Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini toʻliq yoki qisman yoʻqotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy taʼminlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Fuqarolarning davlat pensiya taʼminotiga taalluqli huquqlari
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan taʼminlanish huquqiga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika hududidan tashqarida yashab turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi OʻRQ-318-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar.
(1-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi OʻRQ-318-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda)
Ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy taʼminlanish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qoʻyadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa va qoʻshimcha toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarori.
2-modda. Davlat pensiyalarining turlari
Ushbu Qonun bilan davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi:
yoshga doir pensiya;
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi.
3-modda. Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etish
Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo boʻlganidan soʻng istalgan paytda pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning 7 va 8-moddalarida nazarda tutilgan yoshga doir pensiyalar fuqarolarning murojaati talab etilmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlanadi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
4-modda. Pensiyani tanlash huquqi
Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga ularning oʻzlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5-modda. Harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan shaxslarining, sudyalarning va prokuratura organlari darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan xodimlarining pensiya taʼminoti
Harbiy xizmatchilarni, ichki ishlar organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan shaxslarini, sudyalarni va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning oila aʼzolarini pensiya bilan taʼminlash shartlari, normalari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi. Ularga ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarda pensiya olish huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan shaxslari, sudyalar va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan xodimlari pul taʼminotining barcha turlari fuqarolarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 51-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi PQ-5089-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
6-modda. Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilik
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolar davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
II BOB. YOSHGA DOIR PENSIYALAR
7-modda. Yoshga doir pensiya olish huquqi
Yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega boʻladilar.
8-modda. Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiya
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya tayinlash uchun (7-modda) yetarlicha ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining “a” — “g” va “k” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud boʻlgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
(8-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martdagi OʻRQ-922-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son)
9-modda. Imtiyozli shartlardagi pensiyalar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar, chunonchi:
Yoshidan qatʼi nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli roʻyxati;
Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 2-sonli roʻyxati;
Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va koʻrsatkichlarning 3-sonli roʻyxati.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-oktabrdagi 637-son “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatini hamda ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
10-modda. Yoshidan qatʼi nazar imtiyozli pensiya olish huquqi
Yoshidan qatʼi nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega boʻladilar:
a) kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari boʻlgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan boʻlsalar (1-sonli roʻyxat, I qism);
b) bevosita yerosti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi) koʻmir, maʼdanlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan boʻlsalar (1-sonli roʻyxat, II qism);
v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda (1-sonli roʻyxat, III qism).
Yuqorida qayd etib oʻtilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) koʻra uchish ishlaridan boʻshatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini — erkaklar kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan boʻlsalar;
g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari:
ijodiy ish staji kamida 20 yil boʻlganda (1-sonli roʻyxat, IV qism);
ijodiy ish staji kamida 25 yil boʻlganda (1-sonli roʻyxat, V qism);
ijodiy ish staji kamida 30 yil boʻlganda (1-sonli roʻyxat,VI qism);
d) sportchilarning ayrim toifalari — ish staji kamida 20 yil boʻlganda (1-sonli roʻyxat, VII qism).
11-modda. Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqi
Oxirgi ish joyidan qatʼi nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar:
a) yerosti ishlarida, mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan xodimlar (2-sonli roʻyxat, I qism):
erkaklar — ish staji kamida 20 yil boʻlib, bundan kamida 10 yili koʻrsatib oʻtilgan ishlarga toʻgʻri kelgan taqdirda;
ayollar — ish staji kamida 15 yil boʻlib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi koʻrsatib oʻtilgan ishlarga toʻgʻri kelgan taqdirda.
Yer osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu 6 oydan kam boʻlgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir toʻliq yil uchun ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi.
Mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda — erkaklar kamida 5 yil, ayollar kamida 3 yil 9 oy — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi shunday ishda band boʻlingan har bir toʻliq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;
b) sirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda (2-sonli roʻyxat, II qism).
12-modda. Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqi
Oxirgi ish joyidan qatʼi nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar:
a) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
b) mehnat sharoiti zararli va ogʻir ishlarda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan xodimlar (3-sonli roʻyxat, I qism):
erkaklar — ish staji kamida 25 yil boʻlib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi koʻrsatib oʻtilgan ishlarga toʻgʻri kelgan taqdirda;
ayollar — ish staji kamida 20 yil boʻlib, bundan kamida 10 yili koʻrsatib oʻtilgan ishlarga toʻgʻri kelgan taqdirda.
Mehnat sharoiti zararli va ogʻir ishlarda — erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar kamida 5 yil — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning “d” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning “e” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning “j” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
z) bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan boʻlsa — ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda. Basharti, ayol oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizni ular 8 yoshga toʻlguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan boʻlsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi;
(12-bandning “z” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning “i” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
k) nogironligi boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan taʼlim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari oʻqituvchilari — maxsus ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda (3-sonli roʻyxat, VII qism);
(12-bandning “k” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
l) ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va oʻrta tibbiy xodimlari — maxsus ish staji shaharchalar, qishloqlar hamda ovullarda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil boʻlgan taqdirda (3-sonli roʻyxat, VIII qism);
(12-moddaning “l” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-795-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son)
Oldingi tahrirga qarang.
m) qariyalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga va yolgʻiz fuqarolarga xizmat koʻrsatishda bevosita band boʻlgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli roʻyxat, IX qism):
(12-bandning “m” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
erkaklar — maxsus ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;
ayollar — maxsus ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda.
Oldingi tahrirga qarang.
121-modda. Umumiy belgilangan yoshni bir yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining “a” — “g” va “k” bandlarida nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji boʻlgan ayollar ellik toʻrt yoshga toʻlganda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.
(121-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martdagi OʻRQ-922-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son)
13-modda. Liliputlar va pakanalarga pensiyalar
Ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakanalar:
erkaklar — ish staji kamida 20 yil boʻlganda;
ayollar — ish staji kamida 15 yil boʻlganda ega boʻladilar.
14-modda. Yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin tayinlash
Oldingi tahrirga qarang.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar:
(14-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
erkaklar — 58 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;
ayollar — 53 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.
III BOB. NOGIRONLIK PENSIYALARI
15-modda. Pensiyalarni tayinlash shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib boʻlish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi boʻlgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi OʻRQ-752-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
16-modda. Nogironlik guruhlari
Sogʻligʻini yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ular toʻgʻrisidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom.
17-modda. Pensiya olish huquqini beradigan ish staji
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qatʼi nazar, tayinlanadi.
Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega boʻlgan taqdirda tayinlanadi:
Yosh‎ Ish staji‎
23 yoshga qadar 2‎
23 yoshdan 26 yoshga qadar‎ 3‎
26 yoshdan 31 yoshga qadar‎ 5‎
31 yoshdan 36 yoshga qadar‎ 7‎
36 yoshdan 41 yoshga qadar‎ 9‎
41 yoshdan 46 yoshga qadar‎ 11‎
46 yoshdan 51 yoshga qadar‎ 14‎
51 yoshdan 56 yoshga qadar‎ 17‎
56 yosh va undan oshganda‎ 20‎
Oldingi tahrirga qarang.
20 yoshga toʻlgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash toʻxtatilganidan keyin nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan fuqarolarga pensiyalar ish stajidan qatʼi nazar tayinlanadi.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga oʻtkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiya
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega boʻlmagan (17-modda) umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
(18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
IV BOB. BOQUVCHISINI YOʻQOTGANLIK PENSIYALARI
19-modda. Pensiya olish huquqiga ega boʻlgan oila aʼzolari
Oldingi tahrirga qarang.
Vafot etgan boquvchining qaramogʻida (20-modda) boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi olish huquqiga ega boʻladi. Bunda farzandlarga va ushbu modda uchinchi qismining “b” va “v” bandlarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga pensiya ular boquvchining qaramogʻida turgan-turmaganidan qatʼi nazar tayinlanadi.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Marhumning qaramogʻida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablagʻ manbaidan mahrum boʻlib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz aʼzolari hisoblanadilar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga toʻlmagan boʻlsa yoki 18 yoshdan katta boʻlsa, agar ular 18 yoshga toʻlguniga qadar nogironligi bor bola boʻlib qolgan boʻlsa. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi boʻlmasa;
(19-modda uchinchi qismining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) ota, ona, oʻgay ota, oʻgay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlgan yoki nogironligi boʻlgan shaxs boʻlsalar;
(19-moddaning uchinchi qismi “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qatʼi nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan taʼtilda boʻlish huquqini beradigan yoshga toʻlgunga qadar boqish bilan mashgʻul boʻlsa va ishlamasa;
(19-modda uchinchi qismining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
g) buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart boʻlgan kishilar boʻlmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
Taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilari va talabalari oʻqishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga toʻlguniga qadar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.
(19-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi OʻRQ-752-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi olish huquqiga ega boʻlgan voyaga yetmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar.
Oʻgay oʻgʻil va oʻgay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan boʻlsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻgay ota va oʻgay ona, agar vafot etgan oʻgay oʻgʻilni (qizni) 18 yoshga toʻlgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan boʻlsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega boʻladilar. Oʻgay ota va oʻgay onaning vafot etgan oʻgay oʻgʻilni (qizni) tarbiyalaganligi yoki boqqanligini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(19-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-795-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 112-bandining toʻqqizichi xatboshisi.
Ushbu Qonunning vafot etganlar oilalariga taalluqli hamma qoidalari bedarak yoʻqolganlarning oilalariga ham, agar boquvchining bedarak yoʻqolganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlsa, tegishli ravishda joriy qilinadi.
20-modda. Qaramoqda deb hisoblanuvchi oila aʼzolari
Ushbu Qonunning 19-moddasida koʻrsatib oʻtilgan oila aʼzolari, agar ular marhumning toʻliq boquvida boʻlgan yoki undan yordam olib turgan boʻlsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablagʻining manbai hisoblangan boʻlsa, marhumning qaramogʻida turgan deb hisoblanadilar.
Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila aʼzolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablagʻining manbai hisoblangan boʻlsa — boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasiga oʻtish huquqiga egadirlar.
21-modda. Boquvchining pensiya olish huquqini beruvchi ish staji
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish stajidan qatʼi nazar tayinlanadi.
Basharti, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega boʻlgan (17-modda) boʻlsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bogʻliq boʻlmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanadi.
Boshqa mamlakatlardan koʻchib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining oilalariga, basharti, boquvchi Oʻzbekiston Respublikasida ishlamagan boʻlsa, pensiyalar quyidagi hollarda tayinlanadi:
a) boshqa mamlakatlarda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olgan oilalarga — boquvchisining ish stajidan qatʼi nazar;
b) pensiya olmagan oilalarga — basharti, boquvchi ishlash toʻxtatilgan kunga qadar tegishli stajga ega boʻlgan (17-modda) boʻlsa, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan taqdirda esa — boquvchining ish stajidan qatʼi nazar.
22-modda. Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiya
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega boʻlmagan (17-modda) boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolariga pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
23-modda. Yangi nikohdan oʻtilganida pensiyani saqlab qolish
Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan pensiya pensioner yangi nikohdan oʻtganida ham saqlanib qoladi.
24-modda. Boquvchining oila aʼzolariga pensiyadan ulush ajratib berish
Oilaning pensiya olish huquqiga ega boʻlgan barcha aʼzolariga bitta umumiy pensiya tayinlanadi.
Oila aʼzosining talabi bilan uning pensiyadagi ulushi ajratilib, alohida toʻlanadi.
Pensiyadan ulush ajratib berish pensiyani boʻlish toʻgʻrisida ariza tushgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
V BOB. PENSIYALARNI VA ISH HAQINI HISOBLAB CHIQISH TARTIBI
25-modda. Pensiya miqdori
Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bogʻliq boʻlib, quyidagilardan tarkib topadi:
pensiyaning tayanch miqdoridan;
ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;
pensiyaga qoʻshiladigan ustama haqlardan.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya miqdori rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emas.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martdagi OʻRQ-922-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son)
26-modda. Pensiyalarning tayanch miqdorlari
Ushbu Qonun bilan pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) yoshga doir pensiya uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
(26-moddaning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
(26-moddaning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-moddaning “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 50 foizi miqdorida;
(26-moddaning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) ota-onasidan judo boʻlgan (chin yetim) bolalarga yoki vafot etgan yolgʻiz onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida.
(26-moddaning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
27-modda. Ish staji uchun pensiyalarning oshirilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun (37—40-moddalar) pensiyalarning tayanch miqdorlari (26-modda) quyidagicha oshiriladi:
(27-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
a) yoshga doir pensiyalar — pensiyani hisoblab chiqarish uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
b) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;
(27-moddaning birinchi qismi “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-modda birinchi qismining “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir aʼzosi uchun — boquvchining pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida oshiriladi.
(27-modda birinchi qismining “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-795-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Otasidan ham, onasidan ham judo boʻlgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn ikki barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-791-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2022-y., 03/22/791/0832-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
28-modda. Pensiyalarga ustama haqlar
Ushbu Qonunning 26, 27 va 29-moddalariga muvofiq hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) I guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi;
(28-moddaning “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) II guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi;
(28-moddaning “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-moddaning “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) koʻzi ojizlik boʻyicha I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi;
(28-moddaning “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
(28-moddaning “d” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) II guruh yolgʻiz nogironligi boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
(28-moddaning “e” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
j) urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi;
(28-moddaning “j” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
z) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 30 foizi;
(28-moddaning “z” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
i) vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi.
(28-moddaning “i” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
k) Oʻzbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha. Oʻzbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari boʻlgan shaxslarning pensiyasiga ustama toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(28-moddaning “k” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-795-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 101-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
l) yoshidan qatʼi nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan artistlarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
(28-moddaning “l” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
m) teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa sanʼati ijodiy xodimlari tayyorlovchi oʻquv muassasalarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan roʻyxatga koʻra — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 50 foizi.
(28-moddaning “m” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
29-modda. Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyani hisoblab chiqarish
Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalar (8, 18 va 22-moddalar) bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalar:
Oldingi tahrirga qarang.
yoshga doir pensiyalar uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
(29-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan;
(29-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 75 foizidan;
(29-moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-moddaning modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
(29-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ham otasi, ham onasidan judo boʻlgan (chin yetim) har bir bolaga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
(29-moddaning ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ish staji toʻliq boʻlmaganda pensiyaning miqdori rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emas.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martdagi OʻRQ-922-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son)
30-modda. Ustama haqlarni hisoblab chiqarish shartlari
Ustama haqlar tayinlanayotgan pensiyaning turidan qatʼi nazar qoʻshib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya soʻrab murojaat etgan kishilarga ushbu Qonunning 28-moddaning “a” yoki “b” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning “i” — “m” bandlarida koʻrsatilgan ustama haqlardan biri qoʻshib hisoblanadi.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-795-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya soʻrab murojaat etgan kishining tanlovi boʻyicha ushbu Qonunning 28-moddasi “g”, “d” yoki “e” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning “j” — “m” bandlarida koʻrsatilgan ustama haqlardan biri qoʻshib hisoblanadi.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-795-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son)
31-modda. Oʻrtacha oylik ish haqini aniqlashning umumiy tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qatʼi nazar, oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyati davomidagi ketma-ket besh yildagi ish haqi olinadi. Bunda fuqaroning oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyati davomidagi ketma-ket besh yil uchun ish haqining eng yuqori miqdori axborot tizimidagi yoki fuqaro tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan avtomatik ravishda aniqlanadi.
(31-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi oʻtgan yillardagi ish haqlarini pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qayta hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bobi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda pensiya soʻrab murojaat etgan kishining xohishiga koʻra, ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish munosabati bilan ish kunlari soni toʻliq boʻlmagan oylar toʻliq ishlangan kalendar oylar sifatida hisobga olinadi.
Pensiya soʻrab murojaat etgan kishi besh yildan kam ishlagan hollarda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqi ishlangan kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mavsumiy ishlarda band boʻlgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qatʼi nazar, mehnat faoliyatining oxirgi oʻn yili davomidagi, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadigan, ketma-ket besh mavsumdagi qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
(31-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn ikki baravaridan ortiq boʻlmagan miqdordagi oʻrtacha oylik ish haqi olinadi.
(31-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-791-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2022-y., 03/22/791/0832-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan oz boʻlgan yoki ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar umuman mavjud boʻlmagan hollarda pensiya pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
(31-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
32-modda. Pensiyalarni hisoblab chiqarishda eʼtiborga olinadigan ish haqi turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga:
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — qonunchilikka muvofiq sugʻurta badallari hisoblanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar;
(32-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — qonunchilikka muvofiq hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar qoʻshiladi.
(32-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijtimoiy sugʻurtasiga taalluqli boʻlmagan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga oʻxshash pul taʼminotining barcha turlari qonunchilikka muvofiq qoʻshiladi.
(32-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻqish davrida toʻlangan stipendiya pensiya soʻrab murojaat etuvchining xohishiga koʻra ish haqiga tenglashtiriladi.
Ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodimning, dehqon xoʻjaligi va oilaviy tadbirkorlik subyekti aʼzosining) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori:
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) toʻlangan sugʻurta badallarining miqdoridan;
(32-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davr uchun — toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov miqdoridan;
(32-modda toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan — toʻlangan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(32-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
33-modda. Ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyentlar belgilangan hududlarda yashovchi shaxslarning ish haqini hisoblab chiqish
Ishlovchilarning ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyent belgilangan hududlarda yashovchi shaxslar va oilalarga pensiya tayinlashda mintaqaviy koeffitsiyent eʼtiborga olingan holda hisoblab chiqilgan amaldagi ish haqi hisobga olinadi.
34-modda. Pensionerlarning oilalariga pensiyalarni hisoblab chiqarish
Pensionerlarning oilalariga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari pensionerning (boquvchining) oʻz pensiyasi qaysi ish haqidan hisoblab chiqarilgan boʻlsa, oʻsha ish haqidan hisoblab chiqariladi.
35-modda. Boshqa davlatlardan koʻchib kelgan fuqarolarga pensiyalar hisoblab chiqarish
Boshqa davlatlardan koʻchib kelgan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlamagan fuqarolarga pensiyalar Oʻzbekistondagi tegishli kasb hamda malakadagi xodimlarning pensiya tayinlanayotgan vaqtdagi oʻrtacha oylik ish haqiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi.
Basharti, bunday kasb hamda malakalar respublikada boʻlmasa, oʻrtacha oylik ish haqini aniqlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 106-bandi.
36-modda. Chet elda ishlangan davr uchun ish haqini hisoblab chiqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Chet elda yollanib ishlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi quyidagicha aniqlanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallarining miqdoridan;
(36-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davr uchun — toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov miqdoridan;
(36-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan — toʻlangan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(36-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 41-bandi.
VI BOB. ISH STAJINI HISOBLAB CHIQARISH
37-modda. Ish stajiga qoʻshib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari
Quyidagilar ish stajiga qoʻshib hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
a) 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsa;
(37-modda birinchi qismi “a” bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa, shuningdek jismoniy shaxsning 2021-yil 1-iyundan keyingi ishlamagan davri uchun uning eri (xotini) mehnatga haq toʻlash tarzidagi oʻz daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq toʻlagan davr;
(37-modda birinchi qismi “a” bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xoʻjaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xoʻjaligi aʼzosi uzrsiz sabablarga koʻra jamoa xoʻjaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan boʻlsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijodiy faoliyat bilan mashgʻul xodimlarning ish stajini, basharti ular Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari ana shu muallifning asari eʼlon qilingan yoki birinchi marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan kundan eʼtiboran belgilaydilar;
(37-modda birinchi qismi “a” bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qoʻshilmalarida boʻlish, davlat xavfsizligi organlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;
(37-modda birinchi qismining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, harbiylashtirilgan qoʻriqlashdagi, maxsus aloqa organlari va togʻ-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
(37-modda birinchi qismining “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-881-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/881/0906-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
g) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xoʻjalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xoʻjaligidagi faoliyat, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatidagi mehnat faoliyati:
(37-modda birinchi qismi “g” bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;
(37-modda birinchi qismi “g” bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda;
(37-modda birinchi qismi “g” bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan — ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda.
(37-modda birinchi qismining “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga yoki 18 yoshgacha boʻlgan, nogironligi bor bolaga, shuningdek oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarga qarab turilgan vaqt;
(37-modda birinchi qismining “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-oktabrdagi OʻRQ-977-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) oliy taʼlim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi oʻqish, shu jumladan chet elda oʻqish;
(37-moddaning birinchi qismi “e” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
j) bola 3 yoshga toʻlguncha bolani parvarishlash taʼtillarida boʻlish vaqti, lekin hammasini jamlaganda koʻpi bilan 6 yil;
(37-modda birinchi qismining “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi OʻRQ-752-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
z) ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati boʻlmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin 10 yildan oshmagan davr;
Oldingi tahrirga qarang.
i) Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda boʻlgan, lekin 10 yildan oshmagan davr;
(37-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan “i” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-modda birinchi qismining “k” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
k) ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq toʻlangan boʻlsa.
(37-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi OʻRQ-817-sonli Qonuniga asosan “k” band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur moddaning “d” — “i” bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu modda birinchi qismining “a” — “g” va “k” bandlarida koʻrsatib oʻtilgan umumiy ish staji kamida 7 yil boʻlgan taqdirda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martdagi OʻRQ-922-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan fuqarolar stajiga “d” — “i” bandlarda nazarda tutilgan davrlar ushbu modda birinchi qismining “a” — “g” va “k” bandlarida koʻrsatib oʻtilgan staj muddatidan qatʼi nazar qoʻshiladi.
(37-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martdagi OʻRQ-922-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son)
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironligida boʻlingan vaqt yoshga doir yoki boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qoʻshib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-795-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qoʻshib hisoblanmaydi, bundan fuqaro uning murojaati talab etilmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlangan pensiyani rad etib, ishlashni davom ettirgan hollar mustasno.
(37-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Ota-onasidan judo boʻlgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish ham ota, ham onaning umumiy ish stajiga qarab, ushbu Qonunning 27-moddasi “g” bandida koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 3-bobi.
38-modda. Ish stajiga imtiyozli tarzda qoʻshib hisoblanadigan faoliyat davrlari
Stajga quyidagilar imtiyozli tarzda qoʻshib hisoblanadi:
a) harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qoʻshilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok etish — uch hissa barobarida;
Oldingi tahrirga qarang.
b) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan harbiy qismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi ish va ushbu moddaning “a” bandida nazarda tutilgan xizmatdan tashqari harbiy xizmat — ikki hissa barobarida;
(38-moddaning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
v) ushbu Qonun 10-moddasining “a” va “b” bandlariga hamda 11-moddasining “a” bandiga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan — erkaklarda 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir toʻliq yil ikki hissa barobarida;
g) moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunodefitsit virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlash — ikki hissa barobarida;
d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining ishi — bir yarim hissa barobarida;
e) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda qatagʻon qilingan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda boʻlish va hibsda saqlash joylarida turgan vaqti — bir yarim hissa barobarida.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 32-bandi.
39-modda. Ayrim toifadagi fuqarolar stajini hisoblab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlari
Sanoatning mavsumiy tarmoqlariga oid korxonalar va tashkilotlarda band boʻlgan xodimlarning toʻliq mavsum mobaynidagi ishi bir yil ishlagan deb, toʻliq mavsum davomida ishlamagan boʻlsa, haqiqiy ishlagan davri hisobga olinadi.
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan yerosti ishlari stajini hisoblab chiqishda (10-moddaning “a” — “b” bandlari va 11-moddaning “a” bandi) ana shu ishda orttirilgan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlikda boʻlgan vaqti ushbu Qonun 38-moddasining “v” bandida belgilangan qoidalar qoʻllanmasdan koʻrsatib oʻtilgan stajga qoʻshiladi.
40-modda. Chet elda ishlash vaqtini stajga qoʻshish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Chet elda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga koʻra mehnat stajiga qoʻshiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;
(40-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda;
(40-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan — ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda.
(40-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yollanma (bitim) asosda chet elda ishlaganligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning chet elda ishlagan davrini mehnat stajiga kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(40-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 41-bandining oʻn sakkizinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga chet eldagi ishi Oʻzbekiston Respublikasida ishlanganiga toʻgʻri keladigan stajning 1/3 hissasidan oshmagan miqdorda, stajga qoʻshiladi.
(40-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi OʻRQ-318-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda)
41-modda. Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda ish stajini oʻzaro hisobga olish xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda, basharti, hisobga oʻtadigan ishlar ayni shunday yoki nisbatan imtiyozliroq shartlarda pensiya olish huquqini bergan taqdirda, 1, 2 va 3-sonli roʻyxatlarda nazarda tutilgan ish davrlari oʻzaro hisobga olinadi.
(41-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-795-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son)
42-modda. Ish stajini tasdiqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.
Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) yoki unda tegishli yozuvlar mavjud boʻlmagan taqdirda ish stajini tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(42-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 56-bandi.
VII BOB. PENSIYALAR TAYINLASH
Oldingi tahrirga qarang.
43-modda. Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etish tartibi
Fuqaro yoki uning qonuniy vakili pensiya tayinlashni soʻrab oʻz tanloviga koʻra quyidagi usullardan birini qoʻllagan holda murojaat qilish huquqiga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga ariza bilan;
(43-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
yashash joyidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazida soʻrovnoma toʻldirgan holda;
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali soʻrovnoma toʻldirgan holda.
Oldingi tahrirga qarang.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar pensiya tayinlashni soʻrab ariza bilan manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamgʻarmasining bevosita tuman (shahar) boʻlimiga yoki soʻrovnoma toʻldirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etishi mumkin.
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etilganda shaxsning pensiyaga boʻlgan huquqi ushbu Qonunda belgilangan shartlarga va normalarga muvofiq axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlarga asosan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya jamgʻarmasining boʻlimlari pensiyalarni tayinlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar va maʼlumotlar berishi, shuningdek arizachiga zarur hujjatlarni olishida koʻmaklashishi shart.
(43-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari korxonalardan, tashkilotlardan va ayrim shaxslardan tegishli hujjatlarni talab qilib olish, zarur hollarda esa, ularning berilishi asosliligini tekshirish huquqiga ega.
(43-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Korxonalar va tashkilotlar pensiya uchun (pensiya qayta hisob-kitob qilinishi uchun) hujjatlarni oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki ishonchsiz maʼlumotlari boʻlgan hujjatlarni taqdim etish oqibatida pensionerga yetkazilgan zarar uchun uning oldida qonunchilikda belgilanganidek javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxona, tashkilot yoki pensioner tomonidan ishonchsiz maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilganligi oqibatida davlatga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrni Pensiya jamgʻarmasiga qoplanadi. Bunda korxona yoki tashkilot tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni Pensiya jamgʻarmasi boʻlimidan tegishli xabarnoma olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida, pensioner tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni esa ushbu Qonunning 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi.
(43-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
431-modda. Fuqaroning murojaatini talab etmagan xolda (proaktiv shaklda) pensiya tayinlash tartibi
Ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlgan fuqarolarga yoshga doir pensiya ulardan murojaat talab etilmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlanadi. Bunda fuqaroning yoshga doir pensiyaga boʻlgan huquqi ushbu Qonunda belgilangan shartlar va normalarga muvofiq axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlarga asosan aniqlanadi. Fuqaroning pensiyaga boʻlgan huquqini aniqlashda pensiyaning miqdori hisob-kitob qilinadi va pensiya tayinlanadi.
Agar fuqaro uning murojaatisiz (proaktiv shaklda) tayinlangan pensiya miqdoridan norozi boʻlsa yoki mehnat faoliyatini davom ettirish va keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirsa, u tayinlangan yoshga doir pensiyani rad etish huquqiga ega. Bunda fuqaro xabarnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ariza bilan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali soʻrovnoma toʻldirilgan holda murojaat qilishi kerak.
Fuqaroning murojaatini talab etmagan holda (proaktiv shaklda) pensiya tayinlashning imkoni boʻlmagan hollarda, pensiya fuqaroning murojaatiga asosan tayinlanadi.
(431-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
44-modda. Pensiya tayinlovchi organlar
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyalarni Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tayinlaydi.
(44-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45-modda. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlarni va maʼlumotlarni koʻrib chiqish muddatlari
Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza va soʻrovnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
Pensiyani fuqaroning murojaatini talab etmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlash toʻgʻrisidagi masala fuqaro ushbu Qonunning7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlgan kunning oʻzida koʻrib chiqiladi.
Pensiya tayinlangan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya tayinlangan kunning oʻzida pensionerga pensiyaning turi, miqdori va pensiya tayinlash muddati toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Fuqaroning murojaatini talab etmagan holda (proaktiv shaklda) pensiya tayinlash rad etilganda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shu kunning oʻzida fuqaroga pensiya tayinlash rad etilganligi toʻgʻrisida rad etish sabablarini va shikoyat berish tartibini koʻrsatgan holda xabarnoma yuboradi.
Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tegishli qaror chiqarilganidan keyin besh kundan kechiktirmay arizachiga pensiya tayinlash rad etilganligi toʻgʻrisida rad etish sabablarini va shikoyat berish tartibini koʻrsatgan holda xabarnoma beradi yoki joʻnatadi hamda bir vaqtning oʻzida barcha hujjatlarni qaytaradi.
Agar pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi murojaat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, soʻrovnoma toʻldirgan holda berilgan boʻlsa, pensiya tayinlash rad etilganligi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kunning oʻzida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi murojaat qilgan shaxsga pensiya tayinlash rad etilganligi haqida rad etish sabablarini va shikoyat berish tartibini koʻrsatgan holda xabar yuboradi.
(45-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46-modda. Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etilgan kun
Ariza qabul qilib olingan kun yoki soʻrovnoma kelib tushgan kun pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etilgan kun deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan yoki axborot tizimlarida zarur maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hollarda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi murojaatchiga qoʻshimcha ravishda qaysi hujjatlar yoki maʼlumotlar taqdim etilishi kerakligi haqida xabar qiladi. Basharti ular qoʻshimcha hujjatlar yoki maʼlumotlar taqdim etilishi zarurligi haqidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran uch oy ichida taqdim etilsa, pensiya tayinlanishi toʻgʻrisidagi ariza yoki soʻrovnoma qabul qilingan kun pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etilgan kun deb hisoblanadi.
(46-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
47-modda. Pensiyalar tayinlash muddatlari
Pensiyalar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) yoshga doir pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab oltmish kun ichida uni soʻrab murojaat etilgan boʻlsa, pensiya yoshiga toʻlgan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi;
(47-moddaning birinchi qismi “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) nogironlik pensiyasi — agar nogironlik belgilangan kundan eʼtiboran oltmish kundan kechiktirmay pensiya soʻrab murojaat etilgan boʻlsa, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironlikni belgilagan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun tayinlanadi. Nogironligi boʻlgan 60 yoshdan oshgan erkaklarga va 55 yoshdan oshgan ayollarga — nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi. Ushbu nogironligi boʻlgan shaxslarni qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi;
(47-moddaning birinchi qismi “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
v) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi — pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan muddatdan eʼtiboran tayinlanadi. Pensiya ushbu Qonunning 19-moddasiga muvofiq marhumning oila aʼzosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun, oilaning: erkaklar — 60 yoshga, ayollar — 55 yoshga toʻlgan aʼzolari uchun esa — umrbod tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin pensiya tayinlashni soʻrab bir oy ichida murojaat qilgan boʻlsa, ularga pensiya uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan eʼtiboran tayinlanadi.
(47-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi OʻRQ-752-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Boshqa barcha hollarda pensiya murojaat etilgan kundan eʼtiboran tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun 431-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, pensiya pensiya yoshiga yetgan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Ushbu Qonunning 431-moddasiga asosan tayinlangan pensiyani rad etgan fuqaro pensiya tayinlashni soʻrab takroran murojaat qilganda pensiya tayinlash muddati ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.
(47-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Bir pensiyadan boshqasiga oʻtkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar bilan murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan eʼtiboran amalga oshiriladi.
48-modda. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish
Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat tuman (shahar) sudiga berilishi mumkin.
VIII BOB. PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASH
49-modda. Pensiyalarni qayta hisoblash shartlari
Pensiyalarni qayta hisoblash:
pensioner pensiya miqdoriga taʼsir koʻrsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha boʻlgan ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi hamda boshqa) qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda;
nogironlik guruhi oʻzgarganda;
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oladigan oila aʼzolari soni oʻzgarganda;
Oldingi tahrirga qarang.
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari oʻzgargan taqdirda;
(49-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(49-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yoshga doir eng kam pensiya miqdori oʻzgarganda;
daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda pensiya miqdori yil davomida tovarlar va xizmatlarning isteʼmol narxlari (tariflari) indeksi (inflyatsiya) darajasining oʻsish surʼatlari hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga asosan indeksatsiya qilinadi (oshiriladi).
(49-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martdagi OʻRQ-922-sonli Qonuniga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega boʻlsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi ushbu Qonunning 17-moddasida koʻrsatilgan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
(49-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-795-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo boʻlganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(50-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
51-modda. Tayinlangan pensiyani qayta hisoblash muddatlari
Pensiyani oshirish huquqi paydo boʻlganida tayinlangan pensiyani qayta hisoblash pensioner pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Pensiya miqdorini kamaytirishga sabab boʻladigan holatlar vujudga kelgan taqdirda qayta hisoblash ana shu holatlar paydo boʻlgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
IX BOB. PENSIYALAR TOʻLASH
Oldingi tahrirga qarang.
52-modda. Pensionerlarga pensiyalarni toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Pensionerlarga pensiyalar ularning tanloviga koʻra doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan zimmasiga pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklatilgan tashkilot va tijorat bankining filiallari orqali toʻlanadi.
(52-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi OʻRQ-752-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
531-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiyalar toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar toʻlash manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan tegishli pensiyalar summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
(531-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
54-modda. Mehnat qobiliyati tiklanganda pensiyalarni toʻlash muddati
Qayta koʻrikdan oʻtkazilgan shaxs mehnatga qobiliyatli deb tan olingan taqdirda pensiya uni mehnatga qobiliyatli deb topilgan oyning oxirigacha, lekin nogironlik belgilab qoʻyilgan kungacha boʻlgan muddatga toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
55-modda. Nogironlik davrida tanaffuslar boʻlganda pensiya toʻlashni qayta tiklash shartlari
Agar nogironligi boʻlgan shaxs uzrsiz sababga koʻra belgilangan muddatda qayta koʻrikdan oʻtish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga bormagan boʻlsa, unga pensiya toʻlash toʻxtatib turiladi, u yana nogironligi boʻlgan shaxs deb tan olingan taqdirda esa toʻxtatib turilgan kundan eʼtiboran, lekin koʻpi bilan bir oy oldin pensiyani toʻlash qayta tiklanadi.
Qayta koʻrikdan oʻtish muddati uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilganda, agar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi uni ana shu davrda nogironligi boʻlgan shaxs deb topsa, pensiya toʻlash toʻlov toʻxtatib turilgan kundan eʼtiboran to qayta koʻrikdan oʻtish kunigacha, lekin koʻpi bilan uch yil uchun amalga oshiriladi. Bunda, agar nogironligi boʻlgan shaxs qayta koʻrikdan oʻtkazish chogʻida nogironlikning boshqa guruhiga (yuqori yoki past guruhga) oʻtkazilgan boʻlsa, pensiya koʻrsatib oʻtilgan vaqt uchun avvalgi guruh boʻyicha toʻlanadi.
Agar umumiy kasallik oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotgan nogironligi boʻlgan shaxsga mehnat qobiliyati tiklanganligi sababli pensiya toʻlash toʻxtatilgan yoki u qayta koʻrikdan oʻtish uchun uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi oqibatida toʻxtatib turilgan boʻlsa, keyinchalik u yana nogironligi boʻlgan shaxs deb tan olingan taqdirda, basharti pensiyani toʻlash toʻxtatilganidan keyin besh yildan ortiq vaqt oʻtmagan boʻlsa, ilgari tayinlangan pensiyani toʻlash nogironlik belgilangan kundan eʼtiboran yangitdan qayta tiklanadi. Agar besh yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, pensiya umumiy asoslarda yangitdan tayinlanadi.
(55-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
56-modda. Toʻliq davlat taʼminotida turgan bolalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Chin yetim bolalarga toʻliq davlat taʼminotida turgan davrida pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida pensiya toʻlanadi.
(56-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-onasining biridan ajralgan va toʻliq davlat taʼminotida turgan bolalarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida pensiya toʻlanadi.
(56-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shu davrdagi toʻlanishi lozim boʻlgan pensiya puli bolaning nomiga tijorat bankida ochilgan depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib qoʻyiladi.
(56-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
57-modda. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari toʻlash muddati
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi toʻlashni toʻxtatishga sabab boʻluvchi holatlar paydo boʻlganida pensiyani toʻlash ana shunday holat paydo boʻlgandan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab toʻxtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
58-modda. Pensiya toʻlanishiga taʼsir koʻrsatuvchi shart-sharoitlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida pensionerning Pensiya jamgʻarmasi boʻlimini xabardor qilish majburiyati
(58-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari uchun boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olayotgan pensioner oilaning pensiya toʻlanayotgan aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida, ular oʻqishni toʻxtatganligi haqida, shuningdek toʻliq davlat taʼminotiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimini xabardor qilishi shart.
(58-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi OʻRQ-752-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
59-modda. Oʻtgan davr uchun pensiya toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Pensionerga hisoblab chiqarib qoʻyilgan, lekin uning tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi yigirma toʻrt oydan oshmagan davr uchun toʻlanadi.
(59-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martdagi OʻRQ-922-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son — 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Pensiyani tayinlovchi yoki toʻlovchi organning aybi bilan oʻz vaqtida olinmay qolgan pensiya puli oʻtgan davr uchun muddati cheklanmagan holda toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
60-modda. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida yashovchi pensionerlarga pensiyalar toʻlash
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida yashovchi yolgʻiz pensionerlarga pensiya va ularning taʼminoti uchun sarf-xarajat oʻrtasidagi farq toʻlanadi, lekin tayinlangan pensiyaning kamida 20 foizi toʻlanadi. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun ijtimoiy koʻllab-quvvatlash markazlarida yashovchi pensionerlarga pensiya toʻlanmaydi.
(60-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
61-modda. Statsionar davolanishda boʻlingan davrda pensiya toʻlash
Pensionerning statsionar davolanishda boʻlgan davri uchun pensiya toʻliq toʻlanadi.
62-modda. Ozodlikdan mahrum qilingan davr uchun pensiya toʻlashni toʻxtatib qoʻyish
Oldingi tahrirga qarang.
Pensioner ozodlikdan mahrum qilingan taqdirda tayinlangan pensiyani toʻlash ozodlikdan mahrum qilingan davr uchun toʻxtatib qoʻyiladi bundan manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan shaxslar mustasno.
(62-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi OʻRQ-558-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63-modda. Pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyani toʻlash
(63-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Pensioner olishi lozim boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanadigan shaxslar (19, 20-moddalar) doirasiga kiruvchi oila aʼzolariga toʻlanadi. Ota-onasi, eri (xotini), shuningdek pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turgan oila aʼzolari bu pulni, ular boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanadiganlar doirasiga kirmaganlari taqdirida ham olish huquqiga ega boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli koʻrsatib oʻtilgan oila aʼzolariga ushbu oy uchun toʻliq toʻlanadi.
(63-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oilaning bir necha aʼzosi murojaat etgan taqdirda pensiyaning ularga tegishli summasi ularning oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(63-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli pensioner vafot etganidan keyin oltmish kun ichida uni olish uchun murojaat etilgan taqdirda toʻlanadi.
(63-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
64-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan fuqarolarga pensiyalar toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Chet elga doimiy yashash uchun chiqib ketishdan oldinroq tayinlangan pensiyalar Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga chiqib ketish toʻgʻrisida ariza berilgan kundagi holatga koʻra pensiya miqdori hisobidan chet elga chiqib ketish oldidan 6 oy avval toʻlanadi.
(64-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bu fuqarolarning chet elda boʻlgan vaqti uchun, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan pensiyalargina toʻlanadi.
(64-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi OʻRQ-318-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda)
65-modda. Pensiyalardan chegirmalar
Pensiyalardan chegirmalar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;
(65-modda birinchi qismining “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-bobi (64 — 70-moddalar)ga qarang. (“Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga nisbatan undiruv”).
Oldingi tahrirga qarang.
b) Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining qaroriga binoan — pensionerga uning tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda qilinishi mumkin.
(65-modda birinchi qismining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshirish (oʻrganish) oʻtkazish boshlangan sanadan avvalgi uch yil va undan ortiq davrda tayinlangan va (yoki) qoʻshimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga (oʻrganilishiga) hamda ular boʻyicha toʻlangan ortiqcha summalarning ushlab qolinishiga (undirilishiga) yoʻl qoʻyilmaydi.
(65-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensioner Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining pensiyadan ortiqcha toʻlangan summalarni ushlab qolish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida undiriladi.
(65-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Pensiyalardan yuqorida koʻrsatib oʻtilganidan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas.
Pensiyadan chegirmalar qilish miqdori pensionerga toʻlanishi lozim boʻlgan puldan hisoblab chiqariladi.
Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.
Ortiqcha toʻlangan pensiya puli boʻyicha qarzdorlik toʻliq uzilgunga qadar pensiya toʻlash toʻxtatilgan hollarda (masalan, mehnat qobiliyati tiklanganligi tufayli) qolgan qarz sud tartibida undiriladi.
66-modda. Pensiyalar toʻlash uchun ajratiladigan mablagʻlar
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Pensiya jamgʻarmasini shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. Pensiyalarni toʻlash uchun Pensiya jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan transfertlar ajratilishi mumkin.
(66-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisida”gi Nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar:
boquvchisini yoʻqotganlik uchun, shuningdek xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga uchraganligi oqibatidagi nogironlik uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarining oʻrnini qoplovchi pulni ish haqi toʻlashga moʻljallangan mablagʻlar hisobidan Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazadi.
(66-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensioner ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan yoshga toʻlguniga qadar ushbu Qonunning 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash Pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(66-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
67-modda. Pensiyalarni soliqlardan ozod qilish
Ushbu Qonunga muvofiq toʻlanadigan pensiyalarga soliq solinmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-sentabr,
938-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda; 1997-y., 4-5-son, 126-modda; 1998-y., 9-son, 181-modda; 1999-y., 5-son, 112-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; 2002-y., 4-5-son, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 148-modda; 2007-y., 50-51-son, 498-modda, 52-son, 533-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2010-y., 20-son, 149-modda, 35-36-son, 300-modda, 51-son, 483-modda; 2012-y., 1-son, 4-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 49-son, 579-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 52-son, 597-modda, 598-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 17.10.2018-y., 03/18/500/2057-son, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son; 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son; 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son, 20.09.2022-y., 03/22/791/0832-son; 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son; 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son; 29.11.2023-y., 03/23/881/0906-son; 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son; 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son; 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)