Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 26-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 29-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2018-yil 29-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi 223-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-modda ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “fizkultura-sport” degan soʻzlar “jismoniy tarbiya-sport” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3-moddaning birinchi qismidagi “fizkultura-sogʻlomlashtirish va sport ishlarini oʻtkazish; tabiatni, tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish” degan soʻzlar “jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport ishlarini amalga oshirish; tabiatni, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyuldagi OʻRQ-699-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2021-y., 03/21/699/0635-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi OʻRQ-907-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi 616-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 328-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 4-moddasi birinchi qismi 5-bandining oʻn beshinchi xatboshisidagi “notarial arxivlarning” degan soʻzlar “idoraviy notarial arxivlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mudofaa toʻgʻrisida”gi 641-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan 211-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 80-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabining” degan soʻzlar “Qurolli Kuchlar Bosh shtabining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 11-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-modda. Qurolli Kuchlarning Bosh shtabi”;
birinchi qismidagi “Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi” degan soʻzlar “Qurolli Kuchlarning Bosh shtabi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qurolli Kuchlarning Bosh shtabi”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi 736-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 614-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 156-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlganligi tufayli yoxud davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
2) 27-modda toʻrtinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) garov narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega mol-mulk boʻlsa”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 754-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tabiat obyektlari bilan bogʻliq moddiy madaniy meros obyektlarini asrab qolishdir”;
2) 45-moddaning birinchi qismidagi “rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda” degan soʻzlar “rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi OʻRQ-1076-sonli Qonuniga asosan 8-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 31-oktabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi 846-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 230-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 12-moddasi 3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“uy-muzeylar, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlari boʻlgan kvartiralar va uylar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 59-modda sakkizinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “qoʻshiladi” degan soʻz “qoʻshib hisoblanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 62-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“62-modda. Ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi vaqtini hisobga olish qoidalari
Sud jazo tayinlash chogʻida ushlab turishning, qamoqqa olishning yoki uy qamogʻining har bir kunini:
a) ozodlikni cheklashning, intizomiy qismga joʻnatishning, ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga;
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat boʻyicha cheklashning uch kuniga;
v) majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatiga tenglashtirib hisoblaydi.
Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlangan shaxsga jarima tayinlashda ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlashning bir kunini eng kam oylik ish haqining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi”;
3) 74-moddaning yettinchi qismidagi “qasddan” degan soʻz chiqarib tashlansin;
4) 90-moddaning oltinchi qismidagi “qasddan” degan soʻz chiqarib tashlansin;
5) 132-moddadagi “Tarix yoki madaniyat yodgorliklarini” va “tarix yoki madaniyat yodgorliklarini” degan soʻzlar tegishincha “Moddiy madaniy meros obyektlarini” va “moddiy madaniy meros obyektlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) sakkizinchi boʻlimdagi “Zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulot” atamasining huquqiy maʼnosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulot — tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlmagan, zoʻravonlik yoki shafqatsizlik sodir etishga undaydigan materiallar va narsalar”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 18-moddaning uchinchi qismi “qamoqda saqlangan” degan soʻzlardan keyin “yoxud uy qamogʻida boʻlgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Barcha sudlarda jinoyat ishlari oshkora koʻriladi, bundan davlat sirlarini qoʻriqlash manfaatlariga zid keladigan hollar, shuningdek jinsiy jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar koʻrilayotgan hollar mustasno.
Sudlarda jinoyat ishlarini oshkora koʻrish sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlarni, shuningdek fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi maʼlumotlarni yoki ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida hamda jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ular oila aʼzolarining yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini taʼminlash taqozo etilgan hollarda boshqa ishlarni sud ajrimi bilan yopiq sud majlisida koʻrishga yoʻl qoʻyiladi.
Shaxsiy yozishma va shaxsiy telegraf xabarnomalari ochiq sud majlisida faqat bu xat va xabarlarni joʻnatgan hamda olgan shaxslarning roziligi bilan oʻqib eshittirilishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida oʻqib eshittiriladi va tekshiriladi.
Ishni yopiq sud majlisida koʻrish barcha protsessual qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ishni yopiq majlisda koʻrish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi butkul muhokamaga nisbatan yoki uning alohida qismlariga nisbatan chiqarilishi mumkin. Bu ajrim sud majlisiga yigʻilganlarga taalluqli boʻlib, jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yopiq sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday majlisni audio- va videoyozuvga olish esa amalga oshirilmaydi.
Sud sudlanuvchining va jabrlanuvchining yaqin qarindoshlarini, shuningdek boshqa shaxslarni yopiq majlislarda tekshiriladigan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirib, ularning bu majlislarda hozir boʻlishiga ruxsat berishga haqli.
Sud majlisi zalida tartibni saqlab turish uchun zarur boʻlgan hollarda, sud ayrim shaxslarning sudning ochiq majlislarida hozir boʻlishini taqiqlashga haqli.
Sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga va kinotasvirga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi, bu haqda tegishli ajrim chiqariladi.
Sud hukmlari, ajrimlari va qarorlari barcha hollarda oshkora eʼlon qilinadi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari jinoyat protsessi ishtirokchilarining roziligi bilan yoki shaxsini koʻrsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi mumkin, bundan yopiq sud majlislarida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud qarorlari mustasno.
Sudlov faoliyatida oshkoralikni kengaytirish uchun sudlar zarur hollarda ommaviy axborot vositalari xodimlarini, tegishli jamoat birlashmalarini va jamoalarni boʻlajak protsesslar toʻgʻrisida xabardor qilishi, shuningdek protsesslarni bevosita korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida hamda taʼlim muassasalarida oʻtkazishi mumkin.
Sudlarda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi prinsipini cheklaydigan qoʻshimcha talablarni joriy etish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollar mustasno”;
3) 36-moddaning:
birinchi qismidagi “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilishga yoki oʻzgartirishga” degan soʻzlar “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki oʻzgartirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi “ehtiyot chorasini qoʻllash” degan soʻzlardan keyin “uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 381-moddaning:
birinchi qismidagi “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilishga yoki oʻzgartirishga” degan soʻzlar “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki oʻzgartirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi “ehtiyot chorasini qoʻllash” degan soʻzlardan keyin “uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 48-moddaning ikkinchi qismi “qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi” degan soʻzlardan keyin “oʻziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 114-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar uzrli sabablarga koʻra sudga kelmagan taqdirda, sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra videokonferensaloqa vositasida soʻroq qilinishi mumkin”;
7) 226-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Alohida hollarda, ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilishi mumkin. Bunda gumon qilinuvchiga u ushlangan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ayblov eʼlon qilinishi kerak. Aks holda ehtiyot chorasi bekor qilinadi va shaxs qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod etiladi, garov esa garovga qoʻyuvchiga qaytariladi. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilganidan keyin va ushlab turishning butun muddati mobaynida ishni yuritish oʻziga taalluqli boʻlgan surishtiruvchi va tergovchi jinoyatni sodir etish holatlarini aniqlash, ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish uchun oʻz vakolatlari doirasida tergov harakatlari oʻtkazishi mumkin”;
8) 239-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Alohida hollarda, ishni sudga qadar yuritish bosqichida ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilishi mumkin”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
9) 240-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ishni sudga qadar yuritish bosqichida sud tomonidan qoʻllanilgan garov tarzidagi ehtiyot chorasi uni bundan buyon qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlmaganda, xuddi shuningdek ish yuritish tugatilgan taqdirda, mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida qaror chiqargan sud albatta xabardor etilgan holda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
10) 241-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida qamoqqa olish, uy qamogʻi, garov tarzidagi ehtiyot choralarini qoʻllash haqidagi yoki qamoqda saqlash, uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi yoxud uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi masala yuzasidan sudning ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, ushbu sud ularni yigirma toʻrt soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni ular shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay koʻrib chiqishi kerak”;
11) 2421-modda:
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi himoyachi, qonuniy vakil, belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi zimmasiga yuklatilgan organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bilan soʻzlashish uchun, shuningdek zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni, tez tibbiy yordamni, yongʻin xavfsizligi xizmatini, qutqaruv xizmatini va boshqa shoshilinch xizmatlarni chaqirish uchun telefon aloqasidan foydalanish huquqidan cheklanishi mumkin emas. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻz yashash joyidagi uy qamogʻini ijro etish zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga har bir shunday qoʻngʻiroq haqida xabar beradi”;
yettinchi — oʻn oltinchi qismlari tegishincha sakkizinchi — oʻn yettinchi qismlar deb hisoblansin;
oʻn uchinchi qismi “bekor qilish masalasi” degan soʻzlardan keyin “prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
12) quyidagi mazmundagi 2431-modda bilan toʻldirilsin:
“2431-modda. Uy qamogʻi boʻyicha belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) bekor qilish yoki oʻzgartirish yoxud qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash tartibi
Uy qamogʻi boʻyicha taqiqlar (cheklovlar) asoslar mavjud boʻlganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qisman bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Ushbu Kodeks 2421-moddasining beshinchi qismi doirasidagi uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) prokurorning yoki prokurorning roziligi bilan surishtiruvchining yoxud tergovchining iltimosnomasiga koʻra sudyaning ajrimi asosida belgilanishi mumkin.
Uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu Kodeks 243-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli sudning sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash zarurligini asoslab beradi. Shundan soʻng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Sud gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqida;
qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish toʻgʻrisida.
Sudyaning uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi yoki qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa — gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi, protest bildirilishi mumkin.
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestni koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
1) sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga;
2) sudyaning ajrimini bekor qilishga va gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilashga;
3) sudyaning gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilishga haqli”;
13) 249-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Garov gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qarindoshlari, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan surishtiruv, dastlabki tergov organining yoxud sudning depozit hisobvaragʻiga topshiriladigan pul mablagʻidan yoki qimmatbaho buyumlardan iboratdir. Garov tariqasida koʻchmas mulk ham qabul qilinishi mumkin.
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan sud tomonidan pul tarzidagi garov qoʻllanilgan taqdirda, garov surishtiruv yoki dastlabki tergov organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Garovni qabul qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisi bayonnomasiga tegishlicha belgi qoʻyadi. Bayonnomada gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va 48-moddalarida koʻrsatilgan majburiyatlari tushuntirilganligi va u bu majburiyatlarni buzmaslikka soʻz berganligi, garovga qoʻyuvchiga esa gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda garov summasidan mahrum boʻlishi maʼlum qilinganligi koʻrsatilishi kerak. Bayonnoma garovni qabul qilgan mansabdor shaxs, garovga qoʻyuvchi va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan imzolanadi.
Garov summasi eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan kam boʻlishi mumkin emas va uni ushbu ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ayblovning ogʻirligini, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va garovga qoʻyuvchining shaxsini, garovga qoʻyuvchining mulkiy ahvolini hamda uning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan munosabatlarini inobatga olgan holda belgilaydi.
Garovga qoʻyuvchi garovni topshirish chogʻida, shu ehtiyot chorasi tanlangan ayblovning mohiyati, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga tayinlanishi mumkin boʻlgan jazo va oʻzining javobgarligi toʻgʻrisida xabardor qilinishi kerak. U oʻzi qabul qilgan majburiyatlaridan garovning davlat mulkiga oʻtib ketishi uchun sabab boʻladigan asoslar yuzaga kelguniga qadar voz kechishi mumkin.
Garovga qoʻyuvchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni boʻlmaganligini bahona qilishga haqli emas, bundan u bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatning taʼsirini isbotlab beradigan hollar mustasno.
Agar ehtiyot chorasini oʻzgartirish uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli roʻy bermayotgan boʻlsa, xuddi shuningdek ish boʻyicha ish yuritish tugatilgan yoxud sud hukmi kuchga kirgan taqdirda garov garovga qoʻyuvchiga qaytariladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda garov sud ajrimi bilan davlat mulkiga oʻtkaziladi va gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qoʻllaniladi”;
14) 265-moddaning:
sakkizinchi qismidagi “agar bu muassasa qamoqqa olinganlarni saqlash uchun moslashtirilgan boʻlsa, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin” degan soʻzlar “agar mazkur muassasa qamoqqa olinganlarni yoki uy qamogʻidagi shaxslarni saqlash uchun moslashtirilgan boʻlsa, qamoqqa olish yoxud uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi qismi “qamoqda” degan soʻzdan keyin “yoki uy qamogʻida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
15) 303-modda birinchi qismining 1 — 3-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) shaxsning qamoqda yoki uy qamogʻida saqlab turilganiga qaraganda kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etishga yoki ozodlikni cheklashga yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilinganligi;
2) hukmdan ayblovning qisman chiqarib tashlanganligi va buning natijasida qonunga koʻra qamoqda yoki uy qamogʻida saqlash yoxud ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash mumkin emasligi;
3) ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash muddatining yuqori sud tomonidan haqiqatda oʻtalgan muddatga qaraganda kamaytirilganligi yoxud boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtirilganligi”;
16) 309-modda “qamalganligi” degan soʻzdan keyin “yoki uy qamogʻida turganligi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
17) 314-moddaning birinchi qismi “qamoqda saqlash” degan soʻzlardan keyin “yoki uy qamogʻida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
18) 318-modda:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlardan”;
ikkinchi qismidagi “Ushbu moddaning 1, 2, 3 va 4-bandlarida” degan soʻzlar “Ushbu moddaning 1, 2, 3, 4 va 71-bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 382-modda uchinchi qismining:
toʻrtinchi xatboshisi “oʻzgartirish yoki bekor qilish” degan soʻzlardan keyin “uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqida iltimosnoma qoʻzgʻatish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshisi “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash” degan soʻzlardan keyin “yoxud uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻqqizinchi xatboshisi “qamoqqa olish” degan soʻzlardan keyin “yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
20) 418-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan birortasining kelmay qolganligi oqibatida yoki yangi dalillar talab qilib olish zarur boʻlganligi munosabati bilan yoxud sud majlisini olib borishning texnik vositalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa tizimlaridan foydalanishda texnik nosozliklar yuzaga kelganligi tufayli jinoyat ishini muhokama qilish mumkin boʻlmasa, sud ishni muhokama qilishni keyinga qoldiradi va sud majlisiga kelmagan shaxslarni chaqirish yoki yangi dalillarni talab qilib olish yoxud texnik nosozliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi”;
21) 426-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi.
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi: sud majlisi boshlangan va tamom boʻlgan vaqt koʻrsatilgan holda majlis boʻlgan joy va sana; sudning nomi va tarkibi; sud majlisining kotibi, tarjimon, ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, shuningdek sud chaqirgan boshqa shaxslar; koʻrilayotgan ish; sudlanuvchining shaxsiga doir maʼlumotlar; hozir boʻlgan va hozir boʻlmagan guvohlar hamda ularning kelmaganlik sabablari. Bayonnomada: raislik qiluvchining barcha farmoyishlari koʻrsatiladi va sudning harakatlari qanday tartibda oʻtgan boʻlsa, shu tartibda yoziladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimosnomalari; sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar koʻrsatuvlarining batafsil mazmuni; berilgan savollarga ekspertning javoblari; sud muzokaralarining ketma-ketligi, sud muzokaralarida ishtirok etgan shaxslarning xulosalari hamda sudlanuvchi oxirgi soʻzining mazmuni; basharti jinoyat protsessi ishtirokchilari iltimos qilsa, ishni koʻrish paytida yuz bergan holatlar toʻgʻrisidagi arzlar aks ettiriladi.
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari:
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganligi haqidagi;
texnika vositalari toʻgʻrisidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sud va xodimlar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga ilova qilinadi, unda ushbu vositalar qoʻllanilganligi haqida belgi qoʻyiladi.
Sud zarur deb topgan hollarda, guvohlar va jabrlanuvchilar sud majlisining bayonnomasidagi oʻzi bergan koʻrsatuvlarni imzolaydi.
Sud majlisining bayonnomasi raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanadi.
Sud majlisi bayonnomasining mazmuni boʻyicha raislik qiluvchi bilan sud majlisining kotibi oʻrtasida kelishmovchilik boʻlgan taqdirda, kotib oʻz mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan koʻriladi. Ushbu masala yuzasidan ajrim chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi.
Sud majlisining bayonnomasi toʻliq boʻlishini taʼminlash uchun stenogramma yuritilib, uning materiallari jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyiladi.
Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning ertasidan, murakkab ishlar boʻyicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzolanishi kerak”;
22) 463-modda ikkinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) shaxsning hukm chiqquniga qadar qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqti Jinoyat kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan ushlab turishni, qamoqqa olishni yoki uy qamogʻini hisobga olish qoidalarini nazarda tutib, sud tomonidan tayinlangan jazo chorasiga teng yoxud bu choradan ortiq boʻlsa”;
23) 468-modda birinchi qismining 6-bandi “yoki qamoqda” degan soʻzlardan keyin “yoxud uy qamogʻida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
24) 470-moddaning 3-bandi “u qamoqda” degan soʻzlardan keyin “yoki uy qamogʻida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
25) 474-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“474-modda. Sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod qilish
Sudlanuvchi oqlanganda, shuningdek jazo tayinlanmasdan yoki jazodan ozod qilib yoxud shartli ravishda ozodlikdan mahrum etib yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlab ayblov hukmi chiqarilganda, xuddi shuningdek sudlanuvchi dastlabki qamoqda yoxud uy qamogʻida boʻlgan vaqtdan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganda, qamoqda yoxud uy qamogʻida saqlanayotgan sudlanuvchi bevosita sud majlisi zalining oʻzida darhol ozod qilinishi lozim”;
26) 497-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qamoqdan yoki uy qamogʻidan darhol ozod etilishi lozim boʻlgan mahkumni ozod etishga doir ajrim (qaror), agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, zalning oʻzidayoq ijro etiladi. Boshqa hollarda, ajrim (qaror) chiqarilgan vaqtdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay uning nusxasi sud tomonidan jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi zimmasiga uy qamogʻini ijro etish yuklatilgan ichki ishlar organiga yuboriladi”;
27) 529-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“529-modda. Sud majlisi zalida qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod etish
Sud hukmni eʼlon qilgach sud majlisi zalida quyidagilarni qamoqdan yoki uy qamogʻidan darhol ozod qiladi:
1) oqlangan shaxsni;
2) jazo tayinlanmagan mahkumni;
3) jazodan ozod etilgan mahkumni;
4) ushlab turish yoki ehtiyot chorasini qoʻllash oqibatida qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqtdan yoxud kassatsiya yoki nazorat tartibida bekor qilingan hukmga binoan shu ish boʻyicha jazoni oʻtagan vaqtdan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki ozodligi cheklangan mahkumni;
5) shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan mahkumni;
6) ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga mahkum etilgan shaxsni”;
28) 530-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi instansiya sudining ajrimi shu ajrim ustidan apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish muddati oʻtishi bilan yoxud shikoyat yoki protest bildirilgan taqdirda ish yuqori sudda koʻrib chiqilganidan keyin qonuniy kuchga kiradi va ijro etiladi.
Sudning shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin boʻlmagan ajrimi shu ajrim chiqarilishi bilanoq darhol kuchga kiradi va ijro etiladi.
Jinoyat ishini tugatish haqidagi sud ajrimining ayblanuvchini, gumon qilinuvchini yoki sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod qilishga oid qismi darhol ijro etilishi lozim.
Kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining ajrimi (qarori) u eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Yuqori instansiya sudining ajrimi, qarori ushbu Kodeksning 497-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ijroga qaratiladi”;
29) 590-moddaning:
beshinchi qismi “Qamoqqa olish” degan soʻzlardan keyin “yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻqqizinchi qismi “qamoqdan” degan soʻzdan keyin “yoki uy qamogʻidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 14-moddaning ikkinchi qismi “1161, 1162” raqamlaridan keyin “1163” raqami bilan toʻldirilsin;
2) 64-moddasidagi “Tarix yoki madaniyat yodgorliklarini” degan soʻzlar “Moddiy madaniy meros obyektlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 70-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar “yigirma baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) quyidagi mazmundagi 701-modda bilan toʻldirilsin:
“701-modda. Daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish
Daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
5) 81-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklarni yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil boʻlgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, poʻstlogʻi, barglari, gʻunchalari, gullari, urugʻlari, mevalari, sharbatini (yelimini) va boshqa mahsulotlarini oʻzboshimchalik bilan yigʻish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
6) 99-moddaning uchinchi qismidagi “tarixiy imoratlar joylashgan tumanlarni” degan soʻzlar “madaniy meros obyektlari joylashgan tumanlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 116-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aerodrom hududida aerodromlarni tanib olish uchun qabul qilingan markirovka belgilariga va qurilmalarga oʻxshash biror-bir belgi va qurilma oʻrnatish yoki aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni belgilangan tartibda kelishilmagan holda amalga oshirish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Binolar va inshootlarda tungi va kunduzgi markirovka belgilarini yoki qurilmalarini oʻrnatish qoidalarini bajarmaganlik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Aerodrom uskunalarini, aerodrom belgilarini, havo kemalarini va ularning uskunalarini shikastlantirish, —
eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tegishli ruxsati boʻlmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorugʻlik bilan taʼminlab turuvchi obyektlar hududida piyoda yoki transportda yurish, —
eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mastlik holatida boʻlgan shaxs tomonidan havo kemasini boshqarish, xuddi shuningdek bunday holatda boʻlgan ekipaj aʼzolarining havo kemasini boshqarishiga ijozat berish yoxud havo kemasini boshqaruvchi shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi taʼsiridagi yoki oʻzgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibga muvofiq tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi, —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Baxtsiz aviatsiya hodisasi deb topilgan hodisani, u haqidagi maʼlumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa toʻgʻrisidagi axborotni qasddan buzib koʻrsatish, bortdagi va yerdagi obyektiv nazorat vositalarining maʼlumotlariga hamda baxtsiz aviatsiya hodisasi bilan bogʻliq boshqa daliliy materiallarga qasddan shikast yetkazish yoki ularni qasddan yoʻq qilib yuborish, —
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
8) quyidagi mazmundagi 1163-modda bilan toʻldirilsin:
“1163-modda. Aviatsiya xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni buzish
Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtmagan shaxslarni, qoʻl yukini yoki bagajni, yukni, pochtani, bort zaxiralarini yoxud havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalarni yoki predmetlarni havo kemasi bortiga yetkazib berish yoki yetkazib berishga koʻmaklashish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
9) 117-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “kema komandiri” degan soʻzlar “havo kemasi komandirining yoki havo kemasi komandiri nomidan ekipaj aʼzosining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 245-moddaning birinchi qismidagi “76-moddasida” degan soʻzlar “701-moddasining ikkinchi qismida, 76-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 251-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu Kodeksning 116, 1163-moddalarida, 117-moddasining birinchi qismida va 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqli boʻlgan havo transporti organidir, Milliy aviakompaniya esa ushbu Kodeksning 53-moddasida, 117-moddasining ikkinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 122-moddasining ikkinchi qismida, 124-moddasida, 144-moddasining uchinchi qismida, 145-moddasining birinchi qismida, 146-moddasida (havo transportidagi huquqbuzarliklar qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqli boʻlgan havo transporti organidir.
Quyidagilar havo transporti organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazolarni qoʻllashga haqli:
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshligʻi va uning oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshqarmalarining va boʻlimlarining boshliqlari;
Milliy aviakompaniyaning bosh direktori va uning oʻrinbosarlari, aviakompaniya Uchish majmuasining direktori va uning oʻrinbosari, aeroport (aviakorxona) direktori, aviakompaniya bosh inspektori, aviakompaniyaning tibbiy-sanitariya xizmati boshligʻi”;
12) 261-modda:
birinchi qismi “70-moddasida” degan soʻzlardan keyin “701-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar “fuqarolarga eng kam ish haqining yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz ellik baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravarigacha” degan soʻzlar “fuqarolarga eng kam ish haqining yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravarigacha” degan soʻzlar “fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 287-moddaning:
1-bandidagi “611-moddasining birinchi qismida, 90, 91, 92, 94, 113, 114, 115, 116, 1161, 1162, 117-moddalarida” degan soʻzlar “611-moddasining birinchi qismida, 701, 90, 91, 92, 94, 113, 114, 115, 116, 1161, 1162, 1163, 117-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5-bandidagi “77” raqami “701, 77” raqamlari bilan almashtirilsin;
14) 291-modda birinchi qismining “v” kichik bandi “60” raqamidan keyin “701” raqami bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-987-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 2-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddaning toʻrtinchi qismidagi “madaniy boyliklarni” degan soʻzlar “madaniy meros obyektlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 190-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“190-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarini xoʻjasizlarcha saqlash
Agar mulkdor oʻziga qarashli moddiy madaniy meros obyektiga xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlsa va uning but saqlanishini taʼminlamasa, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organlar mulkdorni moddiy madaniy meros obyektiga xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlishni toʻxtatish haqida ogohlantiradi. Agar mulkdor ushbu talabni bajarmasa, tegishli organlarning daʼvosiga koʻra sud moddiy madaniy meros obyektini olib qoʻyish haqida qaror chiqarishi mumkin va ushbu moddiy madaniy meros obyekti davlat mulkiga oʻtadi. Olib qoʻyilgan moddiy madaniy meros obyektining qiymati mulkdorga kelishuvda belgilangan miqdorda, nizo chiqqan taqdirda esa sud tomonidan belgilangan miqdorda toʻlanadi.
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda moddiy madaniy meros obyektini olib qoʻyish haqidagi daʼvo oldindan ogohlantirmasdan ham qoʻzgʻatilishi mumkin”;
3) 196-moddaning uchinchi qismidagi “Tarix va madaniyat yodgorliklari” degan soʻzlar “Moddiy madaniy meros obyektlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 198-moddaning ikkinchi qismidagi “tarixiy yoki madaniy boylik boʻlgan” degan soʻzlar “tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 214-moddaning birinchi qismidagi “madaniy va tarixiy boyliklar” degan soʻzlar “moddiy madaniy meros obyektlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 280-modda toʻrtinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) garov narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega mol-mulk boʻlsa”.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-fevraldagi OʻRQ-518-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 03/19/518/2589-son)
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 30-moddasining matnidagi “oʻz arxivlarida” degan soʻzlar “oʻz idoraviy arxivlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi OʻRQ-604-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 19-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 03/20/604/0175-son)
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 66-moddaning uchinchi qismidagi “arxiviga” degan soʻz “idoraviy arxiviga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 72-moddaning ikkinchi qismidagi “arxiviga” degan soʻz “idoraviy arxiviga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi 337-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637, 640-moddalar; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 14-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi, xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari ularda tegishli siyosiy partiyadan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga yoki xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga saylangan kamida uch nafar deputat birlashgan taqdirda tuziladi”;
2) 141-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Partiya guruhlari quyidagi huquqlarga ega:
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi sessiyasi kun tartibini shakllantirishda ishtirok etish;
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi qoʻmitalari yoki komissiyalari raisligiga, rais oʻrinbosarligiga va aʼzoligiga nomzodlar yuzasidan takliflar kiritish;
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi sessiyasi kun tartibidagi har bir masala boʻyicha muzokaralarda partiya guruhi vakiliga soʻz berilishini kafolatlash;
tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining va Vazirlar Kengashining raislariga, vazirlariga hamda boshqa davlat organlari rahbarlariga, hokimlarga, hokim oʻrinbosarlariga, hokimliklar boshqarmalari, boʻlimlari va boshqa boʻlinmalarining rahbarlariga, shuningdek tegishli xalq deputatlari Kengashi hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga soʻrov bilan murojaat qilish;
hududlarni rivojlantirish dasturlarining loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
tegishli hududda joylashgan davlat organi rahbarining, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotini yoki axborotini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari Kengashining sessiyalarida eshitish toʻgʻrisida, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini koʻrib chiqish haqida takliflar kiritish. Bunda qaror deputatlarning yarmidan koʻpi qoʻllab-quvvatlagan taqdirda qabul qilinadi;
tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining yoki xalq deputatlari Kengashining sessiyasida muhokama qilinayotgan masala boʻyicha partiya guruhining fikrini deputatlar orasida tarqatish;
tuman (shahar) hokimining, shuningdek tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining qoniqarsiz faoliyati toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyat yoki Toshkent shahar hokimiga xulosa taqdim etish”;
3) quyidagi mazmundagi 142-modda bilan toʻldirilsin:
“142-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining vakili
Siyosiy partiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati bilan kelishilgan holda partiyaning tegishli saylov okrugidagi hududiy boʻlimi xodimlari orasidan jamoatchilik asosida ishlovchi vakil ajratib berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining vakili:
deputatning saylov okrugidagi oʻz saylovchilari bilan doimiy aloqa oʻrnatishiga koʻmaklashadi;
saylov okrugida jismoniy va yuridik shaxslarning deputat nomiga kelib tushgan murojaatlarini roʻyxatdan oʻtkazadi va bu haqda deputatni xabardor qiladi;
deputat tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishga, shuningdek deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga koʻmaklashadi;
deputatning topshirigʻiga koʻra saylov okrugi hududida deputatning vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etadi;
deputatning oʻz vakolatlarini amalga oshirishga doir boshqa topshiriqlarini bajaradi”.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning beshinchi qismidagi “notarial arxivning” degan soʻzlar “notarial arxiv hujjatlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “oʻz notarial arxivini”, “notarial arxivlarga”, “notarial arxivlar tomonidan” va “notarial arxivlar” degan soʻzlar tegishincha “oʻz notarial arxiv ishini”, “idoraviy notarial arxivlarga”, “idoraviy notarial arxivlar tomonidan” va “idoraviy notarial arxivlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 402-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 110-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi jurnalistlik faoliyatini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Jurnalist
Jurnalist mehnatga oid yoki boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va materiallarni toʻplash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash hamda tarqatishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsdir.
4-modda. Senzuraga yoʻl qoʻyilmasligi
Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining senzura qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hech kim jurnalistdan eʼlon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni oʻzgartirilishini yoxud ularning nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emas”;
2) 5-moddaning birinchi qismi:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“axborotni toʻplash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash va tarqatish”;
toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat siri” degan soʻzlar “davlat sirlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat organlarining ochiq hayʼat majlislarida va ommaviy tadbirlarida hozir boʻlish”;
yettinchi — oʻn beshinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 6-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“jurnalistika sohasining sirini oshkor etmasligi;
jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalariga rioya etishi”;
beshinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
4) 7-moddaning birinchi qismi “tomonidan” degan soʻzdan keyin “oʻz nomini oshkor etmaslik sharti bilan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan toʻldirilsin:
“71-modda. Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari
Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari jurnalistning shaxsiga va oʻz kasbiga doir vazifalarni bajarish chogʻida uning xulq-atvoriga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi qoidalar majmuidan iboratdir.
Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari jurnalistlarning va ommaviy axborot vositalarining birlashmalari tomonidan belgilanadi”;
6) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-modda. Jurnalistni akkreditatsiya qilish
Jurnalist davlat organi, jamoat birlashmasi va tashkilot huzurida akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining jurnalisti xorijiy davlatda akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Chet el jurnalisti Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Akkreditatsiya qilingan jurnalist:
boʻlib oʻtadigan ochiq hayʼat majlislari va boshqa ommaviy tadbirlar toʻgʻrisida oldindan axborot olish;
akkreditatsiya qiluvchi organning binolariga (xonalariga) va boshqa obyektlariga akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda kirish;
ochiq hayʼat majlislarida va boshqa ommaviy tadbirlarda hozir boʻlish;
akkreditatsiya qiluvchi organning masʼul shaxslaridan zarur hujjatlar va materiallarni soʻrash hamda olish, ommaviy tadbirlarning yozuvlari bilan tanishish hamda ulardan koʻchirma nusxalar olish;
olingan yozuvlardan ommaviy axborot vositalari materiallarini tayyorlashda foydalanish huquqiga ega.
Akkreditatsiya qilingan jurnalist qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin”;
7) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga mos kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uchun quyidagi hollarda javobgar boʻlmaydi:
agar bu maʼlumotlar rasmiy xabarlardan, normativ-huquqiy hujjatlardan yoki rasmiy statistika hisobotlari maʼlumotlaridan yoxud axborot agentliklari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining matbuot xizmatlari orqali, shuningdek ularning rasmiy veb-saytlaridan olingan boʻlsa;
agar bu maʼlumotlar oldindan yozib olinmasdan efirga beriladigan mualliflik chiqishlarida mavjud boʻlsa yoki chiqishlarning soʻzma-soʻz takrorlanishi (stenografiya, audio-, videoyozuvi) boʻlsa”;
8) 16-modda chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 2-iyuldagi OʻRQ-626-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 4-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2020-y., 03/20/626/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-637-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son)
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi 541-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-78-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 1, 4-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-moddaning matnidagi “tashkil etilishi, faoliyat koʻrsatishi va faoliyatining tugatilishi” degan soʻzlar “faoliyati” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 4-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan (bundan buyon matnda chiqariladigan deb yuritiladi), qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari ommaviy axborot vositasidir”;
3) 5-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkindir.
Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, oʻz fikri va eʼtiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir.
Davlat ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini, mulk huquqini, davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilinishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki aralashish taqiqlanadi.
Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq axborotni izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish, undan foydalanish, uni saqlash huquqiga ega hamda tarqatilayotgan axborotning xolisligi va ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi”;
4) quyidagi mazmundagi 51-modda bilan toʻldirilsin:
“51-modda. Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Davlat ommaviy axborot vositalarini quyidagi yoʻllar bilan qoʻllab-quvvatlashi mumkin:
soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar va tariflar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar berish;
davlat subsidiyalari, davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari tizimi orqali moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tahririyatlar xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari faoliyatini tashkil etish;
tahririyatlar xodimlarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish.
Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashdan ommaviy axborot vositalarining mustaqil kasbiy faoliyatini cheklab qoʻyish uchun foydalanilishi mumkin emas”;
5) 18-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davriy bosma nashrning elektron shaklida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
davriy nashrning nomi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning sanasi va raqami;
muassisning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
bosh muharrirning familiyasi, ismi, otasining ismi;
indeks, tahririyatning joylashgan yeri (pochta va elektron manzili)”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
6) 19-moddaning uchinchi qismidagi “bir oy” degan soʻzlar “oʻn besh kunlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 20-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-sayt ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda veb-saytning domen nomi koʻrsatiladi, bunda ushbu modda birinchi qismining oltinchi va oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotlarni taqdim etish talab qilinmaydi”;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
8) 22-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ommaviy axborot vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, qaror chiqarilgandan keyin bir kun ichida arizachiga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bildirish yuboriladi (topshiriladi), unda rad etish sabablari, shuningdek arizachi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi”;
9) 24-moddaning uchinchi qismidagi “uch kun ichida yozma shaklda” degan soʻzlar “uch kun ichida yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 27-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Axborot tashuvchi jismlarga yozilgan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirilgan, elektron texnik qurilmalar yordamida foydalanishga moʻljallangan gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqa davriy bosma nashrlar davriy bosma nashrning elektron shaklidir”;
birinchi — toʻrtinchi qismlari tegishincha ikkinchi — beshinchi qismlar deb hisoblansin;
11) quyidagi mazmundagi 271-modda bilan toʻldirilsin:
“271-modda. Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-sayt tarzidagi ommaviy axborot vositasi
Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-sayt tarzidagi ommaviy axborot vositasi Internet tarmogʻidagi tahririy-noshirlik jihatidan ishlov berilgan, oʻzgartirilmagan tarzda tarqatish uchun moʻljallangan, elektron shakldagi hujjatlar va maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot resursidir.
Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-sayt tarzidagi ommaviy axborot vositasining mazkur veb-sayti bosh sahifasida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
davriy nashrning nomi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va guvohnoma raqami;
muassisning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
bosh muharrirning familiyasi, ismi, otasining ismi;
indeks, tahririyatning joylashgan yeri (pochta va elektron manzili)”;
12) 31-moddaning ikkinchi qismidagi “ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
13) 5-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-bob. Ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar bilan munosabatlari”;
14) quyidagi mazmundagi 351-modda bilan toʻldirilsin:
“351-modda. Ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir soʻrovi
Ommaviy axborot vositasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir soʻrov bilan ularga ogʻzaki yoki yozma shaklda (shu jumladan elektron hujjat shaklida) murojaat etish huquqiga ega.
Ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish toʻgʻrisidagi soʻrovi koʻpi bilan yetti kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Agar ommaviy axborot vositasining soʻrovini koʻrib chiqish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlari jumlasiga kirmasa, soʻrov soʻralayotgan axborotni taqdim etish oʻzining vakolatiga kiritilgan organga roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida yuboriladi, ommaviy axborot vositasi esa bu haqda xabardor qilinadi.
Soʻrov rad etilgan taqdirda, ommaviy axborot vositasiga asoslantirilgan javob yuboriladi”;
15) 40-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi “matbuot xizmatlari” degan soʻzlardan keyin “shuningdek ularning rasmiy veb-saytlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 545-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 9-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-408-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 36-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “rekreatsiya maqsadiga va tarixiy-madaniy maqsadga moʻljallangan yerlar” degan soʻzlar “rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 53-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 602-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektidir.
Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir.
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan birga qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaligidir.
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestri Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan yuritiladi.
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
2) 5-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda va zaxira yerlarda tashkil etiladi.
Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlgan taqdirda tashkil etiladi. Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xoʻjaliklari uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan yerlarda tegishincha, kamida 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xoʻjaliklari uchun 0,6 gektarni), sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilik uchun kamida 30 gektarni, gʻallachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni tashkil etadi. Ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni hamda koʻpi bilan 5 gektarni tashkil etadi.
Yer uchastkalari berilganda fermer xoʻjaligi oʻz zimmasiga qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun oʻrtacha yillik hosil hisobida) qonun hujjatlarida belgilangan normativ hosildorlikdan kam boʻlmasligini taʼminlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qoʻyiladi”;
3) 7-modda:
nomining oʻzbekcha matnidagi “roʻyxatiga olish” degan soʻzlar “roʻyxatidan oʻtkazish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi hamda uning muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Fermer xoʻjaligi bank muassasasida hisob-kitob varagʻi va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻlishga haqli”;
4) 10-modda:
birinchi qismining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
5) 11-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi.
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar ustun huquqdan foydalanadi.
Zaxira yerlardan yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan yer uchastkalari oʻtkazilgan tanlov yakunlariga koʻra yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi tuman komissiyasi hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga binoan xalq deputatlari tuman Kengashining qarori asosida qabul qilingan tuman hokimining qarori boʻyicha beriladi.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xoʻjaligining boshligʻi va tuman hokimi tomonidan imzolanadi.
Tuman hokimining fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilinishi mumkin.
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turar joyi boʻlgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi.
Fermer xoʻjaligining yer uchastkasi chegaralarini naturada (joyning oʻzida) belgilash hamda yer tuzish loyihalariga muvofiq fermer xoʻjaligiga yer uchastkasini ijaraga berish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish yer tuzish xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi”;
6) 12-modda chiqarib tashlansin;
7) 13-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaligi boshligʻi pensiya yoshiga toʻlganda yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganda, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy taʼlim muassasalariga kunduzgi oʻqishga qabul qilingan, saylab qoʻyiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini oʻzining tuman hokimi nomiga berilgan arizasiga koʻra ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismi talablariga javob beradigan oʻz oila aʼzolaridan biriga qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishi mumkin”;
8) 16-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni, fan va texnika yutuqlarini joriy etish;
fan-taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish”;
oʻn beshinchi xatboshisi oʻn yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
9) 17-moddaning birinchi qismi:
oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini, oʻz xodimlari, shu jumladan fermer xoʻjaligida mehnat qiladigan oila aʼzolari, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlashi”;
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan taqdirda yer uchastkasining dastlab berilgan paytdagi oʻlchamlarini kamaytirmagan va boshqa shaklda zarar yetkazmagan holda yer uchastkasini ijaraga beruvchiga qaytarishi”;
oʻn uchinchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilari tegishincha oʻn toʻrtinchi, oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
10) 31-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligining yer uchastkalari zaxira yerlarga olib qoʻyilganda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi oʻz rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin”.
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 204-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarining idoraviy arxivlarida yetmish besh yil saqlanadi. Ushbu muddat oʻtgach, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarining idoraviy arxivlari faoliyatini tashkil etish, shuningdek ulardagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlarini saqlash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi 678-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 178-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“muzeylarda, axborot-kutubxona muassasalarida, arxivlarda, idoraviy arxivlarda, kino-, foto-, fonotekalarda, suratlar galereyalarida va boshqa saqlash joylarida toʻplangan madaniy boyliklar”;
2) 8-moddaning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, idoraviy arxivlar va boshqa saqlash joylarida doimiy saqlanayotgan madaniy boyliklar”;
3) 11-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, idoraviy arxivlar va boshqa saqlash joylari tomonidan madaniy boyliklarni vaqtincha olib chiqish toʻgʻrisida sertifikat olish uchun ariza berilib, unga quyidagilar ilova qilinadi”;
4) 12-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
5) 16-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshqa mamlakatlardan qonunga xilof ravishda olib chiqilgan, oʻgʻirlangan yoki qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan madaniy boyliklarni qoʻlga kiritishning oldini olish maqsadida muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, idoraviy arxivlar va boshqa saqlash joylari ularning kelib chiqishi toʻgʻrisida zarur axborotga ega boʻlishi shart”;
6) 17-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Madaniy boyliklarni kimoshdi savdosiga (auksionga) qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi. Madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ruxsatnomasini olishi shart”.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi OʻRQ-776-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-868-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2023-y., 03/23/868/0699-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi OʻRQ-549-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 20-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2019-y., 03/19/549/3446-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son)
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi 171-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 19-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning birinchi qismi:
yettinchi xatboshisidagi “hayvonot dunyosi” degan soʻzlar “hayvonot dunyosi obyektlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastri”;
2) 12-moddaning beshinchi qismidagi “davlat budjeti” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi 269-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2009-yil, № 10, 381-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda ) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 10-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda hamda ularga tutash hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarni, moddiy madaniy meros obyektlarini asrash boʻyicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar oʻtkazish uchun ruxsatnomalar berish”;
2) 24-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda hamda ularga tutash hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ruxsatnomasini olish”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
40-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi 362-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 72-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 22-moddasining toʻrtinchi qismidagi “rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda” degan soʻzlar “rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
41-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi 436-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2008-yil, № 9, 481-modda, № 12, 630-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-modda:
nomi “majburiyat” degan soʻzdan keyin “va Harbiy qasamyod” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin:
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt boʻyicha) kirgan fuqarolar harbiy qismning jangovar bayrogʻi oldida quyidagi mazmunda Harbiy qasamyod qabul qiladilar:
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilishga, xalqimga, Prezidentimga sodiq boʻlishga tantanali ravishda qasamyod qilaman.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini va qonunlarini muqaddas bilib, ularga rioya etishga, harbiy nizomlarni, komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini soʻzsiz bajarishga, harbiy intizomga qatʼiy rioya qilishga, halol, jasur va sergak jangchi boʻlishga qasamyod qilaman.
Soʻnggi nafasim qolguncha oʻz Vatanimning sadoqatli farzandi boʻlib qolishga, harbiy xizmatning butun mashaqqati va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga, davlat sirini va harbiy sirni saqlashga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.
Jonajon Oʻzbekistonimning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining munosib himoyachisi boʻlishga qasamyod qilaman.
Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam, qonunlarda belgilangan eng ogʻir jazoga va xalqimning nafratiga mubtalo boʻlay”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Harbiy qasamyod qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi bilan belgilanadi”;
sakkizinchi qismi toʻqqizinchi qism deb hisoblansin;
2) 26-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Harbiy xizmatda boʻlish yoshining chegarasi:
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan oddiy askarlar (matroslar), serjantlar (starshinalar) va kichik ofitserlar uchun — qirq besh yosh;
katta ofitserlar uchun — ellik yosh, polkovniklar (I darajadagi kapitanlar) uchun — ellik besh yosh;
general-mayor, general-leytenant va general-polkovnik harbiy unvonidagi ofitserlar uchun — oltmish yosh etib belgilanadi”;
3) 30-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab ikki darajaga boʻlinadi.
|
Chegara yoshi |
|||
|
1-daraja |
2-daraja |
||
|
Oddiy askarlar va serjantlar |
35 yoshgacha |
45 yoshgacha |
|
|
Kichik ofitserlar |
40 yoshgacha |
50 yoshgacha |
|
|
Katta ofitserlar |
50 yoshgacha |
55 yoshgacha |
|
|
Generallar |
55 yoshgacha |
60 yoshgacha |
”. |
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi 439-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 2-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 452-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning beshinchi xatboshisidagi “kutubxonalardagi, arxivlardagi” degan soʻzlar “axborot-kutubxona muassasalaridagi, arxivlardagi, idoraviy arxivlardagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “kutubxonalarning, arxivlarning” degan soʻzlar “axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarning, idoraviy arxivlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
43-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat toʻgʻrisida”gi 478-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 65-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi toifali rezerv safi harbiy xizmatni chaqiruv yoki kontrakt boʻyicha oddiy askarlar, serjantlar lavozimlarida oʻtagan — oʻttiz besh yoshgacha boʻlgan, kichik ofitserlar lavozimlarida oʻtagan — qirq yoshgacha boʻlgan, katta ofitserlar lavozimlarida oʻtagan — ellik yoshgacha boʻlgan, generallar tarkibi lavozimlarida oʻtagan — ellik besh yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatga majburlar orasidan toʻldiriladi”;
2) 7-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ikkinchi toifali rezerv safi harbiy xizmatni chaqiruv, kontrakt boʻyicha yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida oddiy askarlar, serjantlar lavozimlarida oʻtagan — qirq besh yoshgacha boʻlgan, kichik ofitserlar lavozimlarida oʻtagan — ellik yoshgacha boʻlgan, katta ofitserlar lavozimlarida oʻtagan — ellik besh yoshgacha boʻlgan, generallar tarkibi lavozimlarida oʻtagan — oltmish yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatga majburlar orasidan toʻldiriladi”;
3) 12-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 14-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
44-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 331-moddaning uchinchi qismidagi “Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasida” degan soʻzlar “Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 34-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzishi, boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi, rasmiy parlament delegatsiyalari almashishi, shuningdek xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlar oʻtkazishi mumkin”;
3) quyidagi mazmundagi 341 va 342-moddalar bilan toʻldirilsin:
“341-modda. Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar
Boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tashkil etiladi, uning tarkibi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Qonunchilik palatasi va Senat birgalikda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi mumkin, ularning tarkibi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar faoliyatining tartibi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
342-modda. Rasmiy parlament delegatsiyalari
Boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash hamda rivojlantirish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari rasmiy parlament delegatsiyalari tarkibida xorijiy mamlakatlarga yuborilishi mumkin.
Rasmiy parlament delegatsiyalarini xorijiy mamlakatlarga yuborish masalasi belgilangan tartibga muvofiq Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy parlament delegatsiyalari xorijiy safar yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi Kengashiga axborot taqdim etadi”.
45-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 33-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senat boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzishi, boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi, rasmiy parlament delegatsiyalari almashishi, shuningdek xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlar oʻtkazishi mumkin”;
2) quyidagi mazmundagi 331 va 332-moddalar bilan toʻldirilsin:
“331-modda. Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar
Boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar Senat aʼzolari orasidan tashkil etiladi, uning tarkibi Senat Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Senat va Qonunchilik palatasi birgalikda Senat aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi mumkin, ularning tarkibi Senat Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar faoliyatining tartibi Senat Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
332-modda. Rasmiy parlament delegatsiyalari
Boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash hamda rivojlantirish uchun Senat aʼzolari rasmiy parlament delegatsiyalari tarkibida xorijiy mamlakatlarga yuborilishi mumkin.
Rasmiy parlament delegatsiyalarini xorijiy mamlakatlarga yuborish masalasi belgilangan tartibga muvofiq Senat Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy parlament delegatsiyalari xorijiy safar yakunlari boʻyicha Senat Kengashiga axborot taqdim etadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(46-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-793-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 14-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 03/22/793/0918-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-499-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/499/2050-son)
48-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi 706-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 10-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning ikkinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tegishli hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga”;
oʻn birinchi — oʻn beshinchi xatboshilari tegishincha oʻn ikkinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 7-moddaning:
ikkinchi qismidagi “fuqarolarni” degan soʻz “jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “ikki” degan soʻz “toʻrt” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan, shuningdek uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan organ (siyosiy partiya) oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin”.
49-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini chaqirib olish toʻgʻrisida”gi 708-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 12-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
1) 1-modda quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“deputatning uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan organ (siyosiy partiya) oldidagi majburiyatlarini bajarmaganligi”;
2) 2-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Deputatni, senatorni chaqirib olish masalasini koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilgan soʻrovi, shuningdek uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan organning (siyosiy partiyaning) taklifi asos boʻlishi mumkin”.
50-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-42-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 372-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 26-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan asarlarning nusxalarini axborot-kutubxona muassasalari tomonidan vaqtinchalik foydalanishga muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq toʻlamagan holda berishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda mualliflik huquqi obyektlari boʻlgan, raqamli shaklda ifodalangan asarlarning nusxalari, shu jumladan axborot-kutubxona muassasalarining resurslaridan oʻzaro foydalanish tartibida beriladigan asarlarning nusxalari bu asarlarning raqamli shakldagi koʻchirma nusxalarini yaratish imkoniyatini istisno etish sharti bilan faqat axborot-kutubxona muassasalarining binolarida vaqtinchalik foydalanishga berilishi mumkin”;
2) 27-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Daromad olishni koʻzlamagan holda, muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq toʻlamagan holda, lekin asaridan foydalanilayotgan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini albatta koʻrsatgan tarzda:
axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan — asarning yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan nusxalarini tiklash, almashtirish uchun, shuningdek oʻz fondlaridan bu asarlarni biron sabab bilan yoʻqotgan boshqa axborot-kutubxona muassasalariga, arxivlarga va idoraviy arxivlarga asarlarning nusxalarini berish uchun chop etilgan asarni;
axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan fuqarolarning oʻquv va tadqiqot maqsadlaridagi soʻrovlari boʻyicha, shuningdek taʼlim muassasalari tomonidan auditoriya mashgʻulotlari uchun toʻplamlarda, gazetalar va boshqa davriy nashrlarda chop etilgan ayrim maqolalar va kichik hajmli asarlarni, chop etilgan yozma asarlardan (suratli yoki suratsiz) qisqa parchalarni bir nusxada reprografik takrorlashga yoʻl qoʻyiladi”;
3) 31-moddaning matnidagi “davlat arxivlarida” degan soʻzlar “arxivlarda va idoraviy arxivlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 53-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “davlat arxivlarida” degan soʻzlar “arxivlarda va idoraviy arxivlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
51-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi OʻRQ-58-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 9-moddaning ikkinchi qismi “Tarixiy” degan soʻzdan keyin “ilmiy” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
2) 17-moddaning toʻrtinchi qismidagi “arxivida” degan soʻz “idoraviy arxivida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 37-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi “tarixiy” degan soʻzdan keyin “ilmiy” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(52-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
53-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-155-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda) 8-moddasi birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“moddiy madaniy meros obyektlariga, nodir va boshqa noyob buyumlarga, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa mahsullariga, qimmatli qogʻozlarga, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast yetkazilganligi yoki ularning yoʻq qilinganligi”.
54-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Muzeylar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-177-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 483-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 15-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tasarrufdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan qabul qilinadi”;
3) 26-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “madaniy meros obyektlarini” degan soʻzlar “moddiy madaniy meros obyektlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
55-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 13-oktabrda qabul qilingan “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-229-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 10, 382-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 6-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ilmiy hisobotlarni yigʻadi va ularning idoraviy arxivda saqlanishini taʼminlaydi”;
2) 7-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ilmiy hisobotlarni yigʻadi va ularning idoraviy arxivda saqlanishini taʼminlaydi”.
56-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 15-iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-252-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 6, 233-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning yettinchi xatboshisidagi “kutubxona” degan soʻz “axborot-kutubxona muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 4-moddaning ikkinchi qismidagi “kutubxonalariga” degan soʻz “axborot-kutubxona muassasalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 23-moddaning:
uchinchi qismidagi “kutubxonalarida” degan soʻz “axborot-kutubxona muassasalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “kutubxonalarga” degan soʻz “axborot-kutubxona muassasalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
57-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-aprelda qabul qilingan “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-280-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 96-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“milliy madaniyatni tiklashga va yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, madaniy meros obyektlarini saqlash”;
2) 12-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻzidagi va oʻzidan uzoqdagi axborot resurslaridan foydalanish asosida maʼnaviy boy va barkamol shaxsni ijodiy rivojlantirish uchun imkoniyat yaratgan holda, foydalanuvchilarni madaniy meros obyektlaridan bahramand etadi”.
58-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda) 24-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini, inson hayoti va sogʻligʻini saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarni saqlab qolish, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar xalqlarining madaniy boyliklarini, mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni, olib kirilayotgan tovarlar isteʼmolchilarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq ayrim tovarlarni va (yoki) transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda ushbu hududdan olib chiqish taqiqlanishi mumkin”.
59-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-403-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 123-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) 10-moddasining uchinchi qismidagi “Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasida” degan soʻzlar “Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
60-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrda qabul qilingan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-443-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 507-modda) 14-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “farmonlari, qarorlari va farmoyishlari” degan soʻzlar “farmonlari va qarorlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
61-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
62-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 5-moddasi, 13-moddasining 2, 6, 18, 20, 21-bandlari, 41, 43-moddalari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning 29, 30-moddalari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
(62-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-aprel,
OʻRQ-476-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 16.10.2018-y., 03/18/499/2050-son; 07.02.2019-y., 03/19/518/2589-son, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son, 19.07.2019-y., 03/19/549/3446-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son, 18.02.2020-y., 03/20/604/0175-son, 03.07.2020-y., 03/20/626/1024-son, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son; 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2021-y., 03/21/699/0635-son, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498; 13.10.2022-y., 03/22/793/0918-son; 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son; 13.09.2023-y., 03/23/868/0699-son; 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son; 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)