1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
davlat aktivini elektron onlayn-auksion orqali va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarga ijaraga va ishonchli boshqaruvga berish;
davlat tashkiloti xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda, uning mulkini baholashdan oʻtkazmagan holda ustav fondini (ustav kapitalini) qoldiq (balans) qiymati boʻyicha belgilash;
investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilgan holda obyekt joyiga chiqmasdan monitoring qilish;
Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash;
davlat muassasasi tarkibiga kiruvchi davlat tashkilotlarining respublika koʻchmas mulk obyektlarini tizimidagi bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul oʻtkazish tartibi;
davlat organlari va muassasalarining maʼmuriy binolarida tijorat tashkilotlarini ijara toʻlovi asosida joylashtirish.
Belgilansinki, mazkur qarorga 1-ilovaning 55-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi va “g” kichik bandi qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-may,
282-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini “nol” xarid qiymati boʻyicha sotishga oid bitimlar” soʻzlari “oid bitimlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan hollar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-son qarori bilan tasdiqlangan Banklarning kreditlari boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibining 8-bandidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarorida:
“aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlari qiymatini baholash baholash tashkilotlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi va ularni sotishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi) tomonidan boshlangʻich narx sifatida belgilanadi”;
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, shuningdek elektron onlayn-auksionga chiqarish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi yoki Davaktiv agentligining (bundan maxsus vakolatli davlat organi davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi) boʻlgan hollar mustasno) qaroriga asosan “E-auksion” elektron savdo platformasining elektron onlayn-auksion vositasida tanlov savdosi orqali gʻolib deb topilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomasiga binoan ishonchli boshqaruvga beriladi”;
2-banddagi “Moliya vazirligida” soʻzlari “Istiqbolli loyihalar milliy agentligida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan kelishgan holda” soʻzlari bilan hamda uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“8. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasi shartlarini tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablariga, ushbu Nizom bilan belgilangan xususiyatlarga hamda boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq belgilaydilar”;
“12. Qimmatli qogʻozlarni ishonchli boshqarish boʻyicha faoliyat va qimmatli qogʻozlarga investitsiyalash uchun moʻljallangan pul mablagʻlarini ishonchli boshqarish boʻyicha faoliyat quyidagilar oʻrtasida tuziladigan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi:
Respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat mulki boʻyicha investitsiya aktivlarining boshqaruv muassisi va foyda oluvchi sifatida Davaktiv agentligi hamda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi;
Munitsipal mulki jumlasiga kiruvchi davlat mulki boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”;
21-banddagi “Moliya vazirligining” soʻzlari “Istiqbolli loyihalar milliy agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
30-bandagi “boshqaruv muassislari” soʻzlaridan keyin “va foyda oluvchi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisining birinchi jumlasidagi “taqdirlash puli” soʻzlaridan keyin “, agar shartnomada oʻzgacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi tomonidan Adliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Davaktiv agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
311-banddagi “kuzatuvchi kengash” soʻzlari “Kuzatuv kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
32-bandning ikkinchi xatboshisi birinchi jumlasidagi “davlat paketlari boʻyicha” soʻzlaridan keyin “, agar shartnomada taqdirlash pulini toʻlashning oʻzga manbalari nazarda tutilmagan boʻlsa,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“34. Investitsiya fondlarining investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish qonunchilik talablariga muvofiq boʻlgan hamda investitsiya fondining Kuzatuv kengashi bilan shartnoma (kontrakt) tuzgan yoxud ushbu Nizomda belgilangan tartibda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tayinlangan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi”;
35-banddagi “Moliya vazirligining” soʻzlari “Istiqbolli loyihalar milliy agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
36-bandning ikkinchi jumlasidagi “Kuzatuvchi kengashi” soʻzlari “Kuzatuv kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
37-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
39-banddagi “Kuzatuvchi kengash” soʻzlari “Kuzatuv kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
40-bandning uchinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Kuzatuvchi kengashi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Kuzatuv kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
42-bandning yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Kuzatuvchi kengashi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Kuzatuv kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a”, “b”, “e”, “j” va “z” kichik bandlardagi tegishli kelishikdagi “Kuzatuvchi kengashi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Kuzatuv kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“l” kichik banddagi “Moliya vazirligiga” soʻzlari “Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-bandning birinchi xatboshisidagi “Kuzatuvchi kengash” soʻzlari “Kuzatuv kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va oʻn birinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “Moliya vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “Kuzatuvchi kengashi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Kuzatuv kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
47-banddagi “Kuzatuvchi kengashi” soʻzlari “Kuzatuv kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
48-bandning birinchi xatboshisidagi “Kuzatuvchi kengashi” soʻzlari “Kuzatuv kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
53-banddagi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida” soʻzlari “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
56-bandning birinchi xatboshisidagi “Kuzatuvchi kengashi” soʻzlari “Kuzatuv kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
59-banddagi “Kuzatuvchi kengash” soʻzlari “Kuzatuv kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Belgilab qoʻyilsinki, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi boʻyicha ikkilamchi bozordagi bitimlar faqat qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda tuziladi, aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olishga oid bitimlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi boʻyicha fond birjalari va tegishli litsenziyalarga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdo qilish tashkilotchilarining savdo tizimlaridan tashqarida ikkilamchi bozorda tuzilgan bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi, aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olishga oid bitimlar bundan mustasno”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvga berishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi);
munitsipal mulk jumlasiga kiruvchi davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvga berishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvga berish uchun asos hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 1-martdagi PQ-83-son qarori bilan belgilangan davlat ishtirokidagi korxonalarning davlat aksiyalar paketini (ulushini) ishonchli boshqaruvga berish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi”;
b) 5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Davlat aktivlarini investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga ishonchli boshqaruvga berish ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan vakolatli organlarning qarorlariga asosan “E-auksion” elektron savdo platformasining elektron onlayn-auksion vositasida tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Tanlovda ishtirok etish uchun ishonchli boshqaruvchilardan arizalarni qabul qilish va tanlovni oʻtkazish tartibi Davaktiv agentligi tomonidan belgilanadi.
6. Davlat aktivlarini ishonchli boshqarish huquqi:
respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat aktivlari boʻyicha uning boshqarish muassisi, foyda oluvchi sifatida Davaktiv agentligi hamda ishonchli boshqaruvchisi oʻrtasida;
munitsipal mulk jumlasiga kiruvchi davlat aktivlari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ishonchli boshqaruvchi oʻrtasida tuziladigan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq vujudga keladi.”;
birinchi xatboshisidagi “uni uzaytirish imkoniyati bilan birga bir yil” soʻzlari “tasdiqlangan yillik biznes-rejalarni bajarish sharti bilan besh yilgacha boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“9. Davlat aktivlarining boshqaruv muassislari davlatga tegishli aksiyalar paketlarini ishonchli boshqaruvga berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan kundan boshlab 3 ish kunidan kechikmay bu haqda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini xabardor qilishi shart”;
ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining” soʻzlari “uning boshqaruv muassisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat aktivlarini boshqarish” soʻzlari “Davaktiv” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Boshqa davlat aktivlarini boshqaruv muassisining davlat aksiya paketlarini saqlash va ularni “depo” hisob raqamiga oʻtkazish boʻyicha Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun haq ushbu subyektlar tomonidan toʻlanadi”;
oʻninchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazini” soʻzlari “tegishincha davlat aktivlarining boshqarish muassislarini va foyda oluvchini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining” soʻzlari “tegishincha davlat aktivlarini boshqarish muassislarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi” soʻzlari “tegishincha davlat aktivlarining boshqarish muassislari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“unga ishonchli boshqaruvga berilgan aksiyalar paketlari begonalashtirilishi toʻgʻrisida davlat aktivlarini boshqarish muassislarining bildirishnomasi olinganda ikki ish kuni mobaynida uni ularning “depo” hisob raqamiga oʻtkazish;
qayta tashkil etish kunida oʻzining qayta tashkil etilishi fakti toʻgʻrisida tegishincha davlat aktivlarining boshqarish muassislarini xabardor qilish;
davlat aktivlarining boshqarish muassislari huquqiy voris bilan ishonchli boshqaruv shartnomasini tuzishni rad etgan taqdirda davlatga tegishli aksiyalar paketi ikki kun muddatda ularga qaytarilishi kerak”;
“har chorakda davlat aktivlarining boshqarish muassislari va foyda oluvchi sifatida Davaktiv agentligiga Davaktiv agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda ishonchli boshqaruv toʻgʻrisida hisobot taqdim etish”;
j) 15-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi” soʻzlari “davlat aktivlarining boshqarish muassislari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) IV bobning nomlanishidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining” soʻzlari “Davlat aktivlarining boshqarish muassislari va respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat aktivlari boʻyicha foyda oluvchi sifatida Davaktiv agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 16-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi” soʻzlari “Davlat aktivlarining boshqarish muassislari va respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat aktivlari boʻyicha foyda oluvchi sifatida Davaktiv agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi” soʻzlari “Davlat aktivlarining boshqarish muassislari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga” soʻzlari “qonun hujjatlariga asosan davlat aktivlarining boshqarish muassislariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” soʻzlari “Davaktiv agentligining yoxud mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshining birinchi jumlasidagi “taqdirlash puli” soʻzlaridan keyin “, agar shartnomada oʻzgacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Adliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Davaktiv agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
m) 20-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining” soʻzlari “Davlat aktivlarini boshqarish muassislarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
n) 22-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi” soʻzlari “davlat aktivlarining boshqarish muassislari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“aksiyalar paketlarini boshqarishda — davlatga tegishli aksiyalar paketi uning boshqarish muassisining oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomasiga muvofiq ishonchli boshqaruvchining “depo” subhisobvaragʻidan uning hisobvaragʻiga oʻtkazilgan paytdan boshlab, Davaktiv agentligining yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining aksiyalar paketi (yoki uning bir qismi) ustav fondiga berilishi toʻgʻrisida buyrugʻi chiqqan paytdan boshlab;
ulushlarni boshqarishda — tegishincha davlat aktivlarining boshqarish muassislari tomonidan ishonchli boshqaruvchi bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi, ulush (yoki uning bir qismi) ustav fondiga berilganligi haqida Davaktiv agentligining yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining buyrugʻi chiqqanligi toʻgʻrisida xabardor qilingan paytdan boshlab”;
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida:
2-banddagi “(keyingi oʻrinlarda xususiylashtirish dasturi deb ataladi)” soʻzlaridan keyin “shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) qarorlariga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
“5. Davlat tashkiloti xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda, mazkur xoʻjalik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushiga nisbatan aksiyadorning (ishtirokchining) vazifalari Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi”;
“9. Agentlik yoki hududiy organ davlat tashkilotini oʻzgartirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlar mavjud boʻlmagan taqdirda, buyurtmanomani olgandan keyin besh ish kuni ichida davlat tashkilotining:
respublika mulki hisoblanganda uning muassisi;
munitsipal mulk boʻlganda tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga davlat tashkiloti muassisining va mahalliy davlat hokimiyati organining birinchi rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan davlat tashkilotini oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani taqdim etish haqida soʻrovnoma yuboradi”;
“Agar davlat tashkilotining tashkiliy-huquqiy shaklini saqlab qolish zarur boʻlsa, uning birinchi rahbari soʻrov olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida Agentlikni (tegishli hududiy boshqarmani) yozma ravishda xabardor qiladi va soʻrov olingan kundan boshlab 10 ish kunidan kechiktirmay, davlat tashkilotining tashkiliy-huquqiy shaklini saqlab qolish toʻgʻrisida tegishincha davlat tashkilotining birinchi rahbari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimlari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan va davlat tashkilotini rivojlantirishni nazarda tutuvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli Kotibiyati rahbari tomonidan tasdiqlangan tarmoq jadvaliga yoki yuqori turuvchi tashkilot tomonidan, agar u boʻlmagan taqdirda — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlangan tegishli dastur (maktabgacha taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha taʼlim muassasalari bundan mustasno) ilova qilingan holda asoslantirilgan xulosani taqdim etadi”;
“dasturda yoki tarmoq jadvalida belgilangan muddatlarda chora-tadbirlar bajarilmagan taqdirda, Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi, davlat tashkiloti munitsipal mulk hisoblanganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimlari xulosasiga binoan, respublika mulki hisoblanganda davlat tashkiloti muassisining (yuqori turuvchi tashkilotining) roziligisiz tegishli davlat tashkilotini (taʼlim muassasalari, shu jumladan maktabgacha taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha taʼlim muassasalari bundan mustasno) xususiylashtirish dasturiga kiritishi mumkin”;
“27. Oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotining xususiylashtirilmaydigan mol-mulki, agar qonun hujjatlarida boshqa qoida belgilanmagan boʻlsa, yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilmaydi hamda undan kelgusida oʻz vazifasiga muvofiq foydalanish sharti bilan tekin foydalanishga beriladi”;
28-bandning uchinchi xatboshidan “, baholovchi tashkilot bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotini baholashdan oʻtkazish uchun shartnoma tuzadi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
31-bandning uchinchi xatboshisi “tarzda tasarruf etish” soʻzlaridan keyin “yoxud boshqacha usullar bilan davlat mulkiga nisbatan majburiyatlarni yuzaga keltirish (joriy xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq hollar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
birinchi xatboshidan “baholash toʻgʻrisidagi hisobot va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Bunda:
davlat unitar korxonasi xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda uning mulki inventarizatsiyadan oʻtkazilib, xoʻjalik jamiyati ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori mulk baholashdan oʻtkazilmagan holda, soliq organlariga taqdim etilgan oxirgi buxgalteriya balansi maʼlumotlariga asosan;
davlat muassasasi xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda uning mulki inventarizatsiyadan oʻtkazilib, xoʻjalik jamiyati ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori mulk baholashdan oʻtkazilmagan holda, davlat muassasasi mulkining qoldiq (balans) qiymati boʻyicha belgilanadi”;
“Davlat mulkining yaxlitligini va but saqlanishini taʼminlash maqsadida oʻzgartirilayotgan davlat tashkilotining rahbari oʻz roziligiga asosan oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan xoʻjalik jamiyatining rahbari etib tayinlanishi mumkin”;
“46. Oʻzgartirilgan davlat tashkilotining mulkiga boʻlgan mulk huquqi yangi vujudga kelgan xoʻjalik jamiyatiga ushbu Nizomga 10-ilovadagi elektron shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi QR-kod qoʻyilgan holda, Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali beriladi. Ushbu elektron shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi jamiyatga va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboriladi”;
1-bosqichning “Tadbirlar” ustuni 3-bandidagi “yoxud” soʻzi “yoki munitsipal mulk boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi 4-band va “Bajarish muddatlari” ustunidagi beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
3-bosqichning “Tadbirlar” ustuni 1-bandidagi “Baholovchi tashkilotning davlat korxonasini yoki muassasasini baholash toʻgʻrisidagi hisoboti” soʻzlari “Mulk baholashdan oʻtkazilmagan holda, soliq organlariga taqdim etilgan oxirgi buxgalteriya balansi maʼlumotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“3. Davlat aksiyalarini sotish sotuvchi tomonidan davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining yoki emitentning takliflariga, nodavlat yuridik shaxslarning, shuningdek jismoniy shaxslarning buyurtmanomalariga muvofiq shakllantirilgan va belgilangan tartibda respublika mulki hisoblanganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki munitsipal mulk hisoblanganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga (davlat ulushi sotiladigan emitentlarning roʻyxatiga) (keyingi oʻrinlarda xususiylashtirish dasturlari deb ataladi) asosan ushbu Nizomning 1-ilovasiga binoan sxema boʻyicha amalga oshiriladi”;
“4. Davlat aksiyalarini sotish birja, shuningdek “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan boshqa usullar orqali amalga oshiriladi”;
“6. Davlat aksiyalari uch oy davomida sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlangʻich bahosi, qoldiq (balans) yoki sof aktivlari qiymatidan qatʼi nazar 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi.
Birja savdolariga va BTST savdolariga chiqarilgan davlat aksiyalari ularni savdoga qoʻyish narxi boʻyicha sotib olishga uch oy mobaynida buyurtmanoma boʻlmagan taqdirda, Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan mexanizmga asosan narx bosqichma-bosqich pasaytirib borilishi mumkin”;
“7. Davlat aksiyalarini investitsiyaviy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan sotish davlat aksiyalari emitent ustav fondining 50 foizidan oshganda “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan boshqa usullarda amalga oshiriladi”;
“Hududiy tanlov komissiyasi munitsipal mulk hisoblangan davlat aksiyalarini sotish boʻyicha arizani (taklifni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilishdan oldin koʻrib chiqadi”;
oʻninchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining” soʻzlaridan oldin “Respublika mulki boʻlgan davlat aksiyalari boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining qarorlari bilan xususiylashtiriladigan munitsipal mulk boʻlgan davlat aksiyalarini sotish boʻyicha takliflar hududiy tanlov komissiyasi tomonidan tayyorlanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga kelishish uchun kiritiladi”;
“Xususiylashtirish dasturi vakolati doirasida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
“30. Sotishga tavsiya etilayotgan davlat aksiyalari toʻgʻrisidagi eʼlon (keyingi oʻrinlarda eʼlon deb ataladi) sotuvchining va birja savdolari tashkilotchisining rasmiy veb-saytida savdolar boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin chop etiladi.
Bayram va dam olish kunlarida savdolar oʻtkazilmaydi. Savdo kuni bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida oʻtkaziladi.
quyidagi mazmundagi 341-bandbilan toʻldirilsin:”;
“341. Fond birjasiga chiqarilgan davlatga tegishli aksiyalarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat savdo jarayonlarida kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi”;
“Davlat aksiyalarini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish boʻyicha birja bitimi tuzilgan kundan boshlab bir oy ichida xaridor tomonidan sotib olish toʻlovlarining 35 foizi miqdoridagi hamda 4 va 5-toifadagi tumanlarda joylashgan aksiyadorlik jamiyatlarning davlat aksiyalarini sotib olgan xaridorlarga, shuningdek, ushbu toifadagi hududda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga 35 foizdan kam boʻlgan (bundan ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari xaridor boʻlgan hollar mustasno) (sotib olish uchun depozitga qoʻyilgan mablagʻni inobatga olgan holda) dastlabki toʻlov amalga oshirilgan taqdirda, xaridorga sotib olish toʻlovlarini foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.
Agar dastlabki toʻlov summasi ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan foizlardan (miqdorlardan) kam boʻlgan holatda, bir oylik muddat tugagan kundan keyingi kundan boshlab qolgan summaga har bir kun uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizidan kelib chiqqan holda, quyidagi formula boʻyicha kunlik foizlar hisoblanadi”;
quyidagi mazmundagi 401-band bilan toʻldirilsin:
“401. Agar davlat aksiyalari xaridorning chegirmani berish haqidagi elektron arizasiga muvofiq, sotib olish toʻlovlari bir oy muddatda toʻlanganda chegirma berishni nazarda tutuvchi birja bitimi tuzilib, xarid toʻlovlari birja bitimi tuzilgan kundan boshlab bir oy davomida toʻlangan taqdirda, xaridorga xarid summasidan mazkur bitim tuzilgan sanada kuchda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi, bundan chegirma qoʻllanilmaslik sharti bilan sotilgan, shuningdek boshlangʻich narxi pasaytirilgan holda sotilgan davlat aksiyalari mustasno.
Bunda xaridorga sotib olish toʻlovlarini mazkur chegirmani qoʻllagan holda toʻlash imkoni beriladi. Agar sotib olish toʻlovlari toʻliq toʻlangan taqdirda, sotuvchi tomonidan chegirma summasi xaridorga qaytariladi”;
“baholangan narxidan past qiymatida sotilgan davlat aksiyalarining savdolari natijalari haqiqiy emas deb topilgan (bekor qilingan) yoki bitim bekor qilingan taqdirda, agar ularni savdoga qoʻyish va birja bitimini bekor qilish (haqiqiy emas deb topish) sanasi orasidagi muddat bir yildan oshmagan boʻlganda shakllangan narx boʻyicha, baholangan narxidan baland qiymatida sotilganda oxirgi savdolarga chiqarilgan narx boʻyicha;
agar savdoga qoʻyish va birja bitimini avval sotilgan davlat aksiyalari boʻyicha bekor qilish (haqiqiy emas deb topish) sanasi orasidagi muddat bir yildan oshgan boʻlsa belgilangan tartibda takroriy baholashdan keyin birja savdolariga qoʻyilishi lozim”;
“agar davlat aksiyalari birja savdolariga boshlangʻich qoʻyish narxining 10 foizigacha qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi qoʻllangandan keyin uch oy mobaynida sotilmaganda”;
“45. Ushbu Nizomning 44-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda savdolardan olingan davlat aksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan vakolati doirasida qabul qilingan tegishli qaroriga asosan:
davlat tasarrufida qoladi va (yoki) keyingi xususiylashtirish dasturlariga kiritiladi;
davlat aksiyalarini xususiylashtirish boshqa usullar orqali amalga oshirilishi mumkin.”;
54-banddagi “aksiya nominal qiymatigacha” soʻzlari “10 foizigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Xususiylashtirish dasturi (aksiyalari sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyxati) loyihasini shakllantirish va vakolat doirasida Vazirlar Mahkamasiga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashiga qaror qabul qilish uchun kiritish. Takliflar va arizalar berish”;
“Tadbirlar” ustunidagi “OAVda va sotuvchining yoki uning vositachisining” soʻzlari “sotuvchining va birja savdolari tashkilotchisining rasmiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“3. Davlat ulushini sotish sotuvchi tomonidan davlat organlarining yoki xoʻjalik boshqaruvi organlarining, jamiyatning takliflariga, nodavlat yuridik shaxslarning, shuningdek jismoniy shaxslarning buyurtmanomalariga muvofiq shakllantirilgan va belgilangan tartibda respublika mulki hisoblanganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki munitsipal mulk hisoblanganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashi qarorlari bilan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga (jamiyatlarning roʻyxatlariga) (bundan buyon matnda xususiylashtirish dasturlari deb yuritiladi) asosan ushbu Nizomga 1-ilovaga binoan sxema boʻyicha amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat ulushlari uch oy davomida sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlangʻich bahosi, qoldiq (balans) yoki sof aktivlari qiymatidan qatʼi nazar 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi.
“Hududiy tanlov komissiyasi davlat ulushini sotish boʻyicha arizani (taklifni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi uchun koʻrib chiqadi.
respublika mulki boʻlgan davlat ulushi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish zarur boʻlgan taqdirda, hududiy boshqarma hududiy tanlov komissiyasi qarori asosida ariza (taklif) boʻyicha tegishli maʼlumotlarni, hujjatlarini ilova qilgan holda Agentlikka yuboradi”;
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari qaroriga koʻra munitsipal mulk hisoblangan davlat ulushlarini sotish boʻyicha takliflar hududiy tanlov komissiyasi tomonidan tayyorlanadi va kelishish uchun tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga kiritiladi”;
“Xususiylashtirish dasturi vakolati doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
14-banddan “va toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
24-bandning ikkinchi jumlasidagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari “Agentlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ochiq auksion oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin oʻzining va sotuvchining rasmiy veb-saytida ochiq auksion toʻgʻrisidagi xabarnomani chop etadi, bunda, bayram va dam olish kunlarida savdolar oʻtkazilmaydi, savdo kuni bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida oʻtkaziladi”;
“67. “E-auksion” elektron savdo platformasida onlayn-auksion savdolari yakuni boʻyicha xaridorlar bilan oldi-sotdi shartnomalari savdo natijasi boʻyicha bayonnoma asosida elektron shaklda (shu jumladan, elektron raqamli imzo orqali) rasmiylashtiriladi”;
“81. Baholangan narxidan past qiymatida sotilgan davlat ulushlarining savdolari yakunlari bekor qilingan yoki oldi-sotdi shartnomalari bekor qilingan yoxud haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, agar ularni savdoga qoʻyish va oldi-sotdi shartnomasi bekor qilish (haqiqiy emas deb topish) sanasi orasidagi muddat bir yildan oshmagan boʻlganda shakllangan narxi boʻyicha, baholangan narxidan baland qiymatida sotilganda oxirgi savdolarga chiqarilgan narx boʻyicha — agar savdoga qoʻyish va shartnomalarni bekor qilish yoxud haqiqiy emas deb topish sanasi orasidagi muddat bir yildan oshmagan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Bunda davlat ulushi ushbu Nizomning V va VI boʻlimlariga muvofiq tegishli ravishda aynan oʻsha turdagi savdolarga qoʻyiladi.
82. Savdoga qoʻyish va oldi-sotdi shartnomalarni bekor qilish yoxud haqiqiy emas deb topish sanasi oʻrtasidagi muddat bir yildan ortiq boʻlgan taqdirda davlat ulushi belgilangan tartibda takroran baholashdan keyin savdoga qoʻyiladi”;
“Davlat ulushlarini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir oy ichida xaridor tomonidan sotib olish toʻlovlarining 35 foizi miqdoridagi hamda 4 va 5-toifadagi tumanlarda joylashgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning davlat ulushlarini sotib olgan xaridorlarga, shuningdek, ushbu toifadagi hududda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga 35 foizdan kam boʻlgan (zakalat toʻlovini inobatga olgan holda) dastlabki toʻlov amalga oshirilgan taqdirda, xaridorga sotib olish toʻlovlarini foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.
Agar dastlabki toʻlov summasi ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan foizlardan (miqdorlardan) kam boʻlgan holatda, bir oylik muddat tugagan kundan keyingi kundan boshlab qolgan summaga har bir kun uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizidan kelib chiqqan holda, quyidagi formula boʻyicha kunlik foizlar hisoblanadi”;
“85. Agar davlat ulushlari xaridorning chegirmani berish haqidagi yozma (elektron) arizasiga muvofiq, sotib olish toʻlovlari bir oy muddatda toʻlanganda chegirma berishni nazarda tutuvchi oldi-sotdi shartnomasi tuzilib, xarid toʻlovlari shartnoma tuzilgan kundan boshlab bir oy davomida toʻlangan taqdirda, xaridorga xarid summasidan mazkur shartnoma tuzilgan sanada kuchda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi, bundan chegirma qoʻllanilmaslik sharti bilan sotilgan, shuningdek boshlangʻich narxi pasaytirilgan holda sotilgan davlat ulushlari mustasno.
Bunda xaridorga sotib olish toʻlovlarini mazkur chegirmani qoʻllagan holda toʻlash imkoni beriladi. Agar sotib olish toʻlovlari toʻliq toʻlangan taqdirda, sotuvchi tomonidan chegirma summasi xaridorga qaytariladi”;
“xaridorga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shakl boʻyicha QR-kod qoʻyilgan holda jamiyat ustav fondidagi ulushga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi orderni (bundan buyon matnda order deb yuritiladi) beradi, u jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartirishlar roʻyxatdan oʻtkazilgan paytgacha xaridorga jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini tasdiqlaydi”;
“xaridorga oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha barcha majburiyatlar, jumladan sotib olish toʻlovlari va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq amalga oshirilgunga hamda investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilgunga qadar ulush qiymatining toʻlangan qismiga mutanosib ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish va dividendlar olish huquqi asosida Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali QR-kod qoʻyilgan holda “tasarruf etish huquqisiz” orderni beradi”;
“Bunda xaridor Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali ariza bergan kundan boshlab besh ish kunidan kechikmagan muddatda unga avval berilgan elektron shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi “tasarruf etish huquqisiz” orderga QR-kod qoʻyilgan holda “tasarruf etish huquqi bilan” belgisi qoʻyiladi”;
881-banddagi “sertifikat” soʻzi “order” soʻzi bilan almashtirilsin;
“89. Elektron shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi order davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali QR-kod qoʻyilgan holda tayyorlanadi, tartib raqamiga ega boʻladi va qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi”;
“91. Maxsus qogʻozda berilgan sertifikat blankasi yoʻqolganda uning dublikati elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali tegishli arizaga asosan ikki hafta ichida order beriladi”;
1-bosqichning “Tadbirlar” ustuni uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga” soʻzlari “vakolat doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bosqichning “Tadbirlar” ustuni ikkinchi xatboshidagi “OAV va” soʻzlari “rasmiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
5-bosqichi chiqarib tashlansin;
6 va 7-bosqichlar 5 va 6-bosqichlar deb hisoblansin;
5-bosqichda:
“Tadbirlar” ustunidagi “sertifikatni” soʻzi “orderni” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Bajarish muddatlari” ustunidagi “sertifikat” soʻzi “order” soʻzi bilan almashtirilsin;
6-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ulushi 10 foizgacha pasaytirish qoʻllangandan keyin 3 oy ichida sotilmagan taqdirda, sotuvchi-jamiyat qatnashchisi sifatida jamiyatga davlat ulushini sotib olish talabi bilan jamiyatdan chiqishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma yuborishi mumkin”;
“3. Davlat koʻchmas mulk obyekti davlat organlari yoki xoʻjalik boshqaruvi organlarining, balansda saqlovchining takliflariga, nodavlat yuridik shaxslarning, shuningdek, jismoniy shaxslarning buyurtmanomalariga muvofiq shakllantiriladigan va belgilangan tartibda respublika mulki hisoblanganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki munitsipal mulk hisoblanganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlariga muvofiq tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga (davlat koʻchmas mulki obyektlarining roʻyxatlariga) (keyingi oʻrinlarda — xususiylashtirish dasturi) asosan ushbu Nizomga 1-ilovaga binoan sxema boʻyicha sotuvchi tomonidan sotiladi”;
ikkinchi xatboshisidagi “, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat koʻchmas mulk obyektlari uch oy davomida sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlangʻich bahosi, qoldiq (balans) qiymatidan qatʼi nazar 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi.
“8. Agentlik yoki hududiy boshqarma davlat koʻchmas mulk obyektini xususiylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlar mavjud boʻlmagan taqdirda, buyurtmanomalar olingandan keyin besh ish kuni ichida:
respublika mulki hisoblanganda, davlat koʻchmas mulk obyektini balansida saqlovchining yuqori turuvchi tashkilotiga;
munitsipal mulk hisoblanganda, tegishli tuman (shahar) hokimiyati organiga uni sotishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tegishlicha balansda saqlovchi va tuman (shahar) hokimiyati organining birinchi rahbari tomonidan imzolanadigan va muhr bilan tasdiqlanadigan xulosasini taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi.
Agar davlat koʻchmas mulk obyektini saqlab qolish zarur boʻlsa, balansda saqlovchining yuqori turuvchi tashkilotining birinchi rahbari soʻrov olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida Agentlikni (tegishli hududiy boshqarmani) yozma ravishda xabardor qiladi va soʻrov olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kechiktirmay, Agentlikka (tegishli hududiy boshqarmaga) davlat koʻchmas mulk obyektini saqlab qolish toʻgʻrisida tegishincha balansda saqlovchining birinchi rahbari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat yoki Toshkent shahar hokimi tomonidan imzolanishi hamda muhrlar bilan tasdiqlanishi shart boʻlgan, davlat koʻchmas mulk obyektini rivojlantirishni nazarda tutuvchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan dastur (taʼlim muassasalarining koʻchmas mulk obyektlari, jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muassasalardan tashqari) yoki davlat koʻchmas mulk obyektini rivojlantirishni nazarda tutuvchi va Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati rahbari yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat yoki Toshkent shahar hokimi tasdiqlagan tarmoq jadvali ilova qilingan asoslantirilgan xulosani taqdim etadi”;
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qaroriga asosan xususiylashtiriladigan munitsipal koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha takliflar hududiy tanlov komissiya tomonidan tayyorlanadi va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kelishish uchun kiritiladi”;
“Xususiylashtirish dasturi vakolati doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
“15. Tasdiqlangan xususiylashtirish dasturiga muvofiq Agentlik yoki hududiy boshqarma tomonidan Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq besh ish kuni ichida davlat koʻchmas mulki obyektini xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma talabnoma yuboriladi”;
“22. Ish yakunlari boʻyicha balansda saqlovchi tomonidan Agentlik yoki hududiy boshqarmaga besh ish kuni muddatida:
balansda saqlovchining rahbari tomonidan imzolangan asosiy vositalarni xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari;
davlat koʻchmas mulk obyektining kadastr hujjatlari, shu jumladan kadastr xaritasi (rejasi) va boshqa huquqni belgilovchi hujjatlar (mavjud boʻlganda) nusxalari;
yer uchastkasiga, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektini tasarruf etish huquqiga taʼsir qiluvchi mavjud yuklamalar va cheklashlar toʻgʻrisidagi axborot;
Agentlik tomonidan belgilangan shakl boʻyicha davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish organining xulosasi (zarur boʻlganda)”;
“23. Fuqarolik muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlari va mol-mulki, arxiv hujjatlari, moddiy-madaniy meros obyektlari va intellektual mulk obyektlari, qonun hujjatlariga muvofiq davlat siriga taalluqli hujjatlari mavjud boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyekti sotilgan taqdirda, balansda saqlovchi tomonidan ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha tarzda mazkur obyektlar va mol-mulk haqidagi tegishli axborot va ulardan kelgusida foydalanish, shuningdek safarbarlik topshiriqlarini bajarishning holati boʻyicha maʼlumot taqdim etiladi.
24. Balansda saqlovchi tomonidan taqdim etilgan materiallar va hujjatlar koʻrib chiqilgandan keyin yetti kundan kam boʻlmagan muddatda Agentlik yoki hududiy boshqarma:
tayyorlangan hujjatlarda jiddiy kamchiliklar boʻlganda ularni qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda va ularni takroriy taqdim etishning ular qaytarilgan paytdan boshlab besh ish kunidan oshmaydigan muddatini belgilagan holda puxtalashtirish uchun balansda saqlovchiga qaytaradi;
taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 22 va 23-bandlariga muvofiq boʻlganda baholovchi tashkilot bilan davlat koʻchmas mulk obyektini baholashdan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.
25. Balansda saqlovchi ishining umumiy muddati talabnoma kelib tushgan paytdan boshlab besh ish kunidan oshmasligi lozim. Agentlik yoki hududiy boshqarmaning qarori bilan balansda saqlovchining ish muddati bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin”;
“ochiq auksion oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin oʻzining va sotuvchining rasmiy veb-saytida ochiq auksion toʻgʻrisidagi xabarnomani chop etadi, bunda bayram va dam olish kunlarida savdolar oʻtkazilmaydi, savdo kuni bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida oʻtkaziladi”;
“tanlov takliflari solingan konvertlarni ochish belgilangan sanadan kamida oʻttiz kun oldin oʻzining va sotuvchining rasmiy veb-saytida ochiq tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani (bundan buyon matnda ochiq tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma deb yuritiladi) chop etadi, bundan bayram va dam olish kunlarida savdolar oʻtkazilmaydi, savdo kuni bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida oʻtkaziladi”;
“82. Bayonnoma imzolangandan keyin oʻn kundan kechikmay, agar auksion (tanlov) toʻgʻrisidagi xabarnomada boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa, auksion (tanlov) gʻolibi bilan oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
Auksion (tanlov) oʻtkazish natijalari boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi bir tarafdan sotuvchi va boshqa tarafdan gʻolib hamda balansda saqlovchining ishtirokida tuziladi”;
“86. Baholangan narxidan past qiymatida sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarining savdolari yakunlari bekor qilingan yoki oldi-sotdi shartnomalari bekor qilingan yoxud haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, agar ularni savdoga qoʻyish va oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish (haqiqiy emas deb hisoblash) sanasi orasidagi muddat bir yildan oshmagan boʻlganda shakllangan narxi boʻyicha, baholangan narxidan baland qiymatida sotilganda oxirgi savdolarga chiqarilgan narx boʻyicha — agar savdoga qoʻyish va shartnomalarni bekor qilish yoxud haqiqiy emas deb topish sanasi orasidagi muddat bir yildan oshmagan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Savdoga qoʻyish va shartnomalarni bekor qilish yoxud haqiqiy emas deb topish sanasi orasidagi muddat bir yildan oshgan boʻlsa davlat koʻchmas mulk obyektlari belgilangan tartibda takroriy baholashdan keyin savdoga qoʻyiladi.
Bunda davlat koʻchmas mulk obyektlari ushbu Nizomning tegishli ravishda IV va V boʻlimlariga muvofiq aynan oʻsha turdagi savdolarga qoʻyiladi.”;
“87. Savdoga qoʻyish va oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish yoxud uni haqiqiy emas deb topish sanasi oʻrtasidagi muddat bir yildan oshgan taqdirda davlat koʻchmas mulk obyekti belgilangan tartibda takroran baholashdan keyin savdoga qoʻyiladi.”;
“Davlat koʻchmas mulk obyektlarini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir oy ichida xaridor tomonidan sotib olish toʻlovlarining 35 foizi miqdoridagi hamda 4 va 5-toifadagi tumanlarda joylashgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotib olgan xaridorlarga, shuningdek, ushbu toifadagi hududda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga 35 foizdan kam boʻlgan (zakalat toʻlovini inobatga olgan holda) (bundan ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari xaridor boʻlgan hollar mustasno) dastlabki toʻlov amalga oshirilgan taqdirda, xaridorga sotib olish toʻlovlarini foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.
Agar dastlabki toʻlov summasi ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan foizlardan (miqdorlardan) kam boʻlgan holatda, bir oylik muddat tugagan kundan keyingi kundan boshlab qolgan summaga har bir kun uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizidan kelib chiqqan holda, quyidagi formula boʻyicha kunlik foizlar hisoblanadi”;
“90. Agar davlat koʻchmas mulk obyektlari xaridorning chegirmani berish haqidagi yozma (elektron) arizasiga muvofiq, sotib olish toʻlovlari bir oy muddatda toʻlanganda chegirma berishni nazarda tutuvchi oldi-sotdi shartnomasi tuzilib, xarid toʻlovlari shartnoma tuzilgan kundan boshlab bir oy davomida toʻlangan taqdirda, xaridorga xarid summasidan mazkur shartnoma tuzilgan sanada kuchda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi, bundan chegirma qoʻllanilmaslik sharti bilan sotilgan, shuningdek boshlangʻich narxi pasaytirilgan holda sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari mustasno.
Bunda, xaridorga sotib olish toʻlovlarini mazkur chegirmani qoʻllagan holda toʻlash imkoni beriladi. Agar sotib olish toʻlovlari toʻliq toʻlangan taqdirda, sotuvchi tomonidan chegirma summasi xaridorga qaytariladi”;
“xaridorga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali QR-kod qoʻyilgan holda elektron shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini beradi”;
92-banddagi “amalda boʻladigan” soʻzlari “davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali QR-kod qoʻyilgan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Bunda xaridor davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali ariza bergan kundan boshlab besh ish kunidan kech boʻlmagan muddatda unga Agentlik yoki hududiy boshqarma tomonidan avval berilgan elektron shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi “tasarruf etish huquqisiz” sertifikatga QR-kod qoʻyilgan holda “tasarruf etish huquqi bilan” belgisi qoʻyiladi”;
“94. “Elektron shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali QR-kod qoʻyilgan holda ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tayyorlanadi, tartib raqamiga ega boʻladi va qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi”;
“96. Maxsus qogʻozda berilgan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi blankasi yoʻqolganda, uning dublikati elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali tegishli arizaga asosan ikki hafta ichida beriladi”;
“99. Savdolarda sotilmagan munitsipal koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha har yarim yillik yakunlariga koʻra Agentlik yoki hududiy boshqarmalar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari va ularning balansda saqlovchilari bilan birgalikda davlat koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati, ularni xarid qiymatida sotish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilish yoxud ularni buzish va boʻshab qoladigan yer uchastkalarini zaxira yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari bilan birgalikda hududiy tanlov komissiyasiga vakolati doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun kiritadi”;
“101. Xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda kiritilgan davlat koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi davlat orderi xoʻjalik jamiyatiga Agentlik yoki hududiy boshqarma tomonidan Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga kiritilgan davlat koʻchmas mulk obyektining oʻrniga olingan aksiyalarga (ulushga) boʻlgan davlatning huquqi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin oʻn ish kuni ichida beriladi”;
“103. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga koʻra Agentlik yoxud munitsipal mulk hisoblanganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qaroriga muvofiq va”
uchinchi xatboshidagi “buyrugʻi” soʻzi “buyrugʻi, Agentlikning davlat koʻchmas mulk obyektini xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga berish toʻgʻrisidagi qarori bundan mustasno” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-bosqichning “Tadbirlar” ustuni uchinchi xatboshi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki” soʻzlari “vakolat doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki munitsipal mulk hisoblanganda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bosqichning “Tadbirlar” ustuni ikkinchi xatboshisidagi “OAV va” soʻzlari “rasmiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
5-bosqich quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
5-bosqich
Agentlik, uning hududiy boshqarmasi
Auksion savdolarda davlat koʻchmas mulk obyektlari uch oy davomida sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlangʻich bahosi, qoldiq (balans) qiymatidan qatʼi nazar 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi.
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi qarorida belgilangan muddatlarda
”;
7-bosqichda “Tadbirlar” ustunida:
“Savdolarda sotilmagan” soʻzlaridan keyin “respublika mulki hisoblangan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“nol” soʻzi chiqarib tashlansin;
e) quyidagi mazmundagi 51-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga
51-ILOVA
Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Maʼmuriy reglament davlat koʻchmas mulk obyektlari yoki xoʻjalik jamiyati ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat ulushlari (keyingi oʻrinlarda — davlat ulushi) xususiylashtirilganligi boʻyicha tomonlar oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) asosan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan), shuningdek, avval xususiylashtirilgan davlat aktivlari boʻyicha maxsus qogʻozda berilgan davlat orderi yoki sertifikatning dublikatini (keyingi oʻrinlarda — dublikat) berishda davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Maʼmuriy reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Yerxususiylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yerxususiylashtirish” AAT) — ushbu tizimga ulangan vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini, shuningdek, dublikatni rasmiylashtirish boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, koʻrib chiqish va kelishish ishlarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
ariza beruvchi (xaridor) — davlat koʻchmas mulk obyekti yoki davlat ulushini sotib olganligi boʻyicha sotuvchi bilan qonun hujjatlariga muvofiq oldi-sotdi shartnomasini tuzgan xaridor nomiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini, shuningdek, dublikatni rasmiylashtirishga ariza bergan yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari).
“tasarruf etish huquqisiz” belgisi — oldi-sotdi shartnomasida belgilangan sotib olish toʻlovlari va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq amalga oshirilgunga hamda investitsiya va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar (mavjud boʻlganda) toʻliq bajarilgunga qadar shartnoma doirasida belgilangan grafikka asosan qisman toʻlovni amalga oshirganda, xaridor nomiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi rasmiylashtirilganda kiritiladigan belgi;
“tasarruf etish huquqi bilan” belgisi — oldi-sotdi shartnomasida belgilangan sotib olish toʻlovlari va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq amalga oshirilganda hamda investitsiya va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar (mavjud boʻlganda) toʻliq bajarilgandan soʻng va ular belgilangan tartibda sotuvchi tomonidan qabul qilingandan keyin xaridor davlat koʻchmas mulk obyekti yoki davlat ulushiga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlishi va rasmiylashtirilgan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga kiritiladigan belgi.
3. Oʻzbekiston Respublikasida davlat koʻchmas mulk obyektlari yoki davlat ulushi xususiylashtirilganligi boʻyicha sotuvchi va xaridor oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan), shuningdek, dublikatni berish boʻyicha davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi.
4. Davlat koʻchmas mulk obyektlari yoki davlat ulushlari sotilganligi boʻyicha sotuvchi va xaridor oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan), shuningdek, dublikat ushbu Maʼmuriy reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
5. Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
6. Oʻzbekiston Respublikasida davlat koʻchmas mulk obyektlari yoki davlat ulushlari xususiylashtirilganda, shartnomaga asosan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan), shuningdek, dublikatni olish uchun ariza beruvchi (xaridor) oʻzlariga qulay boʻlgan hududdagi davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qilgan holda yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP orqali ariza yuboradi.
7. Ariza beruvchi (xaridor) oʻzi kelib murojaat qilganda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi (xaridor) nomidan, YIDXP orqali murojaat qilganda esa mustaqil ravishda ushbu Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda yuridik shaxslar va 3-ilovaga muvofiq shaklda jismoniy shaxslar ariza toʻldiradi.
8. Ariza beruvchi (xaridor) davlat xizmatlaridan foydalanishda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan), shuningdek, dublikat berilguniga qadar xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi (xaridor) davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrib chiqilmaydi yoki davlat xizmatini koʻrsatish toʻxtatiladi.
9. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda, davlat xizmatlari markazi ariza toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni “Yerxususiylashtirish” AAT orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi) yoki uning hududiy boshqarmalariga kelishish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda, ariza avtomatik ravishda “Yerxususiylashtirish” AAT orqali Davaktiv agentligiga yoki uning hududiy boshqarmalariga yuboriladi.
10. Investitsiya va (yoki) ijtimoiy majburiyatlarsiz sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti yoki davlat ulushi boʻyicha sotib olish toʻlovlari toʻliq hajmda hamda penya (vujudga kelgan taqdirda) toʻliq toʻlanganda, shuningdek, ushbu Maʼmuriy reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq “Yerxususiylashtirish” AAT orqali kelib tushgan ariza asosida Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari besh ish kuni ichida shartnomaga asosan xaridorga mulk huquqiga ega boʻlganligini toʻgʻrisida mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtiriladi.
Bunda Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari shartnomaga asosan xaridor tomonidan sotib olish toʻlovlari toʻliq amalga oshirilganligi hamda toʻlov mablagʻlari sotuvchining gʻaznachilik hisobvaragʻiga kelib tushganligini, shuningdek, penya (vujudga kelgan taqdirda) toʻliq toʻlanganligini tekshirib chiqadi.
11. Investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar hamda sotib olish toʻlovlarini boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti yoki davlat ulushi boʻyicha ushbu Maʼmuriy reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq “Yerxususiylashtirish” AAT orqali kelib tushgan arizaga asosan Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari besh ish kuni ichida xaridorga:
a) shartnoma doirasida davlat koʻchmas mulk obyektlari yoki davlat ulushining xarid qiymati toʻlanganda, toʻlovlar toʻliq amalga oshirilgunga hamda investitsiya va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar (agar mavjud boʻlgan taqdirda) toʻliq bajarilgunga qadar “tasarruf etish huquqisiz” yoki ulush qiymatining toʻlangan qismiga mutanosib ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish va dividendlar olish huquqi asosida mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini (davlat ulushi jamiyatning oʻziga sotilgan holatlar bundan mustasno) elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtiradi;
b) sotilgan davlat ulushlari uchun shartnoma doirasida belgilangan grafikka asosan ulush qiymatining navbatdagi toʻlovi amalga oshirilganda hamda penya (vujudga kelgan taqdirda) toʻliq toʻlanganda, xaridorning navbatdagi arizasiga asosan avval QR-kod qoʻyilgan holda elektron shaklda rasmiylashtirilgan “tasarruf etish huquqisiz” orderiga ulushning toʻlangan qismiga mutanosib ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish va dividendlar olish huquqi berilganligi toʻgʻrisida tegishli qayd kiritadi (davlat ulushi jamiyatning oʻziga sotilgan holatlar bundan mustasno);
v) shartnomada belgilangan sotib olish toʻlovlari toʻliq hajmda va penya (vujudga kelgan taqdirda) toʻliq toʻlanganda hamda investitsiyaviy va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilganda, xaridorning navbatdagi arizasiga asosan avval QR-kod qoʻyilgan holda elektron shaklda rasmiylashtirilgan “tasarruf etish huquqisiz” mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga “tasarruf etish huquqi bilan” belgisini kiritadi.
Bunda Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari xaridor tomonidan shartnomada belgilangan grafikka asosan sotib olish toʻlovlari qisman (navbatdagi) yoki toʻliq amalga oshirilgan mablagʻlar sotuvchining gʻaznachilik hisobvaragʻiga kelib tushganligini va penya (vujudga kelgan taqdirda) toʻliq toʻlanganligini hamda Investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini qabul qilish boʻyicha komissiyasi tomonidan investitsiya va (yoki) ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilganligi (mavjud boʻlgan taqdirda) toʻgʻrisida qarori qabul qilinganligini, shuningdek, boshqa majburiyatlar bajarilganligini (zaruratga koʻra) tekshirib chiqadi.
12. Avval xususiylashtirilgan davlat aktivlari boʻyicha maxsus qogʻozda berilgan davlat orderi yoki sertifikatning blankasi yoʻqolganligi uchun uning dublikatini berish toʻgʻrisida ushbu Maʼmuriy reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq “Yerxususiylashtirish” AAT orqali kelib tushgan arizaga asosan Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari ikki hafta ichida mulkdor nomiga avval rasmiylashtirilgan davlat orderini elektron shaklda QR-kod va “Dublikat” belgisini qoʻygan holda beradi.
Bunda Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari avval xususiylashtirilgan davlat aktivlariga oid hujjatlar toʻplamini tekshirib chiqadi.
13. Agar ushbu Maʼmuriy reglamentning 10 — 12-bandlarida keltirilgan majburiyatlar toʻliq yoki lozim darajada bajarilmaganligi hamda ariza beruvchi tomonidan mazkur Maʼmuriy reglamentga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, arizada maʼlumotlar notoʻgʻri koʻrsatilganda yoki toʻliq koʻrsatilmaganda, Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari ikki ish kunida ariza beruvchiga kamchiliklarni tegishli qonunchilik hujjatlari normalari bilan asoslab koʻrsatgan holda, xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun besh ish kunidan kam boʻlmagan muddat beradi.
Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari ikki ish kunida elektron shaklda davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilganda) yoki shaxsiy kabinetiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) yuboradi va bu haqda Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi (xaridor)ni avtomatik ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron pochta manzili orqali xabardor qiladi.
Maʼmuriy ish yuritish muddatining oʻtishi kamchiliklarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida toʻxtatib turiladi va kamchilik bartaraf etilgan kundan boshlab Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari ushbu Maʼmuriy reglamentning 10 — 12-bandlarida keltirilgan muddatda arizani qayta koʻrib chiqadi.
Ariza beruvchi tomonidan mazkur Maʼmuriy reglament 13-bandining birinchi xatboshisida belgilangan muddat ichida ariza va unga ilova qilingan hujjatlardagi xato hamda kamchiliklar bartaraf etilmasligi mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini rasmiylashtirishni rad etishga asos boʻladi.
14. Davaktiv agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi, shuningdek, dublikat rasmiylashtirilganligi, ularga tegishli qaydlar kiritilganligi yoki davlat xizmatlarini koʻrsatish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilganda) yoki shaxsiy kabinetiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) yuboradi va bu haqda davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi (xaridor)ni avtomatik ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.
15. Ariza beruvchi (xaridor) koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta ariza topshirishga haqli.
16. Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi ushbu Maʼmuriy reglamentga 4-ilovada keltirilgan tartibga muvofiq roʻyxatga olinadi.
17. Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi, shuningdek, dublikat ushbu Maʼmuriy reglamentga 5 va 6-ilovalarda keltirilgan shaklda QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtiradi.
18. Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga davlat koʻchmas mulk obyektlari va davlat ulushlari hamda xaridor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shuningdek uning tartib raqami va dastlabki berilgan sanasi oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha QR-kod (matrik shtrix-kod) qoʻyilgan elektron hujjatlar asliga tenglashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega boʻladi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari, shu jumladan, YIDXP orqali ushbu Maʼmuriy reglamentning talablari ijrosi yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini doimiy ravishda nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
21. Arizachi beruvchi (xaridor) davlat organlari va boshqa tashkilotlarning harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
22. Ushbu Maʼmuriy reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini, shuningdek, dublikatni elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda olishuchunariza taqdim etadi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Ariza Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilishi uchun“Yerxususiylashtirish” AATga yuboradi.
Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YIDXP orqali)
3-bosqich
Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari
Ariza va unga ilova qilingan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi.
2 ish kuni ichida
Shartnomada belgilangan majburiyatlar toʻliq yoki lozim darajada bajarilmaganligi hamda arizaga ilova qilingan maʼlumotlarga qoʻshimcha maʼlumotlar talab etilishi lozimligi aniqlansa, arizani qaytaradi.
Ariza beruvchi(xaridor)
Kamchiliklarni bartaraf etadi.
5 ish kuni ichida
Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari
Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini rasmiylashtiradi.
Kamchilik bartaraf etilgan kundan
5 ish kuni ichida
Dublikatni rasmiylashtiradi.
2 hafta ichida
4-bosqich
Davaktiv agentligiva uning hududiy boshqarmalari
“Yerxususiylashtirish” AATorqali arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ariza kelishilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz ichiga olgan xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki shaxsiy kabinetiga (YIDXP orqali murojaat etganda) yuboradi.
Avtomatik ravishda
5-bosqich
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP
Ariza beruvchi (xaridor)ni avtomatik ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
va elektron pochta manzili orqali xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YIDXP orqali)
6-bosqich
Ariza beruvchi (xaridor)
Davlat xizmati natijasini Davlat xizmatlari markazidan kelib oladi (oʻzi kelib murojaat etganda).
Davlat xizmati natijasini YIDXPda shaxsiy kabinetidan oladi (YIDXP orqali murojaat etganda).
Oʻz xohishiga koʻra
Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
I. Ariza beruvchi(xaridor)toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
1. STIR
2. Yuridik shaxsning nomi (tizim orqali olinadi)
3. Tashkiliy-huquqiy shakli (tizim orqali olinadi)
4. Joylashgan joyi (pochta manzili)
5. Elektron pochta manzili (amaldagi)
6. Telefon raqami
II. Xususiylashtirilgan davlat koʻchmas mulk obyekti yoki davlat ulushitoʻgʻrisidagi maʼlumot:
1.Elektron-onlayn auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma raqami va sanasi
2. Davlat aktivini xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror raqami va sanasi
3.Shartnoma raqami va sanasi
4.Davlat aktivi nomi
5.Davlat aktivi manzili (shartnoma boʻyicha)
6. Yer uchastkasiva binoning maydoni (m2)
7. Sotilgan davlat aktivining xarid qiymati toʻliq yoki qisman toʻlanganligi toʻgʻrisida toʻlov topshiriqnoma sanasi va raqami (Dublikat olishda talab etilmaydi)
8. Oldi-sotdi shartnomasi shartlari toʻliq bajarilganligi toʻgʻrisida Komissiya bayoni raqami va sanasi (davlat aktivi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari bilan sotilgan boʻlsa toʻldiriladi)
9. Davlat orderi yoki sertifikat berilgan raqami va sanasi(ariza beruvchi (xaridor) tomonidan dublikatini olishda yoki unga tegishli qayd kiritishda ariza berilganda toʻldiriladi)
10. Davlat xizmatlari markazidan yoʻqolgan ashyo topilmaganligi haqida maʼlumotnoma berilgan ariza raqami va sanasi (dublikat olishda toʻldiriladi)
II.Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumot:
1.Elektron-onlayn auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma raqami va sanasi
2. Davlat aktivini xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror raqami va sanasi
3.Shartnoma raqami va sanasi
4.Davlat aktivi nomi
5.Davlat aktivi manzili (shartnoma boʻyicha)
6. Yer uchastkasiva binoning maydoni (m2)
7. Sotilgan davlat aktivining xarid qiymati toʻliq yoki qisman toʻlanganligi toʻgʻrisida toʻlov topshiriqnoma sanasi va raqami (Dublikat olishda talab etilmaydi)
8. Oldi-sotdi shartnomasi shartlari toʻliq bajarilganligi toʻgʻrisida Komissiya bayoni raqami va sanasi (davlat aktivi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari bilan sotilgan boʻlsa toʻldiriladi)
9. Davlat orderi yoki sertifikat berilgan raqami va sanasi(arizachi (xaridor) tomonidan dublikatini olishda yoki unga tegishli qayd kiritishda ariza berilganda toʻldiriladi)
10. Davlat xizmatlari markazidan yoʻqolgan ashyo topilmaganligi haqida maʼlumotnoma berilgan ariza raqami va sanasi (dublikat olishda toʻldiriladi)
III.Ilova qilinadigan hujjatlar:
Dublikat olishda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatli vakilning yoki huquqiy vorisining (merosxoʻrlarining) ishonchnomasi (agar mavjud boʻlsa)
Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini roʻyxatga olish
“davlat mulki — davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari, davlatga tegishli boʻlgan mulkiy majmualar, bino va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar hamda davlat (aksiyalari) ulushlari”;
“6. Ochiq tanlovni oʻtkazishda tanlov takliflari solingan konvertlar ochiladigan sanadan kamida oʻttiz kun oldin oʻzining rasmiy veb-saytida ishchi organ tomonidan ochiq tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnoma (keyingi oʻrinlarda ochiq tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma deb ataladi) eʼlon qilinadi, bunda, bayram va dam olish kunlarida savdolar oʻtkazilmaydi, savdo kuni bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida oʻtkaziladi”;
26-banddan “nul xarid qiymatida sotish va toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomalar tuzishni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ilovaning 1-bosqichi “Tadbirlar” ustuni ikkinchi xatboshisidagi “OAVda va” soʻzlari “Agentlikning rasmiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“davlat mulki obyekti — davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari, davlatga tegishli boʻlgan mulkiy majmualar, bino va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar hamda davlat (aksiyalari) ulushlari”;
18-band quyidagi mazmundagi uchinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarining bajarilishini monitoring qilish Nizomga 1-ilovada keltirilgan vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini Agentlikning “Davlat mulki” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Davlat mulki” AT) integratsiya qilgan holda, investorlarning elektron tizimlarga kiritadigan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Bunda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar investorlar tomonidan elektron shaklda kiritish imkoniyatini yaratish uchun “Davlat mulki” ATda investorlarning shaxsiy kabineti yaratiladi.
Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarining bajarilishini monitoring qilish uchun maʼlumotlar quyidagi manbalardan olinadi:
oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatlarda investorlar tomonidan “Davlat mulki” ATda yaratilgan shaxsiy kabinetlari orqali kiritib boriladigan hisobotlardan;
tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Davlat mulki” ATga integratsiya qilish yoʻli bilan olingan maʼlumotlardan”;
27-bandning ikkinchi xatboshisi birinchi jumlasidan “, nol” xarid qiymati boʻyicha sotish olishda boʻlsa — unda investitsiya majburiyatlari miqdoriga nisbatan toʻliq hisoblanadi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ilova bilan toʻldirilsin:
“Davlat mulki obyektlarini tanlov savdolarida sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini va turlarini belgilash, shuningdek davlat mulki obyektlarining oldi-sotdi shartnomalarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
“Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari
Investorlar tomonidan sotilgan davlat aktivlarida amalga oshirilayotgan loyihalari doirasida kiritilgan investitsiyalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2.
Investorlarning tadbirkorlik faoliyatidagi iqtisodiy parametrlari hamda ishlab chiqarish va eksport hajmlari toʻgʻrisida axborot
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
3.
Investorlar tomonidan shartnoma amal qilish davrida yaratilgan yangi ish oʻrinlari soni
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
4.
Investorlar tomonidan chet davlatlardan olib kirilgan import tovarlari (asbob-uskuna, texnologiya, xomashyo va materiallar) toʻgʻrisida bojxona yuk deklaratsiyalari
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi
5.
Investorlarning taʼsischilari,ulush miqdori hamda ularning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumot
Adliya vazirligi
Investorlarning aksiyadorlari, aksiya paketlari miqdori hamda ularning oʻzgarishi toʻgʻrisida maʼlumot
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ
6.
Sotilgan davlat koʻchmas mulki hududida bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga, shuningdek qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomalar berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot
7. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-iyuldagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandidagi “boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari, masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar, davlat korxonalari” soʻzlari “miqdori ellik foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari yoxud ustav kapitalidagi davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek davlat unitar korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 82-bandi “b” kichik bandi oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-maydagi 132-son qarorida:
“5. Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oshxonalarini ijaraga berish boʻyicha tanlov komissiyasiga qishloq joylardagi taʼlim muassasalari joylashgan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatidan kelib chiqib, ularning oshxonalarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda tekin foydalanishni belgilash vakolati berilsin”;
b) 1-ilovasi 35-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda taʼlim muassasalari oshxonalarini tekin foydalanishni belgilash”.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarorida:
12-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat aktivlarini boshqarish agentligining yoki uning hududiy boshqarmalarining davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va davlat ulushi miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlarga oid buyrugʻi — davlat unitar korxonalari va muassasalari, shuningdek, xoʻjalik jamiyatlari uchun (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno)”;
“411. Ushbu Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan asoslarga qoʻshimcha ravishda quyidagi rad etilganligi toʻgʻrisidagi qarori (buyrugʻi) mavjudligi asos boʻladi:
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish etilganligi toʻgʻrisidagi qarori;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining yoki uning hududiy boshqarmalarining davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va davlat ulushi miqdorining oʻzgarishini rad etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi”;
b) 3-ilovaning ilovasi quyidagi mazmundagi 342-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va davlat ulushi miqdorining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi yoki ularni rad etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari
buyruq qabul qilingandan soʻng ikki kunlik muddatda
”.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 74-bandi “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-oktabrdagi 834-son qarorining 5-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “ijara haqining “nol” stavkasi boʻyicha ijaraga” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “ijara haqining “nol” stavkasi” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-son qarori)” 2017-yil 16-oktabrdagi 837-son qaroriga ilovaning 1-bandida:
14. Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-martdagi 209-son qarorida:
birinchi xatboshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik banddagi “, shu jumladan “nol” xarid qiymati boʻyicha, koʻchmas mulk” soʻzlari “koʻchmas mulki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Tadbirlar ustunidagi “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida” soʻzlari “E-auksion” elektron savdo platformasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Masʼul bajaruvchilar ustunidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyundagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
uchinchi xatboshidagi “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish” soʻzlari “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 14-bandning uchinchi xatboshisidagi “yozma shaklda, hozir boʻlish tartibida amalga oshiriladi” soʻzlari “elektron shaklda amalga oshiriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovaning 2-bosqichi 4-ustunidagi “(ijaraga berish)” soʻzlari chiqarib tashlansin hamda “Obyektlarni sotish holatida — elektron savdolar, auksion (tanlov) oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin” jumlasidan keyin “Obyektlarni ijaraga berish holatida — elektron savdolar, auksion oʻtkazilishidan kamida 15 kun oldin” degan jumla bilan toʻldirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-avgustdagi 702-son qarorining 4-bandidagi “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” soʻzlari “Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 15-sentabrdagi 734-son qarorida:
“foydalanilmayotgan boʻsh turgan binolar va xonalar Agentlik bilan tuzilgan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar asosida oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish uchun uzoq muddatga tekin foydalanish uchun berilishini taʼminlasinlar”;
18. Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida ogʻir uy-joy maishiy sharoitlarda yashayotgan va boquvchisini yoʻqotgan ayollarni uy-joy bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-sentabrdagi 764-son qarorining 5-bandida:
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-sentabrdagi 772-son qarorining 6-bandidagi “nol” stavkadagi ijara toʻlovi” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida mehmonxona biznesini jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-noyabrdagi 954-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida” soʻzlari “E-auksion” elektron savdo platformasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
b) 39-bandning ikkinchi xatboshisidan “yoki davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektni “nol” xarid qiymatida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 40-bandning beshinchi xatboshidan “yoki davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektni “nol” xarid qiymatida olish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 978-son qarori bilan tasdiqlangan Ekoturizmni tashkil etish maqsadida suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bosqichning “Tadbirlar” ustuni 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) DUKga” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning matnidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan Daryolar oʻzanlarini tozalash maqsadida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“operator — elektron savdo platformasida auksionlarni tashkil etadigan va oʻtkazadigan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati”;
b) 1-ilovaning 8-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUKka” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning matnidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUKka” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son qarorida:
a) 3-banddagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat raqobat qoʻmitasi)” soʻzlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“4. Davaktiv agentligi har chorakda, kelgusi hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan tahlil qilish obyektlari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni oladi”;
“5. Davaktiv agentligi mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni olgandan keyin uch ish kuni mobaynida:
korxonalar roʻyxatini yangilash va solishtirishni amalga oshiradi;
uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha uch oydan ortiq soliq qarziga ega boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalar toʻgʻrisida mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda maʼlumotlarni olish uchun yuboradi.
6. Davaktiv agentligi xodimlari tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar boʻyicha mazkur Nizomda keltirilgan maʼlumot va axborotlardan tashqari boshqa maʼlumot va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi (qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno)”;
8-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari “Davaktiv agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari “Davaktiv agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “Davlat raqobat qoʻmitasiga” soʻzlari “Davaktiv agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bosqichning “Chora-tadbirlar” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasiga” soʻzlari “Soliq qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bosqichning “Subyekt” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” va “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bosqichning “Chora-tadbirlar” ustunining yuqori qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼlumotlarni Davaktiv agentligiga Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy shaklda taqdim qilish”;
3-bosqichning “Chora-tadbirlar” ustunining quyi qismidagi “Davlat raqobat qoʻmitasiga” soʻzlari “Davaktiv agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3 va 13-bandlardagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik alomati mavjud boʻlgan”;
g) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Mazkur Nizom ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi miqdori ellik foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalariga (keyingi oʻrinlarda korxonalar deb ataladi) nisbatan qoʻllanadi.
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi miqdori ellik foizdan kam boʻlgan va davlat ulushi mavjud boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlar boshqaruv organlarining qaroriga koʻra jamiyatni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” — dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mazkur Nizom qoidalarini qoʻllashi mumkin”;
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi) va uning hududiy boshqarmalari moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish taklif etiladigan korxonalar roʻyxatini har yili 15-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritadi.
6. Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlari ishlab chiqiladigan korxonalar roʻyxatiga asosan Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari uch kun muddatda “yoʻl xaritalari” — dasturlari ishlab chiqish uchun ushbu roʻyxatdagi korxonalar va ularning davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga soʻrovnomalar yuboradi.
7. Soʻrovnomaga asosan davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻn kun muddatda korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini chuqur tahlil qiladi, zarurat boʻlganda joyiga chiqib oʻrganadi.
8. Korxonalar, ularning davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ikki hafta muddatda “yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini ishlab chiqadi”;
“11. Davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki korxonalar besh kun muddatda korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini koʻrib chiqish uchun Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalariga taqdim etadi.
12. Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari yigirma kun muddatda taqdim qilingan “yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etadi, zarurat boʻlganda joyiga chiqqan holda oʻrganadi”;
2-bob quyidagi mazmundagi 121 va 122-bandlar bilan toʻldirilsin:
“121. Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilgan korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish “yoʻl xaritalari” — dasturlari ikki hafta muddatda davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki korxonalarning boshqa boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlanadi.
122. Korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” — dasturlar (elektron koʻrinishda) korxonalar tomonidan bir hafta muddatda Davaktiv agentligining “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritiladi hamda taalluqliligi boʻyicha tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, banklar va boshqa tashkilotlarga yuboriladi”;
“13. Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari “yoʻl xaritalari” — dasturlarda belgilangan tadbirlar amalga oshirilishini Davaktiv agentligining “Davlat mulki” axborot tizimiga korxonalar tomonidan kiritilgan maʼlumotlar hamda davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari taqdim etgan maʼlumotlar asosida monitoring qilib boradi.
14. Davaktiv agentligi “yoʻl xaritalari” — dasturlarni monitoring qilish jarayonida:
“yoʻl xaritalari” — dasturlarda belgilangan tadbirlar va prognoz koʻrsatkichlarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishini chuqur tahlil qilgan holda, maʼlumotlar toʻplanishini va tahlil qilinishini tashkil etadi;
davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining “yoʻl xaritalari” — dasturlar amalga oshirilayotgan korxonalarga koʻmaklashish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
“yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirayotgan korxonalar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni oʻrganadi, ularga metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirishning yangi yoʻnalishlarini joriy etish va anʼanaviy yoʻnalishlarni kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
“yoʻl xaritalari” — dasturlarda belgilangan tadbirlar va prognoz koʻrsatkichlar ijrosining monitoringi va tahlili asosida umumlashtirilgan tahliliy maʼlumotlarni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
15. “Yoʻl xaritalari” — dasturlarda belgilangan tadbirlar amalga oshirilishini monitoring qilish uchun quyidagi tartibda maʼlumotlar taqdim etiladi:
a) har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning uchinchi kunidan kechiktirmagan holda:
“yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirayotgan korxonalar tomonidan — tadbirlarning bajarilishi va yuzaga kelayotgan muammolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davaktiv agentligining “Davlat mulki” axborot tizimiga hamda davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga;
b) har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning beshinchi kunidan kechiktirmagan holda:
davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan — “yoʻl xaritalari” — dasturlarda belgilangan tadbirlarning bajarilishi, erishilgan natijalar va muammolar mavjud korxonalar toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarni Davaktiv agentligiga va uning hududiy boshqarmalariga;
tijorat banklari tomonidan — “yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirish maqsadida ajratilgan kreditlar (agar ushbu tadbirlar “yoʻl xaritalari” — dasturlarda koʻzda tutilgan boʻlsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalariga yuboriladi.
16. Davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki korxonalar “yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirish yakunida ushbu dasturlarda belgilangan tadbirlar va prognoz koʻrsatkichlarning bajarilganligi toʻgʻrisidagi yakuniy maʼlumotlarni Davaktiv agentligiga taqdim etadi.
17. “Yoʻl xaritalari” — dasturlarning bajarilishi davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tegishli boshqaruv organlari majlislarida har chorakda kamida bir marta koʻrib chiqiladi”;
18-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari “Davaktiv agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“19. Yuborilgan iltimosnomalar va talabnomalar boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “yoʻl xaritalari” — dasturlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan maʼlumotlarda aks ettiriladi”;
20 va 22-bandlardagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari “Davaktiv agentligi” soʻzi bilan almashtirilsin;
Korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish taklif etiladigan korxonalar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish uchun shakllantirish.
har yili 15-aprelga qadar
2-bosqich
Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan roʻyxat asosida korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida korxonalarga, davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga soʻrovnomalar yuborish.
uch kun muddatda
3-bosqich
Davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini chuqur tahlil qilish, zarurat boʻlganda joyiga chiqib oʻrganish.
oʻn kun muddatda
4-bosqich
Davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar
Korxonalarning moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini ishlab chiqish.
ikki hafta muddatda
5-bosqich
Davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar
Korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini koʻrib chiqish uchun Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalariga kiritish.
besh kun muddatda
6-bosqich
Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari
“Yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini koʻrib chiqish, zarurat boʻlganda joyiga chiqqan holda tashkil etish.
yigirma kun muddatda
7-bosqich
Davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tegishli boshqaruv organlari
Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilgan korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish “yoʻl xaritalari” — dasturlarni tasdiqlash.
ikki hafta muddatda
8-bosqich
Korxonalar
Tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” — dasturlarni (elektron koʻrinishda) Davaktiv agentligining “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritish.
bir hafta muddatda
9-bosqich
Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari
“Yoʻl xaritalari” — dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish.
doimiy
10-bosqich
Korxonalar
Davaktiv agentligining “Davlat mulki” axborot tizimiga, shuningdek, davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga:
a) “yoʻl xaritalari” — dasturlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
a) har oy keyingi oyning uchinchi kunidan kechiktirmagan holda;
b) “yoʻl xaritalari” — dasturlarning toʻliq bajarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish.
b) yoʻl xaritalari” — dasturlarining bajarilishi tugallanganda
11-bosqich
Davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
Davaktiv agentligiga va uning hududiy boshqarmalariga:
“yoʻl xaritalari” — dasturlarning amalga oshirilishi monitoringi natijalari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni;
“yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirish jarayonida muammolari mavjud korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qilish.
har oy
keyingi oyning beshinchi kunidan kechiktirmagan holda
Tijorat banklari
Davaktiv agentligiga va uning hududiy boshqarmalariga ajratilgan kreditlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (agar ushbu tadbirlar “yoʻl xaritalari” — dasturlarda koʻzda tutilgan boʻlsa) taqdim qilish.
12-bosqich
Davaktiv agentligi
“Yoʻl xaritalari” — dasturlarda belgilangan tadbirlar va prognoz koʻrsatkichlar ijrosining monitoringi va tahlili asosida umumlashtirilgan tahliliy maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
27. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalariga 1-ilovaning 1-bosqich “Tashkiliy tadbirlar” ustuni “a” kichik bandidagi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi” soʻzlari “E-auksion” elektron savdo platformasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-martdagi 265-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “ijara toʻlovining “nol” stavkasi” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 366-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga biriktirilgan kontingentga kafolatlangan tibbiy va sanatoriy-sogʻlomlashtirish yordami koʻrsatish tartibi va hajmi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning matni:
a) “3. Turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda xizmat koʻrsatiladigan kontingent” grafasi quyidagi mazmundagi 231-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Departament boshliqlari, departament boshliqlarining oʻrinbosarlari, departament boshligʻining oʻrinbosari — boshqarma boshligʻi, boshqarma boshliqlari va oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari va oʻrinbosarlari**.
”.
b) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“**Davaktiv agentligining bosh va yetakchi mutaxassis xodimlariga Davaktiv agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan pulli asosda xizmat koʻrsatiladi”.
30. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 394-son qarorining 6-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “ijara haqining “nol” stavkasi boʻyicha” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamgʻarma hisoblanadi.”;
“b” kichik banddan “, shuningdek “UzAssets” AJ investitsiya kompaniyasi ustav kapitaliga berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni sotishdan hamda “UzAssets” AJ sof foydasidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) oldidagi davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qarzlarini qoplash uchun Jamgʻarmaga tushgan mablagʻlar”;
v) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“92 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
5 foizi — Jamgʻarmaga;
3 foizi — Sport vazirligi huzuridagi Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga”;
“b” kichik banddagi “bundan ushbu bandning “v” kichik bandi” soʻzlaridan keyin “hamda xususiylashtirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilgan davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“g” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ilmiy-tadqiqot, auditorlik, moliyaviy, konsalting xizmatlari, boshqa mahalliy va xorijiy tashkilotlar, amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish boʻyicha mustaqil ekspertlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, uslubiy hujjatlar, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlariga mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy va konsalting tashkilotlarini jalb qilishga”;
sakkizinchi xatboshidan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 19-banddagi “Moliya vazirligiga” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 23-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyatini xotin-qizlar bilan ishlash yoʻnalishida namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 14-iyundagi 495-son qarorining 6-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi” soʻzlari “E-auksion” elektron savdo platformasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2022-yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 24-iyuldagi 622-son qarorining 6-bandidagi “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga” soʻzlari “E-auksion” elektron savdo platformasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovasining 36-bandida:
35. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi 741-son qarorining 4-bandidagi “ijara toʻlovining “nol” stavkasi” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-sentabrdagi 770-son qarorining 12-bandidagi “ijara toʻlovining “nol” stavkasi boʻyicha” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
37. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-sentabrdagi 794-son qarorida:
1, 2 i 7 chasti zdaniyi soorujeniy bivshegoOAO “Buxoroteks”
23,5
129 920
GUP “Buxaratexnopark”
g. Buxara,ul. Sanoatchilar 2
Realizuyetsya v ustanovlennom poryadke
2.
Zdaniya i soorujeniya bivshey Buxarskoy trikotajnoy fabriki“I. Fozilov”
3,8
9 562
Upravleniye blagoustroystva xokimiyatag. Buxari
g. Buxara,ul. Jubor 162
Realizuyetsya v ustanovlennom poryadke
3.
Zdaniya i soorujeniya fabriki № 1 bivshego proizvodstvennogo obyedineniya “Poyafzal”
2,6
8 652
Upravleniye blagoustroystva xokimiyatag. Buxari
g. Buxara,ul. Namozgox 112
Realizuyetsya v ustanovlennom poryadke
”.
38. Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 3-martdagi 117-son qarorining 6-bandidagi “nol” stavkadagi ijara toʻlovi” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
39. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
2-bandning ikkinchi xatboshisi “(turar va noturar) obyekti” soʻzidan keyin “moddiy madaniy meros obyekti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-band quyidagi mazmundagi “i”, “k” va “l” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“i) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi davlat mulki boʻlgan moddiy madaniy meros obyektlari (obyekt nomi va davri, balansda saqlovchi nomi, STIRi, manzili, maydoni) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
k) Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
l) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi”;
7-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda davlat koʻchmas mulk obyekti va boʻsh yer uchastkalarini davlat-xususiy sheriklikka berish toʻgʻrisida bitim tuzilgan taqdirda, bitim tuzilgandan soʻng oʻn kun muddatda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi”;
“a” kichik band quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat koʻchmas mulk obyekti va boʻsh yer uchastkalarini negizida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (bitim)”;
“11. Maxfiylikning alohida tartibi tatbiq etiladigan davlat mulkining, shu jumladan, harbiy va maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan alohida tartibga boʻysunuvchi, alohida muhim va muayyan tartibga boʻysunuvchi obyektlarning, shuningdek, gidrotexnika inshootlarining hisobini yuritish qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
“151. Davlat mulki oʻziga biriktirilgan (shu jumladan, tekin foydalanish huquqi asosida yoki boshqacha tartibda biriktirilgan) yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu mulkning idoraviy hisobi yuritilishi, uning inventarizatsiya qilinishi hamda qayta baholanishini taʼminlaydi. Bunda davlat mulkining idoraviy hisobini yuritish davlat mulkining haqiqatda mavjudligini va hisobga olinmagan davlat mulkini aniqlashga hamda keyinchalik uni tegishli davlat mulkini boshqarish subyektiga biriktirishga qaratilgan boʻlishi kerak”;
5-bob quyidagi mazmundagi 211 va 212-bandlar bilan toʻldirilsin:
“211. Davlat mulki reyestrining maʼlumotlaridan vakolatli davlat organlari tomonidan davlat mulkini boshqarish va uning yaxlitligini hamda but saqlanishini taʼminlash bilan bogʻliq qarorlarni qabul qilishda foydalaniladi.
212. Davlat mulki reyestrini yuritish davlat mulkini hisobga olish va axborotga oid maqsadlar uchun moʻljallangan hamda huquqni belgilovchi yoki huquqni tasdiqlovchi fakt boʻlib hisoblanmaydi”.
40. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son Farmoni)” 2020-yil 6-iyuldagi 425-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi “v” kichik bandining oltmishinchi — oltmish ikkinchi hamda sakson yettinchi — sakson toʻqqizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
41. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-oktabrdagi 674-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va” soʻzlari “miqdori 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek” soʻzlari bilan almashtirilsin.
42. Vazirlar Mahkamasining “2020 — 2022-yillarda Jizzax viloyatining Zomin tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-noyabrdagi 698-son qarorining 7-bandidagi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdolarga” soʻzlari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron savdolarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
43. Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarorida:
a) 1-ilovaning 30-bandidagi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida” soʻzlari “E-auksion” elektron savdo platformasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 23-bandidagi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida” soʻzlari “E-auksion” elektron savdo platformasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
44. Vazirlar Mahkamasining “2021 — 2023-yillarda Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor va Yakkabogʻ tumanlari markazlarini obodonlashtirish va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 16-fevraldagi 74-son qarorining 3-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida” soʻzlari “E-auksion” elektron savdo platformasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
45. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-fevraldagi 81-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarining rasmiy veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-banddagi “50 foiz va undan ortiq boʻlgan” soʻzlari “miqdori 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari hamda” soʻzlari “miqdori 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek” soʻzlari bilan almashtirilsin.
46. Vazirlar Mahkamasining “2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 29-martdagi 166-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va” soʻzlari “ustav kapitalidagi davlat ulushi miqdori 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyati yoxud ustav kapitalidagi davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyati, shuningdek” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning 79-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“79. Strategiya ustav kapitalidagi davlat ulushi miqdori 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari yoxud ustav kapitalidagi davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek davlat unitar korxonalariga bosqichma-bosqich tatbiq etiladi”;
47. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 49-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasiga” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-bosqichning “Tadbirlar” ustuni 1-bandidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
48. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 16-bandidagi “nol stavka boʻyicha ijara toʻlovi asosida bilan” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
49. Vazirlar Mahkamasining “Respublika mulki obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 8-iyundagi 355-son qarorida:
a) 1-banddagi “Moliya vazirligi va yuqori turuvchi manfaatdor davlat organlari” soʻzlari “yuqori turuvchi manfaatdor davlat organlari, shuningdek, davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar nazarda tutilgan hollarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandga quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan toʻldirilsin:
“j) respublika mulki obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berishda respublika mulki obyekt(lar)ini hamda avtomototransport vositalarini topshiruvchi tashkilot tomonidan obyekt(lar)ni saqlash xarajatlari (moliyalashtirish manbalari bilan) toʻgʻrisida maʼlumot”;
14-banddagi “Moliya vazirligiga” soʻzlari “davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-banddagi “Moliya vazirligining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Moliya vazirligiga taqdim etishi shart” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli hududiy boshqarmasiga taqdim etishi shart (agar budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilot hisoblansa)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 31-bob bilan toʻldirilsin:
“31-bob. Davlat muassasalari oʻz tarkibiga kiruvchi davlat tashkilotlarining respublika mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz oʻtkazish tartibi
201. Davlat muassasalari, shu jumladan, davlat organlari oʻz tarkibiga kiradigan davlat tashkilotlariga tegishli respublika koʻchmas mulk obyektini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish toʻgʻrisida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Agentlikka murojaat qiladi:
a) respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)ining kadastr hujjatlari nusxalari;
b) obyektlarning ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq pasporti (ppt formatda) va fotosuratlari;
v) respublika koʻchmas mulk obyektini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Hukumatining tegishli topshirigʻi nusxasi (agar mavjud boʻlsa).
Mazkur murojaatda respublika koʻchmas mulkini qabul qiluvchi tomonning qabul qilingan obyekt(lar)dan foydalanish maqsadlari aniq koʻrsatilishi shart.
202. Agentlik ushbu Nizomning 201-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan keyin bir hafta muddatda quyidagilarni koʻrib chiqqan holda respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi yuzasidan xulosa beradi:
obyektning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi;
xususiylashtirish va ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga va boshqa dasturlarga kirganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, Hukumatning boshqacha tarzda tasarruf etish topshiriqlari mavjudligi;
obyektga nisbatan taqiqning (cheklovning) mavjudligi;
buziladigan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya sifatida beriladigan obyektlar roʻyxatida ekanligi.
203. Ushbu Nizomning 202-bandining uchinchi — oltinchi xatboshilarda nazarda tutilgan holatlardan biri aniqlangan taqdirda, mazkur koʻchmas mulk obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan xulosa beradi.
204. Davlat muassasasi, shu jumladan, davlat organi Agentlikning ijobiy xulosasini olgandan (kelishilgandan) keyin bir hafta muddatda tegishli qaror qabul qiladi va qaror nusxasini pochta aloqasi orqali manfaatdor tashkilotlarga, shuningdek, Agentlikka yuboradi.
Mazkur qarorda respublika koʻchmas mulk obyektlarining butligini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash belgilanadi.
205. Respublika koʻchmas mulk obyektini qabul qiluvchi tomon qaror nusxasini hamda obyektdan kelgusida foydalanish maqsadlaridan kelib chiqib, obyektni saqlash xarajatlari boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli hududiy boshqarmasiga taqdim etishi shart (agar budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilot hisoblansa).
206. Respublika koʻchmas mulk obyektlarini topshirish-qabul qilish ishlari davlat muassasasi, shu jumladan, davlat organining tegishli qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun muddat ichida amalga oshiriladi”.
50. Vazirlar Mahkamasining “2021-2022-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 14-iyundagi 369-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi” soʻzlari “E-auksion” elektron savdo platformasidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 11-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi” soʻzlari “E-auksion” elektron savdo platformasidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
51. Vazirlar Mahkamasining “Nurafshon shahrida Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining maʼmuriy binosini qurish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 23-iyuldagi 452-son qarorida:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi va Iqtisodiyot va Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga ilovaga muvofiq tasdiqlangan roʻyxatdagi bino va inshootlar belgilangan tartibda baholangan qiymatda “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin”;
v) ilovaning nomlanishidagi “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida” soʻzlari “E-auksion” elektron savdo platformasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
52. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchma savdoni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-bandining toʻqqizinchi xatboshisidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
53. Vazirlar Mahkamasining “Mahallalarda jamoat tartibini saqlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-sentabrdagi 588-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “ijara toʻlovining “nol” stavkasi asosida ijaraga” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
54. Vazirlar Mahkamasining “Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketini sotish va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi 719-son qarorida:
“2. Belgilansinki, “Poytaxt bank” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketini sotish boʻyicha oldi-sotdi bitimi qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosidan tashqarida amalga oshiriladi”;
b) 3-bandidagi “mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
55. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshi “kiritiladigan” soʻzidan keyin “shuningdek, ishtirokchilar tomonidan qadamga bogʻlanmagan narx berish uchun hamda lotning toʻliq qiymati shartnomaga asosan toʻlanishi belgilangan obyektlar boʻyicha gʻolib (salohiyatli gʻolib) tomonidan bayonnoma rasmiylashtirish uchun qoʻshimcha toʻlangan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oʻn yettinchi xatboshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-band quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy va yuridik shaxslar oʻz ixtiyorlariga koʻra, “E-auksion” elektron savdo platformasidan akkreditatsiyadan oʻtgan professional tashkilotlar va professional ishtirokchilar tomonidan shartnoma asosida koʻrsatiladigan konsalting hamda maslahat xizmatlaridan foydalangan holda oʻzlariga tegishli boʻlgan mol-mulkni “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksion (tanlov) savdolariga chiqarishi yoki savdoda turgan mol-mulkni sotib olishi mumkin”;
g) 33-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ushbu maʼlumot 10 ish kuni ichida joylashtirilmasa, savdo platformasi orqali avtomatik tarzda shartnoma imzolanmagan deb topilib, tartib-taomillar ushbu Nizom doirasida davom ettiriladi”;
d) 39-bandning birinchi jumlasi “buyurtmachi bilan kelishilgan holda” soʻzlaridan keyin “(sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
e) 43-bandning birinchi xatboshisidagi “hisoblangan shaxslar” soʻzlari “ular tomonidan tashkil etilgan yakka tartibdagi tadbirkor hamda ulushi miqdori boshqa har bir taʼsischi ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyati (aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 49-bandning birinchi jumlasidagi “va Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “yoki Vazirlar Mahkamasi yoxud Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“strategik turdagi yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini savdo platformasida sotishdan olingan pul mablagʻlaridan boshlangʻich narxining uch foizi hamda boshlangʻich narx bilan sotilgan narx oʻrtasidagi farq summasining oʻn foizi Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining hisobvaragʻiga va qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
uch foizi hamda boshlangʻich narx bilan sotilgan narx oʻrtasidagi farq summasining oʻn foizi Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining hisobvaragʻiga va qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasini sotishdan olingan pul mablagʻlarining oʻttiz foizi (operator xizmat haqi uchun olinadigan 1 foizni vazirlikka oʻtkaziladigan mablagʻdan kamaytirish hisobiga) Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining hisobvaragʻiga hamda yetmish foizi yer qaʼri uchastkasi joylashgan tegishli tuman (shahar)lar mahalliy budjetlariga taqsimlanadi”;
beshinchi xatboshi “auksion va tanlov savdolarini” soʻzlaridan oldin “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM xarajatlarini,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
“Tanlov obyekti boʻyicha tanlov gʻolibi tomonidan taklif etilgan narxning 5 foizi besh ish kuni ichida toʻlanganligi shaxsiy kabinet orqali tasdiqlangandan soʻng bayonnoma rasmiylashtiriladi”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilardagi “operatorning xizmat haqiga yetarli mablagʻni” soʻzlari “taklif etgan narxining 5 foizini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “operator xizmat haqini” soʻzlari “taklif etgan narxining 5 foizini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 86-banddagi “Operator xizmat haqi toʻlangandan” soʻzlari “Taklif etilgan narxning 5 foizi toʻlanganligi gʻolib tomonidan shaxsiy kabinet orqali tasdiqlangandan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Bunda auksion yoki tanlovga qoʻyilgan obyektni savdodan olish boʻyicha yozma soʻrov xati faqat savdo platformasi orqali auksion yoki tanlov oʻtkaziladigan kun soat 09:50 gacha (GMT+5) qabul qilinadi. Belgilangan muddat oʻtgandan keyin elektron soʻrovlar qabul qilish avtomatik tarzda toʻxtatiladi. Auksion yoki tanlovni oʻtkazish tartib-taomillari davom ettiriladi”;
m) 98-bandning ikkinchi xatboshisidagi “(gʻolib, buyurtmachi va operator)ning” soʻzlari “(gʻolib va buyurtmachi)ning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-bosqichning “Tadbirlar” ustuni 1-bandidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2, 4 va 6-bosqichlarning “Subyektlar” ustunidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
o) Nizomga 2 va 3-ilovalar matnidagi “ELEKTRON ONLAYN-AUKSIONLARNI TASHKIL ETISH MARKAZI” DAVLAT UNITAR KORXONASI” soʻzlari “ELEKTRON ONLAYN-AUKSIONLARNI TASHKIL ETISH” AKSIYADORLIK JAMIYATI” soʻzlari bilan almashtirilsin.
56. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“loyiha-qidiruv tashkiloti — “OʻzGASHKLITI” MCHJ yoki tegishli ravishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi) hududiy boshqarmalari tomonidan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ikki tomonlama (Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari — buyurtmachi va loyiha qidiruv tashkiloti — buyurtmani bajaruvchi) shartnoma boʻyicha jalb qilinadigan loyiha-qidiruv tashkiloti”;
b) 4-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Hududlar va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlganda boʻsh yer uchastkalari avtomatik ravishda mulk huquqida auksion savdolariga chiqariladi”;
v) quyidagi mazmundagi 51 va 52-bandlar bilan toʻldirilsin:
“51. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari, tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari, Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda boʻsh turgan yer uchastkalarini mustaqil ravishda aniqlab, yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kunida yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini tuman hokimligi nomiga davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va roʻyxatdan oʻtkazadi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishlicha Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi) yuboradi.
52. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari tuman (shahar)lar hokimliklari nomiga belgilangan tartibda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng ular toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Yerelektron” AATga yuboradi.
Davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻsh yer uchastkasining maʼlumotlari “Yerelektron” AATga yuborilganidan keyin ushbu yer uchastkasini boʻlish, birlashtirish hamda chegaralariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin emas, ushbu yer uchastkasini auksion orqali realizatsiya qilish uchun alohida yer uchastkalariga boʻlish bundan mustasno.
Filialning kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasining yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xarajatlari miqdori Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va tuman (shahar) mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi”;
“6. Yer uchastkasini tanlash materiallari filial, tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari, Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan tayyorlanadi”;
d) 7-banddagi “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” soʻzlari “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“9. Yer uchastkalarini ijaraga berish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmonida belgilangan 1 va 2-toifadagi hududlar uchun kamida 25 yil, 3-toifa uchun kamida 20 yil, 4 va 5-toifaga kiritilgan tumanlar uchun kamida 15 yil muddat etib belgilanadi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari mulk va ijara huquqi asosida auksion savdolariga chiqarilganda auksionning boshlanish (oʻtkazish) sanasi va lot haqida xabarnoma (eʼlon) kamida 15 kun oldin, takroriy auksion savdosida 5 kun oldin operatorning veb-portalida joylashtiriladi.
Auksion natijalari boʻyicha pul mablagʻlari operatorning maxsus hisobvaragʻida yigʻiladi va auksion gʻolibi tomonidan yer uchastkasi qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng buyurtmachi hisobvaragʻiga belgilangan tartibda operator xizmat haqi chegirilgan qolda oʻtkazib beriladi”;
“10. Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi va filial bilan birgalikda 10 ish kunida hududlar va aholi punktlari master-reja va shaharsozlik hujjatlari asosida tuman (shahar) hokimliklari nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkalarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va “Yerelektron” AATga kiritadi.
Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi “Yerelektron” AATda taklif ishlab chiqilayotgan yer uchastkasining chegarasini belgilaydi, yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turlarini belgilaydi, yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari roʻyxati tuzadi, belgilangan maqsadi va turlarini belgilaydi, yer uchastkasi boʻyicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni, hududlar va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari asosida yer uchastkasining huquq turini belgilaydi hamda shaharsozlik cheklovlari qoʻyilgan holda foydalanish boʻyicha asoslangan takliflarni yer tanlash materiallarini tayyorlash uchun filialga yuboradi.
Hududlar va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan holatlarda ishlab chiqilgan yer uchastkalari boʻyicha takliflar tuman (shahar) qurilish boʻlimi tomonidan tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengash bilan kelishiladi.
Kengashlar ularga soʻrov kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan navbatdagi majlisda har bir yer uchastkasi boʻyicha materiallarni koʻrib chiqadi. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:
ijobiy xulosa berilganda, Kengash qarori u qabul qilingandan keyingi ish kundan kechiktirmasdan filialga yuboriladi;
salbiy xulosa berilganda ushbu yer uchastkasining maʼlumotlariga bu toʻgʻrisida maʼlumot kiritiladi.
Filial yer uchastkasida boʻsh yer uchastkasi boʻyicha yer tanlash materiallarini tayyorlaydi va “Yerelektron” AATga joylashtiradi. Mavjud muhofaza hududlarni, yer toifalarini oʻrganib, natijasi boʻyicha maʼlumotlarni kiritadi. Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan taqdim etilgan tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin boʻlmagan hududlarda joylashganda hamda yer uchastkasining toifasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasida boʻlgan hollarda taklifni rad etadi.
Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan uch ish kunida loyiha qidiruv tashkiloti tomonidan yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritalarni tayyorlanishini hamda “OʻzGASHKLITI” MCHJ yoki tegishli ravishda shartnoma boʻyicha jalb qilinadigan loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan tayyorlangan topografik xaritalarni “Yerelektron” AATga kiritilishini taʼminlaydi.
Takliflarni tayyorlash vaqtida yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalarini topografik xaritada aks ettirish uchun maxsus asbob-uskunalarga ega boʻlgan hamda tanlangan hududdagi koʻchalarning qizil chiziqlarini belgilab berish imkoniyati mavjud loyiha-qidiruv tashkiloti joyiga chiqqan holda yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini mahalliy koordinatalar tizimida elektron shaklda tayyorlaydi”;
i) quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111. Jismoniy va yuridik shaxslar, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari “Yerelektron” AATning ochiq elektron portali orqali koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish huquqiga ega.
Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi, filial, Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida taklifni hududlar va aholi punktlari, master-reja va shaharsozlik hujjatlari bilan solishtirib taklifni qabul qiladi yoki sabablarini koʻrsatgan holda rad etadi.
Davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻsh yer uchastkasi aniqlangan taqdirda yer uchastkasiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.
Tuman (shahar) hokimliklari ikki ish kunida ushbu boʻsh yer uchastkasini hokimiyat zaxira yer fondiga davlat mulki sifatida olish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
“15. Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari, Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari bir ish kunida yer uchastkalari boʻyicha yer tanlash materiallaridan iborat takliflarni va topografik xaritani tayyor boʻlishiga koʻra “Yerelektron” AAT orqali quyidagi vakolatli tashkilotlarga yuboradi:”;
“a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi “tegishli hududlar” soʻzlardan oldin “zarur hollarda,” soʻzlar bilan toʻldirilsin;
n) 18, 19 va 20-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “eng yaxshi takliflarni” soʻzlaridan oldin “qonunchilikda belgilangan tartibda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “hisobot asosida” soʻzlaridan keyin “ikki ish kunida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“b” kichik bandi quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilsin:
“Bozor konyunkturasini oʻrgangan holda, Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasining ijara huquqi baholangan qiymatda auksion savdolariga chiqarilishi mumkin”;
“22. Yer uchastkasini ijaraga berishning boshlangʻich narxi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
S = S x T x B x R x D x G + E,
bunda:
S — yer uchastkasining maydoni, kv.m;
T — hududning toifa koeffitsiyenti, 1-toifaga kiruvchi tuman va shaharlarda 50, 2-toifaga 40,
3-toifaga 30, 4-toifaga 20 va 5-toifaga 10 koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi;
B — Soliq kodeksi bilan belgilangan 1 gektar uchun yer soligʻining bazaviy stavkasidan kelib chiqqan holda 1 kv.m yer uchastkasining bazaviy soliq stavkasi qiymati, soʻm.
R — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari qarori bilan tuman va shaharlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab qoʻllaniladigan 0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyent;
D — xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari qarori bilan ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha boʻyicha qoʻllaniladigan 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyent;
G — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan yer uchastkasi joylashgan hududda (daha, massiv, mahalla, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari) mavjud hamda kelgusida markazlashgan manbalar hisobidan barpo etilishi rejalashtirilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini barpo etish qiymatiga muvofiqlashtiruvchi oshiruvchi koeffitsiyent;
E — yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlari va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga oid xarajatlar, soʻm.
Bunda, R, D va G koeffitsiyentlar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinmagan boʻlsa, mazkur qaror qabul qilingunga qadar 1,0 koeffitsiyent qoʻllaniladi.
Har bir tuman (shahar) hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha va alohida olingan hududlar, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari uchun yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymati Soliq qoʻmitasining yer soligʻi hisobini yuritish boʻyicha axborot bazasidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda “Yerelektron” AATda shakllanadi.
Oxirgi tasdiqlangan yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymati uning yangi qiymati tasdiqlangunga qadar amalda boʻladi”;
“24. Boshlangʻich narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yerelektron” AATga kiritilganidan soʻng yer uchastkasi yoki yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi buyurtmachi tomonidan avtomatik ravishda auksionga qoʻyish uchun operatorga yuboriladi.
Operator auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi boʻyicha ijara muddati va tegishli hokim tomonidan ERI kaliti orqali imzolangan ijara shartnomasining loyihasini namunaviy shaklga muvofiq mazkur Nizomga 2-ilovaga binoan savdo platformada eʼlon qiladi. Bunda tuman (shahar) hokimligi bir ish kunida yer uchastkasi boʻyicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni, auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi boʻyicha ijara muddatini belgilaydi va tegishli hokim ERI kaliti orqali ijara shartnomasini imzolaydi.
Tuman (shahar) hokimligi tomonidan yer uchastkasi ijara shartnomasi belgilangan muddat ichida tasdiqlanmagan taqdirda ijara shartnomasi tasdiqlangan hisoblanadi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Bunda ijara shartnomasiga u oʻz vaqtida tasdiqlanmaganligi toʻgʻrisida operatorning QR-kodi tushiriladi va savdo platformasida mazkur toifadagi shartnomalar reyestrida aks ettiriladi.
Ijara shartnomasida shaharsozlik hujjatlariga va (yoki) yer uchastkasi tanlangan hududning (massivning) loyiha konsepsiyasiga muvofiq yer uchastkasidan foydalanish shartlari, shu jumladan qurilishni boshlash va foydalanishga topshirish muddatlari kiritilishi mumkin.
Eʼlon qoʻshimcha ravishda ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, tuman (shahar) hokimligining rasmiy veb-saytida ham eʼlon qilinishi mumkin.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasi narxini boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha oldi-sotdi shartnoma namunasi buyurtmachi tomonidan ERI kaliti orqali imzolangan holda operatorga yuboriladi”
s) 28 va 29-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Auksion gʻolibi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida savdo platformasidagi shaxsiy kabineti orqali ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Bunda auksion gʻolibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasi narxini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatidan foydalanish istagini bildirsa, buyurtmachi hamda auksion gʻolibi oʻrtasida avtomatik ravishda savdo platformasida boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha shartnoma imzolanadi.
Ijara shartnomasi taraflar tomonidan imzolagandan soʻng avtomatik ravishda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga tegishli axborot tizimi orqali yuboriladi.
Auksion gʻolibi mazkur bandda belgilangan muddatda ijara shartnomasini tasdiqlamagan hollarda operator elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibida belgilangan xatti-harakatlarni amalga oshiradi.
29. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan ijara shartnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kunida amalga oshiriladi. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirma operatorga tegishli axborot tizimi orqali auksion gʻolibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Bunda Buyurtmachi bir ish kuni ichida yer uchastkasi va gʻolib toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda, boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha shartnoma imzolanganligi asosida yer uchastkasiga taqiq qoʻyish toʻgʻrisida Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasiga soʻrovnoma yuboradi.
Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi Buyurtmachining boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha shartnoma imzolanganligi asosida yer uchastkasiga taqiq qoʻyish toʻgʻrisidagi soʻroviga muvofiq yer uchastkasiga boʻlgan cheklanishni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maʼlumot yuboriladi.
Auksion gʻolibi tomonidan yer uchastkasini sotib olish toʻlovlari toʻliq toʻlangandan soʻng, bir ish kuni ichida buyurtmachi oʻzining “Yerelektron” AATdagi kabineti orqali yer uchastkasiga qoʻyilgan taqiqni olib tashlash toʻgʻrisida Davlat kadastrlari palatasiga xabarnoma yuboradi.
Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan buyurtmachi xabarnomasiga asosan bir ish kuni ichida yer uchastkasiga qoʻyilgan taqiq olib tashlanadi”;
“31. Operator yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi koʻchirmani olgandan soʻng uni avtomatik ravishda gʻolibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Bunda auksion gʻolibi tomonidan shartnoma imzolangandan soʻng toʻlash rad etilsa va/yoki toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmasa auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma, yer uchastkasini ijaraga olish boʻyicha shartnoma belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Ijara shartnomasi bekor qilingan taqdirda ijara huquqi bekor qilinadi hamda operator avtomatik ravishda yer uchastkasini takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqaradi.”
u) 32-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda auksion gʻolibi yer uchastkasi narxini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatidan foydalanish istagini bildirsa, davlat orderiga “tasarruf etish huquqisiz” belgisi quyiladi hamda auksion gʻolibi tomonidan yer uchastkasi boʻyicha pul mablagʻlari toʻliq toʻlanganidan soʻng, unga yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderi tasarruf etish huquqiga oʻzgartiriladi”;
“36. Operator yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirmani olgandan soʻng uni avtomatik ravishda gʻolibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Bunda auksion gʻolibi tomonidan shartnoma imzolangandan soʻng toʻlash rad etilsa va/yoki toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmasa auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma, mulk huquqi uchun rasmiylashtirilgan davlat orderi belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Davlat orderi bekor qilingan taqdirda mulk huquqi bekor qilinadi hamda operator avtomatik ravishda yer uchastkasini takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqaradi”;
ikkinchi xatboshisidagi “(keyingi oʻrinlarda — yagona direksiya) soʻzlari “(keyingi oʻrinlarda — direksiya), shu jumladan, Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
“KSYOSTZ hududidan faqat infratuzilma bilan taʼminlangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi;
ijara shartnomasi tuman (shahar) hokimligi va auksion gʻolibi oʻrtasida elektron imzolanadi.
Bunda ijara shartnomasida direksiya bilan auksion gʻolibi oʻrtasida investitsiya majburiyatlari bajarilishi toʻgʻrisida bitim imzolash majburiyati yuklanadi”;
“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari
Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi
Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi
Boʻsh turgan yer uchastkalarini mustaqil ravishda aniqlab, yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Doimiy
2-bosqich
Tuman (shahar) hokimliklari
Tuman (shahar) hokimligi yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini tuman hokimligi nomiga davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va roʻyxatdan oʻtkazadi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi) yuboradi.
2 ish kuni
3-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi
Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari tuman (shahar)lar hokimliklari nomiga belgilangan tartibda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng ular toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Yerelektron” AATga yuboradi.
1 ish kuni
4-bosqich
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari
Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi
Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi
Hududlar va aholi punktlari master-reja va shaharsozlik hujjatlari asosida tuman (shahar) hokimliklari nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkalarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va “Yerelektron” AATga kiritadi.
1) Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi “Yerelektron” AATda taklif ishlab chiqilayotgan yer uchastkasining chegarasini belgilaydi, yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turlarini belgilaydi, yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari roʻyxati tuzadi, belgilangan maqsadi va turlarini belgilaydi, yer uchastkasi boʻyicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni, hududlar va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari mavjudligi asosida yer uchastkasining huquq turini belgilaydi hamda shaharsozlik cheklovlari qoʻyilgan holda foydalanish boʻyicha asoslangan takliflarni yer tanlash materiallarini tayyorlash uchun filialga yuboradi.
Hududlar va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan holatlarda ishlab chiqilgan yer uchastkalari boʻyicha takliflar tuman (shahar) qurilish boʻlimi tomonidan tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengash bilan kelishiladi.
2) Filial yer uchastkasida boʻsh yer uchastkasi boʻyicha yer tanlash materiallarini tayyorlaydi va “Yerelektron” AATga joylashtiradi. Mavjud muhofaza hududlarni, yer toifalarini oʻrganib, natijasi boʻyicha maʼlumotlarni kiritadi. Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan taqdim etilgan tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin boʻlmagan hududlarda joylashganda hamda yer uchastkasining toifasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasida boʻlgan hollarda taklifni rad etadi.
3) Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan uch ish kunida loyiha qidiruv tashkiloti tomonidan yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritalarni tayyorlanishini hamda “OʻzGASHKLITI” MCHJ yoki tegishli ravishda shartnoma boʻyicha jalb qilinadigan loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan tayyorlangan topografik xaritalarni “Yerelektron” AATga kiritilishini taʼminlaydi.
10 ish kuni
5-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi
Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari tuman (shahar)lar hokimliklari nomiga belgilangan tartibda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng ular toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Yerelektron” AATga yuboradi.
Doimiy
6-bosqich
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari
Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi
Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi
Jismoniy yoki yuridik shaxslar hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining taklifi kelib tushgan kundan eʼtiboran taklifni hududlar va aholi punktlari, master-reja va shaharsozlik hujjatlari bilan solishtirib taklifni qabul qiladi yoki sabablarini koʻrsatgan holda rad etadi.
Davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻsh yer uchastkasi aniqlangan taqdirda yer uchastkasiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.
5 ish kuni
7-bosqich
Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi
Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi
Yer uchastkalari boʻyicha yer tanlash materiallaridan iborat takliflarni va topografik xaritani tayyor boʻlishiga koʻra “Yerelektron” AAT orqali vakolatli tashkilotlarga yuboradi:
1 ish kuni
8-bosqich
Zarur hollarda hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar
Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Kelishuv rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
2 ish kuni
Yongʻin xavfsizligi boʻlimlari, Toshkent shahrida — yongʻin xavfsizligi boshqarmasi
Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari
Madaniy meros agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalari, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari
Yer uchastkasi boʻyicha tegishli xulosa tuzadi, uni elektron shaklda “Yerelektron” AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar
“Yerelektron” AAT orqali har bir yer uchastkasi boʻyicha qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin boʻlgan quvvatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni ulardan foydalanuvchi tashkilotlarga taqdim etadi.
9-bosqich
Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi
a) Yer uchastkasi mulk huquqi bilan auksionga chiqarilganda:
qonunchilikda belgilangan tartibda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, u bilan shartnoma tuzish, yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlarining tashkil etilishini taʼminlaydi;
baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot asosida “Yerelektron” AATga yer uchastkasining boshlangʻich narxini kiritadi.
b) Yer uchastkasi ijara huquqi bilan auksionga chiqarilganda:
yer uchastkasi ijara huquqi bilan auksionga chiqarilganda “Yerelektron” AAT avtomatik ravishda tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymati asosida auksionga chiqarilayotgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqining boshlangʻich narxini belgilaydi;
bozor konyunkturasini oʻrgangan holda, yer uchastkasining ijara huquqi baholangan qiymatda auksion savdolariga chiqarilishi mumkin.
2 ish kuni
10-bosqich
“Yerelektron” AAT
Boshlangʻich narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yerelektron” AATga kiritilganidan soʻng yer uchastkasi yoki yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi buyurtmachi tomonidan avtomatik ravishda auksionga qoʻyish uchun operatorga yuboriladi.
Avtomatik ravishda
11-bosqich
Yuridik va jismoniy shaxslar
Yer uchastkasini realizatsiya qilish boʻyicha auksionda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq ishtirok etadi.
Belgilangan muddatda
12-bosqich
Auksion gʻolibi
(Ijara huquqi boʻlganda)
1. Auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma tushgan kundan boshlab ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
2. Ijara shartnomasi taraflar tomonidan imzolagandan soʻng, avtomatik ravishda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
3. Yer uchastkasining sotib olish toʻlovini qonunchilikka asosan boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, auksion gʻolibi oʻz istagiga koʻra oldi-sotdi shartnomasini elektron koʻrinishda oʻzining shaxsiy kabineti orqali rasmiylashtiradi.
10 ish kuni
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi
(Mulk huquqi boʻlganda)
1. Auksion savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani olgan kundan boshlab belgilangan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi, belgilangan shaklda uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi va auksion gʻolibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Bunda, auksion gʻolibi yer uchastkasi narxini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatidan foydalanish istagini bildirsa, davlat orderiga tasarruf etish huquqisiz belgisi quyiladi hamda auksion gʻolibi tomonidan yer uchastkasi boʻyicha pul mablagʻlari toʻliq toʻlanganidan soʻng, unga yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderi tasarruf etish huquqiga oʻzgartiriladi.
1 ish kuni
13-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish davlat orderi tushgan kundan boshlab amalga oshiriladi.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga mulk huquqi yoki ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali auksion gʻolibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
2 ish kuni
14-bosqich
Operator
Yer uchastkasiga boʻlgan ijara yoki mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi koʻchirmani olgandan soʻng uni gʻolibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Avtomatik ravishda
15-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali va tuman (shahar) qurilish boʻlimi
Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi va yer uchastkasini naturada koʻrsatadi.
3 ish kuni
”.
57. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 6-ilovaning 5-pozitsiyasi 3-ustunining “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi” davlat korxonasi” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
58. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisida nizomning 37-bandi “a” kichik bandi uchinchi — beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oltin konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi — bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming olti yuz baravari;
qimmatbaho (oltindan tashqari) va rangli metallar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi — bazaviy hisoblash miqdorining bir ming uch yuz baravari;
rudali foydali qazilmalar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi (bundan uglevodorodlar, oltin, qimmatbaho va rangli metallar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi mustasno) — bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz ellik baravari”.
59. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 161-bandi “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2025-y., 09/25/158/0235-son)
61. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2022-yil 28-apreldagi 219-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Markaz xodimlariga nisbatan, toʻlov manbalaridan qatʼi nazar, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparati xodimlari uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etilishi belgilab qoʻyilsin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazilmagan Markaz xodimlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar qonunchilik hujjatlariga asosan mavjud shtat birliklari doirasida Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, ushbu pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi”.
62. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida” 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qaroriga 1-ilovaning 145-bandidagi “bir yarim barobari” soʻzlari “bir barobari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
63. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 420-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish” soʻzlari “Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish” soʻzlari “Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
65. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida Tamshush suv inshootlaridan foydalanish direksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 20-sentabrdagi 517-son qarorining 8-bandidagi “ijara toʻlovining “nol” stavkasida” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
66. Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida innovatsiya va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 15-oktabrdagi 606-son qarorining 12-bandidagi “ijara toʻlovining “nol” stavkasi” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
67. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalarning Kuzatuv kengashiga nomzodlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 4-noyabrdagi 647-son qarorida:
“Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi miqdori ellik foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek davlat unitar korxonalari (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) kuzatuv kengashiga nomzodlarni jalb qilish jarayonini boshqarish, xususan, kuzatuv kengashi tarkibi hamda ularda yuz bergan oʻzgarishlarni markazlashgan holda yoritib borilishini taʼminlovchi www.cns.davaktiv.uz maxsus veb-portali yaratilganligi;
1-bandning ikkinchi xatboshisi “oshirilayotgan korxonalarga” soʻzlaridan keyin “shuningdek, davlat ulushi ishonchli boshqaruvga berilgan korxonalarning Kuzatuv kengashi tarkibiga ishonchli boshqaruvchining vakillarini kiritishga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“davlat ishtirokidagi korxonalar (keyingi oʻrinlarda — korxona) — ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori ellik foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyati yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyati, shuningdek davlat unitar korxonasi;
nomzodlarni tanlab olish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) — davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi aʼzoligiga davlat ulushi boʻyicha nomzodlarni saralash va tanlab olish uchun tegishincha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, maxsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tuzilgan komissiya”;
11-banddan “norezident nomzodlar bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“33. Komissiya aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi tegishincha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, maxsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanadi. Bunda komissiya tarkibiga tegishincha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, maxsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tegishli tarkibiy boʻlinma rahbarlari hamda vakolatli davlat organining vakili kiritiladi, shuningdek komissiya faoliyatiga xalqaro moliya institutlari ekspertlari, konsalting kompaniyalari ilmiy xodimlari va ekspertlari, shuningdek korxonalarning faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, soha mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Komissiya aʼzolari soni yetti nafardan oshmagan holda toq tarkibda boʻlishi lozim. Komissiyaga tegishincha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, maxsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbari yoki ularning koʻrsatmasiga asosan rahbar oʻrinbosarlaridan biri raislik qiladi, rahbar oʻrinbosari boʻlmaganda esa, uning vazifalarini bajaruvchi shaxs komissiya raisi vazifasini bajaradi. Komissiya kotibi komissiya majlislari oʻtkazilishini hamda uning ishini tashkil etilishini taʼminlaydi.
Komissiya kotibi sifatida tegishincha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, maxsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining korxonalarning boshqaruv organlariga nomzodlarni shakllantirish bilan shugʻullanuvchi tarkibiy boʻlinmasi rahbari yoki mazkur vazifa yuklatilgan shaxs tayinlanadi”;
1.2-ilovaga izohning 1-bandidan “norezident nomzodlar bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin.
68. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qamashi tumanlarida xizmatlar sohasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 23-fevraldagi 77-son qarorining 4-bandi birinchi xatboshisi “xususiylashtirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishi belgilangan qismi” soʻzlaridan keyin “hamda “Oʻzbekneftgaz” AJ va uning tizimidagi korxonalarning aktivlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
69. Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyati Shahrixon tumanida charm-poyabzal va hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, kasanachilikni rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 23-fevraldagi 78-son qarorining 6-bandi birinchi xatboshisidagi “ijara haqining “nol” stavkasida ijaraga” soʻzlari “tekin foydalanish huquqi asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
70. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirish va ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2023-yil 10-martdagi 100-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi “g” kichik bandining oʻttizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
71. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 127-son qarori bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning maʼmuriy reglamentida:
a) 2-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 16-banddagi “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi)” soʻzlari “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi, 12 va 14-bosqichlarning “Subyektlar” ustunidagi “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” DUK” soʻzlari “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi, 5 va 7-bosqichlarning “Subyektlar” ustunidagi “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” soʻzlari “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6 va 11-bosqichlarning “Subyektlar” ustunidagi “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” soʻzlari “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
72. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentida:
(72-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 838-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 09/25/838/1247-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 73-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
74. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining alohida muhim yoʻlovchilariga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisida nizomga ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirdagi “6.7.” kichik band bilan toʻldirilsin:
“6.7. Direktor Agentstva po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami Respubliki Uzbekistan i yego zamestiteli”.
75. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 472-F-son farmoyishining 3-bandi ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori)” 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2009-yil 17-iyundagi 168-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son qarori)” 2011-yil 14-sentabrdagi 258-son qaroriga ilovaning 3-bandi “g” kichik bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-son Farmoni)” 2012-yil 20-iyundagi 177-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 34-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 11-iyundagi 165-son qarori)” 2013-yil 13-avgustdagi 221-son qaroriga ilovaning 3-bandi “b” kichik bandi yigirma ikkinchi — qirq uchinchi xatboshilari.
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorining 2-bandi va ushbu qarorga 8-ilova.
9. Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 27-maydagi 137-son qarori.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 3-iyundagi OʻRQ-387-son hamda “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida” 2015-yil 25-avgustdagi OʻRQ-392-son qonunlari)” 2015-yil 23-sentabrdagi 274-son qaroriga ilovaning 19-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 60-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ulushi ustuvor boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 17-oktabrdagi PQ-2635-son qarori)” 2016-yil 30-dekabrdagi 421-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmoni)” 2017-yil 25-martdagi 155-son qaroriga 1-ilovaning 14-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son Farmoni)” 2020-yil 6-iyuldagi 425-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi, 9-bandining “d” kichik bandi va 10-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 106-bandi.