|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.1999
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KOʻRSATILGAN XIZMATLAR UChUN BOJ YIGʻIMLARI OLIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 204-sonli “Bojxona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bojona qoʻmitasi va Moliya vazirligining koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan boj yigʻimlarining yangi stavkalarini ilovaga muvofiq belgilash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Bundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligiga tovarlar va xizmatlar koʻrsatish narxlarining indeksatsiyasini hisobga olgan holda stavkalarni birgalikda belgilash huquqi berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgust 423-sonli qarori bilan 2-bandning xorijiy valyutada xizmatlar koʻrsatish va bojxona toʻlovlariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 7-avgust,
366-son
Koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan boj yigʻimlari
STAVKALARI
| №№ |
Xizmat turlari |
Olingan boj yigʻimlari stavkalari |
| 1. | Bojxonadan boshqa joyda tovarlar va boshqa narsalarni bojxona tomonidan rasmiylashtirishga bojxona xodimini chiqarganlik uchun, shu jumladan, ularni saqlaydigan korxonalar va tashkilotlarning hududidagi bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlar va narsalarni, bir xodimning bir soat ishlashi hisobidan: | |
| | kunduzgi (ish) vaqtda | 50 |
| | ishdan tashqari vaqtda (soat 18.00 dan 09.00 gacha), shanba, yakshanba va bayram kunlarida | 100 |
| 2. | Koʻrgazmalarga qoʻyiladigan yuklarni rasmiylashtirganlik uchun, bir xodimning bir soat ishlashi hisobidan: | |
| | kunduzgi (ish) vaqtda | 50 |
| | ishdan tashqari vaqtda (soat 18.00 dan 09.00 gacha), shanba, yakshanba va bayram kunlarida | 100 |
| 3. | Buyurtma berilgan xizmatlardan oldindan yozma holda ogohlantirmasdan voz kechganlik uchun | 100 |
| 4. | Fuqarolar tomonidan MDHga olib ketiladigan transport vositalarini roʻyxatga olish (qayta roʻyxatga olish) huquqini beruvchi guvohnoma berganlik uchun (shu jumladan, vaqtincha olib ketganlik uchun): | |
| | yengil avtomobillar, mikroavtobuslar, avtobuslar | 500 |
| | motorsiz transport vositalari (pritseplar, yarim pritseplar, dachalar va hokazolar) | 300 |
| | mototsikllar, matorollyorlar | 200 |
| | mopedlar (roʻyxatga olinadiganlari) | 150 |
| 5. | Narsalarni olib kelish (olib ketish) toʻgʻrisida yozma maʼlumotnomalar (tasdiqnomalar), buyumlar va valyutani hisobga olish deklaratsiyalarining, daftarchalarining nusxalarini hamda qonunda belgilangan hollarda boshqa maʼlumotlarni berganlik uchun, hujjat uchun | |
| 6. | Yoʻlovchiga bojxona deklaratsiyasi blanklarini berganlik uchun (T-6 shakli) | 1 nusxasi uchun 5 soʻm |
| 7. | Yuklarga bojxona deklaratsiyasini berganlik uchun (YuBD) | 1 komplekt uchun 100 soʻm |
| 8. | Deklaratsiya berish huquqiga guvohnoma berganlik uchun | 20000 |
| 9. | Yuk avtomobilini koʻzdan kechirganlik uchun: | |
| | yuk bilan | 50 |
| | yuksiz | 30 |
| 10. | Avtobusni koʻzdan kechirganlik uchun | 50 |
| 11. | Engil avtomobilni koʻzdan kechirganlik uchun | 30 |
| 12. | Valyuta va valyuta boyliklarini saqlaganlik uchun: | |
| | bir yilgacha, qiymatining | 1 foizi |
| | bir yildan oshiq qiymatining | 2 foizi |
Izoh. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun boj yigʻimlari ham soʻmda, ham xorijiy valyutada toʻlanishi mumkin. Soʻmni xorijiy valyutaga aylantirib hisoblash boj toʻlovlari toʻlash haqida bojxona talablari qoʻyilgan kunda amalda boʻlgan tashqi iqtisodiy aʼmollar boʻyicha hisob-kitoblar uchun qoʻllaniladigan Oʻzbekiston Davlat bankining kursi boʻyicha amalga oshiriladi.