1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini roʻyxatga olish]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGINING
Qarori
Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 17-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2858]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Mehnat vazirligi qaror qiladi:
1. Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MIRUSMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-yanvar,
1-mb-son
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-yanvar,
3-q/q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Mehnat vazirligining 2017-yil 17-yanvardagi 1-mb, 3-q/q-son qaroriga ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Tadbirkorlik subyektlarining toifasi ularning asosiy faoliyat turini (yillik aylanma hajmida ulushi eng koʻp boʻlgan faoliyat turi) va xodimlarining oʻrtacha yillik sonini, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlar tasniflagichida belgilangan mezonlarga solishtirish yoʻli bilan aniqlanadi.
2. Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik soni tadbirkorlik subyekti bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) tuzilgan barcha xodimlarni, shuningdek fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlayotgan xodimlarni (bundan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlar bajarayotgan, xizmatlar koʻrsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno) oʻz ichiga oladi.
3. Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlashda, vakolatxonalar va filiallarda (agar mavjud boʻlsa) ishlayotgan xodimlarning soni ham hisobga olinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 27-avgustdagi 3-mb-son hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 25-avgustdagi 6497-sonli qarori (roʻyxat raqami 2858-2, 09.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 10.09.2025-y., 10/25/2858-2/0815-son)
4. Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik soni quyidagilarni alohida tartibda hisoblash hamda ularni qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi:
6. Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlashda hosil boʻlgan oʻrtacha yillik soni koʻp qiymatga qarab butun songacha yaxlitlanadi.
2-bob. Tadbirkorlik subyektida mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik sonini aniqlash
7. Tadbirkorlik subyektida mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni mazkur xodimlarning oʻrtacha oylik sonini hisobot yilining barcha oylari boʻyicha qoʻshish va hosil boʻlgan yigʻindini 12 ga boʻlish yoʻli bilan quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
W = (Wm1 + Wm2 + … + Wm12) / 12, bunda:
W — mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni;
Wm1, Wm2, ... — yanvar, fevral va mos ravishda yilning keyingi oylaridagi mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarning oʻrtacha oylik soni.
8. Toʻliq bir yil davomida faoliyat yuritmagan tadbirkorlik subyektlari uchun (masalan, yil davomida tashkil etilgan, mavsumiy ishlash xususiyatiga ega boʻlgan va hokazo) mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni tadbirkorlik subyektining barcha faoliyat yuritgan oylari uchun mazkur xodimlarning oʻrtacha oylik sonini qoʻshish va hosil boʻlgan yigʻindini 12 ga boʻlish orqali aniqlanadi.
9. Mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarning oʻrtacha oylik soni dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarni qoʻshgan holda oyning birinchi sanasidan oʻttizinchi yoki oʻttiz birinchi sanasigacha (fevral oyi uchun yigirma sakkizinchi yoki yigirma toʻqqizinchi sanagacha) hisobot oyining har bir kalendar kunidagi mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlar sonini qoʻshish va hosil boʻlgan yigʻindini hisobot oyining kalendar kunlari soniga boʻlish orqali quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Wm = (Wd1 + Wd2 + … + Wdn) / n, bunda:
Wm — mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarning oʻrtacha oylik soni;
Wd1, Wd2, ... — birinchi, ikkinchi va mos ravishda oyning keyingi sanalaridagi mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlar soni;
n — hisobot oyidagi jami kalendar kunlari soni.
10. Bir oydan kam vaqt faoliyat koʻrsatgan tadbirkorlik subyektida (masalan, yangi ishga tushirilgan, mavsumiy ishlash xususiyatiga ega boʻlgan va hokazo) mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarning oʻrtacha oylik soni tadbirkorlik subyektining hisobot oyida barcha ishlangan kunlari uchun (bunga uning ishlash davridagi dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlari ham kiradi) mazkur xodimlarning sonini qoʻshish va hosil boʻlgan yigʻindini hisobot oyidagi jami kalendar kunlari soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
3-bob. Tashqi oʻrindoshlar va fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlayotgan xodimlarning oʻrtacha yillik sonini aniqlash
11. Tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha yillik soni mazkur xodimlarning oʻrtacha oylik sonini hisobot yilining barcha oylari boʻyicha qoʻshish va hosil boʻlgan yigʻindini 12 ga boʻlish yoʻli bilan quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
EW = (EWm1 + EWm2 + … + EWm12) / 12, bunda:
EW — tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha yillik soni;
EWm1, EWm2, ... — yanvar, fevral va mos ravishda yilning keyingi oylaridagi tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha oylik soni.
12. Tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha oylik soni mehnat shartnomasida koʻzda tutilgan ish vaqti davomiyligiga mutanosib ravishda quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil 31-maydagi 35-mb-son hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 31-maydagi 19-2023/qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 2858-1, 08.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 08.06.2023-y., 10/23/2858-1/0345-son)
EWm = (EWt1 + EWt2 + … + EWti) / tn, bunda:
EWm — tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha oylik soni;
EWt1, EWt2, ... — birinchi, ikkinchi va keyingi tashqi oʻrindoshlarning joriy oyda ishlagan ish vaqti davomiyligi;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil 31-maydagi 35-mb-son hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 31-maydagi 19-2023/qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 2858-1, 08.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 08.06.2023-y., 10/23/2858-1/0345-son)
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil 31-maydagi 35-mb-son hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 31-maydagi 19-2023/qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 2858-1, 08.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 08.06.2023-y., 10/23/2858-1/0345-son)
Ish vaqtining normal davomiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasiga muvofiq belgilanadi.
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil 31-maydagi 35-mb-son hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 31-maydagi 19-2023/qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 2858-1, 08.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 08.06.2023-y., 10/23/2858-1/0345-son)
Agar tadbirkorlik subyektining ham besh kunlik ham olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlari mavjud boʻlsa ushbu tadbirkorlik subyektlari uchun olti kunlik ish haftasidagi normal ish vaqti olinadi.
13. Fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlayotgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni mazkur xodimlarning oʻrtacha oylik sonini hisobot yilining barcha ishlangan oylari boʻyicha qoʻshish va hosil boʻlgan yigʻindini 12 ga boʻlish yoʻli bilan quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
SW = (SWm1 + SWm2 + … + SWm12) / 12, bunda:
SW — fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlayotgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni;
SWm1, SWm2, ... — yanvar, fevral va mos ravishda yilning keyingi oylaridagi fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlayotgan xodimlarning oʻrtacha oylik soni.
14. Fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlayotgan xodimlarning oʻrtacha oylik soni dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarni qoʻshgan holda oyning birinchi sanasidan oʻttizinchi yoki oʻttiz birinchi sanasigacha (fevral oyi uchun yigirma sakkizinchi yoki yigirma toʻqqizinchi sanagacha) hisobot oyining har bir kalendar kunidagi (shartnomaning amal qilish muddatida) xodimlar sonini qoʻshish va hosil boʻlgan yigʻindini hisobot oyining kalendar kunlari soniga boʻlish orqali quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
SWm = (SWd1 + SWd2 + … + SWdn) / n, bunda:
SWm — fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlayotgan xodimlarning oʻrtacha oylik soni;
SWd1, SWd2, ... — birinchi, ikkinchi va mos ravishda oyning keyingi sanalaridagi fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlayotgan xodimlar soni;
n — hisobot oyidagi jami kalendar kunlari soni.
15. Agar xodim tadbirkorlik subyekti bilan mehnat shartnomasi asosida ishlash bilan bir vaqtning oʻzida mazkur tadbirkorlik subyekti bilan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnoma asosida ishlayotgan boʻlsa, faqat asosiy lavozimi boʻyicha mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlar sonida hisobga olinadi.
16. Tadbirkorlik subyekti xodimlarining oʻrtacha yillik sonini hisoblash boʻyicha shartli misol mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan.
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
18. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2017-yil 9-yanvar
Moliya vaziri B. XODJAYEV
2017-yil 9-yanvar
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2017-yil 9-yanvar
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Q. RAFIKOV
2017-yil 9-yanvar
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2017-yil 9-yanvar
Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini hisoblash boʻyicha
SHARTLI MISOL
Tadbirkorlik subyekti oʻz faoliyatini 24-may sanasida boshladi. Mazkur tadbirkorlik subyekti bilan 24-mayda mehnat shartnomasi tuzgan va mehnat daftarchalari rasmiylashtirilgan xodimlar soni 70 kishini tashkil qildi. 27-mayda 6 kishi ishga qabul qilindi, 28-mayda 1 kishi bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi, 29-mayda 5 kishi va 31-mayda yana 4 kishi ishga qabul qilindi.
Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandiga muvofiq tadbirkorlik subyektida mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarning oʻrtacha oylik soni hisobot oyining har bir kalendar kuni uchun xodimlar sonini qoʻshish va hosil boʻlgan yigʻindini hisobot oyining kalendar kunlari soniga boʻlish orqali aniqlanadi (1-jadval).
1-jadval
Toʻliq bir oy faoliyat yuritmagan tadbirkorlik subyektida mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarining oʻrtacha oylik sonini aniqlash
Yilning keyingi oylari uchun mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarning oʻrtacha oylik soni xuddi shu tarzda aniqlanadi.
Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandiga muvofiq mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni mazkur xodimlarning oʻrtacha oylik sonini qoʻshish va hosil boʻlgan yigʻindini 12 ga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi (2-jadval).
2-jadval
Toʻliq bir yil faoliyat yuritmagan tadbirkorlik subyektida mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash
Oylar
Mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarning oʻrtacha oylik soni, kishi
Tadbirkorlik subyekti tomonidan noyabr oyida 3 nafar tashqi oʻrindoshlar bilan mehnat shartnomalari tuzilib, yaʼni, 1-tashqi oʻrindosh bilan mehnat shartnomasida ish vaqtining davomiyligi kuniga 3 soatdan 26 kun, 2-tashqi oʻrindosh bilan kuniga 2 soatdan 20 kun va 3-tashqi oʻrindosh bilan esa kuniga 1 soatdan 15 kun etib belgilangan (3-jadval).
(toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil 31-maydagi 35-mb-son hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 31-maydagi 19-2023/qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 2858-1, 08.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 08.06.2023-y., 10/23/2858-1/0345-son)
3-jadval
Tashqi oʻrindoshlarni hisobga olish jadvali
Tashqi oʻrindoshlar
Tashqi oʻrindoshlarning joriy oyda ishlagan ish vaqti, soat
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 182-moddasiga muvofiq olti kunlik (40 soatli) ish haftasi uchun oktabr oyida ish vaqtining normal davomiyligi 174 soatni tashkil etadi. Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandida keltirilgan formulaga asosan, tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha oylik soni quyidagiga teng boʻladi:
(oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil 31-maydagi 35-mb-son hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 31-maydagi 19-2023/qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 2858-1, 08.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 08.06.2023-y., 10/23/2858-1/0345-son)
133 kishi * soat
= 0,8 kishi
174 soat
Yilning keyingi oylari uchun tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha oylik soni xuddi shu tarzda aniqlanadi.
Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandiga muvofiq tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha yillik soni quyidagicha aniqlanadi (4-jadval).
4-jadval
Tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha yillik sonini aniqlash
Oylar
Tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha oylik soni, kishi
Oktabr
0,8
Noyabr
1,2
Dekabr
1,8
Tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha yillik soni
(0,8 + 1,2 + 1,8) : 12 = 0,3
Dekabr oyida tadbirkorlik subyekti tomonidan 5 nafar jismoniy shaxs bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha hisobot yilining 13-dekabridan 23-dekabrigacha boʻlgan muddatga fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzildi. Mazkur holatda, fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlagan xodimlarning oʻrtacha oylik soni Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandiga muvofiq quyidagicha aniqlanadi (5-jadval).
5-jadval
Fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlagan xodimlarning oʻrtacha oylik sonini aniqlash
Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandiga muvofiq fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlagan xodimlarning oʻrtacha yillik soni quyidagicha aniqlanadi:
1,8 kishi
= 0,2 kishi
12
Tadbirkorlik subyektida hisob-kitoblar natijasida mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarning hisobot yili uchun oʻrtacha yillik soni 53,8 ni tashkil qildi.
Hisobot yili davomida tashqi oʻrindoshlar bilan mehnat shartnomasi tuzilib, mazkur xodimlarning oʻrtacha yillik soni 0,3 ni tashkil qildi.
Shuningdek, jismoniy shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy tusda shartnomalar tuzilib, mazkur xodimlarning oʻrtacha yillik soni 0,2 ni tashkil qildi.
Tadbirkorlik subyekti xodimlarining oʻrtacha yillik soni Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga asosan quyidagicha aniqlanadi (6-jadval).
6-jadval
Tadbirkorlik subyekti xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash
Xodimlarning oʻrtacha yillik soni, kishi
Mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni
53,8
Tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha yillik soni
0,3
Fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlayotgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni
0,2
Jami
(53,8 + 0,3 + 0,2) = 54,3
Shunday qilib, Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga asosan hisobot yilida tadbirkorlik subyekti xodimlarining oʻrtacha yillik soni 55 kishini tashkil qiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 104-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 08.06.2023-y., 10/23/2858-1/0345-son; 10.09.2025-y., 10/25/2858-2/0815-son)