|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.06.2016
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYoSATINING
Qarori
Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 30-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2444-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/8-sonli “Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2793, 03.06.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2015-yil 24-fevraldagi 32-son “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/4-son qarori (roʻyxat raqami 2444, 2013-yil 25-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 13-son, 170-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-mart,
214/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/5-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi gʻolibining faxriy diplomi professor yoki dotsent ilmiy unvonlarni berish uchun nashr etilgan darsliklarga, oʻquv qoʻllanmalariga, ilmiy maqolalarga ega boʻlish boʻyicha talablarning bajarilganligiga tenglashtiriladi.”.
2. 12-bandning “g” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Har bir taʼlim sohasi boʻyicha nominatsiyalarda 1-oʻrinni egallagan “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari 3 yil mobaynida tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini oʻtamasdan professor ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega;”.
3. 17-bandning “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Har bir taʼlim sohasi boʻyicha nominatsiyalarda 1-oʻrinni egallagan “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari 3 yil mobaynida tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini oʻtamasdan dotsent ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega;”.
4. Mazkur qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Madaniyat va sport ishlari vaziri v. v. b B. AXMEDOV
2015-yil 27-fevral
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAHABOV
2015-yil 27-fevral
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 27-fevral
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2015-yil 27-fevral
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2015-yil 27-fevral
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2015-yil 27-fevral
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
2015-yil 27-fevral
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
2015-yil 27-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 13-son, 160-modda)