1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.05.00 Haq to‘lanadigan jamoat ishlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HAQ TO‘LANADIGAN JAMOAT IShLARINI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 25-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda) 1-bandining ikkinchi xat boshi, shuningdek qarorga 1-ilova va Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 1-bandining “v” va “g” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-iyul,
353-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qaroriga ILOVA
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 65-moddasi va “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash tartibini, ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolarning bunday ishlarda ishtirok etishi shartlarini belgilab beradi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Haq to‘lanadigan jamoat ishlari deganda, hammabop, odatda, belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan mehnat faoliyatining vaqtincha turlari tushuniladi.
2. “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 17-moddasining birinchi qismiga muvofiq haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish joylardagi davlat hokimiyati organlari vakolatlariga kiradi, ular har yili mehnat organlari takliflari bo‘yicha va ular ishtirokida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlarini va muayyan hududda aholini ish bilan ta’minlash yuzasidan vaziyatni hisobga olgan holda haq to‘lanadigan jamoat ishlarining hajmlarini va turlarini aniqlaydilar.
3. Haq to‘lanadigan jamoat ishlari quyidagi maqsadlarda tashkil qilinadi:
ish qidirayotgan shaxs sifatida mehnat organlarida ro‘yxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi (mehnat daromadi) olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
mehnat organlari tomonidan ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi (mutaxassisligi) bo‘lmagan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish;
turli sabablarga ko‘ra kasb faoliyatida ancha uzilishlar bo‘lgan shaxslarni (ilgari bolalar tarbiyasi, bemorlar va oilaning keksa a’zolariga qarash bilan mashg‘ul bo‘lgan, jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilinganlar va boshqalar) mehnatga qayta tiklash;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarini ishchi kuchi bilan ta’minlash.
4. Quyidagilar:
a) mehnat organlarida ro‘yxatga olingan, qaramog‘ida uch kishidan kam bo‘lgan 35 yoshgacha bo‘lgan ishsiz erkaklar, ular tomonidan ishsizligi bo‘yicha nafaqa olish davrida;
b) ixtiyoriy tartibda — ishsizlarning boshqa toifalari, shuningdek mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashishlari mumkin.
Mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar uchun ular tomonidan ishsizlik bo‘yicha nafaqa olishi tugagandan keyin haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish ixtiyoriy hisoblanadi.
II. HAQ TO‘LANADIGAN JAMOAT IShLARINI TAShKIL QILISh VA AMALGA OShIRISh ShARTLARI
5. Joylardagi davlat hokimiyati organlari mehnat organlarining taklifi bo‘yicha va ishtirokida:
haq to‘lanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish uchun iqtisodiyot tarmoqlarini va aniq korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni belgilaydilar;
o‘zlariga bo‘ysunuvchi korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda va shartnomalar bo‘yicha — boshqa korxonalarda haq to‘lanadigan jamoat ishlari amalga oshirilishini tashkil etadilar (1-ilova).
6. Mehnat organlari ish qidirayotgan va ishsiz shaxslar tarkibi va sonini hisobga olgan holda ishchi kuchiga bo‘lgan talab va takliflarni tahlil qilish asosida aholini ish bilan ta’minlash mintaqaviy dasturining maxsus bo‘limiga kiritiladigan haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydilar va joylardagi davlat hokimiyati organlariga kiritadilar.
7. Korxonalar mehnat organlari bilan birgalikda haq to‘lanadigan jamoat ishlarining zarur turlari va hajmlarini belgilaydilar.
8. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining tavsiya etiladigan turlarining namunaviy ro‘yxati mazkur Nizomga 2-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan.
Joylardagi davlat hokimiyati organlari haq to‘lanadigan jamoat ishlari turlari ro‘yxatini ularga bo‘lgan ehtiyojga qarab kengaytirishlari mumkin.
Avariyalar, tabiiy ofatlar va shunga o‘xshash boshqa hodisalarning oqibatlarini tugatish zaruriyati bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat turlarini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
III. IShSIZ FUQAROLARNING, ShUNINGDEK MEHNAT ORGANLARIDA ISh QIDIRAYoTGAN ShAXSLAR SIFATIDA RO‘YXATGA OLINGAN ShAXSLARNING HAQ TO‘LANADIGAN JAMOAT IShLARIDA IShTIROK ETIShI
9. Ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolar, shuningdek, mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar mehnat organlari yo‘llanmasi bo‘yicha haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashadilar. Ish beruvchi yuborilgan fuqarolarning haq to‘lanadigan jamoat ishiga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi javobni mehnat organiga 3 kun muddatda jo‘natishga majburdir (3-ilova).
10. Taklif qilinayotgan haq to‘lanadigan jamoat ishlari turlari ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolarning, shuningdek, mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan shaxslarning kasb mahoratini, ish tajribasini, yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlarini, ish tartibi va zarur mehnat sharoitlarini hisobga olishi kerak.
Mehnat organi ishsiz fuqarolarning, shuningdek ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan shaxslarning kasbini, yoshini va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini amalga oshirishning aniq joylarini, shuningdek, ularga yuboriladigan fuqarolarning qatnashish shartlari va muddatlarini belgilaydi.
11. Mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan ishsizlarning haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashishning eng kam muddati ishsizlik bo‘yicha nafaqa olishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati davomida har oyda kamida ikki haftani tashkil etishi kerak.
4-bandning “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan ishsizlarning haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashishining jami muddati ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashning qonun hujjatlarida belgilangan muddati davomida:
ish joyini va ish haqi (mehnat daromadi)ni yo‘qotgan yoki uzoq (bir yildan ko‘proq) uzilishdan keyin mehnat faoliyatini tiklashga harakat qilayotgan shaxslar uchun — o‘n ikki kalendar haftadan;
ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslar uchun — olti kalendar haftadan kam bo‘lmasligi kerak.
12. Mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan ishsizlar mehnat organlari tomonidan taklif etilgan haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashishni rad etgan hollarda ularga ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lanmaydi.
Ishsiz xavfli, zararli va og‘ir ish sharoitlari bilan bog‘liq haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashishni rad etganda, unga boshqa haq to‘lanadigan jamoat ishi beriladi.
Mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan ishsiz mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan davr davomida haq to‘lanadigan jamoat ishlarida amalda qatnashmagan taqdirda unga keyingi oylar uchun nafaqa to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi va ishsiz haq to‘lanadigan jamoat ishlarida belgilangan muddatni ishlab bergandan so‘ng qayta tiklanishi mumkin. Bunda mehnat organi tomonidan ishsizlik bo‘yicha nafaqa miqdori qayta hisoblab chiqiladi.
13. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa olayotgan ishsizlarning boshqa toifalari uchun haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish muddati va davrlari biron-bir muddat bilan cheklanmaydi, mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar bundan mustasno.
14. Ishsiz haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashgan davrda unga ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lanmaydi va jamoat ishlarida qatnashish tugagan kundan boshlab qayta tiklanadi.
IV. HAQ TO‘LANADIGAN JAMOAT IShLARINI TAShKIL QILISh
15. Mehnat organlari fuqarolarni haq to‘lanadigan jamoat ishlarini bajarish uchun yuborishda ish tartibini tashkil etish va haq to‘lash shartlari, moddiy rag‘batlantirish imkoniyati haqida ularni xabardor qiladi.
16. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashadigan shaxslar bilan ish beruvchi ma’lum muddatga, biroq kamida ikki hafta muddatga uning muddatini uzaytirish huquqi bilan mehnat shartnomasi tuzadi.
Ish beruvchi shartnoma muddatini uzaytirishni rad etgan hollarda, mehnat organi ishsizga jamoat ishlarida qatnashish uchun boshqa ish joyi beradi.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini bajarish bo‘yicha shartnoma munosabatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Ixtiyoriylik asosida brigadalarga birlashgan fuqarolar tomonidan haq to‘lanadigan jamoat ishlarining kompleksini yoki alohida turlarini amalga oshirishda shartnomada tomonlarning majburiyatlari, ishning hajmi va bajarish muddatlari, mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash shakllari nazarda tutiladi.
17. Haq to‘lanadigan ishlarni bajarish uchun yuborilgan shaxslarga korxonalarda amalda bo‘lgan stavkalar va lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan holda, amalda bajarilgan ish uchun, ammo amalda ishlangan vaqt uchun ishsizlik bo‘yicha nafaqa miqdori 15 foizga ko‘paytirilgandan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lanadi, agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ish haqidan tashqari mehnat uchun qo‘shimcha mukofotlar miqdori korxonalar mablag‘lari hisobidan ish beruvchilar tomonidan belgilanishi mumkin.
18. Agar ishsizni bajarilayotgan haq to‘lanadigan jamoat ishi qanoatlantirsa, unda u ish beruvchi bilan kelishgan holda bunday ishni doimiy asosda bajarishga rozilik berishi mumkin, mehnat organi esa, unga bu doimiy mos keladigan ish deb hisoblaydi.
Bunday hollarda ushbu shaxs bilan ilgari tuzilgan mehnat shartnomasi yangi mehnat sharoitlari ko‘rsatilgan holda qayta tuzilishi kerak.
19. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilishda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinishi, bunday ishlarni bajarish uchun mehnat shartnomasi tuzgan fuqarolar mehnatidan samarali foydalanilishi uchun mas’uliyat korxonaga yuklanadi.
Xavfli, zararli va og‘ir mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan haq to‘lanadigan jamoat ishiga yuborilgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan o‘tishlari kerak.
20. Fuqarolarning haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashgan davri to‘g‘risida ish beruvchi tomonidan ularning mehnat daftarchasiga tegishli yozuv yoziladi.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashgan davr mehnat stajiga qo‘shiladi. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashayotgan fuqarolar pensiya ta’minoti va vaqtincha ishga yaroqsizligi bo‘yicha nafaqa olish huquqini saqlab qoladilar.
Ishsizning jamoat ishlarida qatnashgan davri uchun sug‘urta badallari ish beruvchi tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq to‘lanadi.
21. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida band bo‘lgan shaxslarga ish vaqtining davomiyligi mehnat to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Ish beruvchilar ish kuni va ish haftasining o‘zgaruvchan shakllaridan foydalanish, shuningdek mehnat unumdorligiga ko‘ra yoki ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq to‘lagan holda haq to‘lanadigan jamoat ishlarining qisqartirilgan ish vaqtini kiritishga haqlidirlar.
Ish beruvchi bilan kelishuvga ko‘ra, ishsizlarning ish vaqtiga mehnat organida bo‘lish va mustaqil ravishda doimiy (mos keladigan) ish qidirish vaqti (haftada ikki soatdan ortiq bo‘lmagan) kiritilishi mumkin.
22. Mehnat organlari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ularda ish bilan ta’minlangan fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda hisobga olib boradilar.
V. JAMOAT IShLARINI MABLAG‘ BILAN TA’MINLASh TARTIBI VA UNING MANBALARI
23. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash ish beruvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari, shuningdek, mahalliy budjet va Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Bunda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq to‘lash xarajatlarining:
joylardagi davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bo‘yicha — ellik foizi ish beruvchilar mablag‘lari va ellik foizi mahalliy budjet va Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bo‘yicha — yetmish besh foizi ish beruvchilar mablag‘lari va yigirma besh foizi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
24. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlar odatda ish beruvchi tomonidan qoplanadi, ushbu ishlarda qatnashayotgan fuqarolar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari bundan mustasno.
25. Aholini ish bilan ta’minlashda noqulay vaziyatlar bilan bog‘liq istisno hollarda, shuningdek, haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish uchun ish beruvchilarni qiziqtirish maqsadida haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga quyidagi miqdorlarda qoplanishi mumkin:
joylardagi davlat hokimiyati organlari mulki bo‘lgan korxonalarda, xo‘jalik hisobidagi korxonalardan tashqari — mehnatga haq to‘lash xarajatlarining ko‘pi bilan yetmish besh foizi;
boshqa korxonalarda — mehnatga haq to‘lash uchun xarajatlarning ko‘pi bilan ellik foizi.
26. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, mehnat organlarida ro‘yxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi to‘lash xarajatlari to‘liq Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
27. Haq to‘lanadigan jamoat ishlari hajmi va turlari, shuningdek, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasining ish beruvchilarga qoplash xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan ish bilan ta’minlash tuman (shahar) dasturlarida aks ettiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-martdagi 106-sonli qaroriga muvofiq 26-band kiritilgan, 26-band 27-band deb hisoblangan — O‘R QHT, 2002-y., 5-6-son, 46-modda)
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish uchun
ShARTNOMA
199_ y. “__”_____________________ -son
“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Nizom asosida ish yurituvchi___________________ tuman (shahar) mehnat organi nomidan ________________________ va ______________________ asosida ish ko‘ruvchi, keyingi o‘rinlarda “Ish beruvchi” deb ataluvchi ______________________________ nomidan __________________________________ mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
1. Mehnat organi belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan, shuningdek, ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan________________________ dan ortiq bo‘lmagan kishini haq to‘lanadigan jamoat ishlari berish uchun har oyda “Ish beruvchi” ixtiyoriga yuboradi.
2. Mehnat organi fuqarolarni haq to‘lanadigan jamoat ishlarini bajarish uchun “Ish beruvchi” ixtiyoriga yuborishda ularni ishni tashkil etish, uning tartibi va mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish shartlari haqida xabardor qiladi.
3. “Ish beruvchi” navbatdagi oy boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin Mehnat organini kelgusi oy davomida haq to‘lanadigan jamoat ishlarini bajaradigan shaxslarning mehnatini tashkil etish shart-sharoitlari, ish hajmlari, tartibi va mehnatga haq to‘lash shartlari to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
4. “Ish beruvchi” mehnat organi tomonidan yuborilgan fuqaroni har oy davomida kamida ikki hafta muddatga _________________________________maqbul ish bilan
(haq to‘lanadigan, qisman to‘lanadigan)
ta’minlash majburiyatini oladi.
5. Mehnat organi tomonidan haq to‘lanadigan jamoat ishiga yuborilgan fuqaro bilan “Ish beruvchi” muddatli mehnat shartnomasini tuzadi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Shaharlar, tumanlar, posyolkalar, qishloq xo‘jaligi kooperativ (shirkat) xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, dam olish zonalari, korxonalarni obodonlashtirish
Irrigatsiya tarmoqlarini yotqizish va tozalash; hududlarni tozalash, qishki yig‘ishtirishlar: supurish yoki qor kurash, yaxmalakni yo‘q qilish, qorni va qor-muzni ko‘chirish; yozgi yig‘ishtirish: hududlarni supurish va axlatlarni to‘plash; hovli-joy hududini qo‘l bilan yig‘ishtirish: namlab supurish va zinapoya atrofini yuvish, derazalarni yuvish, dahlizga chiqishdagi maydonchani supurish va yuvish; ishlab chiqarish hududlarini; yo‘llarni, aylanma ko‘prik va ko‘priklarni tuzatish* va qurish*; hududlarni ko‘kalamzorlashtirish; o‘tkazilgan daraxtlarni parvarish qilish (sug‘orish, shakl berish, organik va ma’danli o‘g‘itlar bilan qo‘shimcha oziqlantirish); elektr ta’minoti obyektlari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar (elektr tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); suv ta’minoti obyektlari (suv quvurlari tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); dam olish zonalarini obodonlashtirish (park zonalarini ko‘kalamzorlashtirish)
2.
Qurilish-montaj ishlari
Bolalar maydonchalari va sport obyektlari, cho‘milish hovuzlari, maktablar, kasalxonalar va boshqa obyektlar* qurilishi
3.
Yuk ortish-tushirish ishlari
Vagonlar, avtomashinalardan yuk tushirish; vagonlarga, avtomashinalarga yuk ortish, omborlarda ishlash
4.
Ijtimoiy ta’minot sohasidagi ishlar
Mehribonlik uylaridagi keksalar va nogironlarga qarash ishlari va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ishlari
5.
Sog‘liqni saqlash tizimidagi ishlar
Kasalxonalarda va boshqa tibbiy muassasalardagi bemorlarga qarash ishlari
6.
Xalq ta’limi tizimidagi ishlar
Umumta’lim muassasalari o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish ishlari (farroshlar, qorovullar, oshpazlar*, bufetchilar)
7.
Maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo, umumiy ovqatlanish, madaniyat tizimlaridagi va boshqa tarmoqlardagi ishlar
Ushbu obyektlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar turlari
8
Meva-sabzavot bazalaridagi ishlar
Meva-sabzavot mahsulotlarini saralash va idishlarga joylashtirish, idishlarni tuzatish, ortish, tushirish
9.
Agrosanoat kompleksidagi mavsumiy ishlar
Mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari (meva-sabzavot mahsulotlarini yig‘ishtirish, paxta terish, o‘tash, ozuqa tayyorlash, mol boqish va boshqalar)
10.
To‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzib ishlaydigan ishlar
Aholidan shisha idishlar qabul qilish; tashib va ko‘tarib yuriladigan savdo, sport va tomosha tadbirlariga xizmat ko‘rsatish (chiptalar, bukletlar, salqin ichimliklar, muzqaymoq va shu kabilar)ni tarqatish
11.
Ikkilamchi xomashyolarni tayyorlash va topshirish bo‘yicha ishlar
Makulatura, ishlatilgan shinalar, ikkilamchi polimerlar, ikkilamchi metall buyumlarini to‘plash va shu kabilar
Eslatma:
1) malaka va kasb-hunar ko‘nikmalariga ega bo‘lmagan ishsizlar faqat (*) bilan belgilangan yordamchi ishlarga jalb qilinadi;
2) ishlarni bajarish uchun xodimning tegishli malakasi talab qilinadigan ayrim ish turlariga zarur malakaga va kasb-hunar ko‘nikmasiga ega bo‘lgan ishsizlar jalb qilinishi mumkin.
(2-ilovaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-martdagi 106-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2002-y., 5-6-son, 46-modda)
____________________muddatga haq to‘lanadigan jamoat ishiga qabul qilindi.
199___ y. “_____” ____________________ dagi ________- son buyruq
Rahbar:
M. O‘.
__________________
(imzo)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 7-son, 40-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 5-6-son, 46-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda)