1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6061-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) tizimida:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
a) quyidagilar tashkil etilsin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari negizida — Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari;
Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi negizida — davlat muassasasi shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi);
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji negizida — Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari hamda ularning tuman (shahar) filiallari negizida — Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari;
Markaziy aerogeodeziya korxonasi, Samarqand aerogeodeziya korxonasi, “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi negizida — davlat muassasasi shaklida Respublika aerogeodeziya markazi;
(1-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi negizida — Kadastr agentligining markaziy apparati tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Geodeziya nazorati boshqarmasi;
b) Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi huzuridagi Davlat kartografiya-geodeziya fondi Kadastr agentligi boʻysunuviga oʻtkazilsin;
v) “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibiga, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibiga oʻtkazilsin;
g) Kadastr agentligi markaziy apparatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan davlat soliq xizmati organlarining qisqartirilgan shtat birliklari hisobidan qoʻshimcha 30 ta shtat birligi ajratilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 7/21/5006/0151-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
2. Kadastr agentligi ikki oy muddatda:
mazkur qarorda nazarda tutilgan tashkilotlarni tugatish, oʻzgartirish va tashkil etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni yakunlasin;
tugatilayotgan tashkilotlarga tegishli boʻlgan, ular foydalanayotgan bino va inshootlar, boshqa moddiy qimmatliklar ularning huquqlari va majburiyatlari boʻyicha vorislariga oʻtkazilishini taʼminlasin;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
“Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi hamda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuklatilayotgan qoʻshimcha vazifalardan kelib chiqib qayta koʻrib chiqsin;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga aylantirilsin.
Quyidagilar Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Kadastr agentligi organlari tomonidan koʻrilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarga asosan undiriladigan jarimalarning 100 foizi;
Kadastr agentligining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan tushgan mablagʻlarning 10 foizi;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Kadastr agentligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Kadastr agentligi direktori boshchilik qiladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Kadastr agentligi direktorining oʻrinbosarlari iqtisodiyot va moliya vaziri tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishilgan holda Kadastr agentligi direktorining tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Davlat kadastrlari palatasi raisi va uning oʻrinbosarlari iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishilgan holda, Kadastr agentligining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari boshliqlari, Kadastr agentligi tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari (“Respublika aerogeodeziya markazi” DK, “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK, Davlat kartografiya-geodeziya fondi, “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi, Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi), shuningdek, ularning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlinmalari xodimlari Kadastr agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Davlat kadastrlari palatasi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari koʻchmas mulk obyektlarining joylashgan joyidan qatʼi nazar davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalariga asosan kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlarini koʻrsatadi;
kadastr muhandislari va Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash xizmatlarini koʻrsatishda teng sharoitlar yaratiladi;
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari Kadastr agentligi direktorining buyrugʻiga asosan bosqichma-bosqich tugatib boriladi va zaruratga koʻra faqat olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda saqlab qolinadi;
Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari faoliyati koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kadastr yigʻmajildini tayyorlash va Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga asosan pulli xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(5-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Kadastr agentligi markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari xodimlari maqomi va mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlariga koʻra tegishlicha Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlariga tenglashtiriladi;
ushbu bandning oʻn ikkinchi xatboshisini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi;
Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari Davlat kadastrlari palatasi raisiga palataning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish boʻyicha tavsiya kiritishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 7/21/5006/0151-son)
6. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 128 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi hududiy organlari xodimlarining cheklangan umumiy soni 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(6-bandning olttinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
(6-bandning yettinchi-sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisiga:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
zarur hollarda Kadastr agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlarining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)
Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati tuzilmasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining namunaviy tuzilmasi hamda xodimlarining cheklangan sonini ish hajmidan kelib chiqqan holda belgilash va oʻzgartirish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Kadastr agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlariga Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)
mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasiga ishga jalb etish huquqi berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov:
ikki hafta muddatda Kadastr agentligining markaziy attestatsiya komissiyasini tashkil etsin, uning tarkibiga kelishuv asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, sohaning koʻzga koʻringan mutaxassislari, fan va taʼlim muassasalari vakillari ham kiritilishini taʼminlasin;
ikki oy muddatda Kadastr agentligi tizimidagi rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni ishga qabul qilish boʻyicha tanlov oʻtkazilishini taʼminlasin;
2020-yil oxiriga qadar Kadastr agentligi tizimidagi boshqa lavozimlarga malakali xodimlarning ishga qabul qilinishini taʼminlasin.
9. Davlat kadastrlarini yuritish boʻyicha vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samarali tashkil etish maqsadida Davlat kadastrlarini shakllantirish boʻyicha idoralararo ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo ishchi guruh) tashkil etilsin va uning tarkibi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
Mazkur qarorning 9-ilovasiga muvofiq Davlat kadastrlari obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va Milliy geoaxborot tizimiga kiritish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishish Idoralararo ishchi guruhning asosiy vazifasi etib belgilansin.
Belgilansinki, Maqsadli koʻrsatkichlarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishi holati Idoralararo ishchi guruhning taklifiga koʻra Vazirlar Mahkamasi Rayosatida muhokama qilinadi.
10. Kadastr agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birga 2020-yil 1-dekabrga qadar davlat kadastrlarini yuritish boʻyicha vakolatli organlarning Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
11. Quyidagilar Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirishning qoʻshimcha manbalari etib belgilansin:
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovining sugʻoriladigan yerlar uchun 10 foizi, lalmi yerlar, sugʻoriladigan va lalmi boʻz yerlar, pichanzorlar va yaylovlar uchun — 5 foizi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan yigʻimning 10 foizi.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/15/0050-son)
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida:
strategik rivojlantirish, investitsiyalar va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga masʼul vazir oʻrinbosari lavozimi tugatilsin;
qishloq xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, yer monitoringini amalga oshirish masalalariga masʼul vazir oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy organlariga Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 204 ta boshqaruv xodimi shtat birliklari ajratilsin.
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy organlari mansabdor shaxslariga qishloq xoʻjaligi yerlari monitoringini oʻtkazish jarayonida aniqlanadigan yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga keltirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnoma tuzish va koʻrib chiqish uchun vakolatli organlarga yuborish huquqi berilsin.
14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Jahon banki tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan 2021-2022-yillarda vazirlik tizimiga oʻtkazilgan tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanishni muvofiqlashtirishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish choralarini koʻrsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 10-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Kadastr agentligi:
a) bir oy muddatda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) ikki oy muddatda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
“Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini;
davlat yer kadastrini yuritish, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish hamda davlat yer nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.
17. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-sentabr,
PQ-4819-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 2-ILOVA
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari
Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 128 nafar.
* Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(Boshqarmalar tarkibidagi boʻlim va shuʼbalar Kadastr agentligi direktori tomonidan belgilanadi).
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 17 nafar
* Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
** Oʻz faoliyatiga doir vazifalarni amalga oshirishda bevosita Kadastr agentligiga boʻysunadi.
*** Toshkent shahar boshqarmasi bundan mustasno.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 4-ILOVA
* Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi hududiy organlari xodimlarining
CHEKLANGAN SONI
T/r
Hududlar
Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari soni
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
(budjet/jamgʻarma)
shundan:
Hududiy boshqarmalarda
Tumanlar (shaharlar) boʻlimlarida
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
17
117 (23/94)
17 (6/11)
100 (17/83)
2.
Andijon viloyati
16
93 (22/71)
17 (6/11)
76 (16/60)
3.
Buxoro viloyati
13
81 (19/62)
17 (6/11)
64 (13/51)
4.
Jizzax viloyati
13
81 (19/62)
17 (6/11)
64 (13/51)
5.
Qashqadaryo viloyati
16
106 (22/84)
17 (6/11)
89 (16/73)
6.
Navoiy viloyati
11
64 (17/47)
17 (6/11)
47 (11/36)
7.
Namangan viloyati
14
82 (20/62)
17 (6/11)
65 (14/51)
8.
Samarqand viloyati
16
99 (22/77)
17 (6/11)
82 (16/66)
9.
Sirdaryo viloyati
11
65 (17/48)
17 (6/11)
48 (11/37)
10.
Surxondaryo viloyati
15
93 (21/72)
17 (6/11)
76 (15/61)
11.
Toshkent viloyati
22
116 (28/88)
17 (6/11)
99 (22/77)
12.
Fargʻona viloyati
19
104 (25/79)
17 (6/11)
87 (19/68)
13.
Xorazm viloyati
13
79 (19/60)
17 (6/11)
62 (13/49)
14.
Toshkent shahri
12
64 (17/47)
16 (5/11)
48 (12/36)
Jami:
208
1 244 (291/953)
237 (83/154)
1 007 (208/799)
(5-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 8-ILOVA
Davlat kadastrlarini shakllantirish boʻyicha idoralararo ishchi guruh
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Idoralararo ishchi guruh raisi
O.M. Umarov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Idoralararo ishchi guruh raisi oʻrinbosari
lavozimiga koʻra
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari — Kadastr agentligi direktori, Idoralararo ishchi guruh raisi oʻrinbosari
O.A. Pekos
—
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari
Sh.S. Xidoyatov
—
qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari
J.T. Mirzamaxmudov
—
energetika vazirining birinchi oʻrinbosari
V.M. Ahmadjonov
—
suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari
A.A. Moʻminov
—
favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari
Sh.A. Nurulloyev
—
Madaniy meros agentligi direktori
A.A. Abduvaliyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri oʻrinbosari — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi
lavozimiga koʻra
—
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Sh.P. Alimov
—
Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Gʻ.K. Qurbonov
—
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
lavozimiga koʻra
—
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
lavozimiga koʻra
—
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining oʻrinbosari
X.N. Xasilov
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati raisi vazifasini bajaruvchi
M.R. Abdullayev
—
“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
B.B. Eshmuratov
—
“Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
U.H. Sayidov
—
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
R.G. Mubarakshin
—
“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
U.M. Mustafoyev
—
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
A.A Sanginov
—
“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
lavozimiga koʻra
—
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi, Idoralararo ishchi guruh kotibi
Izoh: Idoralararo ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 9-ILOVA
Davlat kadastrlari obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimiga kiritish boʻyicha
Davlat kadastrlari palatasi (Davlat budjeti mablagʻlari)
6 492 352 ta yer uchastkasi
65 mingta yer uchastkasi
65 mingta yer uchastkasi
65 mingta yer uchastkasi
yangilab borish
2.
Binolar va inshootlar davlat kadastri
Kadastr agentligi,
Davlat kadastrlari palatasi
(oʻz mablagʻlari)
6 492 352 ta obyekt
315 mingta obyekt
315 mingta obyekt
315 mingta obyekt
yangilab borish
3.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri
Kadastr agentligi,
Davlat kartografiya-geodeziya fondi
(Davlat budjeti mablagʻlari)
103 811 ta obyekt
3935 ta obyekt
3935 ta obyekt
3935 ta obyekt
yangilab borish
4.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri
Energetika vazirligi,
“Oʻzbekneftgaz” AJ
(oʻz mablagʻlari)
2 359 km
2359 km
yangilab borish
Energetika vazirligi,
“Oʻztransgaz” AJ
(oʻz mablagʻlari)
7 166 km
7 166 km
yangilab borish
Energetika vazirligi,
“Hududgaztaʼminot” AJ
(oʻz mablagʻlari)
9117 km
9117 km
yangilab borish
5.
Energetika obyektlari davlat kadastri
Energetika vazirligi,
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
(oʻz mablagʻlari)
1 ta
obyekt
1 ta obyekt
yangilab borish
Energetika vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ
(oʻz mablagʻlari)
41 ta
obyekt
14 ta
obyekt
14 ta
obyekt
13 ta
obyekt
yangilab borish
Energetika vazirligi,
“Oʻzbekiston MET” AJ
(oʻz mablagʻlari)
8 286 km
HEUT
1000 km
HEUT
2 600 km
HEUT
4 686 km
HEUT
yangilab borish
72 ta
PS
14 ta
PS
56 ta
PS
2 ta
PS
yangilab borish
Energetika vazirligi,
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
(oʻz mablagʻlari)
27 808 km HEUT
9 270 km HEUT
9 270 km HEUT
9 268 km HEUT
yangilab borish
1650 ta
PS
550 ta
PS
550 ta
PS
550 ta
PS
yangilab borish
6.
Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
(oʻz mablagʻlari)
2091 ta obyekt
1500 ta obyekt
1500 ta obyekt
1500 ta obyekt
yangilab borish
7.
Avtomobil yoʻllari davlat kadastri
Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari*
(mahalliy budjet mablagʻlari)
42 695 km
20 200 km
20 200 km
20 200 km
81282km
yangilab borish
8.
Temir yoʻllar davlat kadastri
Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va sanoat, ishlab chiqarish korxonalari*
(oʻz mablagʻlari)
5 149 km
31 km
31 km
31 km
1 708 km sanoat, ishlab chiqarish tashkilotlari tasarrufidagi temir yoʻllar
yangilab borish
9.
Madaniy meros obyektlari davlat kadastri
Madaniyat vazirligi
(mahalliy budjet mablagʻlari)
2 050 ta obyekt
2100 ta obyekt
2100 ta obyekt
2100 ta obyekt
yangilab borish
10.
Oʻsimlik dunyosi obyektlari davlat kadastri
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
(Davlat budjeti mablagʻlari)
358 ta tur boʻyicha
80 tatur boʻyicha
80 tatur boʻyicha
80 tatur boʻyicha
yangilab borish
11.
Hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastri
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
(Davlat budjeti mablagʻlari)
250 ta obyekt
yangilab borish
12.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
(Davlat budjeti mablagʻlari)
395 ta
obyekt
13 ta
obyekt
13 ta
obyekt
13 ta
obyekt
yangilab borish
13.
Chiqindilarni koʻmib tashlash va utilizatsiya joylari davlat kadastri
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
(Davlat budjeti mablagʻlari)
361 ta obyekt
13 taobyekt
13 taobyekt
13 taobyekt
yangilab borish
14.
Davlat oʻrmon kadastri
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi
(Davlat budjeti mablagʻlari)
10,8 mln gektar
135 ming gektar
135 ming gektar
135 ming gektar
yangilab borish
15.
Davlat suv kadastri
Suv xoʻjaligi vazirligi
(Davlat budjeti mablagʻlari)
1 113 ta obyekt
yangilab borish
Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi
(Davlat budjeti mablagʻlari)
671 ta obyekt
yangilab borish
“Oʻzgidromet” markazi (Davlat budjeti mablagʻlari)
116 ta obyekt
yangilab borish
16.
Gidrotexnika inshootlari davlat kadastri
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi
(Davlat budjeti mablagʻlari)
207 ta obyekt
yangilab borish
Suv xoʻjaligi vazirligi
(Davlat budjeti mablagʻlari)
22 mingta obyekt
yangilab borish
Energetika vazirligi
(Davlat budjeti mablagʻlari)
12 ta obyekt
yangilab borish
17.
Foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi
(oʻz mablagʻlari)
2 434 ta obyekt
yangilab borish
18.
Davlat shaharsozlik kadastri
Qurilish vazirligi
(Davlat budjeti mablagʻlari)
1 793 ta obyekt
30 ta obyekt
30 ta obyekt
30 ta obyekt
90 ta obyekt
90 ta obyekt
90 ta obyekt
19.
Aloqa obyektlari davlat kadastri
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(oʻz mablagʻlari)
kiritilmagan
5 150 km
5 150 km
5 150 km
15 500 km
15 500 km
yangilab borish
20.
Tabiiy xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri
Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi
(Davlat budjeti mablagʻlari)
284 ta obyekt
yangilab borish
Fanlar akademiyasi
(Davlat budjeti mablagʻlari)
11 231 ta obyekt
yangilab borish
“Oʻzgidromet” markazi (Davlat budjeti mablagʻlari)
12 ta obyekt
yangilab borish
* Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimi
Izoh: Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi masʼul idoralardan belgilangan tartibda qabul qilib olingan kadastr obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ikki haftadan kechiktirmay Milliy geografik axborot tizimiga joylashtirilishini taʼminlaydi.
Davlat kadastrlarini yuritish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan davlat kadastr obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Milliy geoaxborot tizimiga kiritilganida maqsadli koʻrsatkichlarga erishilgan hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 21-bandning uchinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) maxsus hisob raqamlariga” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 22-banddagi “Davergeodezkadastr qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 23-banddagi “Davergeodezkadastr qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari oʻzining maxsus hisob raqamlariga” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “hududiy boshqarmalarning maxsus hisob raqamlariga tushgan mablagʻlarning 90 foizidan Davergeodezkadastr qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlarning 90 foizidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash uchun tushgan mablagʻlar hisobidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy organlariga qonun hujjatlariga muvofiq shtat birliklari ajratiladi”;
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“mablagʻlarning 7 foizi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasida qoladi;
3 foizi qishloq xoʻjaligi boshqarmalarining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi mablagʻlarning tushishiga koʻra, qishloq xoʻjaligi boshqarmalariga tegishli boʻlgan mablagʻlarni ularning maxsus hisob raqamiga oʻtkazadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2021-yil 1-yanvardan boshlab yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida elektron shaklda yuritiladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
quyidagi mazmundagi oltinchi-yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xoʻjaligi yerlarini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish;
tuproq bonitirovkasini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarining meʼyoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish”;
b) 11-band quyidagi mazmundagi “g1” va “g2” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“g1) qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xoʻjaligi yerlarini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish sohasida:
qishloq xoʻjaligi yerlarini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qiladi;
samarasiz foydalanilayotgan qishloq xoʻjaligi yerlarini aniqlash, ularni oʻrnatilgan tartibda olib qoʻyish va belgilangan maqsadda foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
g2) tuproq bonitirovkasini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning meʼyoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish sohasida;
davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni taʼminlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish sohalarida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
tuproqlarning sifatini baholash maqsadida tuproq sʼyomkasini, tuproqlarning bonitirovkasini oʻtkazadi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan tabiiy yaylovlarda geobotanik izlanishlarni amalga oshiradi;
qishloq xoʻjaligi yerlarining meʼyoriy qiymatini aniqlaydi;
tuproqshunoslik, geobotanikaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni amalga oshiradi”;