Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MADANIY BOYLIKLARNING OLIB CHIQILISHI VA OLIB KIRILISHI MASALALARINI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston xalqlari madaniy merosining saqlanishini taʼminlash, madaniy boyliklarning qonunga xilof ravishda olib chiqilishi va olib kirilishidan muhofaza qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda muzeylarda va boshqa muassasalarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni uch oy muddatda xatlovdan oʻtkazsin va madaniy meros ashyolari hamda obyektlarini davlat muhofaza roʻyxatlari va reyestrlarini qayta tasdiqlash yuzasidan takliflar kiritsin.
Belgilansinki, davlat muhofaza roʻyxatlari va reyestrlari aniqlangunga va qayta tasdiqlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi xalqlari madaniy merosining qimmatli obyektlari yoki madaniy boyliklari hisoblangan tarixiy, badiiy, ilmiy yoki boshqa madaniy boyliklar ahamiyatiga molik koʻchar ashyolar yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi madaniy mulk, shuningdek, maʼlum darajada madaniy boylik ahamiyatiga molik ashyolar va kolleksiyalar, ular yaratilgan vaqti hamda joyidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining buyurtmanomalariga koʻra aeroportlarda, vokzallarda va konteynerlarni joʻnatish joylarida madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazish uchun tegishli xonalar ajratsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi idoraviy meʼyoriy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyundagi 272-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 22-23-son, 267-modda)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 23-mart,
131-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
23-martdagi 131-son qaroriga
1-ILOVA
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi mazkur Nizom (keyingi oʻrinlarda “Nizom” deb ataladi) “Madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazish hamda ularning olib chiqilishi va olib kirilishini nazorat qilishning yagona tartibini, ularni olib chiqish huquqini beruvchi sertifikatlarni berish tartibini, shuningdek, madaniy boyliklar badiiy ekspertizadan oʻtkazilganligi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun maxsus yigʻim miqdorini va uni toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
2. Madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasi quyidagilardan iboratdir:
xalqlar hayotidagi tarixiy voqealar, jamiyat va davlat rivojlanishi, fan va texnika tarixi bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek, atoqli shaxslar (davlat, siyosiy, jamoat arboblari, mutafakkirlar, fan, adabiyot, sanʼat arboblari) hayoti va faoliyatiga taalluqli ashyolar;
tarixiy, badiiy, ilmiy va boshqa madaniy qimmatga ega boʻlgan qurollarning har xil turlari;
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan badiiy boyliklar;
arxeologik qazilmalar yoki arxeologik kashfiyotlar va topilmalar natijasida olingan ashyolar va ularning parchalari, tuproq namunalari, arxeologik, geologik va boshqa namunalar;
har qanday asosda va har qanday materiallardan butunlay qoʻlda ishlangan rasmlar va suratlar;
har qanday materiallardan ishlangan va haykaltaroshlik asarlari, shu jumladan, boʻrtma rasmlar;
har qanday materiallardan ishlangan asl badiiy kompozitsiyalar va montajlar;
sigʻinish maqsadidagi badiiy bezatilgan ashyolar;
etnografik obyektlar;
oʻyma naqshlar, estamplar, litografiyalar, ksilografiyalar, grafikaning boshqa turlari va ularning original bosma shakllari;
amaliy-dekorativ sanʼat asarlari (shisha, loy, yogʻoch, metall, suyak, mato va boshqa materiallardan ishlangan badiiy buyumlar);
anʼanaviy xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari;
arxitektura, tarix, badiiy yodgorliklar va monumental sanʼat yodgorliklarining tarkibiy qismlari va parchalari;
alohida yoki kolleksiyadagi qadimiy kitoblar, shuningdek, tarixiy, ilmiy-badiiy, adabiy ahamiyatga ega boʻlgan matbaa asarlari;
Oldingi tahrirga qarang.
noyob qoʻlyozmalar va hujjatli yodgorliklar, arxiv hujjatlari;
(2-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 168-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
audiovizual asarlar, fonogrammalar va fotomateriallar;
(2-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
musiqa asboblari;
filateliya, numizmatika, faleristika, bonistika, sfragistika ashyolari va boshqa kolleksiyalar;
tangalar, ordenlar, medallar, muhrlar, pochta otkritkalari (konvertlar) va kolleksiyalashning boshqa ashyolari;
noyob kolleksiyalar va flora hamda fauna namunalari, ilm-fanning mineralogiya, paleontologiya, anatomiya kabi tarmoqlari uchun ahamiyatli boʻlgan ashyolar;
maishiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan maishiy va ilmiy priborlar, asboblar (coat, barometr, tarozi, durbin, foto-, kinoapparatlari, tikuv mashinalari va shu kabilar);
boshqa koʻchar buyumlar, shu jumladan, tarixiy, ilmiy-badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega boʻlgan, shuningdek, davlat tomonidan tarixiy va madaniy yodgorlik sifatida muhofazaga olingan nusxalar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishining mazkur Nizomda belgilangan tartibi, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, arxiv hujjatlaridan tashqari, barcha madaniy boyliklarga nisbatan qoʻllaniladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 168-modda)
4. Ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ushbu ashyolarning qiymati darajasi ularni badiiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonida vakolatli sanʼatshunoslar — ekspertlar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining shtatdan tashqari ekspertlari tomonidan aniqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
6. Oʻzbekiston xalqining madaniy merosini saqlash ishiga katta hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar belgilangan tartibda pul mukofotlari yoki boshqa mukofotlar bilan mukofotlanishlari mumkin.
II. MADANIY BOYLIKLARNING OLIB CHIQILISHI VA OLIB KIRILISHINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH VA NAZORAT QILISH ORGANLARI
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiradilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha tezkor hal etishni talab etadigan masalalar bojxona organlarining mansabdor shaxslari va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining vakolatli xodimlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Madaniy meros agentligi xodimiga oʻz funksiyalarini bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga oʻtish huquqini berish bojxona organi rahbari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
III. BADIIY EKSPERTIZADAN OʻTKAZISH VA NAZORATNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
9. Madaniy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi yoki vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikat olish uchun (1 va 1a-ilovalar) ularning egasi oldindan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga belgilangan shakldagi yozma ariza (2-ilova) taqdim etadi. Matbaa asarlari olib chiqilishi uchun roʻyxat ikki nusxada taqdim etiladi (3-ilova).
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Olib chiqiladigan madaniy boyliklar vakolatli sanʼatshunoslar — ekspertlar tomonidan koʻrib chiqiladi. Zarur hollarda ekspertizaga yuqori malakali mutaxassislardan iborat boʻlgan shtatdan tashqari ekspertlar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin. Alohida hollarda ekspertlar konsiliumi chaqiriladi. Konsiliumning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ashyolarni koʻrib chiqish va ularni olib chiqilishi imkoniyati toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlash ashyoning egasi hozir boʻlmagan holda amalga oshiriladi, biroq u paydo boʻlgan masalalarni aniqlash uchun chaqirilishi mumkin. Ekspertlarning xulosasi (4-ilova) tavsiya tusiga ega boʻladi va madaniy boyliklarning olib chiqilishi uchun sertifikatlar berish boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Zaruriyat boʻlganda ashyolar ekspertizasi ular turgan joyda oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Madaniy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi yoki vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikat Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining vakolatli xodimi tomonidan imzolanadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Madaniy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi (joʻnatilishi) huquqini beruvchi sertifikat berilgan kundan boshlab uch oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
12. Zarur hollarda mazkur ashyoni oldingi egasidan begonalashtirishning qonun bilan belgilangan shaklini tasdiqlovchi, shuningdek, ularning qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar (cheklar, kvitansiyalar va boshqalar) taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Badiiy ekspertizadan oʻtkazish muddati uch kundan oshmasligi kerak va u olib chiqiladigan ashyolar soniga, ularning holatiga va ekspertizadan oʻtkazish murakkabligi darajasiga bogʻliq boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktori va agentlikning madaniy boyliklarning olib chiqilishiga sertifikatlar berish boʻyicha vakolatli shaxslari mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga rioya etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
IV. MADANIY BOYLIKLARNING OLIB CHIQILISHI YOKI VAQTINCHA OLIB CHIQILISHI TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
15. Olib chiqishni rasmiylashtirishda sertifikat blankida va olib chiqilishiga ruxsat berilgan madaniy boyliklar roʻyxatining har bir varagʻida, ularning fotosuratlarining orqa tomoniga sertifikat tartib raqami, u berilgan sana koʻrsatilgan holda sertifikatni bergan vakolatli shaxsning imzosi qoʻyilgan belgilangan namunadagi shtamp bosiladi.
Olib chiqishga ruxsat berilgan tasviriy sanʼat asarlarining orqa tomoniga shtamp bosiladi, olib chiqishga ruxsat berilgan musiqa asboblari va gilamdoʻzlik buyumlari tamgʻalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatning birinchi turkumi fotosuratlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligida saqlanadi, ikkinchi turkumi sertifikat bilan birgalikda bojxona organlariga taqdim etish uchun egasiga beriladi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Qaytarilish chogʻida vaqtincha olib chiqilgan madaniy boyliklar oʻrami Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va Davlat bojxona qoʻmitasining vakolatli xodimlari va ekspert kengashi aʼzolari ishtirokida ochib koʻriladi va ashyolar ularning tarkibi va soni, shuningdek, sifat tavsiflari bir xilligiga muvofiqligini aniqlash maqsadida badiiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Vaqtincha olib chiqiladigan musiqa asboblari va kamonlarga sertifikat olish uchun olib chiqilishi va keyinchalik ushbu asbobni olib kirilishi faktini aniqlash uchun zarur boʻlgan asbob va kamonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan pasportlar (5, 5a va 5b-ilovalar) ham taqdim etilishi shart. Asbob har bir olib chiqilishi va olib kirilishida uning egasi ushbu pasportni roʻyxatdan oʻtkazish belgilarini qoʻyish va boshqa bojxona hujjatlarini toʻldirish uchun bojxona organlariga taqdim etadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Joʻnab ketayotganda fuqarolar tomonidan bojxona organlariga koʻrsatilgan roʻyxatlar, fotosuratlar va sertifikatlar belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Keyingi 50 yil davomida yaratilgan quyidagi madaniy boyliklarga ular olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikat talab etilmaydi:
(23-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
gilamlar, gilamdoʻzlik buyumlari, kashta, soʻzana (barchasi mashinada tikilgan);
elektr musiqa asboblari;
kartinalar, ikonalar reproduksiyalari, sanʼat boʻyicha albomlar, plastinkalar;
fabrikada ommaviy ishlab chiqarilgan esdalik buyumlar, keramika, chinni, billur, shisha, yogʻoch, metalldan yasalgan buyumlar (chet elda ishlab chiqarilgan ashyolar bundan mustasno);
1 yoki 2 jilddan iborat boʻlgan badiiy, bolalar, ommabop adabiyot, nota nashrlari;
Oʻzbekistonda ilmiy-texnik ayirboshlash boʻyicha boʻlgan chet ellik olimlar va mutaxassislar, Oʻzbekiston Respublikasida oʻqiyotgan xorijiy fuqarolar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining chet elga xizmat safariga yuborilayotgan olimlari, mutaxassislari, talabalari, oʻquvchilari tomonidan sotib olingan ilmiy, oʻquv adabiyoti;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan davlat probasiga ega boʻlgan zamonaviy zargarlik buyumlari (olib chiqiladigan zargarlik buyumlari soni bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi);
(23-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
taqib yurilishi uchun orden daftarchalari yoki mukofotlash guvohnomalari boʻlgan shaxsiy mukofotlar.
 LexUZ sharhi
23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 152-sonli qaroriga asosan uninchi xatboshi bilan tuldirilgan. Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
audiovizual asarlar va fonogrammalar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
24. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning konteynerlar, yuk va pochta joʻnatmalarida olib chiqilishi taqiqlanadi. Olib chiqishga ruxsat etilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bevosita ularning egalari tomonidan olib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi zarur hollarda:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
olib chiqishga taqdim etilgan madaniy boyliklar toʻgʻrisida maxsus xulosa berish haqida soʻrov bilan vakolatli davlat, jamoat tashkilotlariga, muassasalarga murojaat qilish huquqiga egadir. Mazkur soʻrovlar bir hafta muddatda koʻrib chiqilishi kerak;
madaniy boyliklar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi, shuningdek, ularning qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga haqlidir.
V. MADANIY BOYLIKLARNING OLIB KIRILISHI TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
26. Xorijiy fuqarolar (shu jumladan xorijiy diplomatik va konsullik vakolatxonalari boshliqlari) va boshqa shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga vaqtincha olib kiriladigan madaniy boyliklar tegishli bojxona hujjatlarida koʻrsatilishi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Musiqa asboblari va kamonlarning bojxona organlari belgisi qoʻyilgan pasportlari ularning Oʻzbekiston Respublikasidan toʻsiqsiz olib chiqilishi uchun asos hisoblanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — 2012-y., 44-son, 507-modda)
VI. BADIIY EKSPERTIZADAN OʻTKAZILGANLIGI VA HUJJATLAR RASMIYLASHTIRILGANLIGI UCHUN MAXSUS YIGʻIM
Oldingi tahrirga qarang.
29. Madaniy boyliklar badiiy ekspertizadan oʻtkazilganligi uchun 7-ilovaga muvofiq maxsus yigʻim undiriladi, ushbu yigʻim Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining ekspertizadan oʻtkazgan tegishli muassasalari hisob-kitob schyotiga tushadi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Maxsus yigʻim miqdorini belgilashda tahlilning murakkabligi, ish hajmi, buyumlar soni va madaniy boyliklarning sifat tavsiflari hisobga olinadi.
30. Madaniy boyliklar badiiy ekspertizadan oʻtkazilganda, ular olib chiqilishi imkoniyatidan qatʼi nazar, ariza beruvchidan toʻliq miqdorda maxsus yigʻim undiriladi.
31. Tegishli davlat organlari tomonidan ushlab qolingan yoki musodara qilingan madaniy boyliklarni ekspertizadan oʻtkazish va ularga xulosa yozish (8-ilova) toʻlov undirmasdan amalga oshiriladi. Ushlab qolingan va musodara qilingan madaniy boyliklarni ekspertizadan oʻtkazish muddati — 15 kun.
32. Badiiy ekspertizadan oʻtkazilganligi va hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun maxsus yigʻim undirishdan tushgan mablagʻlar moddiy-texnika bazani rivojlantirishda, reklama-noshirlik ishida, shtatdan tashqari ekspertlar va jalb qilinadigan mutaxassislar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha haq toʻlashda, shuningdek, xodimlarning ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlarini yaxshilashda foydalaniladi.
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Madaniy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi huquqini beruvchi

Madaniy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi huquqini beruvchi

-son SERTIFIKAT

-son SERTIFIKAT‎‎

Ariza beruvchi ________________________Ariza beruvchi ________________________

(F. I. O. yoki tashkilot nomi)

(F. I. O. yoki tashkilot nomi)

Pasport maʼlumotlari yoki rekvizitlariPasport maʼlumotlari yoki rekvizitlari
______________________________________‎‎______________________________________‎‎‎
Ashyolar qayerga olib chiqilmoqda__________Ashyolar qayerga olib chiqilmoqda__________

(mamlakat)

(mamlakat)‎

______________________________________‎_______________________________________‎‎
Olib chiqilayotgan ashyolarning roʻyxati “____” varaqda ilova qilinmoqda.Olib chiqilayotgan ashyolarning roʻyxati “____” varaqda ilova qilinmoqda.
Ashyolarning qiymati ___________________Ashyolarning qiymati ____________________

(soʻz bilan)

(soʻz bilan)

Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom asosida olib chiqilishi kerakMadaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom asosida olib chiqilishi kerak
20__ yil “___”____________ shahrida berilgan20__ yil “___”____________ shahrida berilgan
20__ yil “___”_______ gacha haqiqiy20__ yil “___”_______ gacha haqiqiy
Madaniy meros agentligi vakolatli shaxsining lavozimi, F. I. O. va imzosiMadaniy meros agentligi vakolatli shaxsining lavozimi, F. I. O. va imzosi
Oluvchining tilxatiOluvchining tilxati
‎Bojxona organiga topshirilishi kerak
M. Oʻ.M. Oʻ.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1a-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Madaniy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi

Madaniy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi

-son SERTIFIKAT

-son SERTIFIKAT‎‎

Ariza beruvchi ________________________Ariza beruvchi ________________________

(F. I. O. yoki tashkilot nomi)

(F. I. O. yoki tashkilot nomi)

Pasport maʼlumotlari yoki rekvizitlariPasport maʼlumotlari yoki rekvizitlari
______________________________________‎‎______________________________________‎‎‎
Ashyolar qayerga va qaysi muddatga olib chiqilmoqdaAshyolar qayerga va qaysi muddatga olib chiqilmoqda
______________________________________‎_______________________________________‎‎

(mamlakat va qayta olib kirilishi sanasi)‎

(mamlakat va qayta olib kirilishi sanasi)‎

Vaqtincha olib chiqilayotgan ashyolarning roʻyxati “____” varaqda ilova qilinmoqda.Vaqtincha olib chiqilayotgan ashyolarning roʻyxati “____” varaqda ilova qilinmoqda.
Ashyolarning sugʻurta bahosi______________Ashyolarning sugʻurta bahosi ______________

(soʻz bilan)

(soʻz bilan)

Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom asosida vaqtincha olib chiqilishi kerakMadaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom asosida vaqtincha olib chiqilishi kerak
20__ yil “___”____________ shahrida berilgan20__ yil “___”____________ shahrida berilgan
20__ yil “___”_______ gacha haqiqiy20__ yil “___”_______ gacha haqiqiy
Madaniy meros agentligi vakolatli shaxsining lavozimi, F. I. O. va imzosiMadaniy meros agentligi vakolatli shaxsining lavozimi, F. I. O. va imzosi
Oluvchining tilxatiOluvchining tilxati
‎Bojxona organiga topshirilishi kerak
M. Oʻ.M. Oʻ.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga

____________________________________________‎
____________________________________________
________________________________________ dan‎
Manzili:____________________________________‎
____________________________________________‎
____________________________________________‎
____________________________________________‎
Pasport maʼlumotlari yoki rekvizitlari
____________________________________________‎
____________________________________________‎‎
____________________________________________‎‎
____________________________________________‎‎

A R I Z A

________________________________________‎‎___________________________________‎‎‎
________________________________‎‎_________________________________mamlakatiga‎‎‎‎
________________________________________‎‎___________________________________‎‎‎
_______________________________________‎‎_______________________________sonda
________________________________‎‎___________________________________________‎‎‎‎‎
________________________________‎‎___________________________________________‎‎‎‎‎
________________________________‎‎___________________________________________‎‎‎‎‎
olib chiqishga (vaqtincha olib chiqishga) ruxsat berishingizni soʻrayman.
Sana 20__ yil “__” ________

Imzo

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan yoki vaqtincha olib chiqilayotgan (joʻnatilayotgan) nashrlar

ROʻYXATI

F. I. O. Yoki tashkilot nomi ____________________________________________‎
_____________________________________________________________________‎
Pasport maʼlumotlari yoki rekvizitlari_________________________________‎
_____________________________________________________________________‎‎
Qayerga olib chiqilmoqda (joʻnatilmoqda)_________________________________‎
____________________________________________________________________‎‎‎

Muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi

Nashrning nomi

Chiqarilgan yili

Jildlar soni

M. Oʻ. Ekspertning imzosi ______________
20__ yil “___”___________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Madaniy boyliklarning olib chiqilishi yoki vaqtincha olib chiqilishi uchun

EKSPERT XULOSASI

Ekspert____________________________________________________________‎

(F. I. O. va lavozimi)

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining __________________________

1 qismi 238-moddasi bilan tanishib chiqdim

‎Imzo‎‎ ‎

Quyidagi ashyolar bilan tanishib chiqdim:
____________________________________________________________________‎
____________________________________________________________________‎
____________________________________________________________________‎
_________________________________________________________________‎___‎
____________________________________________________________________‎
____________________________________________________________________‎
Ashyolar egasining F. I. O. Yoki tashkilotning nomi________________________‎
____________________________________________________________________‎
Ekspert tomonidan quyidagilar aniqlandi:______________________________‎
____________________________________________________________________‎
____________________________________________________________________‎
____________________________________________________________________‎
____________________________________________________________________
Qiymati____________________________________________________________‎
____________________________________________________________________‎‎

(soʻz bilan)‎

Madaniy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan olib‎ chiqilishi
‎ va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi‎ Nizom asosida koʻrsatib
‎oʻtilgan ashyolar olib chiqilishiga ______________________________________ ‎

(ruxsat etiladi, ruxsat etilmaydi) ‎

20__ yil “__”___________

__________________________‎

Imzo‎

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Musiqa asboblari uchun ‎________-son P A S P O R T ‎ ‎ ‎
(F.I.O.) ____________________________________‎‎

‎‎Ustki qopqogʻi foto surati (18x8 sm)

‎‏‎‏Pastki qopqogʻi foto surati (18x8 sm)

‎‏Gardishining foto surati (18x8 sm)

Asbobning nomi _____________________________‎
Yorligʻi (asl transkripsiyasida, saqlanishi)‎
____________________________________________‎
Hajmi (mm da):
qutisining uzunligi __ qutisining eng katta eni ___
pastki aylanasining katta boʻlmagan eni __________
quti uchidan efes kertmasigacha boʻlgan uzunlik _____
boʻgʻizining uzunligi ____ uchining uzunligi _______
oʻmrovining eni ____________________
Andaza (quti) shakllarining belgilari ___________
Tavsifi: ustki qopqogʻi pastki qopqogʻi
material ‎ ______________ ‎ ______________ ‎
tuzilishi‎ ______________ ‎‎ ______________ ‎
rangi ______________ ‎‎ ______________ ‎
loki ______________ ‎‎ ______________ ‎
qili ______________ ‎‎ ______________ ‎
qoʻshimchalari ______________ ‎‎ ______________ ‎
(boʻlaklarning soni) ______________ ‎‎ ______________ ‎
saqlangan holati (yoriq joylari, yamalgan joylari,‎
yogʻochdagi koʻz izlari va boshqalar)_______________
Gardishining tavsifi ________________________‎
Boʻgʻizi, oʻmrovi, qalpogʻi ______________________
Alohida belgilari (harflar,raqamlar,nomlari va b.)
____________________________________________
Egasining imzosi ____________ 20__ yil _______
Ekspertning F. I. O. ________________________
Pasport bergan muassasaning muhri‎‎
‎‎
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
5a-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Kamon uchun ‎________-son P A S P O R T ‎ ‎ ‎‎
Egasi (F.I.O.) _______________________________‎‎

Uchi bilan tayoqcha qismining foto surati
‎(18x8 sm)

Kalotka va vint bilan uchi yon qismining foto surati
‎ (18x8 sm)

‎‏ Kalodka va vint bilan uchi pastki qismining foto surati
‎ (18x8 sm)

Kamon tavsifi: tayoqchasi, uchi, vintli kalodkasi (materiali, texnikasi, qimmat baho metallari va toshlari boʻlganda ularning probasi koʻrsatilishi kerak, ogʻirligi va soni)______________
____________________________________________‎
____________________________________________‎
____________________________________________‎
____________________________________________‎
____________________________________________
Markalash (tamgʻasi, ustaning belgisi, harflari, raqamlari, bezak shaklidagi shartli belgilari)
____________________________________________
____________________________________________
Hajmlari (mm da): kamonning uzunligi
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
Egasining imzosi ____________________________
20__ yil _______________________
Ekspert qiluvchining F. I. O.
Pasport bergan muassasaning muhri‎‎
‎____________________________________________
‎‎
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
5b-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq musiqa asboblari uchun ‎________-son P A S P O R T ‎
Egasi (F.I.O.) _______________________________‎‎

Umumiy koʻrinishdagi foto surati (12x18)

Asbobning nomi _____________________________‎
Yorligʻi (asl transkripsiyasida, saqlanishi)‎_______
____________________________________________‎
Hajmi (sm da) asbobning umumiy uzunligi________
qutisining eng katta eni ______________________
eng katta chuqur joyi __________ qutusidan uzunligi
yuqori boshigacha ____________boʻgʻizining uzunligi
buragich boshchasi bilan__________________
Tavsifi: ustki qopqogʻi pastki qopqogʻi
materiali ‎ ______________ ‎ ______________ ‎
rangi ______________ ‎‎ ______________ ‎
(asbob boʻlaklarning soni)‎_____________________ ‎
saqlangan holati (yoriq joylari, yamalgan joylari,‎
yogʻochdagi koʻz izlari va boshqalar)
____________________________________________‎
Boʻgʻizi, qalpogʻi (burgach solinadigan quti)
Alohida belgilari (harflar, raqamlar, nomlari va
boshqalar____________________________________
Egasining imzosi ____________ 20__ yil _______
Ekspertning F. I. O. _________________________
Pasport bergan muassasaning muhri‎‎
‎‎
(5b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
 LexUZ sharhi
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 152-sonli qaroriga 5v-ilova bilan toʻldirilgan. Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
7-ILOVA
Badiiy ekspertizani oʻtkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun
maxsus yigʻim
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdoriga ‎ nisbatan foizlarda ‎ (dan -gacha) ‎
1.‎ Kitoblar (bitta nomdagi)‎ 5-15‎
2.‎ Koʻp jildli ensiklopediya (bitta nomdagi)‎ 200‎
3.‎ 1 nomdagi rasmlar, haykaltaroshlik (shu jumladan, bir mavzu, voqelik bilan birlashgan diptixlar, triptixlar, seriyalar)‎
— professional boʻlganlari‎ 100-200‎
— professional boʻlmaganlari‎ 50-75‎
4.‎ 10 varaqqacha boʻlgan grafika (1 nomda)‎
— professional boʻlganlari‎
— professional boʻlmaganlari‎
5.‎ Gilamlar, devorga osib qoʻyiladigan suratli gilamlar‎ 200-400‎
6.‎ Poloslar‎ 100-200‎
7.‎ Soʻzanalar‎ 100-200‎
8.‎ Amaliy-dekorativ sanʼat ashyolari‎ 25-150‎
9.‎ Kumushdan yasalgan badiiy buyumlar (oshxona priborlaridan tashqari)‎ 100-200‎
10.‎ Keng koʻlamda ishlab chiqariladigan ashyolar‎ 10-20‎
11.‎ Musiqa asboblari‎ 50-100‎
12.‎ Fortepiano‎ 100-200‎
13.‎ Badiiy mebel, maishiy priborlar‎ 150-250‎
14.‎ Videokassetalar‎ 20‎
15.‎ Audiokassetalar‎ 5‎
16.‎ Tuproq namunalari, arxeologik, geologik va boshqa namunalar‎ 100-200‎
17.‎ Qaytarib olib kirish sharti bilan olib chiqiladigan yoki qaytarib olib chiqib ketish sharti bilan olib kiriladigan ashyolar ‎ 30‎
18.‎ Markalar, nishonlar, belgilar, kolleksiyalash-ning boshqa ashyolari‎ 50-200‎
19.‎ Setifikat‎ 15‎
20.‎ Blanklar‎ 4‎
21.‎ Maslahatlar‎ 10-30‎
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
 LexUZ sharhi
7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 152-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
 LexUZ sharhi
7-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-apreldagi 245-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
8-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqish raqami ___________‎
20__ yil “__”___________ _________________‎sh.

Sanʼatshunoslik eksperti

XULOSASI

Men (biz)_______________________________________________________‎

(F.I.O., lavozimi)‎

___________________________________________________________________‎
__________________________________________________________tomonidan‎
___________________________________________________________________‎

(badiiy ekspertizadan oʻtkazuvchi muassasaning nomi)

Bojxona organlari ______________ -son posti tomonidan________________‎
______________da yashovchi __________________________________ga boruvchi‎
(sana, reys raqami, davlat)‎
fuqaro________________dan (Pasport raqami __________seriyasi _________
____________________________________________berilgan) ushlab qolingan‎‎:

(kim tomonidan, qachon)

___________________________________________________________________

(nomi, soni)

__________________________________________ ekspertizasidan oʻtkazildi‎‎‎.

‎‎Ekspertiza natijasida quyidagilar aniqlandi:‎

20__ yil “____”_____________ Imzo________________‎
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyundagi 272-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 22-23-son, 267-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 3-son, 15-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 267-modda; 2011-y., 20-21-son, 210-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda; 15-son, 168-modda, 44-son, 507-modda; 2017-y., 17-son, 304-modda, 19-son, 345-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)