Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 26-noyabrdagi OʻRQ-731-sonli “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Oʻzbekiston Respublikasida noshirlik faoliyati sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida noshirlik faoliyati sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qaroribilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisida nizom”, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2006-yil 15-martdagi 29-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Nashrlarni chop etish qoidalari”.
Basharti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida Oʻzbekiston Respublikasining noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2-modda. Noshirlik faoliyatining erkinligi
Noshirlar oʻz faoliyatlarida, shu jumladan noshirlik yoʻnalishini, mavzularini, ixtisoslashuvini, chiqariladigan mahsulot nusxasini belgilashda, muallifni tanlashda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunchiligi doirasida mustaqildir.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Noshir va buyurtmachi oʻrtasidagi munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.
3-modda. Senzuraga yoʻl qoʻyilmasligi
Nashrga tayyorlangan qoʻlyozmalar va materiallarni senzuradan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-modda. Noshirlik faoliyati erkinligini suiisteʼmol qilishga yoʻl qoʻyilmasligi
Matbaa mahsulotida konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etish, davlat ahamiyatiga molik sirlarni oshkor qilish, urush, zoʻravonlik va behayolikni targʻib qilish, diniy va milliy nifoq solish, inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish, tuhmat qilish man etiladi.
Noshirlik faoliyatida monopoliyaga, shuningdek noshirlik faoliyati erkinligidan qonunchilik talablariga zid keladigan maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-modda. Noshirlik faoliyati monitoringi va nazorati
Nashriyotlarning (noshirlarning) noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishlari monitoringi, shuningdek litsenziya talablari va shartlariga rioya etishlari ustidan nazorat vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Noshirlik faoliyatini litsenziyalash
Yuridik va jismoniy shaxslar noshirlik faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshirishga haqli.
Noshirlik faoliyatini litsenziyalash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-sonli qarori bilan tasdiqlangan Noshirlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
7-modda. Litsenziyalar berishda davlat bojlarining imtiyozli miqdorlari
Bolalar adabiyoti, oʻquv adabiyoti, normativ maʼlumotnomalar, fan va texnikaga oid adabiyotni nashrga tayyorlash va ularni nashr etish uchun litsenziya berganlik uchun davlat bojlarining imtiyozli miqdorlari belgilanishi mumkin.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-son qarori bilan tasdiqlangan “Noshirlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” 18-bandining ikkinchi xatboshisi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”, Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 376-son “Jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga hamda oʻzbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori 6-bandining b) kichik bandi.
8-modda. Muassis
Yuridik va jismoniy shaxslar nashriyotlar va matbaa korxonalarining muassislari (hammuassislari) boʻlishi mumkin.
Muassis (hammuassis) noshirning ixtisoslashuvini belgilaydi va uning ustavini tasdiqlaydi.
9-modda. Noshir
Noshir:
nashriyotga, matbaa korxonasiga, shuningdek matbaa mahsulotlarini tarqatuvchi boshqa korxonalarga muassis (hammuassis) boʻlish;
mavzular boʻyicha matbaa mahsulotlari chop etish rejasini mustaqil ravishda tuzish va tasdiqlash;
Vatanimiz mualliflarining asarlaridan chet ellarda va chet ellik mualliflarning asarlaridan Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish, ularni chop etish va tarqatish toʻgʻrisida chet el yuridik va jismoniy shaxslari bilan shartnomalar tuzish va bu ishda vositachilik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
matbaa mahsuloti tayyorlash hamda nashr etish uchun buyurtmalar olish, oʻz mahsulotini realizatsiya qilish;
(9-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
qonunchilikka muvofiq oʻzga faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
(9-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Matbaa mahsulotlarini tarqatish tartibi
Matbaa mahsulotlarini tarqatish muassis, noshir, matbaachi va muallifning kelishuviga muvofiq yoki shartnoma asoslarida oʻzga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Matbaa mahsulotini tarqatish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Matbaa mahsuloti noshir yoki uning vakolati bilan ish koʻruvchi shaxs ruxsat berganidan keyingina tarqatuvga chiqariladi.
11-modda. Nashrga doir maʼlumotlar
Matbaa mahsulotining nashrga doir maʼlumotlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasi.
12-modda. Mualliflik nashrlari
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻz qoʻlyozmalari va boshqa materiallarni qonunchilikda belgilangan talablarga zid kelmaydigan hollarda oʻz mablagʻlari hisobidan chop etish va tarqatishga haqlidir.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Qonunning 4-moddasi.
13-modda. Imtiyozli nashrlar
Bolalar adabiyoti, oʻquv adabiyoti, fan va texnikaga oid adabiyot, normativ maʼlumotlar, qomusiy qoʻllanma va eksport uchun moʻljallangan matbaa mahsulotlari, shuningdek koʻzi ojizlar va nogironlar uchun moʻljallangan nashrlar imtiyozli asosda chop etilishi, qogʻoz va boshqa resurslar, shu jumladan matbaa quvvati bilan taʼminlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25-iyundagi PF-1791-sonli “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholini huquqiy darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini oʻrganish ishini yaxshilash haqida”gi Farmoniga asosan, aholiga sotiladigan huquqiy ilmiy-ommabop adabiyotlar va koʻrgazmali qoʻllanmalar qiymatining 50 foizi davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
14-modda. Matbaa mahsulotini olib chiqish va olib kirish
Matbaa mahsulotini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga chet el matbaa mahsulotini olib kirish va tarqatish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(14-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Noshirlik faoliyatini tugatish
Noshirlik faoliyati litsenziya belgilangan tartibda bekor qilinganda yoki uning amal qilishi tugatilganda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda tugatiladi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik
Noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
274-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 137-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 18-son, 233-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)