|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1839-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 28-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1839, 2008-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 293-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-aprel,
16/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“valyutaviy svop operatsiyalari boʻyicha bank mijozlari (bundan keyingi oʻrinlarda bank mijozlari deb yuritiladi) — tijorat banklarida chet el valyutasida talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga ega boʻlgan va qonunchilikka muvofiq joriy xalqaro operatsiyalarni amalga oshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlardir;”;
beshinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “vakolatli banklar” degan soʻzlar “tijorat banklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“svop bitimining bazaviy kursi — svop bitimi tuziladigan sanadagi spot-kurs. Soʻm va chet el valyutasi yoki ikki chet el valyutasi oʻrtasidagi svop bitimini tuzishda svop bitimining bazaviy kursi (spot-kurs) tomonlarning ixtiyoriga koʻra erkin belgilanadi;”.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Mazkur Nizomga muvofiq valyutaviy svop operatsiyasi:
Markaziy bank va tijorat banklari oʻrtasida;
tijorat banklari oʻrtasida oʻzaro;
bank mijozlari va tijorat banklari bilan amalga oshirilishi mumkin.”.
3. 3-banddan “valyuta pozitsiyasi tuzilishini yaxshilash,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 4-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirishda chet el valyutasi sifatida ularning xohishiga koʻra istalgan chet el valyutalaridan foydalanilishi mumkin.”.
5. 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Markaziy bank va tijorat banklari oʻrtasidagi, shuningdek tijorat banklarining oʻzaro valyutaviy svop operatsiyalari Savdo tizimida tuziladi va bajariladi.”.
7. 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Markaziy bank va tijorat banklari oʻrtasidagi valyutaviy svop operatsiyalari Markaziy bank va tijorat banki oʻrtasida valyutaviy svop operatsiyalarini oʻtkazish boʻyicha tuzilgan Bosh shartnomaga (bundan keyingi oʻrinlarda Bosh shartnoma deb yuritiladi) muvofiq oʻtkaziladi.
Bosh shartnomada qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa shartlar bilan bir qatorda, quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
svop bitimi tuziladigan ikki asbobning nomi;
Markaziy bank va tijorat banklari oʻrtasida svop bitimini amalga oshirishning majburiy shartlari;
Bosh shartnomaning amal qilish muddati.”
8. 28-bandda:
birinchi xatboshidagi va “a” kichik banddagi “vakolatli bank” degan soʻzlar “tijorat banki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“b” kichik banddagi “vakolatli bankning” degan soʻzlar “tijorat bankining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 30-banddagi “vakolatli banklarga” degan soʻzlar “tijorat banklariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Valyutaviy svop operatsiyalari boʻyicha xarid qilingan chet el valyutasi faqatgina joriy xalqaro operatsiyalari boʻyicha amalga oshirilayotgan toʻlovlar uchun sarflanishi mumkin.”
11. 35-bandda:
birinchi va uchinchi xatboshilardagi “vakolatli banklar” degan soʻzlar “tijorat banklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi va yettinchi xatboshilardagi “vakolatli banklarning” degan soʻzlar “tijorat banklarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilardagi “vakolatli bankning” degan soʻzlar “tijorat bankining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 40, 43 va 44-bandlardagi “vakolatli bank” degan soʻzlar “tijorat banki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 1-ilovada:
1-boʻlimdagi “vakolatli bank” degan soʻzlar “tijorat banki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“vakolatli banklar” degan soʻzlar “tijorat banklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“vakolatli bank” degan soʻzlar “tijorat banki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)