Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.08.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TOʻLAShNING YaGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-iyuldagi 280-sonli “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1999-yil 1-avgustdan boshlab ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 1999-yil 19-iyuldagi PF-2339-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 1-avgustdan boshlab boshlangʻich razryadning oyiga 1750 soʻm miqdoridagi tarif stavkasi mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-iyundagi 247-son qarori 1999-yil 1-avgustdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-iyul,
349-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
19-iyuldagi 349-son qaroriga
ILOVA
Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif
SETKASI

Mehnatga haq toʻlash razryadlari

Tarif koeffitsiyentlari

0‎ 1,000‎
1‎ 1,880‎
2‎ 2,068‎
3‎ 2,276‎
4‎ 2,502‎
5‎ 2,741‎
6‎ 2,991‎
7‎ 3,252‎
8‎ 3,521‎
9‎ 3,793‎
10‎ 4,070‎
11‎ 4,352‎
12‎ 4,641‎
13‎ 4,935‎
14‎ 5,232‎
15‎ 5,536‎
16‎ 5,842‎
17‎ 6,153‎
18‎ 6,468‎
19‎ 6,788‎
20‎ 7,112‎
21‎ 7,441‎
22‎ 7,773‎