Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.03.2020
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimida elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1553-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-iyuldagi 185-son “Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1553, 2006-yil 13-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimida elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 6-sentabr,
31/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 6-sentabrdagi 31/1-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimida elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7-banddagi “Tijorat banklari, Valyuta birjasi, Respublika inkassatsiya birlashmasi” degan soʻzlar “tijorat banklari, Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Respublika Inkassatsiya xizmati davlat unitar korxonasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 11-banddagi “Valyuta birjasi, Davlat belgisi ishlab chiqarish birlashmasi, Inkassatsiya birlashmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Respublika Inkassatsiya xizmati davlat unitar korxonasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 13-banddagi “12” raqami “24” raqami bilan almashtirilsin.
4. 18-banddagi “Markaziy bank Axborotlashtirish Bosh markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh markazi davlat unitar korxonasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
2014-yil 6-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 39-son, 493-modda)