Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida” va “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, axborotni muhofaza qilishning kriptografik vositalari hamda kriptografiya tizimlaridan foydalangan holda davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar bayon etilgan axborotni muhofaza qilish faoliyatini tartibga solish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi va mahsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatlashni taʼminlovchi vakolatli organ hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Davlat xavfsizlik xizmatining axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari va tizimlarini rivojlantirish hamda foydalanish sohasidagi strategik ustuvor yoʻnalishlarni zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq ravishda shakllantirish va amalga oshirish;
axborotni kriptografik muhofaza qilishni standartlashtirish, sertifikatlash va litsenziyalash, bu sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishni taʼminlash;
axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, axborotni kriptografik muhofaza qilishning mahalliy vositalarini ishlab chiqish.
3. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar bayon etilgan axborotni;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
davlat tashkilotlarining mulki hisoblangan maxfiy axborotni;
tashkilotlar tomonidan tovarlar va xizmatlarni davlat tashkilotlari ehtiyojlari uchun yetkazib berishda ularning idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, maxfiy axborotini kriptografik muhofaza qilishda foydalaniladigan axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari, shu jumladan xorijda ishlab chiqarilgan vositalari majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi shart.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) “Oʻzstandart” agentligi (R. Boʻriyev) bilan birgalikda axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida tegishli standartlar, normativ va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etsin.
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (R. Qosimov), MXX bilan kelishilgan holda, axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqishni taʼminlasin.
7. “Oʻzstandart” agentligi (R. Boʻriyev) belgilangan tartibda MXXni axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida mahsulot (xizmat)larni sertifikatlash huquqini olishga akkreditatsiyadan oʻtkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalaridan yoki kriptotizimlardan foydalanishni nazarda tutuvchi axborot tizimlarini yaratish boʻyicha loyihalar ekspertizasini oʻtkazishda mazkur loyihalarning DXX bilan kelishib olinishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Axborotni kriptografik muhofaza qilish mahalliy vositalarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazish maqsadida xarid qilinadigan dasturiy va texnika vositalari, nazorat-oʻlchov hamda tadqiqot komplekslari, shuningdek foydalanish materiallari DXXning tasdiqlovchi xati boʻlgan taqdirda bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
10. Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi Kotibi M. Atayev zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-aprel,
PQ-614-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi PQ-614-sonli qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom axborotni kriptografik muhofaza qilish, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq muhofaza qilinadigan axborot (keyingi oʻrinlarda — maxfiy axborot) yoki davlat sirlarini oʻz ichiga olgan kriptografik muhofaza qilish vositalarini ishlab chiqish, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, mamlakatga olib kirish va olib chiqish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari quyidagi axborotlarni kriptografik muhofaza qilishda majburiy hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborotlarni;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
davlat tashkilotlariga tegishli maxfiy axborotlarni;
idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar tashkilotlarda, davlat tashkilotlari ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni yetkazib berishdagi maxfiy axborotlarni.
Boshqa hollarda mazkur Nizomning talablari tavsiyaviy xarakterga ega hisoblanadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
axborotni kriptografik muhofaza qilish — kriptografik oʻzgartirishlar algoritmi (kriptoalgoritmlar) yordamida amalga oshiriluvchi axborotlarning butligini, ochiqligi va maxfiyligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar majmuasi;
kriptografik algoritm (kriptoalgoritm) — axborotni (maʼlumotlarni) buzishni oldini olish va ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish maqsadida axborotni (maʼlumotni) oʻzgartirishning matematik algoritmi;
axborotni kriptografik muhofaza qilish vositasi (AKMV) — axborotni xavfsizligini taʼminlash uchun uni kriptografik oʻzgartirishni amalga oshiruvchi apparat, dasturiy yoki apparat-dasturiy vositalar, jumladan:
a) shifrlash vositalari — axborot almashtirilishida kriptografik algoritmlarni qoʻllovchi va axborotni qayta ishlash, saqlash va aloqa kanallari orqali uzatishda unga ruxsatsiz kirish (foydalanish)dan muhofaza qilish uchun qoʻllaniladigan apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar;
b) imitohimoyalash vositalari — axborotni kriptografik oʻzgartirish va yolgʻon axborot bilan bogʻlanishdan muhofazalashni amalga oshiruvchi apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar;
v) elektron raqamli imzo vositalari — elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanishi, elektron raqamli imzoning ochiq va yopiq kalitlari yaratilishini taʼminlaydigan barcha texnikaviy va dasturiy vositalar majmui;
g) kodlash vositalari — oʻzgartirishning ayrim qismini qoʻlda bajariladigan amallar orqali axborotni kriptografik oʻzgartirish algoritmini amalga oshirishda qoʻllaniladigan vositalar;
d) kalit hujjatlarni yaratish vositalari va kalit hujjatlari (kalit axborotlarni tashish turidan qatʼi nazar);
kriptografik tizim (kriptotizim) — axborotni kriptografik oʻzgartirishni va (yoki) boshqarishni, shu jumladan kriptografik kalitlarni tayyorlash va tarqatish jarayonini avtomatlashtirishni taʼminlovchi tashkiliy, texnikaviy va dasturiy vositalar majmui.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida maxsus vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — Vakolatli organ) hisoblanadi.
5. Axborot-kommunikatsiya tizimlarida (aloqa tizimlarida, lokal va korporativ kompyuter tarmoqlarida) axborotni kriptografik muhofaza qilish ularni yaratish va foydalanishning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. AKMV va kriptotizimlarni loyihalash, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, olib kirish, olib chiqish, realizatsiya qilish, foydalanish va taʼmirlash, shuningdek axborotni kriptografik muhofaza qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyatni axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasidagi alohida faoliyat turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari amalga oshirishlari mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PQ-30-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 07/25/30/0078-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Maxfiy axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari va kriptotizimdan foydalanish va taʼmirlashga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilgan shaxslarga ruxsat etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
8. Axborotni sifatli kriptografik muhofaza qilish axborotni xavfsizligi boʻyicha AKMVga, AKMVdan foydalaniladigan muhim hujjatlar va tizimlarga nisbatan talablarni bajarish hamda sertifikatsiya sinovlarini toʻliq oʻtkazish orqali taʼminlanadi.
9. Axborotni kriptografik muhofaza qilish maqsadida muvofiqlik sertifikatiga ega AKMVlaridan, shuningdek foydalanilishi Vakolatli organ bilan kelishilgan kriptotizimlardan foydalaniladi.
10. AKMVdan foydalanishga ruxsat olish, sertifikatlash hamda AKMVdan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya qilinishini nazorat qilish tartibi tegishli nizomlar asosida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
11. Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim muassasalarida axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida kadrlar tayyorlash Vakolatli organning uslubiy rahbarligi ostida va kriptologiya fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarini u bilan majburiy kelishgan holda amalga oshiriladi.
12. Mazkur Nizomga muvofiq vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar va muassasalar axborotni kriptografik muhofaza qilish boʻyicha idoraviy yoʻriqnomalarni ishlab chiqib, tasdiqlaydi.
Axborotni kriptografik muhofaza qilish boʻyicha idoraviy yoʻriqnomalar Vakolatli organ bilan kelishilishi lozim.
II. AKMVni ishlab chiqish tartibi
13. Yangi AKMVni ishlab chiqish yoki foydalanishda boʻlganini modernizatsiya qilish (keyingi oʻrinlarda — ishlab chiqish) axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va standartlari talablariga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
14. AKMVni ishlab chiqishda litsenziyalangan dasturiy taʼminotdan foydalaniladi.
15. AKMVni ishlab chiqish uchun topshiriq Vakolatli organ bilan kelishgan holda buyurtmachi tomonidan tuziladi.
16. AKMVni ishlab chiqish zarur ilmiy-tadqiqot ishlarini (keyingi oʻrinlarda — ITI) va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar (keyingi oʻrinlarda — TKI) oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
17. AKMVning yangi namunalarini yaratish boʻyicha ITI (TKI) Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi meʼyoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan texnik topshiriq (keyingi oʻrinlarda — TT) asosida olib boriladi.
18. AKMVni ishlab chiqishda ITIni olib borish uchun TTni buyurtmachi Vakolatli organga koʻrib chiqish uchun yuboradi, u esa oʻz navbatida TTni olgan vaqtdan boshlab bir oy davomida kelishishi yoki asoslantirilgan rad javobini berishi shart.
19. Vakolatli organ bilan kelishilgan ITIni oʻtkazish uchun TT AKMV buyurtmachisi tomonidan tasdiqlanadi.
20. ITI natijasi AKMV ishlab chiqish boʻyicha TKIni oʻtkazish uchun TT loyihasi va mazkur TKIning texnik-iqtisodiy asoslari hisoblanadi.
21. TKIni oʻtkazish uchun TTda kuyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
ishlab chiqilayotgan AKMV bardosh berishi kerak boʻlgan yuz berishi mumkin boʻlgan xatarlarni belgilovchi, buzuvchining moʻljallangan harakatlar modeli tavsifini oʻz ichiga olgan kriptografik muhofazaning maqsadi;
AKMVda bir vaqtda foydalaniladigan kalitlar soni, ularning taxminiy amal qilish muddatlari, ularning almashinuvini tashkil etish, kalit tashuvchining turi, yoʻq qilish tartibi va muddatlari;
kalitlar ishlab chiqarish tizimining turi (AKMVga oʻrnatilgan yoki tashqi) qoʻllaniladigan kalit ishlab chiqarish (tarqatish) tizimi tomonidan taʼminlanishi kerak boʻlgan axborot xavfsizligi talablari;
ishlarni amalga oshirish, shu jumladan AKMVning ekspert kriptografik, muhandislik-kriptografik, maxsus tadqiqotlarini oʻtkazish va AKMV tarkibiga kiradigan texnik vositalarda axborotni yashirincha olish imkoniyatining mavjudligini aniqlash, TKI bosqichlarini koʻrsatgan holda asosiy hujjatlarga texnik talablarni ishlab chiqish boʻyicha ishlarni amalga oshirishning rejalashtirilgan tartibi va vaqtiga oid maʼlumot;
tarkibida ishlab chiqilayotgan AKMVdan foydalanish rejalashtirilgan tizim, uning asosiy texnik xususiyatlari, shuningdek himoyalanayotgan axborot turi (nutq, matn, grafik va boshqa) haqida maʼlumot. AKMVni modernizatsiya qilishda uning toʻliq nomi va indeksi ham beriladi;
moʻljallanayotgan ishlab chiquvchi (yuridik shaxsning nomi, uning manzili, aloqa telefon raqami) va birgalikda ishlab chiquvchi (agar mavjud boʻlsa), shuningdek, AKMVning ishlab chiqaruvchisi yoki axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya raqamlari va ularning amal qilish muddatlari koʻrsatilgan asosiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya raqamlari va ularning amal qilish muddatlari koʻrsatilgan holda ishlab chiqilayotgan AKMVga xizmat (texnik xizmat) koʻrsatishi rejalashtirilayotgan yuridik shaxslarning roʻyxati.
22. AKMV buyurtmachisi TKIni oʻtkazish uchun TTni Vakolatli organga koʻrib chiqish uchun yuboradi, u esa oʻz navbatida TTni olgan vaqtdan boshlab bir oy davomida kelishishi yoki asoslantirilgan rad javobini berishi shart.
23. Vakolatli organ bilan kelishilgan TKIni oʻtkazish uchun TT buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
24. Ishlab chiqilayotgan AKMVdan foydalanish qoidalari ishlab chiquvchi tomonidan tuziladi va Vakolatli organ bilan kelishiladi.
25. TKIni amalga oshirishda ishlab chiqilayotgan AKMVga konstruktorlik hujjatlari (keyingi oʻrinlarda — KH) yaratiladi.
26. TKIni amalga oshirish uchun TTda bayon etilgan buzuvchining muayyan harakat modeli tomonidan aniqlangan maʼlumotlarning xavfsizligiga ehtimoliy tahdidlarga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlarning yetarliligini baholash uchun AKMVni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va ishlatish jarayonida AKMVning kriptografik, muhandislik-kriptografik va maxsus tadqiqotlari oʻtkaziladi (keyingi oʻrinlarda — AKMV mavzuli tadqiqotlari).
Oldingi tahrirga qarang.
AKMV mavzuli tadqiqotlari axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PQ-30-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 07/25/30/0078-son)
27. Mavzuli tadqiqotlari natijalarini ekspertiza qilish Vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi AKMV. Ekspertiza natijalariga koʻra AKMVni ishlatishga ruxsat berish imkoniyati aniqlanadi.
28. AKMVning mavzuli tadqiqotlari va ularning natijalarini ekspertiza qilish TKIning alohida bosqichi boʻlib, uning ajralmas qismini tashkil qiladi va TKIni amalga oshirishning boshqa bosqichlari bilan birlashtirilishi mumkin emas.
29. AKMV boʻyicha KHlari Vakolatli organ bilan kelishiladi va quyidagilar mavjud boʻlganda ishlab chiqarishga oʻtkaziladi:
AKMV shtatli rejimlarda ishlashining ijobiy sinov natijalari;
AKMV mavzuli tadqiqotlarini ekspertiza qilishning ijobiy natijalari;
Vakolatli organ bilan kelishilgan AKMVdan foydalanish qoidalari.
III. AKMVni ishlab chiqarish tartibi
30. AKMVni ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi qaror AKMV boʻyicha KHlar kelishilganidan, AKMVning doimiy faoliyat yuritishining sinovi natijalari boʻyicha tajriba namunalari yakuniga yetkazilganidan va ularning axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholanganidan soʻng qabul qilinadi.
31. AKMVni ishlab chiqarish Vakolatli organ bilan kelishilgan texnik shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
32. AKMV doimiy rejimlarda ishlash uchun sinovdan oʻtgan va AKMV mavzuli tadqiqotlarining ijobiy ekspert xulosasiga ega boʻlgan AKMV tajriba namunalarini loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasiga toʻliq mos ravishda ishlab chiqariladi.
33. AKMV ishlab chiqaruvchisi AKMV konstruksiyasini va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini oʻzgarishni Vakolatli organ bilan kelishishi kerak. AKMV konstruksiyasiga va ularni ishlab chiqarish texnologiyasiga oʻzgarishlar kiritishni kelishish AKMV ishlab chiqaruvchisi tomonidan Vakolatli organga kiritilishi moʻljallanayotgan oʻzgarishlar roʻyxatini taqdim qilish va tegishli ijobiy xulosalar olish orqali amalga oshiriladi.
34. Tashqi ishlab chiqarish tizimidan foydalangan holda asosiy hujjatlarni ishlab chiqarish Vakolatli organning ushbu tizimdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan asosiy hujjatlarning axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
35. Ishlab chiqariladigan AKMV uchun ekspluatatsiya-texnik hujjatlar ishlab chiquvchi tomonidan tuziladi va Vakolatli organ bilan kelishiladi.
36. AKMV ishlab chiqarishda texnik shartlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish Vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
IV. AKMVni realizatsiya qilish (tarqatish) tartibi
37. AKMV Vakolatli organ bilan kelishilgan foydalanish qoidalari va ekspluatatsiya-texnik hujjatlar bilan birgalikda realizatsiya qilinadi (tarqatiladi).
38. AKMV yoki ularga KHlarni realizatsiya qilish (tarqatish) ushbu faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
39. AKMVga KHlarni olish (shu jumladan dasturiy AKMVni koʻpaytirish) AKMVni ishlab chiquvchi va/yoki ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
40. AKMV va/yoki ularga KHlarni xorijiy mamlakatlar rezidentlariga realizatsiya qilish (tarqatish) vakolatli organ bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
V. AKMVdan foydalanish tartibi
41. Axborotni kriptografik muhofaza qilish maqsadida AKMVni sertifikatlash organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan AKMV qoʻllaniladi.
42. AKMV foydalanish qoidalariga, Vakolatli organning koʻrsatma va tavsiyalariga muvofiq ekspluatatsiya qilinadi. AKMV foydalanish qoidalarida koʻrsatilgan AKMVdan foydalanish shartlaridagi barcha oʻzgarishlar Vakolatli organ bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
43. Foydalanishda boʻlgan AKMV oʻtkazishning aniq sanalari buyurtmachi tomonidan ishlab chiqaruvchi va Vakolatli organ bilan kelishilgan holda belgilanadigan mavzuli nazorat tekshiruvidan oʻtkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
44. AKMV, ularning tajriba namunalari va alohida shifrlash elementlari, shuningdek, AKMV tarkibiga kiritilmagan bloklar indekslar yoki shartli nomlar va roʻyxatga olish raqamlari yordamida birma-bir hisobga olinadi, dasturiy AKMV bundan mustasno. AKMVni birma-bir hisobga olish indekslari (shartli nomlar) va roʻyxatga olish raqamlari, shuningdek, AKMV tarkibiga kiritilmagan bloklar roʻyxati Vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
(44-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PQ-30-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 07/25/30/0078-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dasturiy AKMVdan davlat sirlarini himoyalashda foydalanishga qonunchilik hujjatlari va milliy standartlar, shuningdek, Vakolatli organning idoraviy hujjatlari talablari doirasida ruxsat etiladi. Bunda dasturiy AKMVdan davlat sirlarini himoyalashda foydalanish toʻgʻrisida ularning nusxalari soni va ulardan foydalanish maqsadini koʻrsatgan holda Vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilish shart;
(44-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PQ-30-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 07/25/30/0078-son)
AKMV tajriba namunalarini birma-bir hisobga olishni tashkil etish AKMV ishlab chiquvchisi zimmasiga yuklatiladi.
Ishlab chiqarilgan AKMVlarni birma-bir hisobga olishni tashkil etish AKMV ishlab chiqaruvchisi zimmasiga yuklatiladi.
Ishlatilayotgan AKMVlarni birma-bir hisobga olishni tashkil etish AKMVning buyurtmachisi va oxirgi foydalanuvchisi zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. AKMV tajriba namunalarini, shuningdek, ishlab chiqarilgan va ishlatilayotgan AKMVni markazlashtirilgan (miqdoriy) birma-bir hisobga olish tartibini belgilash va tashkil etish Vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PQ-30-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 07/25/30/0078-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. AKMVning maxfiyligi grifi, unga oid asosiy hujjatlar, shuningdek, AKMV boʻyicha ishlov beriladigan maʼlumotlar maxfiyligining eng yuqori grifi AKMV ishlab chiquvchisi tomonidan mavzuli tadqiqotlar natijalariga koʻra belgilanadi va Vakolatli organ bilan kelishiladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PQ-30-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 07/25/30/0078-son)
47. Xalqaro axborot almashish chogʻida AKMVdan foydalanish qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
48. AKMVdan foydalanish qoidalariga, shuningdek kalitlarni ishlab chiqarish tashqi tizimiga asosiy hujjatlarni ishlab chiqarish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish Vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
49. Ishlab chiqarilgan va foydalanilayotgan AKMV, ishlab chiqilayotgan tajriba namunalar toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlari Vakolatli organga tegishli ravishda ishlab chiquvchi, ishlab chiqaruvchi va foydalanuvchi tomonidan yiliga bir marta taqdim etiladi.
VI. AKMVni Oʻzbekistonga olib kirish va respublikadan olib chiqib ketish tartibi
50. Oʻzbekistonga olib kirish va respublikadan olib chiqib ketishga ruxsat etilgan AKMV va kriptotizimlar roʻyxati Vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
51. Davlat organlari va korxonalari, xoʻjalik birlashmalari davlat sirlarini muhofaza qilishga moʻljallangan kriptotizimlarni va axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini (keyingi oʻrinlarda — AKMV) Vakolatli organ bilan kelishgan holda sotib oladi, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketadi.
52. Respublikada akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy vakolatxonalar tomonidan AKMV va kriptotizimlarni olib kirish va olib chiqish belgilangan tartibda Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi orqali Vakolatli organning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
53. Respublikaning yuridik shaxslari tomonidan chet elga vaqtincha olib chiqib ketilgan AKMV va kriptotizimlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, ular eksport qilinganda bojxona organi tomonidan rasmiylashtirilgan ushbu vositalarni qaytib olib kirish majburiyatlari asosida amalga oshiriladi.
54. Olib kirish va olib chiqishga ruxsat etilgan roʻyxatga kiritilmagan AKMV va kriptotizimlar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtayotganda bojxona organlari tomonidan keyinchalik Vakolatli organni xabardor qilgan holda olib qoʻyiladi.
55. AKMVlarni olib qoʻyish, saqlash va utilizatsiya tartibi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilanadi.
VII. Yakunlovchi qoidalar
56. Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar mazkur Nizom talablarining oʻzlariga qarashli korxonalar, muassasalar tomonidan bajarilishi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
57. Axborotlarning kriptografik muhofazasini amalga oshirish tartibiga doir talablar buzilgan taqdirda, aybdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar boʻladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 155-moddasi, Jinoyat kodeksiningXX1 bobi.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi PQ-614-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom axborot xavfsizligi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, sertifikatlash ishlarini tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini (keyingi oʻrinlarda — AKMV) sertifikatlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasida AKMVni sertifikatlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi va “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. AKMVni sertifikatlash deganda, AKMVning normativ-huquqiy hujjatlar va davlat standartlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqligini tasdiqlash boʻyicha faoliyat tushuniladi.
4. Quyidagi maʼlumotlarni kriptografik muhofaza qilishda foydalaniladigan, shu jumladan xorijda ishlab chiqarilgan AKMV majburiy sertifikatlanishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan maxfiy maʼlumotlar;
idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarda davlat tashkilotlari ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatishdagi maxfiy maʼlumotlar.
Boshqa hollarda, AKMVni sertifikatlash tavsiyaviy xarakterga ega.
5. Sertifikatlash AKMVni sertifikatlash tizimi doirasida Milliy sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga muvofiq, belgilangan tartibda normativ hujjatlarning amaldagi mezonlariga (talablariga) muvofiq amalga oshiriladi.
II. AKMVni sertifikatlash tizimi
6. AKMV sertifikatlash tizimi axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasidagi Vakolatli organ tomonidan yaratiladi va uni belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiradigan sertifikatlash ishtirokchilari majmui hisoblanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
8. Sertifikatlash ishlarini tashkil etish va bajarish, shuningdek, muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli boʻlinmasi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan AKMVni sertifikatlash organi (keyingi oʻrinlarda — Sertifikatlash organi) tomonidan amalga oshiriladi.
9. Sertifikatlangan AKMVning davlat reyestri berilgan muvofiqlik sertifikatlari asosida Sertifikatlash organi tomonidan yuritiladi.
10. AKMVni sertifikatlash ishtirokchilari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Sertifikatlash organi;
AKMVni sertifikatlash sinovlarini (yoki alohida sinov turlarini) amalga oshiradigan akkreditatsiyadan oʻtgan sinov markazlari (laboratoriyalar);
ariza beruvchilar — AKMVni ishlab chiquvchilar, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va foydalanuvchilar.
11. Sertifikatlash mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Sertifikatlashning asosiy sxemalari quyidagilar hisoblanadi:
AKMVning alohida namunalari uchun — ushbu namunaning axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligini sinovdan oʻtkazish;
chetdan olib kiriladigan yoki partiyali chiqariladigan AKMV uchun — normativ hujjatlarga muvofiq tanlangan namunalarda axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligini sinovdan oʻtkazish;
AKMVni seriyali ishlab chiqarish uchun — ishlab chiqarishni tasdiqlangan dastur boʻyicha tekshiruvdan (maxsus tekshirishdan) oʻtkazgan holda, mahsulot namunalarini axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi boʻyicha namunaviy sinovdan oʻtkazish, kelgusida ushbu talablarning bajarilishini taʼminlaydigan (belgilaydigan) sertifikatlangan mahsulot xarakteristikasining barqarorligi ustidan davriy inspeksiya nazoratni amalga oshirish.
Sertifikatlash sxemalari har bir alohida holatda Sertifikatlash organi tomonidan talabnoma beruvchining takliflarini, mahsulot hajmini, sinov usullarini va ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
Sertifikatlash organining qarori bilan xalqaro tizimlar yoki shartnomalar doirasida xalqaro amaliyotda qoʻllaniladigan boshqa sertifikatlash sxemalaridan foydalanish mumkin.
12. Sertifikatlash ishlari uchun haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Sertifikatlash organi muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugaganidan keyin kamida ikki yil davomida sertifikatlashtirish tartib-taomillarini amalga oshirish natijasi boʻyicha barcha materiallarning saqlanishi va maxfiyligini taʼminlashi shart.
13. Sertifikatlash organi oʻz vakolatlari doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
sertifikatlashni tashkil etadi;
AKMVning alohida turlarini sertifikatlash qoidalarini belgilaydi;
talabnoma beruvchining takliflarini inobatga olgan holda sertifikatlash sxemasini belgilaydi;
sertifikatlash sinovlarini oʻtkazish dasturlari va usullarini tasdiqlaydi;
sertifikatlash sinovlari uchun AKMV namunalarini saralaydi;
majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlgan AKMVning roʻyxati boʻyicha takliflar tayyorlaydi va ularni Vakolatli organ orqali “Oʻzstandart” agentligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
muvofiqlik sertifikatlashdan oʻtkaziladigan axborot xavfsizligi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni, sertifikatlash tartib-taomillarini oʻtkazish boʻyicha uslubiy va maʼmuriy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
sertifikatlash qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, sertifikatlangan AKMV ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish tartibini belgilaydi;
sertifikatlanadigan AKMVni ishlab chiqarishni tekshirishni belgilangan tartibda tashkil etadi;
sertifikatlangan AKMV ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshiradi;
ariza beruvchiga sertifikatlash boʻyicha zarur axborotni taqdim etadi;
sertifikatlash uchun zarur boʻlgan meʼyoriy-uslubiy hujjatlar fondini shakllantiradi va yangilaydi, ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
AKMV uchun texnik, ekspluatatsion hujjatlarni va AKMV sertifikatlash sinovlari uchun materiallarni ekspertizadan oʻtkazadi;
muvofiqlik belgisidan foydalanish uchun sertifikatlar rasmiylashtiradi va ularning hisobini yuritadi;
sertifikatlashni tasdiqlovchi hujjatlarni saqlaydi;
sertifikatlash masalalari boʻyicha apellyatsiyalarni koʻrib chiqadi;
AKMV uchun texnik, ekspluatatsion hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi;
sertifikatlash boʻyicha ekspert xulosasini rasmiylashtiradi va AKMV muvofiqlik belgisidan foydalanish boʻyicha sertifikatlar va shartnomalar berilishini, shuningdek ushbu sertifikatlash tizimi sertifikatlarining amal qilishini bekor qilishni (toʻxtatib turishni) taʼminlaydi;
sertifikatlangan va roʻyxatdan oʻtgan AKMV toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda Milliy sertifikatlashtirish organiga yuboradi.
14. Belgilangan akkreditatsiya doirasidagi akkreditatsiya qilingan sinov markazlari (laboratoriyalari):
AKMVning alohida turlari boʻyicha sertifikatlash sinovlarini oʻtkazadi, sertifikatlash sinovlarining xulosalari va bayonnomalarini, keyinchalik ularni Sertifikatlash organiga taqdim etgan holda rasmiylashtiradi;
Sertifikatlashtirish organining taklifiga binoan sertifikatlanadigan AKMVning ishlab chiqarilishini tekshirishda ishtirok etadi;
sertifikatlash sinovlari uchun AKMV namunalarini tanlashda ishtirok etadi.
Akkreditatsiya qilingan sinov markazlari (laboratoriyalar) AKMV sinovlarining toʻliqligi va natijalarining ishonchliligi uchun javobgardir.
15. Ariza beruvchilar (ishlab chiquvchilar, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va AKMV foydalanuvchilari):
axborot xavfsizligini belgilovchi AKMV xususiyatlarining barqarorligini taʼminlaydi;
qayta sertifikatlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun sertifikatlangan AKMV texnologiyasi, konstruksiyasi (tarkibi)dagi barcha oʻzgarishlar toʻgʻrisida Sertifikatlash organini xabardor qiladi;
sertifikatni qoʻllaydi va sertifikatlangan AKMVni AKMV sertifikatlash tizimi qoidalarida belgilangan tartibda muvofiqlik belgisi bilan markirovka qiladi;
AKMV uchun ilova qilingan texnik hujjatlarda sertifikatlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, ular muvofiq boʻlishi kerak boʻlgan meʼyoriy va uslubiy hujjatlarni koʻrsatadi; ushbu maʼlumotlar foydalanuvchiga yetkazilishini taʼminlaydi;
AKMVning axborot xavfsizligi boʻyicha ular sertifikatlangan meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini taʼminlaydi;
Sertifikatlash organining mansabdor shaxslari va sertifikatlangan AKMV ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini toʻsqinliksiz amalga oshirilishini taʼminlaydi;
majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlgan AKMV, agar ularning muvofiqligi sertifikatlangan meʼyoriy hujjatlar talablariga javob bermasa, sertifikatning amal qilish muddati tugagach, toʻxtatib qoʻyilgan yoki bekor qilingan taqdirda amalga oshirilishini toʻxtatib turadi yoki tugatadi;
sertifikatlangan AKMVning normativ, uslubiy va ekspluatatsiya hujjatlari talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda, bu haqida darhol Sertifikatlash organiga xabar beradilar;
zaruratga qarab, Sertifikatlash organi bilan kelishilgan holda sertifikatlangan mahsulotlarning reklama broshyuralarini (bukletlarini) tayyorlaydi.
16. AKMVni sertifikatlash va sertifikatlangan AKMV ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish, shuningdek AKMV ishlab chiqarishni maxsus tekshirish qoidalari va tartibi (sxemasi) Sertifikatlashtirish organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida belgilangan tartibda alohida normativ hujjatlar chiqarish orqali belgilanadi.
17. Sertifikatlash ishtirokchilari faoliyatida nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda manfaatdor tomon Sertifikatlash organiga yoki axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasidagi Vakolatli organga apellyatsiya berishi mumkin. Mazkur tashkilotlar murojaatni bir oy muddatda manfaatdor tomonlarni jalb qilgan holda apellyatsiyani koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida apellyatsiya beruvchini xabardor qiladi.
18. Sertifikatlash qatnashchilari oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarish, davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq muhofaza qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning muhofaza qilinishini, ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan moddiy qimmatliklarning saqlanishini taʼminlash, shuningdek AKMVni sertifikatlash sinovlari paytida ariza beruvchining mualliflik huquqlariga rioya qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 155 va 1771-moddalari va Jinoyat kodeksining 149-moddasi.
III. AKMVni sertifikatlash tartibi
19. Ushbu Nizomga muvofiq sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi Sertifikatlash organiga ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda ariza yuboradi.
20. Sertifikatlashni amalga oshirish uchun ariza beruvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun normativ hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa);
mahsulot markirovkasi namunasi;
umumiy xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
AKMV qayerda va qanday maqsadlarda ishlatilishi haqida maʼlumot.
21. Sertifikatlash organi ushbu Qoidalarning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplami ilova qilingan ariza topshirilgandan soʻng uni koʻrib chiqadi, taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va ariza qabul qilingan va koʻrib chiqilgandan keyin ikki kundan kechiktirmay ariza beruvchiga sertifikatlashni oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori haqida xabar beradi.
Qarorda sertifikatlashning barcha asosiy shartlari, shu jumladan sertifikatlash sxemasi va muvofiqligi yuzasidan sertifikatlash oʻtkaziladigan zarur meʼyoriy hujjatlar, shuningdek sinovlar oʻtkaziladigan akkreditatsiya qilingan sinov markazi (laboratoriya) yoki sertifikatlashni rad etish sabablari koʻrsatiladi.
Qarorning tavsiya etilgan shakli mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan.
22. Sertifikatlash muddati ushbu mahsulotlar va / yoki sinov usullari uchun meʼyoriy hujjatlarda belgilangan sinov muddatlariga mos kelishi, lekin sertifikatlash uchun ariza Sertifikatlash organiga topshirilgan kundan boshlab bir oydan oshmasligi kerak.
23. Axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligini sertifikatlash uchun AKMV namunalarini tanlash va identifikatsiya qilish Sertifikatlash organi tomonidan ariza roʻyxatga olingan kundan boshlab ikki kundan kechiktirmay joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
24. Namuna olish paytida sertifikatlash uchun taqdim etilgan mahsulotlarni identifikatsiya qilish bir xil mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Agar identifikatsiyalash natijalariga koʻra ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan namunalar arizada koʻrsatilgan meʼyoriy hujjatlarga mos kelmasligi aniqlansa, namunalar tanlab olinmaydi va arizachiga asoslangan rad javobi beriladi.
Agar sertifikatlash rad etilsa, AKMV maʼlumotlaridan maʼlumotni muhofaza qilish uchun foydalanilmaydi.
25. Ishlab chiqarilgan mahsulotlardan namunalar olish proba va namunalar olish toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ulardan biri talabnoma beruvchiga topshiriladi.
Davlat bojxona qoʻmitasining majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlgan tovarlarni (mahsulotlarni) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish tartibini belgilovchi meʼyoriy hujjatlari talablariga muvofiq, bojxona nazorati ostida saqlanayotgan import qilinadigan tovarlardan sertifikatlash uchun proba va namunalar olish bojxona organining ruxsati bilan Sertifikatlash organining vakillari tomonidan tovar egasi yoki uning vakili ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda, Sertifikatlash organining vakili tomonidan proba va namunalar olish toʻgʻrisida 3 nusxada dalolatnoma tuziladi, uning uchinchi nusxasi bojxona organiga topshiriladi.
26. Sinov natijalari salbiy boʻlgan taqdirda, shuningdek toʻliq boʻlmagan hujjatlar toʻplami taqdim etilgan taqdirda, Sertifikatlash organi ariza beruvchiga aniq qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi.
27. Sertifikatlanadigan, seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotlarning ishlab chiqarish holatini tekshirish Sertifikatlash organi tomonidan amalga oshiriladi. Tekshiruv natijalariga koʻra dalolatnoma tuziladi va u muvofiqlik sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
28. Tekshirish muddati namuna olingan kundan boshlab 10 kundan oshmasligi kerak.
29. Ishlab chiqarishni tekshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatida keltirilgan.
30. Sertifikatlash organi sinov, ishlab chiqarish holatini tekshirish bayonnomasini va ariza beruvchi tomonidan ariza bilan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqqandan soʻng, muvofiqlik sertifikatini beradi va AKMVni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi, sertifikatlash natijalari salbiy boʻlganda, sertifikat berishni va AKMVni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
31. Muvofiqlik sertifikati ariza beruvchiga ikki ish kuni ichida, Sertifikatlash organi ishlab chiqarish tekshiruvini oʻtkazganda esa sinov natijalari olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida beriladi.
32. Sertifikatlash organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimining Davlat reyestrida roʻyxatga olinganidan keyin kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sertifikat besh yil muddatga beriladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PQ-30-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 07/25/30/0078-son)
33. Sertifikatlash organi maxfiy maʼlumotlarni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi yuzasidan AKMVdan foydalanish ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshiradi. Nazorat meʼyoriy hujjatlar talablarini hisobga olgan holda maxfiy maʼlumotlarni muhofaza qilish talablariga muvofiqlik yuzasidan AKMVning maxsus tekshirish dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Inspeksiya nazorati natijalariga koʻra muvofiqlik sertifikatining amal qilish tasdiqlanishi, toʻxtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
34. Sertifikatning amal qilish muddati tugagandan soʻng Sertifikatlash organi qayta sinovdan oʻtkazish va maxsus tekshirish asosida uning muddatini uzaytirishni amalga oshiradi. Sertifikatlashtirish organi oʻtkazilgan inspeksiya nazoratining maxsus tekshiruvi natijalari boʻyicha sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish huquqiga ega.
35. Sertifikatlash materiallari (sinov bayonnomalarining nusxalari, tekshirish dalolatnomalari) sertifikatning amal qilish muddati tugaganidan keyin 2 yil davomida Sertifikatlash organida saqlanishi kerak. Bayonnomalar nusxalarini saqlash tartibi va muddatlari Sertifikatlash organi tomonidan belgilanadi. Ushbu hujjatlarni saqlashning belgilangan muddati oʻtganidan keyin ular arxivga topshiriladi yoki belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
36. Berilgan muvofiqlik sertifikati asosida davriy maxsus tekshirish va inspeksiya nazoratini oʻtkazish shartlari toʻgʻrisida bitim tuziladi.
37. Xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimi tartib-taomillari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish toʻgʻrisidagi ariza Sertifikatlash organiga ushbu Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Arizaga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlash tizimida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari AKMV texnik xususiyatlarining batafsil tavsifi, AKMVni ishlab chiqishda va ishlab chiqarishga qoʻyishda xorijiy davlatlarning akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarida oʻtkazilgan sinov bayonnomalarining (hujjatlarining) tasdiqlangan nusxalari ilova qilinishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PQ-30-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 07/25/30/0078-son)
38. Sertifikatlangan AKMV ustidan davlat nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Sertifikatlash organi davlat nazorati, shuningdek sertifikatlangan AKMV ustidan inspeksiya nazorati natijalariga koʻra qonun hujjatlarida belgilangan choralarni qoʻllaydi.
40. Davlat nazorati va inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zudlik bilan ishlab chiqaruvchilar, AKMV isteʼmolchilari va Milliy sertifikatlashtirish organi eʼtiboriga yetkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Muvofiqlikni sertifikatlash orqali mahsulotlar muvofiqligini tasdiqlash
SXEMALARI

Sxema raqami

Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida sinov oʻtkazish yoki muvofiqlikni isbotlashning boshqa usullari

Ishlab chiqarishni

tekshirish yoki sifat tizimini baholash

Sertifikatlangan mahsulot ustidan

inspeksiya nazorati

(sifat, ishlab chiqarish tizimlari)

1.

Mahsulot namunasini sinovdan oʻtkazish

-

-

3.

Mahsulot namunalarini namunaviy sinovdan oʻtkazish

Tasdiqlangan dastur boʻyicha tekshirish (attestatsiya) oʻtkazish

Ishlab chiqaruvchidan olingan namunalarni sinash.

Ishlab chiqarishni tekshirish

7.

Mahsulot toʻpini sinovdan oʻtkazish

-

-

Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

______________________________________

‎(sertifikatsiyalashtirish organi nomi)

_____________________________________

(sertifikatsiyalashtirish organi manzili)

Axborotlarni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlashtirishdan oʻtkazish boʻyicha
TALABNOMA

____________________________________________________________________________

(murojaat etuvchining nomi (ishlab chiqarish korxonasi, yetkazib beruvchi yoki yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.Sh.)

____________________________________________________________________________

(murojaat etuvchining manzili)

_____________________________________ ______________________________ nomidan

(rahbarning F.I.Sh.)

bayon qiladiki ________________________________________________________________

(mahsulot nomi, turi)

____________________________________________________________________________

(TIF TN kodi, seriyali yoki partiyalar bilan ishlab chiqariladi, har bir buyum (bir martalik ishlab chiqarishda)

____________________________________________________________________________

______________________________________________________asosida ishlab chiqariladi.

(ishlab chiqaruvchining hujjatlari nomi)

_______________________________________________________ talablarga javob beradi.

(normativ hujjatlarning nomi va raqami)

____________________________________________________________________________

va ushbu mahsulotni koʻrsatilgan hujjatlar talablariga muvofiqligini quyidagi sxema boʻyicha sertifikatlashtirishdan oʻtkazishni iltimos qiladi____________________________

____________________________________________________________________________

(sertifikatlashtirishdan oʻtkazish chizma raqami)‎‎

_________________________________________‎‎
Qoʻshimcha maʼlumotlar.
_________________________________________‎‎
(gigiyena sertifikati va boshqa hujjatlar mavjudligi koʻrsatiladi).
____________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________

Murojaat etuvchi

__________________ __________________‎‎

F.I.Sh.

(Imzo)

Sana

Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”

Sertifikatlashtirish organi rahbari

________________________________

________________________________

(sertifikatlashtirish organi nomi)

“______”

__________

_______________

Muhr

(imzo)

(F.I.Sh.)

____________________________

“___” _________________ 20___ yil
________________________________

(sertifikatlashtirish organi manzili)

Sertifikatlashtirishdan oʻtkazish talabnomasi yuzasidan

QAROR

“___”________________ 20 ___yil

№ ______

_______________________________________________ sertifikatlashtirishdan oʻtkazish boʻyicha

(mahsulot nomi, TIF TN kodi)

_________________________________________________________ talabnomasini koʻrib chiqib

(ishlab chiqarish korxonasi, yetkazib beruvchi nomi)

_________________________________________________________________________________
qaror qilindi:
1. Sertifikatlashtirish quyidagi sxema boʻyicha oʻtkaziladi _________________________________
(sertifikatlashtirishdan oʻtkazish sxema raqami)

2. Sertifikatlashtirish boʻyicha sinovlar quyidagi tashkilotda oʻtkaziladi.

________________________________________________________ _______________________

(akkreditatsiya qilingan sinov markazi yoxud laboratoriya nomi)

(manzili)

3. Sertifikatlashtirish quyidagi talablarga muvofiqligi yuzasidan oʻtkaziladi_________________
_________________________________________________________________________________

(meʼyoriy hujjatlarning nomi va taʼrifi)

4. Ishlab chiqarishni tekshirish quyidagi tashkilotda oʻtkaziladi _____________________________

(tashkilot nomi)

____________________________

____________________________

(manzil)

(tekshirish turi)

5. Bajarilgan ishlar uchun haq toʻlash shakli ______________________________________________.

(xoʻjalik shartnomasi asosida, tarif boʻyicha)

6. Sertifikatlashtirishdan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar_______________________
_________________________________________________________________________________.
Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

_______________________________________________

(sertifikatlashtirish organi)

Muvofiqlik sertifikatini tan olish yuzasidan
‎BUYURTMANOMA

________________________________________________________________da ishlab chiqarilgan.

(ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi va manzili)

_______________________________________________________________da sinovdan oʻtkazilgan.

(sinov laboratoriyasining nomi, manzili)

_________________________________________________________________________________

(mahsulotning nomi, turi, modeli, markasi)

___________________________________________________________sertifikatining
________________________________________________________________________talablariga

(talablariga muvofiq sertifikatlashtirish oʻtkazilgan hujjatning nomi turi)

muvofiqligi tan olinishini soʻraymiz.

Sertifikat

_______________________

da joylashgan

________________________

(manzili)

________________________________________________________________________tomonidan

(sertifikatni bergan organ (tashkilot, firma)ning nomi)

_________________________________________________________________________________

(sertifikatlashtirish tizimining nomi yoki bitimning tartib raqami)

qoidalariga muvofiq ______________________dan ____________________gacha muddatga berildi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar_______________________________________________________________

(sifat tizimiga muvofiqlik sertifikati va boshqalar)

Buyurtmanomaga quyidagilarni ilova qilamiz:
_________________________________________________________________________________

(hujjatlar va materiallar roʻyxati)

Ariza beruvchining nomi va manzili:___________________________________________________
Ariza beruvchining telefoni/faksi:___________________________________________________
Shaharlararo telefoni:______________________________________________________________
Buyurtmanoma bilan shugʻullanayotgan xodimning F.I.Sh., lavozimi va telefoni:_________________
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 140-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 19.11.2018-y., 06/20/5578/0984-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 07/25/30/0078-son)