|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.08.2004
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TO‘LAShNING YAGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-iyuldagi 309-sonli “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2000-yil 23-iyundagi PF-2644-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining rag‘batlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2000-yil 1-avgustdan boshlab boshlang‘ich razryadning oyiga 2450 so‘m miqdorida belgilangan eng kam ish haqi tarif stavkasi mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 349-son qarori 2000-yil 1-avgustdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 20-iyul,
280-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-iyuldagi 280-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi
|
Mehnatga haq to‘lash razryadlari |
Tarif koeffitsiyentlari |
| 0 | 1,000 |
| 1 | 2,014 |
| 2 | 2,216 |
| 3 | 2,439 |
| 4 | 2,681 |
| 5 | 2,937 |
| 6 | 3,205 |
| 7 | 3,484 |
| 8 | 3,773 |
| 9 | 4,064 |
| 10 | 4,361 |
| 11 | 4,663 |
| 12 | 4,973 |
| 13 | 5,288 |
|
14 |
5,606 |
|
15 |
5,931 |
|
16 |
6,259 |
|
17 |
6,593 |
|
18 |
6,930 |
|
19 |
7,273 |
|
20 |
7,620 |
|
21 |
7,973 |
|
22 |
8,328 |