Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
DAVLAT YER KADASTRI TOʻGʻRISIDA
1-modda. Mazkur Qonunning maqsadi
Mazkur Qonunning maqsadi davlat yer kadastri yuritishning, iqtisodiyotni rivojlantirish, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning kafolatlarini taʼminlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr maʼlumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Davlat yer kadastri toʻgʻrisidagi qonunchilik
Davlat yer kadastri toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonundan, boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat yer kadastri toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Davlat yer kadastri
Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xoʻjalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining oʻrni va oʻlchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar oʻrtasidagi taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.
Davlat yer kadastri yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat bahosini, shuningdek yer kadastriga doir axborotlar bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilab turilishini oʻz ichiga oladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 15-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
4-modda. Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari
Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
mamlakatning butun hududini toʻla qamrab olish;
fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qoʻllash;
yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyotining birligi;
yer kadastriga doir axborotlarning toʻgʻri boʻlishi.
5-modda. Davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi amalga oshiradi.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr agentligi davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlari
Davlat yer kadastrini yuritish sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:
yer resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish;
moliyalash va investitsiyalash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilash va masalalarni hal etish;
yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi har yilgi milliy hisobotni tasdiqlash;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni va yer uchastkalariga oid bitimlarni davlat roʻyxatiga olish tartibini belgilash;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 4-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda )
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(6-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlari
(7-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish sohasida quyidagilar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlariga kiradi:
(7-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyxatiga olinishini tashkil etish;
(7-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
davlat yer kadastrini yuritish ishlarini mahalliy budjet hisobidan moliyalash;
davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish va nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(7-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 5-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Kadastr agentligining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlari
(8-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr agentligining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
(8-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi har yilgi milliy hisobotni tuzish;
viloyatlar, tumanlar hamda aholi punktlarining maʼmuriy chegaralarini belgilash (aniqlashtirish) ishlarini tashkil etish va oʻtkazish;
normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash;
mutaxassislarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(8-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisida nizomning 3-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
10-modda. Davlat yer kadastrini yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish aerokosmik suratga olishni, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika tadqiqotlarini va boshqa tadqiqotlarni hamda izlanishlarni oʻtkazish, yerlarni miqdor va sifat jihatidan hisobga olish hamda baholash, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish orqali taʼminlanadi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Davlat yer kadastrini yuritish quyidagi yoʻl bilan amalga oshiriladi:
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni va yer uchastkalariga doir bitimlarni davlat roʻyxatiga olish;
kadastrga oid suratga olish;
yer uchastkalarining egalaridan, ulardan foydalanuvchilardan, ijarachilardan va yer uchastkalarining mulkdorlaridan maʼlumotlar olish, ularning toʻgʻriligini tekshirish, yer kadastriga doir hujjatlarga joriy oʻzgartishlar kiritish.
Davlat yer kadastrini yuritishda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
tuproqshunoslik, agroximiya, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda tadqiqotlar;
yerlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish hamda baholash.
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
11-modda. Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobot
Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobot har yili tayyorlanadi hamda butun mamlakat va maʼmuriy-hududiy birliklar boʻyicha yerlarning miqdor va sifat holati hamda ularning bahosi, yerlarning toifalarga boʻlinishi, tarmoqlar, yer uchastkalarining egalari, yer uchastkasidan foydalanuvchilar, yer uchastkasi ijarachilari, mulkdorlari boʻyicha taqsimlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va yer kadastriga oid boshqa axborotni oʻz ichiga oladi.
Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga kiritiladigan maʼlumotlarni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 3-bobiga qarang.
12-modda. Yer kadastri hujjatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer kadastri hujjatlari yer uchastkalariga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, tuman (shahar) yer kadastri daftari, yerlarning miqdor, sifat holati va ularning bahosi toʻgʻrisidagi hisobotlar, kadastr xaritalari, planlari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlardan iboratdir.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish huquqlarini, yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini, shuningdek yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini, shu jumladan servitutlar toʻgʻrisidagi bitimlarni va boshqa cheklovlarni hamda bu huquqlarning bekor qilinishini davlat roʻyxatiga olish Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni kiritish orqali yer uchastkasi joylashgan yerda amalga oshiriladi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 10-moddasi.
Yer uchastkalariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi, ularni ijaraga olgan, shuningdek mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalariga boʻlgan oʻz huquqini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishi shart.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning yuzaga kelishi, oʻzgaga oʻtishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat roʻyxatiga olinishi lozim. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni roʻyxatga olganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olish yigʻimi undiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxsning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish ishlarini amalga oshiruvchi organga bergan arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatiga olish yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi zarur hujjatlar ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan eʼtiboran ikki kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(13-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning yuzaga kelishi va boshqa shaxsga oʻtishi davlat roʻyxatiga olinganligi haqida Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma beriladi, unda roʻyxatga olish sanasi va tartib raqami koʻrsatiladi.
(13-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Yer uchastkasiga boʻlgan, belgilangan tartibda yuzaga kelgan huquq ushbu huquq davlat roʻyxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi.
(13-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
14-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish vaqtida tuman (shahar) yer kadastri daftariga kiritiladigan maʼlumotlar
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish vaqtida tuman (shahar) yer kadastri daftariga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni olgan shaxs toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasi toʻgʻrisidagi (yerning toifasi, foydalanish maqsadi, yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi, yerning turi, uning sifati, chegaralari, maydoni, kadastr raqami va boshqa tavsiflari);
(14-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
yer uchastkasining berilish shartlari, uni saqlash vazifalari va servitutlar toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga berish haqidagi qarorlari toʻgʻrisidagi;
(14-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat roʻyxatiga olish sanasi va tartib raqami toʻgʻrisidagi.
(14-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer kadastri daftariga qonunchilikda belgilangan boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan maʼlumotlar yer roʻyxatiga doir axborotni tashkil etadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi 578-sonli “Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
15-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish asoslari
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni belgilovchi, oʻzgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar ana shu huquqlarni davlat roʻyxatiga olish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlari viloyat va Toshkent shahar hokimining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining yer uchastkasini doimiy foydalanishga berish toʻgʻrisidagi qarorlari, yer uchastkasi berilgan (ajratilgan) paytdagi qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini berish (ajratish) vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari asosida roʻyxatga olinadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Yerlarni ijaraga olish huquqi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi asosida roʻyxatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi bunday huquqqa oid davlat orderi, oldi-sotdi shartnomalari va yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi yuzaga kelishiga asos boʻladigan, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarga asosan roʻyxatga olinadi.
(15-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 14-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonaga, binoga, inshootga, koʻp yillik dov-daraxtga yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi, operativ boshqaruv huquqi boshqa shaxsga oʻtishi natijasida yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ana shu mulklarning oldi-sotdisi, almashtirilganligi, hadya etilganligi, vasiyat qilinganligi toʻgʻrisidagi tegishli shartnomalar va yer uchastkasiga oid tegishli hujjatlar asosida roʻyxatga olinadi.
(15-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Servitutlar toʻgʻrisidagi bitimlar hamda yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni ijaraga olish, mulk huquqlariga doir boshqa cheklashlar tegishli shartnomalar, sudning qarorlari asosida roʻyxatga olinadi.
16-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olishni rad etish uchun asoslar
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
davlat roʻyxatiga olish organida mazkur yer uchastkasining kimga tegishli ekanligi toʻgʻrisida nizo borligidan dalolat beruvchi hujjatlarning mavjudligi;
davlat roʻyxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni va yer uchastkalariga oid bitimlarni davlat roʻyxatiga olish rad etilganligi yoki roʻyxatga olish muddatlarining buzilganligi ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 27-moddasi.
17-modda. Yerlarning miqdori va sifatini hisobga olish
Yerlarning miqdori va sifatini hisobga olish ularning haqiqiy holati va ulardan foydalanilishiga qarab, yer uchastkalari va maydonlari, aholi punktlari, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va umuman Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Yer uchastkalari boʻyicha yer miqdorini hisobga olish yer uchastkalarining oʻlchami, ularning qimmati va talab qilinadigan oʻlchash aniqligiga qarab, geodezik va (yoki) kartometrik usullarda amalga oshiriladi.
Yer maydonlari boʻyicha yer miqdorini hisobga olish yer uchastkalari doirasida asosan kartometrik usulda amalga oshiriladi.
Yer sifatini hisobga olish tabiiy-qishloq xoʻjaligi boʻyicha rayonlashtirishni, tuproq va yerlarni tasniflashni, ularni agronomik, ekologik, texnologik va shaharsozlik belgilari boʻyicha tavsiflashni, tuproqni guruhlarga ajratishni oʻz ichiga oladi.
Yerlarning miqdorini va sifatini hisobga olish asosiy va joriy turlarga boʻlinadi.
Yerlarni hisobga olishning asosiy turi (inventarizatsiya) joyning oʻzida yer uchastkalarining va maydonlarining chegaralari, joylashgan oʻrni, holati va ulardan foydalanish xususiyatiga doir oʻzgarishlar talaygina toʻplanganligiga qarab, davriy ravishda oʻtkaziladi, bunda yerlarning plan-kartografik asosi tegishli masshtablarda yangilanishi, tuproq, geobotanik va boshqa xil tekshiruvlar oʻtkazilishi shart.
Yerlarning joriy hisobi kadastr hujjatlari va maʼlumotlarining toʻgʻri boʻlishini taʼminlash maqsadida yuritiladi, bunda yerlarning huquqiy holatida, miqdori va sifat holatida va ulardan foydalanish borasida yuz bergan oʻzgarishlar aniqlanadi hamda roʻyxatga olinadi. Zimmasiga davlat yer kadastri yuritish vazifasi yuklatilgan tegishli organlarga yer uchastkalarining egalari, ulardan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari sodir boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir oy muddatda axborot berishlari shart.
Yerlarning oʻlchami, joylashgan oʻrni, maydon turlari va sifat holatiga oid qayd etiladigan maʼlumotlar yerni hisobga olish axborotini tashkil etadi.
18-modda. Tuproq bonitirovkasi
Tuproq bonitirovkasi — qishloq xoʻjaligi ekinlari agrotexnikasi oʻrtacha darajada boʻlganidagi tuproq sifati hamda tabiiy unumdorlik quvvatiga beriladigan qiyosiy baho.
Tuproq bonitirovkasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning keyingi qiymat bahosini chiqarish, mulkiy paylarning miqdorini aniqlash, yer tuzishni amalga oshirish va yerlardan oqilona, samarali foydalanishni ragʻbatlantirish uchun asosdir.
Tuproq bonitirovkasi tegishli qishloq xoʻjaligi maydonlari uchun yuz balli shkala boʻyicha oʻtkaziladi. Yaxshi xossalarga ega boʻlgan, gʻoyat unumdor tuproq yuqori ball bilan baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tuproq bonitirovkasi qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil maʼlumot uchun “Tuproq bonitirovkasi ishlarini oʻtkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 2521, 07.11.2013-y.) qarang.
Tuproq bonitirovkasiga doir maʼlumotlar yer bahosiga oid axborotni tashkil etadi.
19-modda. Yerlarning qiymat bahosi
Oldingi tahrirga qarang.
Barcha toifadagi yerlarning qiymat bahosini chiqarish natura va qiymat koʻrsatkichlari tizimi yordamida amalga oshiriladi. Yerlarning qiymat bahosi qonunchilikda belgilangan tartibda chiqariladi.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2023-yil 25-oktabrdagi 01/11-14/29-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartining XI boʻlimi.
Oldingi tahrirga qarang.
Turli maqsadlarga moʻljallangan yerlardan foydalanish samaradorligi darajasini aniqlash, yer uchun toʻlanadigan haq va uning normativ bahosini hisoblab chiqarish, yerlarni kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilish paytida boshlangʻich bahosini aniqlash uchun yerlarning qiymat bahosi chiqariladi.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Yerlarning qiymat bahosiga doir maʼlumotlar yer bahosiga oid axborotni tashkil etadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 15-moddasi.
20-modda. Tuman (shahar) yer kadastri daftari
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman (shahar) yer kadastri daftari yerlarni davlat roʻyxatiga olish, hisobga olish va ularni baholash boʻyicha asosiy hujjat boʻlib, yer uchastkasining joylashgan oʻrni, qaysi maqsadda foydalanish moʻljallanganligini va ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini, unga egalik qilish, undan foydalanish, uni ijaraga olish huquqlarini va unga boʻlgan mulk huquqini aniqlash uchun zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi, yer uchastkasining miqdor va sifat holati hamda bahosi toʻgʻrisidagi axborot manbai hisoblanadi.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Yer kadastri daftarining tuzilishi, mazmuni va uni yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
21-modda. Kadastr uchun suratga olish
Kadastr uchun suratga olish yer uchastkalari va maydonlari chegaralarini belgilash hamda kartografiya qilish, ularni kadastr xaritalari va planlarida aks ettirish maqsadida amalga oshiriladi.
Kadastr uchun suratga olish aerofotogeodezik va yer ustida bajariladigan uslublarda, topografik-geodezik ishlarni bajarish, tuproq, geobotanik va boshqa xil maxsus tekshiruvlar uchun belgilangan texnikaviy talablarga muvofiq yer uchastkasining oʻlchamidan kelib chiqadigan masshtablarda amalga oshiriladi.
22-modda. Yer kadastri xaritalari va planlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer kadastri xaritalari va planlari qonunchilikda belgilangan tartibda mavzusi, hududlarni (respublika, viloyat, tuman, aholi punktlari, yer uchastkalari) qamrab olishi, masshtablari va boshqa belgilari boʻyicha tasniflanadi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Tuman yer kadastri xaritasi, aholi punkti va yer uchastkasining planlari grafik hujjatlar boʻlib, ular yer uchastkasining joylashgan oʻrnini, maydonlari, chegaralarini, yerlarni baholash zonalarini, suv manbalarini, yer uchastkasida joylashgan binolar va inshootlarni aks ettirish, shuningdek kadastrga doir tegishli tavsiflar olish maqsadida tuziladi hamda ularga tuzatishlar kiritiladi.
Yer kadastri xaritalari va planlari axborotlarni ifoda qilishning anʼanaviy vositalari (qogʻoz, plastik) yordamida ham, elektron vositalar (raqamli xaritalar) yordamida ham tuziladi.
23-modda. Yer kadastriga doir axborot
Oldingi tahrirga qarang.
Yer kadastriga doir axborotlar yerni roʻyxatga olish, yerni hisobga olish va yer bahosiga oid axborotlar majmuini tashkil etadi hamda davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi uchun moʻljallangan boʻladi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Yer kadastriga doir axborotni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Yerlardan foydalanish, ularni tiklash va muhofaza qilish, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) va ularni olib qoʻyish, yer uchun toʻlanadigan haq miqdorini belgilash, yer tuzish ishlarini bajarish, xoʻjalik faoliyatiga baho berish hamda yerdan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni amalga oshirish chogʻida davlat yer kadastri maʼlumotlaridan foydalanilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer kadastriga doir axborot davlat hokimiyati organlariga va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga tekinga taqdim etiladi, yuridik va jismoniy shaxslarga esa haq evaziga beriladi.
(23-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 15-moddasining uchinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer kadastriga doir axborotdan foydalanuvchilar bunday axborotni qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda yoki shartnoma asosida olishga haqlidirlar.
(23-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Yuridik va jismoniy shaxslar yer kadastriga doir axborot maʼlumotlari qayta koʻrib chiqilishini talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sirini saqlash maqsadida qonunchilikda yer kadastriga doir axborotlar olishni cheklaydigan yoki taqiqlaydigan hollar nazarda tutilishi mumkin.
(23-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
24-modda. Yer kadastriga doir axborot tizimi
Yer kadastriga doir axborot tizimi — yer resurslari toʻgʻrisidagi fazoviy-muvofiqlashtirilgan maʼlumotlarni toʻplash, ular ustida ishlash, ularni aks ettirish va tarqatishni amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan joʻgʻrofiy axborot tizimidir.
Yer kadastriga doir axborot tizimi yer resurslarini roʻyxatga olish, baholash, ularning istiqbolini belgilash va ulardan foydalanishni boshqarishning ilmiy hamda amaliy vazifalarini hal etish uchun moʻljallangan.
Yer kadastriga doir axborot tizimi: moʻljallanishi boʻyicha — koʻp maqsadli va maxsus; hududni qamrab olishi boʻyicha — lokal, mintaqa va respublika tizimiga boʻlinadi.
25-modda. Davlat yer kadastrini yuritishni moliyalash
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish borasidagi ishlar davlat budjetidan, shuningdek yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olganlik uchun undiriladigan mablagʻlar va qonunchilik bilan man etilmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalanadi.
(25-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda. Yer kadastri toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Davlat yer kadastri toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 68-moddasiga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-avgust,
666-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda, 9-10-son, 149-modda, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda, 51-son, 514-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)