Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mamlakatda oʻquv-pedagogik jarayonga innovatsion ilgʻor va xalqaro taʼlim standartlarini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish va professor-oʻqituvchilar mehnatini ragʻbatlantirish, shuningdek taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashni nazarda tutadigan yuridik taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha bir qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, milliy yuridik taʼlimning samaradorligi nisbatan pastligicha qolmoqda, bu yuqori malakali mutaxassis-huquqshunoslarni tayyorlash va mamlakatda yuridik fanni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligi bilan izohlanadi.
Yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida raqobatning mavjud emasligi milliy yurisprudensiya ilmiy maktabining shakllanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda, shuningdek, hududlardagi iqtidorli yoshlar uchun teng taʼlim olish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Huquq sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliy jihatdan joriy etish, oʻqitishning ilgʻor uslublaridan keng foydalanish, shuningdek, zamonaviy talablarni inobatga olgan holda taʼlim standartlarini modernizatsiyalash va oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqishga yetarli eʼtibor berilmayapti, bu esa yuridik taʼlim sifati va ilmiy salohiyatning pasayishiga olib kelmoqda.
Yuridik taʼlim va fan tizimini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro taʼlim maydonidagi raqobatbardoshligini taʼminlash, yuridik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, shuningdek, keng yuridik jamoatchilikning:
Toshkent davlat yuridik universitetini (keyingi oʻrinlarda — TDYU) “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash boʻyicha bazaviy oliy taʼlim va ilmiy-metodik muassasasi etib belgilash;
Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar (keyingi oʻrinlarda — yuridik fakultetlar) tashkil etib, “yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan kvotalar boʻyicha qabulni, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabulni amalga oshirish;
davlat, huquq va siyosiy-huquqiy taʼlimot sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutini tashkil etish haqidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar yuridik taʼlim va fanni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
zamonaviy talablar, ilgʻor xalqaro yuridik tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
oʻqitishning kredit-modul tizimini va talabalar bilimini baholash usullarini takomillashtirish, oʻquv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash hamda oʻquv bazasini modernizatsiyalash;
klinik yuridik taʼlimni rivojlantirish yoʻli bilan oʻquv jarayoni va huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrtasida uzviy aloqani taʼminlash;
rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, qoʻshma huquqiy tadqiqotlarni, professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻzaro almashinuvini faollashtirish;
axborot huquqiy texnologiyalar va tizimlarni (Legal Tech) ishlab chiqqan holda davlat va huquq sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni oʻtkazish;
xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, oʻquv-taʼlim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;
“Elektron universitet” (E-University) tizimini joriy etgan holda ochiq, shaffof, subyektivlik va suiisteʼmolchiliklardan xoli boʻlgan taʼlim muhitini yaratish;
TDYU va yuridik fakultetlarni xalqaro tan olingan taʼlim muassasalari reytingiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali milliy yuridik taʼlim raqobatbardoshligini oshirish.
3. Yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma shakllantirishning shunday tartibi joriy etilsinki, unga muvofiq:
TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarga qabul parametrlari yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojni monitoring qilish va prognozlashtirish elektron platformasini yaratgan holda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarida joriy va istiqboldagi yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olib, har bir hudud, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar kesimida tahlil qilish asosida shakllantiriladi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi har yili belgilangan muddatlarda ish beruvchilarning yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojlari haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qiladi;
mulkchilikning barcha shakllaridagi tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari, yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtmani shakllantirishda ishtirok etishga, xususan TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarda kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun toʻlovni, ular tomonidan oʻqishni tugatganidan soʻng, shartnomada belgilanadigan muddat davomida tashkilot-buyurtmachida uzluksiz ishlash majburiyatini qabul qilgan holda, amalga oshirishiga haqli;
potensial ish beruvchilar bilan birgalikda shartnoma asosida mutaxassislar tayyorlashni (taʼlim klasterlari) tashkil etgan holda yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma joylashtirish uchun yuridik kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasalarini saralash tanlovi joriy etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda muntazam ravishda tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga, oʻz yuridik xizmatlarini tashkil etishda koʻmaklashsin;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuridik maʼlumot zarur boʻlgan lavozimlar roʻyxatini kengaytirgan holda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
5. Quyidagilar:
TDYUda Nagoya universiteti (Yaponiya) bilan hamkorlikda tashkil etilgan yapon tili va huquqi haqidagi bilimlarga ega malakali yuridik kadrlarni tayyorlash, akademik almashinuv va qoʻshma ilmiy huquqiy tadqiqotlarni oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Yapon huquqini oʻrganish markazi faoliyat yuritayotganligi;
Regensburg universiteti (Germaniya Federativ Respublikasi) bilan 2020-yilda TDYUda nemis tili va huquqini biladigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan Nemis huquqi va qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar markazini ochish toʻgʻrisida kelishuvga erishilganligi;
Buyuk Britaniya va Xitoy Xalq Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bilan TDYUda ingliz va xitoy huquqini oʻrganish markazlarini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda TDYUga xorijiy huquqni oʻrganish markazlari faoliyatini tashkil etishda har tomonlama koʻmaklashib borsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va TDYUning quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) TDYUda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti (keyingi oʻrinlarda — Fakultet) tashkil etish, uning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni yuklash:
xalqaro xususiy huquq, shu jumladan xalqaro arbitraj huquqini chuqur oʻrganish, shuningdek, milliy va yapon, nemis huquqi hamda boshqa rivojlangan xorijiy davlatlar huquq tizimlarini qiyosiy tadqiq qilish asosida yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash;
Yaponiya, Germaniya va boshqa rivojlangan xorijiy davlatlar huquqi va huquqiy tizimlarining qiyosiy tadqiqotlari natijalarini hisobga olgan holda xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish va milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
xorijiy huquq va huquqiy tizimlarni qiyosiy tadqiq qilish maqsadida xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi hamda stajirovkalarni tizimli asosda tashkil etish;
konstitutsiyaviy, fuqarolik, maʼmuriy, jinoyat, jinoyat-protsessual va huquqning boshqa sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
b) Fakultetning asosiy hamkorlari sifatida Yaponiya tomonidan — Nagoya universitetini, Germaniya Federativ Respublikasi tomonidan — Regensburg universitetini belgilash.
Belgilansinki:
xorijiy huquqni oʻrganish markazlari Fakultet tarkibida faoliyat yuritadi;
Fakultet negizida xorijiy taʼlim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan huquq sohasida qoʻshma tadqiqot, oʻquv-taʼlim va boshqa loyihalarni tashkil etish boʻyicha maydon yaratiladi;
Fakultetdagi oʻquv jarayoniga xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari faol jalb etiladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda Nagoya va Regensburg universitetlari hamda xorijiy davlatlarning boshqa oliy taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar oʻtkazsin va ularning natijalariga koʻra quyidagilar tasdiqlanishini taʼminlasin:
2020 — 2025-yillarda yetakchi yapon, nemis va boshqa chet ellik olimlarning yuridik fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari turkumini davlat tiliga tarjima qilish va chop etishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
2021-2022-yillarda xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi hamda stajirovkalarni tashkil etish jadvali.
Belgilansinki, ushbu bandda koʻzda tutilgan tadbirlarni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda homiylar va donorlar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
8. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Toshkent shahrida, innovatsion oʻquv jarayonini tashkil etish uchun zarur infratuzilmaga ega TDYUning zamonaviy kampusini barpo etish imkoniyatlarini oʻrganib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
TDYU magistraturasida bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish dasturlarini joriy etish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
bazaviy oliy yuridik maʼlumotga hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi markaziy organlarida yuridik yoʻnalish boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlarni magistraturaga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish dasturlari boʻyicha oʻqish uchun qabulini tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga koʻra, kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan tashqari amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
“yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilarni TDYU magistraturasiga test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, oʻqish qiymatining 50 foizini toʻlab, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi litseylarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilish tartibini joriy etish;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylarda pullik asosda tayyorlov va boshqa kurslarni, yozgi va qishki maktablarni, shu jumladan chet el fuqarolari uchun, tashkil etish.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
10. TDYU rektoriga budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) mablagʻlar hisobidan:
xorijiy mutaxassislarni konsultant, maʼruzachi va oʻqituvchi sifatida jalb etib, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilash;
TDYU bakalavriat, magistraturasi istiqbolli bitiruvchilari va xodimlarining xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalari magistratura va doktoranturasida oʻqishi qiymati va u bilan bogʻliq xarajatlar uchun toʻlovlarni, ular tomonidan oʻqishni tugatgandan soʻng TDYUda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olish sharti bilan amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
TDYU va TDYU qoshidagi akademik litseylarning iqtidorli talaba hamda oʻquvchilariga stipendiya va grantlar ajratish huquqi berilsin.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
11. TDYU moliyaviy barqarorligi va taʼlim xizmatlari bozorida talab yuqoriligini inobatga olib, 2020-yil 1-yanvardan boshlab oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, TDYU oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan oliy taʼlim muassasalariga berilgan huquqlar bilan bir qatorda quyidagilarni ham mustaqil ravishda amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlimning uzluksizligi va izchilligini taʼminlashni hisobga olgan holda TDYU qoshidagi akademik litseylarning oʻquv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtirish, uning tuzilmasini, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, qabul parametrlari va taʼlim yoʻnalishlarini belgilash;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylar pedagog xodimlarining mehnatini meʼyorlashtirish;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish hamda TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylarda qoʻshma fakultetlar tashkil etish;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
oʻqish uchun toʻlov miqdorini oʻrnatgan holda TDYU bakalavriat va magistraturasiga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul parametrlarini belgilash;
bakalavriat va magistraturaga qabul qilishda test sinovlari fanlari majmuasini, shuningdek, oʻqish muddatlari va talabalar tomonidan oʻquv mashgʻulotlariga qatnash tartibini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
TDYU va TDYU qoshidagi akademik litseylarda nomutaxassislik fanlarni oʻqitish va fakultativ mashgʻulotlar oʻtkazishni autsorsing shartlarida tashkil etish;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi barcha turdagi, shu jumladan TDYU va TDYU qoshidagi akademik litseylarning bino va inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish boʻyicha kelishuvlarni tuzish va amalga oshirish;
(11-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
innovatsiya va ilmiy faoliyatni tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish uchun tijorat va notijorat tashkilotlar (startap, jamgʻarma va boshqalar) tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda moliya yili uchun TDYU va TDYU huzuridagi akademik litseylarning daromadlar va xarajatlar smetasini, shtat jadvalini, biznes-rejasini tasdiqlash, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, bino va inshootlarni kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, xodimlariga ish haqini toʻlash tizimi va tartibini belgilash.
(11-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
12. Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda:
Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi, xodimlar va talabalar (oʻquvchilar)ning odob-axloq kodeksini, xodimlarni korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga ogʻdirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilishning shaffof tartibini tasdiqlash hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyani tuzish;
TDYUni 2030-yilgacha xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish, shuningdek, uning milliy reytingdagi oʻrnini yuksaltirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, Notarial palata va boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda advokatlar, notariuslar, FHDY organlari xodimlari, yuriskonsultlar va boshqa xodimlar malakasini oshirish tizimini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda takomillashtirish boʻyicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
doimiy asosda chop etiladigan taqriz beriladigan talabalar yuridik jurnalini taʼsis etish;
TDYU qoshida TDYU va yuridik kadrlar tayyorlovchi respublikaning boshqa oliy taʼlim muassasalari talabalarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradigan yosh yuristlar jamoat birlashmasini tashkil etishga koʻmaklashish;
yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, mamlakatdagi islohotlarning zamonaviy bosqichi ehtiyojlari va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda oʻquv rejalari va dasturlarini yangilash va qayta koʻrib chiqish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishni taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar faoliyatini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
yuridik fakultetlarni yuqori malakali, zamonaviy taʼlim shakl va uslublarini egallagan, ilmiy salohiyat va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan pedagog kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
yuridik fakultetlarda oʻquv jarayonini kredit-modul tizimi, zamonaviy taʼlim texnologiyalari, eng yangi axborot va oʻquv-laboratoriya jihozlarini keng joriy etish va foydalanish asosida tashkil etsin;
yuridik fakultet oʻqituvchilarining har yili Oʻzbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, qonunchilik, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarida stajirovka oʻtashi boʻyicha dasturlar tayyorlanishi va amalga oshirilishini taʼminlasin;
uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga yuridik fakultetlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Yuridik fakultetlar tashkil etilayotgan oliy taʼlim muassasalari rektorlariga yuridik fakultetlar professor-oʻqituvchilari uchun ularning aniq ish natijalarini hisobga olgan holda, oliy taʼlim muassasalarining mazkur fakultetlarida talabalar oʻqishidan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha ustamalar belgilash huquqi berilsin.
15. Belgilab qoʻyilsinki:
a) 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab yuridik texnikumlarda:
nomutaxassislik fanlar soni qisqartirilib, oʻquv jarayoni kredit-modul tizimini qoʻllagan holda tashkil qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshirilib, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul tartibi joriy etiladi;
(15-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylarning qoʻshma taʼlim dasturlarini hamda qoʻshma fakultetlarini tugatgandan soʻng oʻqishni davom ettirgan shaxslarga berilgan xorijiy taʼlim muassasalarining belgilangan shakldagi diplomlari (bakalavriat, magistratura) Oʻzbekiston Respublikasida qoʻshimcha maʼmuriy tartib-taomillarsiz oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadi;
(15-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik texnikumlarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda, kirish huquqiga ega;
Oldingi tahrirga qarang.
b) 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab TDYU qoshidagi akademik litseylarda qabul tartibi va parametrlari, shuningdek, oʻqish uchun toʻlov miqdori TDYU tomonidan mustaqil belgilangan holda, toʻlov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul tartibi joriy qilinadi;
(15-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab TDYU huzuridagi akademik litseylarning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari “yurisprudensiya” yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlariga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga ega.
Bunda mazkur tartib 2025/2026 oʻquv yiliga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan oʻquvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
(15-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
16. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
“Huquq” taʼlim sohasi uchun davlat taʼlim standarti Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlar professor-oʻqituvchilari va boshqa xodimlari vazirliklar va idoralarning oʻquv, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati, shuningdek, shartnomalar doirasida koʻrsatiladigan xizmatlardan tashqari boshqa ishlarga jalb etilishi mumkin emas;
asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni sotish, pullik kurslarni tashkil etish va boshqa turdagi xizmatlarni koʻrsatishdan tushadigan barcha mablagʻlar, TDYU va yuridik texnikumlarning rivojlantirish jamgʻarmalarida toʻplanadi, ular mazkur mablagʻlarni mustaqil ravishda tasarruf qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
2020-yil 1-maydan boshlab TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylarning mol-mulkini ijaraga berishdan kelib tushadigan mablagʻlar elektron savdo maydonchasi operatori toʻlovini chegirib tashlagan holda, toʻliq hajmda mazkur muassasalarning rivojlantirish jamgʻarmalariga oʻtkaziladi;
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
TDYUga masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish shakllarini tashkil etish huquqi beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
TDYU oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan jamgʻarmalarga oʻtkaziladigan barcha ajratmalardan 2025-yilga qadar ozod qilinadi.
(16-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi vakolatlar berilsin:
yuridik texnikumlarda toʻlov-kontrakt asosida oʻqish qiymati va uni toʻlash muddatlarini, shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha qoʻshimcha qabul parametrlari va oʻqish qiymatini tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylarning maʼmuriy-boshqaruv, oʻquv-yordamchi, muhandislik-texnik, xizmat koʻrsatish va boshqa xodimlari namunaviy shtatlarini (normativlarini), shuningdek, yuridik texnikumlar tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylar xodimlari ish haqi miqdorlarini budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) mablagʻlar hisobiga mazkur muassasalarning rahbar xodimlari va oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtirish;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, yuridik texnikumlarda oʻqish muddatlari va shaklini belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarining yillik va boshqa moliyaviy hisobotlarini muhokama qilish va tasdiqlash;
TDYU rektori va Kengashi vakolatlarini, shuningdek, yuridik texnikumlar xodimlari ish haqi tizimi va tartibini belgilash;
adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalariga (oʻquvchilariga) stipendiyalar va grantlar, shuningdek, adliya organlari va muassasalari xodimlariga xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa tashkilotlarda oʻqish, stajirovka oʻtash va ular bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun grantlar ajratish.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
a) nazariy tayyorgarlikning huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlashga qaratilgan maʼruzalar, mahorat darslari va oʻquv seminarlarini oʻtkazish uchun vazirlik va idoralarning amaliyot xodimlarini jalb qilish orqali oʻquv jarayonini samarali tashkil etishda TDYU va yuridik fakultetlarga doimiy ravishda har tomonlama koʻmaklashsin;
b) uch oy muddatda:
TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarning pedagoglar tarkibi tomonidan advokatlik tuzilmasida stajirovkadan oʻtmasdan hamda TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarda asosiy ish joyi saqlangan holda advokatlik faoliyatini amalga oshirish tartibini oʻrnatish boʻyicha takliflarni kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amaliy mashgʻulot va tadqiqotlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratgan holda TDYU va yuridik fakultetlar kafedralarini tashkil qilishini taʼminlasin;
TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarga oʻz idoralaridagi statistik, arxiv va boshqa maʼlumotlarga toʻsiqsiz kirishni (axborotdan foydalanish qonun bilan cheklangan hollar bundan mustasno), shuningdek, taʼlim tadbirlarini oʻtkazish imkonini beruvchi videokonferens-aloqa tizimiga ulanishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida yuridik kadrlarni tayyorlovchi taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻqishga qabul qilish va oʻquv jarayonini tashkil etish tartibini ushbu Farmon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish boʻyicha choralarni koʻrsin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
20. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-1990-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
24. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-aprel,
PF-5987-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga
2-ILOVA
Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Qabul tizimini takomillashtirish hamda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar

1.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYU magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilash:

TDYU magistraturasiga kirish imtihonlarini Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari shaklida tashkil etish;

bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega shaxslar, shu jumladan tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik maʼlumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlarida yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda TDYU magistraturasida masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish dasturlarini joriy etish;

“yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan talabalarni TDYU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, oʻqish qiymatining 50 foizini toʻlab, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng TDYU, yuridik fakultetlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda qabul qilish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil iyul

Davlat test markazi,

TDYU

2.

TDYUda oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini takomillashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

3.

Yuqori kurs talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek, stajirovkani oʻtash tartibini takomillashtirish orqali:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda taʼlim va amaliyotning uzviy bogʻliqligini;

talabalarni qiziqishi, intilishi va qobiliyatini eʼtiborga olgan holda keyinchalik ishga joylashishi uchun professional yoʻnaltirishni taʼminlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, TDYU

4.

Elektron hujjat almashinuviga oʻtish va oʻquv jarayonini raqamlashtirish, shu jumladan mashgʻulotlar jadvalini shakllantirish, imtihonlarni oʻtkazish, baholash, talabalar reytingini shakllantirish va h. k. joriy etishni nazarda tutuvchi “Elektron universitet” (E-University) loyihasini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

5.

Oʻzlashtirish darajasi 71 foizdan past boʻlgan alohida toifadagi talabalar uchun maxsus fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi topshirish mexanizmini joriy etish bilan bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash va himoya qilish talablarini qayta koʻrib chiqish.

TDYU Kengashi qarori

2020-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

6.

Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtilganligini hisobga olgan holda TDYU xodimlari bazaviy maoshlariga ustamalar va boshqa moddiy ragʻbatlantirish turlari, miqdorlari va mezonlarini qayta koʻrib chiqish.

Rektor buyrugʻi,

tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

iyun

TDYU,

Adliya vazirligi

II. Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari

7.

Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash.

TDYU Kengashi qarori

2020-yil iyul

TDYU,

Adliya vazirligi

8.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyani tuzish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil iyul

TDYU,

Adliya vazirligi

9.

Xodimlar va talabalar (oʻquvchilar)ning Odob-axloq kodeksini qabul qilish.

TDYU Kengashi qarori

2020-yil iyul

TDYU,

Adliya vazirligi

10.

ISO 9001 — Sifat menejmenti tizimi va ISO 37001 — Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi xalqaro standartlariga TDYU mos kelishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

TDYU,

Adliya vazirligi

11.

Korrupsiya faktlari haqidagi maʼlumotlarni qabul qilish boʻyicha qayta aloqa tizimini yaratish, talabalar oʻrtasida korrupsiya masalalari boʻyicha tizimli asosda soʻrovlar oʻtkazib borish va ularning natijalari boʻyicha amaliy choralar koʻrish, imtihon jarayoni ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil oktabr

TDYU,

Adliya vazirligi

III. Oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish, taʼlim sifatini oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash

12.

Xorijiy olim va mutaxassislarni jalb qilgan holda chuqurlashtirilgan oʻqitishni amalga oshirish uchun chet tillarida taʼlim beriladigan maxsus akademik guruhlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU

13.

TDYU oʻquv va ilmiy tarkibiy boʻlinmalarini zamonaviy taʼlim shakl va uslublarini egallagan, halol, vijdonli va malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan toʻldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

avgust,

doimiy

TDYU

14.

Fanlarni tanlash imkoniyatini taʼminlagan holda ECTS Yevropa kredit tizimini (European Credit Transfer and Accumulation System) joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil sentabr

TDYU,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

15.

Ilgʻor xorijiy tajriba asosida amaldagi va yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklari malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni oʻquv jarayoniga tatbiq etish, shuningdek, tegishli magistratura mutaxassisliklarini yangi avlod yuridik kadrlarini tayyorlashning zamonaviy talablaridan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

16.

Zamonaviy texnologiyalar va interaktiv taʼlim uslublarini (E-Minbar elektron platformasi), talabalaring mustaqil oʻquv va amaliy faoliyati (keys-stadi, kouching va h. k. )ni rivojlantirish orqali amaliyot oʻtash, shuningdek oʻqituvchi va talabaning oʻzaro masofaviy hamkorligini (vebinar texnologiyalar) taʼminlashga, ularda innovatsion va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga moʻljallangan modulli, obyektga yoʻnaltirilgan va dinamik taʼlim muhitini (Moodle) keng joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

17.

Amaliyotga yoʻnaltirilgan va munozarali mashgʻulotlar oʻtkazishni kuchaytirish, tanqidiy fikrlash va notiqlik sanʼatini rivojlantirishni taʼminlovchi laboratoriya va kovorking (coworking) markazlarni tashkil etish orqali oʻquv-uslubiy bazani mustahkamlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU

18.

Yurisprudensiyada yangi axborot texnologiyalari va tizimlarini ishlab chiqish va tatbiq etish maqsadida Legal Tech laboratoriyasini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU

19.

Xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ishlovchi vatandoshlarimiz bilan aloqalar oʻrnatish va ular bilan amaliy hamkorlik tizimini joriy etish, ularni TDYUda oʻquv tadbirlarini oʻtkazish hamda TDYU manfaatlarini xalqaro maydonda ilgari surishga jalb etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil sentabr,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

Tashqi ishlar vazirligi

20.

Quyidagilar orqali taʼlim jarayoni va ilm-fanning huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy integratsiyasini taʼminlash:

statistika, arxiv va boshqa maʼlumotlardan (qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan maʼlumotlar bundan mustasno) fodalanishga ruxsat bergan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va boshqa tashkilotlarda kafedralar tashkil etish;

taʼlim tadbirlarini real vaqt rejimida oʻtkazish imkonini beruvchi videokonferensaloqa tizimiga ulanish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil sentabr

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

boshqa davlat organlari,

TDYU

21.

Ijtimoiy yoʻnaltirilgan yuridik klinika faoliyatini (Pro bono) va talabalar klinik taʼlimini rivojlantirish, shuningdek, “Street Law” loyihasini faol amalga oshirish.

Yuridik klinika uchun trening materiallari toʻplamini ishlab chiqish, yuridik yordamning dolzarb masalalari boʻyicha tadbirlar oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil yanvar

TDYU,

Adliya vazirligi

22.

Yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, axborot-resurs markazi fondini quyidagilarni nazarda tutgan holda muntazam yangilab borish:

oʻquv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar mualliflari uchun munosib moddiy ragʻbat va talab etiladigan sharoitlar yaratish;

TDYU daromadlar va xarajatlar smetasida darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy va uslubiy adabiyotlar tayyorlash, tarjima qilish va nashr etish, shuningdek, mualliflar mehnatini ragʻbatlantirishga mablagʻlar ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil dekabr,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi

23.

Masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish shaklini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

25.

Toshkent shahrida oʻquv jarayonini innovatsion infratuzilma bilan qamrab olgan zamonaviy TDYU kampusini qurish imkoniyatini oʻrganib, asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil iyul

Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Moliya vazirligi,

TDYU

26.

Toshkent shahri hududida tegishli yer uchastkasi ajratib, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida ikkita koʻp qavatli uylar qurish orqali TDYU, adliya organlari va muassasalari xodimlari uy-joy sharoitlarini yaxshilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Adliya vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Moliya vazirligi,

Qurilish vazirligi,

TDYU

IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning sifatini oshirish

27.

“TSUL Legal Report” taqriz beriladigan talabalar yuridik jurnalini taʼsis etish hamda uning qogʻoz va elektron shaklda tizimli ravishda nashr etilishini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

iyul

Adliya vazirligi,

TDYU

28.

TDYUni 2030-yilgacha xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish, shuningdek, uning milliy reytingdagi oʻrnini yuksaltirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil

iyul

TDYU

29.

Huquq sohasidagi xalqaro maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash (LexisNexis, WestLaw, JStore va boshqalar).

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

dekabr

TDYU

30.

Kafedralar ixtisosligi boʻyicha talabalar va yosh olimlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish maqsadida ilmiy maktab va toʻgaraklarni, shuningdek “Yosh olimlar klubi” (Young Scholars Club)ni tashkil etish hamda keyinchalik eng iqtidorli yosh olimlarni xorijiy davlatlarga oʻqishga va stajirovkaga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

avgust,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi

31.

TDYUda quyidagi huquqlarni taqdim qilishni nazarda tutgan holda, yuridik fanlarning barcha ixtisosliklari boʻyicha ilmiy darajalar berish boʻyicha ilmiy kengashlarni tashkil etish:

rektorga — ilmiy kengashlar tarkibiga jalb etilgan yuqori malakali mutaxassislarni moddiy ragʻbatlantirishni amalga oshirish;

ilmiy kengashlarga — dissertatsiyalarni ularning rasmiy himoyasiga qadar maxsus, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan foydalaniladigan elektron dasturlar yordamida, plagiat holatlari mavjudligi yuzasidan dastlabki tekshiruvdan oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi,

TDYU,

Adliya vazirligi

32.

Huquqni qoʻllashning tizimli muammolarini oldindan prognozlash, aniqlash va bartaraf etishga, shu jumladan yuridik xizmat isteʼmolchilari oʻrtasida aloqalarni oʻrnatishga imkon beradigan TDYU ilmiy-innovatsion markazi yordamida samarali faoliyat koʻrsatadigan “ilmiy-innovatsion markaz — kafedra — ishlab chiqarish” triadasini yaratish orqali “University 3. 0” konsepsiyasini amalga oshirish uchun “Forsayt-prognozlash” innovatsion tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi

33.

TDYU jurnallarining xalqaro miqyosdagi mavqeyini koʻtarish maqsadida ularni yetakchi ilmiy bazalar (RINS, DOI, Scopus)ga bosqichma-bosqich kiritish, shuningdek, jurnallarning alohida sonlarini xorijiy davlatlardagi nufuzli ilmiy yuridik jurnallar bilan hamkorlikda nashr ettirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

noyabr

TDYU

V. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

34.

“Ikki tomonlama diplom” taqdim etishni nazarda tutuvchi qoʻshma taʼlim dasturlari (double degree)ni joriy etish, xorijiy oliy taʼlim muassasalariga doktoranturaga yuborish, shuningdek yetakchi chet el mutaxassislarini TDYUda oʻtkaziladigan oʻquv va ilmiy tadbirlarga jalb etish orqali xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

35.

Chet el huquqini oʻrganish markazlarini tashkil etish maqsadida Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

36.

Milliy va xalqaro olimpiadalarni tashkil etish va oʻtkazish hamda xalqaro tanlovlarda (Willem C. Vis Moot Arbitration, Phillip C. Jessup International Law Moot Court Competition va boshqalar) talabalarning tizimli asosda ishtirok etishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

37.

TDYUning xalqaro universitetlar assotsiatsiyasiga, shu jumladan Universitetlar buyuk xartiyasi, Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasi, Yuridik maktablar xalqaro assotsiatsiyasi, Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi va boshqalarga aʼzo boʻlishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

may

TDYU,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

VI. Talabalarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish

38.

Davlat va jamiyat oldida turgan muhim masalalarni hal qilish uchun masʼuliyatni zimmasiga oladigan vatanparvar, zamonaviy yoshlarni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan beshta muhim tashabbusni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil sentabr

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, TDYU

39.

Yuridik taʼlim sohasidagi tarixiy meros, asosiy qadriyatlar va yutuqlarni saqlash, targʻib qilish va namoyish etishga qaratilgan TDYU muzeyini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

fevral

TDYU,

Adliya vazirligi,

Madaniyat vazirligi

40.

Vatanga xizmat qilishning eng yaxshi anʼanalari, tajribasi va vatanparvarlik tuygʻulari yordamida yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishni oʻziga maqsad qilgan TDYU Faxriylar kengashini tashkil etish.

Rektor buyrugʻi

2020-yil sentabr

TDYU

41.

Chet ellik sayyohlarni jalb qilish va dunyo hamjamiyatida TDYUga qiziqishni oshirish uchun konseptual yangi ijtimoiy yoʻnalish “Student Ambassadors” tashkil qilish orqali milliy yuridik taʼlimning jozibadorligini oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil may,

doimiy

TDYU, Adliya vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi

42.

TDYUda talaba yoshlarga biznes hamjamiyatining professional doirasiga kirish, korporatsiya ekspertlari va top menejerlari bilan suhbatlashish, shuningdek, kasbiy oʻsishga erishish imkoniyatini beradigan “Business Networking” uchun muhit yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

iyun

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

43.

Oʻzbekistondagi yuridik taʼlim jozibadorligini oshirish maqsadida har yil adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda homiylar mablagʻlari hisobidan Markaziy Osiyo davlatlari yuridik oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Central Asia Law Congress” yuridik kongressini Toshkent shahrida tashkil etish va oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021-yil may

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

TDYU

44.

TDYUda xayriya va bitiruvchilar assotsiatsiyasi (Alumni Association) mablagʻlari hisobidan TDYU faoliyatini moliyalashtirishning yangi manbai boʻladigan Maqsadli kapital fondini (Endowment Fund) tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

mart

TDYU Vasiylik kengashi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi

45.

Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarda eskirgan kuratorlik institutidan voz kechish va innovatsion talablarga javob beradigan “tyutorlik” institutini joriy etishni nazarda tutgan holda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

avgust

TDYU, Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Moliya vazirligi

46.

RFID texnologiyalaridan foydalangan holda TDYU Axborot-resurs markazi faoliyatida foydalanuvchilarga keng qamrovli elektron xizmatlarni taqdim etadigan zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

TDYU

VII. Faoliyatning tashkiliy asoslarini takomillashtirish

47.

TDYU yangi Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Adliya vaziri buyrugʻi

2020-yil

iyul

Adliya vazirligi,

TDYU

48.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYUning yangi tuzilmasinitasdiqlash:

kurs dekanatlari bazasida soha yoʻnalishlari boʻyicha fakultetlarni tashkil etish va 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab talabalarni “yurisprudensiya” mutaxassisligining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriatga qabul qilish;

litsey va yuridik texnikumlar bilan ishlash boʻyicha prorektor lavozimini joriy etish, TDYU rektoriga mazkur prorektorga bir vaqtning oʻzida TDYU huzuridagi akademik litsey direktori vazifasini bajarishni yuklash huquqini berish;

jamoatchilik va OAV bilan aloqalar, taʼlim sifati ustidan nazorat, strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish boʻlimlari, talabalarga xizmat koʻrsatish va huquqiy tashabbus markazlari, shuningdek Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuzilmasida boʻlimlar tashkil etish;

TDYUga bakalavriat bosqichiga kirish sinovlari uchun huquqshunoslik fanlari boʻyicha test sinovlari bazasini shakllantirish.

Rektor buyrugʻi

2020-yil

avgust

2020-yil dekabr

TDYU,

Adliya vazirligi

TDYU,

Davlat test markazi

49.

TDYU huzurida Mediatsiya va nizolarni muqobil usullarda hal etish markazini tashkil etish va uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

fuqarolik munosabatlari, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq nizolar, shuningdek, mehnat, oila va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni mediatsiya tartibida yuritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;

turli yuridik mutaxassisliklar vakillarining mediatsiya hamda nizolarni hal etishning boshqa muqobil usullari sohasidagi yangi bilimlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish;

nizolarni va boshqa nizoli holatlarni muqobil usullar yordamida hal etishning tartib-taomillari yuzasidan trening, seminar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;

TDYU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida mediatorlarni tayyorlash dasturi asosida maxsus oʻquv kurslarini tashkil qilish.

Rektor buyrugʻi

2021-yil fevral

TDYU,

Adliya vazirligi

50.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi faoliyatini takomillashtirish:

xalq taʼlimi, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;

masofaviy oʻqitish shaklini, xususan oliy maʼlumotga ega shaxslar uchun yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Moliya vazirligi,

TDYU

51.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYUning maʼmuriy-boshqaruv, oʻquv-yordamchi, muhandislik-texnik, xizmat koʻrsatuvchi va boshqa xodimlarini, shuningdek, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyning pedagogik va oʻquv-yordamchi xodimlarini attestatsiyasini oʻtkazish hamdaularnizamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori malakali, kasbiy tayyorgarlikka va axloqiy meʼyorlarga ega kadrlar bilan toʻldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil mart — avgust

TDYU,

Adliya vazirligi

52.

TDYU va “yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan respublikaning boshqa oliy taʼlim muassasalari talabalarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradigan yosh yuristlar jamoat birlashmasini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil iyul

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

TDYU

53.

Universitet rahbariyati va boshqa vakolatli organlarining talabalar va xodimlar huquqlariga taalluqli barcha qarorlari muhokamasida ishtirok etish orqali universitet rahbariyati va masʼul shaxslari oʻrtasida vujudga keladigan nizoli vaziyatlarni hal etishga tezkor ravishda koʻmaklashadigan TDYU ombudsmani institutini (universitet ombudsmani ofisi) joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

TDYU

54.

TDYU oʻquv jarayoniga masofaviy oʻqitish platformasini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish va universitetni zarur uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

avgust

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, TDYU

55.

TDYU professor-oʻqituvchilari va xodimlarining rasmiy xizmat safarlari, chet ellik hamkorlar bilan birgalikda oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi va xorijiy oʻqituvchilar, mutaxassislar va talabalarni TDYU oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayoniga jalb qilishni Adliya vazirligi bilan oldindan kelishish tartibi oʻrniga xabardor qilish tartibini joriy etish.

Adliya vaziri

buyrugʻi

2020-yil

avgust

Adliya vazirligi,

TDYU

56.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi TDYUning yangi imidjini shakllantirish:

TDYUning oʻziga xos koʻrinishi va brendbukini yaratish;

yangi ramzlarni tasdiqlash (logotip, bayroq va boshqalar);

prospektlar, turli broshyuralar, flayerlar va esdalik sovgʻalarini ishlab chiqish va nashr etish;

TDYU rasmiy veb-saytini xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish;

jamoatchilik bilan aloqalarni jadallashtirish va TDYU toʻgʻrisidagi obyektiv maʼlumotlarni yetkazish.

TDYU rektori buyrugʻi

2021-yil yanvar

TDYU

VIII. Yuridik texnikumlar va akademik litsey faoliyatini takomillashtirish

57.

Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar boʻyicha takliflar kiritish:

TDYU huzuridagi akademik litsey faoliyatini “litsey — universitet” taʼlimning uzluksizligi tizimini taʼminlash orqali oʻquv jarayonining sifatini keskin oshirish, litseyga oʻqishga qabul qilish va taʼlim jarayonini tashkil etish hamda litsey bitiruvchilarini TDYUga oʻqishga qabul qilish tartibini belgilash, shuningdek, xodimlarni, shu jumladan toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini nazarda tutgan holda takomillashtirish;

yuridik texnikumlar faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan professional yuridik taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish hamda yuridik texnikumlar, TDYU va Adliya vazirligiga yuridik texnikumlarning oʻquv-metodik jarayoni va faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq barcha masalalarni hal qilishda, yuridik texnikumlar xodimlarini ragʻbatlantirish choralarini koʻrishda mustaqillik berish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, TDYU

Izoh. “Yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan tadbirlar tegishli chora-tadbirning sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi, shuningdek bir hujjatga birlashtirilishi mumkin. Bunda ikki yoki undan ortiq chora-tadbirlar birlashtirilgan hollarda, ushbu masalalarning oxirgi bajarilish muddati qoʻshma chora-tadbirlarning bajarilishi uchun belgilangan oxirgi muddat hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida “Yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan tadbirlar mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham hisobga olinishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2932-son qarorida:
3-bandi, shuningdek 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5-bandning birinchi xatboshisidan “2-ilovaga muvofiq tarkibda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. TDYUda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi (mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi) bilan bir qatorda, budjetdan tashqari (toʻlov kontrakt) mablagʻlari hisobidan Boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun Maxsus jamgʻarma (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarma), ularning mehnatga haq toʻlash fondining kamida 185 foizidan kam boʻlmagan miqdorida tashkil etilsin.
Belgilansinki:
Maxsus jamgʻarma mablagʻlari shtatdagi boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga har oylik ustamalar va moddiy ragʻbatlantirishning boshqa turlarini oʻrnatishga yoʻnaltirilib, ularning miqdori TDYU tomonidan mustaqil belgilanadi;
Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek har oylik ustamalarni oʻrnatish mezonlari TDYU tomonidan belgilanadi”;
8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“TDYU tomonidan talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini belgilash, shuningdek Adliya vazirligi bilan kelishgan xolda universitetning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda yangi yoʻnalish va mutaxassisliklarini ochish toʻgʻrisidagi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3666-son qarorida:
“a” kichik bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik texnikumlarga qabul qilish har bir hududning “yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha professional maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarga boʻlgan ehtiyojini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar, mutaxassislik va kasblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari asosida amalga oshiriladi”;
“a” kichik bandi oltinchi xatboshisida “2020/2021” raqamlari “2021/2022” raqamlarga almashtirilsin;
“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“TDYU magistraturasiga talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini, magistratura mutaxassisliklarini universitetning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda Adliya vazirligi bilan kelishgan xolda TDYU tomonidan belgilash”;
“v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 8-ilovaning 19 va 20-pozitsiyalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 10-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5847-son Farmonining 5-bandi birinchi xatboshisidan “Adliya vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2020-y., 06/20/5987/0521-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)