Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12 va 16-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5884-son Farmoni, “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni hamda “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4513-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-aprel,
242-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-son qaroriga
ILOVA
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 7-banddan “Litsenziya litsenziyaga talabgorning arizasiga koʻra 5 yildan kam muddatga berilishi mumkin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
a) “a” kichik bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“tugʻruqni qabul qilish tashkil etilganda akusher-ginekolog, anesteziolog-reanimatolog, neonatolog va klinik laborant vrachlarda — kamida birinchi malakaviy toifa”;
toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistika maʼlumotlarini taqdim etish”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“tugʻruqni qabul qilish tashkil etilganda muassasada tugʻruq (jarrohlik bloki bilan), jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tugilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, homiladorlar patologiyasi, endovizual ginekologiya boʻlimlari, poliklinika (ginekologiya, neonatologiya, pediatriya, ultratovush diagnostikasi), bakteriologiya va klinik-biokimyo laboratoriyalar tashkil etish”;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“tugʻruqni qabul qilish tashkil etilganda FHDY organlari bilan tugilish va oʻlim toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturini majburiy ravishda doimiy yuritish”;
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Litsenziya berish haqidagi umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza talabgor tomonidan Yagona portal orqali berilgan taqdirda, arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim summasining:
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda, litsenziya berish haqidagi umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻimlar summasining 20 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Tezlashtirilgan tartibda litsenziya berish boʻyicha ariza oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan taqdirda, qoʻshimcha toʻlov summasi litsenziya talabgoriga qaytarilishi shart.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan bosh tortgan taqdirda, toʻlangan yigim summasi qaytarilmaydi”.
4. 18-bandga kuyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoxud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati davomida litsenziya berish haqida yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida yoxud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqida yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng litsenziya talabgori arizada koʻrsatilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqiga bu haqida litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda ega boʻladi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining yozma xabari olinganidan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berishi yoki litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirishi shart. Taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan roʻyxati hamda litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga yuborilgan yozma xabar litsenziya olinguniga qadar litsenziyaga tenglashtiriladi va shunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi. Bunda litsenziya talabgori litsenziyasiz faoliyat bilan shugʻullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas”.
a) beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza elektron shaklda Yagona portal orqali berilgan taqdirda, yigʻim summasining:
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
b) toʻqqizinchi xatboshidagi “murojaat qilinganda” soʻzlaridan keyin “umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi” soʻzlari qoʻshilsin;
v) oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
a) ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza elektron shaklda Yagona portal orqali berilgan taqdirda yigʻim summasining:
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisob raqamga oʻtkaziladi”;
b) yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
7. 33-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilgan holda, nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda koʻpi bilan bir marta (qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan maʼlumotlar boʻlgan holatlarda cheklanmagan miqdorda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazish”.
8. 41-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)