Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI HISOBVARAQLAR REJASI”GA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 31-martda 773-23-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-sonli “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3336, 26.11.2021-y.) asosan 2022-yil 27-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2004-yil 17-iyuldagi 15/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga (2004-yil 13-avgust, roʻyxat raqami 773-17 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 32-son, avgust, 369-modda) ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining oʻrinbosari M.Y. Eshmatov zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-mart,
8/4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 147-modda)