11.11.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3420-2
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3420-2]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-180-son “Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2025-yil 30-apreldagi PQ-153-son “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-son qarori (roʻyxat raqami 3420, 2023-yil 8-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2023-y., 10/23/3420/0081-son) bilan tasdiqlangan Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais T. ISHMETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 27-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26/10 son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“eskrou hisobvaraq — bank (eskrou agent) tomonidan hisobvaraq egasidan (deponentdan) olingan pul mablagʻlarini qabul qilish va saqlab turish uchun ochiladigan hamda eskrou shartnomasida belgilangan asoslar mavjud boʻlganda boshqa shaxsga (benefitsiarga) oʻtkazib berish majburiyatini nazarda tutadigan maxsus bank hisobvaragʻi;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2-band quyidagi mazmundagi “g1” kichik band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“g1) eskrou hisobvaraqlari;”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4. BDMABda bank hisobvaraqlarini ochish, boshqa bankka oʻtkazish, yopish, mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish va ularni qayta tiklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banklar tomonidan yuboriladigan elektron soʻrovlar asosida shakllantiriladi hamda Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh Markazi tomonidan shu kunning oʻzida mijozga xizmat koʻrsatuvchi banklarga va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga uzatiladi. Ushbu maʼlumotlar bankning maʼlumotlar bazasiga dasturiy ravishda kiritiladi va bank tomonidan oʻzgartirishga ruxsat etilmaydi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 6-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bank hisobvaraqlari ochish uchun hujjatlar mijozning imzolar namunalari qoʻyilgan varaqchasida koʻrsatilgan yoki yuridik shaxslar nomidan vakil qilingan shaxslar tomonidan taqdim qilinadi, taʼsischilari Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda IT-Park rezidenti boʻlgan, taʼsischisi norezident boʻlgan yuridik shaxslarga masofadan turib bank hisobvaragʻi ochish holatlari bundan mustasno.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari boʻlgan norezident yuridik shaxslarga bank hisobvaragʻi ochishda banklar ushbu norezident yuridik shaxslarni va ularning hisobvaraqlariga kirim qilinadigan mablagʻlarning kelib chiqish manbalarini “Oʻz mijozingni bil” (KYC, e-KYC va/yoki video-KYC) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish” (AML/SFT) tizimlariga muvofiq oʻrganishi shart.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 8-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8. Banklar Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, “Oʻz mijozingni bil” (KYC, e-KYC va/yoki video-KYC) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish” (AML/CFT) tizimlariga muvofiq, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud boʻlganda, taʼsischilari Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda IT-Park rezidenti boʻlgan, taʼsischisi norezident boʻlgan yuridik shaxslar bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼsischilari Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda IT-Park rezidenti boʻlgan, taʼsischisi norezident boʻlgan yuridik shaxslarga bank hisobvaraqlari masofadan turib ochilganda, ular nomidan toʻlovlarni (bank amaliyotlarini) amalga oshiruvchi shaxslar belgilangan tartibda identifikatsiya qilinib, elektron raqamli imzosi yoki qoʻlda qoʻyilgan imzolar namunalari elektron qurilmalar orqali olinganda, qogʻozda imzolar namunalari qoʻyilgan varaqcha talab etilmaydi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 11-bandning toʻrtinchi xatboshisi, 12-bandning toʻrtinchi xatboshisi, 13-bandning beshinchi xatboshisi, 14-bandning toʻrtinchi xatboshisi, 16-bandning beshinchi xatboshisi, 26-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi)” degan soʻzlar “hujjatining (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“17. Rezident jismoniy shaxslar tomonidan milliy va chet el valyutasida depozit, metall hisobvaraqlar ochish uchun bankka hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli taqdim qilinadi, bundan mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish holatlari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxs sifatida bank hisobvaragʻi ochish uchun mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha tarzda oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomaning asli yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shaklini taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezident jismoniy shaxslar tomonidan milliy va chet el valyutasida depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka bank hisobvaragʻi ochish toʻgʻrisida ariza, norezident jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki elektron shakli, norezident jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishini (yashashini) tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi, bundan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari (konsullik muassasalari) orqali jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSHSHIR) olgan IT-park rezidentlarining xorijiy mutaxassislarini raqamli identifikatsiya qilish (Face-ID) yoxud bank bilan vakillik munosabatlarini oʻrnatgan bankning “Oʻz mijozingni bil” (KYC, e-KYC va/yoki video-KYC) hamda “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish” (AML/CFT) tizimlariga tayangan holda bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochish imkoniyati mavjud boʻlgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Banklar norezident jismoniy shaxslarga bank hisobvaragʻi ochishda ularning Oʻzbekiston Respublikasida muqim (uch oydan kam boʻlmagan) davrga roʻyxatdan oʻtganligi va faoliyat yuritayotganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma, ishlayotganligi yoki oʻqiyotganligi, daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlarni) talab qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari (konsullik muassasalari) orqali jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSHSHIR) olgan IT-park rezidentlarining xorijiy mutaxassislari masofadan turib bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezident jismoniy shaxs ilgari tegishli bankda bank hisobvaragʻini ochgan boʻlsa, ushbu bankda boshqa bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus soliq rejimini olgan norezident jismoniy shaxslar tomonidan bankda hisobvaraq ochish uchun qoʻshimcha ravishda bankka maxsus soliq rejimini taqdim etish boʻyicha qaror taqdim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rezident va norezident jismoniy shaxslarga depozit hisobvaraqlari JSHSHIR asosida ochiladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagi mazmundagi 171 — 173-bandlar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
171. Oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs nomiga milliy va chet el valyutasida depozit, metall hisobvaraqlar ochish uchun ota-onadan biri yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs (qonuniy vakili) tomonidan bankka hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza, voyaga yetmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (tugʻilganlik haqida guvohnoma) asli yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli hamda ota-onadan biri yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxsning (qonuniy vakili) shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli taqdim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda shaxsni tasdiqlovchi hujjatda voyaga yetmagan shaxsning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) toʻgʻrisida maʼlumot koʻrsatilmagan hollarda, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami haqida maʼlumot ham taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
172. Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxslar mazkur Yoʻriqnomaning 171-bandida belgilangan hisobvaraqlarni mustaqil ravishda ochishlari mumkin. Bunda ushbu shaxslar bankka hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (tugʻilganlik haqida guvohnoma, biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shaklini shaxsan taqdim qiladi, bundan mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish holatlari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan jismoniy shaxslarning bank hisobvaragʻi shartnomasida bank tomonidan ota-onadan biri yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakili) ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bogʻliq shubhali operatsiyalar haqida xabardor qilish belgilanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
173. Mehribonlik uylari, Bolalar uylari, “Muruvvat” bolalar internat-uylari, “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining filiallari, kichik hajmli bolalar uylari, tutingan (foster) oilalar va boshqa toʻliq davlat taʼminotidagi muassasalarda yoki boshqa tashkilotlarda tarbiyalanayotgan (joylashtirilgan) yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola uchun toʻlanadigan pensiya, nafaqa, alimentlar va boshqa toʻlovlarni jamlash maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining murojaati asosida manfaatdor bola nomiga depozit hisobvaraqlari ochilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Muruvvat” bolalar internat-uylariga joylashtirilgan yetim boʻlmagan yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlmagan bola uchun toʻlanadigan pensiya, nafaqa, alimentlar ota-onadan biri yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakili) murojaati asosida manfaatdor bola nomiga depozit hisobvaraqlari ochilishi mumkin. Bunda hisobvaraqda jamlangan mablagʻlardan foydalanish mazkur hisobvaraqni ochish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“29. Banklar tomonidan taʼsischilari Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda IT-Park rezidenti boʻlgan, taʼsischisi norezident boʻlgan yuridik shaxslarga bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishda, ularning imzo namunalari qoʻyilgan varaqchada koʻrsatilgan rezident jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash raqamli identifikatsiyalash orqali amalga oshirilishi mumkin.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. 46-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mijozning barcha taqdim qilingan talablardan ozod boʻlgan pul mablagʻlarining qoldigʻi mijoz (tugatuvchi) topshirigʻiga asosan boshqa hisobvaraqqa oʻtkazilganidan soʻng bank hisobvaragʻi yopiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025 y., 10/25/3420-2/1039-son)