1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.02.00 Sudlanganlar va qamoqdagi shaxslarning huquqiy holati;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 24-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagioltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan yerdagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga beriladi”;
2) quyidagi mazmundagi 531-modda bilan toʻldirilsin:
“531-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiyalar toʻlash
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar toʻlash manzil-koloniya joylashgan yerdagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan tegishli pensiyalar summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazish orqali amalga oshiriladi”;
3) 62-modda“bundan manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan shaxslar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
1) 29-moddaning birinchi qismi “protestni ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda koʻrib chiqish” degan soʻzlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismi “shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki oʻzgartirishga” degan soʻzlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi “uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan soʻzlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismi “shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki oʻzgartirishga” degan soʻzlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi “uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan soʻzlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) quyidagi mazmundagi 281-bob bilan toʻldirilsin:
“281-bob. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish
2541-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish maqsadi va asoslari
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan boʻyin tovlashining oldini olish, uning bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, hukmning ijro etilishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportdan (harakatlanish hujjatidan) foydalanib, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishi yoki xorijda harakatlanishi mumkin, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, mazkur pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi toʻxtatib turilishi mumkin.
Ayblanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi masala esa, ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchi shaxsga nisbatan qoʻllaniladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tugatishga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning huquqiy maqomini bekor qilishga sabab boʻlmaydi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish deganda pasportning, biometrik pasportning, xorijga chiqish uchun biometrik pasportning va fuqaroligi boʻlmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilishini vaqtinchalik toʻxtatib turish tushuniladi.
2542-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish
Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish zaruriyati yuzaga kelishiga sabab boʻlgan asoslar bayon qilinadi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Surishtiruvchining, tergovchining pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
2543-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoxud pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa, jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanib, u davlatlararo yoki xalqaro qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatish zaruriyatini asoslab beradi. Soʻngra himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqadi.
2544-modda. Sud ajrimi
Sudya pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida;
2) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etish haqida.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimida: qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi haqidagi maʼlumotlar; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish asoslari koʻrsatiladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa, himoyachiga yuboriladi.
Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud apellatsiya tartibida prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Shikoyat yoki protest berish pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimi ijrosini toʻxtatib turadi.
Apellatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay koʻrib chiqishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilishga va pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishga yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etishga haqli.
2545-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berish
Pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimi ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
2546-modda. Amal qilishi toʻxtatib turilgan pasport (harakatlanish hujjati) oʻrniga yangi pasport(harakatlanish hujjati) berish
Ayblov hukmi chiqarilganda yoki ushbu Kodeksning 84-moddasi asosida aybdorlik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilganda surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning qaroriga koʻra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yangi pasport (harakatlanish hujjati) berilishi bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi”;
5) 302-moddaning birinchi qismi “yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani” degan soʻzlardan keyin “pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi qonunga xilof ravishda toʻxtatib turilgani” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 310-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qonunga xilof ravishda hukm qilinganligi yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi munosabati bilan pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxsga yangi pasport (harakatlanish hujjati) berish yoʻli bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi”;
7) 345-moddaning ikkinchi qismi “175” raqamidan keyin “moddalarida, 177-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) 3812-modda birinchi qismining 3-bandidagi “177” raqami “177-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 423-moddaning ikkinchi qismi “Sud ehtiyot choralarini qoʻllash (oʻzgartirish, bekor qilish) toʻgʻrisidagi” degan soʻzlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
1) 171-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus foto- va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning maʼmuriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi”;
“49-modda. Mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, bundan bila turib gʻayriqonuniy ishdan boʻshatish mustasno, —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish, —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
491-modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi talablarni buzish
Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sogʻligʻiga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ishlarda foydalanish, —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
492-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
493-modda. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalarini toʻlash boʻyicha majburiyatdan boʻyin tovlash
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda toʻlash boʻyicha majburiyatdan boʻyin tovlash, —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) quyidagi mazmundagi 494-modda bilan toʻldirilsin:
“494-modda. Xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish
Xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
“50-modda. Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini yaratishga doir qarorlarini bajarmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Mahalliy mehnat organlari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) mavjud boʻlgani holda asossiz ravishda rad etish, shuningdek ish oʻrinlarining belgilangan eng kam soni hisobidan ish oʻrinlariga ishga joylashtirishni asossiz ravishda rad etish, xuddi shuningdek avval talabnoma berilgan, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
51-modda. Mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash
Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish, —
eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Boʻsh ish oʻrinlarini (vakant lavozimlarni) yashirish, boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) yoki har bir xodim boʻshatib olinishi kutilayotganligi toʻgʻrisidagi axborotni oʻz vaqtida taqdim etmaslik, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga ajratmalarni toʻlashdan boʻyin tovlash, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
6) 245-moddaning birinchi qismidagi “491, 511” raqamlari “491, 494, 511” raqamlari bilan almashtirilsin;
“255-modda. Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari
Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeks 49, 492, 493, 50, 51, 229-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqlidir:
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat inspektorlari, mehnat boʻyicha davlat huquqiy inspektorlari;
mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat inspektorlari, mehnat boʻyicha davlat texnik inspektorlari, mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 45-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazoni ijro etish muassasalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar;
tarbiya koloniyalari;
turmalar;
mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar”;
2) quyidagi mazmundagi 521-modda bilan toʻldirilsin:
“521-modda. Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar
Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar bemor mahkumlarni saqlash va ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangandir”;
4) 59-moddaning birinchi qismidagi “Ixtisoslashgan davolash muassasalarida” degan soʻzlar “Davolash huquqi asosidagi koloniyalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 60-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jazoni oʻtash joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etish muassasasidan boshqa jazoni ijro etish muassasasiga koʻchirilayotgan mahkumlarni vaqtincha saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari huzurida tranzit-joʻnatish uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Mahkumlar tranzit-joʻnatish uchastkalarida rejimining turi sud hukmi bilan belgilangan jazoni ijro etish muassasasida oʻzining jazoni oʻtashiga oid shartlar asosida, ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda saqlanadi. Mahkumlarni tranzit-joʻnatish uchastkalarida saqlashning eng koʻp muddati koʻpi bilan 20 sutkani tashkil etadi”;
6) 69-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy kuch ishlatilishi natijasida mahkumning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan har bir holat toʻgʻrisida prokurorga darhol xabar beriladi”;
7) quyidagi mazmundagi 691-modda bilan toʻldirilsin:
“691-modda. Mahkum ovqat yeyishni rad etganda qoʻllaniladigan choralar
Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi fakti aniqlanganda muassasa boshligʻi yoxud uning oʻrnini bosuvchi shaxs bu haqda zudlik bilan prokurorni xabardor qiladi.
Ovqat yeyishni rad etadigan mahkum imkon qadar boshqa mahkumlardan alohida saqlanadi va tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida boʻladi.
Ovqat yeyishni rad etgan mahkumning sogʻligʻini saqlab turishga qaratilgan majburlov yoʻsinidagi (sunʼiy va majburiy ovqatlantirish tarzidagi) choralar, agar uning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf tahdid solsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiyot xodimi hozirligida amalga oshiriladi.
Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi uni boshqa jazoni ijro etish muassasalariga oʻtkazishga yoxud tergov harakatlarida va sud majlislarida ishtirok etish uchun boshqa yerga koʻchirishga toʻsqinlik qilmaydi. Zarur hollarda, mahkumni boshqa yerga koʻchirish tibbiyot xodimi kuzatuvida amalga oshiriladi.
Mahkumlar ovqat yeyishni rad etganda qoʻllaniladigan majburlov yoʻsinidagi choralarni qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi”;
8) 71-moddaning yettinchi qismidagi “prokurorga xabar qilinadi” degan soʻzlar “darhol prokurorga xabar qilinadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 76-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuqumli kasalliklarga chalingan va statsionar davolanishda boʻlgan mahkumlarga uchrashuvlar shifokor ruxsati bilan beriladi”;
birinchi qismidagi “bunday soʻzlashuvlar muassasa maʼmuriyati nazorati ostida oʻtkaziladi va ularning haqi mahkumning shaxsiy hisob-varagʻidan toʻlanadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarda, tarbiya koloniyalarida, turmalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda jazoni oʻtayotgan mahkumlarning telefon orqali soʻzlashuvlari muassasa maʼmuriyati nazorati ostida oʻtkaziladi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvaragʻidan toʻlanadi”;
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga organizmning energiyaga va ozuqaviy moddalarga boʻlgan fiziologik ehtiyojini taʼminlaydigan ovqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda respublika budjeti hisobidan beriladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotganlar mustasno”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan homilador ayollarga va emizikli onalarga ishdan ozod etilgan davrida respublika budjeti hisobidan ovqat beriladi.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, kasalligi tufayli yoki intizomiy boʻlinmaga kiritilib ishdan ozod qilingan mahkumlarga manzil-koloniyalarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hisobidan ovqat berilib, ovqatning qiymati keyinchalik mahkumlarning oylik ish haqidan ushlab qolinadi”;
“96-modda. Mahkumlarning ijtimoiy sugʻurtasi va pensiya taʼminoti
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan davlat ijtimoiy sugʻurtasiga ajratmalar amalga oshirilmaydi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga tayinlangan pensiyani toʻlash ozodlikdan mahrum qilingan vaqtda toʻxtatib turiladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan mahkumlar mustasno.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar pensiyani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olishi mumkin.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash va toʻlash manzil-koloniya joylashgan yerdagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan tegishli pensiya summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq davlat pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻladi”;
13) 114-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻz shaxsiy mablagʻlari hisobiga xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va yoʻqlovlardagi mahsulotlardan mustaqil ravishda ovqat tayyorlashni amalga oshiradi”;
14) 117-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv;
oʻn ikki marta telefon orqali soʻzlashuv;
oʻn ikkita posilka yoki yoʻqlov;
oʻn ikkita banderol olish huquqiga ega”;
15) 119-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
besh marta qisqa muddatli va besh marta uzoq muddatli uchrashuv;
sakkiz marta telefon orqali soʻzlashuv;
sakkizta posilka yoki yoʻqlov;
sakkizta banderol olish huquqiga ega”;
16) 121-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
toʻrt marta qisqa muddatli va toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv;
olti marta telefon orqali soʻzlashuv;
oltita posilka yoki yoʻqlov;
oltita banderol olish huquqiga ega”;
17) 123-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish hamda yil mobaynida:
toʻrt marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv;
toʻrt marta telefon orqali soʻzlashuv;
toʻrtta posilka yoki yoʻqlov;
toʻrtta banderol olish huquqiga ega”;
18) 125-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:
yigirma toʻrt marta qisqa muddatli va sakkiz marta uzoq muddatli uchrashuv;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahkumni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishga yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etish masalasini maʼmuriyat tomonidan qayta koʻrib chiqish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining yoki jazoni ijro etuvchi organning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni rad etish haqidagi qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach, basharti mahkum belgilangan rejimga va mehnatga vijdonan munosabatda boʻlsa, amalga oshiriladi”;
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 48-moddaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yerlarni muhofaza qilish yuzasidan, shu jumladan sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrishlari shart”;
2) 90-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaganlikda”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) 15-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun oʻn sakkiz yosh etib belgilanadi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda) 67-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalarida va qamoqxonalarda jazoni oʻtayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan tartibda butun ish haqidan amalga oshiriladi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-298-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda) 44-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushlab turilganlar yoki qamoqqa olinganlar ovqat yeyishni rad etganda qoʻllaniladigan majburiy tusdagi choralarni qoʻllash tartibi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 6-moddasi 2019-yil 1-sentabrdan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-avgust,
OʻRQ-558-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)