Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2093-11]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3389, 28.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/5-son qarori (roʻyxat raqami 2093, 2010-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-avgust,
18/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 10-avgustdagi 18/7-son qaroriga
ILOVA
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-banddagi “belgilansin” degan soʻz “belgilanadi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshi “muassislari” degan soʻzdan keyin “yoki ishtirokchilari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“boshqa nobank kredit tashkilotlari, bundan xorijiy mikrokredit tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan mikrokredit tashkilotlarining ustav fondida ishtirok etishi (aksiyalariga egalik qilishi) hollari mustasno;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega boʻlgan shaxslar (mikrokredit tashkiloti ustav fondining 10 foizi va undan koʻp qismiga egalik qilganda).”.
3. 13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Litsenziya olish uchun mikrokredit tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng bir oydan kechiktirmasdan Markaziy bankka yoki uning tegishli hududiy bosh boshqarmasiga quyida keltirilgan zarur boʻlgan hujjatlarni bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etadi:”.
4. 14, 21-bandlarning sakkizinchi xatboshisidagi va 38-bandning beshinchi xatboshisidagi “hududiy boshqarmasining” degan soʻzlar “hududiy bosh boshqarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Agar mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan hujjatlar Markaziy bankning tegishli hududiy bosh boshqarmasiga taqdim etilgan boʻlsa, hududiy bosh boshqarma uch kun muddat ichida hujjatlar toʻplamini mazkur Nizom talablariga muvofiq toʻliqligini oʻrganib chiqadi, shundan keyin ushbu hujjatlar toʻplamini mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan xulosa bilan birga Markaziy bankka yuboradi.”.
6. 22-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “hududiy boshqarmasiga” degan soʻzlar “hududiy bosh boshqarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshi “qatnashsa” degan soʻzdan keyin “yoki uning ustav fondida ishtirok etsa (aksiyadori boʻlsa)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“v” kichik bandi “muassis boʻlishiga” degan soʻzlardan keyin “yoki uning ustav fondida ishtirok etishiga (aksiyadori boʻlishiga)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. 27-band “qatnashsa” degan soʻzdan keyin “yoki uning ustav fondida ishtirok etsa (aksiyadori boʻlsa)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
9. 32-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mikrokredit tashkilotining chakana xizmatlar markazi shaklidagi filiali uning chakana xizmatlarni, shu jumladan naqdsiz shaklda mikromoliyaviy xizmatlarni koʻrsatadigan hamda tashkilot joylashgan erdan tashqarida tashkil etiladigan boʻlinmasidir.”.
10. 33-band “nomlanishi “filial” soʻzi” degan soʻzlardan keyin “, chakana xizmatlar markazi shaklidagi filial nomlanishi esa “chakana xizmatlar markazi” soʻzlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
11. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Mikrokredit tashkilotining filiali Markaziy bankning oldindan roziligi olingandan soʻng, chakana xizmatlar markazi shaklidagi filiali esa u ochilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qilish sharti bilan qonun hujjatlariga muvofiq mikrokredit tashkilotining boshqaruv organi qaroriga binoan tashkil etiladi yoki tugatiladi.”.
12. Quyidagi mazmundagi 401-band bilan toʻldirilsin:
“401. Mikrokredit tashkiloti chakana xizmatlar markazi shaklidagi filialini ochganda u ochilgan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
chakana xizmatlar markazi ochilganligi toʻgʻrisida xabarnoma;
chakana xizmatlar markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi mikrokredit tashkiloti boshqaruvi oliy organining qarori.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2093-11/3673-son)