|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.05.2024
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni va xususiylashtirilgan korxonalarning davlat aktivlarini real mulkdorlarga sotish, shuningdek ushbu korxonalarni zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda)
2. Davlat mulkini sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi (R.S. Azimov)ga:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul beriladigan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalari, past likvidli obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda)
xorijiy investorlarning buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida boʻlgan past likvidli obyektlar aniq investitsiya majburiyatlari ostida investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan tanlov oʻtkazmasdan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
3. Belgilab qoʻyilsinki:
davlat korxonalari va obyektlar faqat tanlov asosida eng yaxshi investitsiya loyihalarini va korxonaning kreditorlik qarzini toʻlashni oʻz ichiga oluvchi majburiyatlarni taklif etgan investorlarga investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul beriladi, ushbu qarorning 2-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda)
korxonani (obyektni) investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul olgan investor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda, bepul berish toʻgʻrisidagi shartnoma qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi, bunda obyekt belgilangan tartibda investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan qaytadan sotuvga qoʻyilishi kerak;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga bepul berilgan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha oldingi yillardagi toʻlanishiga ishonch boʻlmagan qarzlari, shu jumladan ular boʻyicha penya va jarimalar hisobdan chiqariladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
mulkdor — yuridik yoki jismoniy shaxs investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul olingan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonasi (uning mol-mulki), past likvidli obyekt shu jumladan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketi (ulushi) boʻyicha tegishli ravishda foyda soligʻiga hamda jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqqa tortilmaydi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-maydagi 137-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 270-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qaror ahamiyatini, shuningdek past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarni, past likvidli obyektlarni investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan mamlakatimiz investorlariga va xorijiy investorlarga bepul berishning hamda xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarini ularning nominal qiymatidan past narxlarda sotishning borishini keng yoritish ishlarini tashkil etsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 26-avgust,
368-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 137-modda; 2004-y., 18-son, 206-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 23-son, 210-modda, 30-son, 289-modda; 2007-y., 37-38-son, 385-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda, 10-11-son, 115-modda, 25-son, 288-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2012-y., 22-son, 245-modda, 25-son, 274-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda, 37-son, 485-modda; 2014-y., 41-son, 506-modda; 2015-y., 21-son, 270-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)