

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.05.2018
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3005074" id="onLBC-3005074">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6125"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3005074" id="onLS-3005074">[<b>TSZ:</b><div id="LS3679"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3005269" id="-3005269">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3005270" id="-3005270">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3005271" id="-3005271">Davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3005272" id="-3005272"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6337712" id="-6337712">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi <a href="/uz/acts/-3780952?ONDATE=19.05.2018 00#-3787562">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005273" id="-3005273">Davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda qonun hujjatlarining toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/uz/acts/-68532#-70985">47-moddasiga </a>asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005274" id="-3005274">1. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ishlar, agar nizo iqtisodiyot sohasidan kelib chiqqan va uni hal etish qonun hujjatlari bilan boshqa davlat organining vakolatiga kiritilmagan boʻlsa, xoʻjalik sudiga taalluqli ekanligiga qaratilsin. Mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda xoʻjalik sudlari (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/uz/acts/-185986">Xoʻjalik protsessual kodeksi </a>(bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/uz/acts/-111189">Fuqarolik kodeksi </a>(bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/uz/acts/-1286558">Soliq kodeksi </a>(bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi), “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/uz/acts/-2156899#-2156915">Qonuni </a>va boshqa qonun hujjatlariga amal qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005275" id="-3005275">2. Davlat organlari deganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari <a href="/uz/acts/-173163#-179281">roʻyxatida </a>koʻrsatilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar, qoʻmitalar, markazlar, inspeksiyalar va ularning hududiy organlari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 22-moddasining <a href="/uz/acts/-112170#-121267">birinchi qismiga </a>muvofiq mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (viloyat, tuman va shahar hokimliklari) va huquqiy oqibat keltirib chiqaruvchi hujjatlar qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan boshqa organlar tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005276" id="-3005276">Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari deganda “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasining <a href="/uz/acts/-2156899#-2156942">birinchi qismiga </a>muvofiq shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlari tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005277" id="-3005277">Boshqa organlarning hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-210037">1-bandiga </a>asosan rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritish XPK 86-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209591">1-bandiga </a>asosan tugatiladi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizalar bundan mustasno.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3110783" id="-3110783"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3110784" id="-3110784">3. Mansabdor shaxs deganda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs tushuniladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3110785" id="-3110785">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli <a href="/uz/acts/-3107386?ONDATE=23.12.2016 00#-3107454">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005279" id="-3005279">4. Har qanday manfaatdor shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining <a href="/uz/acts/-20596#-39123">44-moddasi</a>, XPK 1-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209134">birinchi qismi</a>, 23-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-209245">1-bandi</a>, <a href="/uz/acts/-185986#-2392897">ikkinchi qismi</a>, 24-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-209263">9-bandi</a>, FKning <a href="/uz/acts/-111189#-150432">12-moddasi </a>va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida, agar nizolashilayotgan hujjat toʻla yoki uning maʼlum qismi (alohida qoidalari) qonun hujjatlariga muvofiq emas, uning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadi, shuningdek uning zimmasiga noqonuniy ravishda biron bir majburiyat yuklaydi yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa toʻsiqlarni vujudga keltirib chiqaradi deb hisoblasa, <a href="/uz/acts/-185986">XPK</a>da belgilangan tartibda sudga ariza bilan murojaat qilishga haqli.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3110786" id="-3110786"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3110787" id="-3110787">Mazkur Qarorning <a href="/uz/acts/-3005074#-3005278">3-bandida </a>koʻrsatilgan shaxslarning, shuningdek xalqaro tashkilotning yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organi mansabdor shaxslarining qarorlari hamda harakatlari (harakatsizligi) ustidan nizolashish, agar bunday qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/uz/acts/-111460">Jinoyat-protsessual kodeksi </a>va Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/uz/acts/-97664">Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi </a>qoidalaridan kelib chiqsa, xoʻjalik sudi sudloviga taalluqli emas. Xususan, dastlabki tergov organining mol- mulklarga band solish, moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha hujjatli taftish tayinlash va boshqa holatlar yuzasidan qabul qilgan qarorlari, nazorat qiluvchi organining xoʻjalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsini maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorini haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ishlar xoʻjalik sudi sudloviga taalluqli emas.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3110789" id="-3110789">(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli <a href="/uz/acts/-3107386?ONDATE=23.12.2016 00#-3107453">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005281" id="-3005281">4.1. Qonunga xilof harakatlar sifatida yuridik ahamiyatga ega boʻlgan oqibatlarni vujudga keltiruvchi holatlar, yaʼni mansabdor shaxsning qonun va qonunosti hujjatlarga, shu jumladan, tegishli tartibda tasdiqlangan nizom va yoʻriqnomalarga zid ravishda harakatlar qilishi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005282" id="-3005282">Qonunga xilof harakatsizlik deganda mansabdor shaxsning oʻz xizmat vakolati boʻyicha amalga oshirishi lozim boʻlgan harakatlarni sodir etmasligi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005283" id="-3005283">Sudlar harakatlar (harakatsizlik) turlicha koʻrinishda namoyon boʻlishi bois, har bir vaziyatda guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan isbotlashning boshqa vositalari orqali mansabdor shaxsning harakatlari (harakatsizligi) qonunga xilofligini aniqlashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005284" id="-3005284">4.2. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa toʻsiqlar hujjatning haqiqiyligi haqida hujjat talab qilish, uni yangilashni soʻrash, qoʻshimcha harakatlarni amalga oshirish yoki qoʻshimcha hujjatlar talab qilish, yangi ish oʻrinlari yaratishga toʻsqinlik qilish yoki asossiz ravishda yangi ish oʻrinlari yaratishni talab qilish va shu kabilarda namoyon boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005285" id="-3005285">Tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlari deganda qonun bilan qoʻriqlanadigan, boshqa shaxslarning manfaatlariga zid kelmaydigan va huquqlariga putur yetkazmaydigan, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan, tadbirkorlik faoliyatini toʻlaqonli va normal amalga oshirish bilan bogʻliq manfaatlar tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005286" id="-3005286">4.3. Prokuror, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan hollarda davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari va boshqa organlar mazkur toifadagi nizolar yuzasidan <a href="/uz/acts/-185986">XPK</a>da belgilangan tartibda sudga ariza taqdim etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005287" id="-3005287">4.4. Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi oʻzining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan taqdirda, bunday arizani qanoatlantirish rad etiladi, mulk huquqini belgilaydigan hujjatni haqiqiy emas deb topish haqidagi ariza bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005288" id="-3005288">5. Agar qonun hujjatlarida boshqacha muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza sudga manfaatdor shaxs tomonidan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida unga maʼlum boʻlganidan keyin berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005289" id="-3005289">5.1. Agar davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxslarining harakatlari natijasida tashkilotlar va fuqarolarga nisbatan huquq va majburiyat keltirib chiqaruvchi hujjat qabul qilinsa, manfaatdor shaxs mansabdor shaxslarning harakatlarini qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan emas, balki shunday harakatlar natijasida qabul qilingan hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005290" id="-3005290">5.2. Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan daʼvo muddati qoʻllanilmaydi, qonunda toʻgʻridan toʻgʻri koʻrsatilgan hollar bundan mustasno. Bunda sudlarning eʼtibori qaratilsinki, maʼmuriy-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida maxsus daʼvo muddati belgilangan boʻlsa, fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan daʼvo muddati emas, balki ushbu muddat qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005291" id="-3005291">Maʼmuriy-huquqiy munosabatni tartibga soluvchi qonun hujjatida belgilangan daʼvo muddatining oʻtganligi bildirilgan talabni qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005292" id="-3005292">Fuqaroviy-huquqiy oqibatlar vujudga keltiruvchi davlat organining hujjatini haqiqiy emas deb topishda <a href="/uz/acts/-111189">FK</a>da nazarda tutilgan daʼvo muddati qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005293" id="-3005293">6. Davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizada XPK 112-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209914">ikkinchi </a>va <a href="/uz/acts/-185986#-2164714">uchinchi qismlarida </a>nazarda tutilgan maʼlumotlar, shu jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005294" id="-3005294">1) nizolashilayotgan hujjatni qabul qilgan davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005295" id="-3005295">2) nizolashilayotgan hujjatning nomi, tartib raqami, chiqarilgan sanasi va boshqa maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005296" id="-3005296">3) arizachining fikriga koʻra, nizolashilayotgan hujjat yoki uning maʼlum qismi (alohida qoidalari) bilan buzilayotgan huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005297" id="-3005297">4) arizachining fikriga koʻra, nizolashilayotgan hujjat yoki uning maʼlum qismiga (alohida qoidalariga) muvofiq boʻlmagan qonun hujjatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005298" id="-3005298">5) arizachining nizolashilayotgan hujjat yoki uning maʼlum qismini (alohida qoidalarini) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005299" id="-3005299">Agar davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining qabul qilingan hujjati tufayli zarar yetkazilgan boʻlsa, arizada yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab ham koʻrsatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005300" id="-3005300">6.1. Arizaga XPK 114-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209952">birinchi </a>va <a href="/uz/acts/-185986#-209966">ikkinchi qismlarida </a>nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan hujjat nusxasi ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005360" id="-3005360">Nizolashilayotgan hujjatning nusxasi boʻlmagan taqdirda, arizachi ushbu hujjatni davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan talab qilib olish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Bunday iltimosnoma arizada yoki alohida arizada bayon etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005362" id="-3005362">Haqiqiy emas deb topilishi soʻralayotgan hujjatning arizaga ilova qilinmaganligi arizani XPK118-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-210050">birinchi qismiga </a>muvofiq qaytarish uchun asos boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005364" id="-3005364">Agar arizada hujjatning sanasi va raqami koʻrsatilgan boʻlib, sud tomonidan ishni koʻrish jarayonida aynan mazkur sanadagi va raqamdagi hujjat mavjud emasligi yoki uning nizoga aloqasi yoʻqligi aniqlansa, bildirilgan talabni qanoatlantirish rad etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005367" id="-3005367">6.2. Mansabdor shaxsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizada XPK 112-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209914">ikkinchi </a>va <a href="/uz/acts/-185986#-2164714">uchinchi qismlarida </a>nazarda tutilgan maʼlumotlar, shu jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005369" id="-3005369">1) shikoyat qilinayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining familiyasi, ismi va otasining ismi, mansabi, u mehnat munosabatlarida boʻlgan tegishli organning nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005371" id="-3005371">2) shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) nimada ifodalanishi, harakatlar sodir etilgan sana, vaqt va joy;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005373" id="-3005373">3) arizachining fikriga koʻra, sodir etilgan harakatlar (harakatsizlik) bilan buzilayotgan huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005375" id="-3005375">4) arizachining fikriga koʻra, sodir etilgan harakatlar (harakatsizlik) muvofiq boʻlmagan qonun hujjatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005377" id="-3005377">5) arizachining mansabdor shaxsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi talabi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005378" id="-3005378">Sud ijrochisining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizada, shuningdek sud ijrochisining ijroga oid shikoyat qilinayotgan harakatlari (harakatsizligi) bilan bogʻliq ijro hujjati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham bayon etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005380" id="-3005380">Agar mansabdor shaxslarning sodir etilgan gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli zarar yetkazilgan boʻlsa, arizada yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab ham koʻrsatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005381" id="-3005381">6.3. Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinganda, arizada javobgar sifatida mansabdor shaxs emas, balki davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi koʻrsatiladi. Mansabdor shaxs boshqa ishga oʻtgan yoki egallab turgan lavozimidan ozod etilgan hollarda ham u mehnat munosabatlarida boʻlgan davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi javobgar boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005384" id="-3005384">Sudlar inobatga olishlari kerakki, agar arizada javobgar sifatida davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsi koʻrsatilgan boʻlsa, arizani qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-210037">1-bandiga </a>asosan rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritish XPK 86-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209591">1-bandiga </a>asosan tugatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005386" id="-3005386">Agar talab davlat organining oʻziga emas, balki uning yuridik maqomga ega boʻlmagan alohida boʻlinmasiga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, davlat organining oʻzini ishda ishtirok etishga jalb qilish sud tomonidan XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209323">38-moddasiga </a>muvofiq hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005390" id="-3005390">6.4. Ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlmish tashkilotning tugatilganligi arizani XPK 117-moddasi birinchi qismining<a href="/uz/acts/-185986#-210037"> 1-bandiga </a>mos holda qabul qilishni rad etishga asos boʻladi, ushbu holat ariza ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, ish yuritish XPK 86-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209596">4-bandiga </a>asosan tugatiladi, tashkilotni tugatish toʻgʻrisidagi davlat organining hujjati ustidan berilgan ariza bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005392" id="-3005392">Nizolashilayotgan hujjatni chiqargan yoki uning mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organi tugatilib, uning vazifalari boshqa davlat organiga berilgan holda, ushbu davlat organi ish boʻyicha javobgar hisoblanadi. Shu munosabat bilan, sudlar bunday holda tugatilgan davlat organini XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209329">39-moddasiga </a>muvofiq uning huquqiy vorisi bilan almashtirish masalasini hal etishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005394" id="-3005394">7. Davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan qabul qilingan qaror, buyruq, koʻrsatma, order, guvohnoma va shu kabi huquqiy oqibat keltirib chiqaruvchi boshqa hujjatlar, agarda ular qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmasa yoki tashkilotlar hamda fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzgan taqdirda, sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Shunday hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hujjatlar ham sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3110793" id="-3110793"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3110794" id="-3110794">Davlat organlari, shu jumladan nazorat qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tekshirish natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni (tovarlarni va hujjatlarni vaqtincha olib qoʻyish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni, maʼlumotnomalarni, xulosalarni, bayonnomalarni va hokazolarni), mansabdor shaxslarning bergan topshiriqlarini (ogʻzaki yoki yozma koʻrsatmalarini, xatlarini), shuningdek biron-bir huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydigan boshqa hujjatlarni (masalan, yer uchastkasini tanlash dalolatnomasini, xulosasini, sud ijrochisining mulkni koʻzdan kechirish dalolatnomasini va hokazolarni) haqiqiy emas deb topish, davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlarini bekor qilish, noqonuniy (qonunga xilof), qonuniy deb topish, bekor qilingan hujjatni oʻz kuchida qoldirish, mansabdor shaxslarning harakatlarini (harakatsizligini) haqiqiy emas deb topish, bekor qilish kabi talablar sudda koʻrib chiqilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3110795" id="-3110795">(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli <a href="/uz/acts/-3107386?ONDATE=23.12.2016 00#-3107456">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005398" id="-3005398">Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining haqiqiy emas deb topish soʻralayotgan hujjati fuqaroning huquq va manfaatlariga daxldor boʻlib, ammo nizo iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga kelgan boʻlmasa, bunday nizo sudga taalluqli hisoblanmaydi. Shu bois, bunday talab bilan sudga murojaat qilinganda, XPK 117-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-210037">1-bandiga </a>asosan arizani qabul qilish rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritish XPK 86-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209591">1-bandiga </a>asosan tugatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005400" id="-3005400">8. Sudlarga tushuntirilsinki, shartnomalar va boshqa bitimlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha (masalan, shartnoma boʻyicha mahsulot haqi toʻlanmaganligi yoki mahsulot yetkazib berilmaganligi uchun) mansabdor shaxslarning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilingan taqdirda, XPK 117-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-210037">1-bandiga </a>asosan arizani qabul qilish rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritish XPK 86-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209591">1-bandiga </a>asosan tugatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005402" id="-3005402">9. XPK 55-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209454">birinchi qismiga </a>muvofiq davlat organlari va boshqa organlarning hujjatlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar koʻrilganda ushbu hujjatlarning qabul qilinishiga asos boʻlgan holatlarni isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan organ zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3110800" id="-3110800"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3110801" id="-3110801">Mansabdor shaxslarning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi nizolar koʻrilganda, ushbu harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga muvofiqligini isbotlash majburiyati tegishli davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3110804" id="-3110804">(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli <a href="/uz/acts/-3107386?ONDATE=23.12.2016 00#-3107457">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005406" id="-3005406">Agar hujjatni qabul qilgan organ uning qabul qilinishiga asos boʻlgan holatlarni, shuningdek qabul qilingan hujjatning yoki sodir etilgan harakatning (harakatsizlikning) qonun hujjatlariga muvofiqligini, arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligini isbotlay olmasa, talab qanoatlantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005407" id="-3005407">Oʻz navbatida, arizachi ham nizolashilayotgan hujjat, mansabdor shaxsning harakatlari (harakatsizligi) uning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini asoslab berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005409" id="-3005409">XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209453">55-moddasiga </a>muvofiq mazkur toifadagi nizolar boʻyicha isbotlash majburiyati javobgar zimmasiga yuklatilganligi sababli, sudlar javobgarni sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida XPK 124-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-210139">birinchi qismida </a>nazarda tutilgan tartibda xabardor qilishi lozim. Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan javobgarning sud majlisiga kelmaganligi ishni koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005410" id="-3005410">Sudlarga tushuntirilsinki, qabul qilingan hujjat yoki sodir etilgan harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida talab bildirilganda, zarar miqdorini isbotlash majburiyati arizachi zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005411" id="-3005411">10. Davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda arizachining arizasiga koʻra, XPK 77-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-2735101">4<sup>1</sup>-bandiga </a>asosan nizolashilayotgan hujjatning ijrosi toʻxtatib turilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005412" id="-3005412">Mansabdor shaxsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda arizachining arizasiga koʻra, XPK 77-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-209546">2</a> va <a href="/uz/acts/-185986#-209547">3-bandlarida </a>koʻrsatilgan daʼvoni taʼminlash choralari qoʻllanilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005413" id="-3005413">Daʼvoni taʼminlashga, agar shunday choralarni koʻrmaslik sud hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoki bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishi mumkin boʻlsa, xoʻjalik sudlov ishini yuritishning har qanday bosqichida yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005414" id="-3005414">Sudlarning eʼtibori, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining <a href="/uz/acts/-28144#-2391440">uchinchi qismiga </a>koʻra, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlarining ijrosi toʻxtatib turilmasligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005415" id="-3005415">11. Sudlar inobatga olishlari lozimki, davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan noqonuniy hujjatlar qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan gʻayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda sud daʼvogarning arizasi boʻyicha XPK 76-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-2735086">ikkinchi qismiga </a>asosan daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005416" id="-3005416">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yavada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-sonli Farmoni <a href="/uz/acts/-613354#-613863">3-bandining </a>talabidan kelib chiqib, sudlar inobatga olishlari lozimki, yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab qanoatlantirilganda, hal qiluv qarorining xulosa qismida zarar tegishli davlat organidan, birinchi navbatda, uning budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan undirilishi koʻrsatiladi. Shu munosabat bilan, sudlar bunday toifadagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va (yoki) uning hududiy organlarini ikkinchi javobgar sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005417" id="-3005417">12. Mazkur toifadagi ishlar boʻyicha nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi majburiy hisoblanmaydi va bunday tartibga rioya qilingan yoki qilinmaganligidan qatʼi nazar, agar arizani qabul qilishni rad etish (XPK 117-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-210036">birinchi qismi</a>) yoki arizani qaytarish (XPK 118-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-210050">birinchi qismi</a>) uchun asoslar boʻlmasa, ariza ish yuritishga qabul qilinishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005418" id="-3005418">13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar xoʻjalik sudlari tomonidan mazkur toifadagi ishlar <a href="/uz/acts/-185986">XPK</a>da nazarda tutilgan daʼvo boʻyicha ish yuritishning umumiy qoidalari asosida, bunday nizolarni hal etishga oid xususiyatlar inobatga olingan holda, XPK 125-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-2735148">ikkinchi qismiga </a>koʻra, arizani ish yuritishga qabul qilish va ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi (XPK 26-moddasi ikkinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-209278">uchinchi xatboshisida </a>nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tomonidan koʻriladigan hokimiyat oliy organlarining normativ xaraktyerga ega boʻlmagan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlar bundan mustasno). Ishni koʻrish jarayonida qarshi daʼvo taqdim qilingan taqdirda ham ish oʻn besh kunlik muddatda koʻrib chiqiladi (XPK 125-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-210148">uchinchi qismiga </a>asosan ishni koʻrish muddati uzaytirilgan hollar bundan mustasno).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005419" id="-3005419">XPK 125-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-210148">uchinchi qismiga </a>muvofiq alohida hollarda ishni koʻrish muddati xoʻjalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Lekin, ishni koʻrishning umumiy muddati bir yarim oydan oshishi mumkin emas. Qarshi daʼvo ish yurituvga qabul qilinganda ishni koʻrish yangidan boshlanadi. Ammo, ishni koʻrish yangidan boshlanishi XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210143">125-moddasida </a>nazarda tutilgan ishni koʻrish muddatining yangidan hisoblashga asos boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005420" id="-3005420">14. Sudlarning eʼtibori bu toifadagi ishlarni koʻrishning oʻziga xos xususiyatlari davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari javobgar sifatida qatnashishi, ishlarni koʻrish muddatlarining qisqartirilganligi, nizolashilayotgan hujjatlarning qabul qilinishiga asos boʻlgan holatlarni isbotlash majburiyati ularni qabul qilgan davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilganligi, hujjatning (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb, mansabdor shaxsning harakatlari (harakatsizligi) qonunga xilof deb topilgan taqdirda ijro varaqasi berilmasligi, sudning hal qiluv qarori darhol ijro etilishi hamda boshqalardan iborat ekanligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005421" id="-3005421">15. Mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi rahbarlari hamda vakillari tushuntirish berish uchun XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210138">124-moddasida </a>nazarda tutilgan tartibda sud majlisiga chaqirtirilishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005422" id="-3005422">Ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan ushbu shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi ishni koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005423" id="-3005423">16. Sud mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda nizolashilayotgan hujjat yoki uning maʼlum qismi (alohida qoidalari)ning, mansabdor shaxsning harakatlari (harakatsizligi) qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi, shuningdek hujjatni qabul qilgan tegishli organ va mansabdor shaxsning vakolatini, iqtisodiyot sohasida arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzgan yoki buzmaganini aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005424" id="-3005424">17. Sud davlat organi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjati yoki uning ayrim qismlari, mansabdor shaxsning harakatlari (harakatsizligi) qonun hujjatlariga muvofiq emasligini hamda buning natijasida arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilganini aniqlasa, hujjatni (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb, mansabdor shaxsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topadi. Bunda koʻrsatilgan holatlarning bir paytda mavjud boʻlishiga eʼtibor berish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005425" id="-3005425">18. Agar ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar nizolashilayotgan hujjat uni qabul qilgan organ yoki yuqori turuvchi organ tomonidan bekor qilingan boʻlsa, nizo bartaraf etilganligi munosabati bilan hujjatni (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabni qanoatlantirish rad etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005426" id="-3005426">Nizolashilayotgan hujjatning bekor qilinganligi arizachining buzilgan huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini FKning <a href="/uz/acts/-111189#-150418">11-moddasida </a>nazarda tutilgan usullarda himoya qilish, shu jumladan yetkazilgan zararlarni aybdor shaxslardan undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilish huquqini cheklamaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005427" id="-3005427">19. Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hujjatining qabul qilinishi va yuborilishida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarning buzilganligi (agar qonun hujjatlarda boshqacha nazarda tutilgan boʻlmasa), yuriskonsult vizasi va (yoki) yozma xulosasining olinmaganligi, boshqa soha mutaxassislari bilan kelishilmaganligi va shu kabi boshqa holatlar ushbu hujjatning qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjat deb hisoblashga va uni haqiqiy emas deb topishga asos boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005428" id="-3005428">20. Agar talab davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hujjatining bir qismini haqiqiy emas deb topish yuzasidan qoʻyilgan boʻlsa-da, ammo hujjatning nizolashilayotgan mazkur qismi qonun hujjatlariga muvofiq hamda tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmagan deb topilsa, biroq boshqa qismlari qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmasa, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa ham, sud bildirilgan talabdan chetga chiqish huquqiga ega emasligidan kelib chiqib, talabni qanoatlantirishni rad etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005429" id="-3005429">21. Nazorat qiluvchi organning xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan moliyaviy jazo chorasini qoʻllash haqidagi arz qilingan talabini qanoatlantirish toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar, XPK 60-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209475">ikkinchi qismiga </a>muvofiq aynan shu shaxslar ishtirokchisi boʻlgan boshqa ishni sud koʻrayotganda nazorat qiluvchi organ tomonidan yangidan isbot qilinmaydi. Chunki, sud xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan moliyaviy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda XPK 155<sup>17</sup>-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-1778775">ikkinchi </a>va <a href="/uz/acts/-185986#-1778776">uchinchi qismlarida </a>nazarda tutilgan holatlar bilan birga nazorat qiluvchi organ tomonidan tekshirishning qonuniy oʻtkazilganligi va asosliligi, tekshirishning davriyligi va muddatlari, xoʻjalik yurituvchi subyektning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilmaganligi (tekshirish uchun asos boʻlgan hujjatlarning taqdim etilganligi, tekshirishlarni qayd etish daftariga yozuvlar kiritilganligi, davlat siri yoki tijorat sirining saqlanishi taʼminlanganligi, tekshirish hujjatlarining rasmiylashtirilganligi va xoʻjalik yurituvchi subyektga topshirilganligi)ga huquqiy baho beradi. Shu munosabat bilan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan moliyaviy jazo chorasining qoʻllanilishiga asos boʻlgan nazorat qiluvchi organ hujjatining shu qismini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabni qanoatlantirish rad etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005430" id="-3005430">Ushbu qoida dastlab davlat organining hujjatini haqiqiy emas deb topish, uning mansabdor shaxsining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida ish koʻrilgan boʻlib, soʻngra xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan moliyaviy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisida talab bildirilgan holda ham tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005431" id="-3005431">22. Mazkur toifadagi ishni koʻrish natijasi yuzasidan sudning hal qiluv qarori XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210270">18-bobida </a>nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005432" id="-3005432">22.1. Sudlar inobatga olishi lozimki, XPK 143-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-2735157">birinchi qismiga </a>muvofiq davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorida mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda maxsus protsessual norma boʻlgan XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210317">143-moddasi </a>qoʻllanilgani koʻrsatilishi va hal qiluv qarorining xulosa qismida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005433" id="-3005433">1) hujjatning nomi, tartib raqami, chiqarilgan sanasi, boshqa zarur rekvizitlari va uni chiqargan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005434" id="-3005434">2) hujjatni toʻla yoki uning maʼlum qismini haqiqiy emas deb topish yoxud arizachining talabini toʻla yoki uning maʼlum qismini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi koʻrsatma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005435" id="-3005435">3) qabul qilingan hujjat tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash lozimligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma, shunday talablar mavjud boʻlgan taqdirda, aks ettirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005436" id="-3005436">22.2. Davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida bunday harakatlar (harakatsizlik) nimada ifodalanganligi va ularni qonunga xilof deb topishga asos boʻlgan qonun hujjatlari, xulosa qismida esa:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005437" id="-3005437">1) shikoyat qilinayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, mansabi, u mehnat munosabatlarida boʻlgan tegishli organning nomi, harakatlar (harakatsizlik) nimada ifoda etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005438" id="-3005438">2) shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) muvofiq boʻlmagan qonun hujjatining nomi, tegishli moddasi (bandi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005439" id="-3005439">3) shikoyat qilinayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish, muayyan harakatlarni bajarish majburiyati va arizachining huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan holatlarni bartaraf etish yoki arizachining talabini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi koʻrsatma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005440" id="-3005440">4) talabni qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarori ijrosi toʻgʻrisida tegishli organ tomonidan sudga xabar berish lozimligi toʻgʻrisida koʻrsatma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005441" id="-3005441">5) harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash lozimligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma, shunday talablar mavjud boʻlgan taqdirda, aks ettirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005442" id="-3005442">23. XPK 146-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-210335">beshinchi qismiga </a>muvofiq davlat organlarining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorlari darhol ijro etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005443" id="-3005443">Mansabdor shaxsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori ham oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib darhol ijro etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005444" id="-3005444">24. Sudlar inobatga olishi lozimki. davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorlari yuzasidan ijro varaqasi berilmasa-da, zararlar undirilgan taqdirda, ushbu zararlarni hamda ishni koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini (pochta xarajatlari, ekspertizani oʻtkazish xarajatlari, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar va boshqa xarajatlarni) undirish toʻgʻrisidagi ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005445" id="-3005445">25. Sudning bildirilgan talabni qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan boshlab haqiqiy emas deb topilgan hujjat yoki uning maʼlum qismi bajarilmaydi va u qabul qilingan paytdan boshlab haqiqiy emasligi sababli, hech qanday huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi. Shu bois, agar nizolashilayottan hujjatni haqiqiy emas, mansabdor shaxsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish haqidagi talab bilan birga ularning oqibatini qoʻllash haqida talab qoʻyilmagan boʻlsa, bunday talab alohida daʼvo arizasida bildirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005446" id="-3005446">Sudlar inobatga olishi lozimki, davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi talab qanoatlantirilganda, sud oʻz tashabbusi bilan hujjatning haqiqiy emasligi yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilofligi oqibatlarini qoʻllashga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005447" id="-3005447">26. Sudlarga tushuntirilsinki, XPK 24-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-209263">9-bandiga </a>muvofiq davlat soliq xizmati organining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatini, shu jumladan soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyrugʻini haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005448" id="-3005448">Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hududiy komissiyalarining xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi hujjatlari yuridik oqibat keltirib chiqarishi sababli, ularni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talablar ham sudga taalluqli boʻlib, bunday nizolar boʻyicha tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari javobgar hisoblanadi. Shu bois, agar arizada javobgar sifatida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyasi koʻrsatilgan boʻlsa, sudlar arizani ish yuritishga qabul qilish va ishni sudda koʻrishga tayyorlashda XPK 122-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-210117">1-bandiga </a>muvofiq ishda javobgar sifatida ishtirok etish uchun tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yoki uning hududiy organini jalb etish masalasini koʻrib chiqishi lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3110809" id="-3110809"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3110811" id="-3110811">Agarda arizada javobgar sifatida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (uning hududiy komissiyasi) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (uning hududiy organi) koʻrsatilgan boʻlsa, sudlar ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (uning hududiy komissiyasiga) nisbatan ish yuritish XPK 86-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209591">1-bandiga </a>asosan tugatishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3110815" id="-3110815">(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli <a href="/uz/acts/-3107386?ONDATE=23.12.2016 00#-3107460">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005450" id="-3005450">26.1. Soliq kodeksi <a href="/uz/acts/-1286558#-1291634">122-moddasining </a>mazmuniga koʻra, har bir soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organlarining qarorlarini (butunlay yoki qisman) bekor qilish toʻgʻrisidagi shikoyat, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat bilan davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga yoki mazkur qarorni (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, mansabdor shaxslarning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005451" id="-3005451">Soliq kodeksi 123-moddasining <a href="/uz/acts/-1286558#-1291663">uchinchi qismida </a>tegishincha shikoyat boʻyicha davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan (nizolashilayotgan) qarorning ijro etilishi, shu jumladan qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning undirilishi, moliyaviy sanksiyalarning qoʻllanilishi toʻxtatib turilishi nazarda tutilgan. Ammo, bu qoida davlat soliq xizmati organining qarorini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga ushbu qarorning ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza bilan ham sudga murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005452" id="-3005452">Soliq toʻlovchi tomonidan davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga shikoyat berilganligi, davlat soliq xizmati organining qarorini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005453" id="-3005453">Sudlarga tushuntirilsinki, soliq toʻlovchi tomonidan davlat soliq xizmati yuqori turuvchi organiga murojaat qilinmaganligi soliq toʻlovchining davlat soliq xizmati organi qarorini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizasini qanoatlantirishni rad etish yoki koʻrmasdan qoldirish yoxud ish yuritishni tugatish uchun asos boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005454" id="-3005454">Ushbu qoidalar davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyrugʻini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda ham tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005455" id="-3005455">26.2. Sudlarning eʼtibori Soliq kodeksi 104-moddasining <a href="/uz/acts/-1286558#-1290742">yettinchi qismiga </a>koʻra, davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining mazkur Kodeksning <a href="/uz/acts/-1286558#-1290107">15-bobi </a>qoidalariga rioya etmaganligi davlat soliq xizmati organining qarorini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlishi mumkinligiga qaratilsin. Shunga koʻra, davlat soliq xizmati organining qarorini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari tomonidan soliq tekshiruvini oʻtkazish va soliq tekshiruvi materiallarini koʻrishda Soliq kodeksining <a href="/uz/acts/-1286558#-1290107">15-bobi </a>qoidalariga rioya etilgani ham tekshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005456" id="-3005456">Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyrugʻini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan bunday buyruqni chiqarishda Soliq kodeksining <a href="/uz/acts/-1286558#-1289662">14-bobi </a>qoidalariga rioya etilganligi ham tekshirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005457" id="-3005457">27. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 34-moddasining <a href="/uz/acts/-1931443#-1932074">birinchi qismiga </a>koʻra, monopoliyaga qarshi organning qarori bilan birga qaror asosida beriladigan koʻrsatmani ham butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005458" id="-3005458">Qayd etilgan Qonun 34-moddasining <a href="/uz/acts/-1931443#-1932075">ikkinchi qismida </a>bunday ariza berilganligi monopoliyaga qarshi organning qarori (koʻrsatmasi) ijrosini ariza koʻrib chiqiladigan vaqt mobaynida toʻxtatib turishi belgilangan. Biroq, bu qoida qarorni (koʻrsatmani) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga ushbu hujjatning ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza bilan ham sudga murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005460" id="-3005460">28. Sudlar inobatga olishi lozimki, monopoliyaga qarshi organning qarori va uning asosida berilgan koʻrsatmani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talablar bitta talab hisoblanadi. Shu bois, talabni qanoatlantirish rad etilganda, arizachidan (agar u davlat boji toʻlashdan ozod etilmagan boʻlsa) davlat boji faqat bitta talab boʻyicha undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005461" id="-3005461">29. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining (bundan buyon matnda Sud departamenti deb yuritiladi) tuman (shahar) boʻlimi yuridik shaxs boʻlmaganligi sababli, uning qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish va ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim bilan XPK 122-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-210117">1-bandiga </a>muvofiq ishda ishtirok etish uchun Sud departamentining hududiy boshqarmasi javobgar sifatida jalb etilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005462" id="-3005462">XPK 86-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209591">1-bandiga </a>asosan hal qiluv qarorining xulosa qismida Sud departamentining tuman (shahar) boʻlimiga nisbatan talab boʻyicha ish yuritish tugatilganligi koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005463" id="-3005463">Mazkur qoida nafaqat Sud departamentining tuman (shahar) boʻlimiga, balki boshqa davlat organlarining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalariga ham taalluqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005464" id="-3005464">30. Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjati butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topilishidan qatʼi nazar, davlat boji javobgardan (agar u davlat boji toʻlashdan ozod etilmagan boʻlsa) eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005465" id="-3005465">Mansabdor shaxsning harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish haqidagi arizalar boʻyicha, sodir etilgan harakatlar (harakatsizliklar) nimada ifodalanganligidan qatʼi nazar, davlat boji eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005466" id="-3005466">31. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasi <a href="/uz/acts/-2156899#-2156943">ikkinchi </a>va <a href="/uz/acts/-2156899#-2156944">uchinchi qismlarining </a>mazmuniga koʻra, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi. Shu munosabat bilan, sudlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda javobgar sifatida mahalliy davlat hokimiyati organi emas, balki ushbu fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi boʻlishiga eʼtibor berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3005467" id="-3005467">32. Sudlar yuridik shaxslar, kichik biznes xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga noqonuniy aralashishga yoʻl qoʻyilgan, tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilingan, mulkdorlar huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari, qonun hujjatlari buzilgan har bir holat boʻyicha davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining qonunda belgilangan javobgarligi masalalarini hal etish, qonun buzilishi holatlarini keltirib chiqargan sabablar va sharoitlarni oʻrganib, xususiy ajrimlar chiqarish yoʻli bilan xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish choralarini koʻrishi lozim.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3005468" id="-3005468">Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3005469" id="-3005469">Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3005470" id="-3005470">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3005471" id="-3005471">2016-yil 17-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3005472" id="-3005472">298-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
