Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida
Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida hamda 2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq:
1. Quyidagilar reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan birlamchi tibbiy yordam hajmini kengaytirish va sifatini oshirish;
ayollar va bolalarga malakali, ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;
homilador ayollar va bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy xizmat koʻrsatadigan muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, ularning binolarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va yangilarini qurish;
nogironligi boʻlgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va sogʻlomlashtirish, ularning jamiyat hayotida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
zamonaviy talablarga javob bera oladigan va ilgʻor texnologiyalarni egallagan yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar hamda bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash;
sogʻlom farzandlarning tugʻilishi, rivojlanishi va tarbiyasi masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish.
2. 2019 — 2023-yillarda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) 2-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
4. Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha qabul qilingan dasturlar va chora-tadbirlarning har bir viloyatda, tumanda (shaharda) amalga oshirilishini hamda masʼullar tomonidan ularning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
aholi, eng avvalo yoshlar orasida tibbiyot va taʼlim muassasalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda sogʻlom oilani shakllantirish, oʻsmirlar, ayniqsa oʻsmir qizlar reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish boʻyicha keng targʻibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish va olib borish;
(4-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)
onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish tizimi muassasalari faoliyatini chuqur tahlil qilish, ushbu yoʻnalishda tegishli vazirlik va idoralarning ishini muvofiqlashtirish, onalar va bolalar kasallanishi hamda oʻlimini kamaytirish boʻyicha taʼsirchan mexanizmlarni oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlash.
Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Kengashning ishchi organi hisoblanadi;
Kengash vazifalarini amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar unga vakolatlari doirasida har tomonlama koʻmak beradilar hamda soʻralgan zarur maʼlumotlarni taqdim etib boradilar;
Kengashning ishchi organi aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha qabul qilingan dasturlar va chora-tadbirlarning ijrosi boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritib boradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonalari tomonidan ishlab chiqilgan hamda Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasining moliyaviy koʻmagida amalga oshirilishi belgilangan Qoraqalpogʻiston Respublikasida homilador ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Loyiha doirasida:
kirib kelayotgan dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnikaga nisbatan ularni davlat reyestriga kiritmasdan va oʻrnatilgan yigʻimlarni undirmagan holda bir martalik davlat roʻyxatiga olinishi va roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarini roʻyxatga olish natijalarining tan olinishi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonalariga Loyihani oʻz vaqtida sifatli amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashishi va buning uchun zarur tashkiliy-amaliy choralar koʻrishi belgilab qoʻyilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar viloyatlar va Toshkent shahrida ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam tizimini chuqur tahlil qilib, uning sifati va ommabopligini oshirish boʻyicha hududiy loyihalarni (keyingi oʻrinlarda — hududiy loyihalar) ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Belgilansinki:
hududiy loyihalarni amalga oshirishdan asosiy maqsad perinatal yordam sifatini oshirish va tibbiyot muassasalari infratuzilmasi, ularning tibbiy uskunalar bilan jihozlanganlik va kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasini Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida tavsiya qilingan standartlarga muvofiqlashtirish hisoblanadi;
hududiy loyihalar har bir hududning individual xususiyatlari, shu jumladan uning geografik joylashuvini aholi sogʻligʻiga taʼsiri, onalar va bolalar kasallanishi hamda oʻlimi darajasi, tibbiyot muassasalarining jihozlanganligi, kadrlar salohiyati va aholining tibbiy savodxonligini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda hududiy loyihalar doirasida onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalarini xorijiy mamlakatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlar imtiyozli kreditlari va grantlari hamda budjetdan tashqari boshqa mablagʻlarni jalb qilgan holda tibbiy, shu jumladan yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlash choralarini koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagilarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Bolalar xirurgiyasi markazi);
Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi (keyingi oʻrinlarda — Reabilitatsiya markazi);
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazi;
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida, bolalar anesteziologiya-reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlari hamda bemor bolalarga tunu-kun shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatuvchi navbatchi shifokor postlari.
9. Belgilansinki:
Bolalar xirurgiyasi markazi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi, Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi, Respublika perinatal markazi qoshidagi neonatal xirurgiya oʻquv davolash metodik markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar boʻlimi hamda Toshkent shahar 2-son bolalar klinik shifoxonasining mavjud oʻrinlar fondi va shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi hududida davlat tibbiyot muassasasi shaklida;
Reabilitatsiya markazi Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiya markazi negizida hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar birlashmasining mavjud oʻrinlar fondi va shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga davlat tibbiyot muassasasi shaklida;
bolalar anesteziologiya-reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlari hamda bemor bolalarga tunu-kun shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatuvchi navbatchi shifokor postlari tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch boʻlimlarining mavjud pediatrik oʻrinlar fondi va shtat birliklari negizida;
Yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazi Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etiladi.
10. Quyidagilar:
a) Bolalar xirurgiyasi markazining asosiy vazifalari etib:
18 yoshgacha boʻlgan bolalarga kardioxirurgiya, urologiya, neonatal xirurgiya, neyroxirurgiya va xirurgiyaning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish;
bolalar xirurgiyasi sohasi boʻyicha yuqori texnologiyalarga asoslangan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, sohani jahon taʼlim va ilmiy hamjamiyatiga integratsiya qilish asosida rivojlantirish;
b) Reabilitatsiya markazining asosiy vazifalari etib:
18 yoshgacha boʻlgan bemor bolalarning hayot sifatini yaxshilash, shuningdek, salomatligini reabilitatsiya qilish orqali davolash, nogironlikning oldini olish;
kasalliklarning profilaktikasi va tibbiy reabilitatsiya boʻyicha yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashgan yordamga boʻlgan ehtiyojni qondirish, respublika sohaviy muassasalariga tashkiliy-metodik yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
v) Yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazining asosiy vazifalari etib:
aholiga pullik asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish, bepushtlikni bartaraf etish, yordamchi reproduktiv texnologiyalar usullarini qabul qilingan klinik protokollar va standartlar asosida qoʻllash;
zamonaviy hamda xalqaro talablarga javob beradigan eng ilgʻor diagnostika va davolash standartlarini amaliyotga joriy etib, ushbu yoʻnalishda xorijiy davlatlardagi tibbiyot muassasalari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish belgilansin.
11. Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bolalar xirurgiyasi markazini qurish uchun Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi hududidan belgilangan tartibda yer maydoni ajratilishini taʼminlasin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Yer kodeksining 20-moddasi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
2020-yil 1-aprelga qadar Bolalar xirurgiyasi markazini xalqaro talablar va standartlar asosida qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishini;
2023-yil 1-yanvarga qadar Bolalar xirurgiyasi markazining qurib bitkazilishi va ishga tushirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining xususiy tibbiyot muassasalari uchun tugʻruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, tugʻruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanish faqat Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilishini taʼminlay oladigan tugʻruq, jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tugʻilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, endovizual ginekologiya boʻlimlari, poliklinika va klinik-biokimyo laboratoriyasi hamda yuqori malakali tibbiyot xodimlari mavjud boʻlgan, bakteriologik laboratoriya xizmatlarini muassasada laboratoriya tashkil qilish orqali yoki autsorsing shartnomasi asosida yoʻlga qoʻygan, shuningdek, sogʻliqni saqlash va FHDY organlari oʻrtasida tugʻilish va oʻlim toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturini doimiy yuritish sharti bilan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi
(13-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar sogʻliqni saqlash va FHDY organlari oʻrtasida tugʻilish va oʻlim toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturini (keyingi oʻrinlarda — Elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturi) quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirsin:
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida tavsiya qilingan hisobot shakllarini real vaqt rejimida yuritish;
Elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturiga xususiy tibbiyot muassasalarining ulanishi hamda uni sogʻliqni saqlash kompleks axborot tizimiga integratsiya qilish uchun zarur sharoitlar yaratish.
15. Belgilansinki, Elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturi 2020-yil 1-iyuldan boshlab mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar barcha tugʻruqni qabul qilish muassasalarida yuritilishi majburiy hisoblanadi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
2020-yil 1-fevralga qadar Reabilitatsiya markazi va Yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazining nizom va tarkibiy tuzilmasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
uch oy muddatda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan tugʻruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun alohida litsenziya talablari, shu jumladan Elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturini yuritish shartlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar dalillarga asoslangan tibbiyotga muvofiq zamonaviy davolash-diagnostika xizmatlari boʻyicha uslub va texnologiyalarni kiritgan holda, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid klinik protokollarni, diagnostika va kasalliklarni davolash standartlarini qayta koʻrib chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmati tizimida mavjud umumiy amaliyot shifokorlarining ish yuklamalarini qayta koʻrib chiqish va sonini optimallashtirish hisobidan pediatr va akusher-ginekolog shtat birliklarini nazarda tutuvchi shtatlar meʼyorlarini tasdiqlasin.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Belgilansinki, umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligidan pediatr va akusher-ginekolog lavozimiga oʻtuvchi mutaxassislarning ish staji va toifasi saqlanadi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi PQ-2863-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatning aholi hayoti, salomatligi va sanitariya-epidemiologik holatiga katta xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan va xususiy tibbiyot muassasalari uchun taqiqlangan ayrim turlari roʻyxatining rus tilidagi matni 4-bandidagi “Prinyatiye rodov i prekrasheniye” soʻzlari “Prekrasheniye” soʻzi bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-noyabr,
PQ-4513-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PQ-4513-son qaroriga
1-ILOVA
2019 — 2023-yillarda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirishga yoʻnaltirilgan
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Summa

Moliyalashtirish manbai

Ijrochilar

I. Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar, bolalar va oʻsmirlarga koʻrsatiladigan birlamchi tibbiy xizmat sifatini oshirish

1.

Joylarda aholiga, jumladan reproduktiv yoshdagi ayollar, bolalar va oʻsmirlarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda koʻlamini kengaytirish maqsadida:

Tashkiliy chora-tadbirlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), “Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (Basitxanova), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov)

reproduktiv yoshdagi ayollar orasida kasallanishni kamaytirishga hamda ularni sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan “Sogʻlom ayol oyligi”ni yiliga 2 marotaba oʻtkazish;

doimiy

Sogʻliqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti, “Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF mablagʻlari doirasida

bolalar, oʻsmirlar va ayniqsa, oʻsmir-qizlarni profilaktik koʻriklar bilan qamrab olish;

doimiy

xalqaro hamkorlik doirasida Koreya, Germaniya, Hindiston va boshqa chet el mutaxassislarini jalb etgan holda kam taʼminlangan oilalardagi bemor ayollar va nogironligi boʻlgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda ularni sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish;

2019 — 2023-yillar davomida

homiylik va xayriya mablagʻlari

“Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

“Sogʻlom avlod uchun” HQBXXFning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari yordamida togʻli, choʻl va borish qiyin boʻlgan hududlarda, shuningdek, alohida eʼtibor talab etiladigan tumanlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila aʼzolarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

2019 — 2023-yillar

14 mlrd soʻm

Sogʻliqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti, “Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF mablagʻlari doirasida

ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda (Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) yashovchi aholi uchun “Salomatlik” poyezdlarini tashkil etish.

2019 — 2023-yillar davomida

450,0 mln soʻm

“Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF homiylik mablagʻlari

“Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

2.

Reproduktiv yoshdagi ayollar orasida onkologik kasalliklarni oldini olish maqsadida sogʻliqni saqlash tizimi birlamchi boʻgʻinlarida bachadon boʻyni saratoni skriningi pilot loyihasini amalga oshirish yoʻli orqali 6 ming nafar ayolni tekshiruvdan oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-2020-yillar

70 ming AQSH dollari

BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (Basitxanova), BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxona (kelishuvga asosan)

3.

Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida aholida, ayniqsa bolalarda qandli diabet kasalligini oldini olish maqsadida zaruriy diagnostik test-vositalarini yetkazib berish hamda qandli diabet bilan ogʻrigan bemor bolalarni sogʻlomlashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil davomida

139,7 mln soʻm

“Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF mablagʻlari

“Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

4.

Quyidagilarni tashkil etish:

tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch boʻlimlarining mavjud pediatrik oʻrinlar fondi va shtat birliklari negizida bolalar anesteziologiya — reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlari hamda bemor bolalarga tunu-kun shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatadigan navbatchi shifokor postlari;

hududiy davlat tibbiyot muassasalaridagi umumiy oʻrinlar fondi va shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatning ustuvor yoʻnalishlariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib tuman (shahar) va (yoki) tumanlararo bolalar boʻlimlari.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Sogʻliqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Bolalar, oʻsmirlar, ayollar va homiladorlarga koʻrsatiladigan ambulator tibbiy yordam sifatini oshirish maqsadida, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmati shtatlar meʼyorlariga umumiy amaliyot shifokorlarining ish yuklamalarini qayta koʻrib chiqish va sonini optimallashtirish hisobiga pediatr va akusher-ginekolog shtat birliklarini kiritish.

Shtat jadvali

2021-yil 1-aprel

Sogʻliqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

6.

“Ovqatlanish boʻyicha milliy tadqiqot” dasturi natijalaridan kelib chiqib reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalar oʻrtasida mikronutriyent tanqisligini kamaytirish hamda ovqatlanishni yaxshilash strategiyasi va uni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

tuzni yod bilan boyitishga oid qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash;

unni majburiy boyitish dasturlarini amalga oshirish;

maktab oʻquvchilarining toʻgʻri ovqatlanish masalalarida bilimlarini yaxshilash;

aholi orasida ortiqcha vazn va semizlikni baholash uchun monitoring tizimini ishlab chiqish;

reproduktiv yoshdagi ayollar, homilador va bolalar mikronutriyentlar statusini oshirish;

taʼlim tizimida ayollar va bolalar ovqatlanishi boʻyicha oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-2020-yillar

239,0 ming AQSH dollari

YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), YUNISEF va JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxona (kelishuvga asosan)

II. Ayollar va bolalarga malakali, ixtisoslashgan va yuqori texnologiyali yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish

7.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar, bolalar va oʻsmirlar orasida tugʻma hamda orttirilgan kasalliklar diagnostikasi, terapiyasi va reabilitatsiyasining yuqori texnologiyali usullarini joriy etish va keng qoʻllash.

Bunda:

tugʻma va orttirilgan nuqsonlari boʻlgan bolalarda rekonstruktiv-tiklash va endovaskulyar operatsiyalar oʻtkazish, shu jumladan yiliga:

Tashkiliy chora-tadbirlar

Sogʻliqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari, davlat tibbiyot muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, homiylik va xayriya mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), “Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1000 tugʻma yurak yetishmovchiligi;

2020 — 2023-yillar sh.j.,

2020-y.

2021-y.

2022-y.

2023-y.

14,6 mlrd soʻm sh.j.,

3,65

3,65

3,65

3,65

240 tugʻma son chiqishi

2020 — 2023-yillar sh.j.,

2020-y.

2021-y.

2022-y.

2023-y.

1,36 mlrd soʻm sh.j.,

0,34

0,34

0,34

0,34

50 skolioz.

2020 — 2023-yillar sh.j.,

2020-y.

2021-y.

2022-y.

2023-y.

0,87 mlrd soʻm sh.j.,

0,218

0,218

0,218

0,218

nogironligi boʻlgan bolalarni Germaniya klinikalarida tezkor davolash;

kam taʼminlangan oilalardagi bolalarda tugʻma yurak hamda yuqori lab va tanglayning tugʻma nuqsonlari, kuyishdan keyingi kontrakturali bolalarni operatsiya qilish.

2019-2020-yillar

1,65 mlrd soʻm

“Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF mablagʻlari

“Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

8.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish yoʻnalishida faoliyat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining zamonaviy infrastrukturasini shakllantirish, shu jumladan:

Tashkiliy chora-tadbirlar

Respublika bolalar ortopediya markazining yangi davolash-tashxis korpusini qurish va mavjud binolarni rekonstruksiya qilish;

2020-2021-yillar sh.j,

2020-y.

2021-y.

38,4 mlrd soʻm* sh.j.,

18,4

20,0

Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi, davlat tibbiyot muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qurilish vazirligi (Hoshimov), Toshkent shahar hokimligi

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi hududida Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bino-inshoatlarini xalqaro talablar va standartlar asosida qurish;

2020 — 2022-yillar sh.j,

2020-y.

2021-y.

2022-y.

74,4 mlrd soʻm* sh.j,

15,0

29,7

29,7

Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiya markazining qurilishi toʻxtab qolgan binolarini Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazining davolash-tashxis korpusiga moslashtirib, qurilish ishlarini yakunlash;

2020 — 2022-yillar sh.j,

2020-y.

2021-y.

2022-y.

45,0 mlrd soʻm* sh.j,

20,0

20,0

5,0

Respublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshida tashkil etilayotgan Yordamchi reproduktiv texnologiya markazi binosini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash.

2019-2020-yillar

4,3 mlrd soʻm

Tibbiyot muassasacining budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Respublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

9.

Optimallashtirilayotgan tibbiyot muassasalari, boʻlimlarga tegishli barcha asosiy vositalar, shu jumladan mebel va ofis jihozlari, kompyuter va hisoblash texnikalari, tibbiyot uskunalari va buyumlari, nomoddiy aktivlar va boshqalarni oʻrnatilgan tartibda inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda yangi tashkil etilayotgan davlat tibbiyot muassasalari ixtiyoriga berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja asosida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

Inventarizatsiya yakunlariga koʻra, yangi tashkil etilayotgan davlat tibbiyot muassasalari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalaridagi bolalar anesteziologiya — reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan xalqaro moliya institutlari kredit va grantlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturi doirasida jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish.

2020 — 2023 yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov)

10.

Homilador, tugʻuvchi, tuqqan ayollar va yangi tugʻilgan chaqaloqlarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash maqsadida, respublikadagi tugʻruqqa yordam beruvchi muassasalarni xalqaro standartlarga muvofiq moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

121,0 mln AQSH dollari

Xalqaro moliya institutlari kredit va grant mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov)

11.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov) Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

Bunda:

maxsus zarur uskunalar bilan jihozlangan 29 ta reanimobillarni xarid qilish;

2020-2021-yillar

2,18 mln AQSH dollari

Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi

mazkur mobil brigadalari uchun haydovchi shtatlarini kiritish.

2020-2021-yillar

1,8 mlrd soʻm

Sogʻliqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari

12.

Bolalar orasida nogironlikni kamaytirish, barkamol avlodni sogʻlom voyaga yetkazish maqsadida:

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2023 yillar

Hisob-kitoblar asosida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi bolalar sanatoriyalarini ixtisosligini oʻzgartirish orqali surunkali kasalligi va nogironligi mavjud bolalar uchun bolalar tibbiy reabilitatsiya markazlarini tashkil etish;

Mahalliy budjet mablagʻlari

Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarining bolalar boʻlimlarida jismoniy va ruhiy-ijtimoiy rivojlanishdan orqada qolish xavfi boʻlgan bolalarni erta aniqlash va ularga individual dastur orqali tibbiy-pedagogik yordam bera oladigan “Ilk yordam xizmatlari” xonasini tashkil etish; ushbu xonalarni kerakli pedagogik va reabilitatsion inventarlar bilan jihozlash.

Davlat budjeti mablagʻlari doirasida

13.

Respublikaning barcha hududiy perinatal markazlari, hududiy bolalar koʻp tarmoqli markazlari tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini hamda taʼlim olish, malaka oshirish va masofaviy telemeditsinani shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

20,0 mln AQSH dollari

Xalqaro moliya institutlari kredit mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

14.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, imkoniyati cheklangan shaxslar, “Muruvvat”, “Saxovat”, “Mehribonlik” uylari, maxsus maktab-internatlar va davolash profilaktika muassasalari tarbiyalanuvchilarini quritilgan, vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish bilan qoʻllab-quvvatlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-2020-yillar

116,0 mln soʻm


600,0 ming AQSH dollari

“Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF mablagʻlari

“Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov)

III. Sogʻliqni saqlash tizimining onalik va bolalikni muhofaza qilish yoʻnalishi boʻyicha kadrlar salohiyatini kuchaytirish.

15.

Birlamchi tibbiy yordam tizimida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish yoʻnalishidagi kadrlarni bosqichma-bosqich tayyorlash va optimallashtirish jarayonida mutaxassisligi oʻzgarayotgan umumiy amaliyot shifokorlarini pediatr va akusher-ginekolog mutaxassisligi boʻyicha qayta tayyorlash kurslaridan oʻrnatilgan tartibda bepul asosida oʻtkazish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2023-yillar

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida hamda budjetdan tashqari mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)

16.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida tibbiyot va farmatsevtik ixtisosliklarining nomenklaturasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritgan holda reanimatsiya va intensiv davolash hamda bolalar reanimatsiyasi va intensiv davolash ixtisosliklarini (mutaxassisliklar boʻyicha) kiritish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi buyrugʻi

2020-yil 1-fevral

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

17.

Respublikadagi tugʻruqqa yordam beruvchi muassasalarni, jumladan viloyat perinatal markazlari va tumanlararo perinatal markazlarning akusher-ginekolog, neonatolog va anesteziolog- reanimatologlarning zamonaviy perinatal texnologiyalar boʻyicha bosqichma-bosqich malakasini oshirish yoʻli bilan onalar, yangi tugʻilgan chaqaloqlar va bolalarga akusher-ginekologik, perinatal, neonatal va pediatrik tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2021-yillar reja asosida

100,0 ming AQSH dollari

YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonalari grantlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

18.

Toshkent shahrida tashkil etilayotgan 4-darajadagi Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bilan hududiy bolalar tibbiyot muassasalari oʻrtasida uzviylikni taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat koʻp tarmoqli bolalar markazlari xodimlari uchun koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini ochish.

Bunda, bolalar kardioxirurgiyasi, nefrologiyasi, neyroxirurgiyasi, gemato-onkologiyasi, radiologiyasi, plastik xirurgiyasi, anesteziologiya va reanimatsiyasi kabi yoʻnalishlarida oʻquv-amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2023-yillar reja asosida

2 mln AQSH dollari

KOICA xalqaro hamkorlik agentligi granti

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi (Jaffarov)

19.

Bachadon boʻyini saratoni profilaktikasi va uni nazorat qilish dasturi doirasida:

kolposkopik tekshiruv boʻyicha milliy standart ishlab chiqish va tasdiqlash;

birlamchi tizimdagi barcha kolposkopiya boʻyicha mutaxassislarni bosqichma-bosqich xalqaro standartlar asosida oʻqitish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-2020-yillar

50,0 ming AQSH dollari

BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

20.

Ayollar va bolalarning ovqatlanishi masalalari boʻyicha diplomgacha, malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim dasturlarini xalqaro va milliy ekspertlarning ishtirokida yangilash, oʻquv qoʻllanmalarini chop etish;

ambulator tibbiy yordam koʻrsatish tizimida ovqatlanish borasidagi maslahatlarni berish orqali onalar va bolalar patronaj tashriflari samaradorligini oshirish modelini ishlab chiqish;

mazkur model asosida patronaj hamshiralarini oʻqitish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2021-yillar

90,0 ming AQSH dollari

YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

21.

Aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha tibbiyotda dalillarga asoslangan klinik qoʻllanmalarni ishlab chiqish hamda yangilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2023-yillar

85,0 ming AQSH dollari

JSST, YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonalari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov)

22.

Xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan xolda ayollar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini mustahkamlash mavzularida ilmiy seminar va konferensiyalar oʻtkazish:

“Oʻsib kelayotgan avlodning sogʻlom genofondini saqlash” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya;

“Milliy oziq-ovqat tadqiqotlari” natijalari boʻyicha xalqaro konferensiya;

Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasidagi yillik konferensiyalar.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2023-yillar

15,0 ming AQSH dollari

Xalqaro moliya institutlari grant mablagʻlari, homiylik mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), “Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Akusher-ginekolog va pediatrlar assotsiatsiyasi (kelishuvga asosan)

IV. Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, reproduktiv salomatlikni shakllantirish va tibbiy madaniyatni oshirish jarayonlarini tizimli tashkil etish.

23.

Aholi oʻrtasida “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borish. Bunda:

reproduktiv salomatlikka salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillar, ularga qarshi kurashishi toʻgʻrisida aholi uchun qoʻllanmalar ishlab chiqish;

fuqarolarning reproduktiv salomatligi sohasida davlat tomonidan kafolatlar, prinsiplar va asosiy tushunchalar;

fuqarolarning reproduktiv salomatligi sohasida davlat organlarining masʼulligi, tibbiyot tashkilotlari va mutaxassislarning faoliyati;

yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qoʻllash tartibi;

fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilishning profilaktik choralariga alohida eʼtibor berish.

Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash

2019 — 2023-yillar

3,5 ming AQSH dollari

Xalqaro moliya institutlari grant mablagʻlari, homiylik mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Adliya vazirligi (Davletov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (Basitxanova), “Oila” markazi (Toshmuhamedova), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (Saʼdullayev)

24.

Maktab oʻquvchilari orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni oʻtkazish:

jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining “Sogʻliqni saqlashga koʻmaklashuvchi maktablar” dasturini respublikaning 3 ta viloyati hamda Toshkent shahrida pilot loyihasini joriy qilish;

milliy dastur asosida oʻsmirlar orasida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish boʻyicha global izlanish oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-2020-yillar

34,0 ming AQSH dollari

JSST Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), tegishli hokimliklar

25.

Oʻsmirlar, ayniqsa oʻsmir qizlar reproduktiv salomatligini quyidagi tadbirlar orqali mustahkamlash:

Tashkiliy chora-tadbirlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (Basitxanova), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (Saʼdullayev)

umumtaʼlim maktab oʻquvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari uchun “Sogʻlom turmush tarzi asoslari” boʻyicha maxsus dastur ishlab chiqish va joriy etish;

2020-yil 1-aprel

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalarining “Qizlar salomatligi markazi” qoshida reproduktiv salomatlikni targʻib qilish borasida koʻngillilar (volontyorlar) guruhini tashkil etish va faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

2019 — 2021-yillar

20,0 ming AQSH dollari

BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mablagʻlari

26.

Aholi orasida “Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi toʻgʻrisida”gi Qonunning mohiyatini tushuntirish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarning toʻgʻri hamda xavfsiz ovqatlanishini taʼminlash maqsadida koʻkrak suti bilan emizishni targʻib qilishning huquqiy asoslari;

koʻkrak suti oʻrnini bosuvchi ozuqalar marketingini “Koʻkrak suti oʻrnini bosuvchi marketing Kodeksi”ga asosan boshqarish;

oziqlanish mahsulotlarining kichik yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlariga mosligi va xavfsizligi asoslari.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2023-yillar davomida, qonun qabul qilingandan keyin

5,0 ming AQSH dollari

YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mablagʻlari, homiylik mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Adliya vazirligi (Davletov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (Basitxanova), “Oila” markazi (Toshmuhamedova), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (Saʼdullayev)

27.

Tugʻma va irsiy kasalliklarni oldini olish maqsadida qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarga yoʻl qoʻymaslik borasida aholi orasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:

mahallalarda olimlar va mutasaddi soha vakillari ishtirokida mavzuga oid interaktiv muloqotlar, savol-javob kechalari va taʼsirchan davra suhbatlarini oʻtkazish;

telekoʻrsatuv, radioeshittirish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari yordamida targʻibot koʻlamini kengaytirish;

tugʻma nuqsonli bolalar tugʻilishining oldini olish masalalari boʻyicha risolalar va bukletlar chop etish hamda tarqatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2022-yillar davomida

32,0 mln soʻm

“Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), “Sogʻlom avlod uchun” HQBXXF (Inamova),

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
* Ishlab chiqilgan loyiha smeta hujjatlariga koʻra obyektlar qiymati oʻzgarishi mumkin.
Dastur tadbirlarini amalga oshirish uchun 197,1 mlrd soʻm va 146,5 mln AQSH dollari talab etiladi, shundan:

mlrd soʻmda

mln AQSH dollarida

Davlat budjeti mablagʻlari

190,4

2,18

Ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablagʻlari

6,69

0,5

Xalqaro moliya tashkilotlar kredit mablagʻlari va grantlari

-

143,7

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PQ-4513-son qaroriga
2-ILOVA
Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish
KENGASHI
Oldingi tahrirga qarang.

Aripov A.N.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi

Shadmanov A.Q.

Sogʻliqni saqlash vaziri

Izamov R.Sh.

Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi

Xoʻjayev B.A.

Iqtisodiyot va sanoat vaziri

Majidov I.U.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

Shermatov Sh.X.

Xalq taʼlimi vaziri

Allamjonov K.I.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori v.b.

Xadjayev A.D.

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.

Toshboyev S.D.

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi

Isakov O.R.

Moliya vaziri oʻrinbosari

Xadjibayev A.M.

Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

Marufova G.M.

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari

Inamova S.T.

“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondi boshqaruv raisi

Xodjimatov M.M.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

Axmedova D.I.

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Lyubchich A.S.

Respublika perinatal markazi direktori

Maqsudova D.S.

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Karimov M.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, komissiya kotibi

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PQ-4513-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasida homilador ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish
LOYIHASI
I. Loyihaning qisqacha tavsifi.
1. Loyihaning maqsadlari.
1.1. Perinatal muassasalarning infratuzilmasini yaxshilash va zarur uskunalar bilan jihozlash orqali aholini perinatal xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.
1.2. Onalar va goʻdaklarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, aholining oʻz sogʻligi va ovqatlanishi boʻyicha ongli ravishda qaror qabul qilishi uchun tibbiy savodxonligini oshirish.
2. Loyihani amalga oshirish joyi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi.
Maqsadli hududlar: Beruniy, Qoʻngʻirot tumanlari va Nukus shahri.
Qoʻshimcha ravishda Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa, Moʻynoq, Shumanay va Qonlikoʻl tumanlari qamrab olinadi.
3. Loyihani amalga oshirish muddati.
18 oy.
II. Loyihani amalga oshirish uchun masʼullar va moliyalashtirish manbalari.
1. Loyihani amalga oshirish uchun masʼullar:
YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi.
2. Loyihani moliyalashtirish manbalari:
Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasi mablagʻlari — 1,61 mln AQSH dollari;
YUNISEF mablagʻlari — 155,4 ming AQSH dollari;
BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi mablagʻlari — 54 ming AQSH dollari.
III. Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natija.
1. Onalar va goʻdaklar oʻlimini kamaytirish.
2. II-darajali perinatal muassasalarning infratuzilmasini yaxshilash, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.
3. Perinatal muassasalarining tibbiyot xodimlarini homilador ayollar va goʻdaklarga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish va maslahat berish masalalari boʻyicha salohiyatini oshirish.

Loyiha ilovada keltirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasida homilador ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshiriladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida homilador ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasiga

ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida homilador ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Kutilayotgan natija

I maqsad. Perinatal muassasalarning infratuzilmasini yaxshilash va zarur uskunalar bilan jihozlash orqali aholini perinatal xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish

1.

Tugʻruqxonalarni jihozlash uchun zarur boʻlgan uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallari roʻyxatini tuzish.

2019-yil IV chorak

Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarini jihozlash uchun zarur boʻlgan zamonaviy uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallarining batafsil tavsifi va roʻyxati shakllantiriladi.

2.

Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan suv taʼminotini yaxshilash, xonalarda elektr energiyasi, sovitish va ventilyatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish.

2019-yil IV chorak

Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida suv nasoslari va rezervuarlari, suvni isitish va yumshatish tizimlari oʻrnatiladi, elektr taʼminoti, sovitish va ventilyatsiya tizimlari modernizatsiya qilinadi.

3.

Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini nazorat qilish.

(Muvofiqlashtiruvchi BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi).

2019-yil IV chorak

Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha rejalashtirilgan ishlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ushbu maqsadda jalb qilinayotgan yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

4.

Tugʻruqxonalarga zarur tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallarini yetkazib berish hamda oʻrnatilishini taʼminlash.

(Muvofiqlashtiruvchi YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi).

2020-yil I — III chorak

(reja asosida)

Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari belgilangan tartibda shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallari bilan taʼminlanadi.

5.

Tugʻruqxonalarga zarur tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallarini yetkazib berish hamda oʻrnatilishini taʼminlash.

(Muvofiqlashtiruvchi BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi).

2020-yil I — III chorak

(reja asosida)

Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari belgilangan tartibda shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallari bilan taʼminlanadi.

6.

Xarid qilingan tibbiy texnikadan foydalanish boʻyicha tibbiyot xodimlari uchun treninglar tashkil qilish.

(Muvofiqlashtiruvchi YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi).

2020-yil II-III chorak

Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarining tibbiyot xodimlari yangi tibbiy texnikadan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshiradi.

7.

Xalqaro xaridlar boʻyicha mutaxassisni yollash.

(Muvofiqlashtiruvchi YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi).

2019-yil IV chorak — 2020-yil II chorak

Xaridlar boʻyicha loyiha hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishi va xaridlar oʻtkazilishini shaffofligi taʼminlanadi.

II maqsad. Onalar va goʻdaklarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, aholining oʻz sogʻligi va ovqatlanishi boʻyicha ongli ravishda qaror qabul qilishi uchun tibbiy savodxonligini oshirish

8.

Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini baholash (shu jumladan uy-joy xoʻjaliklarini oʻrganish orqali).

2019-yil IV chorak

Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati mazkur sohada zarur bilim va koʻnikmalarga ega 8 ta malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda baholanadi.

9.

Onalar va chaqaloqlarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini baholash natijalariga koʻra tibbiyot muassasalari va xodimlari salohiyatini oshirish hamda qoʻllab-quvvatlovchi kuratorlik tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2019-yil IV chorak

Onalar va chaqaloqlarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash boʻyicha aniq mexanizmlarni oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

10.

Oʻquv materiallari, ota-onalar uchun qoʻllanmalar, plakatlar va tarqatma materiallarini chop etish hamda treninglar oʻtkazish uchun kanselyariya buyumlarini xarid qilish.

2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak

Aholining tibbiy savodxonligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

11.

Chaqaloqlarni parvarish qilish boʻyicha tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish.

2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak

Chaqaloqlarni parvarish qilish boʻyicha 15 ta trening oʻtkazish orqali 360 nafar tibbiyot xodimlarining bilim va koʻnikmalari oshiriladi.

12.

Kam vaznli yoki xastaligi mavjud chaqaloqlarga yordam koʻrsatish boʻyicha tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish

2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak

Erta tugʻilgan chaqaloqlarga yordam koʻrsatayotgan 5 ta tibbiyot muassasasi xodimlarining bilim va koʻnikmalari oshiriladi.

13.

Yuqori sifatli shoshilinch akusherlik yordami koʻrsatish boʻyicha tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish.

2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak

Yuqori sifatli shoshilinch akusherlik yordami koʻrsatish boʻyicha 15 ta trening oʻtkazish orqali 360 nafar tibbiyot xodimlarining bilim va koʻnikmalari oshiriladi.

14.

Tibbiyot xodimlarini ishdan ajralmagan holda yuqori sifatli shoshilinch yordam koʻrsatish boʻyicha koʻnikmalarini oshirish.

2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak

Yuqori sifatli shoshilinch yordam koʻrsatish boʻyicha 8 ta tibbiyot muassasasida treninglar oʻtkazish.

15.

Anesteziolog — reanimatologlarni ishdan ajralmagan holda oʻqitish orqali onalarga intensiv terapiya yordamini koʻrsatish boʻyicha salohiyatini oshirish.

2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak

Anesteziolog — reanimatologlarni onalar kasallanishi va oʻlimi holatlarini kamaytirish boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshiriladi.

16.

Chaqaloqlarni parvarishlashda qoʻllab-quvvatlovchi kuratorlik tizimi boʻyicha treninglar oʻtkazish.

2020-yil I-II chorak

40 nafar tibbiyot va rahbar xodimlari uchun treninglar tashkil qilinadi.

17.

Akusherlik va ginekologik yordam koʻrsatishda qoʻllab-quvvatlovchi kuratorlik tizimi boʻyicha treninglar oʻtkazish.

2020-yil I-II chorak

80 nafar tibbiyot xodimlari uchun 4 ta trening tashkil qilinadi.

18.

Chaqaloqlarni parvarish qilish boʻyicha oʻqitilgan tibbiyot xodimlariga kuratorlik tashriflarini amalga oshirish.

2019-yil IV chorak — 2020-yil IV chorak

Oʻtkazilgan trening va oʻquv seminarlari tibbiyot xodimlari tomonidan oʻzlashtirilganligi va ularning natijalari amaliyotga tatbiq etilayotganligi oʻrganiladi.

19.

Akusherlik va ginekologik yordam koʻrsatish boʻyicha oʻqitilgan tibbiyot xodimlariga kuratorlik tashriflarini amalga oshirish.

2019-yil IV chorak — 2020-yil IV chorak

Oʻtkazilgan trening va oʻquv seminarlari tibbiyot xodimlari tomonidan oʻzlashtirilganligi va ularning natijalari amaliyotga tatbiq etilayotganligi oʻrganiladi.

20.

Tibbiyot xodimlarini ishdan ajralmagan holda oʻqitish orqali chaqaloqlarga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish.

2020-yil I — IV chorak

8 ta tibbiyot muassasasi xodimlarini chaqaloqlarga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshiriladi.

21.

Bemorlarning kritik holatini tahlil qilish amaliyotini joriy etish.

2019-yil IV chorak, 2020-yil IV chorak

8 ta tibbiyot muassasasi xodimlariga bemorlarning kritik holatini tahlil qilish boʻyicha treninglar oʻtkaziladi.

22.

Perinatal audit amaliyotini joriy etish.

2019-yil IV chorak, 2020-yil IV chorak

40 nafar tibbiyot xodimlari perinatal audit oʻtkazish boʻyicha oʻqitiladi.

23.

Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha tibbiyot muassasalarining rahbar xodimlarini salohiyatini oshirish.

2019-yil IV chorak, 2020-yil I chorak

20 nafar rahbar xodimlarning tibbiyot muassasasi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshiriladi.

24.

Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha tibbiyot muassasalarining tibbiy xodimlari salohiyatini oshirish.

2020-yil I — IV chorak

63 nafar tibbiy xodimlarning tibbiyot muassasasi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshiriladi.

25.

Tajriba almashish va oʻquv tashriflarini amalga oshirish.

2020-yil I va IV choraklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasida homilador ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida loyiha ishtirokchilari, ijrochilari va kuzatuvchilar oʻrtasida tajriba almashuvi yoʻlga qoʻyiladi.

26.

Tibbiy xizmat sifati boʻyicha hisobot berish mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy qilish va doimiy yuritilishini taʼminlash.

2020-yil I — IV chorak

Tibbiy xizmat sifatini nazorat qilish boʻyicha dasturiy taʼminot ishlab chiqiladi va uni yuritish uchun 24 nafar tibbiyot xodimi oʻqitiladi.

27.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida homilador ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasini amalga oshirish jarayonining monitoringi (Muvofiqlashtiruvchilar YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonalari).

Loyihani amalga oshirishning toʻliq davrida

Loyiha boʻyicha rejalashtirilgan ishlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi taʼminlanadi.

28.

Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yakuniy baholash (shu jumladan uy-joy xoʻjaliklarini oʻrganish orqali).

2020-yil III chorak

Loyihani amalga oshirish natijasida tibbiy xizmat sifatining oʻzgarishi oʻrganiladi va baholanadi.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 07/19/4513/4011-son; 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son; 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son; 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)