1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
Standartlashtirish faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti standartlashtirish boʻyicha milliy organ etib belgilanganligi hamda ushbu Qonun bilan Milliy organga quyidagi vakolatlar berilganligi:
milliy standartlarni tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish, ularni bekor qilish haqida, shuningdek, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Standartlarning yagona axborot bazasini shakllantirish va yuritish;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish hamda metrologiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish, shuningdek, ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-son Farmonida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shu jumladan, veterinariya, karantin va sanitariya sohalarini qamrab oluvchi oʻquv kurslarini tashkil etish va sohada majburiy malakasini baholash (attestatsiya) tizimini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Milliy standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish, bekor qilish hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
milliy standartlarga qoʻyiladigan talablar;
milliy standartlarning tuzilishi;
milliy standartlarni ishlab chiqish va kelishish tartibi;
milliy standartlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibi;
milliy standartlarni tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi;
milliy standartlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi;
b) Standartlarning yagona axborot bazasini shakllantirish, yuritish va tarqatish faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:
Standartlar yagona axborot bazasining tarkibi;
Standartlar yagona axborot bazasini toʻldirish;
Standartlar yagona axborot bazasini yuritish;
Standartlar yagona axborot bazasidagi standartlarni tarqatish tartibi;
v) Standartlashtirish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq:
standartlashtirish rejasini shakllantirish tartibi;
standartlashtirishni moliyalashtirish tartibi;
g) Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalari mutaxassislarining malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
mutaxassislarni malakasini oshirish tartibi;
mutaxassislarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi;
talabgorlarning hujjatlarini koʻrib chiqish tartibi;
malaka oshirganlik va attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yagona reyestrni yuritish tartibi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar mahsulotining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanganda ularga muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqi berilganligi hamda muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun sertifikatlashtirish organiga toʻlov amalga oshirilishi belgilanganligi inobatga olinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-mart,
177-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi 177-son qaroriga
1-ILOVA
Milliy standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish, bekor qilish hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.02 Standartlashtirish boʻyicha organlar]
1. Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “Oʻzbekiston standartlar instituti” davlat muassasasida (keyingi oʻrinlarda — Standartlar instituti) qonunchilik hujjatlariga muvofiq milliy standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish, bekor qilish hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.01.00.00 Moliyaviy tizimning umumiy qoidalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang);
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
5.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Mazkur Nizom harbiy soha, davlat sirlarini va boshqa axborotni himoya qilish sohasi, atom energiyasidan foydalanish, yadroviy hamda radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasi hamda moliya va taʼlim sohalarini standartlashtirishga tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
dastlabki standart — standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tomonidan yoki ushbu texnik qoʻmita mavjud boʻlmagan taqdirda, Standartlar instituti tomonidan standart loyihasida keltirilgan talablar, ilmiy ishlanmalar, tadqiqotlarni davom ettirish maqsadga muvofiq deb topilgan uch yil muddatgacha qabul qilingan standart;
milliy standart — Standartlar instituti tomonidan qabul qilingan hamda keng jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan standart;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.02 Standartlashtirish boʻyicha organlar]
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita — faoliyatning yoʻnalishlari boʻyicha standartlashtirish tizimini rivojlantirishni amalga oshirishda ishtirok etuvchi maslahat-kengash organi;
standartlashtirish obyekti — mahsulot, tovarlar, xizmatlar (keyingi oʻrinlarda — mahsulot), jarayonlar, menejment tizimlari, atamalar, shartli belgilar, tadqiqotlar (sinash), oʻlchash (shu jumladan, namunalarni tanlash) hamda sinash usullari, tamgʻalash, muvofiqlikni baholash tartib-taomillari va boshqa obyektlar;
tashabbuskor — milliy standartni ishlab chiqish boʻyicha tashabbus koʻrsatgan, jumladan, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar va fuqarolar;
oʻzaro kelishuv — koʻpchilik manfaatdor taraflarning mavjud masalalar boʻyicha eʼtirozlari yoʻqligi bilan tavsiflanadigan hamda barcha taraflarning fikrlarini inobatga olishga va mos kelmayotgan nuqtai nazarlarni yaqinlashtirishga qaratiladigan jarayon natijasida erishiladigan umumiy kelishuv.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasida standartlashtirish boʻyicha quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qoʻllaniladi:
milliy standartlar;
xalqaro (mintaqaviy) standartlar;
xorijiy mamlakatlarning standartlari.
4. Milliy standartlarni ishlab chiqish qonuniylik, manfaatdor taraflarning oʻzaro kelishuvi, xolislik, standartlardagi takrorlanishlar va ziddiyatlarning oldini olish tamoyillariga asoslanadi.
Milliy standartlarni oʻzaro kelishuv asosida qabul qilish, ekspertizadan oʻtkazish, bekor qilish hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning Standartlar instituti faoliyatiga har qanday shaklda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-bob. Milliy standartlarning tuzilishi va ularga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
5. Milliy standartlarni bayon etish, rasmiylashtirish va mazmuniga qoʻyiladigan talablar asos boʻluvchi milliy standartlarda belgilanadi. Ushbu asos boʻluvchi standartlarning qoʻllanishi majburiy hisoblanadi.
6. Milliy standart uning mazmuniga muvofiq boʻlgan hamda standartlashtirish obyektini aks ettiruvchi qisqa nomga ega boʻlishi lozim. Hujjat nomi aniq va ravon boʻlishi kerak.
7. Milliy standartda uning boshqa bandlariga, shuningdek, boshqa standartlarga havola qilish ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoki takrorlanishlarning oldini olish uchungina yoʻl qoʻyiladi.
8. Milliy standartning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi kerak. Bunda hujjatning har bir bandi toʻliq va tugallangan maʼno hamda mazmunga ega boʻlishi lozim.
Milliy standartda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, agar mavjud boʻlsa, ularning qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
9. Milliy standartda quyidagilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
ogʻzaki nutq shakllari;
davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda, xorijiy tillarning atamalari;
eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar.
10. Milliy standartning matni umumeʼtirof etilgan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi.
11. Milliy standartda qoʻllaniladigan atamalarning taʼriflari ushbu standartda keltiriladi.
12. Milliy standartda umumiy qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanilishi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar berilishi mumkin.
13. Milliy standartning matni quyidagi tuzilish elementlariga boʻlinishi mumkin: boʻlimlar, kichik boʻlimlar, bandlar, kichik bandlar. Boʻlimlar bandlarga yoki tegishli bandlar bilan kichik boʻlimlarga boʻlinishi mumkin. Bandlar kichik bandlarga boʻlinishi mumkin.
Har bitta band yoki kichik band standartni alohida qoidalarini oʻz ichiga olishi hamda toʻliq va tamomlangan matnga ega boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
14. Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, bandlar va kichik bandlar arab raqamlari bilan raqamlanadi.
Boʻlimlar standartning butun matnida ketma-ket raqamlangan boʻlishi kerak.
Boʻlim raqamiga boʻlim va kichik boʻlim raqamlari, band raqamiga esa nuqtalar (nuqta) bilan ajratilgan boʻlim, kichik boʻlim va band raqamlari (yoki boʻlim va band raqamlari) kiradi.
15. Milliy standartlarning boʻlimlari va kichik boʻlimlari sarlavhalarga ega. Sarlavhalar tegishli boʻlimlar, kichik boʻlimlar, bandlarning mazmunini aniq va qisqa aks ettirishi kerak.
16. Milliy standartni rasmiylashtirishda loyihaning matni A4 formatidagi qogʻoz varagʻining bir tomonida uning matnini kamaytirmasdan joylashtirilishi kerak. Sahifaning tartib raqami sahifaning pastki oʻng burchagida joylashtirilishi kerak, 1 raqamidan boshlab raqamlanadi.
Milliy standart, qoida tariqasida, Misrosoft Word redaktoridan va quyidagi parametrlardan foydalangan holda tayyorlanadi:
“Times New Roman” 12 oʻlchamli shrift;
sahifaning chap hoshiyasi 3 sm, oʻng hoshiyasi 1,5 sm, past va yuqori hoshiyalari 2 sm;
birinchi qatorning satr boshisi 1,27 sm;
xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda boʻlishi lozim.
17. Milliy standart loyihasi matnini tayyorlashda grek yoki boshqa alifbolarning harflarini, formulalarni, alohida shartli belgilar Microsoft Word redaktoridan foydalangan holda belgilanishi kerak. Bunda yozilgan matnning zichligi, qolgan matn zichligiga yaqinlashtirilgan boʻlishi kerak.
18. Milliy standart davlat tilida qabul qilinadi va chop etiladi. Milliy standartlar Standartlar instituti yoki tarjimonlik xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan shartnoma asosida boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
19. Milliy standartlar matn tilidan qatʼi nazar, hujjat nomining davlat tilidagi quyidagi qisqartirishlari bilan belgilanadi:
Oʻzbekiston milliy standarti — OʻzMSt (Oʻzbekiston Milliy Standarti);
tartib raqami;
ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yili;
Dastlabki standart — DS (Dastlabki Standart).
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
20. Milliy standart boʻlimlarining sarlavhasi, tarkibi va tuzilishi standartlashtirilayotgan mahsulotning xususiyatlari va unga qoʻyiladigan talablarni inobatga olgan holda belgilanadi.
Mahsulotlarga texnik talablarni belgilashni nazarda tutuvchi milliy standartlar quyidagi boʻlimlardan iborat boʻlishi mumkin:
tasnif, asosiy parametrlar va (yoki) oʻlchamlar;
umumiy texnik talablar;
qabul qilish qoidalari;
tamgʻalash, qadoqlash, tashish va saqlash.
Standartlashtirish obyektiga qarab, boʻlimlar Standartlar instituti bilan kelishilgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
Foydalanilishi aholi salomatligi va (yoki) mulkiga, shuningdek, atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan mahsulotlar uchun standartlarga “Xavfsizlik talablari” va “Atrof-muhitni muhofaza qilish talablari” boʻlimlar kiritiladi. Ushbu boʻlimlarda faqat standartlashtirish obyektining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya talablari kiritilishi lozim.
Bunda konstruktiv va boshqa texnik talablarni oʻrnatish va ularga rioya qilish bilan taʼminlanadigan talablar “Umumiy texnik talablar” boʻlimida oʻrnatiladi.
Milliy standartlarda mahsulotga va uning tasnifiga, atamalarga, shartli belgilarga, sinash (oʻlchash), namunalar tanlash, tamgʻalash usullariga, muvofiqlikni baholash tartib-taomillariga, boshqarish tizimlariga doir talablar belgilanishi mumkin.
Milliy standartlarda huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.
21. Bir turdagi mahsulot va xizmatlarning butun guruhiga standartlarni ishlab chiqish imkoni boʻlmaganda, mahsulot va xizmatlarning muayyan turi, markasi, modeliga, yoki bir turdagi mahsulotning ushbu guruhiga taalluqli boʻlgan, barcha mahsulotni qamrab olmaydigan, muayyan mahsulot va xizmat guruhiga standartlar ishlab chiqiladi.
22. Milliy standart loyihasidagi tamgʻalashga oid maʼlumotlar qonunchilik hujjatlarida hamda texnik reglamentlar va standartlarda belgilangan maʼlumotlarga muvofiq boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
23. Xizmatlarga tegishli standartlar tarkibi quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
muayyan sohada xizmatlarni standartlashtirish boʻyicha asosiy qoidalar;
atamalar va ularning taʼriflari;
xizmatlar va (yoki) ularni amalga oshiruvchi tashkilotlar tasniflanishi;
sifat (qulaylik, tejamlilik, ergonomiklik, estetiklilik va boshqalar) va xavfsizlik (yongʻin, seysmik, kimyoviy, sanitar, radiatsion, ekologik, energiya samarador) koʻrsatkichlari, mol-mulk but saqlanishi talablari.
3-bob. Milliy standartlarni ishlab chiqish va kelishish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.02 Standartlashtirish boʻyicha organlar]
24. Milliy standartlar Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar tomonidan ishlab chiqiladi. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita mavjud boʻlmagan sohalar va mahsulotlar boʻyicha standartlar Standartlar instituti tomonidan ishlab chiqiladi.
25. Tashabbuskorlar standart ishlab chiqish boʻyicha Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaga, ushbu texnik qoʻmita mavjud boʻlmaganda esa, Standartlar institutiga murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
26. Milliy standartlar tashabbuskorlarning taklifi hamda ilm-fan va texnologiyalarning rivojlanishini inobatga olgan xolda qabul qilingan Standartlashtirish rejasi asosida ishlab chiqiladi.
Milliy standartlar quyidagilar inobatga olingan holda ishlab chiqiladi:
ilmiy tadqiqotlarning (sinashning) va oʻlchashning natijalari;
ilm-fan va texnika yutuqlari;
mahsulotning yangi turlarini, jarayonlarni va xizmatlarni qoʻllash orqali orttirilgan amaliy tajriba;
xalqaro (mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari hamda standartlashtirish obyektiga doir talablarni belgilaydigan boshqa hujjatlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.02 Standartlashtirish boʻyicha organlar]
27. Milliy standartni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi quyidagi bosqichlardan iborat:
milliy standartni ishlab chiqish uchun Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita yoki tashabbuskor tomonidan texnik topshiriq ishlab chiqilib, Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi;
milliy standart Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitada manfaatdor taraflarning vakillari bilan birgalikda ishlab chiqiladi;
milliy standartda belgilanadigan talablar sinov va ilmiy izlanishlar natijalari asosida manfaatdor taraflar tomonidan oʻzaro kelishilgan holda belgilanadi.
28. Milliy standartlarni ishlab chiqishning boshlanishi va yakunlanishi toʻgʻrisidagi axborot Standartlar institutining rasmiy veb-sayti va elektron portaliga joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
29. Loyiha tasdiqlanguniga qadar Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan kelishilishi lozim.
Bunda loyiha boʻyicha kelib tushgan takliflar loyihani ishlab chiqqan Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar tomonidan umumlashtiriladi, koʻrib chiqiladi, zaruratga koʻra, loyihaga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
30. Milliy standartlar loyihalari Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar tomonidan Standartlar institutining rasmiy veb-saytiga va elektron portaliga jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi.
Standartlar institutining rasmiy veb-saytiga va elektron portaliga joylashtirilgan milliy standartlar loyihalari oltmish kalendar kun ichida jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.
Jamoatchilik muhokamasi yakunlari boʻyicha kelib tushgan takliflar oʻn besh kalendar kuni ichida Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita, u boʻlmaganda esa, Standartlar instituti tomonidan koʻrib chiqilib, manfaatdor taraflar bilan oʻzaro kelishuv asosida kelishilgan holda qabul qilinadi. Jamoatchilik tomonidan kelib tushgan takliflar qabul qilinganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Standartlar institutining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Bunda rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotda rad etilishining sabablari aniq koʻrsatilishi lozim.
Jamoatchilik muhokamasidan soʻng Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita yoki texnik qoʻmita mavjud boʻlmaganda esa, Standartlar instituti tegishli soha mutaxassislarini jalb etgan xolda uch ish kuni ichida milliy standart loyihasini oʻzaro kelishuv asosida texnik muhokama qilishni tashkil qiladi.
31. Texnik muhokama qilingan milliy standart yoki dastlabki standart loyihasini uch ish kuni ichida qaror qabul qilish uchun Standartlashtirish boʻyicha milliy organga kiritishga tayyorlashni tashkil etadi.
32. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita raisining qarori boʻyicha Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita yigʻilishi onlayn va oflayn shakllarda oʻtkazilishi mumkin.
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning masʼul kotibi milliy standart yoki dastlabki standart loyihasini muhokama qilish uchun uni qabul qilish boʻyicha bayonnoma va xulosa loyihasini jamoatchilik muhokamasidan soʻng uch ish kuni ichida Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita aʼzolariga Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida, uni oʻtkazish shakli koʻrsatilgan holda elektron shaklda axborot-telekommunikatsiya umumiy foydalanish tarmoqlari, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali hamda Standartlar institutining rasmiy veb-sayti orqali xabarnoma yuboradi.
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita raisi tomonidan milliy standart loyihasi yoki dastlabki standart boʻyicha kelishmovchiliklar mavjud emasligi aniqlangan taqdirda, oʻzaro kelishuvga erishilgan hisoblanadi.
Oʻzaro kelishuvga erishilgandan soʻng Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning masʼul kotibi milliy standart yoki dastlabki standartni qabul qilish boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan bayonnoma va xulosani imzolash uchun Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita raisiga kiritadi.
33. Milliy standart loyihasini qabul qilish boʻyicha Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tomonidan bayonnoma va xulosa rasmiylashtiriladi va ushbu standart loyihasi bilan bayonnoma qabul qilingan kundan boshlab oʻn kalendar kun ichida Standartlar institutiga ekspertizadan oʻtkazish va qabul qilish uchun yuboriladi.
Bunda milliy standart loyihasiga uni ekspertizadan oʻtkazish va davlat roʻyxatiga olish hamda tasdiqlash uchun elektron nusxada (Word va PDF formatda) yoki qogʻoz shaklida standart loyihasi, Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita bayonnomasi va xulosasi, standartni ishlab chiqishga asos boʻluvchi barcha hujjatlar (murojaat xati, tushuntirish xati, asosiy chora-tadbirlar rejasi, ilmiy izlanishlar natijalari toʻgʻrisidagi xulosa, sinov bayonnomalari) ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.02 Standartlashtirish boʻyicha organlar]
34. Dastlabki standartni ishlab chiqish va kelishish talablari:
dastlabki standart bilan oʻrnatilgan koʻrsatkichlar (talablar) Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan tegishli mahsulotlarga oid milliy standartlar, xalqaro (mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari talablaridan past boʻlishiga va takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
dastlabki standart loyihasi Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitada, agarda Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita mavjud boʻlmagan taqdirda, Standartlar institutida milliy standartga qoʻyilgan talablar asosida ishlab chiqiladi, kelishiladi, ekspertizadan oʻtkaziladi va muayyan qisqa muddatga qabul qilinadi;
ishlab chiqilgan milliy standart loyihasi Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitada yoki u mavjud boʻlmaganda Standartlar institutida “milliy standart” koʻrinishida qabul qilish lozim deb topilmagan taqdirda, Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita yoki Standartlar instituti xulosasiga asosan dastlabki standart koʻrinishida uch yil muddatgacha qabul qilinishi mumkin. Bunda dastlabki standart keyinchalik, ishlab chiqaruvchi tomonidan dastlabki standart foydalanilishi davomida yetarli tajriba toʻplangani, unda keltirilgan talablar, ilmiy ishlanmalar, tadqiqotlar oʻz tasdigʻini topgani toʻgʻrisida xulosa asosida “milliy standart” sifatida oʻrnatilgan tartibda qabul qilinadi.
Dastlabki standartning amal qilish muddati tadqiqotlar tugallanmaganligini tasdiqlovchi hujjatlar va Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita yoki Standartlar instituti xulosasiga asosan faqat bir marta ikki yilgacha muddatga uzaytirilishi mumkin.
4-bob. Milliy standartlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
35. Ekspertizaga qoʻyiladigan umumiy talablar quyidagilardan iborat:
milliy standartlar mamlakatimiz ilm-fani va xorijiy ilm-fan yutuqlariga asoslanishi;
amaldagi qonunchilik, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro shartnomalar talablariga zid boʻlmasligi;
milliy standartni qabul qilishda oʻzaro kelishuvga erishilganligi.
36. Milliy standart loyihasining ekspertizasi Standartlar instituti tomonidan oʻn ish kunidan oshmagan muddatda oʻtkaziladi va uning natijasi boʻyicha ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.
Standartlar instituti ekspertiza jarayoniga tegishli sohada mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilishi mumkin.
Standartlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan milliy standart loyihasining ekspertizasi ushbu milliy standartni ishlab chiqish jarayonida ishtirok etmagan hamda ishlab chiqqan mutaxassislarning bevosita boʻysunuvida boʻlmagan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Ekspertiza asos boʻluvchi standartlar asosida oʻtkaziladi va xulosa rasmiylashtiriladi.
Ekspertizaning ijobiy natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan ekspert xulosasi standart loyihasini tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
37. Ekspertizaning quyidagi tartib va turlari oʻrnatiladi:
normanazorat;
terminologik;
metrologik;
ochiq eʼlon qilishga tegishli boʻlmagan maʼlumotlar nazorati;
havolalarning toʻgʻriligi va qonuniyligi, zarur axborot qidiruv belgilarini toʻgʻri yozilganligi (nomi, belgilanishi, mahsulotlarni umumiy davlat tasniflagichidagi kodi (MUT), standartlarni umumiy davlat tasniflagichidagi guruhi (SUT belgilar, qisqartirish, kiritilish sanasi va/yoki amal qilish muddati, ishlab chiqilgan hujjat oʻrniga normativ hujjat toʻgʻrisida maʼlumot), tegishli tashkilotlar bilan kelishilganligi, jadvallarning va chizmalarning toʻgʻri toʻldirilganligi, hujjatlarni rasmiylashtirilishi va tuzilishi toʻgʻriligi.
39. Terminologik ekspertiza belgilangan ilmiy-texnik atamalar, xalqaro (mintaqaviy) va milliy terminologik standartlarga rioya qilish toʻgʻri qoʻllanilishini tekshirish bosqichi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.03 Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorat]
40. Metrologik ekspertizada standartlarning metrologiya sohasidagi amaldagi qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi.
41. Ochiq eʼlon qilishga tegishli boʻlmagan maʼlumotlar kiritilgan standartlar amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qarori bilan tasdiqlangan Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
42. Texnik ekspertizani oʻtkazishda quyidagilar tekshiriladi:
milliy standartlarni tuzish, bayon etish, rasmiylashtirish mazmuni va belgilanishiga qoʻyiladigan umumiy talablar asos boʻluvchi standartlar talablariga muvofiqligi;
milliy standart nomining texnik topshiriqqa (mavjud boʻlsa), standartlar mazmuniga va standartlashtirish rejalariga muvofiqligi, standartlashtirish obyektining standart toifasiga muvofiqligi;
milliy standart mazmuni va ifoda etilishining toʻgʻriligi, autentikliligi;
milliy standart koʻrsatkichlarining texnik reglamentlar, xalqaro (mintaqaviy) standartlar va milliy standartlari talablariga muvofiqligi;
takrorlanish omili va mavjud oʻzaro bogʻliq boʻlgan amaldagi milliy standart bilan orasida ziddiyat mavjud emasligi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
43. Nashriyot tahriri ilmiy-adabiy va texnik tahrirni oʻz ichiga oladi.
44. Milliy standart qayta koʻrib chiqishga quyidagi hollarda qaytariladi:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga zid boʻlganda;
Oʻzbekiston Respublikasining milliy standartlashtirish tizimi talablariga javob bermasa;
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitada va Standartlar instituti tomonidan rasmiylashtirilgan bayonnomada oʻzaro kelishuv shartlari ushbu Nizomning 27-bandiga muvofiq bajarilmagan boʻlsa.
45. Ushbu Nizomning 44-bandida keltirilgan sabablarga koʻra milliy standart loyihasi qayta koʻrib chiqish uchun tegishli Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaga qaytariladi.
Ekspertiza xulosasiga asosan milliy standart loyihasi Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita aʼzolari va manfaatdor taraflar ishtirokida oʻttiz ish kunida qayta koʻrib chiqiladi hamda Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tomonidan bayonnoma rasmiylashtirilgan holda qayta ekspertiza qilish uchun Standartlar institutiga kiritiladi.
Milliy standart loyihasi Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tomonidan ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatda qayta ekspertizadan oʻtkazish uchun Standartlar institutiga kiritilmaganda, loyiha yangi kiritilgan hisoblanadi hamda uni qayta ekspertizadan oʻtkazish uchun mazkur bandning oltinchi xatboshisida belgilangan miqdorda toʻlov amalga oshiriladi.
Milliy standart loyihasi taqdim etilgan kundan boshlab yetti ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda takroriy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Bunda takroriy ekspertizani dastlabki ekspert xulosasida koʻrsatilmagan kamchiliklar boʻyicha oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Milliy standart loyihasi ekspertizasi faqat Standartlar instituti tomonidan shartnoma asosida (bir sahifasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi) amalga oshiriladi. Bunda ekspertiza uchun toʻlovlar Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari yoki tashabbuskorlar bilan tuzilgan shartnoma asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobi.
5-bob. Milliy standartlarni tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
46. Milliy standartlar ekspertizaning ijobiy xulosasi asosida Standartlar instituti tomonidan besh ish kuni ichida qaror qabul qilish yoʻli bilan tasdiqlanadi.
Qarorda milliy standartning belgilanishi boʻyicha tartib raqami koʻrsatiladi.
Milliy standartlar cheklanmagan muddatga va dastlabki standartlar uch yil muddat davrda amal qilishga qabul qilinishi mumkin.
Bunda milliy standartni amalga kiritish sanasi va amal qilish muddati koʻrsatiladi.
47. Milliy standartlar davlat roʻyxatiga olish va tasdiqlash uchun elektron nusxada (Word va PDF formatda) hamda qogʻoz shaklida topshiriladi.
Bunda milliy standart loyihasiga uni davlat roʻyxatiga olish va tasdiqlash uchun Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita bayonnomasi va xulosasi, standartni ishlab chiqishga asos boʻluvchi barcha hujjatlar (tushuntirish xati, chora-tadbirlar rejasi, ilmiy izlanishlar natijalari toʻgʻrisidagi xulosa, sinov bayonnomalari) nusxalari va ekspertiza xulosasi ilova qilinadi.
48. Standartlar instituti tomonidan milliy standartni tasdiqlash boʻyicha qabul qilingan qaror ushbu milliy standart toifasi boʻyicha davlat reyestriga kiritiladi.
49. Milliy standartning birinchi sahifasida davlat roʻyxatiga olingan sana va raqam koʻrsatiladi va avtomatlashtirilgan tizim orqali milliy standartning barcha sahifalari, roʻyxatga olish maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi.
50. Milliy standart keng jamoatchilik tomonidan foydalanish uchun Standartlar institutining rasmiy veb-saytiga qabul qilingan kundan boshlab besh kalendar kuni ichida joylashtiriladi va muntazam yangilab boriladi.
51. Qabul qilingan milliy standartlar rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran koʻpi bilan oltmish kundan keyin kuchga kiradi.
6-bob. Milliy standartlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ularni bekor qilish tartibi
52. Milliy standartlarga oʻzgartishlar kiritish, milliy standartlarni almashtirish, alohida talablarga qoʻshimchalar kiritish yoki ularni chiqarib tashlash, milliy standartlarning amal qilish muddatlarini uzaytirish yoki tiklash, ularga yangi talablar kiritish va ularni xalqaro (mintaqaviy) standartlar bilan uygʻunlashtirish amaldagi qonunchilikning buzilishiga olib kelmaydigan hollarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.02 Standartlashtirish boʻyicha organlar]
53. Milliy standartlarga oʻzgartishlar kiritish mazkur standartni ishlab chiquvchi yoki Standartlar instituti tomonidan amalga oshiriladi.
54. Milliy standartga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki uni bekor qilish boʻyicha takliflar Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar tomonidan koʻrib chiqiladi. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita mavjud boʻlmagan sohalar, yoʻnalishlar va mahsulotlar boʻyicha milliy standartlar Standartlar instituti tomonidan koʻrib chiqiladi.
Bunda milliy standartga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki uni bekor qilish ushbu Nizomning 26 va 27-bandlari hamda asos boʻluvchi milliy standartlar talablari asosida amalga oshiriladi.
55. Milliy standartga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish loyihalari uning matnini qisman oʻzgartirish (almashtirish), talablarni chiqarib tashlash yoki qoʻshish hamda milliy standartning amal qilish muddatini uzaytirish, chegaralash, chegaralashni bekor qilish orqali amalga oshiriladi.
Milliy standartlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish loyihasini ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi mazkur Nizomning 4 va 5-boblarida nazarda tutilgan tartibga asosan amalga oshiriladi.
56. Milliy standartga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda uning ilovalari, jadvallari, boʻlimlari, bandlari va kichik bandlarining raqamlanishi oʻzgarmaydi.
57. Milliy standartlarni bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
mazkur standartlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga zid ekanligi;
mazkur standartlar oʻrniga yangi milliy, xalqaro (mintaqaviy) standart amalga kiritilganligi;
mazkur standartni qoʻllashning dolzarbligi yoʻqolganligi.
58. Milliy standartni bekor qilish tashabbusi bilan chiqqan shaxslar uni bekor qilish uchun Standartlashtirish boʻyicha milliy organga standartni bekor qilish maqsadga muvofiq ekanligini asoslantirgan holda oʻz takliflarini yuboradi.
Bunda milliy standartni bekor qilish boʻyicha Standartlar institutining tegishli qarori qabul qilinadi.
59. Milliy standartlarga oʻzgartishlar kiritish va ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi axborot Standartlar institutining rasmiy veb-saytiga hamda elektron portaliga joylashtiriladi, shuningdek, jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish oltmish kalendar kuni ichida amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi 177-son qaroriga
2-ILOVA
Standartlarning yagona axborot bazasini shakllantirish, yuritish va tarqatish faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom standartlashtirish sohasidagi standartlarning yagona axborot bazasini shakllantirish, yuritish va tarqatish tartibi boʻyicha ishlarni tashkil etish qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
2. Standartlarning yagona axborot bazasi (keyingi oʻrinlarda — Yagona axborot bazasi) “Maʼlumotnoma izlash” axborot tizimi bilan birgalikda qogʻoz va elektron shakldagi standartlarning tizimlashtirilgan fondidan iborat.
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar oʻzlari ishlab chiqqan standartlarning axborot bazasini tashkil etishlari, shakllantirishlari va yuritishlari mumkin. Bunda ushbu standartlarning Yagona axborot bazasidagi standartlar bilan aynan bir xilligi taʼminlanishi shart.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
3. Yagona axborot bazasi:
yuridik va jismoniy shaxslarga standartlashtirish sohasidagi standartlar toʻgʻrisida toʻliq, ishonchli va oʻz vaqtida axborot berish;
standartlashtirish sohasida fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalanishga koʻmaklashish;
standartlashtirish sohasidagi standartlar toʻgʻrisidagi axborotlarning oshkoraligini taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
4. Standartlashtirish boʻyicha milliy organ — Standartlar instituti:
Yagona axborot bazasi shakllantirilishi, yuritilishi, saqlanishi, tizimlashtirilishi, hisobga olinishi va dolzarbligi tashkil etilishini;
yuridik va jismoniy shaxslar standartlashtirish sohasidagi standartlar toʻgʻrisida toʻliq, ishonchli va oʻz vaqtida axborot berilishini taʼminlaydi.
2-bob. Yagona axborot bazasining tarkibi va uni toʻldirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
5. Yagona axborot bazasi tarkibiga belgilangan tartibda tasdiqlangan quyidagilar kiritiladi:
milliy standartlar;
standartlashtirish boʻyicha xalqaro (mintaqaviy) va xorijiy mamlakatlarning standartlari hamda milliy tashkilotlarning rasmiy axborot nashrlari hisoblangan klassifikatorlar, kataloglar va koʻrsatkichlar;
standartlashtirish sohasidagi barcha standartlarning elektron variantlari.
6. Standartlar toʻplamida quyidagilar bir nusxada arxivda saqlanadi:
a) tasdiqlangan standartning qarori (buyrugʻi);
b) tushuntirish xati, standartga kiritilgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar;
v) oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha taqqoslama jadval;
g) texnik qoʻmita va ekspertiza xulosalari;
d) texnik qoʻmita bayonnomasi, standartni ishlab chiqishga asos boʻluvchi barcha hujjatlar:
tashabbuskor arizasi;
mahsulot (xizmat, jarayon) tavsifi;
ushbu standart loyihasi qamrab olgan masalada avvalgi qabul qilingan va amaldagi standartlar roʻyxati (agar boʻlsa);
ilmiy izlanishlar natijalari toʻgʻrisidagi xulosa, sinov bayonnomalari, chizmalar, hisob-kitoblar, mutaxassislar xulosalari (agar boʻlsa);
standartni asl nusxasining qogʻozda va elektron shakli (Word va PDF formatlarida).
3-bob. Yagona axborot bazasini yuritish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
7. Standartlar jamlanib, ularga tegishli boʻlgan hujjatlar bilan birga hisobga olinadi va elektron shaklda, Word va PDF formatlarida Yagona axborot bazasida saqlanadi.
Yagona axborot bazasi maxsus serverga joylashtiriladi, ushbu serverdagi hujjatlarga xavfsizlik talablariga rioya etilgan holda, faqat maxsus ruxsat etilgan xodimlarning kiritilishi taʼminlanadi.
8. Amal qilish muddati tugagan standartlarning qogʻoz shaklidagi nusxasiga “Arxiv nusxasi” shtampi bosilib, qogʻoz arxiviga yuboriladi, elektron nusxasi esa Yagona axborot bazasi arxiviga kiritilib, oʻn yilgacha muddat saqlanadi.
9. Yagona axborot bazasiga kiritilgan har bir standart qabul qilish boʻyicha qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida yillik koʻrsatkichlarda va Standartlar institutining rasmiy veb-saytida yaratilgan “E-Standard” elektron platformasida aks ettiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
10. Standart bekor qilinganda yoki bir standart boshqa standart bilan almashtirilganda, qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida Standartlar institutining rasmiy veb-saytida yaratilgan “E-Standard” elektron platformasida aks ettiriladi.
11. Standartlarning qogʻoz shaklidagi nusxalari maxsus sharoitlar bilan taʼminlangan xonalarda saqlanadi.
12. Yagona axborot bazasining standartlari belgilangan tartibda doimiy ravishda yangilab boriladi va dolzarbligi taʼminlanadi.
13. Arxivda saqlanayotgan standartlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Standartlar institutining rasmiy veb-saytida yaratilgan “E-Standard” elektron platformasida aks ettiriladi.
14. Yagona axborot bazasini shakllantirish, yuritish, standartlarni saqlash va boshqa vazifalarni tashkil etish uchun tartiblarni tasdiqlash faqat Standartlar instituti tomonidan amalga oshiriladi. Bunda xalqaro standartlashtirish tashkilotlarining standartlar axborot bazasini yuritish boʻyicha tartiblari va tavsiyalari inobatga olinadi.
15. Standartlar institutidan boshqa tashkilotlar, jumladan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, va boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan milliy, xalqaro (mintaqaviy), xorijiy mamlakatlarning standartlarini yagona axborot bazasini shakllantirilishi, yuritilishi va tarqatilishi yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Yagona axborot bazasidagi standartlarni tarqatish tartibi
16. Standartlar institutining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan standartlar dolzarb standartlar hisoblanib, muvofiqlikni baholash organlari, sinov laboratoriyalari, mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar, xizmat koʻrsatuvchilar va boshqa foydalanuvchilar rasmiy veb-saytdan elektron koʻrinishda 11 xonalik maxsus kod va buyurtmachilarning nomi koʻrsatilgan holda olingan standartlardan foydalanishlari lozim.
17. Yagona axborot bazasidagi milliy, dastlabki, xalqaro (mintaqaviy) va xorijiy mamlakatlarning standartlari barcha foydalanuvchilarga Standartlar instituti tomonidan uning rasmiy veb-saytida yaratilgan “E-Standard” elektron platformasi orqali shartnoma asosida tarqatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
18. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi nazorat davomida hamda “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi muvofiqlikni baholash davrida aynan Standartlar institutining rasmiy veb-saytidan olingan standartlardan foydalanishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar.
19. Standartlar narxlarini shakllantirish tartibi va mezonlari ilovaga muvofiq belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-avgustdagi 509-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/509/0620-son)
Standartlarning yagona axborot bazasini shakllantirish, yuritish va tarqatish faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Standartlar narxlarini shakllantirish tartibi va mezonlari
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu tartib va mezonlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) “Oʻzbekiston standartlar instituti” davlat muassasasida (keyingi oʻrinlarda — Standartlashtirish boʻyicha milliy organ) milliy standartlarni tarqatish narxlarini shakllantirish tartibi va mezonlarini belgilaydi.
2. Mazkur tartib milliy, xalqaro (mintaqaviy) va xorijiy mamlakatlarning standartlarini tarqatish xizmatlarini koʻrsatuvchi Standartlashtirish boʻyicha milliy organga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Mazkur tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
standartlarning yagona axborot bazasi — “Maʼlumotnoma izlash” axborot tizimi bilan birgalikda qogʻoz va elektron shakldagi milliy, xalqaro (mintaqaviy) hamda xorijiy mamlakatlar standartlarining tizimlashtirilgan fondi;
manfaatdor tomonlar — standartlarni qabul qilish va (yoki) qoʻllashdan manfaatdor boʻlgan, mahsulotlarning (xizmatlar) tegishli turlarini ishlab chiqaruvchi yoki isteʼmol qiluvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar.
2-bob. Standartlarni tarqatish narxlarini shakllantirish tartibi
4. Standartlarni tarqatish narxlari xizmatlar guruhlarining (standartlarning ishlab chiqarish) tannarxi, shuningdek, xalqaro (mintaqaviy) va xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish tashkilotlari bilan tuzilgan kelishuvlarda belgilangan tartibda va shartlar asosida belgilanadi.
5. Standartlarni tarqatish narxlarni shakllantirishda xizmatlar guruhlarining (standartlarni ishlab chiqish) tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga koʻra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
ishlab chiqarish moddiy xarajatlari;
ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari;
boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari;
yagona ijtimoiy toʻlov;
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
muassasani saqlash xarajatlari;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar.
Mazkur xizmat narxi quyidagi formula orqali shakllantiriladi:
STN=ICHX+MHTX+BXMIX+YAIT+AX+MSX+BX,
bunda:
STN — standartni tarqatish narxi;
ICHX — ishlab chiqarish bilan bogʻliq moddiy xarajatlar;
MHTX — ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari;
BXMIX — boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari;
YAIT — ish haqi fondidan yagona ijtimoiy toʻlov;
AX — asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
MSX — muassasani saqlash xarajatlari;
BX — ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar.
6. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning standartlarini tarqatish narxlari Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan xalqaro yoki mintaqaviy tashkilot belgilagan tartibda va shartlar asosida Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan shakllantiriladi.
7. Xorijiy mamlakatlarning standartlarini nashr etish va tarqatish mazkur davlatlarning standartlashtirish boʻyicha milliy organlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladi.
8. Standartlar maʼmuriy va jinoiy ishlar doirasida sud va huquqni muhofaza qilish organlari hamda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi uchun ularning yozma soʻroviga asosan bepul taqdim etiladi.
Maʼmuriy va jinoiy ishlar doirasida sud va huquqni muhofaza qilish organlari hamda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi uchun taqdim etilgan standartlarga sarflangan xarajatlar standartlarni aniqlash, aktuallashtirish, ekspertiza qilish, davlat tiliga tarjima qilish xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlar hisobidan qoplanadi.
3-bob. Standartlarni tarqatish narxlarini shakllantirishning mezonlari
9. Quyidagilar standartlarni tarqatish narxlarini shakllantirishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
standartlarni tarqatishdagi narxlarni shakllantirishda xorijiy mamlakatlarning tajribalari;
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ularning eksport salohiyatini oshirish maqsadida standartlarning sahifalari soniga nisbatan kamayib boruvchi narxlarni qoʻllash.
10. Xalqaro, xorijiy va mintaqaviy tashkilotlarning standartlarini nashr etish hamda tarqatish narxlari Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan xalqaro, xorijiy yoki mintaqaviy tashkilot belgilagan tartibda va shartlar asosida Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan tasdiqlanadi.
11. Milliy standartlarni tarqatish narxlari Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
12. Ushbu tartib talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-avgustdagi 509-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/509/0620-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi 177-son qaroriga
3-ILOVA
Standartlashtirish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
1. Ushbu Nizom standartlashtirish sohasining maqsadlari va uni rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha qisqa (bir yilgacha), oʻrta (bir yildan besh yilgacha) va uzoq (besh yildan oʻn yilgacha) muddatli istiqbolli rejalarni shakllantirish tartibini belgilaydi.
2. Standartlashtirishga doir ishlar standartlashtirish rejasiga asosan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.03 Standartlar boʻyicha davlat nazorati]
3. Standartlashtirish sohasidagi quyidagi subyektlarning standartlashtirish rejasini shakllantirish va amalga oshirishdagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi — standartlashtirish rejasining bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti — standartlashtirish rejasini amalga oshiradi;
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari oʻz vakolatlari doirasida — yangi standartlarni ishlab chiqishga, amaldagi standartlarga oʻzgartishlar kiritishga, ularni qayta koʻrib chiqishga va bekor qilishga doir tayyorlagan takliflarini standartlashtirish rejasiga kiritish uchun Oʻzbekiston standartlar institutiga taqdim etadi hamda standartlashtirish rejasida nazarda tutilgan vazifalarni bajaradi;
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita — yangi milliy standartlarni ishlab chiqishga, amaldagi milliy standartlarni qayta koʻrib chiqishga doir standartlashtirish rejasiga kiritish uchun takliflar tayyorlaydi hamda standartlashtirish rejasiga kiritilgan standartlarni ishlab chiqishni amalga oshiradi.
2-bob. Standartlashtirish rejasini shakllantirish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
4. Standartlashtirish rejasi quyidagilar asosida shakllantiriladi:
standartlashtirish boʻyicha manfaatdor taraflarning, texnik qoʻmitalarning takliflari va xalqaro tajriba;
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning ish rejalari;
standartlashtirish sohasida monitoring natijalari;
Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning holatini tahlil qilish natijalari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
5. Standartlashtirish rejasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
standartning xalqaro tasniflagich kodi;
xalqaro (mintaqaviy) yoki milliy standart loyihasining nomi;
standartlarni ishlab chiqish (qayta koʻrib chiqish) asosi;
standartlashtirishga doir ishlarni amalga oshirish muddatlari;
moliyalashtirish manbai;
taklif-buyurtmani taqdim etgan buyurtmachi tashkilot;
iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha mahsulot tasnifining kodi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
6. Standartlashtirish boʻyicha qisqa (bir yilgacha), oʻrta (bir yildan besh yilgacha) va uzoq (besh yildan oʻn yilgacha) muddatli istiqbolli rejalarni shakllantirish maqsadida har yili yanvar oyida tadbirkorlik subyektlari tomonidan kelgusida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulot, xizmat va faoliyat uchun xalqaro standartlarni tarjima qilish, milliy standartlarni ishlab chiqish, xalqaro standartlarni joriy qilish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalariga Texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki Standartlar instituti tomonidan yozma va elektron shaklda soʻrovnoma yuboriladi.
Standartlar institutining rasmiy veb-saytida takliflar qabul qilinishi toʻgʻrisida eʼlon beriladi.
7. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari oʻzlariga tegishli sohalar mutaxassislarini jalb qilgan holda, mart oyigacha istiqbolda kerak boʻladigan standartlarni aniqlaydilar va umumlashtiradilar, bunda takliflarda standartlashtirishni moliyalashtirish manbai belgilanadi.
8. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki Standartlar instituti standartlashtirish sohasida monitoring natijalari, soha mutaxassislarining takliflari, muvofiqlikni baholash faoliyati natijalarini inobatga olgan holda, mart oyigacha qisqa (bir yilgacha), oʻrta (bir yildan besh yilgacha) va uzoq (besh yildan oʻn yilgacha) muddatli istiqbolli rejalar loyihasini ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha ravishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, texnik qoʻmitalarga koʻrib chiqish hamda oʻzining yakuniy takliflarini tayyorlashda inobatga olish uchun yuboradi.
9. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, texnik qoʻmitalar kelgusida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulot, xizmat va faoliyat uchun xalqaro standartlarni tarjima qilish, milliy standartlarni ishlab chiqish, xalqaro standartlarni joriy qilish boʻyicha yakuniy takliflar, Hukumat tomonidan belgilangan vazifa va topshiriqlar inobatga olingan holda, har yilning sentabr oyiga qadar tayyorlab, Standartlar institutiga taqdim etadi.
10. Standartlar instituti takliflarni tahlil qilib, har yilning 1-dekabriga qadar kelgusi yil uchun yillik qisqa (bir yilgacha), oʻrta (bir yildan besh yilgacha) va uzoq (besh yildan oʻn yilgacha) muddatli istiqbolli rejalarni ilovaga muvofiq shakllantiradi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Yillik rejani shakllantirishda xalqaro standartlarning dolzarbligi inobatga olinadi.
11. Standartlashtirish rejasining ijrosi davrida, unga manfaatdor taraflarning takliflariga koʻra oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
3-bob. Standartlashtirishni moliyalashtirish
12. Standartlashtirish rejasida nazarda tutilgan milliy standartlarni ishlab chiqishga doir ishlar davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
13. Ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shaklda shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan kelgusi yil uchun yillik rejadagi tadbirlar tegishli manfaatdor tomonlarning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
14. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari hamda texnik qoʻmitalar tasdiqlangan standartlashtirish rejasi asosida xalqaro standartlarni davlat tiliga tarjima qilish, standartlarni ishlab chiqish, texnik ekspertiza qilish va boshqa xizmatlar xarajatlari uchun Standartlar instituti bilan shartnoma asosida tegishli mablagʻlarni belgilangan tartibda oʻtkazib berilishini taʼminlaydi.
Standartlashtirish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Standartlashtirish boʻyicha qisqa (bir yilgacha), oʻrta bir yildan besh yilgacha) va uzoq (besh yildan oʻn yilgacha) muddatli istiqbolli rejalar
JADVALI
T/r
Standartga talabgor tashkilot
Texnik qoʻmita
Standart (mahsulot, faoliyat) nomi
Ishlab chiqishga asos va maqsad
Moliyalashtirish manbai
Ishlab chiqishning boshlanishi
Ishlab chiqishning tugashi va tasdiqlashga kiritish
Analogi mavjudligi
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi 177-son qaroriga
4-ILOVA
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalari mutaxassislarining malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
1. Ushbu Nizom respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar boshqa tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalari mutaxassislarining malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
attestatsiya komissiyasi — baholovchilar, jalb qilinadigan texnik ekspertlar, soha mutaxassislaridan iborat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Standartlar instituti) huzurida tashkil etiladigan komissiya;
mutaxassis — tashkilotlarning texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalarida faoliyat yuritadigan ishchi-xodim;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalarida attestatsiya — texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning nazariy va amaliy bilimlarini baholash, kasbiy tayyorgarligining bajaradigan vazifalar va funksiyalariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida oʻtkaziladigan imtihon.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
3. Attestatsiya mutaxassislar malakasini oshirish — sohadagi nazorat va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish va yangilash, ularning kasbiy tayyorligi bajariladigan vazifalar va funksiyalariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida oʻtkaziladi.
Mutaxassislar attestatsiyadan ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, ularning belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash, ularning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish yuzasidan masʼuliyatini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
2-bob. Mutaxassislar malakasini oshirish tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
4. Mutaxassislar malakasi har uch yilda kamida bir marta oshiriladi.
Mutaxassislar malakasi onlayn (masofaviy), oflayn (institut binosida) va joylarga chiqqan holda oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
5. Mutaxassislarning malakasini oshirish dasturlari Standartlar instituti tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Tashkilotlar malaka oshirish dasturlari tarkibiga oʻz takliflarini berishlari mumkin.
6. Mutaxassislar malakasi Standartlar instituti bilan talabgorlar oʻrtasidagi tuziladigan shartnomalar asosida toʻlov evaziga amalga oshiriladi.
7. Malakasi oshirilgan mutaxassislarga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunadagi Oʻzbekiston standartlar institutida mutaxassisning Malaka oshirganligi toʻgʻrisida sertifikat beriladi.
8. Malaka oshirish kurslarida sababsiz qatnashmagan yoki ichki tartib-qoidalarga amal qilmagan mutaxassislarga sertifikat berilmaydi. Malaka oshirish kurslarida qatnashmaganlik yoki ichki tartib-qoidalarga amal qilmaganlik toʻgʻrisida bildirishnoma guruh rahbarlari tomonidan Standartlar instituti direktoriga kiritiladi. Bunda shartnoma boʻyicha toʻlangan mablagʻlar qaytarilmaydi.
Ayrim sabablarga koʻra (mehnat taʼtili, mehnatga layoqatsizlik davri va boshqa holatlarda) malaka oshirish kurslarida qatnasha olmagan mutaxassislar tashkilot rahbarining murojaatnomasiga asosan keyingi malaka oshirish kurslariga avvalgi toʻlangan toʻlovlar evaziga kiritiladi.
9. Malaka oshirish oʻquv kurslari uchun toʻlovlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
uch kunlik oʻquv kursi uchun — BHMning 1 baravari;
bir haftalik oʻquv kursi uchun — BHMning 3 baravari;
ikki haftalik oʻquv kursi uchun — BHMning 5 baravari;
uch haftalik oʻquv kursi uchun — BHMning 10 baravari;
toʻrt haftalik oʻquv kursi uchun — BHMning 14 baravari.
10. Malaka oshirish davrida roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.
3-bob. Mutaxassislarni attestatsiyadan oʻtkazish
11. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalari mutaxassislari malakasi tegishli ravishda Standartlar institutida har uch yilda bir marta baholanishi shart.
Mutaxassislar malakasi ular ishlayotgan tashkilotlar tomonidan texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash masalalarida attestatsiya qilinishi taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
12. Ishga qabul qilingan mutaxassis bir yildan soʻng Standartlar institutida soha boʻyicha malakasini oshirganidan soʻng attestatsiyadan oʻtkazilishi shart.
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalar bilan bogʻliq sohalarda attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgan shaxslar mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugashiga ikki oydan kam boʻlmagan muddatda Standartlar institutida qaytadan malakasi oshirilib, qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan muddatlarda mutaxassislar malakasini oshirish va attestatsiyadan oʻtishini taʼminlashga ish beruvchi tashkilot rahbari masʼul hisoblanadi.
13. Tashkilot ushbu Nizomda nazarda tutilgan tegishli muddatlar yoki mutaxassisning attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan tartibda Standartlar institutiga murojaat qiladi.
Agar tashkilot mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddatda tegishli hujjatlarni uzrli sabablarsiz Standartlar institutiga taqdim etmasa, Standartlar instituti tashkilotning rahbariga yozma ogohlantirish berishi shart.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi nazorat davomida hamda “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi muvofiqlikni baholash davrida mutaxassislar malakasi oshirilganligi va attestatsiyadan oʻtganligi talabining bajarilishini ham oʻrganadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
14. Tashkilotlar mutaxassislarining malakasi Standartlar instituti tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
15. Har bir tegishli sohada malakani attestatsiyadan oʻtkazish maqsadida Standartlar instituti huzurida kamida yetti kishidan iborat tarkibda alohida Attestatsiya komissiyasi tuziladi.
Standartlar institutining buyrugʻi bilan har bir sohada Attestatsiya komissiyasi tarkibi, rais oʻrinbosari va komissiya kotibi tasdiqlanadi.
Standartlar instituti direktorining oʻrinbosari (ilmiy-ishlar boʻyicha) lavozimi boʻyicha attestatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
Attestatsiya komissiyasi tarkibiga kelishuvga koʻra Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Standartlar institutining mutaxassislari, malakali professor-oʻqituvchilar, baholovchilar, ekspertlar, malakasi baholanayotgan tashkilotning soha mutaxassislari kiritiladi, bunda ayni bir mutaxassisning malakasi oshirilishida ishtirok etgan komissiya aʼzosi ushbu xodimning attestatsiyasiga kirmaydi.
16. Attestatsiya komissiyasi raisi:
attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi;
attestatsiyani oʻtkazish joyi va muddatlarini belgilaydi;
attestatsiyani oʻtkazish boʻyicha boshqa tashkiliy masalalarni amalga oshiradi.
Attestatsiya komissiyasi raisi boʻlmagan taqdirda, uning vazifalarini rais oʻrinbosari amalga oshiradi.
4-bob. Talabgorlarning hujjatlarini koʻrib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
17. Tashkilot mutaxassisi (talabgor)ning attestatsiyadan oʻtishi toʻgʻrisidagi arizani (onlayn tarzda yuborilishi mumkin) Standartlar institutiga belgilangan muddatlarda elektron ravishda yuboradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olish uchun talabgorning ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha anketasi;
talabgor chet mamlakatlarda taʼlim olgan boʻlsa, chet mamlakatlarda taʼlim olganligini tasdiqlovchi hujjatning va vakolatli davlat organi tomonidan berilgan taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi hujjatning tan olinganligi yoki ekvivalentligi qayd etilgan guvohnoma nusxasi;
ish joyidan tavsifnoma;
malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisidagi sertifikat nusxasi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida haq undiriladi. Ariza koʻrib chiqilganligi va baholash (attestatsiya) guvohnomasi berilganligi uchun toʻlov Standartlar institutining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga tushadi.
18. Hujjatlar kelib tushgan kunidan boshlab ikki kun muddatda koʻrib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ishchi organ tomonidan attestatsiyaga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va tashkilotga tegishli xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada aniqlangan kamchiliklar, kamchiliklarni bartaraf etish hamda takroriy koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish muddati koʻrsatiladi.
19. Attestatsiyadan oʻtkazish rad etilishi uchun asos boʻlgan kamchiliklar bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar takroran koʻrib chiqish uchun taqdim qilinishi mumkin. Bunda hujjatlar takroran koʻrib chiqish uchun haq undirilmaydi.
20. Quyidagilar attestatsiyadan oʻtkazish rad etilishi uchun asos hisoblanadi:
zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlarni taqdim etganlik yoki hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etmaslik;
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi;
shartnoma asosida pul toʻlanmaganlik.
21. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda, talabgor hujjatlar olingan kundan boshlab ikki oy davomida attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
5-bob. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
22. Attestatsiyaning oʻtkazilish joyi va vaqti toʻgʻrisida tegishli tashkilotga attestatsiya oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻn kun oldin elektron shaklda xabarnoma yuboriladi.
23. Talabgorning hujjatlari attestatsiyadan oʻtishga taqdim etilgan boʻlsada, uzrli sababga koʻra kelmagan taqdirda, attestatsiya komissiyasining keyingi navbatdagi majlisida attestatsiyadan oʻtkazilishiga ruxsat etiladi.
Attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra kelmagan talabgorlar boʻyicha ular ishlayotgan tashkilot rahbarlariga xabarnoma yuboriladi. Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelmagan taqdirda, attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar (materiallar) asosida talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblash va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma berishni rad etish haqida qaror chiqarishga sabab boʻladi.
24. Attestatsiya komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻpi qatnashsa, komissiya majlisi vakolatli hisoblanadi.
25. Attestatsiya komissiyasi majlisi komissiya aʼzolarini talabgorning hujjatlari bilan tanishtirishdan boshlanadi.
26. Attestatsiya test sinovlari shaklida oʻtkaziladi.
Attestatsiya kompyuter dasturidan foydalangan holda, talabgor tanlagan tilda (oʻzbek va rus tillarida) 50 (ellikta) test savollariga javob berish shaklida oʻtkaziladi va natijasi shu vaqtning oʻzida maʼlum qilinadi. Javoblar uchun talabgorga bir soat vaqt ajratiladi.
Savollarning 70 foiziga toʻgʻri javob bergan mutaxassis attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi.
Tashkilotlar attestatsiya savollari tarkibiga oʻz takliflarini berishlari mumkin. Attestatsiya savollarini tayyorlashda IWA 30-1:2019 “Standartlar boʻyicha mutaxassislarning malakasi. 1-qism. Tashkilotlarda.”, IWA 30-2:2019 “Standartlar boʻyicha mutaxassislarning malakasi. 2-qism. Standartlar bilan bogʻliq tashkilotlarda.” xalqaro standartlardan foydalaniladi. Savollar Standartlar instituti tomonidan tasdiqlanadi.
Attestatsiyaning oshkoraligi va xolisligini taʼminlash maqsadida attestatsiya onlayn rejimida namoyish etiladi, uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va Oʻzbekiston Standartlar institutida uch yil mobaynida saqlanadi.
27. “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan shaxs attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab bir oydan soʻng attestatsiyani qayta topshirish huquqiga ega.
Attestatsiya komissiyasi “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan shaxs yoki u ishlayotgan tashkilot arizasiga koʻra uning attestatsiyani qayta topshirish kunini belgilaydi. Qayta topshirish natijalariga koʻra “attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan” deb baholangan taqdirda, unga guvohnoma umumiy asoslarda beriladi.
Attestatsiyani birinchi marta qayta topshirish uchun haq undirilmaydi.
28. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorga besh kun muddatda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Oʻzbekiston standartlar institutida mutaxassisning attestatsiyadan oʻtganligi haqida guvohnoma beriladi.
Guvohnomaning amal qilish muddati — 3 (uch) yil.
Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma blankalari qatʼiy hisobot turadigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega boʻladi. Guvohnomalarni sotib olish, kirim qilish va saqlash Standartlar instituti tomonidan amalga oshiriladi.
29. Mutaxassisi attestatsiyadan oʻta olmagan tashkilot yoki talabgorning oʻzi takroriy attestatsiyadan oʻtkazish uchun attestatsiya oʻtkazilgan kundan bir oy oʻtgach, olti oy mobaynida murojaat qilishi mumkin.
Agar talabgor takroriy attestatsiyadan oʻta olmasa yoki koʻrsatilgan muddatda takroriy attestatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilmasa, attestatsiya komissiyasi uning ish joyiga xabarnoma yuboradi.
30. Tashkilot rahbari xabarnoma olingan kundan keyin xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi asoslaridan kelib chiqib, xodimga nisbatan mehnat qonunchiligida belgilangan choralarni koʻradi.
31. Tashkilot yoki talabgor attestatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
6-bob. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma dublikatlarini qayta rasmiylashtirish va taqdim etish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
32. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan mutaxassisning guvohnomasi uning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda, tashkilotning arizasiga asosan attestatsiya komissiyasi tomonidan guvohnoma qayta rasmiylashtirib beriladi.
Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar mutaxassis oʻz faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
33. Qayta rasmiylashtirish jarayonida attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qoldiriladi. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi oldingi guvohnoma bekor qilinadi.
34. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, mutaxassisning arizasiga koʻra uning dublikati taqdim etiladi.
35. Dublikatni berishda mutaxassisga Standartlar instituti tomonidan “Dublikat” belgisi qoʻyilgan attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi.
36. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning qayta rasmiylashtirilishi yoki dublikatining taqdim etilishi uchun attestatsiyadan qayta oʻtish talab qilinmaydi.
7-bob. Malaka oshirganlik va attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yagona reyestrni yuritish tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
37. Standartlar instituti — texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash bilan bogʻliq sohalar mutaxassislarining malakasi oshirilganligi va attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi axborot kiritilgan Yagona reyestrni (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritadi.
Reyestr elektron va qogʻoz shaklda yuritiladi.
Elektron shakldagi reyestr Standartlar institutining rasmiy veb-saytida yuritiladi, qogʻoz shaklidagi reyestr Standartlar institutida tikilgan va muhrlangan jurnal koʻrinishida rasmiylashtiriladi va saqlanadi.
38. Reyestr jurnali qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi. Standartlar instituti qogʻoz va elektron shakldagi reyestrlarning bir-biriga mos kelishiga javobgardir.
39. Reyestrda mutaxassis toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
familiyasi, ismi, otasining ismi;
yashash joyi va pasport maʼlumotlari;
mutaxassisning malakasi oshirilganligi haqida maʼlumot;
attestatsiya davrida ish joyi va lavozimi;
attestatsiya yoʻnalishi;
attestatsiyadan oʻtkazilgan joy, guvohnomaning tartib raqami, blankasining tartib raqami, sanasi va amal qilishi muddati;
attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, vaqtincha toʻxtatib turish, tiklash, yoki bekor qilish hamda dublikat berish sanasi hamda asoslari;
mutaxassisni Reyestrdan chiqarish sanasi va asosi.
40. Reyestrga Mutaxassis toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ularga oʻzgartirishlar Attestatsiya komissiyasining tegishli bayonnomalari asosida kiritiladi.
41. Qogʻoz shaklidagi Reyestrga kiritilgan va oʻzgartirilgan maʼlumotlar Standartlar institutining rasmiy veb-saytidagi Reyestrga bir kun davomida joylashtiriladi.
42. Mutaxassislar toʻgʻrisidagi hujjatlar kiritilgan yigʻma jildning saqlanish muddati besh yil.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
43. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalar bilan bogʻliq sohalarda faoliyat yurituvchi mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, (boʻshatish yoki boshqa lavozimga tayinlash va boshqalar), ular ishlovchi tashkilotlar oʻn kun muddatda tegishli axborotni Standartlar institutiga yuborishlari shart.
44. 45-banddagi maʼlumotlar asosida Standartlar instituti har chorakning 10-sanasigacha mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yangilab boradi.
45. Mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar ularni yuborgan tashkilot mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
46. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalar bilan bogʻliq sohalarga mutaxassislarni ishga olishda, ularni lavozimlarga tayinlashda tashkilot rahbarlari mutaxassis toʻgʻrisidagi maʼlumotni Reyestrdagi maʼlumotlarga asoslangan holda solishtirish va qayta tekshirishga, shu asosda mutaxassisning oʻz lavozimida qolishi yoki tayinlanishiga masʼuldir.
47. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin, sanitariya va ular bilan bogʻliq sohalar mutaxassislarining malakasini oshirish va attestatsiya oʻtkazish faqat Standartlar instituti tomonidan amalga oshiriladi. Soha boʻyicha malaka oshirish va attestatsiyadan oʻtkazish funksiyalari mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlarda amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.04.00 Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
48. Mazkur Nizom talablariga rioya etmagan tashkilot rahbarlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 212-moddasi.
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalari mutaxassislarining malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olish uchun talabgor ANKETASI
1. Familiyasi ________________________________________________________________ Ismi _______________________________________________________________________ Otasining ismi ______________________________________________________________
2. Tugʻilgan sanasi (yil, kun va oy) __________________________________________
3. Pasport (Shaxs guvohnomasi)ning seriyasi, raqami, berilgan sanasi va uni berilgan joyi: ____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________
4. Yashash joyi
viloyat ______________________ koʻcha ___________________________ telefon ________________________
shahar (tuman) ___________________________ uy, kvartira raqami ______________________ faks (agar mavjud boʻlsa) __________________
5. Maʼlumoti
Taʼlim muassasasining nomi Mutaxassisligi ___________________
______________________________________ Tamomlagan yili ________________________
6. Ish joyi va lavozimi ________________________________________________________
Toʻldirilgan sana ___________________
Imzo ______________
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalari mutaxassislarining malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oʻzbekiston standartlar institutida mutaxassisning Malaka oshirganligi toʻgʻrisida SERTIFIKAT
________________________________________________________________________ Oʻzbekiston standartlar institutida __________________________________________ ________________________________________________________________ mavzusida ________________ davrida Malaka oshirish kursida ishtirok etdi.
Direktor:
___________
____________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalari mutaxassislarining malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oʻzbekiston standartlar institutida mutaxassisning attestatsiyadan oʻtganligi haqida GUVOHNOMA
___________ № _________________________
(seriyasi)
Ushbu bilan ______________________________________________________________
(mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi)
________________________________________________________________________ Oʻzbekiston standartlar institutida attestatsiyadan oʻtganligi tasdiqlanadi va u mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, va boshqa tashkilotlarning_______________________________ __________________________ sohasida ishlashi tavsiya etiladi.
Guvohnoma _____________________________ gacha amal qiladi.
(yil, kun va oy)
Attestatsiya komissiyasi raisi:
___________
____________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi 177-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 10-maydagi 86-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshisi va 2-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 27-maydagi 435-son qarorining 4-bandi ikkinchi xatboshisi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 11-martdagi 114-son qaroriga 3-ilovaning 5-bandi “b” kichik bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 6-oktabrdagi 577-son qarorining 4-bandi oltinchi xatboshisi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2024-y., 09/24/177/0258-son, 16.08.2024-y., 09/24/509/0620-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)