Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.12.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA TAShILAYOTGAN TOVARLARNI BOJXONA TOMONIDAN NAZORAT QILIShNI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 800-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashqi savdo yuklarini bojxona nazorati ostida tashishni soddalashtirish, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Import tovarlarni respublika hududi boʻylab tashishni bojxona tomonidan nazorat qilishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
 LexUZ sharhi
Muqaddimaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
1. 2004-yil 1-iyundan boshlab bojxona organlari oʻrtasida harakatlanishning quyidagi hollarida avtotransport vositalarini bojxona tomonidan majburiy kuzatib borish joriy etilsin, xalqaro yoʻllarda tashish daftarchalari qoʻllangan holda yuklarni xalqaro tashishlar toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasiga muvofiq qatnovlardan tashqari:
tovarlar tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish uchun transport vositalarini (konteynyerlarni) jihozlashning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga muvofiq boʻlmagan transport vositalarida tashilganda;
tovarlar tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish va tranzit qoidalarini ilgari buzgan tashuvchilar tomonidan tashilganda;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, ruxsatnomalar mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashilishi taqiqlangan tovarlar tashilganda;
aksiz soligʻi solinadigan tovarlar tashilganda;
import qilinishi litsenziyalanadigan va majburiy ravishda sertifikatlanadigan tovarlar tashilganda.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarini bojxona tomonidan kuzatib borish bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga bojxona toʻlovlari ularni toʻlashni taʼminlash sifatida toʻlangan taqdirda yoxud tovarlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona tashuvchisi tomonidan tashilgan taqdirda qoʻllanmaydi.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Import tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida milliy avtotashuvchilar tomonidan tashilganda bojxona tomonidan kuzatib borish talab qilinmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-iyuldagi 232-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 357-modda)
 LexUZ sharhi
1-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan 11 — 14-bandlar bilan toʻldirilgan. Rus tili matniga qarang.
2. Belgilansinki, 2004-yil 1-iyundan boshlab bojxona tomonidan kuzatib borganlik uchun bojxona yigʻimi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha milliy valyuta “soʻm”da quyidagi miqdorlarda undiriladi:
200 km masofagacha — bitta transport vositasi uchun 50 yevro;
masofa 200 km dan ortiq boʻlganda — bitta transport vositasi uchun 120 yevro.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/553/1538-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan tovarlarning temir yoʻl transportida tashilishi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-may,
239-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 20-maydagi 239-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni koʻpaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qarori 1-bandining oltinchi xat boshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 237-modda; 2012-y., 31-son, 357-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 19.07.2018-y., 09/18/553/1538-son; 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)