Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XORIJIY YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARGA TOSHKENT SHAHRIDA YER UCHASTKALARINI IJARAGA BERISH TOʻFRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Diplomatik va ularga tenglashtirilgan chet el vakolatxonalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga Toshkent shahrida yer uchastkalarini ijaraga berishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga Toshkent shahrida yer uchastkalarini ijaraga berishning Vaqtinchalik tartibi tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Toshkent shahar hokimligi:
ijara toʻlovining bozor stavkalarini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha kimoshdi savdolari va tanlovlar oʻtkazsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda oʻtkazilgan kimoshdi savdolari, tanlovlarning natijalarini hisobga olgan holda mazkur Tartibni tasdiqlash uchun 1994-yil 1-sentabrgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Kapital qurilish, transport va aloqa boʻlimiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 6-iyul,
346-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-iyuldagi 346-son qaroriga
ILOVA
Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga Toshkent shahrida yer uchastkalarini ijaraga berishning
VAQTINCHALIK TARTIBI
1. Ushbu Vaqtinchalik tartib “Ijara toʻgʻrisida”, “Yer toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda diplomatik va ularga tenglashtirilgan chet el vakolatxonalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, qoʻshma korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga yer uchastkalarini ijaraga berish masalalarini tartibga soladi.
2. Yer uchastkalari deganda yerning imoratlar joylashgan va qurilish uchun ajratiladigan uchastkalari tushuniladi.
3. Quyidagilar ijaraga oluvchilar boʻlishlari mumkin:
xorijiy yuridik shaxslar, shu jumladan, diplomatik va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalar;
ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
yerda alohida turgan imoratlari boʻlgan yoki qurilish uchun ijaraga yer olishni xohlovchi chel el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, ularning shuʼba korxonalari va filiallari.
4. Yer uchastkalari cheklanmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraning aniq muddatlari shartnoma bilan belgilanadi.
5. Yer uchastkasini ijaraga olishni xohlovchi xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar Toshkent shahar hokimligiga buyurtmanoma bilan murojaat qiladilar, diplomatik va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalar esa qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining iltimosnomasini taqdim etadilar.
Buyurtmanomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yer uchastkasini ijaraga olishning maqsadi va muddati;
moʻljallanayotgan qurilishning turi, hajmi va muddatlari;
yer uchastkasining talab etiladigan maydoni.
6. Toshkent shahar hokimligi ijaraga yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi buyurtmanomani bir oy muddatda koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
7. Ijara toʻlovining vaqtinchalik stavkalari ilova qilinayotgan jadvalga muvofiq belgilanadi.
8. Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarining ijara haqini belgilangan stavkalarga muvofiq erkin almashtiriladigan valyutada toʻlaydilar.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar toʻlovni:
agar ularning xoʻjalik faoliyati erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladigan hamda valyuta tushumi mavjud boʻlsa—erkin almashtiriladigan valyutada;
agar operatsiyalar mutlaqo mahalliy valyutada amalga oshirilsa va valyuta tushumi mavjud boʻlmasa — Markaziy bankning ijara haqi toʻlanayotgan vaqtdagi kursi boʻyicha ijara toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida;
agar ularning xoʻjalik faoliyati ham erkin almashtiriladigan valyutada, ham Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida amalga oshirilsa—tegishli nisbatan erkin almashtiriladigan valyutada va Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiradilar.
9. Beriladigan yer uchastkasi boʻyicha ijara shartnomasi Toshkent shahar hokimligining shu ishga vakolat berilgan vakili hamda ijaraga oluvchining vakili imzolagandan keyin kuchga kiradi.
Jadval
Shahar yerlarini kompleks iqtisodiy baholash asosida belgilangan Toshkent shahrining hududiy-iqtisodiy baholash zonalari boʻyicha xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, diplomatik va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalarga beriladigan yer maydonlari uchun har yilgi eng kam ijara toʻlovlarining
VAQTINCHALIK STAVKALARI
‎Hududiy ‎zonalar Bir kv. metr yer uchun ijara toʻlovlarining
‎AQSH dollaridagi stavkalari‎‎‎
‎xorijiy yuridik va
‎jismoniy shaxslar‎
diplomatik va ularga
‎teglashtirilgan xorijiy
‎vakolatxonalar‎
1‎ 2,50‎ 0,50‎
2‎ 2,75‎ 0,75‎
3‎ 4,25‎ 1,25‎
4‎ 6,25‎ 1,75‎
5‎ 7,50‎ 2,25‎
6‎ 7,75‎ 2,50‎
7‎ 12,25‎ 3,75‎
8‎ 14,50‎ 4,50‎
9‎ 16,50‎ 5,00‎
10‎ 18,75‎ 5,75‎
11‎ 20,50‎ 6,25‎
12‎ 22,50‎ 6,75‎
13‎ 24,50‎ 7,50‎
14‎ 26,25‎ 8,00‎