridik shaxslar axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda aniqlab boriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali mazkur turdagi amaldagi sugʻurta polisiga ega boʻlmagan yuridik shaxslar majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzishi zarurligi toʻgʻrisidagi axborot Yagona tizimga elektron havola qilingan holda yuboriladi;
ushbu elektron havola orqali Yagona tizimga kirilganda, sugʻurta qildiruvchi tomonidan Yagona tizimdagi sugʻurtalovchilardan biri tanlangan holda sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha ommaviy oferta shaklidagi elektron ariza sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotiga (axborot tizimlariga) yuboriladi. Bunda, sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotida (axborot tizimlarida) elektron ariza asosida sugʻurta shartnomasi avtomatik tarzda tuziladi;
b) sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchining dasturiy taʼminoti (axborot tizimlari) orqali sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha ommaviy oferta shaklida elektron ariza kiritilganda, sugʻurta shartnomasi sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotida (axborot tizimlarida) elektron ariza asosida avtomatik tarzda tuziladi;
v) sugʻurta qildiruvchi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki sugʻurta agentining dasturiy taʼminoti (axborot tizimlari) orqali sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha ommaviy oferta shaklida elektron ariza kiritilganda, sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotida elektron ariza asosida sugʻurta shartnomasi avtomatik tarzda tuziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.04.00 Zararli va ogʻir mehnat sharoitlari. Mehnatning alohida holatlari;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.08.00 Alohida toifadagi xodimlarni ijtimoiy sugʻurta qilish;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.08.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik;
5.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
8. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz berganda, boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligini elektron shaklda sugʻurta qilishda:
a) sugʻurta shartnomasi Yagona tizim orqali tuzilganda:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi dasturiy taʼminotida (axborot tizimlarida) mazkur turdagi amaldagi sugʻurta polisiga ega boʻlmagan yuridik shaxslar axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda aniqlab boriladi;
(8-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3571-1, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3571-1/0264-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi dasturiy taʼminoti (axborot tizimlari) orqali mazkur turdagi amaldagi sugʻurta polisiga ega boʻlmagan yuridik shaxslar majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish zarurligi toʻgʻrisidagi axborot Yagona tizimga elektron havola qilingan holda yuboriladi;
(8-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3571-1, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3571-1/0264-son)
ushbu elektron havola orqali Yagona tizimga kirilganda, sugʻurta qildiruvchi tomonidan Yagona tizimdagi sugʻurtalovchilardan biri tanlangan holda sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha ommaviy oferta shaklidagi elektron ariza sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotiga (axborot tizimlariga) yuboriladi. Bunda, sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotida (axborot tizimlarida) elektron ariza asosida sugʻurta shartnomasi avtomatik tarzda tuziladi;
b) sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchining dasturiy taʼminoti (axborot tizimlari) orqali sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha ommaviy oferta shaklida elektron ariza kiritilganda, sugʻurta shartnomasi sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotida (axborot tizimlarida) elektron ariza asosida avtomatik tarzda tuziladi;
v) sugʻurta qildiruvchi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki sugʻurta agentining dasturiy taʼminoti (axborot tizimlari) orqali sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha ommaviy oferta shaklida elektron ariza kiritilganda, sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotida elektron ariza asosida sugʻurta shartnomasi avtomatik tarzda tuziladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
9. Boshqa sugʻurta shartnomalarini elektron shaklda tuzishda:
sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchining dasturiy taʼminoti (axborot tizimlari) orqali sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha ommaviy oferta shaklida elektron ariza kiritilganda, sugʻurta shartnomasi sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotida (axborot tizimlarida) elektron ariza asosida avtomatik tarzda tuziladi;
sugʻurta qildiruvchi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki sugʻurta agentining dasturiy taʼminoti (axborot tizimlari) orqali sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha ommaviy oferta shaklida elektron ariza kiritilganda, sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotida elektron ariza asosida sugʻurta shartnomasi avtomatik tarzda tuziladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
10. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, sugʻurtalovchi yoki sugʻurta agentining dasturiy taʼminoti (axborot tizimlari) orqali sugʻurta shartnomalari elektron shaklda tuzilganidan soʻng elektron arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar Yagona tizimga avtomatik tarzda yuboriladi hamda sugʻurta shartnomalari Yagona tizimda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
11. Bitta sugʻurta shartnomasi boʻyicha ayni bir obyektni bir nechta sugʻurtalovchi tomonidan birgalikda sugʻurta qilish shartnomalarini Yagona tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
sugʻurta shartnomasi sugʻurtalovchining dasturiy taʼminotida (axborot tizimlarida) tuzilganda, sugʻurtalovchi (vakil) yoki uning sugʻurta agenti tomonidan sugʻurtalovchilar tasdiqlagan elektron arizaga asosan sugʻurta shartnomasi Yagona tizimda avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi;
sugʻurta shartnomasi sugʻurta agentining dasturiy taʼminotida (axborot tizimlari) tuzilganda, sugʻurtalovchilar tasdiqlagan elektron arizaga asosan sugʻurtalovchining dasturiy taʼminoti orqali sugʻurta shartnomasi Yagona tizimda avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
12. Qayta sugʻurta shartnomalarini Yagona tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) qayta sugʻurta qildiruvchi bilan qayta sugʻurtalovchi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri qayta sugʻurta shartnomasi tuzilganda, qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan elektron ariza qayta sugʻurtalovchiga yuboriladi hamda elektron ariza qayta sugʻurtalovchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng qayta sugʻurta shartnomasi (jumladan, qayta sugʻurta qilish slipi va boshqalar) Yagona tizim orqali avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi;
b) qayta sugʻurta brokeri ishtirokida qayta sugʻurta shartnomasi tuzilganda:
qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan elektron ariza qayta sugʻurta brokeriga tasdiqlash uchun yuboriladi hamda elektron ariza qayta sugʻurta brokeri tomonidan tasdiqlanganidan soʻng qayta sugʻurta shartnomasi (jumladan, qayta sugʻurta qilish slipi va boshqalar) Yagona tizim orqali avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi;
qayta sugʻurta brokeri tomonidan elektron ariza qayta sugʻurtalovchiga yuboriladi hamda qayta sugʻurtalovchi tomonidan elektron ariza tasdiqlanganidan soʻng qayta sugʻurta shartnomasi (jumladan, kovernota va boshqalar) Yagona tizim orqali avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi;
v) qayta sugʻurta shartnomasi norezident sugʻurtalovchilar bilan tuzilganda, rezident qayta sugʻurta qildiruvchi yoki rezident qayta sugʻurtalovchilar tomonidan elektron arizani Yagona tizimga yuborish orqali qayta sugʻurta shartnomasi Yagona tizimda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
13. Qayta sugʻurta qildiruvchi (qayta sugʻurta brokeri) sugʻurta majburiyatlarini qayta sugʻurtalash uchun xorijiy sugʻurta tashkilotlariga berishdan avval beriladigan sugʻurta majburiyatlarining kamida 50 foizi miqdorida qayta sugʻurtalash boʻyicha ofertani (qayta sugʻurtalash shartnomalarini tuzish takliflarini) Oʻzbekiston Respublikasi hududida qayta sugʻurtalash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan sugʻurta tashkilotlariga Yagona tizim orqali yuboradi.
Bunda:
qayta sugʻurta qildiruvchi yoki qayta sugʻurta brokeri qayta sugʻurtalash boʻyicha ofertani Yagona tizimga kiritadi;
ofertani akseptlash yoki uni rad etish qayta sugʻurtalovchilar tomonidan Yagona tizimda amalga oshiriladi.
14. Sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomasiga oʻzgartirish kiritish yoki uni bekor qilish ushbu bobda belgilangan tartibda Yagona tizimda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
3-bob. Sugʻurta polisini rasmiylashtirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
15. Sugʻurta shartnomasi Yagona tizimda roʻyxatdan oʻtkazilganidan va sugʻurta mukofoti toʻlanganligi sugʻurtalovchi tomonidan elektron tarzda tasdiqlanganidan soʻng sugʻurta polisi Yagona tizim orqali avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi.
Bunda, birgalikda sugʻurta qilish shartnomalarida sugʻurta mukofoti toʻlanganligi sugʻurtalovchi (birgalikdagi sugʻurtalovchilar nomidan vakil) tomonidan elektron tarzda tasdiqlanadi.
Yagona tizim tomonidan sugʻurta polisi rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta polisiga elektron havola qilingan holda xabarnoma yuboriladi hamda sugʻurta qildiruvchi xabarnomadagi havola orqali sugʻurta polisini elektron shaklini yuklab oladi.
16. Sugʻurta polisining haqiqiyligi sugʻurta polisining maxsus kodi (QR-kod) orqali tekshirilishi mumkin.
4-bob. Yagona tizim orqali sugʻurta daʼvolarini monitoring qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi]
17. Sugʻurtalovchilar hamda Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga kelib tushgan sugʻurta daʼvolarining hisobi Yagona tizimda yuritiladi.
18. Sugʻurtalovchi qabul qilingan sugʻurta daʼvolarini keyingi ish kunidan kechiktirmay Yagona tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazadi.
Bunda, vakolatli davlat organining axborot tizimlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadigan sugʻurta daʼvolari avtomatik tarzda Yagona tizim orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
19. Sugʻurtalovchi sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqish natijasi yuzasidan arizachini xabardor qiladi va keyingi ish kunidan kechiktirmay Yagona tizimda ijro holatini belgilab ijro hujjati nusxasini yuklaydi.
20. Vakolatli davlat organi Yagona tizimda sugʻurtalovchi tomonidan koʻrib chiqilgan (chiqilayotgan) sugʻurta daʼvolari ijrosining tahlilini olib boradi.
5-bob. Yagona tizimdan foydalanish talablari va shartlari hamda tizimdan foydalanishni toʻxtatish
21. Yagona tizimdan foydalanish talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
Yagona tizimda roʻyxatdan oʻtish, bundan vazirlik va idoralar mustasno;
axborot tizimlarini Yagona tizimga toʻliq integratsiyasini amalga oshirish;
axborot tizimlaridan uzluksiz va toʻliq foydalanish imkoniyatini yaratish, bundan fors-major holatlar mustasno;
sugʻurta shartnomalarini elektron tarzda tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish hamda sugʻurta polislarini rasmiylashtirishda sugʻurta faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlariga va texnik topshiriqlarga rioya etilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
Yagona tizimga haqqoniy maʼlumotlarni kiritish;
shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashda axborot almashinuvi ishtirokchilari shaxsiy maʼlumotlar va sugʻurta siri deb tasniflangan maʼlumotlarni ularga noqonuniy yoki tasodifiy kirish, yoʻq qilish, oʻzgartirish, blokirovka qilish, nusxa olish, taqdim etish va tarqatishdan, shuningdek boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ishlov berishda ularning jisman Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda yigʻilishini, tizimlashtirilishini va saqlanishini taʼminlash.
22. Quyidagi hollarda Yagona tizimdan foydalanish toʻliq yoki qisman toʻxtatiladi:
Yagona tizimdan foydalanish talablari va shartlariga rioya qilinmaganda;
sugʻurta tashkiloti litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda;
Yagona tizim doirasida maʼlumot almashish toʻgʻrisidagi yozma bitim bekor qilinganda;
elektron turdagi sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishning har qanday bosqichida xizmat koʻrsatish imkoniyatidan foydalanish cheklanganligi aniqlanganda;
qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda.
23. Yagona tizimdan foydalanishni toʻxtatish vakolatli davlat organining qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bunda, vakolatli davlat organining qarori qabul qilinishdan oldin Yagona tizim foydalanuvchilariga kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida majburiy koʻrsatma berilishi mumkin.
24. Vakolatli davlat organi tomonidan Yagona tizimdan toʻliq yoki qisman foydalanishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida bu haqida toʻxtatish sabablarini koʻrsatgan holda tizim foydalanuvchilariga xabar beradi.
25. Yagona tizim foydalanuvchilarining Yagona tizimdan foydalanishni tiklash toʻgʻrisidagi murojaati ikki ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va Yagona tizimdan foydalanishini tiklash yoki tiklashni rad etish haqida qaror qabul qilinadi. Bunda, Yagona tizim foydalanuvchilariga bu haqida bir ish kuni ichida xabar beriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
26. Vakolatli davlat organining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish mumkin.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.12.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
27. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Sugʻurta xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
YAGONA AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMI
ersp.e-osgo.uz
Kompaniya logotipi
Seriyasi: _______
№ ____________-son
____-sonli sugʻurta shartnomasi boʻyicha
ELEKTRON SUGʻURTA POLISI
1.
Sugʻurta mahsulotining nomi
2.
Sugʻurtalovchi
3.
Sugʻurta qildiruvchi
4.
Sugʻurtalangan shaxs
5.
Naf oluvchi
6.
Sugʻurta obyekti
7.
Sugʻurta shakli
8.
Sugʻurta klassi
9.
Sugʻurta tavakkalchiliklari
10.
Sugʻurta qiymati
11.
Sugʻurta summasi
12.
Franshiza
13.
Sugʻurta mukofoti
14.
Toʻlangan sugʻurta mukofoti
15.
Sugʻurta polisining amal qilish muddati
dan
gacha
16.
Sugʻurta himoyasiga olingan hudud
17.
Sugʻurta qoidalari
ilova qilinadi
18.
Sugʻurta tashkilotining manzili
19.
Alohida qaydlar
Sugʻurta hodisasi yuz berganda quyidagi telefon raqam orqali murojaat qiling:
+998 (00) 000-00-00
sugʻurta tashkilotining telefon raqami
Berilgan sanasi : 202__ yil “_____” ___________
Berilgan vaqti : ___:___
Sugʻurta hodisasi roʻy berganda, “SugʻurtaService”
yagona mobil ilovasidan foydalanishingiz mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2024-y., 10/24/3571/0915-son; 19.03.2026-y., 10/26/3571-1/0264-son)