Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida
Tarixiy-shaharsozlik muhiti va tumanlar (shaharlar)ning mavjud binolari meʼmoriy qiyofasini saqlab qolish, reklama konstruksiyalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishni tartibga solishni nazorat qilish, tashqi reklama sohasining barcha ishtirokchilari uchun teng huquqlarni taʼminlaydigan tamoyillar va shartlarni shakllantirish maqsadida, shuningdek, Shaharsozlik kodeksi, “Reklama toʻgʻrisida”gi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son — 2023-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamenti 5-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmalarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 7-ilovaga muvofiq;
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) demontaj qilish va demontaj qilingan konstruksiyalarni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
2. Belgilansinki,
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) qalbakilashtirilgan hujjatlardan foydalanilgan holda, tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga) olingan pasportlar, guvohnomalar, ruxsatnomalar va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlar, shuningdek, tegishli vakolatli organning qarorisiz oʻrnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) boʻyicha hujjatlarning muddatini uzaytirishga ruxsat berilmaydi va ular haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Bunda ilgari sud qarorlari (hukmlari) asosida qalbakilashtirilganlik holati belgilangan hujjatlardan foydalanilgan holda yangi koʻrinishdagi pasport olingan boʻlsa, yangilangan pasport Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qarorlari bilan bekor qilinadi va reklama joyining pasportini yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirishda tegishli toʻlov va yigʻimlar boʻyicha toʻlangan toʻlovlar va tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun oylik yigʻimlar qaytarilmaydi va ushbu tadbirkorlik subyektining yozma murojaatiga koʻra, unga tegishli boshqa reklama joylari pasportlari asosida tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun oylik yigʻimlar hisobiga olinishi mumkin.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) milliy bayramlar, xorijiy davlatlar rahbarlarining davlat tashriflari va boshqa davlat tadbirlariga oid axborot tashqi reklama va axborot obyektlarida (konstruksiyalarida) joylashtirilganda, tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish va unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq uchun yagona oylik yigʻim (keyingi oʻrinlarda — yigʻim) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qaroriga binoan joylashtirilgan kunlarga mutanosib ravishda kamaytiriladi;
(2-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son — 2023-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
j) mazkur qaror talablariga muvofiq holda bitta reklama joyida bir nechta tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) qurilganligi yoki ular oʻrtasida oraliq masofaga rioya qilinmaganligi hamda ular turli tadbirkorlik subyektlariga tegishli ekanligi aniqlangan taqdirda, ushbu joyga qayta elektron auksion oʻtkazish orqali faqat bitta reklama joyining pasporti beriladi.
(2-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-dekabrdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish uchun beriladigan yer uchastkalarini hamda davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarni aniqlash maqsadida hududlarni oʻrganishni;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) tizimli monitoring qilishni va ularni noqonuniy joylashtirish holatlarini aniqlashni;
Oldingi tahrirga qarang.
tashqi reklama va axborot obyektlarida (konstruksiyalarida) joylashtirilgan ijtimoiy axborotlar hisobini yuritishni;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
yoʻlning qatnov qismida joylashgan aholi turar-joy binolarining tashqi qismida (balkon, lodjiya, deraza, eshik va boshqa tarafiga) har qanday turdagi shaxsiy eʼlonlarni joylashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishni;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu sohada aniqlangan qonunbuzarlik holatlari boʻyicha tegishli chora koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining hududiy organlariga takliflar kiritishni taʼminlasinlar.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
91. Belgilansinki, “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — elektron tizim) doirasida:
a) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita):
elektron tizimga mulk huquqi asosida egalik qiladi va tizim foydalanuvchilaridan kelib tushgan takliflar asosida hamda oʻzining tashabbusi bilan elektron tizimni yanada takomillashtirish va modernizatsiya qilish yuzasidan Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Raqamli rivojlanish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Departament) toʻgʻridan-toʻgʻri buyurtma beradi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining elektron tizimdan samarali foydalanishlarini taʼminlaydi;
tashqi reklama bozori ishtirokchilari, manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari hamda elektron tizimning boshqa foydalanuvchilarining elektron tizimdan majburiy foydalanilishi hamda tashqi reklamani joylashtirishni tartibga soluvchi hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarga qatʼiy rioya etishini nazorat qiladi;
b) Departament:
elektron tizim operatori sifatida uni ishlab chiqadi, joriy etadi, shuningdek, texnik jihatdan doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlaydi;
elektron tizimdagi maʼlumot va axborotlarning toʻliq saqlanishini va uzluksiz ishlashini, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda axborot xavfsizligini taʼminlaydi;
elektron tizimning operatorlik huquqini Qoʻmitaning roziligisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilmaslik choralarini koʻradi;
Qoʻmitaning buyurtmasi asosida elektron tizimni takomillashtirish choralarini koʻradi va elektron tizim foydalanuvchilariga doimiy texnik yordam koʻrsatadi.
92. Belgilansinki, elektron tizim doirasida:
tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) oʻrnatish chizmasidagi joylashuvi, egasi haqidagi, oylik yigʻimlar toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlar onlayn elektron bazani yuritish orqali tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) hisobi yuritiladi hamda yagona elektron reyestr shakllantirib boriladi;
tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) egalari uchun shaxsiy kabinetlar ochilib, ularning Qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan boʻladigan barcha munosabatlari, shu jumladan, reklama eskizlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayoni elektron tizim orqali amalga oshiriladi;
tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi hamda unga kiritiladigan oʻzgarishlar elektron tizimga kiritiladi;
toʻlovlar faqat elektron tizim orqali oʻtkaziladi va ularning billingi yuritiladi;
elektron tizimda real vaqt rejimida tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish uchun ruxsat berish jarayonlarining bosqichlari, faollik holati monitoring qilinadi;
transport vositalarida joylashtiriladigan tashqi reklama va axborot obyektlarini joylashtirish namunaviy eskizlari va oʻrnatish tartiblari kiritiladi;
elektron tizim orqali berilgan reklama joylarining pasportlari reyestri yuritiladi.
93. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-dekabrdan boshlab:
a) tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmalari, shuningdek, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan koʻrib chiqilib, maʼqullangandan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi;
b) tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish hamda unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq uchun yagona oylik yigʻim miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilangandan boshlab 15 kundan keyin kuchga kiradi;
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish tartibi hamda ularga qoʻyiladigan talablar va texnik reglament tasdiqlangandan soʻng bir yil ichida tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) belgilangan yangi tartibga moslashtiriladi;
g) tashqi reklama va axborot obyektlariga (konstruksiyalariga) reklamani joylashtirish va reklama joyining pasportida koʻrsatilgan yer uchastkasidan, binodan yoki inshootdan vaqtincha foydalanish imkoni boʻlmagan taqdirda, mahalliy hokimliklar yozma koʻrsatmasiga koʻra ushbu obyektni reklama qoʻyilishi toʻxtatilgan va boshlangan oylar uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilgan holda, vaqtincha demontaj qilish tartibi joriy etiladi;
d) yer uchastkasida qurilish ishlari hamda binolar va inshootlarda rekonstruksiya-taʼmirlash ishlari tugallanganidan soʻng yoki tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) demontaj qilinishiga sabab boʻlgan boshqa sabablar bartaraf etilganidan keyin tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) avvalgi joyiga oʻrnatish imkoniyati mavjud boʻlmasa, amaldagi tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasidan chiqarib tashlanadi va tegishli reklama joyining pasporti bekor qilinib, ushbu obyekt egasiga uning tanloviga koʻra kelgusida elektron auksion orqali olingan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) boʻyicha tegishli muddatga yigʻimni toʻlashdan ozod qilish yoʻli bilan ham kompensatsiya qilinishi mumkin.
94. Toshkent shahar hokimligining tashqi reklamani joylashtirish sohasiga oid vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida Departamentga quyidagi vazifalar yuklansin va vakolatlar berilsin:
davlat mulki boʻlgan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish va unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquqni olish uchun yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksionlar asosida tanlovlar oʻtkazilishi;
reklamaga oid faoliyat subyektlariga tashqi reklama va axborot obyektlaridan (konstruksiyalaridan) foydalanish bilan bogʻliq hujjatlar va materiallarni belgilangan muddatlarda taqdim etishga doir soʻrov yuborilishi;
qonunchilikka muvofiq tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) reklama joylari pasporti berilishi hamda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish va unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq uchun shartnomalar tuzilishi;
Toshkent shahar hokimining qarori bilan Toshkent shahar hokimligiga tashqi reklama sohasida yuklangan boshqa vazifalar ham amalga oshirilishi mumkin.
95. Belgilansinki:
a) 2023-yil 1-dekabrdan boshlab:
yigʻim toʻlovlari billing tizimi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga amalga oshiriladi;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan reklama joyining pasportini boshqa tadbirkorlik subyektlari nomiga qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi;
elektron auksion yakuniga koʻra gʻolib deb topilgan ishtirokchi besh ish kunida yigʻimning uch oylik miqdorini oldindan toʻlashi hamda jismoniy shaxs gʻolib deb topilgan taqdirda, belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishi shart;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
yagona elektron savdo maydonchasi operatori tomonidan elektron auksion yakuniga koʻra gʻolib deb topilgan ishtirokchining nomi, STIRi va boshqa rekvizit maʼlumotlari elektron tizimga avtomatik ravishda yuborilishi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
b) video ekranli (elektron displeyli) tashqi reklama obyektlarini masofaviy boshqarish boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining maxsus platformalari elektron tizimga integratsiya qilinadi. Bunda mazkur maxsus platformalar “Kiberxavfsizlik markazi” DUKda kiberxavfsizlik talablariga muvofiq kompleks ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlishi lozim;
(95-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
v) ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirishda tegishli toʻlov va yigʻimlar boʻyicha toʻlanmagan qarzdorlik summasi aniqlanganda tegishli davr uchun qarzdorlik Toshkent shahrida reklama maydonining (sathining) bir kvadrat metr uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi va boshqa hududlarda 5 foizi miqdorida hisoblanadi. Bunda Toshkent shahrida yuqori texnologiyali konstruksiyalar (LED ekran) uchun 3 koeffitsiyent va boshqa hududlarda 2 koeffitsiyent qoʻllaniladi;
96. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz maʼmuriy hududi doirasida:
a) yuqori texnologiyali tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) yangi turlarini oʻrnatish hamda ulardan foydalanishni ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi;
b) tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmalarini, joylashtirish tartibini, oraliq masofalarini, turlari va ularga qoʻyiladigan boshqa talablarni oʻzlari ishlab chiqib tasdiqlaydi va tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) namunaviy toʻplami asosida belgilaydi;
v) tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi hamda unga kiritiladigan oʻzgartishlarni oʻzlarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boradi;
g) tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun yer uchastkasining tijorat qiymatini aks ettiruvchi hududlarning zonalar boʻyicha taqsimotini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
d) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda tegishli tashkilot va idoralar vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhlar tuzadi. Bunda maxsus ishchi guruhlar:
kamida olti oyda bir marta barcha turdagi tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) ushbu qaror talablariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazishni hamda joylashtirilgan tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) qonunchilik talablariga muvofiqligini oʻrganishni taʼminlaydi;
reklama joyi pasportlaridagi texnik xatoliklarni bartaraf qilish maqsadida ularga oʻzgartirishlar kiritish, ariza beruvchilar tomonidan berilgan arizalarda xatoliklar yoki nomuvofiqliklar pasport yangilab berilganidan keyin aniqlanganda va reklama joyi pasportini yangilab berishda toʻlov hisob-kitobida xatolik yoki nomuvofiqlik boʻlganda, ularni bartaraf qilish (toʻlovni kamaytirish, koʻpaytirish, toʻlovchining arizasiga asosan toʻlovni unga tegishli boshqa reklama joyi pasporti uchun toʻlanadigan yigʻimlar hisobiga oʻtkazish yoki kelajakdagi tashqi reklama obyektini joylashtirish uchun yigʻimlar hisobiga olish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
eski turdagi reklama joyi pasportlarini yangilash jarayonida vujudga kelayotgan nizoli masalalar boʻyicha belgilangan tartibda nazarda tutilmagan asosli holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, tadbirkor foydasiga qaror qabul qilishga haqli.
Maxsus ishchi guruhga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan boshqa vakolatlar ham berilishi mumkin. Maxsus ishchi guruh qarorlari yigʻilish bayonnomasi koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
(96-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
e) maxsus ishchi guruhlarning bergan xulosalari tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun berilgan reklama joyining pasportlarini (yoki unga tenglashtirilgan hujjatlarni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qarorlari bilan bekor qilish uchun asos boʻladi.
Bunda maxsus ishchi guruhlarning tegishli xulosalariga koʻra xulosa olingan kundan boshlab bir oy ichida reklama joyining pasportlari (yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) quyidagi hollarda bekor qilinadi:
tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamentida nazarda tutilgan talablarga nomuvofiq boʻlganda;
reklama tarqatishdan boshqa maqsadda foydalanilganda;
reklama joyining pasporti berilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida oʻrnatilmaganda;
tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasiga nomuvofiq boʻlganda yoki unga kiritilmaganda;
oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda;
reklama joyi pasporti egasining pasportni va tuzilgan shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi mavjud boʻlganda;
tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun berilgan reklama joyining pasporti (yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) qalbakilashtirilganda yoki asossiz oʻzlashtirilganda yoxud bir shaxsning nomiga rasmiylashtirilib, boshqa shaxs tomonidan foydalanilayotganda yoki vakolatga ega boʻlmagan organ tomonidan berilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan qarzdorlikni qoplash majburiyati pasport egasi tomonidan bajarilmaganda;
(96-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda;
Oldingi tahrirga qarang.
j) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari reklama joyi pasportlarini bekor qilish toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlarini quyidagi tartibda xabardor qiladi:
qaror loyihalarini qabul qilishdan 15 (oʻn besh) kun oldin ularni maxsus veb-saytlarga joylashtiradi;
qaror qabul qilinganidan keyin qarorni uch ish kuni ichida maxsus veb-saytlarga joylashtiradi.
(96-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
Oldingi tahrirga qarang.
97. Reklamaga oid faoliyat subyektlariga reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar berish va ular tomonidan reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilish holatlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha Qoʻmita huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat muassasasiga qoʻshimcha vakolatlar berilsin.
(97-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmuni va mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-fevral,
104-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qaroriga
1-ILOVA
Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) umumiy joylashtirish, shu jumladan, binolar tashqi qismida oʻrnatish tartibini, shuningdek, shahar yoki hududlar ijtimoiy faolligini, tarixiy-madaniy qiymatini hisobga olgan holda oʻrnatiladigan reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) turlari va koʻrinishlarini, dizaynerlik yechimlari va reklama obyektlari (konstruksiyalari) oʻlchamlarini tavsiyaviy tartibda belgilab beradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishincha oʻz maʼmuriy hududlarida tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish tartibi, turlari va ularga qoʻyiladigan boshqa talablarni oʻzlari ishlab chiqib tasdiqlagan Tashqi reklama obyektlari namunaviy toʻplami asosida belgilash huquqiga ega.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Mazkur Nizom tashqi reklama obyekti boʻlmagan texnik vositalarni joylashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solmaydi, bunday obyektlarga:
Oldingi tahrirga qarang.
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisida axborot joylashtirilgan binolar (konstruksiyalar) tashqarisidagi maʼlumot taxtalari va boshqa texnik vositalar;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
reklama hususiyatiga ega boʻlmagan maʼlumotlar taxtasi;
binolar (inshootlar) tashqarisida va yer osti piyodalar oʻtish joylarida (reklama hususiyatiga ega boʻlmagan) faqat afisha va eʼlonlar joylashtirish (tarqatish) uchun moʻljallangan texnik vositalar. Bunday texnik vositalarda afisha va eʼlonlarni joylashtirish qonunchilikka muvofiq ayrim tashkilotlarga yoki fuqarolarga yuklatilgan boʻladi;
savdo obyekti yoki xizmat koʻrsatish obyekti ichki tarafida mahsulotni saqlash, koʻchirish, qadoqlash, namoyish etishga moʻljallangan reklama koʻrinishidagi mebel, inventar, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar kiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi reklama va axborot obyektlarida (konstruksiyalarida) tashqi reklama joyi pasportini tekshirish imkonini beruvchi maxsus QR-kod boʻlishi shart.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashqi axborot koʻrinishidagi reklama obyektlari (konstruksiyalari), yerda, hududlarda, toʻxtash joylarida, davlat va xususiy binolarda, maʼlumot yetkazish yoki jamoatchilik eʼtiborini mahsulotlar (xizmatlar), obyektlar yoki konstruksiyalar, tadbirlar, tashkilotlar hamda tijorat faoliyatiga yoki turli xil tijorat xabarlariga qaratish uchun ishlatiladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
afisha — konsertlar, spektakllar, sirk dasturlari va boshqa madaniy-koʻngilochar tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot yetkazuvchi vosita;
vitrajlar — deraza yoki eshiklar va ularning atrofiga, binolar poydevoriga, tik turuvchi, ramka (ishlatilgan hollarda) va shaffof sirtlarga, shuningdek, yopishqoq plyonkadan (ishlatilganda) foydalangan holda oʻrnatiladigan konstruksiyalar;
shahar hududi (aholi punkti yoki boshqa hududlarning muhiti) — maʼmuriy-hududiy birlik chegaralari bilan belgilangan, aholining yashashi va faoliyat yuritishi uchun muhit boʻlib, ishlab chiqarish, ijtimoiy, muhandislik, transport infratuzilmasi, yer usti va osti moddiy obyektlarini oʻz ichiga oladi va tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun tijorat ahamiyatiga ega boʻladi;
Oldingi tahrirga qarang.
zona — aholi yashash punktlarida tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish maydonlarining tijorat qiymatini aks ettiruvchi tasnifiy belgi boʻlib, joylardagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanadi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
maʼlumot taxtasi — tashkilotning nomi (firma nomi), uning alohida boʻlinmasi, familiyasi, ismi, otasining ismi (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun), uning ishlash tartibi, axborot maydonida bittadan koʻp boʻlmagan maʼlumotni joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan va ishlatiladigan, tegishli tashkilot ishlaydigan binoga (inshootga) kirish yoki eshikning yonidagi bino (inshoot) ustiga oʻrnatilgan texnik vosita;
axborot maydoni — reklama hisoblanmaydigan axborotlar kiritish (harakatli tasvir) uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan texnik vosita yuzasi;
Oldingi tahrirga qarang.
yorugʻlik qutisi — tashqi reklamani joylashtirish va undan foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan texnik vosita boʻlib, yer maydonida, bino (inshoot) yuzasida, toʻsiqlar yoki alohida ustunlarda qotiriladi va ichki yoritgichli bir yoki bir nechta reklama maydonlariga ega;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) joylashgan joy — tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) joylashgan koʻchmas mulk, shuningdek, tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) joylashgan (joylashtirilishi kerak boʻlgan) havo boʻshligʻi;
yer usti pannosi — tashqi reklamani joylashtirish uchun moʻljallangan va foydalaniladigan texnik vosita boʻlib, yer (yoʻl) yuzasida tasvirlanadigan reklama maydoniga ega;
devor pannosi — tashqi reklamani joylashtirish uchun maxsus moʻljallangan va foydalaniladigan texnik vosita boʻlib, osma yozuvlarsiz bino tashqarisidagi panjaraga yoki bino (inshoot) devori yuzasiga mahkamlanadi;
eʼlon — yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar hamda jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish maqsadida qoldirilgan, reklama tusiga ega boʻlmagan xabar toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumot;
Oldingi tahrirga qarang.
tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) — tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan va qoʻllaniladigan vositalar, shuningdek, axborotni aholiga yetkazish vazifasini bajaruvchi texnik vositalar (konstruksiyalar), pilonlar, koʻchma reklama konstruksiyalari (ustun, plakat), prizmatronlar, proyeksiyaviy konstruksiyalar, bilbordlar, videoekranlar, elektron displeylar, axborot obyektlari va boshqa texnik vositalar;
(3-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
tashqi reklama operatori — tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) reklama maydonlarini uchinchi shaxs tashqi reklamasini joylashtirish (tarqatish) uchun taqdim etuvchi reklama tarqatuvchi;
Oldingi tahrirga qarang.
reklama joyining pasporti — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladigan hujjat boʻlib, ushbu hujjat yuridik va jismoniy shaxslarning tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) unda koʻrsatilgan yer uchastkasiga, binoga yoki inshootga mulk shaklidan qatʼi nazar, oʻrnatish huquqini tasdiqlaydi;
(3-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
pilon — tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan va foydalaniladigan texnik vosita boʻlib, ushbu texnik vositaning oʻzaro biriktirilgan karkaslari oʻlchamidagi tekis bir yoki ikki reklama maydoniga ega;
koʻchma reklama konstruksiyasi (ustun, plakat) — binoning (inshootning) yer maydonida, ayvonida, balkonida yoki tomida joylashgan, ammo ularga oʻrnatilmagan va bitta yoki bir nechta reklamaga ega tashqi reklama joylashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan va foydalaniladigan texnik vosita;
prizmatron — tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan va ishlatiladigan, bir yoki bir nechta reklama maydonlariga ega boʻlgan, prizmalarning harakati tufayli reklamaning avtomatik oʻzgarishini (aylanishini) taʼminlaydigan texnik vosita;
proyeksion konstruksiyalar — tasvirlarni yerga, devor tekisligiga va hajmda takrorlashga moʻljallangan konstruksiyalar;
tashqi reklama obyektini (konstruksiyasini) joylashtirish — tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan va ishlatiladigan texnik vositalarni oʻrnatish yoki tashqi reklamani joylashtirishga maxsus moʻljallanmagan, biroq uni joylashtirishda (tarqatishda) ishlatiladigan texnik vositada joylashtirish (tarqatish);
tortib bogʻlanadigan reklama obyekti — tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan va binolar (konstruksiyalar), alohida turgan ustunlar, bino tashqarisidagi toʻsiqlar oʻrtasida oʻrnatilgan bir yoki ikki reklama maydonlari ega boʻlgan texnik vosita;
reklama maydoni — tashqi reklama, shu jumladan vaqtincha biriktirilgan elementlarning sirtini qoʻllash (koʻpaytirish) uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan tashqi reklama obyektining (konstruksiyasining) yuzasi;
mahsulot, ish, xizmat namunasi — mahsulot, ish natijasi, natural koʻrinishdagi xizmatlar, uning tasviri va maketi yoki tashqi koʻrinishiga koʻra aynan oʻxshash tovarlar, ishlar natijasi, xizmatlar nusxasi;
kichik formatdagi tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) — 2,19 kv. metrgacha xajmga ega boʻlgan obyektlar;
oʻrta oʻlchamdagi tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) — hajmi 2,2 dan 12 kv. metrgacha boʻlgan obyektlar;
katta formatdagi tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) — hajmi 12 dan 18 kv. metrgacha boʻlgan obyektlar;
juda katta formatdagi tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) — hajmi 18 kv. metrdan ortiq boʻlgan vosita;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning yigirma sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
bayroqli konstruksiya — tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan texnik vosita boʻlib, yerga, binoning (inshootning) yuzasiga, alohida turgan ustunga yoki bino (inshoot) tashqarisidagi toʻsiqqa, shahar yorugʻlik ustunlariga qotiriladigan va flagshtokka mahkamlangan mato koʻrinishidagi bir necha reklama maydonidan tashkil topgan yaxlit kompozitsiya hisoblanadi;
bilbord — tashqi reklama joylashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan va foydalaniladigan, yer uchastkasida joylashtirilgan va bir yoki bir nechta tekis reklama maydonchalariga ega boʻlgan texnik vosita;
video ekran — tashqi reklamani joylashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan va foydalaniladigan, yerga, binoning (inshootning) yuzasiga, alohida turgan ustunga yoki bino (inshoot) tashqarisidagi toʻsiqqa qotiriladigan va displey yoki ekran koʻrinishidagi reklama maydoniga ega boʻlgan texnik vosita;
elektron displeylar — yuqori texnologiyali konstruksiyalar boʻlib, yorugʻlik diodlari, yorugʻlik lampalari va boshqa yorugʻlik manbalari hisobiga ekranda tasvirlar harakatini taʼminlash uchun moʻljallangan.
4. Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi reklama va axborot konstruksiyalarini oʻrnatishga ruxsat etiladi:
peshtaxta — bino va inshootlarning oldi yoki tashqi tomonida, faqatgina korxona joylashgan va (yoki) oʻz faoliyatini amalga oshiradigan manzilda, korxona toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yozilgan maʼlumot konstruksiyasi;
axborot koʻrsatkichi — alohida turadigan kichik formatdagi reklama konstruksiyasi boʻlib, obyekt nomi va uning joylashgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish uchun foydalaniladi;
axborot konstruksiyasi (axborot stendi, eʼlonlar doskasi) — aholiga maʼlumot yetkazish funksiyasini bajaruvchi konstruksiya boʻlib, reklama hisoblanmaydi va ushbu Qaror talablariga javob beradi. Axborot konstruksiyalariga, shuningdek, alohida joylashgan va belgilangan talablarga javob beruvchi konstruksiyalar ham kiradi.
Reklama konstruksiyalari:
alohida joylashgan statsionar yoki mobil reklama konstruksiyalari:
bino, qurilish, inshootlardagi reklama konstruksiyalari:
vaqtincha reklama konstruksiyalari.
5. Alohida joylashgan statsionar reklama konstruksiyalari yer uchastkalarida joylashtiriladi hamda quyidagi turlarga boʻlinadi:
shitli reklama konstruksiyasi — turli formatdagi reklama konstruksiyalari boʻlib, reklama joylashtirish uchun tashqi sirtga ega va betonli asos, karkas va axborot uchun maydondan tashkil topgan.
Reklama konstruksiyasi axborot maydoni oʻlchami uning tomonlari umumiy maydoni bilan aniqlanadi.
Shitli reklama konstruksiyasining axborot maydoni quyidagicha boʻlishi mumkin:
axborot maydoni sirti (statik axborot maydoni) harakatsiz tasvirlar, hamda tashqi va ichki yoritgichlarga ega boʻlishi;
tasvirlar dinamik oʻzgaruvchan tizimi (roller tizimi (skroller axborot maydoni) yoki harakatli panellar tizimi (prizmadinamikli axborot maydoni) — prizmatronlar, shuningdek, boshqa tasvirlar harakati dinamik tizimi) orqali reklamani namoyish qilish;
video ekranli (elektron) konstruksiyalarda reklamani namoyish qilish (elektron axborot maydoni) (LED monitorlari va boshqalar);
pillar — oʻrtacha formatdagi alohida turadigan reklama konstruksiyasi boʻlib, axborot joylashtirish uchun tashqi sirtga ega va betonli asos, karkas va axborot uchun maydondan tashkil topgan. Reklama konstruksiyasi axborot maydonining oʻlchami 3 m x 1,4 metrni tashkil etadi. Pillar axborot maydoni uning uch tomoni yigʻindisi bilan aniqlanadi. Reklama konstruksiyasining axborot maydonlari sirtlarida harakatsiz tasvirlardan foydalanish yoki tasvirlar harakati dinamik tizimi (roller tizimi) dan foydalanish orqali oʻrnatishga ruxsat beriladi;
pilon — oʻrtacha formatdagi alohida turadigan reklama konstruksiyasi boʻlib, betonli asos, karkas va axborot uchun maydondan tashkil topgan. Bir tomonli va 2 tomonli pilonlarga ruxsat beriladi. Pilon har bir tomonining axborot maydoni oʻlchamlari 2,8 x 1,4 metrni tashkil etadi. Pillar axborot maydoni uning barcha tomonlari yigʻindisi bilan aniqlanadi;
siti-format — kichik formatdagi alohida turadigan reklama konstruksiyasi boʻlib, betonli asos, karkas va bir yoki ikki axborot maydonidan tashkil topadi. Reklama konstruksiyasining axborot maydoni 1,8 x 1,2 metrni tashkil etadi. Reklama konstruksiyasining axborot maydoni uning ikki tomoni yigʻindisi bilan aniqlanadi. Reklama konstruksiyasining axborot maydonlari sirtlarida harakatsiz tasvirlardan foydalanish yoki tasvirlar harakati dinamik tizimi (roller tizimi) dan foydalanish orqali oʻrnatishga ruxsat beriladi;
siti-format plyus — oʻrta formatdagi alohida turadigan reklama konstruksiyasi boʻlib, betonli asos, karkas va bir yoki ikki axborot maydonidan tashkil topadi. Reklama konstruksiyasining axborot maydoni 4,0 x 2,0 metrni tashkil etadi. Reklama konstruksiyasining axborot maydoni uning ikki tomoni yigʻindisi bilan aniqlanadi. Reklama konstruksiyasining axborot maydonlari sirtlarida harakatsiz tasvirlardan foydalanish yoki tasvirlar harakati dinamik tizimi (roller tizimi)dan foydalanish orqali oʻrnatishga ruxsat beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
senior (siti-bord) — oʻrta formatdagi alohida joylashgan, bir yoki ikki tomonli axborot maydonidan tashkil topgan, har bir tomonning axborot maydoni oʻlchamlari eni 3 — 6 metr va balandligi 2-3 metr boʻlgan reklama konstruksiyasi. Reklama konstruksiyasining axborot maydoni uning barcha tomonlari yigʻindisi bilan aniqlanadi;
(5-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Shitli reklama konstruksiyasining axborot maydoni quyidagicha boʻlishi mumkin:
axborot maydoni sirti (statik axborot maydoni) harakatsiz tasvirlar, hamda tashqi va ichki yoritgichlarga ega boʻlishi.
tasvirlar dinamik oʻzgaruvchan tizimi (roller tizimi (skroller axborot maydoni) yoki harakatli panellar tizimi (prizmadinamikli axborot maydoni) — prizmatronlar, shuningdek boshqa tasvirlar harakati dinamik tizimi) orqali reklamani namoyish qilish;
video ekranli (elektron) konstruksiyalarda reklamani namoyish qilish (elektron axborot maydoni) (LED monitorlari va boshqalar);
Oldingi tahrirga qarang.
stela — yirik formatdagi, bir yoki bir nechta tomonli, aylanali gorizontal joylashgan axborot maydonlaridan tashkil topgan, umumiy axborot maydoni oʻlchamlari eni 1,2 — 2 metr va balandligi 3 — 15 metr boʻlgan alohida vertikal turuvchi reklama konstruksiyasi. Reklama konstruksiyasining axborot maydoni uning barcha tomonlari yigʻindisi bilan aniqlanadi;
(5-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
bayroqli kompozitsiya — yer maydonida oʻrnatiladigan reklama konstruksiyasi boʻlib, betonli asos, flagshtok (ustun) va yumshoq matodan yuborat boʻladi. Reklama konstruksiyasining axborot maydoni mato barcha tomonlari yigʻindisi bilan aniqlanadi;
afishali stend — piyodalar yoʻlakchasi yoki unga tutash hududdagi gazonlarda joylashgan, bir yoki ikki axborot maydonli, betonli asos, karkas va axborot maydonidan tashkil topgan reklama konstruksiyasi boʻlib, ushbu axborot maydonlari reklama va faqatgina teatr, kinoteatr repertuarlari, sport, ijtimoiy, madaniy-xordiq, sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini joylashtirish uchun moʻljallangan;
katta hajmli konstruksiya — yirik elementlar koʻrinishidagi, notekis yuzalarga ega nostandart reklama konstruksiyasidir. Individual loyihalar boʻyicha amalga oshiriladi. Katta hajmli konstruksiya axborot maydoni hisob-kitoblar asosida aniqlanadi;
jamoat transporti harakati toʻxtash joylari tarkibiga kiruvchi reklama konstruksiyasi — jamoat transporti harakati toʻxtash joylari tarkibida bajarilib, yer maydonida oʻrnatilgan reklama konstruksiyasi hisoblanadi. Pavilyon konstruksiyasining xususiyatlaridan kelib chiqib, bir yoki ikki axborot maydonlaridan tashkil topgan boʻlishi mumkin.
Konstruksiyani bir yoki bir necha tasvirlar, monitorlar asosida oʻrnatish, shuningdek, toʻxtash joyini toʻliq reklama konstruksiyasi sifatida rasmiylashtirishga ruxsat etiladi.
Shahar mebel obyektlari — kioskalar, oʻrindiqlar, qutilar va arxitektura muhitining boshqa elementlari.
6. Bino, imorat, inshootlarida joylashtirilgan reklama konstruksiyalari quyidagi turlarga boʻlinadi:
brandmauerli panno — bino, imorat va inshootlar devorlari yuzasida joylashtiriladigan yirik formatli bir tomonli reklama konstruksiyasi boʻlib, qotirish elementlari, karkas va axborot maydonidan tashkil topgan boʻladi. Brandmauerli pannoni bino, imorat va inshootlar karnizidan qisman teparoqda joylashtirishga ruxsat etiladi. Brandmauerli panno quyidagi turlarga boʻlinadi:
axborot maydoni yuzasida harakatsiz tasvirlar boʻlgan brandmauerli panno;
video ekranli konstruksiyalarda reklamani namoyish qilish orqali yaratilgan brandmauer panno (media fasadlar, elektron ekranlar va boshqalar). Tasvirlar dinamik oʻzgaruvchan tizimi (roller tizimi yoki harakatli panellar tizimi — prizmatronlar, shuningdek, boshqa tasvirlar harakati dinamik tizimi) orqali reklamani namoyish qilish bilan brandmauer pannoni oʻrnatish va ishlatishga ruxsat etiladi;
proyeksiyali oʻrnatish — devorlar yuzalarida namoyish etish uchun moʻljallangan reklama konstruksiyasi boʻlib, proyeksiyalash uskunasi va yuza (ekran) yoki tasvir namoyish etilishi koʻzda tutilgan kenglikdan tashkil topgan boʻladi. Tasvir uchun axborot maydoni proyeksiyalanayotgan devorning yuzasi orqali kenglik uchun hisob-kitob asosida aniqlanadi.
tom usti konstruksiyasi — individual loyiha aosida bajarilgan bino, imorat va inshootlar karnizlaridan toʻliq yuqorida joylashtirishga ruxsat etiladigan yirik va alohida belgilar (xarflar, raqamlar, sanʼat elementlari, logotoplar) koʻrinishidagi yoki yuzaki reklama konstruksiyasi boʻlib, qotirish elementlari, karkas va axborot maydonidan tashkil topgan boʻladi. Axborot maydoni oʻlchami hisob-kitob asosida aniqlanadi.
Shitli reklama konstruksiyasi reklama joylashtirish uchun tashqi yuzaga ega boʻlgan turli formatdagi reklama konstruksiyalari boʻlib, karkas va axborot maydonidan tashkil topgan boʻladi.
Reklama konstruksiyasi axborot maydoni oʻlchamlari uning barcha tomonlari yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
Shitli reklama konstruksiyasining axborot maydoni quyidagi turlarda boʻlishi mumkin:
axborot maydoni sirti (statik axborot maydoni) harakatsiz tasvirlar, hamda tashqi va ichki yoritgichlarga ega boʻlishi;
tasvirlar dinamik oʻzgaruvchan tizimi (roller tizimi yoki harakatli panellar tizimi — prizmatronlar, shuningdek, boshqa tasvirlar harakati dinamik tizimi) orqali reklamani namoyish qilish;
video ekranli konstruksiyalarda (LED monitorlari va boshqalar) reklamani namoyish qilish;
media fasad — bino, imorat va inshootlar devorlari yuqori qismida yoki devor sirtiga mos metall karkaslarda (bino, qurilish va inshootlar oynalarida medi fasad oʻrnatilgan hollarda) joylashtiriladigan individual yorugʻlik oʻtkazuvchi reklama konstruksiyasi boʻlib, axborot materiallarini namoyish etish imkonini beradi;
vitraj — oyna, eshik va bino arkalarida oʻrnatiladigan konstruksiya boʻlib, karkas (zarur hollarda) va shaffof yuzalar, shuningdek, oʻzi yopishadigan plenkalardan (zarur hollarda) tashkil topadi;
markiza — vitrina, imorat, inshootlar va binoga kirish eshiklari tepasini himoyalash vositasida reklama maʼlumotlarini aks ettirish orqali bajarilgan reklama konstruksiyasidir. Markiza binoga mahkamlash elementlari, karkas va reklama-axborot maydonidan iborat boʻlib, yumshoq matoda yoki qattiq jismda bajarilishi mumkin. Markiza reklama-axborot maydoni chizilgan tasvir oʻlchamlari bilana aniqlanadi.
7. Vaqtincha reklama konstruksiyalari quyidagi turlarga boʻlinadi:
yoʻl toʻsiqlari pannosi — madaniy-maishiy, bayram yoki sport tadbirlarini oʻtkazish vaqtida sport trassalari, shahar yoʻllari boʻyida statsionar yoʻl toʻsiqlarida joylashtiriladigan reklama konstruksiyasidir. Reklama konstruksiyasi balandligi toʻsiq ustuni oʻlchamlaridan ortiq boʻlmasligi kerak. Reklama konstruksiyasi axborot maydoni hisob-kitoblar yordamida aniqlanadi.
katta hajmli konstruksiya — yirik elementlar koʻrinishidagi, notekis yuzalarga ega nostandart reklama konstruksiyasidir. Individual loyihalar boʻyicha amalga oshiriladi. Yirik-kenglik konstruksiyasining axborot maydoni hisob-kitoblar asosida aniqlanadi;
qurilish oʻrmonlari, yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlar va fasadlar pannosi — qurilish va rekonstruksiya jarayonida vaqtinchajoylashtiriladigan reklama konstruksiyasi;
mobil reklama konstruksiyasi — tashkilotlar koʻrsatayotgan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi va ushbu Qaror nizomlariga muvofiq foydalaniladigan koʻchma konstruksiya.
8. Tashqi reklama obyektlariga, shuningdek, maxsus ishlab chiqilmagan, lekin tashqi reklama joylashtirish (tarqatish) uchun ishlatiladigan (skameykalar, soyabonlar, chodirlar, kichik chakana savdo tarmoqlari punktlarida oʻrnatilgan toʻsiqlar, boshqa toʻsiqlar, binolar yuzasi va boshqalar) obyektlari, qurilish toʻrlari, doʻkon oynalari, jamoat transportida toʻxtash joylari, sharlar va boshqalar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu davlat hokimiyati organlari faoliyat koʻrsatadigan hududda tashqi reklama uchun joylashtirilishi mumkin boʻlgan boshqa obyektlarni (konstruksiyalarni) taqdim etishga haqlidir.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tashqi reklama yuridik yoki jismoniy (yakka tartibdagi tadbirkorlar) shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Respublika hududida oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) maʼmuriy hududdagi mavjud binolarning tashqi meʼmoriy koʻrinishiga mos kelishi kerak.
Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasiga muvofiq boʻlishi kerak.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
11. Tashqi reklama va uning vositalarining quyidagi holatlariga yoʻl qoʻyilmaydi:
muvofiq texnik holatda emasligiga, binoning (inshootning) meʼmoriy koʻrinishiga va hududdagi qurilish ishlariga salbiy taʼsir etilishiga;
yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari bilan oʻxshash koʻrinishga, tasvirga, ovoz effektiga ega boʻlmasligi, ularni koʻrishga taʼsir qilmasligi, shuningdek, yoʻllarda transport vositalari, piyoda yoki boshqa bir obyekt bor ekanligi toʻgʻrisida taassurot uygʻotmasligi va shu bilan harakat xavfsizligi darajasini pasayishiga;
texnik normativ-xuquqiy hujjatlar yoki qonunchilikdagi boshqa hujjatlar bilan belgilangan shovqinning mumkin boʻlgan darajalaridan oshish;
aholi uylari oynalariga bevosita yaqinlikda joylashish, xonadon egalari dam olishlariga xalaqit berishi, tashqi reklama oʻz yorugʻligi va aksi bilan isteʼmolchilarga ortiqcha noqulayliklar tugʻdirishi;
yoʻl-muhandislik inshootlarida tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatishda yoʻl-muhandislik inshootlari oʻtish yoʻllari qisqarishiga;
temir yoʻl liniyalari ajralgan joylarda, shuningdek, reklama hududi boʻlmagan maydonda oʻrnatilishi (joylashtirilishi);
avtomobil yoʻllari, koʻchalar, istirohat bogʻlari, xiyobon va piyodalar yoʻlagi yuzasida qurilish materiallari, boʻyoqlar, yoʻl chizmalaridan nomuvofiq foydalangan holda joylashtirilishiga;
tashqi reklama obyekt (konstruksiya)larini inshootlarga qotirish va shu orqali ularning mustahkamliliga zarar yetkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) va uning vositalarini oʻrnatish talablarini buzgan holda oʻrnatish.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) ularga reklama yoki axborot xabari yoki tasvirni joylashtirmasdan oʻrnatishga va foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-bob. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish
13. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
reklama joyining pasporti;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik xavfsizlik talablariga muvofiq oʻrnatilganligi haqida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli tashkilotning joriy yildagi xulosasi mavjud boʻlganda.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Transport vositalarining harakatlanish zonasida ish olib borishda, reklama konstruksiyasi egasi reklama konstruksiyasini oʻrnatish yoki demontaj qilishda yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari kerak.
14. Tashqi reklamani yoʻl chetidagi maxsus hududda oʻrnatishga ruxsat etiladi, bunda ajratuvchi yoʻlaklarda va yoʻl chetidan 1 metr va undan kam boʻlgan masofada joylashgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalar) haydovchi va piyodalar uchun koʻrishni cheklamasligi lozim.
Yoʻl chetida alohida turuvchi tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatishda, konstruksiya chetlari yoʻlning qatnov qismidan ortiq chiqmasligi kerak.
Avtomobil yoʻllari oraligʻida joylashgan tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) gorizontal uzunligi yoʻllar oraligʻidagi masofa uzunligidan oshmasligi kerak.
Reklama maydonining pastki chetidan yoʻl qoplamasi yuzasigacha boʻlgan masofa 5 metrdan kam boʻlmasligi va texnik vosita konstruksiyasi transport vositalari xaydovchilari uchun koʻrishni cheklamasligi lozim.
Quyidagi joylarga tashqi reklamaning alohida turgan obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish taqiqlanadi:
trolleybuslarning aloqa tarmoqlari mavjud boʻlganda, ularning yoʻlga chiqish qismiga;
qatnov qismida va piyodalar yoʻlakchalarida;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
yoʻl va koʻchalar chetlarida 5 metrdan past balandlikda;
bevosita tunnellarga kirish va chiqish joylari yonida va ulardan 5 metrdan yaqin boʻlmagan masofada.
15. Yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari ostida tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) va axborot maʼlumotlarini bino, inshoot yoki ularning majmuasida (tom, fasad, devorlar) oʻrnatish binolarning meʼmoriy elementlariga, meʼmoriy yechimlariga, shaharsozlik va ushbu binolarning mulkdorlariga ziyon yetkazmasdan amalga oshirilishi, ularning barcha huquq va qonuniy manfaatlarini buzmasligi, aholining toʻlaqonli yashash muhiti, tarixiy va madaniy merosi va meʼmoriy landshaftini saqlash va shakllantirishga hissa qoʻshishi kerak.
Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) binolar, konstruksiyalar va konstruksiyalarning tashqi devorlariga yoki tomlariga joylashtirishda ushbu obyektlarning asosiy konstruksiyalari elementlari texnik holatini hisobga olish kerak.
Binolar, konstruksiyalar, yoki ularning majmualari (tom, fasad, devorlar) yuzasiga tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish joriy davrda ushbu obyektlarni oʻz balansida saqlovchi shaxs bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) bozor (savdo markazlari) va savdo maydonlari, shuningdek, boshqa muassasalarning ochiq hududlarida oʻrnatish ushbu Nizom talablariga muvofiq konstruksiya egasi va ularning balans boʻyicha egalari bilan oʻzaro kelishuvi orqali amalga oshiriladi.
17. Reklama konstruksiyasini oʻrnatish (montaj qilish), undan foydalanish va olib tashlash boʻyicha ishlar konstruksiya egasi tomonidan yer uchastkasi, bino va boshqa mulkning mulkdori (balansda saqlovchisi) yoxud ushbu mulk egasi tomonidan vakolatlangan shaxs bilan, elektr taʼminoti tarmoqlariga ulanganda esa qoʻriqlanadigan zona hududida elektr taʼminoti liniyalari va tashqi yoritish tarmoqlari uskunalaridan foydalanuvchi tashkilot bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
18. Reklama obyekti egasining reklamasi hisoblanmaydigan, bozorlar (savdo markazlari), yoqilgʻi quyish shoxobchalari, chakana savdo doʻkonlarida va boshqa obyektlarda oʻrnatilgan va shahar muhitiga qaratilgan reklama bezaklari tashqi reklama hisoblanadi va mazkur Nizomga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.
19. Oʻlchami 500 kv. santimetrdan kam boʻlgan tashqi reklama uchun haq undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
3-bob. Koʻpriklar va yoʻl oʻtkazmalari panjaralarida reklamani joylashtirish
21. Reklama koʻpriklar va yoʻl oʻtkazmalari panjaralarida reklama egasi bilan kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagi tarzda joylashtiriladi:
bir necha qismga (ustun oraligʻi) ega koʻpriklarda qismlarning uzunligi 15 metrdan oshmasa, reklama bitta qism (ustun oraligʻi) — bitta reklama qoidasi boʻyicha joylashtiriladi, bunda reklama konstruksiyasining uzunligi koʻprik qismi uzunligining 2/3 boʻlimini tashkil qilishi lozim;
ustun oraligʻining uzunligi 15 metrdan ortiq boʻlgan koʻpriklarda ikkita reklama konstruksiyasi joylashtirilishi mumkin, bunda koʻprikning uzunligi 7 qismga boʻlinadi, koʻprik chetidan reklama konstruksiyasigacha boʻlgan va reklama konstruksiyalari oʻrtasidagi oraliq ustun oraligʻi uzunligining 1/7 qismiga teng boʻlishi, ikkita reklama qoplamasining uzunligi koʻprik uzunligidan 2/7 qismicha boʻlishi kerak;
ikki harakatlanish yuli ustida, ustunlarni tutashtiruvchi yagona birikmaga ega boʻlgan koʻpriklarda, konstruksiya uzunligi ikkala boʻlak boʻylab masofa ruxsat etilsa, koʻprikning yarmiga teng boʻlishi kerak, bunda konstruksiyaning kengligi konstruksiyaning yuqori qismidagi koʻprikning relsidan oshmasligi kerak va koʻprikning tuzilishidan past boʻlmasligi kerak. Reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) kengligi koʻprikning tuzilishidan past boʻlishi va toʻsiqdan 0,1 — 0,3 metrdan oshmasligi kerak.
22. Agar transport harakati yoʻnalishi boʻyicha koʻprik panjarasida yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatilgan boʻlsa, reklama faqat qarama-qarshi harakat yoʻnalishi ustida joylashtiriladi.
Agar transport harakati yoʻnalishi boʻyicha koʻprik panjarasida yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatilmasa, unda reklama konstruksiyasi joylashtirilishi mumkin.
23. Agar Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXB tomonidan reklama konstruksiyalari joylashtirilgan koʻpriklar va yoʻl oʻtkazmalari panjaralarida yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, mazkur joyda ilgari oʻrnatilgan reklama qurilmalari olib tashlanadi.
Konstruksiyalarni demontaj qilish inshoot egasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, barcha harajatlar tashqi reklama vositasi (konstruksiyasi) egasiga belgilangan tartibda kompensatsiya qilib beriladi.
24. Koʻpriklar va yoʻl oʻtkazmalari panjaralarida oʻrnatilgan reklama konstruksiyalarining metall qismi teskari tomonidan muhofazalangan va koʻprik konstruksiyasi rangiga mos holda boʻyalgan, shuningdek, reklama qoplamasi birikkan joyni yopib turuvchi hoshiyaga ega boʻlishi kerak.
4-bob. Osma axborot va reklama vositalarini joylashtirish
25. Osma vosita sim arqonli moslama va bevosita reklama maydonidan iborat. Sim arqonlar ustunlarga yoki osma vosita uchun maxsus oʻrnatilgan mahkamlashning texnik imkoniyatiga ega bino va inshootlarga mahkamlanadi. Osma vositalar shahar yoritish tarmogʻi ustunlariga ulanmaydi.
Osma vositalar yoritiladigan hamda yumshoq asosli materialdan tayyorlangan yoritilmaydigan turlarga boʻlinadi.
Yoritiladigan osma vositalar konstruksiyasi elektr tarmoqlarida avariyaviy uzilish qurilmasiga ega boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
27. Yoʻl ustiga osma transparantlar oʻrnatishga ruxsat etilmaydi.
28. Shahar elektr transporti harakati tashkil etilgan koʻchalarga osma transparantlarni joylashtirish elektr tarmoqlaridan foydalanish xavfsizligining barcha meʼyorlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Ular elektr tarmoqlaridan foydalanish xavfsizligi toʻgʻrisidagi tartibda qayd etilgan balandlikda oʻrnatilishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
5-bob. Koʻrsatkichlarni joylashtirish
30. Koʻrsatkichlar koʻrinishidagi reklama vositalari — faqat yuridik yoki jismoniy shaxs haqida axborot berishi, yaʼni, ushbu korxonaning emblemasi yoki firma belgisini, nomini va mazkur tashkilot joylashgan manzilini aks ettirishi mumkin. Korxona, mahsulot yoki xizmatlar toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarning mavjudligi tashqi reklama hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Reklama koʻrsatkichlari reklama joyi pasporti olingandan soʻng oʻrnatiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
32. Koʻrsatkichlar yuridik va jismoniy shaxslar joylashgan joyni aks ettirish uchun ularning joylashgan joyidan 500 metrgacha masofaga oʻrnatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
36. Koʻrsatkichning yoʻl qatnov qismiga yaqin qirrasi yoʻlning qatnov qismiga chiqmasligi kerak.
6-bob. Aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarning axborot va reklama vositalarini joylashtirish
37. Aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarning axborot vositalariga korxonalar va boshqa tashkilotlardagi kronshteyn va peshlavhalar, ularda korxonaning nomi va mulkchilik shakli, idoraviy boʻysunishi yoki faoliyat turi boʻyicha maʼlumotlar aks ettiriladi.
Aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarning axborot va reklama vositalari quyidagi turlarga ajratiladi:
peshlavhalar;
axborot vositalari (axborot konstruksiyalari).
38. Barcha turdagi peshlavha va kronshteynlar bevosita korxona joylashgan bino ustiga yoki unga tutashgan va tegishli hududlarda joylashtiriladi.
Peshlavhalar yassi element, tom qurilmasi koʻrinishida (agar bino butunlay mazkur korxonaga tegishli boʻlsa) bajarilgan boʻlishi yoki kronshteyn koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Sutkaning qorongʻi vaqtida peshlavhalar yoritilishi mumkin.
Peshlavhaning oʻlchami binoning mazkur peshlavha oʻrnatiladigan tomoni maydonining 5 foizidan katta boʻlishi mumkin emas.
Binoning old tomoniga joylashtirilgan peshlavha va (yoki) kronshteynlarda korxonaning faoliyat sohasini ochib beruvchi matn va uning oʻz nomlanishi aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hajmi 1 kv. metrgacha boʻlgan peshlavhalar tashqi reklama obyekti hisoblanmaydi.
(38-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
39. Axborot peshlavhalari tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchi) toʻgʻrisidagi axborotni isteʼmolchining eʼtiboriga yetkazish uchun moʻljallangan.
Xizmat koʻrsatish sohasining har bir korxonasi aholi kirish joylarining soniga muvofiq bitta yoki bir nechta axborot peshlavhasiga ega boʻlishi mumkin.
Peshlavhada faqat korxona toʻgʻrisidagi quyidagi axborotlar koʻrsatilishi mumkin:
korxonaning qayd etilgan (yuridik) nomlanishi;
uning joylashgan joyi;
korxonaning ish tartibi.
Axborot peshlavhalari binoning devorida korxonaga kirish joyi yonida yoki kirish eshigida tashrif buyuruvchilarga qulay tarzda joylashtirilishi mumkin.
Axborot peshlavhasining hajmi 1,0 kv. metrdan oshmasligi kerak.
40. Vitrinalarda joylashtiriladigan axborot — xizmat koʻrsatish sohasi korxonasining vitrinasida qayd etmasdan turib, tovar mahsulotlarining namunalarini, shuningdek, tarkibida boshqa firmalarning savdo markalari, nomlari, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari boʻlmagan quyidagi axborotni joylashtirishga ruxsat etiladi:
ushbu korxona sotadigan tovarlar va koʻrsatadigan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumot;
korxonaning oʻziga xos yoki firma nomi (peshlavha mavjud boʻlsa), uning qayd etilgan tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari;
korxona faoliyatining yoʻnalishini ochib beruvchi va uning firma nomiga mos keladigan tasviriy elementlar;
dekorativ bezak elementlari;
davlat va shahar bayramlari munosabati bilan majburiy tartibda joylashtiriladigan bayram bezaklari.
41. Umumiy ovqatlanish korxonalarining axboroti — umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar bilan isteʼmolchilarni tanishtirishga moʻljallangan majburiy axborot: menyu, preyskurantlar, xizmat koʻrsatish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar binoning ichkarisida yoki old devorida joylashtiriladi, hajmi 2 kv. metrdan oshmasligi kerak.
42. Korxonalar, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlarning axborot vositalari — manba sifatida yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarning oʻzlari tomonidan oʻzlariga tegishli axborot vositalarida tarqatadigan axborot.
Bunda, vositaning oʻlchami 2 kv. metrdan oshmasligi lozim.
Boshqa foto va matnli maʼlumotlar, oʻzga tovar belgilarining yoki logotiplarning mavjudligi reklama sifatida koʻriladi, bu holda reklama joyining pasporti rasmiylashtiriladi va tegishli yigʻimlar undiriladi.
43. Vakolatxona va distribyutorlar tomonidan oʻzlari joylashgan manzil boʻyicha tarqatiladigan oʻz faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot (faqat umumiy maʼlumotlar: kim ekanligi, faoliyat yoʻnalishi, rekvizitlar, tovar belgilari va ishlab chiqariladigan tovarlar (koʻrsatiladigan xizmatlar) roʻyxatining mavjudligi reklama sifatida baholanadi) reklama hisoblanmaydi, uning uchun haq olinmaydi va u mazkur Nizomga muvofiq rasmiylashtirishni talab etmaydi. Biroq, agar savdo belgilari va ishlab chiqarilgan mahsulotlar (koʻrsatilgan xizmatlar) roʻyxati boʻlsa, shuningdek, agar rasmiylashtirilgan axborot xajmi 2 kv. metrdan oshsa, u reklama sifatida belgilanadi.
7-bob. Reklama-axborot belgilarini joylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
8-bob. Hajmli-fazoviy konstruksiyalarni joylashtirish
45. Hajmli-fazoviy konstruksiyalardan konstruksiyaning ham hajmi, ham yuzasidan foydalangan holda reklama axborotini tarqatish uchun foydalaniladi.
Ular yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha bajariladi va har bir alohida holatda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Bunday turdagi konstruksiyalar va ularni joylashtirish shitli qurilmalarni oʻrnatish uchun qoʻyiladigan talablarga (ular bilan bogʻliq boʻlgan hollarda) muvofiq amalga oshiriladi.
46. Hajmli-fazoviy konstruksiyalarda tashqi reklamani joylashtirishga ruxsatnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9-bob. Bayroqli kompozitsiya va soyabonlarni joylashtirish
47. Bayroqli kompozitsiya — asos va bir yoki bir nechta flagshtok (ustuncha) hamda yumshoq matodan iborat reklama konstruksiyasi.
48. Bayroqning axborot yuzasi maydoni matoning ikkala tomoni yuzasi bilan belgilanadi.
Soyabonning axborot yuzasi maydoni uning bitta tomoni yuzasi bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
10-bob. Tom usti konstruksiyalarini joylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
50. Tom ustidagi (tom usti konstruksiyalari) tashqi reklama obyektlarining balandligi bino umumiy balandligining 1/3 qismidan oshmasligi va elektr taʼminoti tarmogʻidan favqulodda uzilish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
51. Binolarda oʻrnatilgan tom usti qurilmalari axborot yuzasi maydonining toʻlov summasini hisoblashda butun konstruksiyaning tashqi gabarit oʻlchamlari boʻyicha aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Konstruksiya oʻrnatilgan joyning ijarasi binoning balans egasi bilan alohida kelishuv boʻyicha amalga oshiriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari reklama tarqatuvchi bilan binoni balans egasi oʻrtasidagi munosabatlarga aralashishga haqli emas.
(51-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
11-bob. Binolar devorlarining yuzasida devoriy reklama konstruksiyalarini quyidagi koʻrinishda joylashtirish
53. Binolar devorlarining yuzasida devoriy reklama konstruksiyalarini joylashtirish quyidagi koʻrinishda amalga oshiriladi:
bevosita devor yuzasiga tushirilgan tasvir (axborot yuzasi);
devorga mahkamlash elementlari, karkas va axborot yuzasidan iborat konstruksiya.
54. Devoriy pannolar individual loyihalarga muvofiq amalga oshiriladi. Devorga mahkamlanuvchi qismlarga ega devoriy pannolar uchun foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida majburiy tartibda konstruksiyani mahkamlash loyihasi ishlab chiqiladi.
Devoriy panno axborot yuzasining maydoni axborot yuzasi karkasining kattaligi bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
12-bob. Vitrajlar va proyeksiyali konstruksiyalarni joylashtirish
56. Reklama axboroti vitraj oynasining ichki tomonidan yoki oʻzi yelimlanadigan plyonka ishlatilsa, tashqi tomondan joylashtiriladi.
57. Xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarining vitrajlarida korxonaning faoliyat yoʻnalishiga mos boʻlmagan reklama bezaklarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda ushbu bezaklar vitraj maydonining koʻpi bilan 20 foizini egallashi mumkin. Reklama bezaklari 20 foizdan koʻp boʻlgan taqdirda, reklama deb hisoblanadi va oʻrnatilgan tartibda pasportlashtirilishi shart.
Vitraj axborot yuzasining maydoni vitrinaning shaffof yuzasiga tushirilgan tasvirlarning kattaligi, shuningdek, vitrina ichida joylashtirilgan hajmli konstruksiyalarning kattaligi bilan belgilanadi.
58. Proyeksiyali qurilmalarning konstruksiyalari proyeksiyalovchi qurilma va axborot tasviri shakllanadigan yuza (ekran) yoki hajmdan iborat.
59. Yassi tasvirlar uchun axborot yuzasining maydoni proyeksiya tushayotgan yuzaning kattaligi, hajmiy tasvirlar uchun esa hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi.
Axborot yuzasining maydoni nur tarqatuvchi yuzaning kattaligi bilan belgilanadi.
Bunday turdagi konstruksiyalar va ularni joylashtirish qoidalariga alohida turgan shitli qurilmalarga nisbatan qoʻyiladigan talablar ularga doir qismida amal qiladi.
60. Markiz axborot maydonining yuzasi tasvir tushirilgan qismining kattaligi bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
13-bob. Shahar mebel obyektlarida (toʻxtash majmualari, tumbalar, taksofonlarda) reklamani joylashtirish
63. Reklama tashuvchilar bilan birlashtirilgan koʻcha mebel elementlari deb umumiy reklama panellari bilan jihozlangan shahar yoʻlovchi transportini kutish pavilyonlari, shahar yoʻlovchi transporti toʻxtash joylarining koʻrsatkichlari, koʻcha oʻrindiqlari, axlat qutilari, koʻcha soatlari, taksofon kabinalari, yoʻlovchi harakatini toʻsuvchi elementlar tushuniladi.
Avtobus toʻxtash bekatlari loyihasiga qarab, bir yoki bir nechta reklama panellari bilan jixozlanishi mumkin. Shuningdek, reklama orqali bezatishga yoʻl qoʻyiladi.
Avtobus toʻxtash bekatlarining yopiq oyna bilan toʻsilgan yuziga, yoʻl qatnov qismiga qaragan joyga reklamani joylashtirish taqiqlanadi.
64. Reklama panellari bilan jihozlangan shahar yoʻlovchi transportini kutish pavilyonlari majburiy tartibda oʻrindiq va shahar axborot lavhalari bilan majmuada, oʻrnatish ishlari yakunlangandan soʻng arizachi tomonidan pavilyonga tutashgan hududni obodonlashtirish boʻyicha talablarga rioya etilgan holda oʻrnatilishi kerak.
65. Reklama tashuvchilar bilan birlashtirilgan koʻcha mebel elementlari, yoritish elementlari tashqi yoritish, elektr taʼminlash tarmogʻiga qoʻshilgan taqdirda, elektr taʼminoti masalalari va foydalanilgan elektr quvvati uchun toʻlov masalalari tashqi yoritish tarmogʻining elektr taʼminoti liniyalari (VL va KL) muhofaza zonasiga qoʻyilgan barcha talablarga rioya etilganda, elektr taʼminoti korxonalari bilan kelishilsagina yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
14-bob. Tashqi reklama va axborotning mobil obyektlari
67. Shaharda korxonalarning ish soatlarida joylashtiradigan tashqi reklama va axborotning vaqtincha obyektlari, jismoniy shaxslar tomonidan texnik vositalarni ishlatmasdan koʻchiriladi:
oʻz yoritgichiga ega boʻlmasligi lozim;
umumiy maydoni 2 kv. metr, balandligi 1 metrdan oshmasligi kerak;
reklama qilinayotgan obyekt joylashgan binoning old devoridan 1,5 metrgacha masofada joylashtirilib, yoʻlovchilarga xalaqit bermasligi va oʻtish joylarini toʻsib qoʻymasligi kerak;
yoʻlaklarda va koʻrishga toʻsqinlik qiluvchi joylarda oʻrnatilmasligi kerak;
yoʻlning qatnov qismidan 5 metrdan kam boʻlmagan masofada joylashtirilishi kerak.
68. Lotoklar, aravachalar, kiosklar va soyabonlarda reklama — chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining ishlash vaqtida lotoklar, aravachalar, kiosklar va soyabonlarda oʻrnatiladigan tashqi reklamaning vaqtincha vositalari, lotoklar, aravachalar, kiosklar va soyabonlarning ayrim qismlarini plyonkali yoki boʻyoq materiallari bilan qoplamasidan iborat. Axborot yuzasining maydoni chizilgan tasvirning kattaligi bilan belgilanadi.
69. Qurilish va chakana (koʻcha) savdosi (yozgi kafelar, koʻrgazmalar, savdo maydonlari va qurilgan maydonchalarining toʻsiqlari) obyektlarining vaqtincha toʻsiqlaridagi, shuningdek, boshqa vaqtincha toʻsiqlardagi reklama ushbu obyektlarning badiiy bezagini taʼminlashi lozim.
Ushbu obyektlarni alohida qalqonlar, yumshoq bezak yoki uzluksiz lenta bilan bezash tavsiya etiladi.
70. Shitli konstruksiyalar qoʻllanganda, ularning balandligi toʻsiqning tayanch elementlari balandligining 1/2 qismidan oshib ketmasligi kerak.
Qurilish maydonchasida inshootlar (bino qayta taʼmirlanganda qurilish havozalari, maishiy xonalar, projektorlar uchun machtalar, kranlar va boshqalar), shuningdek, toʻsuvchi tur mavjud boʻlsa, mazkur Nizomda nazarda tutilgan tashqi reklamaning boshqa obyektlarini joylashtirish mumkin.
71. Qurilish toʻsiqlarining har qanday turidagi reklama — qurilish obyektlarini chegaralovchi turlar va toʻsiqlarning boshqa turlaridagi tasvir koʻrinishida tashqi reklama obyektlari. Bunday toʻsiqlarda reklama qurilish yoki taʼmirlash-tiklash ishlariga ruxsatnoma mavjud boʻlsa, uning amal qilish muddati davomida binoning tashqi tomonida (old tomonida) qurilish va tiklash ishlari bajarilayotganda joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(71-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
15-bob. Reklama atributlarini joylashtirish
72. Reklama atributlariga donasining oʻlchami 0,2 kv. metrdan katta boʻlmagan har xil turdagi reklama mahsulotlari (breloklar, soyabonlar (faqat vaqtincha oʻrnatiladiganlari), chiqindi tashlash idishlari (urnalar), oʻrindiqlar, kuldonlar, kanselyariya anjomlari, taqvimlar, maykalar, maxsus kiyimlar, nishonlar, idishlar, shuningdek, suvenirlar va firmalar bayroqlari) kiradi;
Reklama atributlari savdo shaxobchalarini va idoralarni bezashda firma va tovarlar haqida axborot tashuvchi sifatida foydalaniladi.
Reklama atributlari korxona egasi tomonidan mustaqil ravishda joylashtirilishi mumkin. Ulardan tashda reklama vositalarini joylashtirish tarifi boʻyicha haq olinmaydi. Bunda reklama egasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻrnatilgan talablarning bajarilishiga javobgar boʻladi;
Xizmat koʻrsatish shaxobchalarini tashqi bezatishning boshqa barcha turlari, jumladan, donasining oʻlchami 0,2 kv. metrdan katta boʻlgan suvenirlar va firmalar bayroqlari, yorituvchi idishlar, boʻyash va firmali bezash tashqi reklama hisoblanadi.
16-bob. Teatr va konsert afishalari, ommaviy madaniy, sport va boshqa yoʻnalishdagi tadbirlar eʼlonlarini joylashtirish
73. Teatr va konsert plakatlari, madaniy tadbirlar, sport va boshqa tadbirlar, turli reklama aksiyalari uchun tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Umumiy maydoni 2 kv. metrdan kam boʻlgan teatr va konsert plakatlari tashqi reklama joylashtirish uchun toʻlovlardan ozod etiladi.
74. Tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga) joylashtirilgan teatr va konsert plakatlari, madaniy tadbirlar, sport va boshqa tadbirlar, turli xil reklama eʼlonlarlari tashqi reklama hisoblanadi.
Teatr va konsert plakatlari, eʼlonlarning tashqi koʻrinishi, estetik dizayni va mazmuni belgilangan talablariga muvofiqligi uchun javobgarlik madaniy tadbirlar egalariga (tashkilotchilariga) yuklanadi.
75. Oʻrnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) ushbu Nizom talablariga muvofiq ravishda bajarilmasa, konstruksiyalar tashqarisida joylashtirilgan plakatlar va eʼlonlar noqonuniy hisoblanadi va belgilangan tartibda demontaj qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
76. Noqonuniy joylashtirilgan reklamalarni demontaj qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar ularning egalari hisobidan qoplanadi.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17-bob. Yer uchastkalarida joylashtiriladigan tashqi reklama va axborot obyektlariga (konstruksiyalariga) qoʻyilgan talablar
(17-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
77. Tashqi reklama vositalari reklama konstruksiyalarining texnik holati va dizayniga nisbatan qoʻyiladigan talablarga muvofiq oʻrnatiladi.
78. Yer osti poydevorlarining balandligi 50 santimetrdan oshmasligi kerak, suvoqlangan va joylashuvning asosiy elementlariga mos keladigan rangda boʻyalgan boʻlishi kerak.
79. Agar poydevor piyodalar yoʻliga, piyodalar oʻtish joyiga toʻgʻri keladigan boʻlsa va poydevor sugʻorish idishlari ustiga qoʻyilgan boʻlsa, poydevor qoʻyish taqiqlanadi.
80. Qisman chuqurlashtirilgan poydevorning 40 santimetrdan ortiq chuqurlikdagi qismi tuproq poydevoriga qoʻyiladigan talablarga muvofiq qayta ishlanishi kerak.
81. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi):
texnik bosim xavfsizligining yuqori darajasini hamda shamol bosimi va foydalanishda yetarlicha turgʻunlikni taʼminlovchi materiallardan tayyorlanishi lozim;
Oldingi tahrirga qarang.
loyiha hujjatlari va konstruksiyaning qurilish meʼyorlari va qoidalari hamda boshqa normativ hujjatlarga muvofiq oʻrnatilganligi haqida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli tashkilotning joriy yildagi xulosasi mavjud boʻlishi kerak.
(81-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
82. Qurilish obyektining ustuni:
reklama konstruksiyasining ustuni “0” belgisidan reklama maydonigacha kamida 5,0 metr balandlikka ega boʻlishi lozim, bunda reklama qurilmasining tuzilishi transport vositalari haydovchilariga zarur koʻrish sathini taʼminlashi kerak;
reklama konstruksiyasining ustunlari qoʻshimcha tirgaklarga yoki tortib bogʻlanuvchilarga ega boʻlmasligi kerak;
reklama konstruksiyasining ustuni tashqi koʻrinishini yomonlashtiruvchi elementlarga (payvandlash choklari, zang, shikastlarga) ega boʻlmasligi kerak.
83. Reklama konstruksiyasini mahkamlashning tashqi elementlari himoya qoplamasi bilan yopilgan va poydevor rangiga mos holda boʻyalgan boʻlishi kerak.
84. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) reklama maydoniga quyidagi talablar qoʻyiladi:
reklama maydoni oʻlchamlari reklama joyining pasportida koʻrsatilgan oʻlchamlarga qatʼiy muvofiq boʻlishi kerak;
konstruksiyaning reklama maydoni tomonlari oʻrtasida tirqishsiz, reklama qoplamasini mahkamlash elementlari koʻrinishini istisno qiluvchi hoshiya ramkasiga ega boʻlishi kerak;
bir tomonli konstruksiya estetik tashqi koʻrinishni taʼminlovchi konstruksiya ort qismining metall qoplamasiga ega boʻlishi kerak;
bogʻichlarning ilmoqlari reklama maydonidan tashqariga chiqmasligi kerak;
reklama konstruksiyasi egalarining logotipi, nomi va bogʻlanish telefonlari yozilgan lavhachaga ega boʻlishi kerak;
reklama konstruksiyasi yoritmaga ega boʻlishi kerak;
oʻrnatiladigan yoritma uy-joylarning derazalariga bevosita yaqin joylashmasligi, istiqomat qiluvchilarning toʻlaqonli dam olishiga xalaqit bermasligi, yoʻl harakati ishtirokchilarini yorugʻlik, jumladan, akslangan yorugʻlik bilan qamashtirmasligi lozim;
tashqi reklama obyektlarini yoritish uchun sanoatda ishlab chiqarilgan, elektr va yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi yorugʻlik asboblari ishlatilishi lozim. Yorugʻlik asbobining birikmasi uni reklama konstruksiyasi bilan ishonchli ulanishini taʼminlab, shamol, qor bosimini, tebranish va zarbali taʼsirlarni koʻtarishi lozim;
tashqi reklama obyektlarini joylashtirish yoʻlovchilarga, koʻcha va yoʻlovchi yoʻlaklarini tozalashga toʻsqinlik qilmasligi lozim;
shovqin, tebranish, kuchli yorugʻlik, elektromagnit va boshqa nurlanish va maydonlarning manbasi boʻlgan tashqi reklama obyektlarini uy-joylarga yaqin oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
85. Tarkibida elektrotexnika va yorugʻlik texnikasi uskunasi mavjud har bir yer usti tashqi reklama vositasi elektr qurilmalari Qoidalari talablariga muvofiq bajarilgan yerga ulangan qurilmaga ega boʻlishi kerak. Mazkur yerga ulangan qurilma, uning davriy sinovlari alohida hujjatda qayd etilib, reklama vositasi egasida saqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
18-bob. Yer uchastkalarida joylashtiriladigan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish talablari
(18-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
86. Xoch shaklidagi chorrahalarda mustaqil oʻrnatiladigan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalar) soni (har bir burchakda 1 tadan) 4 donadan hamda bir xil katta formatdan (18 m2 gacha) oshmasligi kerak.
T shaklidagi chorrahalarda mustaqil oʻrnatiladigan tashqi reklama obyektlar (konstruksiyalar) soni (har bir burchakada 1 tadan va paralel ravishda qarshi koʻchada 1 tadan) 4 donadan hamda bir xil katta formatdan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Nostandart shakldagi chorrahalarda mavjud joylashtirilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida aniqlanadi.
(86-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Bunda tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari)ni yopib qoʻymasligi va kuzatuv kameralarini ishlashi uchun halaqit bermasligi hamda asosiy yoʻlga chiqishi taʼqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
87. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) orasidagi masofalar normativlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
91. Transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan yer boʻlagi yoxud sunʼiy inshoot yuzasi chetida joylashtirlgan barcha tashqi reklama obyektlar (konstruksiyalar) yoʻlning relssiz transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qatnov qismiga chiqishi taʼqiqlanadi.
19-bob. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) egasining huquq va majburiyatlari
92. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) egasi “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tartibga solinadigan huquqlarga ega, shuningdek:
reklama toʻgʻrisida shartnoma tuzish haqida ommaviy oferta berish;
reklama materiallarini taqdim etish hajmi va shakllarini mustaqil ravishda aniqlash;
qonunchilikda belgilangan tartibda reklama joylashtirishga ruxsat rad etilishi ustidan shikoyat kilish;
tijorat reklamasini joylashtirishga buyurtma boʻlmagan taqdirda, belgilangan tartibda ijtimoiy reklama joylashtirish.
93. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) egasi:
tashqi reklama joylashtirish uchun barcha harakatlarni “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va ushbu Nizom talablariga qatʼiy muvofiq ravishda bajarishi;
reklama vositalarini faqat reklama joyi pasporti asosida joylashtirishi;
ushbu Nizom talablariga javob bermaydigan tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga) berilgan pasportlar, guvohnomalar, sertifikatlar, ruxsatnomalar va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlari belgilangan tartibida bekor qilingan taqdirda, shu jumladan qalbaki hujjatlardan foydalangan holda tashqi reklama obyektini (konstruksiyasini) oʻz hisobidan demontaj qilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
keyinchalik reklamani joylashtirishdan voz kechilgan taqdirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarini bu toʻgʻrida xabardor qilishi va reklamani joylashtirishning toʻlangan muddati tugagunga qadar reklama vositasini olib tashlashi;
(93-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
reklama konstruksiyasi yoki reklama qoplamalarining tashqi koʻrinishi yomonlashgan taqdirda, xabar qilingandan soʻng 3 sutkadan kechiktirmagan holda tiklash ishlarini oʻtkazishi;
reklama vositalaridagi reklama qoplamalarining koʻrinishini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirmasligi;
tasdiqlangan eskiz, joylashtirish sxemasi va reklama joyining pasportiga muvofiq qatʼiy ravishda ajratilgan reklama joyidan foydalanish va reklama vositasini oʻrnatishi lozim.
20-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
94. Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun berilgan reklama joyining pasporti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan quyidagi hollarda bekor qilinadi:
tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamentida nazarda tutilgan talablarga nomuvofiq boʻlganda;
reklama tarqatishdan boshqa maqsadda foydalanilganda;
reklama joyining pasporti berilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida oʻrnatilmaganda;
tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasiga nomuvofiq boʻlganda;
moddiy madaniy meros obyektlariga, yoʻl belgilariga va svetoforlarga, ularning tirgaklariga yoki harakatni tartibga solish uchun moʻljallangan boshqa har qanday qurilmaga, shuningdek, tutash hududdagi obodonlashtirish elementlarini buzgan holda hamda yoʻlning qatnov qismiga chiqarib oʻrnatilganda;
oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda;
reklama joyi pasporti egasining pasportni va tuzilgan shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi mavjud boʻlganda;
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.
Reklama joyi pasporti bekor qilingan taqdirda, reklama joyining pasportida koʻrsatilgan, davlat mulki boʻlgan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatishga boʻlgan huquq yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksionda sotuvga qoʻyiladi.
(94-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan birinchi — oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) egasi qarordan rozi boʻlmagan taqdirda, sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Tashqi reklama obyektini (konstruksiyasini) qurish huquqini (pasportini) asossiz bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(95-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
97. Tashqi reklamaning hisobi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan elektron tizim orqali yuritiladi.
(97-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(98-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
99. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(99-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qaroriga
5-ILOVA
Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining
UMUMIY TEXNIK REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur reglament tashqi reklama obyektlari (qurilmalari) xavfsizligining texnik reglamenti talablariga rioya etilishini taʼminlash tartibini belgilab beradi va tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) loyihalash, ishlab chiqarish, joylashtirish, oʻrnatish, toʻgʻrilash, foydalanish, texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash, modernizatsiyalash, utilizatsiya qilish munosabatlarini tartibga soladi va ularning oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini baholaydi.
2. Ushbu Reglament quyidagilarga amal qiladi:
ishlab chiqarilgan davlatidan qatʼiy nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻrnatiladigan: yerda, tashqi devorlarda, tomlarda, bino, qurilish va inshootlarning tashqi tomonlarida va konstruktiv elementlarida, shuningdek, bino, qurilish, inshootlardan tashqarida joylashgan tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga);
bino va inshootlarning funksional belgilariga hamda tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga);
xavfsizlik talablariga zid kelmaydigan texnologik jarayonlar xavfsizlik talablarini taʼminlash qismida yerda, tashqi devorlarda, tomlarda, bino, qurilish va inshootlarning tashqi tomonlarida va konstruktiv elementlarida joylashgan, tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatishda, toʻgʻrilashda, taʼmirlashda yuzaga keladigan munosabatlarga.
3. Ushbu Reglament quyidagilarga xavfsizlikning minimal shartlarini belgilaydi:
ushbu Reglamentning 2-bandida keltirilgan tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga), shuningdek:
mexanik xavfsizlik talablari;
inson salomatligi uchun bino, qurilish va inshootlar tashqarisida harakatlanish va faoliyat yuritishning xavfsizlik shartlari talablari;
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) utilizatsiya qilish jarayonida atrof-muhitga xavfsiz taʼsiri talablari;
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) oʻz xavfsizligini taʼminlash va ularni joylashtirish, oʻrnatish, tuzatish, maʼlum hududda, shuningdek, bino, qurilish va inshootlarda foydalanish xususiyatlari bilan bogʻliq hududiy joylashtirish talablari.
4. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) — tijorat va ijtimoiy reklamalarni tarqatish uchun moʻljallangan bino, qurilish va inshootlar tashqi devorlariga, tomlariga va boshqa qismlariga yoki ulardan tashqarida oʻrnatiladigan va joylashtiriladigan, alohida turadigan hamda reklama qilinayotgan obyektlarga borish yoʻllari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi shitli qurilmalar, stendlar, tumba, kronshteynli panellar, devor pannolari (brandmauerlari), choʻziladigan (tortib bogʻlanadigan) bannerlar, elektron panellar (videoekranlar), proyektli, lazerli va boshqa texnik vositalar. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) kapital qurilish obyektlari boʻlib hisoblanmaydi;
reklama yuzasi (maydoni) — reklamani tarqatish (joylashtirish) uchun moʻljallangan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) yuzasi, shuningdek, tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) texnik pasporti boʻyicha oʻrnatilgan konstruksiyalar maydoni doiralaridan chetga chiquvchi oʻrnatilgan yuzalar;
tashqi reklama obyektlarida (konstruksiyalarida) elektr qurilmasi (keyingi oʻrinlarda elektr qurilmasi deb ataladi) — tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) bilan oʻzaro mos keluvchi istalgan elektr qurilmasi;
foydalanish uchun masʼul — foydalanish hujjatlari, shuningdek, tashqi reklama obyektlaridan (konstruksiyalaridan) foydalanishda texnik xavfsizlik talablari bajarilishiga masʼul boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
loyihalash hujjatlari — grafikli va matnli hujjatlar boʻlib, alohida yoki birgalikda tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) tarkibi va tuzilmalarini belgilab beradi va ularni ishlab chiqish yoki tayyorlash, nazorat qilish, foydalanish va taʼmirlash uchun zarur boʻlgan, shuningdek, tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) tayyorlashdan utilizatsiya qilish vaqtigacha boʻlgan davrda ularni xavfsizligini taʼminlash imkonini beruvchi chizmalar va hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli organ — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari;
(4-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) egasi — tashqi reklama joyi pasporti rasmiylashtirilgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
tashqi reklama obyektilarining (konstruksiyalarining) texnik pasporti — reklama qurilmasi identifikatsiyasi va uning texnik xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat hujjat.
5. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) shunday xususiyatlarga ega boʻlishi kerakki, undan foydalanishda insonlar hayotiga, sogʻligiga va ularning mol-mulkiga, shuningdek atrof-muhitga xavf tugʻdirmasligi kerak.
6. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) xizmat davri mobaynida mexanik barqaror va chidamli boʻlishi kerak.
2-bob. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligini taʼminlovchi loyihalash va ishlab chiqarish talablari
7. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) loyihalarini ishlab chiquvchi loyihalash davomida ishlab chiqilayotgan buyumning mustahkamlilik va boshqa xususiyatlariga taʼsir etuvchi barcha omillarni hisobga olishi kerak.
8. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) loyihalari egasi obyektdan foydalanishning butun davri davomida uning hujjatlarini saqlashi va loyihani mukammallashtirish bilan bogʻliq hujjatlarga oʻz vaqtida oʻzgarishlar kiritilishini taʼminlashi lozim.
9. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) qismlari koʻrikdan oʻtkazish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun maksimal qulay boʻlishi kerak.
10. Loyihalashtiruvchi tomonidan zarurat tugʻilganda loyihalash bosqichida qoʻllanma ishlab chiqishi lozim, ushbu qoʻllanmada tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) va uning tarkibiy qismlarini oʻrnatish, tuzatish, ishga tushirish, tartibga solish, tekshirish va topshirish hamda obyekt oʻrnatiladigan joyda foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
11. Loyiha hujjatlarida tashqi reklama obyektlarining (qurilmalarining) xizmat muddati koʻrsatilishi lozim.
12. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) texnik holatini tekshirish undan kelgusida foydalanish xavfsizligini, shuningdek eskirish darajasini va foydalanish jarayonida yuzaga kelgan nosozliklar tufayli loyihadan chetga chiqish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tashqi reklama obyektlarida (konstruksiyalarida) elektr uskunalaridan foydalanish bilan bogʻliq xavfsizlik talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) ishlab chiqaruvchilar loyiha va konstruktorlik hujjatlarida keltirilgan barcha texnik, texnologik va tashkiliy talablar bajarilishini taʼminlashi lozim.
15. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) ishlab chiqaruvchilarning loyiha hujjatlaridan har qanday chetga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
16. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan materiallar konstruksiya detallarini tayyorlashda ishlatiladigan materiallar sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi kerak.
17. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) egalari undan foydalanishdan avval tashqi reklama obyektining (konstruksiyasining) texnik pasportini rasmiylashtirishga majbur.
Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) texnik pasporti konstruksiyadan foydalanish boshlangan vaqtdan uni utilizatsiya qilingunga qadar yuritiladi va unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
a) tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) egalari, shuningdek, ularning yuridik nomi va pochta manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
b) tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
tashqi reklama obyektining (konstruksiyasining) nomi;
tashqi reklama obyektining (konstruksiyasining) loyiha hujjatlari yoki uning nusxasi;
elektr oʻrnatgichlar (mavjud boʻlgan holda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) texnik xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
gabarit oʻlchamlari;
maydoni;
qurilma ogʻirligi (poydevoridan tashqari);
poydevor oʻlchamlari;
poydevor ogʻirligi;
g) tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) asosiy qismlari roʻyxati, shuningdek, ularning nomlanishi, belgilanishi, miqdori, foydalanishga topshirilgan sana;
d) tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish va ishga tushirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
oʻrnatish sanasi;
konstruksiyaning joriy holati koʻrsatilgan holda tashqi reklama obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish, tuzatish bilan shugʻullangan tashkilot nomi;
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) xizmat muddati toʻgʻrisidagi maʼlumot;
e) tashqi reklama obyektini (konstruksiyasini) tekshirish sanasi (mavjud boʻlgan holda);
j) tashqi reklama obyektida (konstruksiyasida) tekshirish ishlarini (mavjud boʻlgan holda) olib borish huquqiga ega boʻlgan mustaqil tashkilot nomi (tekshiruv laboratoriyalari, markazlar).
19. Tashqi reklama obyektidan (konstruksiyasidan) foydalanish boshlangandan soʻng, konstruksiya egasi tomonidan konstruksiya va uning qismlari texnik holatiga (foydalanishga) masʼul shaxs biriktirilishi kerak.
20. Tashqi reklama obyektlaridan (konstruksiyalaridan) foydalanishga tegishli xizmat turlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan ixtisoslashgan tashkilotlar jalb qilinishi mumkin.
21. Foydalanishga masʼul quyidagilarni taʼminlashi lozim:
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) soz holatda saqlash;
tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga) oʻz vaqtida va sifatli texnik xizmat koʻrsatish;
tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) ishonchli ishlashi va ulardan foydalanish xavfsizligi;
tashqi reklama obyektlaridan (konstruksiyalaridan) foydalanishda atrof-muhitni muhofaza qilish;
konstruksiya mexanizmlari, bogʻlamalaridagi nosozlik holatlarini hisobga olib borish, tahlil qilish va tekshiruv ishlarini olib borish va nosozliklar sabablarini bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
taʼmirlash va boshqa ishlarni, ish maydonini toʻsiqlar bilan chegaralash va xavfsizlik choralarini koʻrish orqali amalga oshirish.
22. Tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga) loyihalash va foydalanish hujjatlariga muvofiq texnik xizmat koʻrsatishda amalga oshirilgan ishlar, oʻzgarishlar toʻgʻrisida tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi, bu toʻgʻrisida tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) texnik pasportiga zarur belgilar qoʻyiladi.
23. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) egasi tashqi reklama obyektidan (konstruksiyasidan) foydalanish davri mobaynida tegishli hujjatlarni (texnik pasport va unga ilovalarni) ziyon yetkazmasdan saqlanishini taʼminlashi lozim.
24. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) texnik holatini tekshirish davriyligi vakolatli organ tomonidan tekshirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, besh yilda bir martadan kam va ikki yilda bir martadan koʻp boʻlmagan muddatda belgilanadi.
25. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) holatini tekshirish vizual va zarurat tugʻilganda tegishli uskunalar bilan nazorat qilish usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
26. Tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) texnik holatini tekshirish quyidagilarni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi:
konstruksiya ustunlari va yerdagi asosini deformatsiyalashuvi natijasida yuzaga kelgan konstruksiya tuzilishidagi oʻzgarishlar;
tashqi reklama obyektlaridan (konstruksiyalaridan) foydalanish natijasida yetkazilgan zararlarni aniqlash maqsadida konstruksiyani mahkamlash yoki unga vaqtincha ustun vazifasini oʻtaydigan devorlar, ustunlar va moslamalar holati;
ulagichlar holati va choʻziluvchanlik darajasi;
korroziya (yemirilish) zararlari darajasi;
payvandlash ulamalari holati;
konstruksiya elementlarida mexanik zararlarning mavjudligi;
korroziyaga qarshi va boshqa himoya qatlamlarining holati;
beton va temirbeton buyumlardagi nosozliklar va ularning darajasi.
27. Tashqi reklama obyektida (konstruksiyasida) elektr qurilmalaridan foydalanilgan boʻlsa, konstruksiya egasi vaqti-vaqti bilan elektr qurilmalari texnik holatini koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlashi lozim.
28. Elektr qurilmalari texnik holatini tekshirish vizual koʻrikdan oʻtkazish hamda uning elektr koʻrsatkichlarini oʻlchash orqali amalga oshiriladi va quyidagilarni aniqlashni talab qiladi:
oʻrnatilgan elektr qurilmalarining loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan xususiyatlarini (himoya vositalari, kommutatsiya apparatlari) va kabel liniyalari xususiyatlariga muvofiqligi;
kabel liniyalari va apparatlarda nosozliklarning yoʻqligi;
himoya oʻtkazgichlarining mavjudligi va toʻliqligi;
oʻzgaruvchan tok boʻyicha tegishli himoya apparatlarining ishga yaroqliligi;
tekshirishlar natijasida olingan koʻrsatkichlarning loyiha hujjatlaridagi elektr koʻrsatkichlariga muvofiqligi.
29. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) texnik holatini tekshirish jarayonida deformatsiya, siljish, egilish, ustunlar choʻkishi, burchaklar oʻzgarishi, tebranish, yoriqlar va boshqa nosozliklar aniqlangan hollarda, konstruksiya egasi oʻz kuchi va mablagʻlari hisobidan taʼmirlash ishlarini amalga oshirishi zarur. Aks holda, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilgunga qadar tashqi reklama obyektlaridan (konstruksiyalaridan) foydalanish toʻxtatilishi lozim.
30. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) egasi zarurat tugʻilganda, unga tegishli boʻlgan qurilmani quyidagi muddatlarda yuvishi va tozalashi kerak:
toʻxtash majmualarida va piyodalar yoʻli toʻsiqlaridagi reklama modullarini — haftada ikki marta;
kichik formatdagi tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) (shahar yorugʻlik bilan taʼminlash ustunlaridagi kronshteyn, koʻpriklarlardagi konstruksiyalar, yoʻl koʻrsatkichlari, reklama modulli oʻrindiqlar, siti-format, tumbalar) — bir oyda ikki marta;
oʻrta formatdagi tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) — ikki oyda bir marta;
yirik, oʻta yirik va nostandart formatdagi tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) — bir yilda ikki marta (aprel-mart va avgust-sentabr oylarida).
31. Tasvirli reklama konstruksiyasi bosma materiallaridagi nosozliklar konstruksiya egalari tomonidan nosozlik aniqlanishi bilanoq va (yoki) vakolatli organlarining murojaatiga (xabarnomasiga) koʻra (telefonogramma va boshqa elektron xabarlariga muvofiq) bartaraf etilishi lozim.
32. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) tegishli koʻrinishga keltirish zarurati tugʻilganda, uning egasi konstruksiyani yuvishi va boʻyashi lozim.
33. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) egasi konstruksiya tashqi koʻrinishini muvofiq holatda saqlanishini taʼminlashi lozim.
Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) tashqi koʻrinishini muvofiq holatga keltirish ularning egalari tomonidan zarurat tugʻilganda, favqulodda ob-havo (toʻfon, kuchli yomgʻir, qorboʻron va hokazolar) sharoitlarida esa, ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ish tartibi tezkor xizmatlar va vakolatli organlar xatlari (telefonogramma va boshqa elektron xabarnomalari) orqali belgilanadi.
3-bob. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish, oʻrnatish va tuzatishda xavfsizlik talablari
34. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari):
yerda, tashqi devorlarda, tomda va bino, qurilish, inshootlarning boshqa tarkibiy elementlarida, himoya ekranlarida, qurilish toʻsiqlarida;
avtomobil yoʻllari chetlarida;
aylana yoʻllar oraligʻidagi oʻtloq yerlarda avtomobil yoʻllarining harakat qismidan chiqmagan (oshmagan) uzoqlikda;
istirohat bogʻlari, xiyobon va piyodalar yoʻllari hududlarida joylashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
36. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) bino, qurilish, inshootlar tashqi devorlarida yoki tomlarida joylashtirishda reklama konstruksiyasi mahkamlanayotgan obyektlar ustunlari yoki asoslari texnik holatining yomonlashishiga olib kelmasligi kerak.
37. Tashqi reklama va uning vositalarini quyidagi holatlariga yoʻl qoʻymaslik lozim:
nomuvofiq texnik holatda boʻlishi, binolar (inshootlar) tashqi arxitektura koʻrinishini buzilishiga;
yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari bilan oʻxshash koʻrinishga, tasvirga, ovoz effektiga ega boʻlmasligi, ularni koʻrishga taʼsir qilmasligi, shuningdek, yoʻllarda transport vositalari, piyoda yoki boshqa bir obyekt bor ekanligi toʻgʻrisida taassurot uygʻotmasligi va shu bilan harakat xavfsizligi darajasining pasayishiga;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik normativ-huquqiy hujjatlar yoki qonunchilik hujjatlaridagi boshqa normativlar bilan belgilangan shovqinning mumkin boʻlgan darajalaridan oshishga;
(37-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
aholi turar-joy binolari oynalariga bevosita yaqinlikda joylashish, xonadon egalari dam olishlariga xalaqit berishi, tashqi reklama oʻz yorugʻligi va aksi bilan isteʼmolchilarga ortiqcha noqulayliklar tugʻdirishiga;
yoʻl-muxandislik inshootlarida tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatishda yoʻl-muxandislik inshootlari oʻtish yoʻllarini qisqarishiga;
temir yoʻllari liniyalari ajralgan joylarda, shuningdek reklama hududi boʻlmagan maydonda oʻrnatilishiga (joylashtirilishiga);
Oldingi tahrirga qarang.
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) va uning vositalarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq joylashtirish (qurish) talablarini buzgan holda oʻrnatishga;
(37-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
avtomobil yoʻllari va koʻchalar yuzasiga qurilish materiallari, boʻyoqlar, yoʻl chizmalaridan foydalanish orqali joylashtirilishiga;
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) inshootlarga qotirish va shu orqali ularning mustahkamliliga zarar yetkazishga.
38. Suniy yoʻl inshootlari tepasida joylashgan inshootlarda oʻrnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) oʻtish yoʻli va uning tepa kismi oraligʻidagi masofani qisqartirmasligi lozim.
39. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) quyidagi holatlarda oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi:
avtomobil yoʻllarining ajratuvchi boʻlagida, xususan yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan baland va (yoki) yotiq chizigʻi bilan belgilangan qismida hamda trotuar va piyodalar yoʻlkalarida;
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) yuzasi (tashqi sirti) va ularning ustuni avtomobil yoʻllarining harakat qismiga chiqishiga;
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari)ning ustuni hamda kichik va oʻrta oʻlchamli formatdagi tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) yuzasi (tashqi sirti) piyodalar yoʻlakchasiga chiqishiga;
katta va juda katta xajmdagi tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) ustuni reklama yuzasi (tashqi sirti)ning teng yarmi qismida oʻrnatilmagan boʻlsa;
bino yoki inshootlarning tomlarida, qurilish balandligi binoning yoki inshootning umumiy balandligining uchdan biridan koʻprogʻiga teng boʻlsa;
yoʻl harakatini tashkil etish uchun moʻljallangan har qanday qurilmalarda, tungi koʻcha yoritish ustunlarida, yoʻl belgilari va svetoforlarda, ularning ustunlarida;
temir yoʻl kesishmalarida va aholi yashash punktlaridan tashqarida joylashgan yer osti tunellariga kirish joyida 50 metrdan kam boʻlmagan masofada, aholi punktlarida 10 metrdan kam boʻlmagan masofada, shuningdek yoʻl oʻtkazgichlari tagida;
koʻprik va estakadalar yurish yoʻlaklariga chiqish hududlarida;
yirik va oʻta yirik formatdagi reklama konstruksiyalarini estakada va koʻpriklarda;
past balandlikdagi devorlarda, daraxtlarda.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qaroriga
6-ILOVA
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarni) oʻrnatish chizmalarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yer uchastkalarida shuningdek, binolarda yoki boshqa koʻchmas mulk obyektlarida joylashtirilgan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasini shakllantirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi/chizma — oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladigan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish joylarini belgilaydigan, ularning turlari, shakllari, texnik tavsiflari, axborot maydonlarining sathi koʻrsatilgan holdagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hamda hududiy rejalashtirish chizmasi asosida ishlab chiqiladigan hujjat;
masʼul organlar va tashkilotlar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy boshqarmalarining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining (tarkiblari boʻyicha) hududiy organlari;
hududlar va inshootlardan alohida rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlari huzuridagi hududiy ijara markazlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati;
muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari balansda saqlovchilari;
reklama joyining pasporti — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladigan hujjat boʻlib, ushbu hujjat yuridik va jismoniy shaxslarning tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) unda koʻrsatilgan yer uchastkasiga, binoga yoki inshootga mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, oʻrnatish huquqini tasdiqlaydi.
3. Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalari, bino va inshootlarning roʻyxati, tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) namunaviy dizayn koʻrinishi hamda oʻlchamlari tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, davlat va nodavlat tashkilotlarining takliflari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida kiritiladi.
Bunda tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasini shakllantirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun:
takliflar har yili 1-oktabrdan 31-dekabrgacha “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi orqali qabul qilinadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar Raqamli rivojlanish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tomonidan har yili 1-martga qadar tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi shakllantiriladi yoki unga oʻzgartirish kiritiladi. Zaruratga koʻra chizmaga oʻzgartirish navbatdan tashqari kiritilishi mumkin.
Tashabbuskorlarning takliflari shaharsozlik normalari asosida koʻrib chiqiladi va kelib tushgan takliflarning barchasi ham yer uchastkalarida, mulkdoridan qatʼi nazar, bino va inshootlarda tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari)ni oʻrnatish huquqini bermaydi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalari)ni oʻrnatish uchun yer uchastkalari, bino va inshootlarni aniqlash maqsadida oʻz hududlarini xatlovdan oʻtkazadi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz hududlarini xatlovdan oʻtkazish maqsadida:
a) maxsus jihozlardan foydalangan holda, koʻchmas mulk obyektlarini koʻzdan kechiradi va mutaxassislarni jalb qiladi;
b) tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) oʻrnatiladigan joyni (geolokatsiya) va manzilni aniqlashtiradi;
v) tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) oʻrnatiladigan joylarni va obyektlarni fotosuratga oladi;
g) tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) tasniflarga ajratadi va boshqa zarur maʼlumotlarni toʻplaydi.
6. Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi hududlarning alohida uchastkalari (koʻchalar, avtomobil yoʻllari, maydonlar va boshqalar) boʻyicha oʻzaro hududiy boʻlinmalarga ajratilgan kichik sxemalardan iborat boʻladi.
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi shaharsozlik rejalashtirish hujjatlariga muvofiq boʻlishi hamda mavjud binolarning tashqi meʼmoriy qiyofasiga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlashi hamda reklama konstruksiyalarining turlari va shakllari, axborot maydonlarining sathi hamda reklama konstruksiyalarining texnik tavsiflari koʻrsatilgan holda reklama konstruksiyalarini oʻrnatish xaritalarini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament tomonidan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasiga kiritish uchun joylarni elektron tizim orqali quyidagi masʼul organ va tashkilotlar bilan kelishish uchun yuboriladi:
a) tashqi reklama va axborot obyekti oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan joyning va tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) shaharsozlik normalariga mosligi, asosiy dizayn yechimlari va reklama tuzilmalarining oʻlchamlari boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga;
b) tashqi reklama va axborot obyekti oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan joyning va tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) harakat xavfsizligi qoidalariga mosligi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boshqarmalari yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimlariga;
v) tashqi reklama va obyektlari (konstruksiyalari) oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan joy va tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) boʻyicha — tashqi reklama va obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish koʻzda tutilgan joyni tasarruf etuvchi tashkilotlarga (tegishliligi boʻyicha);
g) tashqi reklama va obyektlari (konstruksiyalari) oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan joy va tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, gaz quvurlari hamda tegishli infratuzilma ostida va/yoki ustida joylashgan boʻlsa, shuningdek, yer uchastkasini kavlash va yoki yer ishlariga bogʻliq boshqa ishlarni bajarish talab etilsa, bunday ishlarni bajarish boʻyicha — muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini tasarruf etuvchi tashkilotlarga;
d) zaruratga koʻra tegishli tashkilotlarga;
e) alohida rejim asosida foydalanadigan bino-inshootlarda va maxsus yoʻnalishlarda tashqi reklama va obyektlari (konstruksiyalari) oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan joylarni tanlash boʻyicha — tegishli vakolatli organlarga.
Mazkur bandning “a-g” kichik bandlarida koʻrsatilgan masʼul organ va tashkilotlar ularga soʻrov kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida elektron tizimga tegishli xulosani joylashtirish orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, tashqi reklama va obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish mumkinligini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Belgilangan muddatda masʼul organ va tashkilotlar javob taqdim etmagan taqdirda, tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa olingan hisoblanadi.
Masʼul organ va tashkilotlarning rahbarlari tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish boʻyicha oʻz vaqtida kelishilishi va xulosalar chiqarilishi, shuningdek, ularni oʻz vaqtida koʻrib chiqmaslik oqibatlari uchun shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga oladi.
8. Reklamadan holi hududlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Madaniy meros agentligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boʻlinmalari bilan kelishiladi. Bunda:
a) quyidagi bino va uning yondosh hududlari reklamadan holi hududlar hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilangan hududlar;
madaniy meros va diniy obyektlar;
Oldingi tahrirga qarang.
b) tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) reklamadan xoli hududlar yer chegarasidan 50 metr yoki undan kam boʻlgan masofada joylashtirishga (qurishga) yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari mazkur kichik bandda nazarda tutilgandan 50 metrlik masofani kamaytirish yoki koʻpaytirish huquqiga ega;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kelishish uchun yuborilgan soʻrovga tegishli davlat organlari tomonidan oʻn ish kuni ichida xulosa berilishi shart.
9. Tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun joylar barcha tegishli tashkilotlar bilan kelishuvlardan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament tomonidan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi ishlab chiqiladi.
10. Ishlab chiqilgan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining hududiy organlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari bilan kelishiladi.
Ijobiy kelishuvdan keyin tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi loyihasi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan tasdiqlanadi.
11. Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi hamda unga kiritiladigan oʻzgartishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi tasdiqlanganidan keyin tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish huquqi elektron auksionlarda joylashtiriladi yoki YIDXP orqali belgilangan tartibda reklama joyining pasportini rasmiylashtirish orqali beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qaroriga
7-ILOVA
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REG LAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) tegishli boʻlgan:
xususiylashtirilgan, ijaraga berilgan yoki nodavlat tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarida (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkalarida), shuningdek, transport vositalarida (yoʻnalishlardagi avtobuslar bundan mustasno) hamda xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlarda tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish;
ilgari berilgan va amal qilish muddati belgilanmagan reklama joyi pasportlarining amal qilish muddatini belgilash;
ilgari berilgan reklama joyi pasportlarini yangi shakldagi pasportga almashtirish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilgari berilgan reklama joyi pasportlari egalari Toshkent shahrida 2024-yil 1-iyunga qadar, qolgan hududlarda 2024-yil 1-iyulga qadar ularni yangi shakldagi pasportga almashtirish uchun YIDXP axborot tizimi orqali ariza topshirishi shart va ushbu muddatlarda yangi shakldagi pasportlarga almashtirish uchun ariza topshirilmaganda, ushbu pasportlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
2. Reklama joyining pasporti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tomonidan beriladi.
Transport vositalarida tashqi reklama va axborotni oʻrnatish uchun reklama joyining pasporti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda bir yil muddatga beriladi.
Reklama joyining pasporti “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimida avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament tomonidan koʻrsatiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
4. Davlat xizmati mazkur Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
5. Yuridik yoki jismoniy shaxslar yer uchastkalardagi, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlardagi reklama joyining pasportini yer uchastkalari, binolar hamda inshootlarning mulkdorlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida olish huquqiga ega boʻladi. Bunda reklama joyining pasporti ushbu shartnomalarda belgilangan muddatga beriladi, biroq bu muddat oʻn yildan oshishi mumkin emas.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan soʻrovnomani toʻldiradi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan elektron foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi hamda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan soʻrovnomani mustaqil ravishda elektron shaklda toʻldiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Bunda soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) yer uchastkalarida, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlarda tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun:
tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) eskiz loyihasi (eskiz loyihada texnik xususiyatlari aks ettiriladi va oʻrnatish manzili hamda oʻrnatish chizmasida mavjud boʻlsa, reklama joyining raqami belgilanadi);
tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) oʻrnatiladigan joyning oxirgi bir hafta ichida olingan fotosuratlari (JPEG formatida);
kadastr hujjatlari;
yer uchastkalari, binolar hamda inshootlar mulkdorlari bilan tuzilgan shartnomalar (ariza beruvchi mulkdor boʻlmagan taqdirda);
yer uchastkalari, binolar hamda inshootlarning mulkdorlarining rozilik xati (ariza beruvchi mulkdor boʻlmagan taqdirda);
koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qarorlari (agar tashqi reklama va axborot obyekti koʻp kvartirali uyning tom qismi yoki fasadiga oʻrnatilishi nazarda tutilayotgan boʻlsa);
koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlar nomidan tuzilgan shartnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda);
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda);
b) transport vositalarida tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun:
avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi guvohnoma seriyasi va raqami;
transport vositasida joylashtirilishi nazarda tutilgan reklama va axborotning (transport vositasining toʻrt tarafdan koʻrinish) eskizi;
avtomototransport vositasining davlat raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda);
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
v) ilgari berilgan reklama joyi pasportlarini yangi shakldagi pasportga almashtirish, shu jumladan, amal qilish muddatini belgilash uchun:
tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan oxirgi besh yil muddat uchun qarzdorligi mavjud boʻlmaganligini asoslovchi hujjatlar yoki toʻlov va yigʻimlardan boʻlgan qarzdorlik summasidan kamida 30 foiz miqdorida birinchi toʻlov amalga oshirilganligini asoslovchi hujjatlar va qarzdorlikni boʻlib toʻlash haqida iltimosnoma (bunda reklama joyining pasportida koʻrsatilgan konstruksiyaga turi va oʻlchami oʻzgartirilgan xollarda, toʻlov oʻzgartirilgan konstruksiyaga toʻlov toʻlanadi);
beriladigan reklama joyining pasporti va texnik xavfsizlik talablariga muvofiq oʻrnatilganligi haqida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli tashkilotning joriy yildagi xulosasi (oʻrnatilgan manzili (moʻljal) va lokatsiyasi koʻrsatilgan boʻlishi shart);
ilgari berilgan reklama joyi pasportining elektron nusxasi yoki avtobus bekatlari uchun tegishli davlat organi tomonidan berilgan avtobus bekatini oʻrnatish uchun asos boʻlgan hujjat (agar pasport egasi qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, pasportga egalik qilish huquqi toʻgʻrisida sud qarori nusxasi);
tashqi reklama va axborot konstruksiyasi toʻliq koʻrinishining orqa va old tomonini aks ettiruvchi (fundamenti va yuqori qismi) oxirgi bir hafta ichida olingan fotosuratlari (JPEG formatida);
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda).
Ariza beruvchilardan ushbu bandda va soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Arizada koʻrsatilgan tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) oʻrnatish chizmasiga kiritilmagan boʻlsa, ariza ijobiy koʻrib chiqilgan taqdirda, u keyinchalik oʻrnatish chizmasiga kiritiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
7. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ilgari berilgan pasportlar egalari mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, reklama oʻrnatilgan joyning pasportini yangi shakldagi pasportga almashtirish, shu jumladan, pasport muddatini belgilash uchun YIDXP axborot tizimi orqali ariza topshirganda davlat xizmatlari uchun toʻlov undirilmaydi.
Undiriladigan yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
42,5 foizi — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga, Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Departament);
39 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga;
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi-Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
39,75 foizi — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga, Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Departament);
39 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
8. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning arizasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng soʻrovnoma avtomatik tarzda “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimiga (keyingi oʻrinlarda — elektron tizim) yuboriladi va ushbu elektron tizim orqali tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga va Toshkent shahrida Departamentga yuboriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament tomonidan arizalar oʻn besh ish kuni ichida (avtotransport vositalarida tashqi reklamani oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun arizalar besh ish kuni ichida) koʻrib chiqiladi va elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlangan, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasporti rasmiylashtiriladi va uni Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi yoki rad etishga asoslar mavjud boʻlganda, rasmiylashtirish rad etiladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatlari markazi reklama joyining pasporti kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida bu haqda ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Bunda kelib tushgan arizalardagi:
tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan oxirgi besh yil muddat uchun qarzdorligi mavjud boʻlmaganligini asoslovchi hujjatlar — Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari;
beriladigan reklama joyining pasporti va texnik xavfsizlik talablariga muvofiq oʻrnatilganligi haqida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli tashkilotning joriy yildagi xulosasi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari oʻn ish kunida elektron tizim orqali toʻgʻriligini tasdiqlaydi yoki rad etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Masʼul organ va tashkilotlar ularga soʻrov kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni (avtotransport vositalarida tashqi reklamani oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun toʻrt ish kuni) ichida elektron tizimga tegishli xulosani joylashtirish orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) pasportini berish mumkinligini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Belgilangan muddatda masʼul organ va tashkilotlar javob taqdim etmagan taqdirda, tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) pasportini berish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa olingan hisoblanadi.
Bunda masʼul organ va tashkilotlarning rahbarlari tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) pasportini berish boʻyicha oʻz vaqtida kelishilishi va xulosalar chiqarilishi, shuningdek, ularni oʻz vaqtida koʻrib chiqmaslik oqibatlari uchun shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi orqali (shaxsan kelib murojaat qilganda) yoki YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish uchun shartnoma ommaviy ofertasini tasdiqlash orqali reklama joyining pasportini oladi.
Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga pasportni ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi shart.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat xizmatini koʻrsatish rad etilgan taqdirda, tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat hokimligi yoki Toshkent shahrida Departamentdan rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan xabarnoma Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi xabarnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchiga yuboradi va bu haqda ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Reklama joyining pasportini rasmiylashtirishni (uning muddatini belgilash yoki yangi shakldagi pasportga almashtirishni) rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmaganligi;
tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) turi, koʻrinishi, joylashuvi va boshqa jihatlari Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishincha oʻz maʼmuriy hududlarida ishlab chiqib tasdiqlagan Tashqi reklama obyektlari namunaviy toʻplamiga zidligi;
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi, hujjatlar soʻrovnomaga asosan toʻliq taqdim etilmaganligi, arizada koʻrsatilgan pasport boʻyicha boshqa ariza mavjudligi yoxud arizada (ilovalarida) yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganligi;
tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamentida nazarda tutilgan talablarga muvofiq emasligi;
transport vositalarida reklamani joylashtirish boʻyicha harakat xavfsizligi qoidalariga mos kelmasligi;
vakolati boʻlmagan shaxs tomonidan ariza berilganligi;
ilgari berilgan reklama joyining pasportida koʻrsatilgan egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) joylashgan joyi (lokatsiyasi), oʻlchami, turi uning joriy holatiga toʻgʻri kelmasligi (maxsus ishchi guruhning ushbu pasport va holat boʻyicha tegishli ijobiy qarori mavjudligi bundan mustasno) hamda oxirgi besh yil uchun tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan qarzdorlik toʻliq qoplanmaganligi.
Bunda ilgari berilgan reklama joyining pasporti boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan qarzdorlik va ular boʻyicha toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlar solishtirma dalolatnomasiga asosan oʻrganilib, qarzdorlik aniqlanganda, reklama joyining pasporti egalariga qarzdorlikni toʻlash uchun invoys va qoʻshimcha 10 ish kun muddat beriladi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
14. Ariza beruvchi tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini yoki transport vositalarida tashqi reklama va axborotni oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish rad etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida yer uchastkalarida, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlarda, transport vositalarida tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) pasportini rasmiylashtirish uchun yigʻimni toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirib berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini olish boʻyicha qayta murojaat qiladi.
Tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirib berish boʻyicha qayta murojaatni koʻrib chiqishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirishda tegishli toʻlov va yigʻimlar boʻyicha reklama joyining pasporti egalariga qarzdorlikni toʻlash uchun invoys oʻz muddatida toʻlanmaganda, ushbu arizalar boʻyicha reklama joyining pasporti egalariga 2024-yil 1-dekabrga qadar arizani qayta yuborish imkoniyati beriladi. Bunda ilgari berilgan invoysda koʻrsatilgan qarzdorlik summasiga invoys chiqarilgan vaqtdan boshlab, qayta ariza yuborilgan vaqt oraligʻidagi oylar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlangan tariflar miqdorida yigʻim miqdori qoʻshiladi
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ariza beruvchini arizani qayta yuborib, ushbu ariza boʻyicha yuborilgan invoysni oʻz muddatida toʻlamasa, ushbu invoys summasi sud tartibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan undiriladi. Reklama joyining pasportini olish uchun qayta murojaat rad etilgan taqdirda, keyingi murojaatlar 2025-yil 30-yanvarga qadar yuborilishi mumkin va ular ushbu Reglamentga asosan umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
17. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1781, 2155-moddalari.
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish tartibi
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Davlat xizmatini olish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi yoki Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat qiladi.

2. Xizmat koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim toʻlaydi (ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangilash bundan mustasno).

Murojaat etganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

1. Markaz xodimi tomonidan soʻrovnoma toʻldirilib, vakolatli organga yuboriladi.

2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

vakolatli organ

a) Ilgari berilgan reklama joyi pasportlarini yangi shakldagi pasportga almashtirish, shu jumladan, amal qilish muddatini belgilash uchun: Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalariga qarzdorlik bor yoʻqligini va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalariga reklama joyining pasporti va texnik xavfsizlik talablariga muvofiq oʻrnatilganligi haqida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli tashkilotning joriy yildagi xulosalarini tekshirish uchun yuboradi.

10 ish kun ichida

Tegishli xulosalar olinib, qolgan maʼlumotlar tekshirilganidan keyin pasportni rasmiylashtiriladi yoki soʻrovnomaga rad javobini beradi;

5 ish kuni ichida (toʻlovlar bilan bogʻliq holda qoʻshimcha 10 kunga uzaytiriladi)

b) Yer uchastkalarida, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlarda tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun:

pasportni rasmiylashtiradi yoki soʻrovnomaga rad javobini beradi;

15 ish kun ichida

v) avtotransport vositalarida tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun:

5 ish kun ichida

pasportni rasmiylashtiradi yoki soʻrovnomaga rad javobini beradi.

QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan pasportni Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi;

Real vaqt rejimida

Shartnoma ommaviy ofertasi tasdiqlanganda

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Davlat xizmatlari markazi

 

Davlat xizmatlari markazi xodimi xabarnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchiga yuboradi va bu haqda ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

 

10 daqiqa mobaynida

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Ariza beruvchi

 

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali tashqi reklama va axborot obyektlarini konstruksiyalarini) oʻrnatish uchun shartnoma ommaviy ofertasini tasdiqlash orqali reklama joyining pasportini oladi.

 

Murojaat etganda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish uchun
SOʻROVNOMA
Oldingi tahrirga qarang.

I. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Toʻliq nomi

2. STIR

3. Hisobvaragʻi

4. Joylashgan joyi

5. Telefon raqami

6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda):

II. Ariza beruvchi-jismoniy shaxs (YTT):

1.F.I.O.

2. Biometrik pasport (ideitifikatsiyalovchi ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)

3. JSHSHIR

4. STIR

5. Hisobvaragʻi

6. Faoliyat turi

7. Yashash manzili

8. Telefon raqami

9. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda):

III. Yuridik yoki jismoniy shaxslar yer uchastkalaridagi, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlardagi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) joylashtirish uchun maʼlumotlar va ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Obyektning joylashgan manzili va oʻrnatish chizmasidagi reklama joyining raqami

2. Tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) eskiz loyihasi (eskiz loyihada texnik xususiyatlari aks ettiriladi)

3. Yer uchastkasiga, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (shu jumladan, kadastr raqami)

4. Koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qarorlari (agar tashqi reklama va axborot obyektini koʻp kvartirali uyning tom qismi yoki fasad qismiga oʻrnatilishi nazarda tutilayotgan boʻlsa)

5. Yer uchastkalari, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlar egasining rozilik xati (agar tashqi reklama va axborot obyekti uchinchi shaxs tomonidan joylashtirilsa)

6. Koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari yoki yer uchastkalari, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlar egasi bilan tuzilgan shartnoma (agar tashqi reklama va axborot obyekti uchinchi shaxs tomonidan joylashtirilsa)

7. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda)

8. Tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) oʻrnatiladigan joyning oxirgi bir hafta ichida olingan fotosuratlari (JPEG formatida)

IV. Ilgari berilgan reklama joyi pasportlarini yangi shakldagi pasportga almashtirish, shu jumladan, amal qilish muddatini belgilash uchun maʼlumotlar va ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Obyektning joylashgan manzili va oʻrnatish chizmasidagi reklama joyining raqami

2. Ilgari berilgan reklama joyi pasportining elektron nusxasi (agar pasport egasi qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, pasportga egalik qilish huquqi toʻgʻrisida sud qarori nusxasi)

3. Koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining amaldagi umumiy yigʻilishi qarorlari (agar tashqi reklama va axborot obyekti koʻp kvartirali uyning tom qismi yoki fasad qismida oʻrnatilgan boʻlsa)

4. Texnik xavfsizlik talablariga muvofiq oʻrnatilganligi haqida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli tashkilotning joriy yildagi xulosasi (oʻrnatilgan manzili (moʻljal) va lokatsiyasi koʻrsatilgan boʻlishi shart)

5. Tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan oxirgi besh yil muddat uchun qarzdorligi mavjud boʻlmaganligini asoslovchi hujjatlar yoki toʻlov va yigʻimlardan boʻlgan qarzdorlik summasidan kamida 30 foiz miqdorida birinchi toʻlov amalga oshirilganligini asoslovchi hujjatlar va qarzdorlikni boʻlib toʻlash haqida iltimosnoma

6. Tashqi reklama va axborot konstruksiyasi toʻliq koʻrinishining orqa tomoni va oldi tomonini aks ettiruvchi (fundamenti va yuqori qismi) oxirgi bir hafta ichida olingan fotosuratlari (JPEG formatida)

7. Yer uchastkasiga, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (shu jumladan, kadastr raqami)

8. Koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari yoki yer uchastkalari, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlar egasi bilan tuzilgan shartnoma (agar tashqi reklama va axborot obyekti uchinchi shaxs tomonidan joylashtirilsa)

9. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda)

V. Avtotransport vositalaridagi reklama va axborot toʻgʻrisida maʼlumotlar va ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi guvohnoma seriyasi va raqami

2. Avtotransport vositasida joylashtirilishi nazarda tutilgan reklama va axborotning (transport vositasining toʻrt tarafdan koʻrinish) eskizi

3. Avtomototransport vositasini davlat raqami

Ariza beruvchining

ERI/imzosi;

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qaroriga
8-ILOVA
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) demontaj qilish va demontaj qilingan konstruksiyalarni saqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) demontaj qilish tartibini belgilaydi.
2. Reklama joyining pasporti mavjud boʻlmagan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va uning hududiy organlarining (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi) qaroriga muvofiq demontaj qilinishi lozim.
Bunda vakolatli davlat organining qarori qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida reklama joyining pasporti mavjud boʻlmagan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) mulkdori tomonidan ixtiyoriy ravishda demontaj qilinmagan taqdirda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan majburiy tartibda demontaj qilinishi mumkin.
Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ushbu Nizomda koʻrsatilgan xollarda majburiy demontaj qilinganida, demontaj qilish kuni va vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning veb-saytlarida demontaj qilish kunidan ikki kun oldin (ushbu Nizomning 9-bandi bundan mustasno) joylashtiriladi va demontaj qilinadigan tashqi reklama va obyektlarning mulkdorlari (egalari, foydalanuvchilari) tegishli tartibda xabardor qilingan hisoblanadi.
3. Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) demontaj qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari (shu jumladan, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish Departamenti — keyingi oʻrinlarda Departament) tomonidan tegishli hujjatlar hamda tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) mulkdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli davlat organiga kiritiladi.
4. Mulkdori nomaʼlum boʻlgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) mulkdorini aniqlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan oʻzlarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida hamda “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimida ushbu tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) hamda uning mulkdori qidirilayotganligi haqidagi eʼlon 30 kun davomida joylashtirilgan turadi.
Ushbu muddatda mulkdor aniqlanmasa, tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatli davlat organining tegishli qarorisiz majburiy tartibda demontaj qilinishi mumkin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari noqonuniy oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) majburiy tartibda demontaj qilish uchun ochiq tanlovlar asosida maxsus tashkilotlarni yollash huquqiga ega.
Tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) majburiy tartibda demontaj qilinganida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki maxsus tashkilot tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi va “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimida ushbu haqda maʼlumot joylashtiriladi.
Dalolatnomada tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) majburiy tartibda demontaj qilingan sanasi, vaqti, demontaj qilish sababi, holat boʻyicha qisqacha maʼlumot, foto suratlar hamda saqlash uchun yuborilgan joy manzili koʻrsatilishi shart.
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) majburiy tartibda demontaj qilish va undan keyingi holati boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki maxsus tashkilot javobgar boʻlmaydi.
6. Majburiy tartibda demontaj qilingan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) ular demontaj qilingan kundan boshlab oʻttiz kun davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan maxsus joylarda saqlab turiladi.
7. Majburiy tartibda demontaj qilingan tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) mulkdori tomonidan demontaj qilingan kundan boshlab oʻttiz kun ichida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) qaytarish toʻgʻrisida murojaat qilishga haqli. Bunda mulkdor tomonidan tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) demontaj qilish, koʻchirish, saqlash hamda obodonlashtirish ishlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab bergan taqdirda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) mulkdoriga qaytariladi.
Agar majburiy tartibda demontaj qilingan tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) demontaj qilish, koʻchirish, saqlash va obodonlashtirish ishlari bilan bogʻliq xarajatlari demontaj qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun mobaynida uning mulkdori tomonidan qoplab berilmasa va saqlanayotgan joyidan olib ketilmasa, ushbu tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan sotilishi yoki belgilangan tartibda utilizatsiya qilinishi mumkin. Bunda tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) mulkdori mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga murojaat qilgan taqdirda tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) sotishdan yoki utilizatsiya qilinishidan tushgan mablagʻlar ularni demontaj qilish, saqlash, sotish va obodonlashtirish ishlari bilan bogʻliq xarajatlar chegirib tashlagan holda mulkdorga qaytariladi.
8. Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) majburiy tartibda demontaj qilish, koʻchirish, saqlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan, keyinchalik ushbu xarajatlarni tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) mulkdorlari yoki sotishdan (utilizatsiyadan) tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
9. Oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) atrof-muhit, inson hayoti va transport vositalariga xavf tugʻdirgan taqdirda (texnik nosoz holatdaligi, kommunikatsiya oʻtkazmalariga zarar keltirganligi aniqlangan va kechiktirib boʻlmaydigan inson hayoti uchun xavfli boʻlgan vaziyatlarda), mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirishsiz tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) majburiy tartibda demontaj qilinadi hamda bu haqda tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) mulkdoriga ikki ish kunidan kechiktirmasdan xabar beriladi va “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimida ushbu haqda maʼlumot joylashtiriladi.
10. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun pasportlari, guvohnomalari, sertifikatlari, ruxsatnomalari va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlari bekor qilingan yoki ushbu hujjatlar mavjud boʻlmagan (ruxsatsiz oʻrnatilgan) hollarda, tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) demontaj qilish choralari koʻriladi.
11. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda demontaj qilingan tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) joyiga yoki yon atrofiga tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) takroran noqonuniy oʻrnatilganda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ogohlantirishsiz majburiy tartibda demontaj qilinadi. Bunda ushbu Nizomning 6 va 7-bandlari qoʻllaniladi.
12. Ushbu Nizomda belgilangan tartibni buzganlik, qonunchilik talablariga rioya qilmagan xolda tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) oʻrnatganligi uchun aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(6 — 8 ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1781-moddasi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/104/0197-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son; 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son; 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son; 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son; 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son; 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)