|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.06.2013
|
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVIning
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 15-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1122-7]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2465, 03.06.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 12-yanvardagi 1/4 – sonli Qarori (roʻyxat raqami 1122, 2002-yil 15-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 7-son) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida”gi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-avgust,
27/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2010-yil 14-avgustdagi 27/4-son qaroriga
ILOVA (№60-7)
ILOVA (№60-7)
Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 41-bandning “g” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 49-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda soliq organlari inkasso topshiriqnomalarini bevosita toʻlovchining bankiga elektron shaklda qoʻyish huquqiga ega.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 325-modda)