

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.04.2017
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2060124" id="onLBC-2060124">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18909"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;</span></div><div id="LBC6804"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;</span></div><div id="LBC7047"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2060124" id="onLS-2060124">[<b>TSZ:</b><div id="LS3727"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini roʻyxatga olish;</span></div><div id="LS3773"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Moliya / Investitsiyalar]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-2060366" id="-2060366"><a href="/uz/files/-2061462.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2060367" id="-2060367">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2060368" id="-2060368">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2060369" id="-2060369">INVESTITSIYa LOYIHALARINI TANLAB OLISh VA “ANGREN” MAXSUS INDUSTRIAL ZONASI QATNAShChILARINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2060370" id="-2060370"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3166965" id="-3166965">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/uz/acts/-3160010?ONDATE=17.04.2017 00#-3161040">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060371" id="-2060371">Vazirlar Mahkamasining “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 29-maydagi 146-son <a href="/uz/acts/-2015950">qaroriga</a> muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060372" id="-2060372">1. Investitsiya loyihalarini tanlab olish va “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/uz/acts/-2060124#-2060382">Nizom</a> ilovaga muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060373" id="-2060373">2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2060374" id="-2060374">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2060375" id="-2060375">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2060376" id="-2060376">2012-yil 3-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2060377" id="-2060377">282-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2060378" id="-2060378"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2060380" id="-2060380">Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-oktabrdagi 282-son <a href="/uz/acts/-2060124">qaroriga <br /></a>ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2060381" id="-2060381">Investitsiya loyihalarini tanlab olish va “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2060382" id="-2060382">NIZOM </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2060383" id="-2060383"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2060384" id="-2060384">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060386" id="-2060386">1. Ushbu Nizom “Angren” maxsus industrial zonasida (keyingi oʻrinlarda “Angren” MIZ deb ataladi) joylashtirish uchun investorlarni tanlab olish va “Angren” MIZ hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun uning qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060387" id="-2060387">2. “Angren” MIZda amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etish “Angren” MIZning Maʼmuriy kengashi ishchi organiga va Direksiyasiga (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) yuklanadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2060389" id="-2060389">II. Investorlarni tanlab olish uchun “Angren” MIZ direksiyasiga hujjatlarni topshirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060390" id="-2060390">3. “Angren” MIZda amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish ushbu Nizomning<a href="/uz/acts/-2060124#-2060551"> 1-ilovasiga </a>muvofiq sxema boʻyicha ikki bosqichda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060392" id="-2060392">4. Tanlab olishning <strong>birinchi bosqichida</strong> investor Direksiyaga “Angren” MIZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirish yuzasidan, Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha toʻldirilgan investitsiya buyurtmanomasini (keyingi oʻrinlarda investitsiya buyurtmanomasi deb ataladi) taqdim etadi, unga quyidagilar ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060393" id="-2060393">yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha savdo reyestridan xorijiy muassis toʻgʻrisidagi koʻchirma yoki ushbu yuridik shaxsning faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060394" id="-2060394">tavsiya qilinayotgan loyihaning biznes-rejasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060395" id="-2060395">yuridik shaxsning tegishli sohadagi, shuningdek tegishli sohada amalga oshirilgan shunga oʻxshash loyihalar toʻgʻrisidagi ish tajribasi mavjudligini tasdiqlovchi maʼlumot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060397" id="-2060397">oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik tashkilotining xulosasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060398" id="-2060398">investor vakolatli shaxslarining imzolari namunalarini tasdiqlovchi hujjat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060399" id="-2060399">Barcha hujjatlar investorlar tomonidan Direksiyaga davlat tili yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilingan, belgilangan tartibda tasdiqlangan holda taqdim etiladi. Investor taqdim etilayotgan maʼlumotlar va hujjatlarning ishonchliligi yuzasidan javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060401" id="-2060401">5. Direksiyaga taqdim etilayotgan biznes-rejada quyidagi asosiy qoidalar aks ettirilgan boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060402" id="-2060402">ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning nomi, hajmlari va turi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060403" id="-2060403">ishlab chiqarilayotgan mahsulotning moʻljallanayotgan narxlari va sotish bozorlari, eksportga moʻljallangan mahsulotni ishlab chiqarish hajmlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060404" id="-2060404">tavsiya etilayotgan loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan infratuzilma va muhandislik inshootlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060405" id="-2060405">ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish uchun “Angren” MIZ hududidagi uchastkaning moʻljallanayotgan oʻlchamlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060407" id="-2060407">xomashyo bazasining mavjudligi hamda loyihaning amalga oshirilish davrida xomashyo va materiallar bilan taʼminlanishning kafolatlangan imkoniyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060411" id="-2060411">moʻljallanayotgan ishlab chiqarish texnologiyasining ekologik talablar hisobga olingan holdagi tavsifi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060412" id="-2060412">foydalanilishi moʻljallanayotgan savdo markasi toʻgʻrisidagi maʼlumot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060413" id="-2060413">iqtisodiy samaradorlikning hisob-kitoblari, shuningdek loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060415" id="-2060415">moʻljallanayotgan investitsiyalarning hajmi va turi, moliyalashtirish manbalari va qarz mablagʻlari jalb etilgan taqdirda moʻljallanayotgan garov taʼminoti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060418" id="-2060418">ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi, dastlabki 4 ta belgilar darajasida boshlangʻich xomashyoga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi faoliyat tovar nomenklaturasi kodi boʻyicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining oʻzgarishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060420" id="-2060420">ishlab chiqarishda foydalanilishi moʻljallanayotgan texnologik asbob-uskunalarning xarakteri, ularning zamonaviy sifat standartlariga muvofiqligi, loyihada xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimining mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060422" id="-2060422">tashkil etiladigan ish oʻrinlarining soni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060425" id="-2060425">tashkil etiladigan korxonaning shtatdagi xodimlarini jalb etilgan xodimlar umumiy sonining kamida 95 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan toʻldirish, ularga tajriba orttirishdan va malaka oshirishdan oʻtish imkoniyatini berish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060426" id="-2060426">6. Direksiya taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning <a href="/uz/acts/-2060124#-2060392">4</a> va <a href="/uz/acts/-2060124#-2060401">5-bandlarida </a>nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060431" id="-2060431">Alohida hollarda tanlab olishda qatnashish uchun investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqishda loyiha boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot va (yoki) hujjatlar soʻrab olinishi mumkin. Bu holda taqdim etilgan hujjatlar qoʻshimcha ravishda soʻrab olingan va (yoki) hujjat taqdim etilgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni mobaynida Direksiya tomonidan koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060433" id="-2060433">7. Ushbu Nizomning <a href="/uz/acts/-2060124#-2060392">4-bandi </a>buzilgan holda taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalari koʻrib chiqilmasdan investorga qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060435" id="-2060435">8. Investor tomonidan taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalari va hujjatlar Direksiya tomonidan Maʼmuriy kengashning ishchi organiga beriladi, ularga biznes-rejaning ushbu Nizomning<a href="/uz/acts/-2060124#-2060401"> 5-bandi </a>talablariga muvofiqligi yuzasidan Direksiya direktori tomonidan imzolangan tegishli xulosa ilova qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2060437" id="-2060437">III. Investitsiya buyurtmanomalarini Maʼmuriy kengash tomonidan koʻrib chiqish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060439" id="-2060439">9. <strong>Ikkinchi bosqichda</strong> ishchi organ investitsiya buyurtmanomalarini Maʼmuriy kengashga koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060443" id="-2060443">10. “Angren” MIZ hududida amalga oshirish uchun investitsiya loyihasini tanlab olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda Maʼmuriy kengash quyidagilarni koʻrib chiqadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060445" id="-2060445">tabiiy xomashyo resurslarini qazib olish va dastlabki qayta ishlash boʻyicha korxonalarni qoʻshmagan holda, faoliyat sohasining “Angren” MIZning asosiy vazifalariga muvofiqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060447" id="-2060447">investorning zamonaviy ishlab chiqarishlar tashkil etish yoki yuqori texnologiyali uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlagan holda ishlayotgan ishlab chiqarishlarni chuqur modernizatsiyalash boʻyicha majburiyatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060449" id="-2060449">talab katta boʻlgan import oʻrnini bosadigan va eksportga moʻljallangan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha texnologik izchillikni bosqichma-bosqich shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060451" id="-2060451">muassislarning oʻz mablagʻlari va ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi kafolatisiz jalb etilgan kreditlar hisobiga investitsiyalarning amalga oshirilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060452" id="-2060452">imtiyozlarning amal qilish muddati mobaynida ularni qoʻllanishdan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonaga qayta investitsiyalash boʻyicha majburiyatlarning investor tomonidan qabul qilinishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060454" id="-2060454">investorning moliyaviy va texnologik quvvatga egaligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060455" id="-2060455">loyihaning umumiy iqtisodiy samaradorligi va uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi (ishlab chiqarish quvvatlarining maqbul joylashtirilishi, tashkil etiladigan ish oʻrinlari, tarmoqdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlarga taʼsiri, ishlayotgan quvvatlardan foydalanilishi, zarur xomashyo, materiallar va infratuzilmaning mavjudligi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060457" id="-2060457">tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorda sotish imkoniyati va istiqbollari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060458" id="-2060458">ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi, dastlabki 4 ta belgilar darajasida boshlangʻich xomashyoga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi faoliyat tovar nomenklaturasi kodi boʻyicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining oʻzgarishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060459" id="-2060459">texnologik uskunalarning zamonaviy sifat standartlariga muvofiqligi, loyihada xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimining mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060461" id="-2060461">tashkil etiladigan korxonaning shtatdagi xodimlarini jalb etilgan xodimlar umumiy sonining kamida 95 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan toʻldirish, ularga tajriba orttirishdan va malaka oshirishdan oʻtish imkoniyatini berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060462" id="-2060462">investitsiyalarning hajmi va turi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060463" id="-2060463">Maʼmuriy kengash qarori bilan belgilanadigan boshqa omillar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060464" id="-2060464">Investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqishda “Angren” MIZ hududida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda xomashyo va yarim tayyor fabrikatlarni izchil texnologik qayta ishlashda oʻzaro hamkorlik qiladigan korxonalar tashkil etish orqali talab katta boʻlgan, import oʻrnini bosadigan va eksportga moʻljallangan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishning toʻliq sikli taʼminlanishini nazarda tutadigan loyihalarga ustunlik beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060465" id="-2060465">11. Maʼmuriy kengash investitsiya buyurtmanomalarini 10 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060470" id="-2060470">“Angren” MIZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirishning mumkinligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060471" id="-2060471">aniq va asoslangan mulohazalar va kamchiliklarni koʻrsatgan holda, taqdim etilgan hujjatlarni puxtalashtirishning zarurligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060473" id="-2060473">“Angren” MIZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060474" id="-2060474">12. Agar investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish jarayonida Maʼmuriy kengash tomonidan investorning oʻzi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganligidan dalolat beruvchi faktlar aniqlansa, uning investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish toʻxtatiladi va investorga asoslangan xulosa yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060475" id="-2060475">Maʼmuriy kengash aʼzolari, ishchi organ va Direksiya investor tomonidan taqdim etilgan maʼlumotning maxfiyligini oshkor qilganligi uchun qonun hujjatlariga javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060477" id="-2060477">13. Ushbu Nizomning 11-bandi <a href="/uz/acts/-2060124#-2060471">uchinchi xatboshiga </a>muvofiq puxtalashtirilgan investitsiya buyurtmanomalari bevosita Maʼmuriy kengashga koʻrib chiqish uchun takroran kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060480" id="-2060480">14. Maʼmuriy kengashning investitsiya buyurtmanomasi boʻyicha ijobiy qarori Maʼmuriy kengash majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi hamda Direksiya va investor oʻrtasida “Angren” MIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda investitsiyalash toʻgʻrisida bitim deb ataladi) tuzish uchun asos hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060481" id="-2060481">15. Maʼmuriy kengash majlisi protokolining nusxasi protokol Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida ishchi organ tomonidan investorga yoki uning vakolatli shaxsiga yuboriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2060482" id="-2060482">IV. “Angren” MIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060483" id="-2060483">16. Investitsiya loyihalarini tanlab olish natijalari boʻyicha “Angren” MIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060485" id="-2060485"><strong>I bosqich</strong> — tadbirkorlik subyektlarini yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060486" id="-2060486"><strong>II bosqich</strong> — “Angren” MIZ qatnashchilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060488" id="-2060488">17. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim Direksiya va investor (investorlar) oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060489" id="-2060489">investitsiyalarning obyekti, hajmi va turi, “Angren” MIZ hududida amalga oshiriladigan faoliyat turlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060491" id="-2060491">investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatlari va shartlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060492" id="-2060492">investorning huquqlari va majburiyatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060494" id="-2060494">Direksiyaning huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan loyihani amalga oshirish jadvallari, investitsiya loyihasi amalga oshirilishi yuzasidan texnik nazorat toʻgʻrisidagi axborotni olish tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060495" id="-2060495">investor tomonidan uning majburiyatlari bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060496" id="-2060496">taraflarning investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga rioya etilmaganligi yuzasidan javobgarligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060498" id="-2060498">investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060499" id="-2060499">investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimni toʻxtatish tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060500" id="-2060500">investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimdan kelib chiqadigan bahslarni hal etish tartibi va koʻrib chiqish joyi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060501" id="-2060501">18. Investorning investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutiladigan huquqlari, burchi va majburiyatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060502" id="-2060502">moʻljallanayotgan investitsiyalarning hajmi va turi, moliyalashtirish manbalari va qarz mablagʻlari jalb etilgan taqdirda moʻljallanayotgan garov taʼminoti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060503" id="-2060503">moʻljallanayotgan ishlab chiqarish texnologiyasining ekologik talablar hisobga olingan holdagi tavsifi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060504" id="-2060504">foydalanilishi moʻljallanayotgan savdo markasi toʻgʻrisidagi maʼlumot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060505" id="-2060505">ishlab chiqarishda foydalanilishi moʻljallanayotgan texnologik uskunalarning xarakteri, ularning zamonaviy sifat standartlariga muvofiqligi. Loyihada xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimining mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060506" id="-2060506">ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning nomi, hajmlari va turi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060507" id="-2060507">tavsiya etilayotgan loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan infratuzilma va muhandislik inshootlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060508" id="-2060508">ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish uchun “Angren” MIZ hududidagi uchastkaning moʻljallanayotgan oʻlchamlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060509" id="-2060509">xomashyo bazasining mavjudligi hamda loyihaning amalga oshirilish davrida xomashyo va materiallar bilan taʼminlanishning kafolatlangan imkoniyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060510" id="-2060510">ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi va dastlabki 4 ta belgilar darajasida boshlangʻich xomashyoga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi faoliyat tovar nomenklaturasi kodi boʻyicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining oʻzgarishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060511" id="-2060511">tashkil etiladigan ish oʻrinlarining soni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060512" id="-2060512">tashkil etiladigan korxonaning shtatdagi xodimlarini jalb etilgan xodimlar umumiy sonining kamida 95 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan toʻldirish, ularga tajriba orttirishdan va malaka oshirishdan oʻtish imkoniyatini berish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060513" id="-2060513">19. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda investitsiya loyihasining xususiyatiga koʻra boshqa shartlar ham mavjud boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060514" id="-2060514">20. Investor tomonidan taqdim etilgan investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim loyihasi u olingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida Direksiya tomonidan koʻrib chiqiladi. Unga investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim loyihasini koʻrib chiqish uchun zarur boʻladigan boshqa hujjatlar, asoslashlar, materiallar ilova qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060515" id="-2060515">Zarurat boʻlganda, Direksiya investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning alohida qoidalari boʻyicha vakolatli davlat organlari xulosalarini soʻrab olishi mumkin. Bunda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim loyihasini koʻrib chiqishning umumiy muddati ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan muddatdan oshmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060516" id="-2060516">21. Zarurat boʻlganda, investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim qoidalarini kelishish maqsadida Direksiya va investor (investorlar) oʻrtasida muzokaralar oʻtkazilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060517" id="-2060517">22. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim “Angren” MIZning faoliyat koʻrsatish muddatidan oshmaydigan muddatga tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060518" id="-2060518">23. Investor va Direksiya oʻrtasidagi investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim ushbu Nizomning <a href="/uz/acts/-2060124#-2060533">29-bandiga </a>muvofiq investor tomonidan “Angren” MIZ qatnashchisi sifatida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyekti roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060519" id="-2060519">24. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060520" id="-2060520">investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim tuzilgan muddati tugaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060521" id="-2060521">shaxs “Angren” MIZ qatnashchisi maqomidan mahrum boʻlganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060522" id="-2060522">“Angren” MIZ muddatidan oldin tugatilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060523" id="-2060523">qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda toʻxtatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060524" id="-2060524">25. Agar investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, u imzolangan kundan boshlab 10 ish kunidan kechikmay investor roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi yuridik shaxs sifatida tashkil etgan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060525" id="-2060525">26. “Angren” MIZ hududida joylashtirish uchun investor tomonidan yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060526" id="-2060526">27. Tadbirkorlik subyektini yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash investorning soʻroviga koʻra, shartnoma asosida Direksiya tomonidan amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060528" id="-2060528">28. Tadbirkorlik subyektini yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish amalga oshirilgandan keyin investor tomonidan Direksiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060529" id="-2060529">“Angren” MIZ qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060530" id="-2060530">yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060531" id="-2060531">“Angren” MIZ qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun Maʼmuriy kengash tomonidan belgilanadigan miqdorda toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060532" id="-2060532">er uchastkasi ajratish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060533" id="-2060533">29. Direksiya ushbu Nizomning <a href="/uz/acts/-2060124#-2060528">28-bandida </a>koʻrsatilgan hujjatlar olingan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyektini “Angren” MIZ qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazadi va ushbu Nizomga <a href="/uz/acts/-2060124#-2060559">2-ilovaga </a>muvofiq shakl boʻyicha “Angren” MIZ qatnashchisi guvohnomasini beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060534" id="-2060534">30. Direksiya tadbirkorlik subyekti “Angren” MIZ qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bir kun mobaynida tadbirkorlik subyekti joylashgan joy boʻyicha davlat soliq va bojxona organlarini xabardor qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2060536" id="-2060536">V. “Angren” MIZ direksiyasining mahalliy hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060538" id="-2060538">31. Direksiya tadbirkorlik subyekti “Angren” MIZ qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bir kun mobaynida barcha zarur hujjatlarni yer uchastkasi ajratish uchun Toshkent viloyati hokimligiga beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060539" id="-2060539">32. “Angren” MIZ qatnashchilariga yer uchastkalari ajratish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060540" id="-2060540">33. Investorga “Angren” MIZ hududida yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatda Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Direksiyaga, keyinchalik investorga taqdim etish uchun yuboriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2060541" id="-2060541">VI. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060542" id="-2060542">34. Tadbirkorlik subyektini “Angren” MIZ qatnashchisi maqomidan mahrum qilishga ixtiyoriy yoki sud tartibida yoʻl qoʻyiladi va bu investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishi toʻxtatilishiga sabab boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060543" id="-2060543">Tadbirkorlik subyektini “Angren” MIZ qatnashchisi maqomidan ixtiyoriy tartibda mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror tadbirkorlik subyektining uni bunday maqomdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra yoxud u Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tugatilgan taqdirda Maʼmuriy kengash tomonidan qabul qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060545" id="-2060545">Tadbirkorlik subyektini “Angren” MIZ qatnashchisi maqomidan sud tartibida mahrum qilish “Angren” MIZ qatnashchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va (yoki) investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim buzilgan taqdirda Maʼmuriy kengash qarori asosida, Direksiya arizasiga koʻra amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060547" id="-2060547">Direksiya “Angren” MIZ qatnashchilari reyestriga tadbirkorlik subyektining qatnashchi maqomidan mahrum etilganligi toʻgʻrisidagi sud qarori kuchga kirgan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyektining “Angren” MIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni kiritadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2060548" id="-2060548">35. Direksiya “Angren” MIZ qatnashchilari reyestriga tegishli yozuv kiritilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida davlat soliq va bojxona xizmati organlarini tadbirkorlik subyektining “Angren” MIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan xabardor qiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2060551" id="-2060551"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2060553" id="-2060553">Investitsiya loyihalarini tanlab olish va “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi<a href="/uz/acts/-2060124#-2060382"> nizomga </a><br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2060554" id="-2060554">Investitsiya loyihalarini tanlab olish va “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2060555" id="-2060555">SXEMASI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2060556" id="-2060556"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-2060557" id="-2060557"><img src="/uz/files/2060581" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-2060558" id="-2060558"><img src="/uz/files/2060582" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2060559" id="-2060559"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2060562" id="-2060562">Investitsiya loyihalarini tanlab olish va “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/uz/acts/-2060124#-2060382">nizomga</a> <br />2-ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2060563" id="-2060563"></div></div><div class="TABLE_STD" id="theDefCssID"><div name="-2060564" id="-2060564" class="tabBox"><table id="theTableID" style="PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 459px; BORDER-TOP-STYLE: none; PADDING-TOP: 0px; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" cellspacing="1" cols="3" border="1">
<colgroup>
<col />
<col />
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">
<p align="center"><strong><font size="2">Oʻzbekiston Respublikasi gerbi<br />‎ <br />‎“Angren” maxsus industrial zonasi direksiyasi” <br />‎davlat unitar korxonasi <br /><br />‎‎GUVOHNOMA</font></strong> </p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">‎‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3"><font size="2">Tartib raqami: № __</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">
<p align="center"><font size="2"><strong>“ANGREN” MAXSUS INDUSTRIAL ZONASI <br />‎QATNAShChISI SIFATIDA</strong> </font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3"></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3"><font size="2">________________________________________________________ga berildi‎‎</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">
<p align="center"><font size="2">(guvohnoma berilgan tashkilotning nomi)</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">‎‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3"><font size="2">Berilgan sana: ____________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">‎‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3"><font size="2">Asos: ___________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">
<p align="center"><font size="2">(“Angren” MIZ Maʼmuriy kengashi qarori sanasi va raqami)</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">‎‎‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="3">‎‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">Direktor: ____________________</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">____________________‎</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="center"><font size="2">(F.I.O.)</font></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><font size="2">(imzo, sana)</font></p></td></tr></tbody></table></div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2061623" id="-2061623">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 40-son, 468-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
