Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.02.2021
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
“Tijorat banklari tomonidan budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2527-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 23-dekabrdagi 329-V-4-sonli va Moliya vazirligining 2020-yil 15-dekabrdagi 57-sonli “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizom, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2527-4, 03.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktabrdagi 329-V va 98-sonli “Tijorat banklari tomonidan budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2527, 2013-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 622-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 13-iyun,
329-V-1-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 13-iyun,
44-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-son qaroriga
ILOVA
“Tijorat banklari tomonidan budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “budjetdan tashqari jamgʻarmalar” degan soʻzlar “davlat maqsadli jamgʻarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a) nomi va muqaddimadagi “budjetdan tashqari jamgʻarmalar” degan soʻzlar “davlat maqsadli jamgʻarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat maqsadli jamgʻarmasi — Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi;
davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit liniyasi — davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarini kreditlash uchun tijorat banklariga ajratiladigan mablagʻlar;
qarz oluvchilar (qarzdor) — yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlari.”;
v) 7 va 8-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Davlat maqsadli jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “va debitorlik hamda kreditorlik qarzlari toʻgʻrisida maʼlumotnoma (2a-son shakl)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
d) 12-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Banklar qarz oluvchilar tomonidan mikrokredit qaytarilishining taʼminoti sifatida taqdim qilgan mol-mulkni uning xususiyatidan kelib chiqqan holda kreditning qaytarilgan qismiga nisbatan garovdan chiqarish huquqiga ega.”;
e) 15, 18 va 23-bandlardagi “budjetdan tashqari jamgʻarma” degan soʻzlar “davlat maqsadli jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yo) 16, 19, 22 va 28-bandlardagi “Budjetdan tashqari jamgʻarma” degan soʻzlar “Davlat maqsadli jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 17 va 21-bandlardagi “budjetdan tashqari jamgʻarma” va “budjetdan tashqari jamgʻarmaning” degan soʻzlar tegishlicha “davlat maqsadli jamgʻarmasi” va “davlat maqsadli jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 20 va 32-bandlardagi “budjetdan tashqari jamgʻarmaning” degan soʻzlar “davlat maqsadli jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 24-banddagi “budjetdan tashqari jamgʻarma” va “budjetdan tashqari jamgʻarmaga” degan soʻzlar tegishlicha “davlat maqsadli jamgʻarmasi” va “davlat maqsadli jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
k) 30-banddagi “budjetdan tashqari jamgʻarmaning”, “budjetdan tashqari jamgʻarma” va “budjetdan tashqari jamgʻarmaga” degan soʻzlar tegishlicha “davlat maqsadli jamgʻarmasining”, “davlat maqsadli jamgʻarmasi” va “davlat maqsadli jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
l) 31-banddagi “budjetdan tashqari jamgʻarmaning” va “budjetdan tashqari jamgʻarma” degan soʻzlar tegishlicha “davlat maqsadli jamgʻarmasining” va “davlat maqsadli jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
m) 42-banddan “hamda Meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish jamoat fondi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2014-yil 13-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 26-son, 323-modda)