|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.08.2018
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, Respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Kapital qurilishda bozor prinsiplarining yaxlit tizimini joriy etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 6-maydagi PF–3240-son Farmonida va Hukumatning kapital qurilishda islohotlarga doir keyingi qarorlarida belgilangan kapital qurilishda yangi xo‘jalik munosabatlariga samarali o‘tishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, islohotlarni chuqurlashtirishga doir qabul qilingan qonun hujjatlari va normativ hujjatlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi, pudrat va loyihalash ishlari bozorining shakllantirilishi bo‘yicha doimiy monitoringni amalga oshirish;
bozor prinsiplari va mexanizmlarini kapital qurilishda boshqaruv, narx belgilash va xo‘jalik munosabatlari tizimiga keng joriy qilishni, loyihalash va qurilish ishlarini bajarishga buyurtmalarni joylashtirishda tanlov savdolari (tendyerlar) tashkil etish darajasini oshirishni, pudrat shartnomalari rolini kuchaytirishni hamda ularning ijrosi yuzasidan buyurtmachilar va pudratchilarning javobgarligini oshirishni, qurilishda loyiha, smeta va texnologiya intizomini mustahkamlashni ta’minlash;
qurilishni tashkil etishning asosiy shakli sifatida, qurilishda obyektlarni foydalanishga tayyor holda barpo etishga o‘tish, markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan obyektlar qurilishini tashkil etish va moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
loyihalash va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tugallash, ular negizida asosan xususiy va qo‘shma korxonalar tashkil etish, loyihalash va pudrat ishlari bozorida raqobat muhitini shakllantirishni davom ettirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan monitoring o‘rnatish;
Kapital qurilishda narx belgilashning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash dasturining o‘z vaqtida amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqilgan smeta-normativ hujjatlarni qurilish jarayoni qatnashchilariga yetkazish ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;
qurilish materiallari bozorini yanada kengaytirish, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari birja savdosini tashkil etish va rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
qurilish sohasida faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berish, litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish va litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.
3. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qabul qilingan hujjatlarning amalga oshirilishi monitoringi bo‘yicha Hukumat komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 19-iyundagi 278-son qarori bilan tuzilgan Hukumat komissiyasining kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarga doir vazifalari va funksiyalari Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasiga yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.F. Fayzullayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 14-aprel,
181-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi
TARKIBI
| Xanov N.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Komissiya raisi |
| Xo‘jayev B.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, Komissiya raisining o‘rinbosari |
| Maqsumov N.E. | — | Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, Komissiya kotibi |
|
| ||
| lavozimiga ko‘ra | — | Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining mudiri |
| Obidov O.O. | — | O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri |
| Turdiyev U.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari |
| Toxtayev A.R. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi |
| Hasanov S. S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari |
| Abdullayev I.B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
| Abdurahmonov M.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari |
| Gadoyev E.F. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
| Rogoznikova T.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
| Xonazarov B.D. | — | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari |
| lavozimiga ko‘ra | — | “O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi |
| Zaripov B.K. | — | “O‘zqurilishmateriallari” AJ raisi |
| Jumageldiyev M.R. | — | Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari |
| Shorahbarov R.Q. | — | “Ipoteka” - bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki raisi |
| Rustamov Q.Q. | — | “O‘zsanoatqurilishbank” Boshqaruvi raisi |
| Hafizov B.Y. | — | “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari |
| lavozimiga ko‘ra | — | “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining o‘rinbosari |
| G‘ulomov B.V. | — | “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshlig‘i |
| Teshaboyev B.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining bosh direktori |
| Mirtemirov R.M. | — | Qurilish va qurilish materiallari sanoati xodimlari kasaba uyushmalari markaziy qo‘mitasi raisi |
| Shayxov A.E. | — | O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi |
| lavozimiga ko‘ra | — | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari |
Izoh. Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-dekabrdagi 412-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 602-modda)
Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
2. Komissiya o‘z faoliyatini qurilish munosabatlarini isloh qilishni ta’minlashni tashkil etish, qurilishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini chuqur tahlil qilish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish va takliflar tayyorlash maqsadida amalga oshiradi.
3. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat qarorlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlarining va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) faoliyat ko‘rsatadi.
6. Hududiy komissiyalarning nizomlari va tarkiblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
II. Komissiyaning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari
7. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini va qurilish sohasidagi boshqa qonun hujjatlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 6-maydagi PF–3240-son Farmonini va Hukumatning qurilishda islohotlar bo‘yicha qarorlarini, shuningdek kapital qurilishni isloh qilishga yo‘naltirilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bajarishni ta’minlashga doir ishlarni tashkil etish;
qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarida hamda Hukumat qarorlarida bayon qilingan talablar va qoidalarning o‘z vaqtida, to‘liq bajarilishi monitoringini muntazam ravishda amalga oshirish, qurilish sohasida yagona davlat siyosati izchil amalga oshirilishini ta’minlash;
bozor prinsiplari va mexanizmlarini kapital qurilishda boshqaruv, narx belgilash va xo‘jalik munosabatlari tizimiga keng joriy qilishni, loyihalash va qurilish ishlarini bajarishga buyurtmalarni joylashtirishda tanlov savdolari (tendyerlar) tashkil etish darajasini oshirishni, pudrat shartnomalari rolini kuchaytirishni hamda ularning ijrosi yuzasidan buyurtmachilar va pudratchilarning javobgarligini oshirishni, qurilishda loyiha, smeta va texnologiya intizomini mustahkamlashni ta’minlash;
qurilish jarayoni qatnashchilarining joriy xo‘jalik faoliyatiga ma’muriy aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qurilish sohasidagi boshqaruv organlari tashkiliy tuzilmasini xo‘jalik yuritishning bozor shakllari talablariga muvofiq takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirish;
loyihalash va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tugallash, ular negizida asosan xususiy va qo‘shma korxonalar tashkil etish, loyihalash va pudrat ishlari bozorida raqobat muhitini shakllantirishni davom ettirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan monitoring o‘rnatish;
qurilishni tashkil etishning asosiy shakli sifatida, qurilishda obyektlarni foydalanishga tayyor holda barpo etishga o‘tish, markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan obyektlar qurilishini tashkil etish va moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimining ishlab chiqilishi va joriy etilishini nazorat qilish;
Kapital qurilishda narx belgilashning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash dasturining o‘z vaqtida amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqilgan smeta-normativ hujjatlarni qurilish jarayoni qatnashchilariga yetkazish ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;
kapital qurilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining ahvolini tahlil qilish, kapital qurilishni yanada isloh qilish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi monitoringini olib borish, ularni qurilish jarayoni qatnashchilariga yetkazish;
qurilish materiallari bozorini yanada kengaytirish, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari birja savdosini tashkil etish va rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
qurilishdagi iqtisodiy islohotlarni doimiy ravishda metodik va huquqiy ta’minlashni, qurilish va qurilish biznesi sohasida xo‘jalik yuritishning zamonaviy metodlarini egallagan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
qurilish sohasida faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berish, litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish va litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.
III. Komissiyaning huquqlari
8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
tegishli idoralar va tashkilotlar, shuningdek hududiy komissiyalar rahbar xodimlarining qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
Vazirlar Mahkamasiga kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasiga past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va istiqbolsiz qurilish tashkilotlari va korxonalarini qayta tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritish;
vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalaridan Komissiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur axborotlarni so‘rash;
tegishli vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar mutaxassislarini, institutlarning olimlarini hamda qurilish yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarini materiallar tayyorlash uchun jalb etish;
joylarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning lavozimiga loyiqligini va amaliy faoliyati natijalarini baholash, o‘z vakolatlari doirasida qurilish kompleksini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlashga doir chora-tadbirlar ko‘rish;
litsenziyalangan faoliyat sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritish.
IV. Komissiya faoliyatini tashkil etish
9. Komissiyaga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tayinlanadigan rais rahbarlik qiladi.
Komissiya raisi Komissiya ishlarini boshqaradi, majlislarini olib boradi, majlislar protokollarini, ish rejalarini va Komissiyaning boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi.
10. Komissiya majlislari tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Komissiya raisi tomonidan navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
11. Komissiyaning ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarori uning uchun Komissiya a’zolari oddiy ko‘pchiligi ovoz berishgan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Komissiyaning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha yozma ravishda o‘z fikrini bildirishga haqlidir.
12. Komissiya raisi bilan kelishuvga ko‘ra Komissiyaning obyektiv sabablar bilan majlisda qatnashmayotgan a’zolari o‘rniga ularning vakolatli vakillari majlisda ovoz berish huquqisiz qatnashishi mumkin.
13. Komissiya raisi qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilish maqsadida Komissiya a’zolari bilan kelishilgan ayrim masalalar bo‘yicha Komissiya qarorlarini so‘rov yo‘li bilan tasdiqlashi mumkin.
14. Zarurat bo‘lganda Komissiya majlisiga ko‘rib chiqilayotgan masalalar xarakteriga qarab, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari taklif etiladi.
15. Komissiya har chorakda Vazirlar Mahkamasiga amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
V. Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash tartibi
16. Komissiya majlisiga materiallar ishchi organlar tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek Komissiyaning ularni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan a’zolari bilan birgalikda Komissiyaning ish rejasiga muvofiq tayyorlanadi.
17. Komissiya majlisi kun tartibining har bir masalasi bo‘yicha hujjatlar paketida Komissiya qarorini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar (tahliliy ma’lumotnomalar, jadvallar va boshqalar) hamda Komissiya qarori loyihasi mavjud bo‘lishi kerak.
VI. Komissiyaning ishchi organlari va kotibi
18. Quyidagilar:
kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va Davlat raqobat qo‘mitasining yuqori malakali mutaxassislaridan 5 kishidan iborat doimiy ishlaydigan ishchi guruh;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 25-apreldagi 104-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 17-son, 196-modda)
qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Komissiyaning ishchi organlari hisoblanadi.
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi bo‘yicha ishchi guruhning shaxsiy tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
19. Komissiyaning kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi bo‘yicha ishchi organi:
Komissiyaning navbatdagi davr uchun ish rejasi loyihasini tayyorlaydi;
Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarni o‘z vaqtida tayyorlashni ta’minlaydi va vazirliklar, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, korxonalar hamda Komissiya a’zolaridan zarur materiallarni va ekspert xulosalarni olish huquqiga ega;
kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlashni va Komissiya majlislarini o‘tkazishni tashkil qiladi;
Komissiyaga qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari monitoringi bo‘yicha axborotlar va tahliliy materiallarni ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;
joylarga borgan holda hududiy komissiyalar faoliyatini va Komissiyaning qabul qilingan qarorlari bajarilishini o‘rganadi;
Komissiya a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni, tegishli materiallarni yuborgan holda, majlisning o‘tkaziladigan sanasi, vaqti, joyi to‘g‘risida xabardor qiladi;
Komissiyaga uning qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
20. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha ishchi organ Komissiya qarorlariga muvofiq litsenziyalarni rasmiylashtiradi, qayta rasmiylashtiradi, litsenziya bitimlari tuzadi, litsenziyalar reyestrini yuritadi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turadi va tiklaydi.
21. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha ishchi organ ishlari Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
22. Komissiya kotibi:
ishchi organlar ishlariga rahbarlik qiladi;
Komissiya qarorlarining ijrosi monitoringini yuritadi va uning natijalarini Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;
ishchi organlarning Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlashga doir ishlarini tashkil qiladi;
Komissiya raisi bilan majlisning o‘tkaziladigan muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini kelishib oladi;
Komissiya protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Komissiya a’zolariga, manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga
3-ILOVA
2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga
3-ILOVA
I. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishni boshqarish tuzilmasini yanada qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 13-apreldagi 144-son qarorining 2-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan komissiyalar va kengashlar tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2000-yil 30-sentabrdagi 374-son qaroriga 23-ilova.
II. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 87-modda):
2-band va 7-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
1—6-ilovalarning 2-bandlaridagi “Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasi” so‘zlari “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarga ilovalar sifatida berilgan sxemalardagi “Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasi” so‘zlari “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y.,8-9-son, 67-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 15-son, 177-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 8-9-son, 67-modda, 22-son, 159-modda; 2006-y., 30-son, 289-modda; 2009-y., 52-son, 574-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda; 2014-y., 17-son, 196-modda; 2016-y., 18-son, 198-modda, 52-son, 602-modda)