Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVIning
Qarori
Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 511-10]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 5-sentabrda 232-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga (roʻyxat raqami 511, 1998-yil 22-oktabr) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-aprel,
16/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-son qaroriga
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.1. Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning — rezidentlar va norezidentlarning talab qilib olinadigan xorijiy valyutadagi depozit hisobvaraqlarini (keyingi oʻrinlarda valyuta hisobvaraqlari deb yuritiladi) yuritish qoidalarini belgilab beradi.
Valyuta hisobvaraqlarini ochish “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”da (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
2. 1.2-bandda “plastik toʻlov va kredit kartochkalaridan” degan soʻzlar “bank kartalaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 1.7-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bank mijozlari hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uchinchi shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda beriladi.”.
4. 1.8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.8. Tijorat banklari omonatchilarga tuzilgan shartnomalarga muvofiq omonatlarni saqlanishi va soʻzsiz qaytarilishi boʻyicha zarur kafolatlarni beradilar.”
5. 2.3-bandning “e” kichik bandida “plastik toʻlov va kredit kartochkalari” degan soʻzlar “bank kartalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“b” kichik bandning uchinchi xatboshida “plastik toʻlov va kredit kartochkalari” degan soʻzlar “bank kartalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning ikkinchi xatboshida “bojxona” va “vakolatli bank” degan soʻzlar tegishlicha “bojxona organlari” va “tijorat banki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“a” kichik bandning toʻrtinchi xatboshida “plastik toʻlov va kredit kartochkalari” degan soʻzlar “bank kartalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) naqd xorijiy valyuta;”.
“b” kichik bandning uchinchi xatboshida “plastik toʻlov va kredit kartochkalari” degan soʻzlar “bank kartalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hisobvaraq egasi xorijdan olib kelgan va Oʻzbekiston Respublikasiga kirish chogʻida bojxona organlarida roʻyxatga olingan yoki hisobvaraq egasi uchun tijorat banki nomiga qimmatli joʻnatma sifatida yuborilgan;”;
quyidagi tahrirdagi beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali kelib tushgan va berilgan;
bankomat (terminal) cheki asosida hisobvaraq egasining bank kartasidan yechilgan;
tegishli tasdiqlovchi hujjatlar koʻrsatilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda topilgan;
tasdiqlovchi hujjatlar asosida bank hisobvaragʻidan yechilgan.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)