Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli “Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 2-iyundagi PF-2612-son Farmoni bajarilishini taʼminlashga doir harakatlar dasturiga muvofiq, shuningdek “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini roʻyobga chiqarish hamda ekologik xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan normativ-huquqiy bazani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Davlat ekologik ekspertizasi amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 31-dekabr,
491-son
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisida
nizom
1. Davlat ekologik ekspertizasi bu ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan amalga oshiriladigan ekologik ekspertiza turidir. Quyidagilarni:
prognoz qilinayotgan, moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini;
atrof muhitning holatiga va fuqarolar sogʻligʻiga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yoki zararli taʼsir koʻrsatayotgan moʻljallanayotgan va amalga oshirilayotgan xoʻjalik hamda boshqa xil faoliyatning ekologik xavflilik darajasini;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash ekologik ekspertizaning maqsadi hisoblanadi.
2. Quyidagilar Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari hisoblanadi:
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi deb yuritiladi);
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi;
viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalarining davlat ekologik ekspertizasi.
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari davlat ekologik ekspertizasining yagona tizimini tashkil etadi, ularga “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi metodik rahbarlik qiladi.
3. “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi quyidagi obyektlar boʻyicha davlat ekologik ekspertizasini amalga oshiradi:
loyihaoldi va loyiha hujjatlari, atrof muhitning holatiga va fuqarolarning sogʻligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar, maxsus huquqiy rejimli obyektlar (I va II toifaga tegishli boʻlgan faoliyat turlari boʻyicha);
keyinchalik ularga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat hamda ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks tekshirish materiallari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-con, 103-modda)
texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
aholi soni 50 ming kishidan ortiq boʻlishi rejalashtirilayotgan obyektlar uchun shaharsozlik hujjatlari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar (texnik reglamentlar yoki standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yoʻriqnomalar) loyihalari.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat ekologik ekspertizasi quyidagi obyektlar boʻyicha davlat ekologik ekspertizasini amalga oshiradilar:
loyihaoldi va loyiha hujjatlari, atrof muhitning holatiga va fuqarolarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar, maxsus huquqiy rejimli obyektlar (III va IV toifaga tegishli boʻlgan faoliyat turlari boʻyicha);
aholi soni 50 ming kishi va undan kam boʻlgan obyektlar uchun shaharsozlik hujjatlari.
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2005-y., 14-con, 103-modda)
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari, koʻrib chiqilayotgan obyektning oʻziga xosligi va murakkabligiga qarab, davlat ekologik ekspertizasi uchun shartnoma asosida bitta yoki bir guruh malakali mutaxassislar va olimlarni, zaruriyat boʻlganda xorijiy ekspertlarni jalb etishi mumkin, ularning xulosalari tavsiya tusiga ega boʻladi.
Qurilishning barcha turlari uchun yer uchastkalari ajratish materiallarining ekologik ekspertizasi loyiha oldi va loyiha hujjatlari obyektlari tarkibida oʻtkaziladi.
4. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq:
a) ekspertizadan oʻtkazilishi shartligi “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi;
b) obyektlarni atrof muhitga taʼsirini baholash boʻyicha taqdim etilgan materiallar, ekologik normativlar, loyihalar va boshqa hujjatlar asosida oʻrganadi, tahlil etadi, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi;
v) buyurtmachini (uning soʻrovi boʻyicha) ekologik ekspertizaning borishi va uning natijalari toʻgʻrisida koʻrib chiqish muddati tamom boʻlgandan keyin 3 kun mobaynida xabardor qiladi;
g) davlat ekologik ekspertizasi xulosasini beradi.
5. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari quyidagi huquqlarga egadir:
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va buyurtmachilardan davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar, maʼlumotnomalar, axborot materiallari va boshqa materiallarni olish;
davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining normativ hujjatlari talablariga javob bermaydigan materiallarni rad etish;
ekologik ekspertizaga taqdim etilgan materiallarning ishonchliligini joyning oʻziga borib aniqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari, shuningdek ekspertlar, qonun hujjatlariga muvofiq, ekspertiza oʻz vaqtida, kompleks, xolis va sifatli oʻtkazilishini va belgilangan tartibda xulosa berilishini taʼminlash uchun javob beradilar.
7. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining huquq va majburiyatlari “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, mazkur Nizomga muvofiq belgilanadi.
8. Buyurtmachi atrof muhitga taʼsirni baholash oʻtkazilishi tashkil etilishi, davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etiladigan atrof muhitga taʼsirni baholash materiallarining toʻliqligi, ishonchliligi va sifati uchun javob beradi.
9. Davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachisining huquq va majburiyatlari “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
10. Davlat ekologik ekspertizasiga buyurtmachi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
a) loyihalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha (loyihaoldi va loyiha hujjatlari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maxsus rejimli obyektlar) atrof muhitga taʼsirni baholash materiallari, u quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
moʻljallanayotgan yoki prognozlashtirilayotgan xoʻjalik va boshqa xil faoliyat haqidagi niyat paydo boʻlishi bosqichida bajariladigan atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza loyihasi, obyektni mablagʻ bilan taʼminlash boshlangungacha;
atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza loyihasi davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi natijalari boʻyicha qoʻshimcha qidiruvlarni, naturadagi tekshirishlarni, maxsus tahlillarni, modelli eksperimentlarni bajarish va dalillar bilan asoslangan tabiatni muhofaza qilish tadbirlari ishlab chiqilishi zarurligi aniqlangan taqdirda bajariladigan atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza. Atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza davlat ekologik ekspertizasi obyektining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangungacha taqdim etiladi. Atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi arizani ishlab chiqish zaruriyati atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza loyihasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organi tomonidan belgilanadi;
obyekt foydalanishga qabul qilib olingungacha bajariladigan va loyihalanayotgan obyektlarning atrof muhitga taʼsirini baholash tartibining yakunlovchi bosqichi hisoblangan ekologik oqibatlar toʻgʻrisidagi ariza;
b) ishlab turgan obyektlar boʻyicha (atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar) ekologik normativlar loyihalari, obyekt atrof muhitga va fuqarolar sogʻligʻiga taʼsir koʻrsatishi aniqlangan taqdirda ishlab chiqilgan atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza. Buyurtmachi qoʻshimcha ravishda ekologik audit materiallarini taqdim etishi mumkin;
v) qolgan obyektlar boʻyicha:
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar (texnik reglamentlar yoki standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yoʻriqnomalar) loyihalari;
(10-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
keyinchalik ularga alohida muhofaza etiladigan hududlar va favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks tekshirish materiallari, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari — ishlab chiqilgan hujjatlar taqdim etiladi.
(10-bandning “v” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-con, 103-modda)
IV toifaga tegishli faoliyat turlari uchun faqat atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza loyihasi bajariladi.
11. Atrof muhitga taʼsirni baholash bosqichlari quyidagi asosiy masalalardan iborat boʻlishi kerak (ishlarning turi va xususiyatiga qarab):
a) atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza loyihasi:
moʻljallanayotgan faoliyatni amalga oshirish boshlangungacha atrof muhitning holati, hududda aholining joylashganligi, yerlarni oʻzlashtirish, atrof muhit xususiyatlari tahlili;
mavjud rekreatsiya zonalari, aholi punktlari, irrigatsiya, melioratsiya obyektlari, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari, elektr uzatish liniyalari, transport, suv quvuri, gaz quvuri kommunikatsiyalari va joy toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda vaziyatli reja;
nazarda tutilayotgan (moʻljallanayotgan) asosiy va yordamchi obyektlar, foydalaniladigan texnika, texnologiya, tabiiy resurslar, materiallar, xomashyo, yonilgʻi, ularning atrof muhitga taʼsiri tahlili, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ekologik xavfliligi;
kutilayotgan chiqariladigan, oqiziladigan ifloslantiruvchi moddalar, chiqindilar, ularning atrof muhitga salbiy taʼsiri va ularni zararsizlantirish usullari;
chiqindilarni omborga joylash, saqlash va foydali tarzda ishlatish;
fan, texnika yutuqlarini va ilgʻor tajribani hisobga olgan holda tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyat va texnologik yechimlar muqobillarining tahlili;
salbiy ekologik oqibatlarni istisno etuvchi va ekspertiza obyektining atrof muhitga taʼsirini pasaytiruvchi tashkiliy, texnik, texnologik yechimlar va chora-tadbirlar;
avariyali vaziyatlar tahlili (ehtimollilikni baholagan holda va ularning salbiy oqibatlari oldini olish ssenariysi boʻyicha);
ekspertiza obyektini roʻyobga chiqarish natijasida atrof muhit va ekologik oqibatlar oʻzgarishi prognozi;
b) atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisida ariza:
muhandislik-geologiya qidiruvlari, modelli tadqiqotlar va boshqa zarur tadqiqotlar natijalari boʻyicha ajratilgan maydonning ekologik muammolarini baholash;
maydonning aniqlangan muammolariga tatbiqan texnologiyaning ekologik tahlili;
jamoatchilik fikrini eshitish natijalari (zaruriyat boʻlganda);
ekspertiza obyekti roʻyobga chiqarilishining salbiy oqibatlari oldini oluvchi tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining dalillar bilan asoslangan tadqiqotlari;
v) ekologik oqibatlar toʻgʻrisidagi ariza:
atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza loyihasining, atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi arizaning, shuningdek jamoatchilik fikrini eshitishda kiritilgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlarining loyiha qarorlariga va qabul qilingan boshqa chora-tadbirlarga tuzatish kiritish;
ekspertiza obyekti faoliyatini tartibga soluvchi ekologik normativlar;
obyektdan foydalanish ekologiya tadbirlari bilan birgalikda olib borilishi boʻyicha ishlarni tashkil etishga va chora-tadbirlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar;
xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati toʻgʻrisidagi asosiy xulosalar.
IV toifaga tegishli boʻlgan faoliyat turlari uchun davlat ekologik ekspertizasiga buyurtmachi tomonidan atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza loyihasi taqdim etiladi, unda quyidagi maʼlumotlar boʻladi:
hududdan foydalanish turlari koʻrsatilgan holda obyektni joylashtirish rejasi;
ishlab chiqarish texnologiyasi tavsifi;
kanalizatsiya mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va oqova suvlarni oqizishga nisbatan qoʻyiladigan talablar;
ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash miqdori va tarkibi;
chiqindilarni omborga joylashtirish miqdori va shartlari;
tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlari.
12. Davlat ekologik ekspertizasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tarkibi yoki mazmunining mazkur Nizom talablariga yoki boshqa normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, buyurtmachiga bundan buyon koʻrib chiqish rad etilishi sabablari maʼlum qilingan holda xulosa beriladi.
13. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish chogʻida ekologik audit va jamoatchilik ekologik ekspertizasi materiallaridan foydalanilishi mumkin.
14. Atrof muhitga taʼsirni baholash materiallarini koʻrib chiqish materiallari boʻyicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organi tomonidan davlat ekologik ekspertizasi xulosasi tuziladi, unda ekspertiza obyekti, texnologik jarayonlar, ishlarni tashkil etish va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha nazarda tutilgan chora-tadbirlar, obyektning faoliyati (roʻyobga chiqarilishi) bilan bogʻliq boʻlgan ehtimol tutilgan salbiy ekologik oqibatlar toʻgʻrisidagi zarur axborot va ekspertiza obyektini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilishi (ijobiy xulosa) yoki yoʻl qoʻyilmasligi (salbiy xulosa) toʻgʻrisidagi xulosalar boʻladi.
Xulosa rasmiy blankada rasmiylashtiriladi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari yoki davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish tegishli qoʻmitasi raisi tomonidan imzolanadi.
15. Faoliyat turlari uchun davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati:
I va II toifalar, shuningdek:
keyinchalik ularga alohida muhofaza etiladigan hududlar va favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks tekshirish materiallari, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-con, 103-modda)
texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
shaharsozlik hujjatlari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar (texnik reglamentlar yoki standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yoʻriqnomalar) loyihalari 30 kungacha;
(15-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
III toifa 20 kun;
IV toifa ekspertiza uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati mavjud boʻlgan taqdirda davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun.
Obyektning murakkabligiga qarab ekspertiza oʻtkazish muddati Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi tomonidan uzaytirilishi mumkin, biroq I va II toifaga tegishli faoliyat turlari uchun 2 oydan ortiqqa va qolgan toifalarga tegishli faoliyat turlari uchun 1 oydan ortiqqa uzaytirilmaydi.
16. “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasining xulosasi buyurtmachiga va ekspertiza obyekti u tomonidan nazorat qilinadigan hududda joylashgan tabiatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli qoʻmitaga bir nusxadan yuboriladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalarining davlat ekologik ekspertizalari tomonidan tayyorlangan davlat ekologik ekspertizasi xulosasi esa buyurtmachiga va nazorat uchun qoʻmitalarning tegishli inspeksiyalariga bir nusxadan yuboriladi.
17. Davlat ekologik ekspertizasining salbiy xulosasini olgan buyurtmachi xulosadagi mavjud taklifga muvofiq loyihaning maromiga yetkazilishini taʼminlaydi va materiallarni davlat ekologik ekspertizasiga takroran taqdim etadi, yoxud moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik va boshqa xil faoliyatdan voz kechadi.
18. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi davlat ekologik ekspertizasi organlarining ijobiy xulosasi bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlash boshlanishi hamda davlat ekologik ekspertizasi obyekti roʻyobga chiqarilgan taqdirda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan hujjat hisoblanadi.
19. Agar davlat ekologik ekspertizasi xulosasi berilgan obyekt bunday xulosa berilgan paytdan boshlab uch yil mobaynida amalga oshirilmasa, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi davlat ekologik ekspertizasi organlarining ijobiy xulosasi yuridik kuchga ega boʻlmaydi. Ushbu holda davlat ekologik ekspertizasi xulosasi ilgari bunday xulosani bergan Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak.
20. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining ekologik ekspertiza organlari davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan materiallarning saqlanishini hamda davlat, harbiy xizmat va tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar oshkor etilmasligini taʼminlaydilar. Ular boʻyicha ekologik ekspertiza oʻtkazilgan barcha hujjatlarning bir nusxasi davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazgan Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organida saqlanadi.
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar davlat ekologik ekspertizalari bilan buyurtmachi oʻrtasidagi kelishmovchiliklar kelishmovchiliklar bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va xulosani bergan davlat ekologik ekspertizasi vakili va ekspertiza buyurtmachisi ishtirokida “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Buyurtmachi bilan “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi oʻrtasidagi kelishmovchiliklar tomonlarning vakillari hozir boʻlgan holda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi, kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish muddati kelishmovchiliklar bayonnomasi va boshqa zarur materiallar tushgan kundan boshlab 45 kalendar kundan oshmasligi kerak.
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari bilan ekspertiza buyurtmachilari oʻrtasidagi kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarda koʻrib chiqilishi mumkin.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
22. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari faoliyati davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarga haq toʻlashdan tushgan mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma boʻyicha bajarilgan boshqa ishlar uchun toʻlangan haq hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
23. Loyihaoldi va loyiha hujjatlari, atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar, maxsus huquqiy rejimli obyektlar davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun haq toʻlash miqdori Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan faoliyat turlari boʻyicha ularning toifalariga muvofiq:
I toifaga — eng kam oylik ish haqining 25 baravari;
II toifaga — eng kam oylik ish haqining 15 baravari;
III toifaga — eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari;
IV toifaga — eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida belgilanadi.
(23-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish bajarilganligi uchun tegishli toifa obyekti davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun toʻlangan haqning 30 foizi miqdorida belgilanadi.
Agar davlat ekologik ekspertizasi uchun bitta buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjat kompleks hisoblansa va har xil toifadagi bir nechta obyektlardan iborat boʻlsa, davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazganlik uchun toʻlov ulardan biridan, tegishli yuqori toifaga tegishlisidan undirib olinadi.
Davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan obyektlarning barcha turlari qurilishi uchun yer uchastkalari ajratish materiallari atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza loyihasi tarkibida koʻrib chiqiladi va koʻrib chiqqanlik uchun alohida haq undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiyot tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish konsepsiyalari, sxemalari loyihalari, 50 mingdan ortiq kishi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan obyektlar uchun shaharsozlik hujjatlari, keyinchalik ularga alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks oʻrganish materiallari davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun haq eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida belgilanadi.
(23-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyuldagi 152-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Texnika, texnologiyalar, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar loyihalarining davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun haq eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida belgilanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyuldagi 152-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
50 ming kishi va undan kam aholi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan obyektlar uchun shaharsozlik hujjatlarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazganlik uchun haq eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida belgilanadi.
Ijtimoiy sohani shuningdek davlat tomonidan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini rivojlantirish davlat dasturlari, konsepsiyalari va sxemalari loyihalari davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun haq toʻlanmaydi.
(23-bandning oxirgi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-con, 103-modda)
24. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishni tashkil etish mazkur Nizomga ilova qilingan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat ekologik
ekspertiza toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Davlat ekologik ekspertizasi (DEE) oʻtkazilishini tashkil etish
sxemasi

T/r

Davlat ekologik ekspertizasi obyektlari‎

Davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etiladigan materiallar

Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazuvchi organ

Davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilganligi uchun haq toʻlash tartibi

1‎ Ijtimoiy sohani, shuningdek davlat tomonidan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini rivojlantirish davlat dasturlari, konsepsiyalari va sxemalari loyihalari Ishlab chiqilgan hujjatlar “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi‎ Mazkur toifadagi loyihalar boʻyicha DEE bepul oʻtkaziladi‎
2‎ Ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiyot tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish konsepsiyalari, sxemalari loyihalari Ishlab chiqilgan hujjatlar “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida‎
3 Barcha turdagi qurilish uchun yer uchastkalari ajratish materiallari Atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza loyihasi tarkibida koʻrib chiqiladigan ishlab chiqilgan hujjatlar (ATTA) Ularning toifalariga muvofiq “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi yoki DEE mintaqaviy organlari‎ Yer uchastkasi ajratish materiallari koʻrib chiqilganligi uchun alohida haq undirilmaydi‎
4‎ Faoliyat turlari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlari:
I toifa Atrof muhitga taʼsirni baholash (ATB) “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida
II toifa‎ ATB ‎ “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi‎ Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida‎
III toifa‎ ATB DEE mintaqaviy organlari‎ Eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari miqdorida‎
IV toifa‎ ATTA loyihasi DEE mintaqaviy organlari‎ Eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida‎
5‎ Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yoʻriqnoma-metodik hujjatlarning loyihalari Ishlab chiqilgan hujjatlar‎ “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi Tegishli toifa obyekti davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi haqining 30 foizi miqdorida
6‎ Texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar Ishlab chiqilgan hujjatlar‎ “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi‎ Eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida
7‎ �trof tabiiy muhitga va fuqarolarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar:
I toifa‎ Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (obyektning atrof muhitga va fuqarolar sogʻligʻiga taʼsir oʻtkazishi fakti aniqlangan hollarda) “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi‎ Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida
II toifa‎ Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (obyektning atrof muhitga va fuqarolar sogʻligʻiga taʼsir oʻtkazishi fakti aniqlangan hollarda) “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida
III toifa‎ Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (Obyektning atrof muhitga va fuqarolar sogʻligʻiga taʼsir oʻtkazishi fakti aniqlangan hollarda) DEE mintaqaviy organlari Eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari miqdorida
IV toifa‎ Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (Obyektning atrof muhitga va fuqarolar sogʻligʻiga taʼsir oʻtkazishi fakti aniqlangan hollarda) DEE mintaqaviy organlari‎ Eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida
8‎ Hududlarni keyinchalik ularga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida kompleks tekshirish materiallari Ishlab chiqilgan hujjatlar “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi‎ Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida
9‎ Shaharsozlik hujjatlari:
50 mingdan ortiq kishi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan obyektlar uchun‎ ATB “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi‎ Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida
50 ming kishi va undan kam aholi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan obyektlar uchun ATB DEE mintaqaviy organlari‎ Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida
10‎ Faoliyat turlari boʻyicha maxsus huquqiy rejimli obyektlar:
I toifa ATB “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida
II toifa ATB “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida
III toifa ATB DEE mintaqaviy organlari Eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari miqdorida
IV toifa ATTA loyihasi DEE mintaqaviy organlari Eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Izoh:
Agar bir buyurtmachi tomonidan davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan hujjat kompleks tartibda tayyorlangan va turli toifadagi bir nechta obyektdan iborat boʻlsa, davlat ekologik ekspertizasi uchun haq, faqat ularning oliy toifaga muvofiq keluvchi bittasi uchun undiriladi.
Obyektning murakkabligiga qarab ekspertizani oʻtkazish muddati Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi tomonidan, I va II toifalarga tegishli faoliyat turlari uchun uzogʻi bilan 2 oydan ortiq boʻlmagan muddatga hamda qolgan toifalar uchun 1 oy muddatga uzaytirilishi mumkin.
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining DEE organlari buyurtmachini (uning soʻroviga koʻra) ekologik ekspertizaning borishi va uning natijalari toʻgʻrisida hujjatlarni koʻrib chiqish muddati tugaganidan keyin 3 kun mobaynida xabardor qiladi.
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat ekologik ekspertizasi amalga oshiriladigan faoliyat turlari
roʻyxati
Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning I toifasiga kiradigan (oʻta xavfli) faoliyat turlari
1. Avtomagistrallar, metro, temir yoʻllar, tez yuriladigan katta yoʻllar, respublika ahamiyatiga ega boʻlgan yuk terminallari.
2. Aeroportlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. I toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
4. 200 mln kub metrdan ortiq hajmli suv omborlari.
5. Yillik ish unumi 1 mln tonna rudadan ortiq boʻlgan kon-boyitish fabrikalari.
6. Shahar maishiy chiqindi poligonlari (aholisi 200 ming kishidan ortiq boʻlgan shaharlar uchun).
7. 30 MVt dan ortiq quvvatga ega boʻlgan gidroelektorstansiyalar.
8. Yiliga 2 mln kub metr va undan koʻp ruda va kimyoviy xomashyo qazib chiqarish, qazib chiqarishda vujudga kelgan karyerlarni rekultivatsiya qilish.
9. Yoqilgʻi resurslari (neft, gaz, koʻmir va shu kabilar)ni qazib chiqarish.
10. Qora va rangli metallurgiya zavodlari.
11. Teri oshlash korxonalari.
12. Sutkalik ish unumi 280 ming kub metrdan ortiq boʻlgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.
13. Respublika va davlatlararo ahamiyatga ega boʻlgan elektr uzatish liniyalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
15. Mashinasozlik (aviasozlik, avtomobil, traktor, motor ishlab chiqarish va shu kabilar) sanoati.
16. Zaharli chiqindilarni, shuningdek shlam (koʻmir kukuni)ni toʻplash yoki koʻmib tashlash joylari.
17. Axlat yoqish zavodlari.
18. Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan neft va gaz quvurlari.
19. Neft va gazni qayta ishlash zavodlari.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Toʻgʻonlar;
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
21. Yer osti gaz omborlari.
22. Yer ostida ishqor bilan yuvish poligonlari.
23. Quj holida ishqor bilan yuvish texnologiyasidan foydalanadigan korxonalar.
24. Xavfliligi I va II klassga mansub chiqindilarni qayta ishlash korxonalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
26. Akkumulyatorlar, galvanik batareyalar va elementlar ishlab chiqarish.
27. Asbest va asbestli buyumlar ishlab chiqarish.
28. Portlovchi moddalar ishlab chiqarish.
29. Xalqaro bitimlar bilan tartibga solib boriladigan tarkibida zaharli moddalar boʻlgan asbob-uskunalar yoki qurilmalar ishlab chiqarish.
30. Radioaktiv moddalar (izotoplar) ishlab chiqarish, ishlatish va saqlash.
31. Rezina va rezinotexnik buyumlar ishlab chiqarish.
32. Zaharli aralashmali oyna ishlab chiqarish.
33. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.
34. Sement ishlab chiqarish.
35. Zaharli chiqindixonalarni rekultivatsiya qilish.
36. Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar omborxonalari.
37. 300 MVt yoki undan ortiq issiqlik quvvatiga ega boʻlgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari, shuningdek yadro reaktorlariga ega boʻlgan inshootlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Farmatsevtika zavodlari va fabrikalari (tayyor dorivor vositalarni qadoqlash korxonalari bundan mustasno).
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
40. Kimyo komplekslari va zavodlari.
Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning II toifasiga kiradigan (oʻrtacha darajada xavfli) faoliyat turlari
1. Viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari.
2. Aerodromlar.
3. II toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari.
4. Neft va gaz quduqlari qazish.
5. Viloyat ahamiyatga ega boʻlgan yer osti suvlarini olish inshootlari.
6. Respublika va viloyatlararo ahamiyatga ega boʻlgan suv oʻtkazgichlar.
7. Hajmi 200 mln kub metrgacha boʻlgan suv omborlari.
8. Quvvati 30 MVt va undan kam boʻlgan gidroelektrstansiyalar.
9. Shahar maishiy chiqindi poligonlari (100 mingdan 200 ming kishigacha istiqomat qiladigan aholi punktlari uchun).
10. Yillik ish unumi 1 mln tonnagacha boʻlgan kon-boyitish fabrikalari.
11. Temir yoʻl depolari.
12. Yiliga 2 mln kub metrgacha rudani va kondan olinadigan kimyoviy xomashyoni qazib chiqarish hamda qazib chiqarishda vujudga kelgan karyerlarni rekultivatsiya qilish.
13. Yiliga 30 ming kub metrdan ortiq umumiy tarqalgan foydali qazilmalarni qazib chiqarish va qayta ishlash.
14. Idoraviy ahamiyatga ega boʻlgan temir yoʻllar.
15. Sutkalik ish unumi 50 mingdan 280 ming kub metrgacha boʻlgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.
16. Oziq-ovqat mahsulotlari va biologik qoʻshimchalar ishlab chiqarish komplekslari.
17. Biotexnologiyalardan foydalanuvchi, shu jumladan pillani qayta ishlovchi korxonalar.
18. Viloyat ahamiyatga ega boʻlgan elektr uzatish liniyalari.
19. Lub sanoati.
20. Suv oʻtkazish quvvati sekundiga 50 kub metrdan ortiq boʻlgan magistral kanallar, daryolar va loyiha boʻyicha hisoblangan quvvati sekundiga 20 kub metrdan ortiq boʻlgan kollektorlar.
21. Mebel kombinatlari va fabrikalari.
22. Un tortish kombinatlari.
23. Chiqindilarni qayta ishlash zavodlari.
24. Viloyat ahamiyatga ega boʻlgan neft va gaz quvurlari.
25. 100 gektardan ortiq yangi yerlarni oʻzlashtirish.
26. Dambalar.
27. Alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar.
28. Charmni boʻyash va loklash korxonalari.
29. Yiliga 300 tonnadan ortiq gazmol va qogʻozni lok bilan kimyoviy toʻyintirish korxonalari.
30. Xavfliligi III klassga mansub chiqindilarni qayta ishlash korxonalari.
31. Qurilish industriyasi korxonalari, asbest va sement ishlab chiqarishlar bunga kirmaydi.
32. Qogʻoz va karton ishlab chiqarish.
33. Yogʻoch-qipiq va yogʻoch-tola plitalar ishlab chiqarish.
34. Shisha tola ishlab chiqarish.
35. Inert gazlar ishlab chiqarish.
36. Pardoz-andoz preparatlari ishlab chiqarish.
37. Boʻyoqlar, shu jumladan lok-boʻyoq ishlab chiqarish korxonalari.
38. Polimer buyumlar va sintetik materiallar, shu jumladan yuvish va tozalash moddalari ishlab chiqarish.
39. Elektrotexnika asbob-uskunalari ishlab chiqarish.
40. Boʻyash va oqartirish sexlari boʻlgan yigiruv va toʻquv fabrikalari.
41. Parrandachilik fabrikalari.
42. Foydali qazilmalarni qidirib topish va razvedka qilish.
43. Radiotexnika va elektron sanoati.
44. Eskidan sugʻorib kelingan 1000 gektardan koʻproq yerlarni rekonstruksiya qilish va meliorativ holatini yaxshilash.
45. Viloyat ahamiyatga ega boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar, shu jumladan oʻgʻitlar omborxonalari.
46. Issiqlik quvvati 100 MVtdan 300 MVtgacha boʻlgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari.
47. Paxtani qayta ishlash sanoati.
(1—48-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan 1—47-bandlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
Atrof muhitga taʼsir koʻrsatuvchi III toifaga mansub (past darajada xavfli) faoliyat turlari
1. Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari.
2. Avtoparklar.
3. Avtomobilga yonilgʻi va gaz quyish stansiyalari.
4. III toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari.
5. Viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan yer osti suvlari chiqarish inshootlari.
6. Viloyat va tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv oʻtkazgichlar.
7. Shaharcha ahamiyatiga ega boʻlgan gaz quvurlari.
8. Yiliga 30 ming kub metrdan kam umumiy tarqalgan foydali qazilmalarni qazib chiqarish va qayta ishlash.
9. Chorvachilik komplekslari.
10. Hayvonotchilik xoʻjaliklari.
11. Sutkalik ish unumi 50 ming kub metrdan kam boʻlgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.
12. Gilam fabrikalari.
13. Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish va qadoqlash.
14. Xom gʻisht ishlab chiqarish va ularni yer usti xumdonlarida pishirish.
15. Teriga ishlov berish.
16. Har sekundda 50 kub metrdan kam suv oʻtkazadigan magistral kanallar va har sekundda loyiha boʻyicha hisoblangan quvvati 20 kub metrdan kam boʻlgan kollektorlar.
17. Goʻsht sanoati (soʻyish va qayta ishlash).
18. Korxona va tashkilotlarning neft omborxonalari.
19. 100 gektargacha yangi yerlarni oʻzlashtirish.
20. Aholisi 100 ming kishidan kam boʻlgan aholi punktlari uchun maishiy chiqindilar poligonlari.
21. Junni qayta ishlash korxonalari.
22. Xavflilik darajasi IV klassga mansub chiqindilarni qayta ishlash korxonalari.
23. Paxta tolasini qayta ishlash korxonalari.
24. Sutni qayta ishlash korxonalari.
25. Yillik ish unumi 300 tonnadan kam boʻlgan gazmol va qogʻozni lok bilan kimyoviy toʻyintirish korxonalari.
26. Qurilishda foydalaniladigan pardozlash materiallari ishlab chiqarish.
27. Poyabzal ishlab chiqarish.
28. Omixta yem ishlab chiqarish.
29. Sovun ishlab chiqarish.
30. Shishadan tarkibida zaharli moddalar boʻlmagan buyumlar ishlab chiqarish.
31. Chinni buyumlar ishlab chiqarish.
32. Boʻyash va oqartirish sexlari boʻlmagan yigiruv va toʻquv fabrikalari.
33. Parrandachilik fermalari.
34. Tayyor dorivor vositalarni qadoqlash korxonalari.
35. 100 gektardan 1000 gektargacha maydonda sugʻoriladigan yerlarni rekonstruksiya qilish va meliorativ jihatdan yaxshilash.
36. Dvigatel va mashinalarni taʼmirlash, shuningdek ularni boʻyash.
37. Maydoni 30 gektardan ortiq boʻlgan baliq urchitish havzalari va baliqni qayta ishlash.
38. 50 tadan ortiq savdo oʻrniga ega boʻlgan bozorlar.
39. Elektr asbob-uskunalarini yigʻish va taʼmirlash, metallga ishlov berish.
40. Choʻchqachilik fermalari.
41. Sel suvini toʻplash omborlari.
42. Tuman ahamiyatiga ega boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar, shu jumladan oʻgʻitlar omborlari.
43. Huquqni muhofaza qilish organlarining maxsus obyektlari.
44. Bosmaxonalar.
45. 100 megavattdan kam quvvatga ega boʻlgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari.
46. Tramvay-trolleybus deposi.
47. Paxta tayyorlash punktlari.
48. Xloratorlar.
49. Non kombinatlari.
50. Kimyoviy tozalash korxonalari.
51. 50 tonnadan ortiq sigʻimli sovutgich qurilmalari.
52. Kalsiy karbidi ishlab chiqarish sexlari.
53. Choy qadoqlash fabrikalari.
(1—62-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan 1—53-bandlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning IV toifasiga mansub (mahalliy taʼsir koʻrsatish) faoliyat turlari
1. Avtoservis punktlari.
2. Umumiy ravishda foydalaniladigan hammom va saunalar.
3. Ichki xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan suvoʻtkazgichlar va suv xoʻjaligi tarmoqlari.
4. Veterinariya shifoxonalari.
5. Rezino-texnika buyumlarini tiklash, vulkanizatsiya va avtomobillarni juzʼiy taʼmirlash.
6. Maydoni 30 gektargacha boʻlgan baliq urchitish havzalari, baliqni qayta ishlash bunga kirmaydi.
7. Korxonalar va tashkilotlarga qarashli hamda umumiy ravishda foydalaniladigan garajlar va avtomobil toʻxtash joylari.
8. Qabristonlar.
9. Don omborlari.
10. Gilam toʻqish sexlari.
11. Tikish ishlab chiqarishi.
12. Mebel ishlab chiqarish va taʼmirlash.
13. Paxta titish korxonalari.
14. Kichik tegirmonlar.
15. Avtomobillarni yuvish.
16. Toshga ishlov berish.
17. Bugʻ qozoni va tozalash inshootlariga ega boʻlmagan rekreatsiya va uy-joy-xoʻjalik obyektlari, shuningdek ijtimoiy-madaniy-maishiy obyektlar.
18. Xoʻjalik ichidagi yerlarni oʻzlashtirish.
19. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash maydonchalari.
20. Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish.
21. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va konservalash.
22. Umumiy ovqatlanish korxonalari.
23. Pillani qabul qilib olish va saqlash punktlari.
24. 50 tadan kam savdo oʻrniga ega boʻlgan bozorlar.
25. Eskidan sugʻorib kelingan 100 gektardan kam yerni rekonstruksiya qilish va meliorativ jihatdan yaxshilash.
26. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash omborlari.
27. Xoʻjaliklar ichida suv xoʻjaligi tizimlarini qurish.
28. Teplitsa va parniklar, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklardan tashqari.
29. Novvoyxonalar, non-bulka va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish.
30. Ohak ishlab chiqarish sexlari.
31. Qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.
32. Qoramol, yilqi va qoʻy fermalari.
(1—30-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan 1—32-bandlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
Izoh:
Ushbu roʻyxatga kiritilmagan faoliyat turlari davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilmaydi.
Komplekslar tarkibiga kiruvchi asosiy inshootlar toifasi yanada yuqori toifaga kiritilgan inshoot boʻyicha belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22-24-son, 160-modda; 2005-y., 14-son, 103-modda; 2009-y., 24-son, 269-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)