Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.10.2020
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 8-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2014]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3253, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-9, 30.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 405-modda)
1. Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda 19/7-son bilan tasdiqlangan “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida nizom” (roʻyxat raqami 630, 1999-yil 11-fevral);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 2-aprelda 6/5-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga 1-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar” (roʻyxat raqami 630-1, 1999-yil 10-iyun);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 29-oktabrda 20/10-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar” (roʻyxat raqami 630-2, 1999-yil 22-dekabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2001-yil 24-fevraldagi 5/7-sonli “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 630-3, 2001-yil 19-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 6-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2001-yil 27-dekabrdagi 30/18-sonli “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 630-4, 2002-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 1-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 20-apreldagi 9/18-sonli “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 630-5, 2002-yil 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 9-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 29-martdagi 6/5-sonli “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 630-6, 2003-yil 15-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 7-8-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 21-avgustdagi 18/3-sonli “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 630-7, 2004-yil 16-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 37-son, 417-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 19-martdagi 5/2-sonli “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 630-8, 2005-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 17-18-son, 133-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 16-iyuldagi 15/3-sonli “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 630-9, 2005-yil 21-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 28-29-son, 220-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 17-noyabrdagi 31/3-sonli “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 630-10, 2007-yil 13-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 50-51-son, 526-modda).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-avgust,
23/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qaroriga
ILOVA
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarni roʻyxatga olish va ularga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya (bundan keyingi oʻrinlarda litsenziya deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-9, 30.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 405-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bank — tijorat tashkiloti boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan keyingi oʻrinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan berilgan litsenziya asosida bank faoliyati deb hisoblanadigan yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablagʻlardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish, toʻlovlarni amalga oshirish kabi faoliyatlar majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxs;
raqamli bank — innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda (kassa xizmatini koʻrsatmasdan) bank xizmatlarini masofaviy koʻrsatuvchi bank yoki uning tarkibiy boʻlinmasi. Raqamli banklar tomonidan bank xizmatlarini masofaviy koʻrsatish bankning ichki tartib qoidalariga asosan qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-3, 31.07.2018-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son)
bank aksiyadori — bank aksiyalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-3, 31.07.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son)
norezident bank — xorijiy davlat hududida roʻyxatga olingan bank;
xususiy bank — ustav kapitalida muassislar (aksiyadorlar) boʻlgan jismoniy shaxslarning ulushi kamida ellik foizni tashkil etishi lozim boʻlgan bank. Ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan yuridik shaxslar, davlat organlari, shuningdek siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va diniy tashkilotlar xususiy bank muassislari (aksiyadorlari) boʻlishi mumkin emas;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-3, 31.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son)
chet el bankining shoʻba banki — ustav kapitali toʻlaligicha norezident bank tomonidan shakllantiriladigan bank;
chet el kapitali ishtirokidagi bank — chet ellik investorlarning ishtiroki ustav kapitali umumiy summasining kamida oʻn besh foizini tashkil etadigan bank. Bunday bankning ustav kapitalini shakllantirishda rezident jismoniy va yuridik shaxslar hamda norezident jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek norezident banklar ishtirok etishlari mumkin.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-14, 14.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2018-y., 10/18/2014-14/1881-son)
2. Banklar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, qoida tariqasida, aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-9, 30.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 405-modda)
2016-yilning 1-iyulidan boshlab aksiyadorlik jamiyatlari tarzida tashkil etiladigan tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutiladigan holatlardan tashqari, faqat xorijiy investorning ustav kapitalidagi ishtiroki ulushi 15 foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina tashkil qilinishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-martdagi 8/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-11, 18.04.2016-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 163-modda)
3. Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagilar asosiy omil boʻlib hisoblanadi:
bankni tashkil etish boʻyicha biznes rejaning maqbulligi;
bank ustav kapitalining yetarliligi va qonun hujjatlariga muvofiq shakllantirilganligi;
daromadlilikning istiqbollari;
tashkil etilayotgan bank rahbarining malakasi va obroʻsi;
bankni tashkil etish uchun taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlariga muvofiqligi;
monopoliyaga qarshi choralarning mavjudligi.
II. Bank muassislari va aksiyadorlari
4. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari va aksiyadorlari boʻlishi mumkin.
Bankning boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi, chet el kapitali ishtirokidagi banklar va chet el bankining shoʻba banklarini tashkil etish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno.
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 53-moddasiga asosan, yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud oʻzaro kelishuv bilan bogʻlangan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir necha bitim natijasida bank aksiyalarining 5 foizidan ortigʻini olish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor qilinishini, 20 foizidan ortigʻini olish esa, oldindan uning roziligini olishni talab qiladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-9, 30.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 405-modda)
Markaziy bankning oldindan roziligini olish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-7, 20.05.2014-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 248-modda)
Markaziy bankning roziligi olingan ulush miqdorini oshirish uchun Markaziy bankdan takroran oldindan rozilik olinishi lozim.
Mazkur bandda koʻrsatib oʻtilgan yuridik va/yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankning ustav kapitalidagi aksiyalarning oʻttiz besh va undan ortiq foizini tasarruf etish boʻyicha bitimlar tuzish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 34-son, 456-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarini olishga doir bitimlarni koʻrib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 12-oktabrdagi 18/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-6, 31.10.2013-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 44-son, 583-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-14, 14.09.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2018-y., 10/18/2014-14/1881-son)
6. Agar shaxs yuridik shaxsning boshqaruviga yoki uning siyosatiga katta taʼsir oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlsa, ushbu shaxs bunday yuridik shaxsni nazorat qiluvchi hisoblanadi.
Shaxs quyidagi hollarda katta taʼsir oʻtkazuvchi hisoblanadi:
mazkur yuridik shaxsning yirik ishtirokchisi boʻlsa;
yuridik shaxsning aksiyadorlari, boshqaruv organlari yoki ishtirokchilari bilan rasmiy ravishda kelishuv tuzib yoxud boshqa har qanday tarzda uning faoliyatiga rahbarlik qilish va/yoki uni boshqarish imkoniyatiga ega boʻlsa.
7. Yuridik shaxsning yirik aksiyadori yoki ishtirokchisi deganda, mazkur yuridik shaxsning ustav kapitali yoki uning ovoz beruvchi aksiyalarining oʻn va undan ortiq foiziga toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita egalik qiluvchi bir yoki oʻzaro kelishuv bilan bogʻlangan bir necha shaxslar tushuniladi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri egalik qilish deganda, aksiyador (ishtirokchi) tomonidan yuridik shaxsning ustav kapitalidagi ulushiga yoki uning ovoz beruvchi aksiyalariga bevosita egalik qilish tushuniladi.
Bilvosita egalik qilish deganda, yuridik shaxsning ustav kapitalidagi ulushiga yoki uning ovoz beruvchi aksiyalariga shoʻba korxonalar va jamiyatlar orqali egalik qilish tushuniladi.
8. Agar ikki va undan ortiq shaxslar rasmiy kelishuv asosida harakat qilsa yoki bank aksiyalariga jamoa boʻlib toʻgʻridan toʻgʻri yoxud bilvosita egalik qilish maqsadida ongli ravishda birgalikdagi faoliyatni olib borish hollari mavjud boʻlsa, ular bank aksiyalariga egalik qilish maqsadida oʻzaro kelishuv bilan bogʻlangan shaxslar boʻlib hisoblanadi.
9. Agar shaxs va boshqa yuridik shaxs bank aksiyalariga toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita egalik qilsalar hamda mazkur shaxs ushbu yuridik shaxsning yirik ishtirokchisi yoki uning boshqaruv, kuzatuv kengashi aʼzosi yoxud vakili boʻlsa, mazkur shaxs yuridik shaxs bilan kelishuv asosida faoliyat yurituvchi boʻlib hisoblanadi.
10. Quyidagi ikki yoki undan ortiq shaxslar bir-biri bilan kelishuv asosida faoliyat yurituvchilar boʻlib hisoblanadi, agar ular:
ushbu barcha shaxslarning yirik ishtirokchisi, aʼzosi (sherigi) yoki yuridik vakili hisoblangan hech boʻlmaganda bitta shaxs bilan bogʻliq boʻlsalar;
bitta bankning aksiyalariga egalik qilsalar hamda ayni vaqtda ular bitta yuridik shaxsning (mazkur bankdan tashqari) boshqaruv, kuzatuv kengashi aʼzolari, yirik ishtirokchilari (sherigi) yoki yuridik vakillari boʻlsa yoxud ushbu shaxslar yaqin qarindosh boʻlishsa.
Shaxsning yaqin qarindoshlari boʻlib eri, xotini, ota-onasi, bolalari, tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari, bobolari, buvilari, nevaralari hisoblanadi.
11. Bank aksiyalarining yigirma foiziga jamoaviy egalik qiluvchi mazkur Nizomning 8 va 10-bandlarida keltirilgan shaxslar ular bir-birlari bilan kelishuv asosida faoliyat yuritmayotganligini isbotlovchi va shu sababli bank aksiyalariga egalik qilish uchun Markaziy bank ruxsati talab qilinmasligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni Markaziy bankka taqdim etishlari mumkin.
Mazkur isbotlovchi hujjatlar bu shaxslar tomonidan bunday miqdordagi aksiyalar jamoaviy tarzda sotib olingunga qadar taqdim etilishi lozim. Aksiyalarni bunday shaxslar tomonidan bir-biriga bogʻliq boʻlmay va bir-biridan xabari boʻlmagan holda sotib olinish hollari bundan mustasno.
12. Bank muassislari bank aksiyadorlari tarkibidan u roʻyxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.
13. Bank muassislari benuqson ishbilarmonlik va shaxsiy obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishlari lozim. Quyidagi shaxslar benuqson ishbilarmonlik va shaxsiy obroʻ-eʼtibor mezonlariga nomuvofiq deb hisoblanadilar:
bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli tang boʻlgan yuridik shaxs boshqaruvi va kuzatuv kengashi aʼzolari yoki yirik ishtirokchisi (ustav kapitalida 10 foiz va undan koʻp miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega boʻlgan shaxslar), shuningdek, sobiq rahbarlari, basharti yuridik shaxsning bankrotligi yoki moliyaviy ahvolining tangligi ularning harakatlari oqibatida yuzaga kelganligi faktlari maʼlum boʻlsa;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega boʻlgan shaxslar;
jamiyatning maʼnaviy tamoyillari va axloqiy normalariga, shuningdek, ish odobi qoidalariga hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlgan shaxslar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 19-fevraldagi 6/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-2, 14.03.2011-y) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 10-11-son, 112-modda)
14. Bank muassislari boʻlgan yuridik shaxslar moliyaviy jihatdan barqaror boʻlishlari lozim. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, yuridik shaxs moliyaviy jihatdan barqaror emas deb hisoblanadi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 19-fevraldagi 6/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-2, 14.03.2011-y) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 10-11-son, 112-modda)
balansning nolikvidligi;
toʻlovga qobiliyatsizlik yoki bankrotlik;
bu yuridik shaxs rasmiy ravishda bankrot deb eʼlon qilinishidan qatʼi nazar, uning passivlarining aktivlaridan oshib ketishi;
yuridik shaxsning majburiyatlari bank barqarorligiga nisbatan muayyan tavakkalchiliklarni yuzaga keltirsa;
yuridik shaxs taqdim etgan moliyaviy hujjatlar bu shaxs zarur hollarda bank ustav kapitalidagi ulushini oshira olmasligini koʻrsatsa;
yuridik shaxs tomonidan bank aksiyalarining sotib olinishi natijasida bankka yoki uning omonatchilariga moliyaviy xavf solinishi mumkinligini koʻrsatuvchi boshqa hollar maʼlum boʻlsa.
15. Quyidagi shaxslar bank muassislari boʻla olmaydilar:
mazkur Nizomning 13-bandi talablariga nomuvofiq deb hisoblangan shaxslar;
offshor hududlarda roʻyxatga olingan norezident yuridik shaxslar;
offshor hududlarda istiqomat qiladigan chet el fuqarolari;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, jamoat fondlari, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, budjetdan tashqari jamgʻarmalar, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa.
III. Bankning taʼsis etilishi
16. Muassislar aksiyadorlik jamiyati shaklidagi bankni tashkil etish uchun avval taʼsis shartnomasini imzolaydilar, soʻngra taʼsis yigʻilishini oʻtkazadilar.
17. Mazkur harakatlar muassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-8, 14.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 23-modda)
18. Bankni tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasida quyidagilar boʻlishi lozim:
bankni taʼsis etish borasida birgalikda faoliyat koʻrsatish tartibi;
bank ustav kapitali miqdori;
muassislar oʻrtasida joylashtirilishi lozim boʻlgan aksiyalar turlari, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati, ularni toʻlash miqdori va tartibi;
muassislarning bankni tashkil etishga doir huquq va burchlari.
Taʼsis shartnomasiga muassislarning kelishuviga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
IV. Bank ustavi
19. Bank ustavida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
bankning toʻliq va qisqartirilgan nomi hamda uning joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
bank operatsiyalarining roʻyxati, maqsadi va faoliyat muddati;
ustav kapitalining miqdori, muassislar roʻyxati, ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimlanishi;
ustav kapitalini koʻpaytirish yoki kamaytirish tartibi;
chiqarilayotgan aksiyalar turlari va soni, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati;
sof foydani taqsimlash hamda zararlarni qoplash tartibi;
(19-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-3, 31.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son)
zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;
bank aksiyadorlarining huquq va majburiyatlari;
bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank kengashi, taftish komissiyasi va ijroiya organi aʼzolarining soni, vakolatlari hamda vazifalari haqidagi maʼlumotlar;
yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
bank auditi, shu jumladan, buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari;
bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari.
Bank ustavida qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham koʻrsatilishi mumkin.
Bank aksiyadorning yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga koʻra uch ish kuni ichida bankning ustavi, shu jumladan ustavga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Bank aksiyadorning talabiga koʻra unga bank ustavining koʻchirma nusxasini berishi shart.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-8, 14.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 23-modda)
V. Bankning ustav kapitali
20. Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlarining pul mablagʻlari hisobidan tashkil topadi.
21. Kreditga va garovga olingan hamda boshqa jalb etilgan mablagʻlardan bank ustav kapitalini shakllantirishda hamda bank aksiyalarini sotib olishda foydalanish taqiqlanadi. Mazkur talabga zid holda ustav kapitaliga kiritilgan mablagʻlar egalariga qaytarilishi va shu vaqtning oʻzidayoq aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka topshirilishi lozim.
22. Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun budjet mablagʻlaridan foydalanilishi mumkin.
23. Tashkil etilayotgan bank kapitalining yetarlilik darajasini belgilashda quyidagilar asosiy omil hisoblanadi:
Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori boʻyicha talablarga muvofiqligi;
bank kapitali, shu jumladan ustav kapitali miqdorini doimiy koʻpaytirib borishning rejalashtirilganligi;
koʻzda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish istiqbollari;
muassislarning zarur hollarda qoʻshimcha kapital kirita olish qobiliyati.
24. Bank roʻyxatga olingunga qadar ustav kapitalini shakllantirish uchun muassislar tomonidan Markaziy bankda yoki rezident banklarning birida vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻi ochiladi.
Bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdori mazkur vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaraqda muassislar tomonidan bankni roʻyxatga olingunga qadar toʻliq shakllantirilgan boʻlishi kerak.
25. 2017-yil 1-oktabrdan boshlab tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd. soʻm miqdorida belgilanadi. Faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banklari 2019-yilning 1-yanvariga qadar oʻz ustav kapitalini ushbu miqdorga yetkazishlari lozim.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 9-sentabrdagi 23/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-12, 15.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1025-modda)
26. Bank roʻyxatga olingandan keyin uning ustav kapitali miqdorida egasi yozilgan aksiyalar chiqariladi va ular muassislar oʻrtasida joylashtiriladi.
VI. Bank nomiga qoʻyiladigan talablar
27. Bank nomida “Bank” atamasi yoki mazkur atama qoʻshib yasalgan soʻz birikmalari ishlatilishi hamda bankning tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilishi lozim. Bank nomi firma nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi zarur.
VII. Markaziy bank tomonidan bankning rahbar xodimlariga qoʻyiladigan talablar
28. Bankning rahbar xodimlariga quyidagilar kiradi:
bank kengashining raisi va aʼzolari;
boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari;
boshqaruv aʼzolari,
bosh bankning bosh buxgalteri;
bank filiallarining rahbarlari hamda ularning bosh buxgaltyerlari.
Ushbu bandda keltirilgan shaxslarga nisbatan (bank kengashi raisi va aʼzolaridan tashqari) Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga (roʻyxat raqami 2989, 2018-yil 30-mart) muvofiq malaka talablari belgilanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-3, 31.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-3, 31.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son)
VIII. Bank boshqaruv organlari va uning tashkiliy tuzilmasiga qoʻyiladigan talablar
30. Bankning boshqaruv organlari quyidagilar hisoblanadi:
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi;
bank kengashi (kuzatuv kengashi);
bank boshqaruvi.
31. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bankning oliy boshqaruv organidir. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vazifalari va vakolatlari qonun hujjatlari va bank ustavi asosida belgilanadi.
32. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolatiga kiruvchi masalalar bank kuzatuv kengashi yoki uning boshqaruviga topshirilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 28-sentabrdagi 24/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-17, 31.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 10/19/2014-17/3982-son)
33. Bank kengashining miqdoriy tarkibi bank ustavi yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra belgilanadi.
Ovoz beruvchi aksiyalarning egasi boʻlgan aksiyadorlar soni oʻttiz kishidan kam boʻlgan aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan banklarda kuzatuv kengashi vazifasi bank ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi zimmasiga yuklanishi mumkin.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-8, 14.01.2015-y) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 23-modda)
Aksiyadorlari soni 500 tagacha boʻlgan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning Kengashi tarkibi kamida besh aʼzodan, aksiyadorlari soni 501 tadan 1000 tagacha boʻlgan banklarda kamida yetti aʼzodan va aksiyadorlari soni 1000 tadan ortiq boʻlgan banklarda kamida toʻqqiz aʼzodan iborat boʻlishi lozim.
(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-8, 14.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-8, 14.01.2015-y) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 23-modda)
35. Bank boshqaruvi bankning ijro organi boʻlib, bankka operativ rahbarlikni amalga oshiradi hamda bank faoliyati uchun javobgar hisoblanadi. Boshqaruvga rais rahbarlik qiladi.
36. Boshqaruv qonun hujjatlariga muvofiq bank kengashi vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qilish huquqiga ega emas. Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga hisobot beradi.
37. Bankning tashkiliy tuzilmasi biznes-rejada koʻrsatilgan faoliyat turlarini oʻzida aks ettirishi kerak. Tashkil etishning nazarda tutilayotgan koʻlami amalga oshirilishi rejalashtirilgan operatsiyalar hajmiga mos boʻlishi kerak.
38. Ishga jalb etilayotgan xodimlarning malakasi bank tomonidan bajarilishi koʻzda tutilayotgan faoliyatining belgilangan turlariga mos boʻlishi hamda ular soni bank faoliyatini amalga oshirishni taʼminlash uchun yetarli boʻlishi kerak.
39. Bank qonun hujjatlariga muvofiq bankda ichki nazorat holatini, jumladan, moliya-xoʻjalik faoliyati samaradorligini, hisobning ishonchliligi va aniqligini, hisobotlarning toʻliq va obyektivligini, bank qonunchiligi hujjatlari va boshqa ichki hujjatlarga, bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari va tartiblariga rioya qilinishini tekshirish (audit) va monitoringini amalga oshiruvchi, shuningdek, bank operatsiyalarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish boʻyicha bank kengashiga maslahatlar beruvchi mustaqil tarkibiy tuzilma — ichki audit xizmatini tashkil etishi shart.
IX. Bank va ular filiallari binolarining muhofazasini taʼminlash hamda muhandis-texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlanishiga, axborot almashinuvi va muhofazasiga oid dasturiy mahsulotlarga qoʻyilgan talablar
40. Bank binosi xavfsizligi, bank va raqamli banklarning axborot muhofazasiga oid dasturiy texnik vositalar bilan jihozlanishi “Oʻzbekiston Respublikasining avtomatlashtirilgan bank tizimlaridagi antivirus himoyasi toʻgʻrisida” (roʻyxat raqami 910, 2000-yil 10-mart), “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida” (roʻyxat raqami 1552, 2006-yil 13-mart, “Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimida elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 1553, 2006-yil 13-mart) nizomlar hamda “Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 1047, 2001-yil 9-iyul) va “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida” (roʻyxat raqami 1685, 2007-yil 2-iyun) yoʻriqnomalarda koʻrsatilgan talablar asosida amalga oshirilishi lozim.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-3, 31.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son)
41. Banklar va ularning filiallari binolarining muhofazasi taʼminlanganligi hamda muhandis-texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlanganligi, dasturiy mahsulotlarning tayyorligi yuzasidan xulosa berish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Binoning Markaziy bank talablariga muvofiqligi, asbob-uskunalar, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-8, 14.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 23-modda)
42. Bank va ularning filiallarini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati tomonidan qoʻriqlashni tashkil etish hamda ularni muhandis-texnik qoʻriqlash va yongʻindan xabar berish signalizatsiya vositalari bilan jihozlash qonun hujjatlarida qayd etilgan talablarga asosan amalga oshiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-16, 30.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 10/19/2014-16/3490-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-7, 20.05.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 248-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-7, 20.05.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 248-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-7, 20.05.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 248-modda)
X. Banklarni litsenziyalash tartibi
46. Banklarni litsenziyalash jarayoni ikki bosqichdan:
bank taʼsis etish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatini berish;
bankni roʻyxatga olish bilan bir vaqtda litsenziya berishdan iborat.
47. Muassislar oʻz oralaridan Markaziy bankda, uning hududiy Bosh boshqarmalarida va boshqa organlarda bankni tashkil etish yuzasidan ularning manfaatlarini ifoda etishga vakil qilingan shaxsni belgilaydilar. Uning vakolatlari taʼsis shartnomasi bilan tasdiqlanadi.
48. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari bank muassislarini bank tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan zarur qonun hujjatlari bilan taʼminlaydilar.
XI. Bank tashkil etishga dastlabki ruxsatni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
49. Muassislar tomonidan taʼsis shartnomasi imzolanganidan soʻng bir oy mobaynida Markaziy bankka bankni ochish uchun dastlabki ruxsatni berish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etadilar. Bankni ochish uchun dastlabki ruxsatni berish toʻgʻrisidagi arizada muassislarning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Bankni ochish uchun dastlabki ruxsatni berish toʻgʻrisidagi arizada muassislarning elektron manzili koʻrsatilganligi uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga boʻlgan roziligidir. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(49-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-martdagi 8/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-11, 18.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 163-modda)
1) muassislar tomonidan imzolangan taʼsis shartnomasi (uch nusxada, ularning bittasi asl nusxa). Jismoniy shaxslarning imzolari va taʼsis shartnomalarining nusxalari notarial idora tomonidan tasdiqlanadi (yagona muassislar bundan mustasno);
(49-bandning 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 23-fevraldagi 4/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-15, 12.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 10/19/2014-15/2763-son)
2) muassislar tomonidan tasdiqlangan va bank kengashi raisi tomonidan imzolangan bank ustavi (uchta asl nusxada);
3) taʼsis yigʻilishining uch nusxada tayyorlangan bayonnomasi. Bu hujjatda bankni tashkil etish, ustav kapitali miqdori, bank ustavi va biznes-rejani tasdiqlash, bank kengashi, boshqaruvi va taftish komissiyasini saylash toʻgʻrisidagi qarorlar boʻlishi lozim. Bayonnoma nusxalari bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi;
4) muassislar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar:
a) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan bankning barcha muassislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
b) muassis-jismoniy shaxslar boʻyicha:
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining bir yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari haqidagi maʼlumotlar;
tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan jismoniy shaxslar uchun qoʻshimcha ravishda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq maʼlumotlar;
tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining oʻn yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan jismoniy shaxslar uchun qoʻshimcha ravishda mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq oxirgi ikki yil uchun soliq deklaratsiyalari (xususiy banklar ustav kapitalida ishtirok etayotgan rezident jismoniy shaxslar bundan mustasno);
(49-bandning “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 12-oktabrdagi 18/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-6, 31.10.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 44-son, 583-modda)
v) muassis-yuridik shaxslar boʻyicha:
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi va toʻlov rekvizitlari;
tashkil etilayotgan bankning ustav kapitaliga kiritilgan badallar summasi (jumladan, ustav kapitali umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida);
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsning soʻnggi uch yil uchun, shu jumladan soliq organlariga taqdim etilgan, auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan balans hisobotlari;
(49-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-martdagi 8/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-11, 18.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 163-modda)
tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan muassislar uchun qoʻshimcha ravishda mazkur yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etayotgan har bir ishtirokchining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi va toʻlov rekvizitlari, shuningdek, ularning ulushi (foiz koʻrinishida);
agar yuridik shaxs ustav kapitalida yirik ishtirokchi-jismoniy shaxs boʻlsa, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq u toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq bankni tashkil etayotgan muassis-yuridik shaxs kengashi va boshqaruvi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
g) oʻzaro bogʻlangan shaxslar haqida maʼlumotlar:
muassis-jismoniy (yuridik) shaxs yoki muassis-jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari, yuridik shaxslar ustav kapitalidagi ishtiroki munosabati bilan yoki boshqa usullar bilan ularning faoliyatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisida hamda muassis-yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi (agar mavjud boʻlsa) toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar:
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi va toʻlov rekvizitlari;
muassislar roʻyxati va mazkur yuridik shaxs ustav kapitaliga kiritilgan badallar summasi (jumladan, ustav kapitali umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida);
moliyaviy holat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (moliyaviy hisobot, jumladan chiqarilgan obligatsiyalar, olingan kreditlar va berilgan bank kafolatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);
yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
5) tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan muassislar qoʻshimcha ravishda ariza taqdim qilingunga qadar oxirgi besh yil mobaynida sud yoki davlat organlari tomonidan ularga nisbatan qoʻllanilgan barcha jazo choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Markaziy bank zarur hollarda mazkur kichik banda keltirilgan maʼlumotlarni tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh foizidan kam boʻlgan ulushiga egalik qiladigan muassislardan ham talab qilishga haqli;
6) tashkil etilayotgan bank kengashi raisi va uning oʻrinbosarlari koʻrsatilgan holda bank kengashi aʼzolarining hamda boshqaruv raisi va boshqa rahbar xodimlar roʻyxati, jumladan, ularning avvalgi mehnat faoliyatlari, maʼlumot darajalari hamda ularga nisbatan qoʻllangan jazo choralari toʻgʻrisidagi, shuningdek ularning Markaziy bank tomonidan rahbar xodimlarga qoʻyilgan talablarga mosligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
7) bankning tashkiliy tuzilmasi;
8) bank ichki auditi xizmati toʻgʻrisida nizom;
9) bankning ichki kredit siyosati toʻgʻrisida nizom;
10) bank biznes-rejasi. Unda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq bank faoliyati strategiyasi, yoʻnalishlari, koʻlami, moliyaviy istiqbollari va boshqa zaruriy maʼlumotlar ochib berilishi kerak;
11) vakilning muassislar nomidan ariza berish vakolatiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
(49-bandning 11-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 23-fevraldagi 4/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-15, 12.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 10/19/2014-15/2763-son)
12) bankning investitsiya siyosati toʻgʻrisida nizom. Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan bankning investitsiya siyosati toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
investitsiya strategiyasi va maqsadlari;
bank mablagʻlarini investitsiyalash rejalashtirilayotgan qimmatli qogʻozlar turlari va shakllari, investitsiyalarni amalga oshirish muddatlari;
qimmatli qogʻozlar emitentlari va ularning faoliyat sohalari boʻyicha aksiyalarni jamlashni chegaralash;
qimmatli qogʻozlarga qoʻyilmalarning xavfsizligini va ularning sifatini baholash;
qimmatli qogʻozlar emitentlarining moliyaviy ahvolini va boshqarish tajribasini baholash;
investitsiyalar diversifikatsiyasini amalga oshirish;
13) bankning emissiya siyosati toʻgʻrisida nizom. Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan bankning emissiya siyosati toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
emissiya faoliyati strategiyasi va maqsadlari;
bank chiqarishni rejalashtirayotgan qimmatli qogʻozlar turlari va shakllari, emissiya muddatlari;
qimmatli qogʻozlar likvidliligini va muomalada boʻlishligini saqlab turish;
qarz majburiyatlarining oʻz vaqtida qoplanishini taʼminlash;
14) arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanishi lozim boʻlgan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Taʼsis yigʻilishi bayonida mazkur bandning 7 — 9, 12 va 13-kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni tasdiqlash, shuningdek, kengash raisini saylash toʻgʻrisidagi qarorlar boʻlishi lozim.
50. Rezyume, shaxsiy balans qaydnomasi va bank biznes-rejasida keltirilgan barcha savollarga toʻliq javob berilishi kerak. Mazkur Nizomning 49-bandida keltirilgan barcha hujjatlar uch nusxada taqdim etiladi.
51. Arizaga ilova qilingan hujjatlardagi barcha maʼlumotlarning haqqoniyligi tekshiriladi.
Bankni roʻyxatga olish va litsenziya olishga dastlabki ruxsatni berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
hujjatlarning tegishli tartibda rasmiylashtirilmay taqdim etilishi;
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi.
XII. Chet el kapitali ishtirokidagi bank va chet el bankining shoʻba bankini tashkil etishga qoʻshimcha talablar
52. Faqat moliyaviy ahvoli mustahkam va obroʻga ega boʻlgan norezident banklarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz shoʻba banklarini ochishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, qisqa muddatli majburiyatlari Fitch Ratings, Moodyʼs yoki Standart and Poorʼs tasniflari boʻyicha A1 (yoki A+)dan past boʻlmagan reytingga ega boʻlgan norezident banklar ustunlikka egadirlar.
(52-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-8, 14.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 23-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz shoʻba bankini ochish yoki bank ustav kapitalida ishtirok etish istagini bildirgan norezident bankning ustav kapitali 500 mln. yevro ekvivalentiga teng summadan kam boʻlmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida mazkur bandda nazarda tutilganidan farqli talab oʻrnatilishi mumkin.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 28-sentabrdagi 24/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-17, 31.10.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 10/19/2014-17/3982-son)
53. Norezident jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan, shuningdek, ellik foizdan ortiq aksiyalari (ishtirokchilar badallari) norezident jismoniy va/yoki yuridik shaxslarning egaligida, foydalanuvida yoki tasarrufida boʻlgan rezident yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilgan bankning aksiyalari umumiy miqdorining besh foizi yoki undan ortigʻini sotib olish, ularga egalik huquqini berish va shu kabi boshqa munosabatlar boʻyicha kelishuvlar faqat Markaziy bankning oldindan ruxsati olinganidan soʻng amalga oshiriladi.
(53-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 28-sentabrdagi 24/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-17, 31.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 10/19/2014-17/3982-son)
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilgan bankning aksiyalari umumiy miqdorining besh foizidan kam boʻlgan miqdorda aksiyalarini sotib olish, ularga egalik huquqini berish va shu kabi boshqa munosabatlar boʻyicha kelishuvlar amalga oshirilganligi toʻgʻrisida Markaziy bankka Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shaklda kelishuv amalga oshirilgan kundan keyin bir kun ichida yozma ravishda xabarnoma yuboradi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 28-sentabrdagi 24/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-17, 31.10.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 10/19/2014-17/3982-son)
54. Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezident banklarning filiallarini tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
55. Chet el kapitali ishtirokidagi banklar va chet el bankining shoʻba banklarida — bosh buxgalter, boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimlariga, boshqaruv raisi oʻrinbosarlari bir kishidan koʻp boʻlgan banklarda esa — birinchi oʻrinbosar lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tayinlanadi.
56. Chet el kapitali ishtirokidagi banklarda bank kengashi aʼzolarining hech boʻlmaganda bittasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi lozim, chet el bankining shoʻba banklari bundan mustasno.
57. Bankni tashkil etishda norezident bank ishtirok etgan hollarda Markaziy bank qoʻshimcha ravishda quyidagi omillarni koʻrib chiqadi:
norezident bank mamlakatidagi nazorat darajasi va sifati;
norezident bankning Fitch Ratings, Moodyʼs yoki Standart and Poorʼs tasniflari boʻyicha kredit reytingi;
(57-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-8, 14.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 23-modda)
norezident bank mamlakatida omonatlarni muhofaza qilish tizimi;
norezident bank mamlakatidagi iqtisodiy va siyosiy ahvol.
(57-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-8, 14.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 23-modda)
Markaziy bank mazkur bandda qayd etilgan omillarni belgilash maqsadida quyidagilar bilan munosabatlarni oʻrnatadi:
norezident bank mamlakatida bank nazoratini amalga oshiruvchi organ bilan;
norezident bank mamlakatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan;
norezident bank mamlakatidagi fiskal organlar bilan.
58. Bankni tashkil etishda norezident bank ishtirok etsa, muassislar mazkur Nizomning 49-bandida keltirilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
a) norezident bankning tegishli organi tomonidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank tashkil etishda qatnashish toʻgʻrisida qaror;
b) muassis-norezident bankning ustavi;
v) muassis-norezident bank joylashgan mamlakatdagi bank nazorati organining muassis-norezident bankning bank faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega ekanligi, jumladan, oʻz mamlakatida qaytarib berish sharti bilan pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga ega ekanligi haqidagi yozma tasdiqnomasi;
g) bank nazorati organining muassis-norezident bank joylashgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda nazoratda ekanligini tasdiqlovchi yozma tasdiqnomasi;
d) auditorlik firmasi tomonidan tasdiqlangan muassis-norezident bankning oxirgi uch yillik moliyaviy hisoboti;
e) bank nazorati organining muassis-norezident bank Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan bank ustav kapitalida qatnashishi uchun bergan yozma ruxsatnomasi yoki muassis-norezident bank mamlakati qonunlariga koʻra bunday ruxsatnoma talab etilmasligi toʻgʻrisidagi yozma tasdiqnomasi;
j) muassis-norezident bank aksiyadorlari (ishtirokchilari) haqidagi quyidagi maʼlumotlar:
familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun), firma nomi (yuridik shaxslar uchun);
tugʻilgan sanasi va joyi (jismoniy shaxslar uchun), davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va joyi (yuridik shaxslar uchun);
norezident bank aksiyadorlarining mazkur bank ustav kapitalidagi ulushi.
Oldingi tahrirga qarang.
(58-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-8, 14.01.2015-y) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 23-modda)
59. Bankni tashkil etishda bank boʻlmagan norezident yuridik shaxslar qatnashsa, mazkur Nizomning 49-bandida keltirilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) muassis vakolatli organining uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bank ustav kapitalida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
b) auditorlik firmasi tomonidan tasdiqlangan muassisning oxirgi uch yillik moliyaviy hisoboti;
v) agar muassisning mamlakati qonunlari talab qilsa, muassis joylashgan mamlakat nazorat organining uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bank ustav kapitalida ishtirok etishiga roziligini tasdiqlovchi hujjati;
g) muassisning toʻlovga layoqatliligini (ustav kapitalidagi oʻz ulushini toʻlashga layoqatliligini) va ustav kapitaliga yoʻnaltiradigan mablagʻlarining kelib chiqish manbalarini, shu jumladan ularning kredit va boshqa jalb qilingan mablagʻlardan shakllantirilmaganligini tasdiqlovchi birinchi darajali chet el banki tomonidan berilgan tasdiqnoma, shuningdek uning mablagʻlarining qonuniyligi toʻgʻrisidagi xorijiy davlat vakolatli organining maʼlumotnomasi ilova qilinadi (xorijiy moliyaviy tashkilotlar bundan mustasno);
(59-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-martdagi 8/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-11, 18.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 163-modda)
d) muassisning taʼsischilari toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar:
taʼsischi-yuridik shaxslar uchun — firma nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va joyi, muassisning ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi;
taʼsischi-jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi (toʻliq manzili), ishbilarmonlik yoki professional faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, muassisning ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi.
60. Mazkur Nizomning 58 va 59-bandlarida qayd etilgan barcha hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi yoki muassis-norezident bank roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatdagi vakolat berilgan boshqa konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.
61. Bankni tashkil etishda norezident jismoniy shaxs qatnashsa, mazkur Nizomning 49-bandida keltirilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda uning toʻlovga layoqatliligini (ustav kapitalidagi oʻz ulushini toʻlashga layoqatliligini) va ustav kapitaliga yoʻnaltiradigan mablagʻlarining kelib chiqish manbalarini, shu jumladan ularning kredit va boshqa jalb qilingan mablagʻlardan shakllantirilmaganligini tasdiqlovchi birinchi darajali chet el banki tomonidan berilgan tasdiqnoma, shuningdek uning mablagʻlarining qonuniyligi toʻgʻrisidagi xorijiy davlat vakolatli organining maʼlumotnomasi ilova qilinadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-martdagi 8/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-11, 18.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 163-modda)
62. Birinchi darajali chet el banki boʻlib qisqa muddatli majburiyatlari Fitch Ratings, Moodyʼs yoki Standart and Poorʼs tasniflari boʻyicha A1 (yoki A+)dan past boʻlmagan reytingga ega boʻlgan bank hisoblanadi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-8, 14.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 23-modda)
63. Norezidentlarning arizasini koʻrib chiqish va ularning moliyaviy ahvolini baholashda, Markaziy bank norezidentlar mamlakatining nazorat organi maʼlumoti va fikr-mulohazalariga tayanadi.
Zarurat boʻlganda, Markaziy bank oʻz mezonlari va fikr-mulohazalarini qoʻllash huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 9-sentabrdagi 23/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-12, 15.09.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1025-modda)
65. Norezidentlar tomonidan bankni tashkil etishga berilgan arizalarni rad etish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
mahalliy iqtisodiyotga yoki raqobat muhitiga yomon taʼsir oʻtkazish xavfining mavjudligi;
biznes-rejaning asoslanmaganligi va moliyaviy institutning muvaffaqiyatli ish olib borishiga yordamlashmasligi;
ularning mamlakatida bank nazoratining yetarli darajada emasligi (norezident bank ishtirok etsa);
norezident mamlakatining nazorat qiluvchi organlari tomonidan rad etish tavsiya qilinsa;
norezidentning ustav kapitalida jinoiy faoliyatdan olingan mablagʻlarning mavjud boʻlishi yoxud ularning aksiyadorlari tarkibida offshor hududlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslarning mavjud boʻlishi;
norezidentning moliyaviy holati qoniqarsiz boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
(65-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 9-sentabrdagi 23/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-12, 15.09.2017-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1025-modda)
bank kengashi (chet el bankining shoʻba banki bundan mustasno) va boshqaruvi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining boʻlmasligi;
bankning xavfsiz va barqaror faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi boshqa holatlar.
XIII. Bankni tashkil etish uchun dastlabki ruxsatni berish
66. Markaziy bank bir oy muddat ichida muassislar taqdim etgan hujjatlar toʻplamini mazkur Nizom talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-3, 31.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son)
Notarius tasdigʻidan oʻtkazilishi talab qilinmaydigan va hajmi bir varaqdan koʻp boʻlgan hujjatlar alohida yigʻmajild shaklida tikilgan boʻlishi lozim.
67. Taqdim etilgan hujjatlar toʻplami toʻliq jamlansa va mazkur Nizom talablariga muvofiq kelsa, Bank nazorati qoʻmitasiga bankni ochish uchun dastlabki ruxsatni berish toʻgʻrisidagi masala kiritiladi, aks holda hujjatlar toʻplami qaytarish sababi va qancha muddat ichida hujjatlarni takroran taqdim etish mumkinligi koʻrsatilgan dastlabki ruxsatni berishni rad etish haqidagi xabarnoma yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda qaytariladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-3, 31.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son)
68. Hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etish muddati oʻn besh ish kunidan oshmasligi lozim. Ushbu muddatdan kechikib taqdim etilgan hujjatlar yangidan taqdim etilgan hisoblanadi. Muassislar tomonidan takroran taqdim etilgan hujjatlarni qayta ishlash uchun ketgan vaqt hujjatlarni koʻrib chiqish uchun belgilangan muddatga kirmaydi.
Takroran topshirishda qayta ishlangan hujjatlar ushbu Nizomning talablariga muvofiq yangidan tegishli tartibda rasmiylashtirilishi va tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Bankni tashkil etish uchun dastlabki ruxsatni olish maqsadida takroran taqdim etilgan arizani qayta koʻrib chiqishda dastlabki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha bankni tashkil etish uchun dastlabki ruxsat berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 18-avgustdagi 24/11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami. 2014-4, 19.09.2012-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 439-modda)
69. Dastlabki ruxsatni berish toʻgʻrisidagi qaror barcha zarur hujjatlar ilova qilingan ariza taqdim etilgan kundan boshlab uch oydan kechikmagan muddatda qabul qilinadi.
Dastlabki ruxsatni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi).
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-martdagi 8/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-11, 18.04.2016-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 163-modda)
70. Markaziy bankning dastlabki ruxsati muassislar moliyaviy imkoniyatlari va obroʻsi, biznes-reja, kapital tarkibi, moliya rejasi hamda tegishli bank binolari va jihozlari bilan taʼminlash imkoniyatlarini baholash asosida beriladi.
Dastlabki ruxsat olinganidan keyin muassislar bankni roʻyxatga olish va litsenziya olish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-texnik va boshqa tadbirlarni amalga oshiradilar. Bank boshqaruvi raisi va bosh buxgalteri nomzodlari tanlanib, Markaziy bankning roziligini olish uchun taqdim etiladi. Dastlabki ruxsatning olinishi litsenziya berilishini kafolatlamaydi.
71. Markaziy bank tomonidan berilgan dastlabki ruxsat u olingan kundan boshlab olti oydan oshmaydigan muddat davomida oʻz yuridik kuchini saqlab qoladi.
72. Quyidagi hollarda dastlabki ruxsat amal qilish muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin:
muassislar yoki bankning rahbar xodimlari tarkibida Markaziy bank talablariga javob bermaydigan oʻzgarishlarning yuz berishi yoki yangi ishtirokchilar va bankning rahbar xodimlariga beriladigan rezyume, shaxsiy balans qaydnomasi, biznes-rejaning va yirik muassislar yoki rahbarlarga taalluqli boʻlgan holatlarning oʻzgartirilgan qismining taqdim etilmasligi;
bank mulkiy-huquqiy shaklining oʻzgarganligi, biznes-rejadagi va kapitaldagi muayyan tarkibiy oʻzgarishlarning sodir boʻlishi;
muassislar yoki ular bilan bogʻliq shaxslar moliyaviy ahvolining yomonlashishi;
bankni boshqarish xavfsiz va barqaror boʻlmasligini koʻrsatuvchi holatlarning maʼlum boʻlishi;
qonun hujjatlarini buzganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligining aniqlanishi.
XIV. Bankni roʻyxatga olish hamda litsenziya berish tartibi
73. Banklar Markaziy bankda Tijorat banklarini roʻyxatga olish kitobida roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladilar. Roʻyxatga olish bilan bir vaqtda ularga litsenziya beriladi.
Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar Markaziy bankning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-noyabrdagi 34/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-3, 14.12.2011y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 534-modda)
74. Bankni roʻyxatga olish va litsenziya olish uchun muassislar dastlabki ruxsat olingan kundan boshlab uzogʻi bilan olti oy muddatda quyidagi talablarni bajarishlari shart:
a) muassislarning vakolatli shaxsi imzolagan bankni roʻyxatga olish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etish. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizada litsenziya daʼvogarining elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizada litsenziya daʼvogarining elektron manzili koʻrsatilganligi uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga boʻlgan roziligidir.
(74-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-martdagi 8/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-11, 18.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 163-modda)
b) bankni roʻyxatga olish va litsenziya olish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha zaruriy talablarni bajarish;
v) bank binolari muhofazasini taʼminlash hamda muhandis-texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlash, dasturiy mahsulotlarni tayyorlash;
(74-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-7, 20.05.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 248-modda)
g) Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talabdan kam boʻlmagan miqdorda bank ustav kapitalini shakllantirish hamda ustav kapitaliga yoʻnaltirilgan toʻlovni tasdiqlovchi hujjatlarni va muassislar roʻyxatini taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(74-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-3, 31.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son)
e) mazkur Nizomning 49-bandida sanab oʻtilgan barcha hujjatlarning fayl (elektron) koʻrinishdagi nusxalarini ham taqdim etish.
75. Bankni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza taqdim etilganidan soʻng Markaziy bank ochilayotgan bankni mazkur Nizomning talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-3, 31.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son)
76. Bankni roʻyxatga olish va unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror Markaziy bankning barcha talablari bajarilgan kundan boshlab bir oy ichida qabul qilinadi.
Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma litsenziya daʼvogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bank hisobvaragʻi rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-martdagi 8/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-11, 18.04.2016-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 163-modda)
77. Quyidagilar bankni roʻyxatga olish va unga litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻladi:
a) taʼsis shartnomasi va ustavning qonun hujjatlariga mos kelmasligi;
b) bir yoki bir necha muassis moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi;
v) muassislar mablagʻlari manbalarining deklaratsiya qilinmaganligi (xususiy banklar ustav kapitalida ishtirok etayotgan rezident jismoniy shaxslardan tashqari);
(77-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 12-oktabrdagi 18/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-6, 31.10.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 44-son, 583-modda)
g) bank roʻyxatga olinadigan vaqtgacha bank eng kam ustav kapitalining shakllantirilmaganligi;
d) bank binolari muhofazasining taʼminlanmaganligi hamda muhandis-texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlanmagani, dasturiy mahsulotlarning tayyor emasligi;
(77-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-7, 20.05.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 248-modda)
e) tashkil etilayotgan bank rahbari va bosh buxgalterining kasbga nomuvofiqligi.
771. Bankni roʻyxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchiga rad etish sabablari hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun ariza berishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi. Bunda bankni roʻyxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(771-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-martdagi 8/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-11, 18.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 163-modda)
Bankni roʻyxatga olish va unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Bankni roʻyxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi.
(771-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-3, 31.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son)
Bankni roʻyxatga olish va unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqishda bankni roʻyxatga olishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha roʻyxatga olishni va litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bankni roʻyxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(771-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 12-oktabrdagi 18/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-6, 31.10.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 44-son, 583-modda)
78. Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziya bankka unda koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanish huquqini beradi.
79. Tashkil etilayotgan bankni boshqarish imkoniyatlari, umumiy tavakkalchilik va kapital tuzilmasini oʻrganish asosida ayrim faoliyat turlari cheklab qoʻyilishi mumkin.
80. Litsenziya uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 9-sentabrdagi 23/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-12, 15.09.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1025-modda)
82. Roʻyxatga olingan bankning yuridik yigʻmajildida quyidagi hujjatlar boʻladi:
a) bank ustavi. Uning titul varagʻida bank roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilib, Markaziy bank vakolatli mansabdor shaxsining imzosi va Markaziy bank muhri qoʻyiladi;
b) bank tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasi (asl nusxa bankda saqlanadi);
v) taʼsis yigʻilishi bayoni;
g) bank kengashi raisi imzolagan taʼsischilar roʻyxati;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori nusxasi (bankning muassisi davlat boʻlsa);
e) muassis norezident shaxs tegishli organining Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan bank ustav kapitalida qatnashish yoki shoʻba bank tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori;
j) Markaziy bank Boshqaruvining bankni davlat roʻyxatiga olish va unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarori;
z) litsenziya (asl nusxa bankda, nusxalari Markaziy bank va uning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi yigʻmajildida saqlanadi);
i) roʻyxatga olish kartasi.
83. Yuridik yigʻmajild uch nusxada tayyorlanadi:
bir nusxa yangi tashkil etilgan bank kengashi raisiga imzo chektirilgan holda topshiriladi;
bir nusxa Markaziy bankda saqlanadi;
bir nusxa Markaziy bankning yangi tashkil etilgan bank joylashgan hududdagi Bosh boshqarmasiga yuboriladi.
84. Bank roʻyxatga olingunga qadar bank nomidan bajarilgan bank operatsiyalari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
85. Bank roʻyxatga olinganidan keyin oʻn kunlik muddatda oʻzi joylashgan hududdagi davlat soliq organiga zarur hujjatlarni topshiradi.
XV. Bankni roʻyxatga olish va litsenziya berish uchun toʻlovlar
86. Bankni roʻyxatga olish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undiriladi. Mazkur yigʻim bankni ochish uchun dastlabki ruxsatni berish bosqichida undiriladi. Arizani qayta koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
87. Bank roʻyxatga olinganligi va unga litsenziya berilganligi uchun davlat bojlari undiriladi.
88. Davlat bojlari va yigʻimning stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
89. Litsenziya dublikatini berishda yoki uni qayta rasmiylashtirishda bankni roʻyxatga olish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim summasining teng yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
90. Banklar Tijorat banklarini roʻyxatga olish kitobiga kiritilgan oʻzlari haqidagi va ularning muassislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun Markaziy bankka bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida toʻlov amalga oshirishlari lozim.
(90-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-16, 30.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 10/19/2014-16/3490-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Davlat organlariga bank hamda uning muassislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻlov amalga oshirilmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Maʼlumotlar Tijorat banklarini roʻyxatga olish kitobidan koʻchirma koʻrinishida beriladi.
XVI. Litsenziyaning dublikatini berish va uni qayta rasmiylashtirish
91. Litsenziyaning asl nusxasi yoʻqolgan taqdirda, bank bir haftalik muddatda bu haqda Markaziy bankka yozma ravishda maʼlumot beradi va uni qayta tiklash uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
avval berilgan litsenziyaning yoʻqolganligi sababi koʻrsatilgan hamda litsenziya dublikati berilishini soʻrab, litsenziyani saqlash uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslarga nisbatan koʻrilgan va bunday holatlarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aks ettirilgan ariza;
topilmalar byurosi tomonidan litsenziyaning yoʻqotilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
ommaviy axborot vositalari manbalariga yoʻqotilgan litsenziyani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida berilgan eʼlon nusxasi.
92. Markaziy bank bir oy muddat ichida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va bank tomonidan koʻrilgan tadbirlarni mazkur Nizomning 91-bandiga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qilgan taqdirda litsenziyani yoʻqotgan bankka uning dublikatini beradi.
Agar litsenziya dublikati olingandan soʻng avval yoʻqotilgan litsenziya topilsa, bank besh ish kuni ichida litsenziyaning asl nusxasini bekor qilish uchun Markaziy bankka topshiradi.
93. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 142-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
XVII. Bank filialini ochish tartibi
94. Bank nomidan bank operatsiyalarining barchasini yoki bir qismini, shu jumladan, filial joylashgan hududda vakolatxona (vakil) vazifalarini amalga oshiruvchi alohida boʻlinma bank filiali hisoblanadi.
95. Filial uni tashkil etgan bank tomonidan mol-mulk bilan taʼminlanadi. Filial nomi bank nomiga toʻliq mos kelishi kerak.
96. Filial oʻz faoliyatini bank kengashi tasdiqlagan filial toʻgʻrisidagi nizom va bank tomonidan berilgan ishonchnoma doirasida bankka berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
97. Bank filiallari qonun hujjatlariga muvofiq bank kengashi qaroriga binoan ochiladi (yoki tugatiladi) hamda Markaziy bankda roʻyxatga olinadi. Markaziy bank tomonidan bank filiallarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(97-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-7, 20.05.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 248-modda)
Roʻyxatga olingunga qadar filial tomonidan amalga oshirilgan faoliyat noqonuniy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(98-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-noyabrdagi 34/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-3, 14.12.2011y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(99-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-noyabrdagi 34/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-3, 14.12.2011y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(100-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-noyabrdagi 34/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-3, 14.12.2011y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-noyabrdagi 34/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-3, 14.12.2011y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(102-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-noyabrdagi 34/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-3, 14.12.2011y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(103-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-7, 20.05.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 248-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(104-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-7, 20.05.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 248-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(105-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-7, 20.05.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 248-modda)
106. Banklarning filiallari yuridik shaxs hisoblanmaydilar va ular roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab oʻz faoliyatlarini boshlaydilar.
107. Bank filiali yuridik yigʻmajildi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
bank kengashining mazkur filialni tashkil etish toʻgʻrisidagi va uning nizomini tasdiqlash haqidagi qarori;
bank filialini tashkil etish iqtisodiy asoslab berilgan holda uni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi murojaat xati;
bank filiali toʻgʻrisidagi nizom. Uning titul varagʻida bank filiali roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi belgi, Markaziy bankning vakolatli mansabdor shaxsi imzosi hamda muhri qoʻyilgan boʻlishi kerak;
Markaziy bankning qaroridan koʻchirma;
Oldingi tahrirga qarang.
(107-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-3, 31.07.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son)
roʻyxatga olish kartasi.
108. Yuridik yigʻmajild uch nusxada tayyorlanadi. Uning bir nusxasi Markaziy bankda saqlanadi, boshqa nusxalar filialni tashkil etgan bankka hamda filial joylashgan hududdagi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga yuboriladi.
109. Banklar tomonidan chet elda oʻz filiallari, vakolatxonalari va shoʻba banklarini ochish hamda banklar tashkil etishga qatnashish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinishi shart. Banklar tomonidan chet elda oʻz filiallari, vakolatxonalari va shoʻba banklarini ochish hamda banklarni tashkil etishda qatnashish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasini olish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(109-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-8, 14.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 23-modda)
110. “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) muvofiq belgilangan tartibda Markaziy bank filialni tugatishni talab qilishi mumkin.
111. Filialni tugatish ishlari qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
1111. Bank mijozlarga tezkor xizmat koʻrsatish maqsadida bank xizmatlari ofislarini tashkil qilishga haqli.
Bank xizmatlari ofislarida, qoida tariqasida, depozit hisobvaraqlar ochish, omonatlar qabul qilish, toʻlovlarni va xalqaro pul oʻtkazmalarini amalga oshirish, valyuta ayirboshlash, isteʼmol krediti va mikroqarz berish kabi bazaviy bank xizmatlari koʻrsatiladi.
Bank xizmatlari ofislarida ular joylashgan hududdagi talabdan kelib chiqib yuqoridagi xizmatlarga qoʻshimcha ravishda boshqa bank xizmatlari ham koʻrsatilishi mumkin.
Bank xizmatlari ofislari Markaziy bankda hisobga qoʻyiladi.
1112. Bank xizmatlari ofisini hisobga qoʻyish uchun uni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bank 10 kun ichida Markaziy bankka ushbu qaror nusxasini va bank xizmatlari ofisi toʻgʻrisidagi nizomni ilova qilgan holda yozma xabarnoma yuboradi.
Bank tomonidan bank xizmatlari ofisini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, bank ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun ichida Markaziy bankka tugatish sabablari va muddatlarini koʻrsatgan holda yozma xabarnoma yuboradi. Xabarnomaga bank xizmatlari ofisini tugatish toʻgʻrisidagi tegishli qarordan koʻchirma ilova qilinadi.
Bank xizmatlari ofisini tugatish toʻgʻrisidagi axborot uning tugatilishidan kamida oʻn besh kun oldin bankning veb-saytida yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
(1111 va 1112-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 28-sentabrdagi 24/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-17, 31.10.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 10/19/2014-17/3982-son)
XVIII. Vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻi va Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻini ochish tartibi
112. Markaziy bankning bankni ochish uchun bergan dastlabki ruxsati hamda bank muassislarining vakolatli shaxsi tomonidan vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisidagi ariza vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻini ochishga asos boʻladi.
Vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻidan ustav kapitali jamgʻarilgunga va litsenziya olingunga qadar foydalaniladi. Mazkur hisobvaraqdagi mablagʻlar bank tomonidan depozit sifatida jalb etilishi mumkin.
113. Bankni roʻyxatga olish rad etilgan hollarda muassislarning vakolatli shaxsiga bu haqda yozma ravishda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabar beriladi. Bunda, vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻidagi mablagʻlar mazkur hisobvaraq ochilgan bank tomonidan muassislarga qaytariladi.
(113-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-martdagi 8/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-11, 18.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 163-modda)
114. Bank roʻyxatga olinganidan va unga litsenziya berilganidan keyin Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻini ochish uchun Markaziy bankning Toshkent shahar hududiy Bosh boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
vakillik hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(114-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-7, 20.05.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 248-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(114-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2014-7, 20.05.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 248-modda)
imzo namunalari qoʻyilgan kartochka.
(114-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 23-fevraldagi 4/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-15, 12.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 10/19/2014-15/2763-son)
Vakillik hisobvaragʻi ochilganidan keyin vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻi ochilgan bank muassislarning vakolatli shaxsi arizasiga koʻra vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻidagi mablagʻlarni tashkil etilgan bankning vakillik hisobvaragʻiga oʻtkazadi hamda uch kunlik muddatda vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻini yopadi.
XIX. Tashkiliy-texnik tadbirlarni moliyalashtirish
115. Tashkiliy-texnik tadbirlarni bajarish, bank operatsiyalarini avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirish uchun binolar va jihozlarni, dasturiy mahsulotlarni tayyorlash, kassa tarmogʻini tayyor holga keltirish bilan bogʻliq xarajatlar muassislar hisobidan qoplanadi. Buning uchun muassislar bankni tashkil etish boʻyicha xarajatlarning taxminiy hisob-kitobini qiladilar hamda bir yoki bir necha muassis tomonidan xarajatlarni amalga oshirish toʻgʻrisida oʻzaro shartnoma tuzadilar. Ushbu shartnoma va koʻzda tutilayotgan xarajatlarning taxminiy hisob-kitobi bank roʻyxatga olingunga qadar Markaziy bankka taqdim etiladi.
(115-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-8, 14.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 23-modda)
116. Bank roʻyxatga olingach va litsenziyaga ega boʻlgach muassislar aksiyadorlar umumiy yigʻilishida bankni tashkil etish boʻyicha xarajatlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq qilingan xarajatlar haqida hisobot beradilar.
Ularning harakati aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan maʼqullansa, bank shartnomaga muvofiq ular tomonidan sarflangan summani qaytarib beradi.
XX. Yakuniy qoidalar
117. Ushbu Nizomga muvofiq talab qilinadigan barcha hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 257-modda) rioya etilgan holda taqdim etiladi.
118. Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar tarkibini, bank nomi va manzilini oʻzgartirish, bank ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Muassislar roʻyxati va ular haqidagi asosiy
‎MAʼLUMOTLAR‎

‎‎Muassis-jismoniy shaxslar

T/r‎ Familiyasi, ismi, otasining ismi ‎
Pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilganligi) ‎
Yashash joyining pochta manzili va telefon raqamlari‎
Faoliyat turi, ish joyi ‎
Lavozimi (ishlasa) ‎‏
Ish joyi manzili va telefon raqami‎‏
Yangi tashkil etiladigan bankning ustav kapitaliga kiritgan badallari miqdori‎‎
ming soʻm‎ foiz‎

A‎

‎1

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.

0,00‎

0,00%‎

‎‎Muassis-yuridik shaxslar

T/r‎‏
Toʻliq nomi‎‏
‎‏Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Pochta manzili va telefon raqamlari‎‏
Toʻlov rekvizitlari‎‎

STIR‎‏

Yangi tashkil etiladigan bankning ustav kapitaliga kiritgan badallari miqdori‎‎
asosiy hisob raqami‎ xizmat koʻrsatuvchi bank MFOsi‎ ming soʻm‎ foiz‎

A‎

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎

0,00‎

0,00%‎

Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

REZYuME‎

(Eslatma: keltirilgan axborotdagi har qanday muhim oʻzgarishlar Markaziy bankka maʼlum qilinishi lozim).‎‎

‎‎Bank boshqaruv organidagi lavozimi_____________________________________________________________

‎‎(bank Kengash raisi yoki aʼzosi, Boshqaruv raisi yoki aʼzosi)

Bank ustav kapitaliga
kiritadigan badali ____________________________________________‎‎_________

(foiz va mln. soʻmda)


‎Umumiy axborot

‎‎1. F.I.Sh. _____________________________________________________________

‎‎(Familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎2. Manzil _____________________________________________________________

‎‎(shahar, viloyat, pochta indeksi, mamlakat)

‎‎3. Tugʻilgan sana _______________________________________________________

‎‎(yil, kun, oy)

‎‎4. Tugʻilgan joy ________________________________________________________

(shahar, viloyat, mamlakat)

‎‎5. Fuqarolik __________________________________________________________

(mamlakat)‎

‎‎6. Pasport raqami ______________________________________________________
‎‎7. Telefon raqamlari ___________________________________________________

(uy telefoni, xizmat telefon)

‎‎8. Qaramogʻingizdagilar va birga yashaydigan boshqa qarindoshlar:
‎Familiyasi, ismi, otasining ismi Qarindoshlik darajasi‎ Tugʻilgan sanasi‎ Fuqaroligi‎ Yashash manzili‎ Ish joyi va lavozimi‎


‎‎‎9. Hozir yoki ilgari qoʻllanilgan nomlarni, shuningdek ularning almashishi sababi va qoʻllanish davrini koʻrsating. Qizlik familiyasi, oldingi nikohlardagi ismlar, qonun boʻyicha yoki boshqa tarzda oʻzgargan ismlar, taxalluslar va boshqalar kiritilishi shart.

‎‎Ism

Q�llanish davri‎‎
Qoʻllanish sababi
‎‎
‎10. Oldingi yashash joyi. Soʻnggi besh yildagi barcha avval yashagan joylarni teskari xronologik tartibda koʻrsating. Manzil va yashagan davrni kiriting.

Mamlakat ‎

Viloyat‎

Shahar‎

Koʻcha‎

(oy/yil) dan‎

(oy/yil) gacha‎

‎‎
‎11. Hozirgi vaqtdagi ishingiz: soʻnggi besh yildagi barcha avval ishlagan joylaringiz toʻgʻrisidagi quyidagi axborotni teskari xronologik tartibda koʻrsating. Dastlab hozirgi vaqtdagi ishingizni koʻrsating. Barcha ishsiz yurgan davrlarni va avvalgi ishdan ketish sabablarini kiriting. Zarur boʻlsa, qoʻshimcha varaqlardan foydalaning.


‎‎‎Tashkilot nomi ________________________________________________________
‎‎
‎Tashkilotning asosiy
‎faoliyat turi __________________________________________________________

‎‎‎Manzili va telefon raqamlari __________________________________________
‎______________________________________________________________________

‎‎(koʻcha, uy, xonadon, shahar, viloyat, indeks, mamlakat)

‎‎Sizning egallab turgan (egallagan)
‎lavozimingiz _________________________________________________________
‎‎
‎Ishlagan davr: __________________________ dan _______________________ gacha
��‎
‎Bir yillik ish haqi ____________________________________________________

‎‎(soʻnggi besh yillik uchun alohida koʻrsatilsin)

‎‎Lavozim majburiyatlari ________________________________________________

‎‎
‎12. Lavozimi, xizmat majburiyatlari va asosiy majburiyatlar taʼrifi (agar siz bankning mansabdor shaxsi sifatida taklif etilayotgan boʻlsangiz, bankdagi tajribangizning batafsil taʼrifi. Banklarda egallagan lavozimlaringiz, qoʻl ostingizdagi xodimlar soni, vakolatlaringiz va boshqalar toʻgʻrisidagi axborotni kiriting. Zarur boʻlsa, qoʻshimcha varaqlardan foydalaning).

‎‎
‎13. Egallab turgan lavozimingizdan ozod qilinishingiz sabablari: avval ishlagan joylaringizdan boʻshatilganmisiz yoki sizning egallab turgan lavozimingizdan ozod qilinishingizni iltimos qilishganmi?
‎Tashkilotning nomi, manzili va telefonini, siz ishdan boʻshagan lavozimni, boʻshash sanasini koʻrsating hamda vaziyatni izohlang. Yollovchining nomi, manzili, telefoni, lavozimi, boʻshash sanasi. Izoh.


‎14. Jinoiy va intizomiy xatti-harakatlar boʻyicha sizga yoxud siz hozir yoki ilgari bogʻliq boʻlgan tashkilotga nisbatan qonun hujjatlari buzilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlsangiz, ularni ochib bering.‎‎


‎15. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan sizga nisbatan yoki siz rahbar yoki yirik aksiyadori (chiqarilgan aksiyalarning 10 yoki undan ortiq foizi egasi) sifatida oʻzaro aloqador boʻlgan tashkilotga nisbatan barcha ayblovlar, hibslar, ayblov xulosalari yoki hukmlarni koʻrsating. Tashkilotning nomini, unga aloqangizni, shu jumladan, siz egalik qilgan aksiyalar foizi yoki ulushini (agar ular boʻlsa), ayblov mazmunini, uning sanasini, ayblovning bekor qil�nishi yoki joriy ahvolini, bekor qilish sanasini (agar boʻlsa) koʻrsating.

Tashkilotning nomi, faoliyat turi‎ Tashkilotga aloqangiz va aksiyalar soni‎ Ayblov mazmuni‎ Ayblov sanasi‎ Ayblovning bekor qilinishi‎ Ayblov bekor qilingan sana‎

‎‎
‎16. Siz aloqador boʻlgan har qanday moliyaviy tashkilotda uning kengashi, boshqaruvi aʼzosi, rahbari yoki aksiyalari nazorat paketi egasi sifatidagi sizning oʻrningiz va xizmat majburiyatlaringizni hamda sizning aloqadorligingiz davomida yoki siz tashkilotdan ketgan vaqtdan soʻng ikki yil davomida uni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish, tugatish yoki uning nochorligi boʻyicha rasmiy bitimga erishilganini batafsil yoriting.

‎‎
‎17. Sizda shaxsiy qarzlarni, tashkilotingiz qarzlarini yoki boshqa toʻlovlar, taʼminot, muddati oʻtganlik yoxud moliyaviy qiyinchiliklarning boshqa turlari bilan bogʻliq qarzlarni toʻlash boʻyicha bajarilmagan majburiyatlaringiz bormi? Toʻliq tafsilotlarni keltiring.


‎18. Yolgʻon yoki dalillarga nisbatan yanglishishga olib keluvchi ariza, xabar yoki roʻyxatga olish munosabati bilan moliya organlarga ogʻzaki yoki yozma arz qilishingizga toʻgʻri kelganmi yoxud bunday ariza, xabar yoki roʻyxatga olish munosabati bilan taqdim etilgan va/yoki talab qilingan axborotga nisbatan dalillarni keltira olmaganmisiz?

‎‎Agar javob ijobiy boʻlsa, tafsilotlar keltiring.

‎‎
‎19. Siz bank kengashi, boshqaruvi aʼzosi, rahbarlik lavozimida yoki yirik aksiyadori (chiqarilgan aksiyalarning 10 va undan ortiq foizi egasi yoki ularni bevosita yoxud bilvosita nazorat qiluvchisi) sifatida aloqador boʻlgan barcha banklar, boshqa moliyaviy tashkilotlarning bosh tashkilotlarini koʻrsating. Mazkur hisobotning 11-bandida batafsil yoritilgan axborotni takrorlamang. Har bir tashkilotning nomi va manzilini, ular bilan aloqangizni, chiqarilgan aksiyalarning sizga tegishli boʻlgan foizini (agar ular boʻlsa) va sanani koʻrsating.

Nomi va manzili ‎ ‎‎Lavozim/ munosabat Egalik qilish foizi ‎ ___ dan oy/yil ‎ ___ gacha oy/yil‎

‎‎
‎20. Siz bank kengashi, boshqaruvi aʼzosi, rahbari yoki yirik aksiyadori (chiqarilgan aksiyalarning 10 va undan ortiq foizi egasi) sifatida aloqador boʻlgan barcha tashkilotlarni koʻrsating. Ushbu hisobotda batafsil yoritilgan axborotni takrorlamang. Har bir tashkilotning nomi va manzilini, uning faoliyat turini, u bilan aloqangizni, aksiyalarining sizga tegishli boʻlgan foizini (agar ular boʻlsa) va munosabatlarni oʻrnatish sanasini koʻrsating.

Nomi va manzili‎ ‎Faoliyat turi‎ Aloqadorlik‎ Egalik qilish foizi‎‎

Sana‎

‎‎
‎21. Siz tashkilot kengashi, boshqaruvi aʼzosi, rahbarlik lavozimida yoki yirik aksiyadori (chiqarilgan aksiyalarning 10 va undan ortiq foizi egasi) sifatida aloqador boʻlgan tashkilot soʻnggi 10 yil ichida bankrotlik bilan bogʻliq sud tekshirishlariga jalb etilganmi? Bankrotlik bilan bogʻliq boʻlgan barcha sud tekshirishlariga doir barcha tafsilotlarni toʻliq keltiring.


‎‎‎22. Siz aʼzosi hisoblanadigan barcha jamoat tashkilotlarini (jumladan, kasaba uyushmalari) koʻrsating. Mazkur tashkilotlar nomi va manzilini, bu tashkilotlar faoliyat turini, shuningdek ushbu tashkilotlarda siz egallagan barcha lavozimlarni koʻrsating.

Tashkilotlar nomi va manzili ‎‎ Faoliyat turi ‎‎ Egallagan lavozimlar ‎‎

‎‎
‎23. Siz oʻz malakangiz uchun zarur deb hisoblaydigan har qanday boshqa axborotni koʻrsating.

‎‎
‎24. Kamida uchta tavsiya etuvchi shaxslar nomi va toʻliq pochta manzilini koʻrsating. Mazkur shaxslar sizning xarakteringizni, qobiliyatingizni va siz toʻgʻringizda asosiy maʼlumotlarni shaxsan bilishlari lozim, ular siz bilan va ushbu ariza bilan umuman aloqador boʻlishi mumkin emas.

F.I.O.‎‎

Manzil/telefon‎‎

Ish joyi, lavozimi va tashkilotning asosiy faoliyat turi‎


‎‎‎Ism _________________________________

‎‎‎Imzo _________________________________

‎‎‎Sana _________________________________
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
‎‎

‎‎1-shakl

Shaxsiy balans qaydnomasi‎‎

‎‎‎

(ming soʻmda)‎‎

AKTIVLAR‎‎ ‎‎
Naqd pullar‎‎ ‎‎
Qimmatli qogʻozlar ‎‎
Debitorlik qarzlari ‎‎
Koʻchmas mulk ‎‎
Investitsiyalar (2-roʻyxat)‎‎‎ ‎‎‎
Boshqa aktivlar‎‎‎ ‎‎
‎‎
Jami aktivlar‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
PASSIVLAR ‎‎
‎‎ ‎‎
Kreditorlik qarzlari ‎‎
Koʻchmas mulk asosida berilgan qarzlar (3-roʻyxat)‎‎ ‎‎
Boshqa qarzlar (3-roʻyxat) ‎‎
Boshqa passivlar‎ ‎‎
‎‎
Jami passivlar‎‎ ‎‎
‎‎
Shaxsiy kapital (aktivlar minus passivlar)‎‎ ‎‎
Passivlar va shaxsiy kapital‎‎ ‎‎
Shartli majburiyatlar (jumladan, kafolatlar)‎‎ ‎‎

‎Ismi _________________________________‎‎‎
Imzosi _______________________________‎‎‎
Sana _________________________________‎‎‎

2-shakl


‎Investitsiyalar

‎‎Siz ulushga ega boʻlgan barcha tashkilotlarga taalluqli boʻlgan quyidagi axborotlarni bering:

‎‎“Tashkilot shakli” ustunida tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsating. “Mashgʻulot turi va sizning ulushingiz” ustunida mazkur tashkilot nima bilan shugʻullanishini tushuntiring va sizning mulkdagi ulushingiz foizini koʻrsating (har bir egalik ulushi uchun soʻnggi ikki yilda foyda va zararlar boʻyicha hamda pul mablagʻlari harakati boʻyicha hisobotlarni oʻz ichiga olgan yillik yakuniy moliyaviy hisobotlarni keltiring).

Tashkilot nomi va manzili‎ Tashkilot shakli‎ Mashgʻulot turi va sizning ulushingiz‎ Sotib olish sanasi‎ Joriy narxi‎
Jami:


‎Ushbu roʻyxatdagi jami summa shaxsiy balans qaydnomasidagi jami summaga mos kelishi zarur (“Investitsiya” bandi).‎‎

‎‎3-shakl


‎‎‎Toʻlanadigan qarzlar

‎‎Barcha qarzlarni, kreditorning ismi (nomi) va manzilini; qarz berilgan sana va dastlabki summani; taʼrif va siz tomoningizdan garovga qoʻyilgan taʼminot qiymatini; toʻlash muddati va shartlari; sizning joriy majburiyatlardagi ulushingiz; toʻlanmagan deb tan olingan barcha qarzlaringizni koʻrsating.

Kreditorning ismi (nomi) va manzili ‎

Qarz berilgan sana va dastlabki summa‎

Paychilar va ulushlar‎ Taʼrif va taʼminot qiymati‎ Toʻlov muddati, shartlari‎ Joriy balans‎
Jami:‎


‎Eslatma: ushbu roʻyxatdagi yakuniy summa “Koʻchmas mulk asosida berilgan qarzlar” va “Boshqa qarzlar” bandlari boʻyicha shaxsiy balans qaydnomasidagi jami summaga mos kelishi zarur.

‎‎4-shakl


‎‎‎Pul harakati toʻgʻrisida hisobot

Soʻnggi ikki yildagi pul mablagʻlari manbalari va ulardan foydalanishga doir axborotni, joriy yillik yakuniy hisobotni va kelgusi yil uchun taxminlarni keltiring.

200__‎ 200__‎ Yillik hisobot‎ Taxmin‎
Pul mablagʻlari manbalari‎
Ish haqi, vositachilik haqi, mukofot puli, boshqa ish haqlari (soliqlar chiqarib tashlanganidan keyin)‎
Dividendlar‎
Foizlar‎
Royalti‎
Xususiy biznes, shirkatlar va qoʻshma korxonalardan tushgan pul mablagʻlari‎
Koʻchmas mulk rentasi (yalpi)‎
Boshqalar‎
Jami olingan pul mablagʻlari‎
Pul mablagʻlaridan foydalanish‎
Shaxsiy xarajatlar (uy xoʻj�ligi va h.k.)‎
Bank qarzlari (asosiy toʻlov va foizlar)‎
Doimiy hisobdan chiqarishlardan tashqari daromad soligʻi‎
Boshqa xarajatlar‎
Jami pul xarajatlari‎
Pul mablagʻlarining sof oqimi (taqchillik)‎

‎Ism _________________________________‎‎
Imzo _________________________________‎‎
Sana _________________________________‎‎
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Bank ovoz beruvchi aksiyalarining oʻn yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOT ‎

Bank ustav kapitaliga badal sifatida kiritilayotgan pul mablagʻlarining manbalari ‎toʻgʻrisida ____________________
‎‎_____________________________________________________

(tashkil etilayotgan bank nomi koʻrsatilsin)‎

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi_____________________‎
‎_____________________________________________________

‎2. Pasport seriyasi ____________________________________
‎raqami_______________________________________________
‎kim tomonidan va qachon berilgan________________________‎
‎_____________________________________________________


‎3. Doimiy turarjoyi __________________________________
‎_____________________________________________________
_____________________________________________________


‎4. Asosiy ish joyi yoki shugʻullanadigan faoliyat turi _____________________________________________________ _____________________________________________________

‎5. Doimiy ish joyi yoki mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan joy _______________________________________
‎_____________________________________________________

‎6. Budjetga soliqlar undirilishini nazorat qiluvchi soliq organi va uning manzili _______________________________
‎_____________________________________________________

‎7. Daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar __________________
‎_____________________________________________________‎

(oxirgi 3 yil davomida olingan daromadlar har bir yil uchun alohida koʻrsatilsin)‎


‎8. Toʻlangan soliqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar _____________________________________________________‎

(oxirgi 3 yil davomida toʻlangan soliqlar har bir yil uchun alohida koʻrsatilsin)‎


‎9. Bank ustav kapitaliga kiritilishi kerak boʻlgan summa _____________________________________________________

‎10. Jinoiy javobgarlikka tortilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar __________________________________________
‎_____________________________________________________

(qachon, kim tomonidan, qanday qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilgani, javobgarlik turi koʻrsatilsin)‎


‎11. Ustav kapitaliga kiritish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar quyidagi daromad manbalari hisobidan jamgʻarilgan:‎

_____________________________________________________‎

_____________________________________________________‎
_____________________________________________________‎

‎12. Ushbu deklaratsiyani tekshirish chogʻida quyidagi maʼlumotlarga eʼtibor berilishi lozim: _________________ _____________________________________________________

‎13. Mazkur deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi tasdiqlansin:‎

‎Tasdiqlayman: ______________ ____________‎

(F.I.O.) (imzo)‎

14. Sana:‎
“___” ______________ 200___ y.‎

‎___________________________‎

Eslatma: Deklaratsiyani bank muassisi oʻz qoʻli bilan toʻldiradi va imzolaydi. Imzo notarius tomonidan tasdiqlanadi.‎

Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Biznes-reja tuzishga doir
TAVSIYALAR
I. Umumiy maʼlumot
1. Moʻljallanayotgan bankning nomi va joyini koʻrsating.
II. Tashkilot taʼrifi
2. Moʻljallanayotgan bank faoliyat koʻrsatadigan bozorni koʻrsating.
3. Moʻljallanayotgan xizmat turlarini sanab oʻting va qisqacha taʼriflang. Ularni quyidagicha tasniflang: omonatlar boʻyicha xizmatlar, kredit xizmatlari, trast xizmatlari, bank operatsiyalari, boshqa xizmatlar.
III. Rahbariyat va boshqarish
4. Yangi bank muassislarini, bank kengashi va boshqaruvi aʼzolarini, boshqaruv raisi, boshqa rahbarlari va barcha yirik muassislarini koʻrsating:
a) barcha muassislarning nomi va manzilini hamda bank kengashiga kiritilishi moʻljallanayotgan aʼzolarni sanab oʻting;
b) chiqarilgan aksiyalarning 10 va undan ortiq foiziga egalik qilishi moʻljallanayotgan barcha aksiyadorlarning (yirik aksiyadorlarning) nomi va manzilini sanab oʻting hamda ular xarid qilmoqchi boʻlgan aksiyalar ulushini koʻrsating;
v) boshqaruv raisi va barcha maʼlum ijrochi mansabdor shaxslarni, jumladan, bosh buxgalter, kredit boʻyicha mansabdor shaxs, investitsiyalar boʻyicha mansabdor shaxs nomlari va manzillarini koʻrsating.
g) tashkiliy guruh vakili nomini ayting, uning nomi, manzili va telefon raqamlarini koʻrsating.
5. Taklif etilayotgan tashkiliy tuzilma va bank kengashi, boshqaruvi hamda boshqa mansabdor shaxslar majburiyatlarini bayon eting.
6. Moʻljallanayotgan kengash aʼzolari, boshqaruv raisi va boshqa mansabdor shaxslar malakasini koʻrsating.
7. Barcha mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan manfaatlar nizolarini koʻrsating.
8. Bank boshqa tashkilotlardan bank xizmatlari yoki boshqa xizmatlarni olish uchun tuzishni moʻljallayotgan barcha bitimlarni taʼriflang.
IV. Bozor tahlili
9. Xizmat koʻrsatish moʻljallanayotgan bozorni tahlil qiling. Siz xizmat koʻrsatishni moʻljallayotgan bozorni iqtisodiy jihatdan taʼriflang. Bozorning koʻzda tutilayotgan oʻzgarishlarini, bunday oʻzgarishlarga taʼsir etuvchi omillarni va ularning yangi ochiladigan bankka taʼsirini taʼriflang. Tahlil eng yangi iqtisodiy maʼlumotlardan foydalanishga asoslangan boʻlishi lozim.
10. Raqobatni tahlil qiling. Siz xizmat koʻrsatishni moʻljallayotgan bozor segmentlarini, xizmat koʻrsatilayotgan bozorga taʼsir etishi mumkin boʻlgan tashqi raqobatchilarni hamda istalgan potensial raqobatni sanab oʻting. Oʻz fikringizni hamda ularning bozor strategiyalari va yangi ochiladigan bankka nisbatan kutilayotgan taʼsiri tahlilini bayon qiling.
11. Har bir mahsulot boʻyicha bozor ulushini egallash uchun siz qoʻllamoqchi boʻlgan strategiyani va erishilishi kutilayotgan natijalarni izohlab bering.
V. Rejalar va maqsadlar
12. Bozorni tahlil qilishda va yangi bank uchun taxminlar hamda maqsadlar belgilashda foydalanilgan asosiy taxminlarni keltiring va izohlang. Eng kamida quyidagi axborotni kiriting:
bozorning oʻsishi va foiz stavkasi;
resurslar qiymati;
raqobat.
13. Aktivlar va passivlar strukturasi. Taxmin qilingan moliyaviy hisobotlar aktivlar va passivlar tarkibini, asosiy mablagʻlarga yoʻnaltiriladigan investitsiyalarni hamda xodimlarga toʻlanadigan tovon pullarini koʻrsatishi lozim. Ular bozor tahlillarida aks ettirilgan taxminlarga va yuqorida muhokama qilingan strategiyalarga asoslangan boʻlishi zarur. Taklif etiladigan moliyaviy hisobotlar formatlari keyingi oʻrinlarda keltiriladi. Asosiy mablagʻlar va tegishli xarajatlarning oʻziga xos xususiyatlari tafsilotlarini kiritish kerak.
14. Yangi bankni mustaqil audit xizmatlari bilan taʼminlash boʻyicha muassislar rejasini muhokama qiling. Markaziy bank mustaqil auditor yollanishini litsenziya berish sharti sifatida talab qilishi mumkin.
VI. Kapitallashtirish
15. Kapitalning moʻljallanayotgan tuzilmasini muhokama qiling va nima uchun muassislar moʻljallayotgan summa bozor omillari, strategiyalari va xarajatlari sharoitida yetarli deb hisoblashlarini tushuntirib bering. Muassislar samarali raqobatbardoshlik va barcha tashkiliy xarajatlardan tashqari rejalashtirilgan operatsiyalarning tegishlicha qoʻllab-quvvatlanishi uchun yetarlicha summani yigʻishi lozim.
16. Kapitalning dastlabki oshirilishi va dastlabki uch yilda uning oʻsishini moliyalash boʻyicha rejalarni muhokama qiling. Sizning rejalaringiz bankka Markaziy bankning kapital adekvatligi boʻyicha talablariga qanday muvofiq kelish imkonini berishini tushuntiring.
Ariza birinchi va ikkinchi darajadagi taxminiy kapitallar elementlarini batafsil va alohida bayon etuvchi tavakkalchilikni hisobga olgan holda kapital shaklini oʻz ichiga olishi lozim. Kapital tavakkalchiligi va leverajini hisobga olgan holda kapital yetarliligi koʻrsatkichlari hisob-kitobini kiriting. Taxminiy hisob-kitoblar dastlabki uch yildagi operatsiyalar uchun qilingan boʻlishi zarur. Mazkur boʻlimda “Taxminiy kapitalni hisob-kitob qilish” namunasiga yaqin boʻlgan taxminiy fikrdan foydalanish mumkin.
17. Chiqarish uchun ruxsat etilgan aksiyalar soni, chiqarilayotgan aksiyalar soni, aksiyalar potensial qiymati va aksiyalarning sotilish narxini muhokama qiling.

1-shakl

Taxminiy balans qaydnomasi

(ming soʻmda)‎‎

Aktivlar‎

Yil‎

1‎

2‎

3‎

‎Naqd pullar
‎Markaziy bankdagi vakillik hamda zaxira hisob raqamlari
Boshqa banklardagi vakillik hisob raqamlari
Qimmatli qogʻozlar
Kreditlar‎
Ipoteka kreditlari
Tijorat kreditlari
shu jumladan, jismoniy shaxslarga‎
boshqa kreditlar‎
Minus: kreditlar va lizing boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlar uchun zaxira‎
Sof kreditlar‎
Asosiy vositalar‎
Boshqa aktivlar‎
Jami aktivlar‎
Passivlar‎
Talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari‎
Tashkilotlar‎
Isteʼmolchilar‎
Boshqalar‎
Jamgʻarma omonatlari‎
Muddatli omonatlar‎
Jami omonatlar‎
Qarzlar‎
Markaziy bankdan‎
Banklardan‎
Boshqalar‎
Boshqa passivlar‎
Jami passivlar‎
Jami kapitallar
‎(2-shakl)‎
Jami passivlar va kapital‎
(1-shakl Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-10, 15.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 37-son, 495-modda)

‎‎2-shakl

Kapitalni shartli ravishda hisoblash‎

‎‎Izoh: kapital komponentlarini aniq belgilash va tavakkalchilikni hisobga olgan holda kapital va aktivlarni hisoblash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kapital adekvatligiga doir yoʻriqnomalaridan foydalaning.

(ming soʻmda)

Kapital‎

Yil‎

1‎

2

3

1-daraja‎
Oddiy aksiyalar (toʻlangan)‎
Muddatsiz imtiyozli (nokumulyativ)‎
Bozor qiymatining nominal qiymatdan oshib ketishi‎
Taqsimlanmagan foyda‎
Boshqalar‎
MINUS: Gudvill va nomoddiy aktivlar‎
II daraja (1 darajadagi kapitalga teng yoki undan kam boʻlishi kerak)‎
Kreditlarga doir yoʻqotishlar uchun umumiy zaxiralar ulushi‎
Boshqa kapital vositalari‎
1-darajali kapital + 2-darajali kapital MINUS: Shoʻba kompaniyalar kapitaliga investitsiyalar (kapital adekvatligiga doir yoʻriqnomalar bilan belgilanadi)‎
Jami kapital‎
Kapital koeffitsiyentlari‎
1-darajali umumiy kapital / Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi umumiy aktivlar (%)‎
Umumiy kapital/ Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi umumiy aktivlar (%)‎

3-shakl

Daromadlar toʻgʻrisida taxminiy hisobot

(ming soʻmda)‎‎

Foizli daromadlar

Yil‎

1‎

2‎

3‎

Kreditlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari
Qimmatli qogʻozlarga qoʻyilmalardan olingan foizlar
Foizlar koʻrinishidagi boshqa daromadlar
Jami foizli daromadlar
Foizli xarajatlar
Omonatlar boʻyicha foizlar
Qarzlar boʻyicha foizlar
Jami foizli xarajatlar
Sof foizli daromad
Boshqa daromadlar
Xizmatlar uchun haq toʻlash va vositachilik haqi
Valyuta ayirboshlash boʻyicha xizmatlar
Boshqalar
Jami boshqa daromadlar
Maʼmuriy xarajatlar
Katta boshqaruvchi xodimlar uchun tovon puli jami
Xodimlar uchun tovon puli jami
Bankning asosiy fondlari uchun xarajatlar jami
Boshqalar
Jami maʼmuriy xarajatlar
Operatsiya daromadlari
Kreditlar va lizing boʻyicha yoʻqotishlarga doir zaxiraga ajratmalar
Daromad soligʻi olinguncha boʻlgan daromad
Daromad soliqlari
Sof daromad (zarar
Kapital hisob raqamlarini solishtirish
Boshlangʻich kapital
Sof daromad (zarar)
Dividendlardan tashqari
Yangi kapitalni kiritish
Yakuniy kapital‎
(3-shakl Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014-10, 15.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 37-son, 495-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 447-modda; 2010-y., 21-son, 168-modda; 2011-y., 10-11-son, 112-modda; 50-son, 534-modda; 2012-y., 38-son, 439-modda; 2013-y., 15-son, 209-modda, 44-son, 583-modda; 2014-y., 21-son, 248-modda; 2015-y., 2-son, 23-modda; 30-son, 405-modda, 37-son, 495-modda; 2016-y., 16-son, 163-modda; 2017-y., 37-son, 1025-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son, 15.09.2018-y., 10/18/2014-14/1881-son; 13.03.2019-y., 10/19/2014-15/2763-son, 30.07.2019-y., 10/19/2014-16/3490-son, 31.10.2019-y., 10/19/2014-17/3982-son)