O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Boshqaruv xodimlari soni 8 nafar va 3-ilovaga muvofiq tuzilmaga ega bo‘lgan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Angren” EIZ direksiyasi deb ataladi)” davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga “Angren” EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalar soni ko‘payishiga qarab “Angren” EIZ direksiyasi tuzilmasiga va xodimlari soniga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, “Angren” EIZ direksiyasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’sis etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” EIZ budjeti mablag‘lari hisobiga ta’minlanadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent viloyatining maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq “Angren” EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
investorlar bilan “Angren” EIZ hududida investitsiyalash to‘g‘risida bitimlar, davlat egaligidagi mol-mulkni nolga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida Ma’muriy kengashining qarorlariga muvofiq “Angren” EIZ qatnashchilarini bilan shartnomalar tuzadi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning investorlar tomonidan zarur tarzda bajarilishini nazorat qiladi, keyinchalik uning natijalarini Ma’muriy kengashiga taqdim etadi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012-2013-yillar davrida “Angren” EIZ direksiyasi ta’minoti uchun, keyingi yillarda uning o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tishi sharti bilan, asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
5. “Angren” MIZ Ma’muriy kengashi bir oy muddatda “Angren” MIZ direksiyasi ustavini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. “Angren” EIZ direksiyasi quyidagi manzil bo‘yicha Angren shahar hokimligi binosida joylashtirilsin: Toshkent viloyati, Angren shahri, Amir Temur ko‘chasi, 7-uy.
Toshkent viloyati hokimligi “Angren” EIZ direksiyasini ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha xizmat xonalari bilan bepul ta’minlasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-may,
146-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-dekabrdagi 418-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 12-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 146-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasining
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqaruv xodimlari soni — 8 nafar.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 22-son, 243-modda; 2013-y., 35-son, 469-modda; 2017-y., 1-son, 12-modda; 13-son, 207-modda; 15-son, 252-modda, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)