Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.06.2004
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT IShLARI VAZIRLIGINING TUZILMASI VA FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyundagi 272-son “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyatini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 9-martdagi Farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi va xodimlari soni ko‘pi bilan 58 kishi hisobida (binoni qo‘riqlovchi va xizmatchi xodimlardan tashqari) 1-ilovaga binoan tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga vazirning uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari va shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 7 kishidan iborat hay’ati bo‘lishiga ruxsat etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga bevosita bo‘ysunuvchi muassasa va tashkilotlar ro‘yxati 2-ilovaga binoan tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan kelishib, hokimliklar boshqarmalarining belgilangan soni doirasida madaniyat ishlari bo‘yicha tegishli hududiy boshqarmalarni tuzsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston xalqlarining ma’naviy madaniyatini har tomonlama rivojlantirish va boyitish sharoitlarini ta’minlash, ijodiy uyushmalar, milliy-madaniy markazlar bilan amaliy aloqalar va o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash, davlatlararo (MDH doirasida) va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirish; badiiy-ijrochilik va madaniy-ma’rifiy kadrlarni tayyorlash sharoitlari va jarayonlarini muntazam ravishda takomillashtirib borish;
madaniyat sohasidagi xalq an’analarini qayta tiklash va boyitishni tashkiliy-ijodiy jihatdan ta’minlash;
teatr, musiqa, xoreografiya, estrada-sirk, tasviriy, xalq an’anaviy va professional dekorativ-amaliy san’atini yanada rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
madaniy meros obyektlarining davlat muhofazasini ta’minlash;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 14-son, 113-modda)
madaniyat sohasi xodimlarini va ijodiy ziyolilarni ijtimoiy va professional himoya qilishni ta’minlash;
kadrlar tayyorlash jarayonini yaxshilash, madaniyat, san’at va san’atshunoslik fani o‘quv yurtlari tarmoqlari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish uchun tegishli sharoitlar yaratish;
kishilarning madaniy va estetik talablarini yanada to‘laroq qondirish, ularning professional va havaskorlik xalq ijodiyotida badiiy-ijodiy jihatdan o‘zlarini to‘la namoyon qila olishlari uchun sharoitlar yaratish;
san’atshunoslik sohasidagi madaniyat va fan yutuqlarini keng targ‘ibot qilish va ommalashtirish. Ommaviy axborot vositalari, professional va havaskor ijrochilar ishtirokida ko‘riklar, tanlovlar, festivallar o‘tkazish yo‘li bilan respublika aholisini professional san’at sohasidagi yutuqlardan, xalq ijodiyotining eng yaxshi namunalaridan bahramand qilish;
boshqaruv va tarmoqqa rahbarlikning samarali tizimini yaratish, qaysi idoraga qarashliligidan va mulkiy shaklidan qat’i nazar, barcha madaniyat muassasalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, san’atni tijoratga aylantirib yuborishga yo‘l qo‘ymaslik, tashabbusni rivojlantirish va rag‘batlantirishga, madaniyat organlari va muassasalarining moddiy-texnika negizini mustahkamlashga qaratilgan ishlarning zamonaviy iqtisodiy shakllari va usullarini joriy qilish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlar berilsin:
aralash ijodiy jamoalar va birlashmalar tuzish, xorijiy sheriklar bilan tijorat asosida boshqa ixtisoslashtirilgan tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan milliy san’atni rivojlantirishga yordam beruvchi davlatlararo va xalqaro dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Qonunda belgilangan tartibda madaniy tadbirlarga chiptalar narxining cheklangan darajasini, respublikadan tashqariga ijodiy jamoalarni yuborishning badiiy va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, ularning tayyorgarlik darajasini belgilash;
M. Toshmuhamedov nomidagi gramplastinkalar zavodining matbaachilik negizida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi tizimining nashriyotlari bilan shartlashuvlar bo‘yicha reklama-noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
vazirlik tizimining teatr-tomosha va madaniy-ma’rifiy muassasalar hamda boshqa bo‘linmalari uchun jihozlar sotib olish yuzasidan belgilangan tartibda eksport-import a’mollarini amalga oshirish;
yangi dasturlar yaratish, asarlarning badiiy saviyasini oshirish, madaniyat xodimlarini ijtimoiy jihatdan himoya qilish va ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish uchun tijorat faoliyati hamda budjetdan tashqari moliyaviy ta’minlashning boshqa manbalaridan tushgan daromadlardan foydalanish;
tarmoqning moddiy-texnika negizini rivojlantirish maqsadida kichik va qo‘shma korxonalar barpo etish, shuningdek, o‘z mablag‘lari hisobiga va uning doirasida birja a’mollarida qatnashish;
respublika hududida va uning tashqarisida konsert-gastrol faoliyatining barcha turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar berish.
6. Madaniy hamkorlik sohasida qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Madaniyat ishlari vazirligiga 1992-1993-yillarda vazirlikning taklifiga ko‘ra O‘zbekistonga keluvchi xorijiy fuqarolarning respublika hududida yashashi va transport xarajatlarini so‘m bilan to‘lash uchun ruxsat etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatning mehnat haqi fondini belgilasin, Avtomobil transporti vazirligi tomonidan ajratiladigan 4 ta xizmat avtomashinasini saqlashga zarur mablag‘lar va limitlarni nazarda tutsin, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi esa zarur hukumat telefoni aloqasi bilan ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bir oy muddat ichida mazkur qarordan kelib chiquvchi vazifalarni hisobga olgan holda vazirlik haqidagi Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
9. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zSSR Madaniyat ministrligining faoliyatini qayta ko‘rish va uning tashkiliy strukturasini takomillashtirish chora-tadbirlari haqida” 1988-yil 15-sentabrdagi 330-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 27-aprel,
207-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 27-apreldagi 207-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Rahbariyat
San’at ishlari boshqarmasi
Madaniy-ma’rifiy ishlar va xalq ijodiyoti boshqarmasi
Fan, o‘quv yurtlari va kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi
Moddiy-texnika ta’minoti va ishlab chiqarish boshqarmasi
Kadrlar va ish yuritish boshqarmasi
Iqtisodiy prognozlash va moliyaviy ishlar boshqarmasi
Repertuar-tahrir hay’ati
Xalqaro aloqalar bo‘limi
Markaziy buxgalteriya
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 27-apreldagi 207-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga bevosita bo‘ysunuvchi tashkilotlar va muassasalar
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 14-son, 113-modda)
Respublika teatrlari, kutubxonalari, muzeylari
M. Qoriyoqubov nomidagi O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi
Xalqlar Do‘stligi Saroyi
“O‘zbekdavlatestrada” Respublika Gastrol-konsert birlashmasi
M. Turg‘unboyeva nomidagi xizmat ko‘rsatgan O‘zbek davlat “Bahor” xalq raqs ansambli
“O‘zbekdavlatsirki” Respublika birlashmasi
Madaniyat va san’at oliy hamda o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, respublika ixtisoslashtirilgan o‘rta maktab-internatlari, bolalar musiqa maktablari va san’at maktablari, estradatsirk san’ati studiyasi
O‘quv muassasalari bo‘yicha Respublika o‘quv-metodika kabineti
Madaniyat xodimlari malakasini oshirish instituti
Respublika Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi
Respublika bolalar ijodiyoti markazi
Hamza nomidagi san’atshunoslik instituti
“O‘zmadaniyatqurilish” qurilish boshqarmasi
Avtobaza
Qurilish obyektlari direksiyasi
Loyiha-konstruktorlik texnologiya byurosi
Yotoqxonalardan va ijodkor yoshlar uyidan foydalanish boshqarmasi
Loyihalar va smetalarni ekspertiza qilish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi bo‘linma
O‘zbekiston madaniy mollar bazasi
“Iste’dod” Respublika tashqi iqtisodiy firmasi
Toshkent ovoz yozish studiyasi
Toshkent gramplastinkalar uyi