1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlim shakllari boʻyicha oʻqishga qabul qilish tartibini nazarda tutuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish, hujjatlarni topshirish, suhbat oʻtkazish, shu jumladan, suhbatni masofaviy (onlayn) tarzda oʻtkazish hamda suhbat natijalarini aniqlash tartibini nazarda tutuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga;
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish, magistratura bitiruvchilarini oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha ishlab berish tartibini nazarda tutuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni tanlovsiz qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagi tartib joriy etilishi inobatga olinsin:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
masofaviy va kechki taʼlim shakllari boʻyicha oʻqishga bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda qabul qilinadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
bazaviy oliy yuridik maʼlumotga hamda davlat hokimiyati va markaziy boshqaruv organlarida yuridik yoʻnalish boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlarni Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) magistraturasiga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy va kechki oʻqitish dasturlari boʻyicha oʻqishi uchun qabul qilish tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga koʻra, toʻlov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
“Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilar TDYU magistraturasiga tanlovsiz, toʻlov-kontrakt asosida, oʻqish qiymatining 50 foizini toʻlab, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseylarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilinadi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga tanlovsiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik texnikumlarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda oʻqishga qabul qilinadi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-279-son qaroriga muvofiq, TDYU magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi hamda qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
3. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga kirish uchun abituriyentlar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining veb-sayti orqali (xorijiy fuqarolar va ayrim toifadagi abituriyentlar bundan mustasno) roʻyxatdan oʻtish tartibi joriy etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab TDYUda korrupsiya muammolarini oʻrganish boʻyicha magistratura mutaxassisligini ochish choralarini koʻrsin;
ikki oy muddatda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, yuridik oliy oʻquv yurtlarida “advokatlik faoliyati” boʻyicha magistratura mutaxassisligini ochish;
yosh advokatlarni tanlov orqali yetakchi xorijiy yuridik kompaniyalarda stajirovka oʻtashini tashkil etish uchun davlat grantlarini ajratish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
6. Toshkent davlat yuridik universitetiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni kirish test sinovlarisiz 2020/2021 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish muddatini istisno tariqasida 2020-yil 15-sentabrga qadar uzaytirishga ruxsat berilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 4-iyuldagi 502-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A.Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 513-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) magistraturasiga kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlim shakllari boʻyicha oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari)ni mutaxassisliklar boʻyicha TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan qabul parametrlariga muvofiq davlat granti va TDYU tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan toʻlov-kontrakt, shu jumladan TDYU tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan qoʻshimcha qabul va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt doirasida amalga oshiriladi.
3. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
abituriyent — TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va tanlovda ishtirok etuvchi jismoniy shaxs;
qabul komissiyasi — TDYU rektorining buyrugʻi bilan har yili tashkil etiladigan TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etadigan, shuningdek, abituriyentlarga maslahat xizmatlari koʻrsatadigan komissiya.
4. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish tegishli oʻquv yili uchun tasdiqlanadigan qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
5. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish abituriyentlar uchun teng huquqlilik, qabulning yagona qoidalari va tanlov prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Tanlov natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda, qolganlar toʻplangan ballarning reyting tizimi asosida toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqishga qabul qilish parametrlari, shu jumladan belgilangan tartibda qoʻshimcha qabul va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilinadi.
6. Tanlov magistratura mutaxassisliklari, taʼlim shakli va oʻqitish tillariga koʻra alohida oʻtkaziladi.
7. TDYU magistraturasiga qabul “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul boʻyicha) oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlgan shaxslar oʻrtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
8. TDYU magistraturasiga quyidagi parametrlar asosida oʻqishga qabul qilinadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari bilan tasdiqlangan davlat grantlari asosidagi qabul parametrlari;
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan tasdiqlangan oliy taʼlim tashkilotlari va tillar kesimidagi magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul parametrlari.
9. TDYU magistraturasida oʻqitish tili belgilangan qabul parametrlari doirasida hujjatlar qabul qilingunga qadar vazirlik va idoralar takliflariga muvofiq Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Magistraturaga oʻqishga qabul qilish jarayonlari TDYU qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiyasi) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Bunda magistraturaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasi masʼul kotibining oʻrinbosari tayinlanadi.
11. Abituriyent tamomlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos yoki turdosh magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga qabul qilinadi.
“Yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi negizidagi magistratura mutaxassisligi mos mutaxassislik hisoblanadi. “Yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tamomlagan abituriyentlar uchun TDYU magistraturasida oʻqish muddati bir yilni tashkil qiladi.
Vazirlik har yili 1-iyulga qadar oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul qilish boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxatini tasdiqlaydi hamda vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qiladi.
Turdosh taʼlim yoʻnalishlarini tamomlagan abituriyentlar uchun TDYU magistraturasida oʻqish muddati ikki yilni tashkil qiladi.
2-bob. Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish
12. Qabul komissiyasi, qoida tariqasida, magistraturaga tanlovlar boshlanishidan bir oy oldin magistraturaga qabul qilish muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va oʻqishga qabul qilish parametrlari haqidagi axborotni TDYUning rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qiladi.
13. Abituriyentlar TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun vazirlikning rasmiy veb-sayti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan biri (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Abituriyentlar har yili 1-iyuldan 30-iyulgacha (30-iyul kuni ham) roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi hujjatlarni YIDXPga yuklaydi:
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi (yoki diplomdan koʻchirma nusxa — oliy taʼlim tashkilotlarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova nusxasi.
Bunda 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tashkiloti tomonidan berilgan diplom maʼlumotlari (oʻrtacha balli bilan) vazirlikning “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantirilishi sababli ushbu toifadagi diplom va uning ilovasini YIDXP ga yuklash talab etilmaydi;
xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida V2 darajasidagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat nusxasi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlovdan tashqari magistraturaga kirish boʻyicha imtiyozga ega abituriyentlar bundan mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Roʻyxatdan oʻtish YIDXP yoki vazirlikning veb-sayti orqali amalga oshirilganda maʼlumotlar abituriyent tomonidan mustaqil ravishda elektron shaklda yuklanadi va hujjatlar hamda maʼlumotlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligi uchun abituriyent shaxsan javobgar hisoblanadi.
Roʻyxatdan oʻtishning belgilangan muddati tugagandan soʻng maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
14. Magistraturaga qabul boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarning hujjatlari har yili 10-avgustgacha qabul komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va ularning arizalari qabul qilingani YIDXPdagi shaxsiy kabinetlari orqali maʼlum qilinadi.
Arizasi qabul qilinmagan abituriyentlarga arizani qabul qilishni rad etish sababi koʻrsatilgan holda YIDXPdagi shaxsiy kabinetlari orqali maʼlum qilinadi.
YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar arizasi holatini oʻzlarining shaxsiy kabineti orqali kuzatib boradi.
Abituriyent tomonidan belgilangan muddatda roʻyxatdan oʻtishda YIDXPga talab etilgan maʼlumotlar va hujjatlar asliga mos hamda toʻliq belgilangan talablarga muvofiq kiritilganda, qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Tanlovni oʻtkazish
15. Magistraturaga davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida, abituriyentlarning bakalavriat diplomi boʻyicha toʻplagan ballari oʻrtacha koʻrsatkichining ketma-ketligiga koʻra Davlat komissiyasi tomonidan oʻqishga qabul qilinadi.
Magistraturaga qabul tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va vazirlik tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul boʻyicha) oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha bakalavr darajasiga hamda xorijiy tilni bilish boʻyicha belgilangan darajadagi sertifikatga ega boʻlgan shaxslar oʻrtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Tanlov “Yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tamomlagan abituriyentlar uchun alohida, shuningdek turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tamomlagan abituriyentlar uchun alohida har bir magistratura mutaxassisligi, oʻqitish tili va taʼlim shakli kesimida oʻtkaziladi.
16. Magistraturaga qabul barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, bakalavriat diplomi boʻyicha toʻplagan ballari oʻrtacha koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinishi taʼminlanadi. Qolgan abituriyentlar bakalavriat diplomi boʻyicha toʻplagan ballari oʻrtacha koʻrsatkichi ketma-ketligiga koʻra belgilangan toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari doirasida qabul qilinadi.
Ajratilgan qabul parametrlari doirasida eng oxirgi abituriyentning tanlov balliga teng koʻrsatkichga ega abituriyent (abituriyentlar) ham mos ravishda qoʻshimcha oʻrin asosida talabalikka tavsiya etiladi.
17. Koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻyicha I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni magistraturaga qabul qilishda ularning xorijiy tilni bilish toʻgʻrisida milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlishi talab etilmaydi.
18. Magistraturaga oʻqishga qabul qilishda koʻzi ojiz abituriyentlar toifasiga quyidagilar kiradi:
a) koʻzi boʻyicha 1-guruh nogironligi toʻgʻrisida belgilangan shakldagi maʼlumotnomaga ega boʻlgan shaxslar;
b) koʻzi boʻyicha 2-guruh nogironligi toʻgʻrisida belgilangan shakldagi maʼlumotnomaga ega boʻlgan quyidagi shaxslar:
maxsus maktab-internatlar tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yetuklik attestatiga ega boʻlgan;
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan boshlangʻich kasbiy taʼlim tashkilotlari (kasb-hunar kollejlari) tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan diplomga ega boʻlgan;
9 yillik koʻzi ojizlar maxsus maktab-internatida oʻqigan va oʻrta maxsus yoki kasb-hunar yoxud boshlangʻich kasbiy taʼlim tashkilotlari diplomiga ega boʻlgan.
19. Koʻzi ojiz abituriyentlarning bakalavriat diplomi boʻyicha toʻplagan ballari oʻrtacha koʻrsatkichi 100 ballik reyting tizimi boʻyicha 71 ball va undan yuqori yoki “5” balli baholash tizimi boʻyicha “4” va undan yuqori boʻlganda, ular qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
20. Tanlov natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun TDYUda qabul komissiyasi aʼzolari, fakultetlar dekanlari va tajribali professor-oʻqituvchilardan iborat tarkibda apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Abituriyent tanlov natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida ariza bilan apellyatsiya komissiyasiga murojaat etishi mumkin. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.
Abituriyent apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqiladigan kun va joyi haqida qabul komissiyasi tomonidan abituriyentga kamida bir kun oldin xabar beriladi.
4-bob. Oʻqishga qabul qilish tartibi
21. Davlat komissiyasining TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori har yili 25-avgustgacha qabul qilinadi.
22. Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan koʻchirmaning asl nusxasi — oliy taʼlim tashkilotlarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
xorijiy tilni bilish boʻyicha belgilangan darajadagi sertifikat nusxasi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatning elektron nusxasi.
Zarurat boʻlganda hujjatlarning asl nusxalari talab qilib olinishi mumkin.
Abituriyent tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, abituriyent talabalikka qabul qilinmaydi (talabalikka qabul qilingan boʻlsa, TDYU talabalari safidan chetlashtiriladi) hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlari xabardor qilinadi.
23. Davlat komissiyasining qarori asosida yetti ish kunida abituriyentlarni davlat grantlari boʻyicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi TDYU rektorining buyruqlari rasmiylashtiriladi.
24. Abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida magistratura mutaxassisliklariga tavsiya etish toʻgʻrisida Davlat komissiyasining qarori qabul qilingandan soʻng TDYU bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi.
Davlat komissiyasi tomonidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun toʻlov har yili shartnomada yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Shartnoma shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Abituriyentlarni magistraturaga toʻlov-kontrakt (shu jumladan, qoʻshimcha qabul va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) asosida oʻqishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan oʻqish uchun belgilangan toʻlov miqdori toʻlangandan soʻng, TDYU rektorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
25. Abituriyent tomonidan ushbu Nizomning 16-bandida qayd etilgan hujjatlar qabul komissiyasiga taqdim etilmasligi TDYUning uni oʻqishga qabul qilmasligiga asos boʻladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
27. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 513-son qaroriga
2-ILOVA
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) magistraturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qilmaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
TDYU magistraturasiga xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish qabul parametrlaridan tashqari TDYU tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan oʻrinlar soniga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
2. Xorijiy fuqarolar toʻplangan ballarning reyting tizimi asosida belgilangan oʻrinlar soniga muvofiq TDYU magistraturasiga suhbat (keyingi oʻrinlarda — suhbat) asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Suhbat Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.
Suhbat oʻtkazish muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumot TDYU tomonidan uning rasmiy veb-saytida suhbat oʻtkazilishidan kamida 1 oy oldin eʼlon qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
3. Suhbat:
yurisprudensiya sohasida professional bilim va koʻnikmalarini (nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni tizimlashtirishga, mustahkamlashga va kengaytirishga, huquqiy manbalar bilan ishlash, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va qoʻllash koʻnikmalari, aniq huquqiy qarorlarni qabul qilish uchun mavjud dalillar va holatlarni yuridik jihatdan toʻgʻri baholashga boʻlgan qobiliyatning mavjudligi);
ilmiy tadqiqot olib borishga boʻlgan qobiliyatni (tahlil qilish, fikrlash, shuningdek, yurisprudensiyaga oid muammolarni aniqlay olish, ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borish, asosiy ilmiy tushunchalar va ilmiy-tadqiqot ishlari usullarini tushunish qobiliyati);
salohiyat darajasini (bilim va uquvni takomillashtirish, muammolarni hal qilishga noanʼanaviy yondashuvi, oʻz ustida ishlash va malakani oshirishga boʻlgan intilish, kasbiy kamolotga erishish maqsadida shaxsiy imkoniyatlarini maksimal darajada kengaytirish qobiliyatining mavjudligi, shuningdek jamoada ishlay olishi va yetakchilik sifatlarining mavjudligi);
odob-axloq qoidalari va prinsiplarini (ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va masalalarga qiziqish, oʻz pozitsiyasi va fikrini koʻrsata olish va shu asosda harakat qilish qobiliyati, yolgʻon va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, bagʻrikenglik, yuksak odob-axloq meʼyorlarini, qadriyatlarni namoyon qilishning mavjudligi) aniqlash uchun oʻtkaziladi.
Xorijiy fuqarolarni magistraturaga oʻqishga qabul qilish uchun suhbat zaruratga koʻra, masofaviy (onlayn) tartibda oʻtkazilishi mumkin.
4. Xorijiy fuqarolar TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni Adliya vazirligi bilan kelishgan holda TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda Internet jahon axborot tarmogʻi orqali qabul komissiyasiga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan namunadagi TDYU rektori nomiga ariza hamda quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
pasport (ID-karta) yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (yoki diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova.
5. Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan soʻng ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish qatʼiyan taqiqlanadi.
6. Kirish imtihonlari natijalari boʻyicha TDYU rektorining abituriyentlarni TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha buyrugʻi qabul qilinganidan soʻng uch kun ichida hujjatlarning asl nusxalari abituriyent tomonidan TDYUga taqdim etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
3-bob. Xorijiy fuqarolarni TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun suhbat oʻtkazish tartibi
1-§. Suhbat oʻtkazishning umumiy shartlari
7. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun xorijiy fuqarolar bilan suhbat oʻtkazish TDYU rektorining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan suhbat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suhbat komissiyasi oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Suhbat komissiyasi tarkibiga TDYU xodimlari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlarning vakillari ham ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik vakillari kiritilishi mumkin.
Suhbat komissiyasiga komissiya aʼzolari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Suhbat komissiyasi faoliyatini tashkiliy taʼminlash uning kotibi zimmasiga yuklanadi.
8. Suhbat TDYUda taʼlim beriladigan tillarda oʻtkaziladi.
Suhbatning ushbu Nizomga qatʼiy rioya etgan holda tashkil etilishi va oʻtkazilishi uchun masʼuliyat rais, masʼul kotib, uning oʻrinbosari va suhbat komissiyasi aʼzolari zimmasiga yuklanadi.
2-§. Suhbatni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
9. Suhbatni tashkil etish va oʻtkazish qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshiriladi.
Xorijiy fuqarolar bilan suhbat bevosita yoki zaruratga koʻra masofaviy (onlayn) tarzda amalga oshiriladi.
10. Qabul komissiyasining suhbatni tashkil etishdagi asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
suhbat jarayoni adolatli oʻtkazilishini taʼminlash;
suhbat oʻtkazish uchun zarur sharoitlar yaratish;
TDYUga oʻqishga kirish va unda taʼlim olish, shuningdek TDYUda yaratilgan sharoitlar haqida xorijiy fuqarolarga axborot va maʼlumotnomalar taqdim etish;
abituriyentlarga suhbat natijalarini eʼlon qilish.
11. Suhbat oʻtkaziladigan auditoriyani belgilangan talablar doirasida tayyorlash masʼul kotib oʻrinbosari zimmasiga yuklanadi.
Suhbat oʻtkaziladigan binoda sanitariya va yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi lozim.
12. Suhbat savollarini tuzish maqsadida TDYU rektorining buyrugʻi bilan tegishli sohaning malakali mutaxassislaridan iborat ekspert guruhi tashkil etiladi.
Suhbat savollari ekspert guruhi tomonidan ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan mezonlar asosida tuziladi.
Savollar quyidagi talablarga mos kelishi kerak:
loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi hamda professional bilim va tahliliy fikrlash qobiliyatini aniqlashga qaratilgan boʻlishi;
oliy taʼlim darajasiga mos boʻlishi;
ularda foydalanilgan tushunchalar va atamalar savollarni turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi;
umumqabul qilingan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuzilgan boʻlishi lozim.
Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni boʻyicha masʼuliyat ekspert guruhi aʼzolariga yuklanadi. Ekspert guruhi faoliyatiga qabul komissiyasi raisi rahbarlik qiladi.
13. Suhbat oʻtkazish uchun ekspert guruhi tomonidan tuzilgan savollar qabul komissiyasi raisiga topshiriladi va biletlar shakllantirilgunga qadar unda saqlanadi.
Savollar suhbat oʻtkazilishidan bir kun oldin suhbat biletlarini shakllantirish uchun masʼul kotibga topshiriladi.
Har bir bilet ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha bittadan — jami toʻrtta savoldan iborat boʻlishi lozim.
Shakllantirilgan biletlar konvertlarga joylashtiriladi va qabul komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi hamda masʼul kotibda saqlanadi.
3-§. Suhbat jarayonini tashkil etish va uning natijalarini aniqlash
14. Abituriyentlarning suhbatdan oʻtishi majburiy hisoblanadi.
Suhbat oʻtkazilishiga qadar qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq maslahatlar tashkil etiladi.
Suhbat oʻtkazish jadvali TDYU rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa suhbatdan oʻtuvchi abituriyentlar roʻyxati ilova qilinadi.
Suhbat oʻtkazish jadvali, qoida tariqasida, suhbat boshlanishidan 10 kun oldin TDYU veb-saytida joylashtiriladi. Suhbat, qoida tariqasida, TDYU binolarida oʻtkaziladi.
15. Abituriyent auditoriyaga suhbat boʻyicha komissiya kotibi tomonidan taklif etiladi. Suhbatdan oldin abituriyent pasport (ID-karta) yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni koʻrsatishi shart.
Suhbat oʻtkaziladigan binoga abituriyent lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, planshet, kompyuter, noutbuk, netbuk, leptop yoki boshqa telekommunikatsiya vositalari yoxud shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan boʻlsa yoki foydalansa, suhbat davomida savollar biletini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa suhbat oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib suhbatdan chetlashtiriladi.
16. Suhbat oʻtkazishda abituriyent savollar berilgan biletni tanlaydi va suhbatga tayyorlanish uchun 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda abituriyent suhbatga tayyorlanish uchun qogʻoz varaqlardan foydalanishi mumkin.
Suhbatdan oʻtish jarayonida abituriyentga bilet mazmuni boʻyicha qoʻshimcha savollar berilishi mumkin. Bitta abituriyent bilan suhbat 20 daqiqagacha davom etadi.
17. Suhbat natijalari ballar qoʻyish yoʻli bilan 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan 1-mezon boʻyicha ballning eng yuqori miqdori 40 ball, qolgan har bir mezon boʻyicha ballarning eng yuqori miqdori 20 ballni tashkil etadi.
Jadval boʻyicha suhbatga kelmagan abituriyentga 0 ball qoʻyiladi.
Suhbat natijalarini belgilash uchun suhbat boʻyicha komissiyaning har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil ravishda ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi baholash varagʻini toʻldirib, uni imzolaydi hamda suhbat boʻyicha komissiyaning kotibiga topshiradi. Kotib xorijiy fuqaroga suhbat boʻyicha komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblab chiqadi.
Abituriyentlar suhbat natijalari boʻyicha 55 ball yoki undan kam ball toʻplagan hollarda suhbatdan oʻtmagan deb hisoblanadi.
18. Suhbatdan oʻtgan abituriyentlar roʻyxati ular tomonidan toʻplangan ballar asosida reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi.
Suhbat jarayoni va natijalari suhbat boʻyicha komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan va TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadigan yigʻilish bayonnomasida qayd etiladi.
Suhbat natijalari TDYU veb-saytida suhbat jarayoni oʻtkazilgandan soʻng keyingi ish kunida joylashtiriladi.
19. Suhbat jarayoni va natijalarini qayd etish uchun qoida tariqasida video yoki audioyozuv qoʻllaniladi. Bunda suhbat jarayoni va natijalari qayd etilgan video yoki audioyozuv kamida bir oy muddat saqlanadi.
20. TDYU magistraturasiga abituriyentlarni qabul qilish uchun suhbatni qayta oʻtkazish taqiqlanadi. Suhbat natijalari shikoyat qilinishi va apellyatsiya tartibida koʻrilishi mumkin emas.
21. Suhbat natijalariga koʻra TDYU rektorining TDYU magistraturasiga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyrugʻi qabul qilinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
4-§. Suhbat jarayonini masofaviy (onlayn) tarzda oʻtkazish tartibi
22. Masofaviy (onlayn) suhbat mazkur paragrafda nazarda tutilgan qoidalarni inobatga olib umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Masofaviy (onlayn) suhbat axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Masofaviy (onlayn) suhbatda qoʻllaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari abituriyentning shaxsini tasdiqlash imkonini beradigan texnik talablarga javob berishi lozim.
23. Masofaviy (onlayn) suhbatni oʻtkazish vaqti va tartibi TDYU tomonidan belgilanadi va abituriyentga bu haqda 10 kun oldin xabar beriladi.
24. Masofaviy (onlayn) suhbatda abituriyent tomonidan savollar berilgan biletni tanlash masofaviy tarzda (tegishli bilet raqamini real vaqt rejimida tanlash orqali) amalga oshiriladi.
Masofaviy (onlayn) suhbat natijalarini baholash umumiy tartibda amalga oshiriladi.
25. TDYU rektorining TDYU magistraturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi 2-sentabrdan kechiktirmay qabul qilinadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
26. Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida TDYU rektorining buyrugʻi qabul qilingandan soʻng beriladi hamda TDYU rektori va bosh buxgalteri imzosi bilan yuridik shaxslar uchun uch nusxada va jismoniy shaxslar uchun ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ____________________________ga (F.I.Sh.) _____________________________________ ___________________________________dan
_______________________________________________________ni _______________________ yilda tugatganman. Maʼlumotim haqidagi hujjat (diplom): seriyasi ______________, raqami __________________________________. Men ____________________________________________________________________til(lar)ini oʻzlashtirganman.
(xorijiy til(lar)ning nomi)
Suhbatni _________________________________________________________________________ tilida oʻtkazaman.
(oʻzbek, rus yoki ingliz)
Tugʻilgan vaqtim va joyim: __________ yil _________ _________________, ________________________________.
(fuqarolik pasport (ID-karta) boʻyicha yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat boʻyicha koʻrsatiladi)
Doimiy yashash joyim: _____________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ (mamlakat, viloyat, shahar, tuman, qishloq, koʻcha, uy va kvartira raqami toʻliq koʻrsatiladi)
Pasportga (ID-kartaga) oid maʼlumotlar: _______________ __________________,_____________________________
(seriya)
(raqam) (kim tomonidan va qachon berilgan)
________________________________________________________________________________________________. Xalqaro va milliy olimpiadalar, tanlovlar va sport musobaqalarida ishtirok etganlik haqida maʼlumot (ishtirok etgan boʻlsa): ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________.
(olimpiada fani, tanlov ixtisosligi, sport musobaqasi turi, oʻtkazilgan sana, egallangan oʻrin)
Suhbat oʻtkazish tartibi va qoidalari bilan tanishdim.
____________________________
__________________
_____________
_________________________________
(xorijiy fuqaroning F.I.Sh.)
(imzo)
(ariza berilgan sana)
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun oʻtkazilgan suhbatda xorijiy fuqaroning javoblarini BAHOLASH VARAGʻI
Sana _________________________________
Xorijiy fuqaroning F.I.Sh.________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
T/r
Baholash mezonlari
Ballar
1.
Yurisprudensiya sohasidagi professional bilim va koʻnikmalari
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni tanlovsiz qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni tanlovsiz qabul qilish, ularni taqsimotga muvofiq uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash hamda ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
a) ayrim toifadagi abituriyentlar deganda quyidagilar tushuniladi:
tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik maʼlumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlari, shuningdek, respublika darajasidagi boshqa davlat organlarining markaziy apparatida yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlar;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
“yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni “imtiyozli” diplom bilan tugatgan bitiruvchilar;
bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseylarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar;
(2-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
mazkur Nizomning 51-bandiga muvofiq tegishli oliy taʼlim muassasasining buyurtmasi asosida bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar.
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
b) davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlari hamda respublika darajasidagi boshqa davlat organlarining rahbar xodimlari deganda quyidagilar tushuniladi:
(2-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari hamda boshqaruv kadrlari;
respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa markaziy davlat organlarining (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Markaziy saylov komissiyasi, Markaziy banki, Hisob palatasi, Fanlar akademiyasi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi) rahbari, uning oʻrinbosarlari, markaziy apparatdagi mustaqil tarkibiy boʻlinma (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlinmalardan tashqari) boshliqlari.
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudining mustaqil tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlinmalardan tashqari) hamda boshqaruv kadrlari.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
3. Tegishli davlat organi birinchi rahbarining (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli maslahatchilari va departament rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi ham) tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik maʼlumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlari hamda boshqa markaziy davlat organlarining markaziy apparatida yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga masofaviy va kechki taʼlim shakllari asosida tanlovsiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqishga qabul qilinadi/
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
4. “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni “imtiyozli” diplom bilan tugatgan bitiruvchilarni TDYU magistraturasiga qabul qilish tanlovsiz, toʻlov-kontrakt asosida, oʻqish qiymatining 50 foizini toʻlab, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseylarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Mazkur bandda nazarda tutilgan tartib 2020/2021 oʻquv yili va undan keyingi yillarda “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni “imtiyozli” diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
5. Bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseylarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga masofaviy va kechki taʼlim shakllari asosida, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tanlovsiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseylarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda oʻqishga qabul qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
51. Respublikadagi oliy taʼlim muassasasining buyurtmasiga koʻra bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar TDYU magistraturasiga kunduzgi, shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy va kechki taʼlim shakllarida, tanlovsiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng buyurtma bergan oliy taʼlim muassasasida kamida uch yil toʻliq stavkada uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda oʻqishga qabul qilinadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
6. Mazkur Nizomning 4 va 5-bandlariga muvofiq oʻqishga qabul qilingan shaxslar kontrakt (shartnoma) tuzishdan oldin oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha ishlash majburiyati shartlari hamda uning bajarilmasligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan javobgarlik boʻyicha ogohlantirish xati orqali tanishtiriladi.
2-bob. Hujjatlarni taqdim etish va magistraturaga oʻqishga qabul qilish
7. Ayrim toifadagi abituriyentlar tomonidan TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish mazkur Nizom talablarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
8. Ayrim toifadagi abituriyentlar tomonidan TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan muddatlarda (har yili 1-iyuldan 30-iyulgacha) Internet jahon axborot tarmogʻi orqali TDYU qabul komissiyasiga mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan namunadagi ariza hamda quyidagi hujjatlar elektron shaklda taqdim etiladi:
(8-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik maʼlumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlarida yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlar uchun oʻrnatilgan tartibda imzolangan va davlat organining blankida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan hamda elektron mehnat daftarchasida koʻrsatilgan maʼlumotlar ilova qilingan tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi (mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan asosga koʻra hujjat topshirilganda);
bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlarda (TDYU huzuridagi akademik litseylarda) kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar uchun oʻrnatilgan tartibda imzolangan va yuridik texnikum (akademik litseylar) blankida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan hamda elektron mehnat daftarchasida koʻrsatilgan maʼlumotlar ilova qilingan yuridik texnikum (akademik litseylar) direktorining tavsiyasi (ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan asosga koʻra hujjat topshirilganda);
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
tegishli oliy taʼlim muassasasining buyurtmasiga koʻra bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun belgilangan tartibda imzolangan va oliy taʼlim muassasasi blankasida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan oliy taʼlim muassasasi rahbarining tavsiyasi (ushbu Nizomning 51-bandida nazarda tutilgan asosga koʻra hujjat topshirilganda);
xorijiy tilni V2 darajasida bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
9. Ayrim toifadagi abituriyentlarni TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish, ularning hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish tegishli oʻquv yili uchun tasdiqlanadigan TDYU qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
TDYU qabul komissiyasi ayrim toifadagi abituriyentlar tomonidan TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun topshirilgan hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini besh ish kuni davomida oʻrganadi hamda uning natijasi boʻyicha abituriyentga xabar beradi.
Abituriyentlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish vaqtidakamchiliklar aniqlansa, TDYU qabul komissiyasi tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlari, yuridik oliy taʼlim muassasalari, yuridik texnikumlar, TDYU huzuridagi akademik litseylar hamda abituriyentdan qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrab olinishi mumkin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
10. Ayrim toifadagi abituriyentlarning hujjatlarini oʻrganish davomida abituriyentda tegishli imtiyoz mavjud emasligi aniqlansa, uning hujjatlari koʻrmay qoldiriladi va bu haqda abituriyentga xabar beriladi.
Ayrim toifadagi abituriyentlar tomonidan TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirishning belgilangan muddatlaridan kech qolib topshirilgan hujjatlar koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatlarda, shu jumladan, elektron shakldagi maʼlumotlarda qalbakilashtirish yoki soxtalashtirish holatlari aniqlanganda, abituriyentning hujjatlari koʻrib chiqilmaydi (magistraturaga qabul qilingan boʻlsa TDYU magistraturasi talabalari safidan chetlashtiriladi), hujjatlar esa, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
11. Ayrim toifadagi abituriyentlarni TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish boʻyicha TDYU qabul qomissiyasi tomonidan Davlat komissiyasiga qabul yilining 20-avgustga qadar maʼlumot kiritiladi.
12. Davlat komissiyasining abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori 30-avgustga qadar qabul qilinadi va bu haqida TDYUga xabar beriladi.
Oʻqishga qabul kilishga tavsiya etilgan abituriyentlar roʻyxati TDYU veb-saytiga joylashtiriladi.
13. Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror asosida abituriyentlarni TDYU magistraturasiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish maqsadida TDYU va yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida kontrakt (shartnoma) tuziladi va unda kontrakt toʻlovi summasini belgilangan muddatda toʻlash sharti koʻrsatib oʻtiladi.
Mazkur Nizomning 51-bandiga muvofiq abituriyentlarni TDYU magistraturasiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish maqsadida TDYU, oliy taʼlim muassasasi va abituriyent oʻrtasida uch tomonlama kontrakt (shartnoma) tuziladi hamda unda kontrakt toʻlovi summasini belgilangan muddatda toʻlash sharti, oʻqishni tamomlaganidan soʻng buyurtma bergan oliy taʼlim muassasasida uch yil davomida toʻliq stavkada uzluksiz ishlab berish majburiyati koʻrsatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
14. Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida Davlat komissiyasi qarori qabul qilingandan soʻng beriladi hamda TDYU rektori va bosh buxgalteri imzosi bilan yuridik shaxslar uchun uch nusxada va jismoniy shaxslar uchun ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
15. Davlat komissiyasining abituriyentlarni TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha tavsiya etilganligi toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni mobaynida mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning asl nusxalari abituriyent tomonidan TDYUga taqdim etiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
3-bob. Magistratura bitiruvchilarini taqsimotga muvofiq uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash
16. Mazkur Nizomning 4 va 5-bandlariga muvofiq oʻqishga qabul qilingan magistratura bitiruvchilarini adliya organlari va muassasalari, TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylarda ishlashga taqsimlash uchun adliya vazirining buyrugʻi bilan taqsimot komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — taqsimot komissiyasi) tuziladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Taqsimot komissiyasiga TDYU rektori raislik qiladi hamda uning tarkibiga adliya organlari va muassasalari, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litsey vakillari kiritilishi mumkin.
17. TDYU magistratura bitiruvchilarini uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash har yili taqsimot komissiyasi tomonidan adliya organlari va muassasalari, TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litsey tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarga asosan amalga oshiriladi.
Taqsimlash jarayonida taqsimot komissiyasi magistratura bitiruvchisining reyting natijalari, oilaviy holati va taklif etilgan ish oʻrnida ishlash xohishini hisobga oladi. Eng yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi (86 foiz va undan yuqori)ga ega boʻlgan magistratura bitiruvchilari oʻz tanlovi boʻyicha mavjud ish oʻrinlariga ishga joylashishda birinchi navbatda talabgor boʻladi.
18. Magistratura bitiruvchilarini uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash har yili, qoida tariqasida, magistratura bitiruvchisi oʻqishni tamomlagandan soʻng, bir oydan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Taqsimot komissiyasi tomonidan magistratura bitiruvchisiga adliya organlari va muassasalari, TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylarda ishlash uchun tegishli tartibda yoʻllanma beriladi. Bir vaqtning oʻzida bitiruvchiga yoʻllanma bilan birga ishga kelgani va joylashgani haqida toʻldiriladigan hujjat namunasi ham beriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Ishga yoʻllanma berilganidan tegishli tashkilot — ish beruvchi, TDYU va magistratura bitiruvchisi oʻrtasida uzluksiz ishlab berishning aniq shartlarini hamda bitiruvchining majburiyatlarini aniq belgilab beruvchi uch tomonlama shartnoma uch nusxada tuziladi (magistratura bitiruvchisi TDYUga ishga taqsimlangan hollar bundan mustasno).
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
19. Taqsimot komissiyasining magistratura bitiruvchisini ishga taqsimlash uchun yoʻllanma berish haqidagi qarori qabul qilinganidan soʻng TDYU tomonidan har bir magistratura bitiruvchisiga besh ish kunidan kechiktirmagan holda magistr darajasi toʻgʻrisidagi diplomdan koʻchirma beriladi.
4-bob. Magistratura bitiruvchilarini ishga qabul qilish va ularning mehnat faoliyati
20. Mazkur Nizomning 4 va 5-bandlariga muvofiq oʻqishga qabul qilingan magistratura bitiruvchilari ishga taqsimlanganidan keyin bir oydan oshmagan muddatda uch tomonlama shartnomada koʻrsatilgan ish joyida hozir boʻlishlari va mehnat faoliyatini boshlashlari shart.
Ish beruvchi uch tomonlama shartnomaga va ishga yoʻllanmaga muvofiq bitiruvchi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ish beruvchi bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan bitiruvchining ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjatni toʻldiradi va keyinchalik uni besh kun muddat ichida TDYUga yuboradi.
TDYU magistratura bitiruvchisining ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjat asosida har bir magistratura bitiruvchisining hisobini yuritadi.
21. Magistratura bitiruvchisining uch yillik uzluksiz ishlab berish muddati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
yoʻllanma berilgan tashkilotlarda va lavozimlarda ishlash muddati;
davlat hokimiyatining markaziy organlaridagi xizmat faoliyati davri (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlinmalardagi xizmat faoliyat davri bundan mustasno);
muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtash muddatlari.
Ijtimoiy mehnat taʼtili muddati uch yillik uzluksiz ishlab berish muddatiga kirmaydi.
Taqsimot boʻyicha uzluksiz ishlab berishga yuborilgan magistratura bitiruvchisi ishga joylashgandan soʻng, ish beruvchi unga tegishli mehnat sharoitlari yaratadi, zarur hollarda turar joy bilan taʼminlash choralarini koʻradi.
22. Magistratura bitiruvchisining uch yillik uzluksiz ishlab berish muddati tugagandan soʻng ishni davom ettirish haqidagi masala mehnat qonunchiligiga muvofiq ish beruvchi va xodim oʻrtasida oʻzaro kelishuvga asosan hal etiladi.
23. Magistratura bitiruvchisi uzluksiz ishlab berish muddati davomida u taqsimot boʻyicha yuborilgan tashkilot tugatilsa, mehnat shartnomasi (kontrakt) ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinsa, magistratura bitiruvchisi TDYUni bu haqda 5 kun ichida xabardor qilishi shart.
Magistratura bitiruvchisining murojaati boʻyicha taqsimot komissiyasi mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq boshqa tashkilotlarda mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ular taqdim etgan talabnomalar asosida bitiruvchini taqsimlashni amalga oshiradi.
24. Ushbu Nizomga muvofiq uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlangan magistratura bitiruvchisida uzluksiz ishlab berish joyini oʻzgartirish uchun asosli sabablar vujudga kelgan taqdirda (nikoh tuzish, doimiy yashash uchun respublikaning boshqa hududiga koʻchib ketish va boshqalar) magistratura bitiruvchisi taqsimot komissiyasiga uzluksiz ishlab berish joyini oʻzgartirish uchun tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilishga haqli.
Taqsimot komissiyasi oʻn kun ichida magistratura bitiruvchisining murojaatini va taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha magistratura bitiruvchisiga majburiy ishlab berish uchun boshqa joyni ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilab beradi.
25. TDYU magistratura bitiruvchisiga magistr darajasi toʻgʻrisidagi diplomining asl nusxasini u uzluksiz ishlab berish muddatini tamomlaganidan soʻng bir hafta muddatda mehnat daftarchasidagi yozuv va bitiruvchi uzluksiz ishlab bergan tashkilotning yozma tasdigʻi asosida beradi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Magistratura bitiruvchisi taqsimot boʻyicha sababsiz uch yil uzluksiz ishlab berishdan bosh tortgan hollarda, oʻqishni bitirgan vaqtida TDYUda amalda boʻlgan shartnoma summasining besh barobari miqdorida TDYUga kompensatsiya toʻlaydi.
27. Mazkur Nizomga muvofiq uzluksiz ishlab berishdan bosh tortgan magistratura bitiruvchilariga magistr darajasi toʻgʻrisidagi diplomning asl nusxasi ular belgilangan kompensatsiyani toʻliq miqdorda toʻlagandan soʻng beriladi.
28. Uzluksiz ishlab berish muddati davomida mehnat shartnomasi (kontrakt) magistratura bitiruvchisining tashabbusi bilan bekor qilinsa, ish beruvchi tomonidan bu haqda uch ish kuni mobaynida TDYUga xabar beriladi.
TDYU magistratura bitiruvchisi tomonidan kompensatsiya toʻlashni taʼminlash, shuningdek, zaruratga koʻra, kompensatsiyani sud tartibida undirish chorasini koʻradi.
Bunda, kompensatsiya miqdori magistratura bitiruvchisi tomonidan ishlab berilgan vaqtga proporsional tarzda hisoblab chiqiladi.
29. Magistratura bitiruvchisi uzluksiz ishlab berishdan bosh tortishi bilan bogʻliq TDYUga toʻlaydigan kompensatsiya toʻliq hajmda TDYUni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga oʻtkaziladi.
30. Mazkur Nizomga muvofiq magistratura bitiruvchisi mehnatga layoqatsizligi tufayli uzluksiz ishlab berolmagan holatlarda uning keyingi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi qaror taqsimot komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Mehnat layoqatini yoʻqotgani sababli (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) uzluksiz ishlab berish imkoniyatiga ega boʻlmagan bitiruvchilar, shuningdek, davlat hokimiyatining markaziy organlarida xizmat faoliyatini (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlinmalardagi xizmat faoliyati bundan mustasno) amalga oshirayotgan bitiruvchilar taqsimot komissiyasi qarori asosida kompensatsiya toʻlashdan ozod etiladi.
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
32. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(32-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni kirish test sinovlarisiz qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ____________________________ga (F.I.Sh.) _____________________________________ ___________________________________dan
(abituriyentning F.I.O. (toʻliq yoziladi))
ARIZA Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisida
_______________________________________________________ni _______________________ yilda tugatganman. Maʼlumotim haqidagi hujjat (diplom): seriyasi ______________, raqami __________________________________. Men ____________________________________________________________________________tufayli kirish test
(tegishli asos koʻrsatiladi)
sinovlarisiz oʻqishga kirish huquqiga egaman.
Magistraturada _____________________________________________________________________ tilida oʻqiyman. (oʻzbek, rus yoki ingliz)
Tugʻilgan vaqtim va joyim: __________ yil _________ _________________, ________________________________.
(fuqarolik pasport (ID-karta) boʻyicha yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat boʻyicha koʻrsatiladi)
Doimiy yashash joyim: _____________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ (viloyat, shahar, tuman, qishloq, koʻcha, uy va kvartira raqami toʻliq koʻrsatiladi)
Pasportga (ID-kartaga) oid maʼlumotlar: _______________ __________________,_____________________________
(seriya)
(raqam) (kim tomonidan va qachon berilgan)
________________________________________________________________________________________________. Mehnat faoliyatim boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilaman*: ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________.
(ish joyi, egallagan lavozimi, yuridik mutaxassislik boʻyicha ish staji)
Magistraturada oʻqishni tugatgandan soʻng kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyati bilan tanishdim**.
____________________________
__________________
_____________
_________________________________
(xorijiy fuqaroning F.I.Sh.)
(imzo)
(ariza berilgan sana)
Izoh:
* tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik maʼlumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlarida yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlar hamda bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar uchun.
** “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni “imtiyozli” diplom bilan tugatgan bitiruvchilar hamda bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar uchun.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/513/1224-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)