Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.07.2006
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TO‘LAShNING YaGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyundagi 120-sonli “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004-yil 1-avgustdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2004-yil 1-iyuldagi PF-3450-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining rag‘batlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Boshlang‘ich razryadning eng kam oylik ish haqining belgilangan tarif stavkasi mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-oktabrdagi 237-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun Hujjatlari To‘plami, 2005-y., 43-44-son, 330-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-iyuldagi 280-son qarori 2004-yil 1-avgustdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-iyul,
309-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 2-iyuldagi 309-son qaroriga
ILOVA
Mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi

Mehnatga haq to‘lash razryadlari‎

Tarif koeffitsiyentlari‎

0‎

1,000‎

‎1

2,181‎

‎2

2,400‎

‎3

2,641‎

‎4

2,904‎

‎5

3,181

‎6

3,471

‎7

3,773

‎8

‎4,086

‎9

4,401

10‎

‎4,723

‎11

5,050

‎12

5,386

‎13

5,727

‎14

6,071

‎15

6,423

‎16

6,779

‎17

7,140

‎18

7,505

19‎

7,877

‎20

‎8,253

‎21

‎8,635

‎22

9,019‎

(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 26-son, 300-modda; 2005-y., 43-44-son, 330-modda)