1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 7-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3299]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi, “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-aprel,
26-son
Kelishildi:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. BURXANOV
2021-yil 14-aprel
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari B. TURABOV
2021-yil 24-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 27-apreldagi 26-son buyrugʻiga ILOVA
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi, “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining rasmiy veb-saytida budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash boʻyicha maʼlumotlarni joylashtirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
rasmiy veb-sayt — Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi tegishli tashkilotga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga tegishli boʻlgan va ularning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan rasmiy veb-sayt sifatida identifikatsiya qilinadigan, hamma foydalanishi mumkin boʻlgan resursdir;
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq maʼlumotlar (bundan buyon matnda ochiq maʼlumotlar deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 1661-moddasiga va “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti toʻgʻrisida” Qonunining 14-moddasiga muvofiq rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilinadigan, shuningdek budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalarining daromad va xarajatlari, davlat subsidiya va grantlarining miqdorlari va oluvchilari haqida maʼlumotlar;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari — qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan manbalar hisobidan budjet tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablagʻlar;
mashinada oʻqiladigan format — maʼlumotlarni dasturiy qayta ishlanishini taʼminlovchi, ushbu maʼlumotlarni taqdim etishning elektron formati;
ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchi (bundan buyon matnda yetkazib beruvchi deb yuritiladi) — budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtiruvchi birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarini tasarruf etuvchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasi.
2. Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda joylashtiriladigan maʼlumotlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
maʼlumotlarni qonuniy talablardan kelib chiqqan holda ochiq, bepul va mashinada oʻqiladigan formatlarda eʼlon qilish hamda ulardan erkin foydalanishni taʼminlash;
shaxsga doir maʼlumotlarning tarqatilmasligini yoki oshkor qilinmasligini taʼminlash;
davlat sirini yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni, shuningdek, maxfiy axborotni oshkor qilmaslik;
notoʻgʻri maʼlumotlarni oʻz ichiga olmaslik.
2-bob. Ochiq maʼlumotlarning axborot mazmuni va joylashtirish muddatlari
3. Yetkazib beruvchilar har chorak yakunlari boʻyicha keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar oʻzining rasmiy veb-saytlariga:
a) oʻz tasarrufidagi budjet tashkilotlari kesimida mablagʻlar taqsimoti toʻgʻrisida maʼlumot mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda;
b) qonunchilik hujjatlariga muvofiq quyidagi shakllardagi davriy moliyaviy hisobotlar:
balans;
xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
davlat maqsadli jamgʻarmalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining daromadlari hamda xarajatlari ijrosi haqidagi maʼlumotlar;
budjet tashkilotlarining tarmoq, shtatlar va kontingentlar rejalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar;
v) kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda;
g) oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 3-ilovasiga, asosiy vositalarni xarid qilish uchun oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Nizomning 4-ilovasiga, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni xarid qilish uchun oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Nizomning 5-ilovasiga hamda qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakllarda joylashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Ochiq budjet” axborot portalida budjet tashkilotlarining xarajatlari ijrosi, budjetdan tashqari mablagʻlar tushumi va xarajatlari hamda davlat xaridlari yuzasidan maʼlumotlarni tizimlashtirilgan holda tuman (shahar)lar kesimida joylashtirib boradi.
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tegishli birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarining ijro etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga har chorak yakunlariga koʻra, chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay joylashtirib boradi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
Bunda maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda va birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi soliq va bojxona imtiyozlari roʻyxatini mazkur Nizomning 9 va 10-ilovalariga muvofiq shaklda, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlarining miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 11 va 12-ilovalariga muvofiq shaklda oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga har chorakda chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan, yillik hisobotlarni yil yakunlari boʻyicha keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay joylashtirib boradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 10-martdagi 339-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3299-2, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3299-2/0263-son)
6. Davlat moliyaviy nazorati organlari moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, har chorak yakunlariga koʻra esa nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ijobiy natijalar haqidagi maʼlumotlarni chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay oʻz rasmiy veb-saytlariga mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shaklda joylashtirib boradi.
7. Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan maʼlumotlar bilan birga davlat maqsadli jamgʻarmalaridan subsidiyalar va kredit oluvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha har chorak yakunlari boʻyicha keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasidan kechiktirmay oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirib boradi.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar roʻyxati, shuningdek qurilish-taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shaklda har chorak yakunlariga koʻra, keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan majburiy tartibda oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli mahalliy budjetlar qoʻshimcha mablagʻlaridan foydalanilishiga doir qarorlarni (farmoyishlarni) ular qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni ichida majburiy tartibda oʻz rasmiy veb-saytlariga hamda “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 10-martdagi 339-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3299-2, 19.03.2026-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3299-2/0263-son)
81. Tuman va shahar hokimliklari tashabbusli budjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq shakllarda “Ochiq budjet” axborot portali hamda oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga har chorak yakunlariga koʻra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib boradi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 28-dekabrdagi 80-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3299-1, 14.01.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/3299-1/0028-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Ochiq budjet” axborot portaliga:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilari kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobot choragining yakunlariga koʻra, hisobot choragidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar;
jismoniy shaxs tomonidan muayyan davrda toʻlangan daromad soligʻi, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotni doimiy ravishda;
toʻlangan soliqlar evaziga Davlat budjetidan amalga oshirilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (xarajatlar yoʻnalishlari kesimida) doimiy ravishda;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 10-martdagi 339-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3299-2, 19.03.2026-y.) asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3299-2/0263-son)
- davlat qarzining holati va oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorakda hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning 25 sanasiga qadar joylashtirib boradi.
10. Yetkazib beruvchilarning rasmiy veb-saytlarida “Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq maʼlumotlar” boʻlimi ochiladi va ochiq maʼlumotlar ushbu boʻlimga joylashtirib boriladi. Mazkur boʻlimda joylashtirib boriladigan maʼlumotlar davlat tilida taqdim etilishi zarur. Boʻlim boshqa tillardagi teng qiymatli yoki qisqartirilgan versiyalariga ega boʻlishi mumkin.
“Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq maʼlumotlar” boʻlimiga maʼlumotlar joylashtirilganda, yangilanganda yoki oʻzgartirilganda rasmiy veb-saytning yangiliklarda yoritib boriladigan sahifasida tegishli chorak boʻyicha maʼlumotlar joylanganligi yuzasidan xabar qoldirilishi kerak.
11. Ochiq maʼlumotlar mashinada oʻqiladigan formatda (XLSX, CSV, XML, JSON, PDF) eʼlon qilinishi kerak. CSV formatida yassi jadval shakliga ega maʼlumotlar eʼlon qilinishi kerak, bunda yozuv tarkibida satrni koʻchirish simvolidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Murakkab iyerarxiyali maʼlumotlarni XML formatida eʼlon qilish zarur.
3-bob. Ochiq maʼlumotlarni joylashtirish tartibi
12. Yetkazib beruvchi quyidagilarga:
rasmiy veb-saytlarning “Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq maʼlumotlar” boʻlimida ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini eʼlon qilish masalalari boʻyicha masʼul xodim va uning aloqa maʼlumotlari oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishini taʼminlashga;
oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan ochiq maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi va dolzarbligini taʼminlashga;
oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan ochiq maʼlumotlarning asossiz oʻchirib tashlamasligiga va doimiy saqlanishiga;
oʻzining rasmiy veb-saytini yangilaganda, oldingi davrda joylashtirilgan ochiq maʼlumotlarni yangilangan rasmiy veb-saytda toʻliq hajmda oʻtkazilishiga;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ochiq maʼlumotlarni davriy yangilab borilishini taʼminlashga majbur.
13. Tuman va shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlari mavjud boʻlmagan hollarda mazkur Nizomning 2 va 7-bandlarida belgilangan maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi. Bunda ochiq maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi, dolzarbligi va oʻz vaqtida joylashtirilishi yuzasidan javobgarlik tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklatiladi.
14. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning rasmiy veb-saytlari mavjud boʻlmagan hollarda mazkur Nizomning 2 va 7-bandlarida belgilangan maʼlumotlarni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
16. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan.
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
20____ yilda ____________________ budjetdan ajratilgan mablagʻlarning chegaralangan miqdorining oʻz tasarrufidagi budjet tashkilotlari kesimida taqsimoti toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r
Oʻz tasarrufidagi budjet tashkilotlarining nomlanishi
Hisobot davri mobaynida budjetdan ajratilayotgan mablagʻlar summasi
jami
shundan:
ish haqi va unga tenglashtiruvchi toʻlovlar miqdori
yagona ijtimoiy soliq
boshqa joriy xarajatlar
obyektlarni loyihalashtirish, qurish, (rekonstruksiya qilish) va taʼmirlash ishlari uchun kapital qoʻyilmalar
1.
2.
3.
...
Jami
0
0
0
0
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
20____ yilda ____________________ kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOTLAR
T/r
Buyurtmachi
Loyihaning nomlanishi
Loyiha quvvati
Loyihani amalga oshirish davri
Pudratchi toʻgʻrisida maʼlumotlar
Loyihani amalga oshirish qiymati (ming soʻm)
shundan oʻzlashtirilgan mablagʻlar (ming soʻm)
Loyihani moliyalash-tirish manbasi (budjet/ budjetdan tashqari mablagʻlar)
Pudratchi nomi
Korxona STIRi
1.
2.
3.
4.
* Izoh: Moliyalashtirish manbasi aniq koʻrsatiladi. Moliyalashtirish manbalari: Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Davlat maqsadli jamgʻarma mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti tarkibidagi budjetlarning qoʻshimcha manbalari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
20____ yilda ____________________ tomonidan oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOTLAR
T/r
Hisobot davri
Yoʻnalishlari
Tovar (ish va xizmat)lar xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalar
Moliyalashtirish manbasi*
soni
summasi
1.
1-chorak
asosiy vositalar xarid qilish
kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar xarid qilish
qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash
saqlash xarajatlari bilan bogʻliq xaridlar
2.
2-chorak
asosiy vositalar xarid qilish
kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar xarid qilish
qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash
saqlash xarajatlari bilan bogʻliq xaridlar
3.
3-chorak
asosiy vositalar xarid qilish
kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar xarid qilish
qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash
saqlash xarajatlari bilan bogʻliq xaridlar
4.
4-chorak
asosiy vositalar xarid qilish
kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar xarid qilish
qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash
saqlash xarajatlari bilan bogʻliq xaridlar
* Izoh: Moliyalashtirish manbasi aniq koʻrsatiladi. Moliyalashtirish manbalari: Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Davlat maqsadli jamgʻarma mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti tarkibidagi budjetlarning qoʻshimcha manbalari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
20____ yilda ____________________ tomonidan asosiy vositalar xarid qilish uchun oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi
Xarid qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) oʻlchov birligi (imkoniyat darajasida)
Xarid qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) miqdori (hajmi)
Bitim (shartnoma) boʻyicha tovarlar (xizmatlar) bir birligi narxi (tarifi)
Xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) jami miqdori (hajmi) qiymati (ming soʻm)
Pudratchi nomi
Korxona STIRi
1.
2.
3.
4.
5.
6.
* Izoh: Moliyalashtirish manbasi aniq koʻrsatiladi. Moliyalashtirish manbalari: Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Davlat maqsadli jamgʻarma mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti tarkibidagi budjetlarning qoʻshimcha manbalari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
20____ yilda ____________________ tomonidan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar xarid qilish uchun oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi
Xarid qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) oʻlchov birligi (imkoniyat darajasida)
Xarid qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) miqdori (hajmi)
Bitim (shartnoma) boʻyicha tovarlar (xizmatlar) bir birligi narxi (tarifi)
Xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) jami miqdori (hajmi) qiymati (ming soʻm)
Pudratchi nomi
Korxona STIRi
1.
2.
3.
4.
* Izoh: Moliyalashtirish manbasi aniq koʻrsatiladi. Moliyalashtirish manbalari: Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Davlat maqsadli jamgʻarma mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti tarkibidagi budjetlarning qoʻshimcha manbalari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
20____ yilda ____________________ tomonidan qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) toʻgʻrisidagi
* Izoh: Moliyalashtirish manbasi aniq koʻrsatiladi. Moliyalashtirish manbalari: Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Davlat maqsadli jamgʻarma mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti tarkibidagi budjetlarning qoʻshimcha manbalari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
20____ yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarining ijro etilishi toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOT
T/r
Birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchi nomi*
Obyekt soni
Rejalashtirilgan mablagʻ
Moliyalashtiril-gan mablagʻ (ming soʻm)
Bajarilgan ishlar va xarajatlarning miqdori (ming soʻm)
Ajratilgan mablagʻning oʻzlashtirilishi (%)
Yil boshida uchun tasdiqlangan dastur asosida (ming soʻm)
Yil davomida qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar asosida (ming soʻm)
1.
2.
3.
4.
5.
6.
* Izoh: Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunda belgilangan birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilar boʻyicha toʻldiriladi.
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
20____ yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarining ijro etilishi toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOT
T/r
Obyekt nomi va manzili
Amalga oshirish muddati
Oʻlchov birligi
Loyiha quvvati
Rejalashtirilgan mablagʻ
Moliyalash-tirilgan mablagʻ (ming soʻm)
Bajarilgan ishlar va xarajatlarning miqdori (ming soʻm)
Ajratilgan mablagʻning oʻzlash-tirilishi (%)
Dasturga kiritish uchun asos
Yil boshida uchun tasdiqlangan dastur asosida (ming soʻm)
Yil davomida qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar asosida (ming soʻm)
I
Yangi qurilish
II
Rekonstruksiya
III
Jihozlash
IV
Keyingi yillar loyiha qidiruv ishlari uchun
V
Kreditor qarzdorlikni qoplash
VI
Mukammal taʼmirlash
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Taqdim etilgan soliq imtiyozlari
ROʻYXATI
______________ (oy) 20__ yil *
T/r
Soliq turi
Imtiyoz nomi
Huquqiy hujjat turi
Hujjat raqami va sanasi
Imtiyozning amal qilish muddati
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Taqdim etilgan soliq imtiyozlari
ROʻYXATI
______________ (oy) 20__ yil *
T/r
Hujjat turi
Hujjat raqami
Hujjat tasdiqlangan sana
Hujjat nomi
Hujjatning tuzilmaviy birligi
Kuchga kirish sanasi
Hujjatning amal qilish muddati
Imtiyoz turi
Imtiyoz berilgan soha nomi
Bojxona toʻlovi
Aksiz soligʻi
QQS
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
20____ yilda Tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan soliq imtiyozlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r
Tadbirkorlik subyekti nomi
STIR
Jami imtiyoz summasi (ming soʻm)
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
20____ yilda Tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan bojxona imtiyozlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r
Tadbirkorlik subyekti nomi
STIR
Jami imtiyoz summasi (ming soʻm)
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
20____ yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari yuzasidagi
* Har chorak yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijalari yuzasidan vazirliklar va hududlar kesimida maʼlumot taqdim etiladi.
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
20____ yilda ____________________ Davlat maqsadli jamgʻarmalardan ajratilgan subsidiyalar, kreditlar hamda tijorat banklariga joylashtirilgan depozitlar toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOTLAR
Kreditlar boʻyicha:
T/r
Kredit oluvchilar nomi
STIR
Joylashgan hudud (viloyat, tuman (shahar)
Mablagʻ ajratilishidan koʻzlangan maqsad
Ajratilgan mablagʻ (ming soʻm)
Ajratilishi tartibi
Ajratilgan kredit mablagʻlarining qaytarilishi
Foiz stavkasi
Soʻndirilishi muddati
Asosiy qarz
Foiz toʻlovlari
Jarima va penyalar
1.
2.
3.
Jami
x
0
0
0
0
0
0
0
0
Subsidiyalar boʻyicha:
T/r
Subsidiya oluvchilar nomi
STIR
Joylashgan hudud (viloyat, tuman (shahar)
Mablagʻ ajratilishidan koʻzlangan maqsad
Ajratilgan mablagʻ (ming soʻm)
Mablagʻ ajratilishi yuzasidan asoslovchi hujjat nomi va sanasi
1.
2.
3.
Jami
x
0
0
0
x
Depozitlar boʻyicha
T/r
Depozit joylashtirilgan bank nomi
STIR
Muddati
Foizi
Joylashtirilgan mablagʻ (ming soʻm)
Shartnoma raqami va sanasi
1.
2.
3.
Jami
0
0
0
x
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 15-ILOVA
_____________________ qoʻshimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar hamda xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar roʻyxati, shuningdek qurilish-taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisida
* Izoh: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organining qaroriga asosan mablagʻ ajratilgan maqsadiga koʻra bir nechta yoʻnalishlarga yoki tashkilotlarga mablagʻ ajratilgan hollarda ushbu maqsadlar va tashkilotlar alohida qatorda aks ettiriladi.
(15-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 16-ILOVA
Tashabbusli budjetlashtirish natijalari boʻyicha
MAʼLUMOT
____________________ tuman (shahar)
____________ (oy) 20__ yil
1-jadval
T/r
Koʻrsatkich nomi
Summa
(ming soʻm)
1.
Yil boshiga qoldiq
2.
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga oʻtkazilgan mablagʻlar*
3.
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (gʻolib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar**
3.1.
Tadbirlarni amalga oshirayotgan pudratchi tashkilotlarga bajarilgan ishlar uchun toʻlangan mablagʻlar
3.2.
Tadbirlarni moliyalashtirishga ajratilgan, biroq pudratchi tashkilotlarga toʻlab berilmagan qoldiq mablagʻlar
4.
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasidagi qoldiq mablagʻlar
2-jadval
T/r
Bajarilgan tadbirlar nomi
Moliyalashtirilgan takliflar soni
koʻrsatkichlar
oʻlchov birligi
miqdori
sarflangan mablagʻlar
1.
Hududiy ichki yoʻllar
umumiy uzunligi
2.
Umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va jihozlash
soni
3.
Maktabgacha taʼlim muassasalarini taʼmirlash va jihozlash
soni
4.
Sogʻliqni saqlash muassasalarini taʼmirlash va jihozlash
soni
5.
Boshqa ijtimoiy soha muassasalarini taʼmirlash va jihozlash
soni
6.
Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash
umumiy uzunligi
7.
Koʻcha chiroqlarini oʻrnatish
chiroqlar soni
8.
Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish
tadbirlar soni
9.
Boshqa tadbirlar
soni
jami
X
X
Izoh:
* Ushbu qatorda mazkur maʼlumotning 1-ilovasidagi Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga haqiqatda oʻtkazilgan mablagʻlar ustunining Jami ajratiladigan mablagʻlar qatoridagi mablagʻlar aks ettiriladi.
** Ushbu qatorda mazkur maʼlumotning 2-ilovasidagi Ajratilgan mablagʻlar ustunining jami qatoridagi mablagʻlar aks ettiriladi.
Tashabbusli budjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotga 1-ILOVA
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirilishi yuzasidan
MAʼLUMOT
___________________tuman (shahar)
____________ (oy) 20__ yil
T/r
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishi lozim boʻlgan mablagʻlar
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga haqiqatda oʻtkazilgan mablagʻlar
Farqi
Izoh
1-chorak
2-chorak
3-chorak
4-chorak
1.
Tuman (shahar) budjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foiz qismi miqdorida ajratiladigan mablagʻlar
2.
Tuman (shahar) budjetining qoʻshimcha manbalarining 30 foizi miqdorida ajratiladigan mablagʻlar
2.1.
Shu jumladan
erkin qoldiq mablagʻlari
2.2.
daromadlarning hisobot choraklari yakunlari boʻyicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilgan qismi
2.3.
davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar
2.4.
elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan mablagʻlar
2.5.
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar kamaytirilishi natijasida boʻshab qolgan mablagʻlar
3.
Jami ajratiladigan mablagʻlar
Tashabbusli budjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotga 2-ILOVA
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (gʻolib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan
MAʼLUMOT
_____________________tuman (shahar)
______________ (oy) 20__ yil
T/r
Tadbirning xos raqami (ID)
Jami toʻplangan ovozlar soni
shundan
Tadbirning qisqacha mazmuni (sohasi)
Tadbirning moliyalashtirilishi (ming soʻm)
onlayn ovozlar
oflayn ovozlar
SMS orqali
Tadbirni moliyalashtirish uchun ochilgan hisobvaraq
Tadbirning fuqaro tomonidan kiritilgan dastlabki qiymati
Bajarilgan ishlar uchun toʻlab berilgan mablagʻlar
Qoldiq mablagʻlar
1.
2.
3.
Jami:
Izoh:
* Tadbirni amalga oshirish qiymati ustunida loyiha-smeta hujjatlariga asosan pudratchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomada tadbirni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan qiymat aks ettiriladi.
(16-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 28-dekabrdagi 80-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3299-1, 14.01.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/3299-1/0028-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 10/21/3299/0438-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/3299-1/0028-son; 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son; 19.03.2026-y., 10/26/3299-2/0263-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)