Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini kengaytirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini yanada ragʻbatlantirish, shuningdek ularning faoliyati uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-aprel,
245-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-apreldagi 245-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y. 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5v-ilova matni rus tilidagi matnda berilgan;
8-pozitsiyadagi “10 — 75” raqamlari “10 — 75*” raqamlari bilan almashtirilsin;
20-pozitsiyadagi “5” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“* Hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻzlari yaratgan amaliy bezak sanʼati buyumlari badiiy ekspertizadan oʻtkazilganligi va ularga hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun maxsus yigʻim eng kam oylik ish haqining 10 foizni tashkil etadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 304-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)