O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-sonli Farmoniga asosan, yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha ishlar to‘liq yangilangan formatda olib borilmoqda.
Xususan, yangi integratsiyalashgan axborot tizimi ishga tushirilib, hozirga qadar respublikadagi 40,5 mln gektar yer maydonining elektron xaritasi yaratildi va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar raqamlashtirildi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu yo‘nalishdagi islohotlarni izchil davom ettirish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, yer va kadastr sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish, sohada yangi standartlarni joriy qilish, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) organlari va tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida:
(muqaddimaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-73-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan yerlarda joylashgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlari hamda avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlash uchun budjet mablag‘lari ajratilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab tegishli huquqlari kadastr organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini saqlash xarajatlari Davlat budjeti hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari manbalari hisobidan moliyalashtirilmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
2. Suv xo‘jaligi vaziri Sh. Xamrayev, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi A. Abduvaliyev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. X. Xasilov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari davlat organlari va tashkilotlari foydalanishida bo‘lgan yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqining belgilangan tartibda to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlamaganligi uchun ogohlantirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. 2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Kadastr agentligi direktori F. Po‘latov mazkur prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini ta’minlash uchun mas’ul etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish dasturi tasdiqlansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarini o‘lchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy ta’minot va mebel bilan ta’minlashning asosiy ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
2023 — 2026-yillarda fazoviy ma’lumotlar sohasida qabul qilinadigan standartlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
2023 — 2026-yillarda davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq.
Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov) mazkur Dasturda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
5. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘limlar), Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasi), uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va ularga umumiy rahbarlik qilish vertikal boshqaruv tizimi hamda yakkaboshchilik asosida Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, saqlash, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining qonuniy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aralashish yoki ta’sir o‘tkazish qat’iy taqiqlanadi.
6. Kadastr agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2023-yil 1-iyulga qadar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq Kadastr agentligi organlariga taalluqli bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani Ichki ishlar vazirligining “E-ma’muriy ish” tizimi bilan to‘liq integratsiya qilingan maxsus mobil dastur orqali elektron hujjat shaklida tuzish imkoniyatini yaratsin.
7. Quyidagilar:
Kadastr agentligi markaziy apparati tuzilmasida — Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi;
Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari tuzilmalarida — chegara masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi;
Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji tuzilmasida — yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;
“Geoinnovatsiya markazi” DUK tuzilmasida — geodeziya va kartografiya sohasida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasi, kadastr sohasida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha tayanch doktorantura faoliyati, Fazoviy ma’lumotlar sohasida standartlash boshqarmasi hamda Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tashkil etilsin.
8. Belgilansinki:
Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi uchun qo‘shimcha 16 ta shtat birligi Davlat kadastrlari palatasidagi tegishli shtat birliklari qisqartirilishi hisobiga tashkil etiladi, ushbu shtat birliklarini saqlash va Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish xarajatlari har yili geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish ishlari uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi;
13 nafar chegara masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha shtat birliklarini ajratish hisobidan joriy etiladi.
9. Belgilansinki, yangi o‘zlashtirilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar Qishloq xo‘jaligi vazirligining xulosasiga muvofiq qabul qilinadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qaroriga asosan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasining tegishli turiga kiritiladi.
Kadastr agentligi 2023-yil 1-martga qadar Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda yer fondi toifalari va turlarini o‘zgartirish hamda ushbu o‘zgarishlarni hisobga olish tartibini nazarda tutsin.
10. Belgilansinki, Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash doirasida:
buyurtmachi — Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari hisoblanadi;
bosh loyihachi va pudrat tashkilotlari — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov yoki tenderlar natijalari bo‘yicha aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash bo‘yicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
11. Mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalarini xarid qilish qismi bo‘yicha — Davlat budjeti mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash qismi bo‘yicha — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, tizim tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarini o‘lchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot va zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish qismi bo‘yicha — Davlat budjeti mablag‘lari, Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, tizim tashkilotlarining o‘z mablag‘lari, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy loyihalar tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
12. Kadastr agentligining respublika hududlarining tabiiy-iqtisodiy salohiyati yagona umumdavlat kompleks hisobga olinishini ta’minlash, hududlarda amalga oshiriladigan davlat va maxsus ahamiyatga ega geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarining aniqligi va sifatini oshirish, sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmog‘i qamrovini kengaytirish maqsadida mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq, 80 ta doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalarini xarid qilish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Kadastr agentligi (F. Pulatov):
uch oy muddatda doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalarini joylashtirish (qurish) uchun texnik loyiha ishlab chiqish va tasdiqlash;
doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalarini xarid qilish, ishlab chiqilgan texnik loyihaga muvofiq ularni 2023 — 2025-yillarda tegishli hududlarga joylashtirish (qurish) choralarini ko‘rsin.
13. Kadastr agentligi Qurilish vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga 3-ilovada belgilangan obyektlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari vakolatli ekspertiza organlarida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi va kelishilishi hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi sarf-xarajatlar uchun Davlat budjetidan Kadastr agentligiga zarur mablag‘larni ajratsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili Kadastr agentligining hududiy bo‘limlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev va Kadastr agentligi direktori F.J. Pulatov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-oktabr,
PQ-405-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari faoliyatining
ASOSIY PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)

T/r

Maqsadli ko‘rsatkichlarning nomi

O‘lchov birligi

Jami

Shundan

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

Yer uchastkalarini o‘lchash va ularning elektron xaritalarini yaratish

ming gektar

25 169

5 453,6

5 414,7

6 856,2

7 444,8

2.

Bino va inshootlarni o‘lchash va ularning elektron bazasini yaratish

ming dona

8 200

1 600

2 200

2 200

2 200

3.

Aero va kosmik suratga olish ishlarini bajarish

ming kv.km

448,9

90,0

100,0

125,0

133,9

4.

Raqamli ortofotoplanlar yaratish

ming kv.km

380,5

70,5

85,0

105,0

120,0

5.

Topografik xaritalarni yangilash

ming kv.km

320,5

60,0

70,5

85,0

105,0

6.

Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash

dona

1 665

380

410

430

445

7.

Mahallalar chegaralarini belgilash

mahalla

9 370

2 300

2 335

2 350

2 385

8.

Yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish

tuman

111

28

28

28

27

9.

Noqonuniy qurilmalar va o‘zboshimcha egallangan yerlarni aniqlash

ming dona

49,5

10,5

12,5

13,0

13,5

10.

Topografik xaritalarni nashr qilish

ming nusxa

66,60

12,25

16,85

17,50

20,00

11.

Umumgeografik va turli mavzuli xaritalar hamda boshqa poligrafik mahsulotlarni nashr qilish

ming nusxa

1 875,0

375,0

450,0

500,0

550,0

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga
2-ILOVA
2023 — 2026-yillarda Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarini o‘lchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy ta’minot va mebel bilan ta’minlashning
ASOSIY KO‘RSATKICHLARI

T/r

Nomi

O‘lchov birligi

Soni

Rejalashtirilgan summa***

(mlrd so‘m)

Shu jumladan, yillar bo‘yicha

Moliyalashtirish manbai

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

Elektron taxeometr

komplekt

252

38,87

9,30

14,57

15,00

Davlat budjeti

2.

GPS priyomniklar, jumladan:

komplekt

263

31,50

10,00

11,50

10,00

1) baza+rover;

2) rover.

231

7,10

2,40

2,40

2,30

3.

GPS (yerlarni o‘lchash uchun)

komplekt

100

5,00

3,00*

2,00**

Davlat budjeti, Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari

4.

Trassa qidirgichlar

komplekt

20

0,75

0,39*

0,36*

5.

Kompyuter

komplekt

1032

13,60

2,50

4,10

3,50

3,50

Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hamda tizim tashkilotlarining mablag‘lari

6.

Plotter

dona

9

0,45

0,25

0,20

7.

Maxsus avtotransport vositasi

dona

41

5,00

5,00

8.

Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan:

komplekt

69

1,20

1,20

Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari

1) o‘lchash vositalari va texnika bilan jihozlash;

2) mebel bilan jihozlash.

2011

3,00

3,00

9.

1) V1 (70x100) formatdagi ofset chop etish uskunasi;

komplekt

1

12,70

12,70

Davlat budjeti

2) rulondagi qog‘ozlarni kerakli formatda kesib beruvchi uskuna;

1

1,30

1,30

Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hamda tizim tashkilotlarining mablag‘lari

3) yuqori tezlikda qog‘oz kesuvchi uskuna;

1

1,50

1,50

4) qog‘oz varaqlarini bloklarga yig‘ib beruvchi uskuna

1

0,80

0,80

10.

Raqamli kartografiya-geodeziya arxivi geofondini yaratish uchun katta hajmdagi elektron materiallarni (ma’lumotlarni) saqlaydigan server qurilmasi

komplekt

1

8,50

8,50

0,00

Davlat budjeti

11.

A0 formatli planshet skaner, kitob va albomlar uchun A3 formatli maxsus skaner

dona

4

1,50

1,50

Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hamda tizim tashkilotlarining mablag‘lari

12.

Mebel

komplekt

10

0,10

0,10

13.

Kartografik materiallarni saqlash uchun stellaj

dona

100

0,23

0,23

14.

Dasturiy ta’minot (topografik suratga olish ma’lumotlarini qayta ishlash)

dona

16

0,64

0,40

0,24

15.

Dasturiy ta’minot (GPS o‘lchash ma’lumotlarini qayta ishlash)

dona

8

0,92

0,50

0,42

16.

Kompleks geoaxborot dasturiy ta’minoti (korporativ joylashtirish, ma’lumotlarni boshqarish, vizualizatsiya, fazoviy tahlil qilish, GAT — server)

dona

1

1,00

1,00**

Davlat budjeti, Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hamda tizim tashkilotlarining mablag‘lari

17.

GAT dasturiy ta’minoti (GAT ma’lumotlarini tahrir qilishning to‘liq imkoniyatlaridan foydalanish, ko‘p foydalaniladigan korporativ geoma’lumotlar bazasini tahrir qilish, maydonda ajratilgan tahrir qilishdan foydalanish, ma’lumotlarni, suratlarni saqlash, sifat nazoratini avtomatlashtirish, skanerlangan xaritalardan fazoviy ma’lumotlarni yaratish va boshqa imkoniyatlarga ega platforma)

dona

18

2,90

1,40**

1,50*

18.

GAT va masofadan zondlash dasturiy ta’minoti (harakatdagi tasvir xizmatlari, rastr tahlili, ortofotoplan, rasm xostingi, rastr ma’lumotlariga tezkor kirish, ish oqimlari vazifalarini boshqarish va boshqa funksiyalar)

dona

1

0,38

0,38**

19.

GAT platformasi (raqamli xaritalar va shahar rejalarini yaratish va tahrir qilish, masofaviy zondlash ma’lumotlarini qayta ishlash, turli o‘lchashlar va hisob-kitoblarni bajarish, qoplama operatsiyalari, 3D modellarni yaratish, rastr ma’lumotlarini qayta ishlash, raqamli va bosma shaklda grafik hujjatlarni tayyorlash vositalariga ega universal geoaxborot tizimi)

dona

103

1,26

1,26*

20.

Raqamli fotogrammetrik tizim (har xil turdagi tasvir tizimlarini qo‘llab-quvvatlash, boshqa fotogrammetrik va geoaxborot tizimlari bilan moslikni ta’minlaydigan keng doiradagi almashinuv formatlari, ko‘p sonli koordinatalar tizimlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘z koordinatalar tizimini o‘rnatish imkoniyati, texnologik jarayonning barcha bosqichlarida sifat nazorati, stereo kuzatishning turli usullari, turli xil kiritish vositalarini qo‘llab-quvvatlash va boshqa funksiyalar)

dona

39

6,10

 3,00*

3,10**

Davlat budjeti, Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hamda tizim tashkilotlarining mablag‘lari

21.

Dron Matrice 600 (teplovizion kamera + LiDar)

komplekt

1

2,40

2,40

Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hamda “Geoinnovatsiya markazi” DUKning mablag‘lari

22.

Kadastr agentligining hududiy boshqarmalariga berilgan dronlar parkini yangilash uchun uchuvchisiz uchish apparatlari

dona

42

2,10

2,10

Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hamda tizim tashkilotlarining mablag‘lari

23.

Geodezik o‘lchash vositalarini ta’mirlash va kalibrlash laboratoriyasini tashkil etish

komplekt

1

9,00

5,20

3,80

24.

Planshet

dona

1090

8,00

8,00

Davlat budjeti

25.

Ratsiya

dona

1090

1,00

1,00

26.

Bodi kamera

dona

1090

3,00

3,00

Jami:

171,80

76,58

16,49

33,37

45,36

Shundan, budjet mablag‘lari

120,18

49,85

0,00

28,47

41,86

Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hamda tizim tashkilotlarining mablag‘lari

51,62

26,73

16,49

4,90

3,50

* Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
** Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi va tizim tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
*** Yakuniy narx ko‘rsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tender (tanlov) natijalari asosida batafsil belgilanadi.
Izoh:
Kadastr agentligi tomonidan 2023 — 2026-yillarda Kadastr agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarni o‘lchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot va mebel bilan ta’minlashning asosiy ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Kadastr agentligining tizimidagi tashkilotlarga ularning mablag‘lari hisobidan belgilangan o‘lchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy ta’minot va mebellar xarid qilish ushbu tashkilotlarning moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash
PARAMETRLARI
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)

T/r

Yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan obyektlar nomi

Loyihaning dastlabki qiymati*

(mlrd so‘m)

shu jumladan, yillar bo‘yicha

Moliyalashtirish manbai

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

I. Qurilish

1.

Respublika aerogeodeziya markazining Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi binosi

2

1,5

0,5

-

-

Respublika aerogeodeziya markazi mablag‘lari

2.

Kadastr agentligining Kegeyli tumani bo‘limi binosi

2,5

-

2,5

-

-

Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi va Davlat kadastrlari palatasining mablag‘lari

3.

Kadastr agentligining Andijon shahri bo‘limi binosi

3

1,5

1,5

-

-

4.

Kadastr agentligining Shahrixon tumani bo‘limi binosi

3

1,5

1,5

-

-

5.

Kadastr agentligining Vobkent tumani bo‘limi binosi

3

1,5

1,5

-

-

6.

Kadastr agentligining Qorovulbozor tumani bo‘limi binosi

3

-

1,5

1,5

-

7.

Kadastr agentligining Buxoro tumani bo‘limi binosi

3

1,5

1,5

-

-

8.

Kadastr agentligining Zafarobod tumani bo‘limi binosi

3

-

1,5

1,5

-

9.

Kadastr agentligining Kitob tumani bo‘limi binosi

3

1,5

1,5

-

-

10.

Kadastr agentligining Nishon tumani bo‘limi binosi

3

1,5

1,5

-

-

11.

Kadastr agentligining Muborak tumani bo‘limi yordamchi binosi

3

1,5

1,5

-

-

12.

Kadastr agentligining Navoiy shahar bo‘limi binosi

2,4

2,4

-

-

-

13.

Kadastr agentligining Qiziltepa tumani bo‘limi binosi

2,5

-

2,5

-

-

14.

Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi binosi

5

3

2

-

-

15.

Kadastr agentligining Samarqand shahri bo‘limi binosi

4

2

2

-

-

16.

Kadastr agentligining Jomboy tumani bo‘limi binosi

2,3

-

2,3

-

-

17.

Kadastr agentligining Ishtixon tumani bo‘limi binosi

2,5

-

1

1,5

-

18.

Kadastr agentligining Termiz shahri bo‘limi binosi

2,5

1,5

1

-

-

19.

Kadastr agentligining Ohangaron tumani bo‘limi binosi

3

1,5

1,5

-

-

20.

Kadastr agentligining Chinoz tumani bo‘limi binosi

3

1,5

1,5

-

-

Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi va Davlat kadastrlari palatasining mablag‘lari

21.

Kadastr agentligining Yuqori Chirchiq tumani bo‘limi binosi

3

1,5

1,5

-

-

22.

Kadastr agentligining Oltiariq tumani bo‘limi binosi

2,8

-

-

1,5

1,3

23.

Kadastr agentligining O‘zbekiston tumani bo‘limi binosi

3

1,5

1,5

-

-

24.

Kadastr ?gentligining Quvasoy shahri bo‘limi arxivi binosi

1,5

-

1,5

-

-

25.

Kadastr agentligining Xonqa tuman bo‘limi binosi

2,1

1

1,1

26.

Kadastr agentligining Bog‘ot tumani bo‘limi binosi

2,5

2,5

-

-

-

27.

Kadastr agentligining Hazorasp tumani bo‘limi binosi

2,5

2

0,5

-

-

28.

Kadastr agentligining Shovot tumani bo‘limi binosi

2,5

1

1,5

-

-

29.

Kadastr agentligining Yangihayot tumani bo‘limi binosi

5

2,5

2,5

-

-

Jami

83,6

34,9

40,3

7,1

1,3

II. Rekonstruksiya

1.

Kadastr agentligining Qonliko‘l tumani bo‘limi binosi

2

2

-

-

-

Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi va Davlat kadastrlari palatasining mablag‘lari

2.

Kadastr agentligining To‘rtko‘l tumani bo‘limi binosi

1

1

-

-

-

3.

Kadastr agentligining Qarshi tumani bo‘limi binosi

0,7

0,7

-

-

-

4.

Kadastr agentligining Beshariq tumani bo‘limi binosi

1,1

1,1

-

-

-

5.

Kadastr agentligining Farg‘ona tumani bo‘limi binosi

1,5

-

-

1,5

-

6.

Kadastr agentligining Rishton tumani bo‘limi binosi

1

-

1

-

-

Jami

7,3

4,8

1

1,5

0

III. Mukammal ta’mirlash

1.

Kadastr agentligining Mirzaobod tumani bo‘limi binosi

1,6

1,6

-

-

-

Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi va Davlat kadastrlari palatasining mablag‘lari

2.

Kadastr agentligining Yangiobod tumani bo‘limi binosi

1,5

1,5

-

-

-

3.

Kadastr agentligining Norin tumani bo‘limi binosi

1,5

-

1,5

-

-

4.

Kadastr agentligining Namangan tumani bo‘limi binosi

1,5

1,5

-

-

-

5.

Kadastr agentligining Kosonsoy tumani bo‘limi binosi

1,5

-

1,5

-

-

6.

Davlat kartografiya-geodeziya fondi binosi

2,5

0,5

2

-

-

Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari

7.

Respublika aerogeodeziya markazi binosi

5,5

3,5

2

-

-

Respublika aerogeodeziya markazi mablag‘lari

8.

Respublika aerogeodeziya markazining Xorazm hududlararo bo‘linmasi binosi

1,5

1,0

0,5

-

-

9.

Respublika aerogeodeziya markazining Farg‘ona hududlararo bo‘linmasi binosi

1,3

-

1

0,3

-

10.

Respublika aerogeodeziya markazining Jizzax hududlararo bo‘linmasi binosi

2,5

1

1,5

-

-

11.

Kadastr agentligi markaziy apparati ma’muriy binosini mukammal ta’mirlash va yordamchi bino-inshootlar barpo etish

30

23

7

-

-

Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hamda uning hududiy boshqarmalari maxsus hisobvaraqlaridagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklaridan tushgan kompensatsiya to‘lovining qoldiq mablag‘lari

Jami

50,9

33,6

17

0,3

0

Hammasi

141,8

73,3

58,3

8,9

1,3

* Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangandan so‘ng bajariladigan ishlar qiymatiga aniqlik kiritiladi.
Izoh: Kadastr agentligi, zarur hollarda, ushbu obyektlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, obyektlarni o‘zgartirish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga
4-ILOVA
2023 — 2026-yillarda fazoviy ma’lumotlar sohasida qabul qilinadigan standartlar
RO‘YXATI

T/r

Standartlashtirish obyekti nomi

Indeks

2023-yil

1.

Geografik axborot — Metama’lumotlar (Geographic information — Metadata)

ISO 19115

2.

Geografik axborot — Qo‘llash sxemasi qoidalari (Geographic Information — Rules for Application Schema)

ISO 19109

2024-yil

3.

Etalon model (Reference model)

ISO 19101

4.

Konseptual sxema tili (Conceptual schema language)

ISO 19103

2025-yil

5.

Geografik ma’lumotlar — Koordinatalar bo‘yicha fazoviy bog‘lash (Geographic information — Referencing by coordinates)

ISO 19111

6.

Yer resurslari boshqaruvining asosiy modeli (Land Administration Domain Model)

ISO 19152

7.

Geografik identifikatorlar bo‘yicha fazoviy havolalar (Spatial referencing by geographic identifiers)

ISO 19112

2026-yil

8.

Tasvirlash (Portrayal)

ISO 19117

9.

Axborot mahsuloti tasnifi (Data product specification)

ISO 19131

10.

Ma’lumotlar sifati (Data Quality)

ISO 19157

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga
5-ILOVA
2023 — 2026-yillarda davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Chora-tadbirlarning asosiy mazmuni

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

Kadastr agentligi tizimida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish.

1. Kadastr agentligi tizimida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi nizomini ishlab chiqish.

2. Markaz nizomini tasdiqlash va shtat birliklarini shakllantirish.

Kadastr agentligi buyrug‘i

2023-yil 1-aprel

Kadastr agentligi

2.

Geodeziya va kartografiya sohasida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlarini tashkil etish.

1. Geodeziya va kartografiya sohasida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasini tashkil etish.

2. Laboratoriyani zarur uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-iyul

Kadastr agentligi

3.

2023 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi hududida Milliy koordinatalar tizimini joriy etish.

1. Milliy koordinatalar tizimini joriy etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyul

Kadastr agentligi

2. Milliy koordinatalar tizimini yaratish bo‘yicha texnik loyiha ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-oktabr

3. Respublikaning yetuk olimlari va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Milliy koordinatalar tizimini yaratish va sinovdan o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil 1-dekabr

4. Milliy koordinatalar tizimini respublikada joriy qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil 1-dekabr

4.

Mahalliy koordinatalar tizimi o‘rnatilmagan 1076 ta aholi punktini to‘liq mahalliy koordinatalar tizimi bilan qamrab olish va boshqa koordinatalar tizimiga o‘tish parametrlarini ishlab chiqish.

1. Mahalliy koordinatalar tizimi o‘rnatilmagan aholi punktlarini aniqlash, tegishli ishlarni bajarish uchun texnik loyiha ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyun

Kadastr agentligi,

Qurilish vazirligi

2. Mahalliy koordinatalar tizimi o‘rnatiladigan hududlardagi mavjud davlat geodeziya tarmog‘i punktlari koordinatalaridan foydalanib, mahalliy koordinatalar tizimiga o‘tish parametrlarini hisoblab chiqish. Shundan:

2023-yilda — 80 ta;

2024-yilda — 296 ta;

2025-yilda — 345 ta;

2026-yilda — 355 ta aholi punkti.

2023 — 2026-yillar

3. Mahalliy koordinatalar tizimini joriy qilish va boshqa koordinatalar tizimiga o‘tish parametrlarini belgilovchi idoraviy normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Idoraviy normativ hujjat loyihasi

2026-yil 1-dekabr

5.

Davlat koordinatalar tizimidan (SK-42) butunjahon koordinatalar tizimiga (WGS-84) o‘tish parametrlarini ishlab chiqish.

1. Davlat koordinatalar tizimidan (SK-42) butunjahon koordinatalar tizimiga (WGS-84) o‘tish parametrlarini aniqlash.

2. Davlat koordinatalar tizimidan (SK-42) butunjahon koordinatalar tizimiga (WGS-84) o‘tish parametrlarini belgilovchi normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish.

3. Loyihani belgilangan tartibda tasdiqlashga kiritish.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Kadastr agentligi

6.

Ma’muriy hududiy birliklar o‘zgarishi hamda ma’lumotlarning axborot tizimlarida yuritilishini inobatga olgan holda kadastr raqamlarini shakllantirish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

1. Ma’muriy hududiy birliklar o‘zgarishi hamda ma’lumotlarning axborot tizimlarida yuritilishini tahlil qilish.

2. Kadastr raqamlarini shakllantirish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

3. Loyihani kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil 1-iyul

Kadastr agentligi

7.

Yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish.

1. Yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish geoportalini yaratish.

2. Yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyul

Kadastr agentligi

8.

Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish (ularning sonini 50 tadan 130 tagacha yetkazish).

1. Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalarini joylashtirish (qurish) joylarini aniqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-aprel

Kadastr agentligi

2. Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha texnik loyiha ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-avgust

3. Texnik loyihaga asosan, joylarda doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalari geodezik punktlarini qurish va uskuna saqlanadigan xonalarni tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil 1-aprel

4. Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalari uskunalarini xarid qilish va joylarga o‘rnatish (ishga tushirish).

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil 1-dekabr

9.

Geografik obyektlarga nom berish tartibini yanada takomillashtirish.

Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida geografik obyektlarga nom berish sohasida kadastr organlariga yuklatilgan vazifalarni bajaradigan xodimlarning ish haqi xarajatlarini Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga muvofiq tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ijara va mulk huquqi asosida sotishdan tushgan mablag‘larning Davlat kadastrlari palatasiga yo‘naltiriladigan qismi (“Yerelektron” AATni texnik ko‘llab-quvvatlash va uni yuritish bilan bog‘liq shtat birliklarini saqlash uchun) hisobidan moliyalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab

Kadastr agentligi

10.

Kadastr sohasida oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonlari va ishlab chiqarishdagi uzviylikni ta’minlash maqsadida Kadastr agentligining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarda tegishlicha oliy ta’lim muassasalari kafedralarining amaliyot filiallarini ochish.

1. Kadastr agentligining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi quyidagi tashkilotlarda tegishlicha oliy ta’lim muassasalari kafedralarining amaliyot filiallarini ochish:

a) “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazida;

b) O‘zbekiston milliy universiteti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasida;

v) Toshkent davlat texnika universiteti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasida;

g) Termiz muhandislik-texnologiya instituti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Surxondaryo hududlararo bo‘linmasida;

d) Guliston davlat universiteti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyati boshqarmasida;

e) Qoraqalpoq davlat universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasida;

j) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasida;

z) Farg‘ona politexnika instituti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Farg‘ona hududlararo bo‘linmasida;

i) Urganch davlat universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Xorazm hududlararo bo‘linmasida;

k) Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Samarqand hududlararo bo‘linmasida.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil mart

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kadastr agentligi

2. Kafedralar amaliyot filiallarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan o‘lchash vositalari, texnika va mebel bilan jihozlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kadastr agentligi

11.

Kadastr sohasida oliy ta’lim muassasalari va Kadastr agentligining tizim tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Oliy ta’lim va ishlab chiqarishdagi uzviylikni ta’minlash maqsadida Agentlikning hududiy tuzilmalarida tegishlicha oliy ta’lim muassasalari kafedralarining amaliyot filiallarini ochish ishlarini amalga oshirish.

Hamkorlik shartnomalari

2024-yil mart

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kadastr agentligi

(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 3-avgustdagi “Jahon banki ishtirokida “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2571-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“period realizatsii proyekta opredelen v techeniye 7 let (3-avgusta 2016 goda — 31-dekabrya 2022 goda”.
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ispolnitelnom organom, otvetstvennim za realizatsiyu ukazannogo proyekta, selevoye i effektivnoye ispolzovaniye zayma MAR, a takje obespecheniye dostijeniya vsex selevix pokazateley proyekta, yavlyayetsya Agentstvo po kadastru pri Gosudarstvennom nalogovom komitete (daleye — Agentstvo po kadastru)”;
v) 5-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi hamda 9-banddagi “Goskomgeodezkadastra” so‘zlari “Agentstva po kadastru” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3639-son qarorida:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“fazoviy ma’lumotlarni standartlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
kadastr sohasida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha tayanch doktorantura faoliyatini yuritish”;
to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI

Direktor

Direktor o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari

Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi

3

Buxgalteriya

2

Ekspluatatsion-texnik boshqarma

Fazoviy ma’lumotlar sohasida standartlashtirish boshqarmasi

4

Yuriskonsult

Ekspluatatsiya bo‘limi

4

Strategik rejalashtirish va marketing bo‘limi

3

Tahlil-ishlab chiqarish boshqarmasi

Ishlar boshqaruvchisi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi

2

Ish yurituvchi

Topografiya bo‘limi

4

Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi

4

Maxsus bo‘lim

Fotogrammetriya bo‘limi

4

Kadrlar masalalari bo‘yicha mutaxassis

Uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlari*

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 40 nafar.
* Kadastr agentligi tizimi xodimlari”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4819-son qarorida:
a) 5-bandning oltinchi xatboshisidagi “hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “111 nafardan” so‘zlari “128 nafardan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“zarur hollarda Kadastr agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlarining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish”;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Kadastr agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlariga Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish”;
g) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi markaziy apparatining
TUZILMASI

Hay’at

Direktor

Direktor yordamchisi

Direktorning birinchi o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari — “Geoinnovatsiya markazi” DUK direktori*

Iqtisodiy tahlil va strategik rivojlantirish boshqarmasi

5

Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiyasi qilish boshqarmasi

5

Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi

16

Davlat tili to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilish masalalari bo‘yicha maslahatchi*

Direktor maslahatchisi*

Yer va kadastr nazorati boshqarmasi

14

Komplayens-nazorat xizmati

3

Ishlar boshqarmasi

3*

Metodologiya boshqarmasi

8*

Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya boshqarmasi

4

Kadastr va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi

9

Geodeziya nazorati boshqarmasi

10

Moliya-iqtisod va buxgalteriya boshqarmasi

6*

Axborot xizmati

2*

Soliq organlari bilan ishlarni muvofiqlashtirish va marksheyderlik xizmati boshqarmasi

6

Respublika aerogeodeziya markazi

“Geoinnovatsiya markazi” DUK

Xalqaro aloqalar va reytinglar bo‘limi

2*

Yuridik boshqarma

3

Yer, bino va inshootlar kadastrlarini yuritishda hududlar bilan ishlash boshqarmasi

5

Ma’muriy amaliyot bo‘limi

3

Davlat kartografiya-geodeziya fondi

Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji

Tashkiliy nazorat va tahlil boshqarmasi

6*

Kadrlar bo‘limi

3

“Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi

IT-texnologiyalar va axborot xavfsizligi bo‘limi

3

Birinchi bo‘lim

2 (1*)

Ichki audit bo‘limi

2

Davlat kadastrlari palatasi

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari

Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 128 nafar.
* Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(Boshqarmalar tarkibidagi bo‘lim va shu’balar Kadastr agentligi direktori tomonidan belgilanadi)”.
d) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshliq

Boshliq o‘rinbosari

Komplayens-nazorat xizmati**

1*

Yer va kadastr nazorati bo‘limi

4*

Tashkiliy-nazorat va murojaatlar bilan ishlash shu’basi

2 (1*)

Ma’muriy amaliyot bo‘limi

2*

Bosh yuriskonsult

1

Chegara masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis ***

1

Birinchi bo‘lim

1*

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining tuman (shahar) bo‘limlari

Buxgalteriya

1

Kadrlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1*

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari

Axborot xizmati

1*

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 17 nafar
* Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
** O‘z faoliyatiga doir vazifalarni amalga oshirishda bevosita Kadastr agentligiga bo‘ysunadi.
*** Toshkent shahar boshqarmasi bundan mustasno”.
e) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hududiy organlari xodimlarining
CHEKLANGAN SONI

T/r

Hududlar

Tumanlar (shaharlar) bo‘limlari soni

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni

(budjet/jamg‘arma)

shundan:

Hududiy boshqarmalarda

Tumanlar (shaharlar) bo‘limlarida

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

17

117 (23/94)

17 (6/11)

100 (17/83)

2.

Andijon viloyati

16

93 (22/71)

17 (6/11)

76 (16/60)

3.

Buxoro viloyati

13

81 (19/62)

17 (6/11)

64 (13/51)

4.

Jizzax viloyati

13

81 (19/62)

17 (6/11)

64 (13/51)

5.

Qashqadaryo viloyati

16

106 (22/84)

17 (6/11)

89 (16/73)

6.

Navoiy viloyati

11

64 (17/47)

17 (6/11)

47 (11/36)

7.

Namangan viloyati

14

82 (20/62)

17 (6/11)

65 (14/51)

8.

Samarqand viloyati

16

99 (22/77)

17 (6/11)

82 (16/66)

9.

Sirdaryo viloyati

11

65 (17/48)

17 (6/11)

48 (11/37)

10.

Surxondaryo viloyati

15

93 (21/72)

17 (6/11)

76 (15/61)

11.

Toshkent viloyati

22

116 (28/88)

17 (6/11)

99 (22/77)

12.

Farg‘ona viloyati

19

104 (25/79)

17 (6/11)

87 (19/68)

13.

Xorazm viloyati

13

79 (19/60)

17 (6/11)

62 (13/49)

14.

Toshkent shahri

12

64 (17/47)

16 (5/11)

48 (12/36)

Jami:

208

1 244 (291/953)

237 (83/154)

1 007 (208/799)

.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)