Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XORIJIY VALYUTADAGI DAVLAT BOJLARI, YIGʻIMLAR HAMDA SOLIQ BOʻLMAGAN BOShQA TOʻLOVLAR STAVKALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy valyutada soliq boʻlmagan davlat toʻlovlarini olish va taqsimlash tartibi toʻgʻrisida” 1993-yil 31-iyuldagi Farmoniga muvofiq, hamda xorijiy valyutada davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni undirishni tartibga solish va valyuta tushumlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
xorijiy valyutada davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
boj stavkalari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarning tariflari 2-ilovaga* muvofiq
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi konsullik yigʻimlari tariflari 3-ilovaga* muvofiq
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
boj stavkalari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar tariflari miqdorlari 1993-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritiladi;
boj stavkalari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar tariflari, shuningdek, amaldagilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Moliya vazirligining manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikdagi takliflari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, banklar va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan undiriladigan xorijiy valyutadagi bojlar, yigʻimlar va soliq, boʻlmagan boshqa toʻlovlardan tushumlar xorijiy valyutada olinadigan tushumga solinadigan soliq bazasiga kiritilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
4. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, banklar hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan meʼyoriy aktlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ayrim bandlari 4-ilovaga* muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 19-avgust,
423-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1994-y., 3-son, 16-modda; 1995-y., 3-son, 8-modda; 1997-y., 1-son, 3-modda; 1999-y.,4-son, 23-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 10-son, 84-modda, 11-12-son, 93-modda, 19-son, 151-modda; 2003-y., 1-2-son, 11-modda, 22-son, 223-modda, 24-son, 241-modda; 2004-y., 6-son, 73-modda, 17-son, 199-modda, 43-son, 456-modda; 2005-y., 28-29-son, 210-modda, 41-42-son, 316-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2008-y., 3-4-son, 13-modda, 22-23-son, 204-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda, 52-son, 513-modda; 2011-y.,27-son, 284-modda, 36-son, 367-modda, 52-son, 561-modda; 2012-y., 15-son, 172-modda, 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 25.10.2018-y., 09/18/859/2096-son, 28.11.2018-y., 09/18/963/2234-son; 18.04.2019-y., 09/19/326/2965-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)