Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-400-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-son qonunlari)
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-400-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-son qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-iyun,
211-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtishni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 4-martdagi 63-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, 16-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) shartlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-apreldagi 106-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 4-son, 26-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son, 12.01.2018-y., 09/18/17/0552-son, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son, 02.08.2018-y., 09/18/605/1607-son, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son; 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son; 23.12.2020-y., 09/20/800/1656-son; 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)