|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 511-11]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-iyun,
22/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/8-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3.1. Chet el valyutasidagi hisobvaraqlar quyidagi norezident — yuridik shaxslarga ochiladi:
Oʻzbekiston Respublikasida turgan, immunitet va diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan xorijiy diplomatik va boshqa rasmiy vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari, shuningdek xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasidagi boshqa xorijiy tashkilotlarning vakolatxonalariga;
tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilarga;
Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiradiganlarga.”.
2. 5.2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ichki valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasi.”.
3. 5.4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. Quyidagi mazmundagi VI boʻlim bilan toʻldirilsin:
“VI. Tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident — yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlari
6.1. Tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident — yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklarida ochilgan valyuta hisobvaraqlarida saqlanadi.
6.2. Mazkur hisobvaraqlarga quyidagi mablagʻlar kiritilishi mumkin:
ichki valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasi;
brokerlik xizmat koʻrsatish shartnomasiga asosan, birja brokerlari orqali oʻtkazilgan chet el valyutasi.
6.3. Mazkur hisobvaraqlardagi mablagʻlar hisobvaraq egasining topshirigʻiga koʻra, oʻzining Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi banklarda ochilgan boshqa hisobvaraqlariga oʻtkazilishi mumkin.
6.4. Tijorat banklari chet el valyutasidagi hisobvaraqlardagi mablagʻlarning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga taqdim etadi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 10/18/511-11/1586-son)